Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
Download 1.8 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash
Matematika o’quv predmeti sifatida: o’quvchilarga matematikadan bilim, ko’nikma va malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda o’quvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi; o’qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; o’quv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas.
Matematika o’qitish uslubiyati fanining maqsad va vazifalari Insoniyat o’z rivoji davrida yosh avlodga bilimlar berar ekan asosiy e’tiborini o’z faoliyati va taraqqiyot talablarini hisobga olib, fanlar asoslarini o’rgatishga harakat qiladi. Shu sababli o’quvchilarga barcha bilimlar qatori matematikadan chuqur bilimlar berish vazifasi va uni ilmiy amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi. Bunda matematika o’qitish uslubiyati asosiy o’rinlardan birida turadi. "Metodika" so’zi yunoncha "metod" yoki "usul" so’zidan olingan. Matematika o’qitish metodikasi (uslubiyati) fani deb jamiyat tomonidan qo’yilgan ta’lim maqsadlarga mos ravishda matematika o’qitish usullarini, qonuniyatlarini uning ma’lum rivojlanish darajasida o’rganadigan va tadqiq etadigan pedagogikaning bo’limiga aytiladi. Matematika o’qitish uslubiyati fani "matematika pedagogikasi" sifatida ta’limning umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganadi. Matematika qo’itish uslubiyati fani avvalo uzaro bir-biriga boglik to’rtta savolga javob berishi lozim. Birinchisi - nima uchun matematikani urgatish kerak? Bu savolga javobni ta’lim va tarbiya umumiy vazifalariga asoslanib topish mumkin, uz navbatida bu vazifalar jamiyat rivojining ma’lum bir boskichida uning oldida turgan umumbashariy maksad va vazifalar bilan aniklanadi. Ikkinchisi - kimni matematikaga urgatish kerak? Bir tomondan bu savol yosh xakida bo’lib, kachondan boshlab bolalarni matematikaga urgatish maksadga muvofik va kachon barcha uchun majburiy dastur urnatishni tugatish zarurligini ifoda etadi. Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi matematik ta’limning uzviyligini ifodalaydi. Uchinchisi-urganiladigan matematika mazmuni kanday bulishi kerak? Yoki nimani urgatish kerak? Bu savolga javob matematika ukitish maksadlari xakidagi savol bilan mustaxkam boglik. Matematika fanidan uni ukitish va urgatish uchun kanday xajmda va kanday ma’lumotlar olish masalasi baxsli masalalardan xisoblanadi. Turtinchisi - matematikani kanday urgatish kerak? Bu savolga javob matematika ukitish uslubiyatining muxim kismi bulib, eng xarakatchan, eng ilgor va eng kulay ukitish usullari bilan birga ijodiy yondashishni talab etadigan usullar tizimini asoslash va targib kilish talab etiladi. Matematika ukitish uslubiyati fanining asosiy vazifalari kuyidagilar: matematikani urganishning maksadlari va ukuv predmeti maz-munini aniklash; kuyilgan masalalarni amalga oshirish uchun eng kulay usullar va asosiy ukitish shakllarini yaratish. Matematika ukitish uslubiyati uchta bulimdan iborat: matematika ukitish umumiy uslubiyati (masalan, ukitish usullari prinsiplari va xokazo masalalar kiradi); matematika ukitish xususiy uslubiyati (maktab matematika kursining ayrim bulimlari yoki tushunchalari yunalishlarini urganish usul va yullari karaladi); matematika ukitish maxsus uslubiyati (masalan, akademik lisey, kasb-xunar kollej va maxsus ukuv yurtlarida matematika ukitishning xususiyatlari urganilishi mumkin). Matematika ukitish uslubiyati fani uz oldida turgan vazifalar kulamiga kura boshka fanlar bilan uzviy alokada. Avvalo matematikaning uzi bilan mustaxkam boglik bulib, shu asosda ukitishning mazmuni va usullari takomillashib boradi. Matematika o’kitish uslubiyati pedagogik fan bo’lganligi uchun tabiiy ravishda pedagogika fani yutuklariga tayanadi. Bundan tashkari u psixologiya konuniyatlari asosida matematika o’kitish konuniyatlarini ochib beradi,chunki ta’lim jarayonida o’kuvchilarning ma’lum guruxi(sinf) va xatto ayrim o’kuvchilar xususiyatlariga e’tibor berish, ularning kizikish va dikkat-e’tiborlari, xotiralarini xisobga olish, o’zlashtirish boskichlari, akl, xulki xususiyatlari va x.k.larni xisobga olish talab etiladi. Maktabda matematika o’kitish uslubiyati mantikka xam tayanadi.Bunga sabab bir tomondan matematika o’kitish bir vaktning o’zida mantikiy matematik tilga o’rgatish xisoblansa, ikkinchi tomondan, fan sifatida matematikaning o’zi mantik konunlari asosida kurilgan. Maktabda matematika o’kitishda asosiy narsa o’kituvchining pedagogik maxorati bo’lib, u xech kanday ta’rif va tavsifga muxtoj emas, chunki bu san’atdir. San’atni o’rganish lozim, san’atni egallash kerak. Pedagogik maxoratni egallashdagi birinchi va zarur boskichlardan biri matematika o’kitish uslubiyatini o’rganish xisoblanadi. Maktabda matematika o’kitishning mazmuni va vazifalari Maktabda matematika o’kitishning asosiy maksadlari kuyidagi-larumumta’lim, tarbiyaviy va amaliy maksadlar. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling