Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Nazm anga gulshanda ochilmog’lig’i


Download 0.93 Mb.
bet17/130
Sana05.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#213777
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots

Nazm anga gulshanda ochilmog’lig’i,

Nasr qaro yerga sochilmog’lig’i.
Bo’lmasa e’joz maqomida nazm,

Bo’lmas edi tengri kalomida nazm.
Nazmda ham asl anga ma’ni durur,

Bo’lsun aning surati harne durur.
Nazmki ma’ni anga marg’ub emas,

Ahli maoniy qoshida xo’b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,

Zimnida ma’ni dog’i dilkash anga.1

Ya’ni, “gulshanda gullarning saf tortib ochilib turishi, bu-nazm; ularning yerda sochilib-to’kilib yotishi esa nasrdir. Nazm bu qadar yuksak e’zozlanmasa, tangri so’zi (“Qur’on”)da she’r bo’lmas edi.

Nazmda ham asosiy narsa ma’nodir, uning shakli esa har xil bo’lishi mumkin. Yaxshi mazmunga ega bo’lmagan she’r tushungan odamlar tomonidan yaxshi baholanmaydi. Ham yaxshi shaklga ega bo’lgan, ham go’zal ma’no asosiga qurilgan she’r-haqiqiy she’r”dir.

Haqiqiy badiiy asardagi mazmun va shaklning omuxtaligini bunday tushunish-bugun ham amalda ekanligi Alisher Navoiy tushunchalarining haqqoniyligi, asilligi, asosligi, umrboqiyligiga dalolatdir.

3. Adabiy jarayon va so’z san’atkorlarining xususiyatlari haqidagi fikrlar tarix, tarixiy-esdalik va nasihatnomalarda ham uchraydi. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Zayniddin Muhammad Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning “Majma’ un-navodir” asarlarini misol keltirish mumkin.

“Boburnoma”da “Alisherbek naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytubdirlar, hyech kim ancha ko’p va xo’b aytqan emas”,- degan odilona va rostgo’y xulosaga duch kelsak, “Qobusnoma” (Kaykovus)da “Har xil narsa yozmoqchi bo’lsang, o’z fikring bilan yozgil, boshqalarning so’zini takrorlama, agar boshqalarning so’zini takrorlasang, ko’ngling ochilmaydi, she’r maydoni senga keng bo’lmas va dastlabki she’r yozgan darajangda qolaverasan” (“Qobusnoma”, T., “O’qituvchi”, 1968, 99-bet), - degan to’g’ri o’gitni ham uchratamiz.

4. “Sharqda o’n ikki qismdan, jumladan lug’at, sarf, nahv, maoni, bayon, aruz, qofiya, sanoye’ kabi ilmlar turkumini ilmi adab deb ataganlar. O’rta asr adiblari asarlarida bu ilmlar ko’pincha qorishiq tarzda ko’ringan, ya’ni muallif o’zining asarlarida ilmi adabning turli sohalari bo’yicha mulohaza yuritgan, ularni bir-biri bilan bog’li tarzda tavsif qilgan va sharhlagan. Shuning natijasida she’r va shoirlik haqidagi fikrlar turli ilmlar haqida bahs yuritilganda ham bayon qilingan”.1

Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al-Farobiy(873-950)ning “Shoirlar san’ati qonunlari haqida risola” (Arabchadan A.Irisov tarjimasi), Abu Rayhon Beruniyning “Al-osor ul-boqiya an al-qurun ul-holiya” (“O’tmish davridan qolgan yodgorliklar”), Abu Ali ibn Sinoning “Shifo” kabi kitoblarini misol keltirish mumkin.

Jumladan, Abu Nasr Forobiy eslatilgan asarida yozadi: “Biz yana shunday deymiz: bu san’at ahli bilan (uyga) naqsh beruvchi rassom san’ati o’rtasida qandaydir munosabat bor. Bular ikkalasining san’atdagi moddasi turli-tuman bo’lsa ham, ammo shaklda, yaratilish va maqsadlarda bir-biriga mos keladi. Yoki aytaylik, o’sha ikkala yaratilgan narsada, ular shakllarida va maqsadlarida bir-biriga muvozanat, o’xshashlik bor. Bu shundayki, she’r san’atini bezaydigan narsalar so’z-mulohazalar bo’lsa, rassomlar san’atini bezaydigan narsa-buyoqlar sanaladi. Bularning ikkovi o’rtasida farq bor, ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bir maqsadga-taqlid qilishga yo’nalgan bo’ladi.”1

X asrdayoq she’r san’ati-so’z, rassom san’ati-buyoq ekanligi, ikkalasi ham odamlar qalbini obrazli ifoda qilishi haqidagi bu mulohaza-adabiyot ilmining ancha chuqur o’rganilganligini isbotlaydi.

5. Sharq mumtoz adabiyotida she’riyat (adabiyot) qonun-qoidalari haqida maxsus nazariy risolalar ham yaratilgan. Ularda “ilmi qofiya”, “ilmi aruz”, “ilmi muammo” va so’z san’atlari ilmi kabi maxsus sohalar tekshirilgan va poetika masalalari o’rganilgan. Jumladan, Abulhasan Saraxsiyning “Kanz ul-qofiya”, Vahid Tabriziyning “Jam’i muxtasar”, Rashidi Votvotning “Hadoyiq us-sehr fi da qoyiq ush-she’r” asarlarini ko’rsatish mumkin. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Muhammad Boburning “Muxtasar” asarlarida aruz qonun-qoidalari mufassal tekshirilgan. Alisher Navoiyda 19 bahr o’rganilgan bo’lsa, Bobur tavil bahri (mutalifa) doirasida hosil bo’luvchi ariz va amiq bahrlarini ham qo’shadi va aruzning 21 bahrini, 537 vaznini tavsif qiladi.

6. Adabiy-tanqidiy qarashlarni ifoda etuvchi, shoirlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi maxsus tazkira (ar. “zikr” so’zidan, “esdalik daftari” ma’nosini beradi)lar ham ko’plab yaratilgan. Aruziy Samarqandiyning “Chahor maqola” (XII), Muhammad Avfiy Buxoriyning “Lubob al-albob” (XIII), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” (XV), Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” (XV), Mutribiy Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” (XVII), Masiho Samarqandiyning “Muzokir ul-as’hob”i (XVII) kabilar tazkiraning go’zal namunalaridir.

“Majolis un-nafois” 8 majlis-bobdan iborat. Unda XV asrning 39-90 yillari orasida (51 yil davomida) faoliyat ko’rsatgan 459 shoir haqida ma’lumot beradi, ularning poetik mukammal asarlaridan namunalar keltiradi.

Iste’dodli shoir Mirzobek (u yoshligida vafot etgan) haqida A. Navoiy yozadi: “Bu matla aningdurkim:




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling