Mustaqillik davri nasri. "Ulug‘ saltanat" epopeyasi. Darsning maqsadi


Download 18.49 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi18.49 Kb.
#1334638
1   2   3   4   5
Bog'liq
303-guruh Sobirova M.Y

Uyga vazifani berishdan maqsad ularni mustaqil izlanishga chorlash. Janrlar bilan yaxshiroq tanishishlariga turtki berishdir.

2-soat. Muhammad Ali “Ulug‘ saltanat” epopeyasi.


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.Aqliy hujum metodi orqali uyga vazifa so'radi.
Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzuni bayon qilishda quyidagi metoddan foydalanamiz.
Bunda 4*8*4*8 metodidan foydalanamiz. Sinf o‘quvchilari 4 nafardan bo‘lib, 8 ta guruhga bo‘linadi. Mavzuning umumiy matni 8 qismga ajratilib, har bir qism har bir guruhga beriladi va guruhlarga matnni o‘rganib chiqish vazifasi topshiriladi.
Guruhlarga quyidagi dars matnining quyidagi qismlari tavsiya etiladi:
1-guruhga asarning 107-108-betlar;
2-guruhga asarning 109-110-betlari;
3-guruhga asarning 111-112-betlari:
4-guruhga asarning 113-114-betlari;
5-guruhga asarning 115-116-betlari;
6-guruhga asarning 117-118-betlari;
7-guruhga asarning 118-bet;
8-guruhga 119-bet.
Matn guruhlar tomonidan o‘rganilgandan so‘ng, guruhlar qayta tashkil etilib, har bir o‘quvchi o‘zi o‘zlashtirgan ma’lumotlarni qolgan o‘quvchilarga hikoya qilib beradi. Shu tarzda mavzu o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Ushbu metodni qo‘llashdan maqsad qisqa vaqt davomida o‘quvchilar asar matni bilan tanishish imkoniyatlariga erishish. Amir Temur shaxsiyati to‘g‘risida asar matni orqali yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish. Eng muhimi o‘quvchilarda tushuntirish, yetkazib berish qobiliyatlarini shakllantirish.
O‘quvchilar baholanadi. Bunda noan’anaviy tarzda ham yondashish mumkin, ya’ni odatiy baholardan emas, Amir Temur surati tushurilgan qog‘ozchalardan foydalangan holda.
Uyga vazifa.
Asar matni bilan to‘liq tanishish va Sohibqiron shaxsiyati to‘g‘risida fikr-mulohazalarni daftarga yozish vazifa sifatida beriladi. Klaster metodi orqali Sohibqironning barcha xususiyatlari daftarga tushuriladi. Bunda o‘rtada Sohibqiron deb yozilib atrofidan uni eng muhim xususiyatlari yozilishi kerak bo‘ladi.



Download 18.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling