-ilmiy tadqiqotlarda ilmiy bilish usullaridan foydalana olish;
-adabiyotlar manbalarini izlay olish
tajribasiga ega bo’lishi lozim.
. Mutaxassislik fanlar blokning zaruriy mazmuni
Umummetodologik fanlar va ilmiy faoliyat bloki zaruriy mazmuni “140000- O’qituvchilarni tayyorlash va pedagogik fan ta’lim sohasi bakalavriat yo’nalishlari asosidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorgarli-gining zaruriy mazmuni saviyasiga umumiy talablar” Davlat Ta’lim standartida keltirilgan.
Mutaxassislik fanlar bloki Matematika va informatika o’qitish uslubiyati
Matematika o’qitish uslublari fani. Maktabda matematika o’qitishning mazmuni, maqsad va vazifalari. Matematika o’qitishning ilmiy usullari. Matematika o’qitishda tafakkur uslublarini shakllantirish. Matematika o’qitish prinsiplari. Matematika o’qitish usullari va yangi pedagogik texnologiyalar. Maktabda matmatika o’qitishni tashkil etish. Zamonaviy matematika darsi. Elementar funksiyalar va ularning grafiklarini o’rganish. Funksiya limiti va uzluksizligini o’rganish. Funksiya hosilasi va integral tushunchalarini o’rganish. Geometriya o’qitish mazmuni va maqsad va vazifalari. Tekislikda geometrik shakllarni o’rganish uslublari. Fazoviy geometrik jismlarni o’rganish metodikasi. Informatika o’qitishning mazmuni, maqsad va vazifalari. Operasion sistemalar va Internet tizimidan foydalanish. Kompyuter texnologiyalari va ulari rivojining istiqbollari.
Ilovalar
O’quv rejasini tuzish uchun mutaxassislik fanlar bloki bo’yicha umumta’lim dasturining
tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |