Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


Download 0.53 Mb.
bet17/38
Sana27.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1728456
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ORGANIK KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR

A M A L I Y I SH № 3

TAJRIBA № 1
ASETILENNING OLINISHI VA XOSSALARI

Reaktivlar: CaC2 , KMnO4, bromli suv.
Asboblar: Probirkalar, gaz o‘tkazgich nayi, shtativ, gaz gorelkasi.
Probirkaga bir necha bo‘lak kalsiy karbid solib, ustiga 1-2 ml suv quyiladi va probirkaning og‘zi gaz chiqish nayi o‘rnatilgan tiqin bilan tezda berkitiladi. Kalsiy karbidning suv bilan o‘zaro ta’sir reaksiyasi shiddatli borib, gazsimon mahsulot - asetilen ajralib chiqadi:
CaC2 + 2HOH  H – C  C – H + Ca(OH)2
Ajralib chiqayotgan asetilen nay og‘zida o‘t oldirilsa, u nur sochib dudli alanga bilan yonadi:
2C2H2 + 5O2  4CO2 + 2H2O
hosil bo‘lgan asetilen bilan 2-3 tajribalar o‘tkaziladi.

TAJRIBA № 2
ASETILENNING OKSIDLANISHI

Toza probirkaga 2 ml kaliy permanganat eritmasidan solib, ishqoriy muhit hosil qilish uchun ozroq soda ko‘shiladi va aralashmadan asetilen o‘tkaziladi. Bunda eritmaning binafsha rangi yo‘qoladi va marganes (IV)-oksidning qo‘ng‘ir cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Bu asetilen oksidlanganligini bildiradi.


Asetilenning kaliy permanganat ta’sirida oksidlanish reaksiyasi murakkab bo‘lib, pirovardida karbonat angidrid va suv hosil bo‘ladi:

TAJRIBA № 3
ASETILENGA BROMNING BIRIKISHI

Probirkaga bromli suvdan 5 ml solinadi va undan asetilen o‘tkaziladi. Bunda asetilenga bromning birikishi natijasida bromli suv rangsizlanadi va tetrabrometan hosil bo‘ladi:



KOLLOKVIUM SAVOLLARI

1. Asetilenning gomologik qatori deb nimaga aytiladi? Ular rasional va xalqaro nomenklaturaga asosan qanday nomlanadi. C5H8 misolida tushuntiring.


2. Uglerodning uchinchi valent holatini tushuntiring. Asetilenda qanday xarakterdagi bog‘lar mavjud ?
3. Propinning vodorod xlorid, hamda suv bilan o‘zaro ta’sir reaksiyalari tenglamalarini yozing.
4. Etilasetilen bilan mis (I)-xloridning ammiakli eritmasi orasida boradigan o‘zaro ta’sir reaksiyaning tenglamasini yozing.
5. Asetilen molekulasidagi vodorodlarning harakatchanligi qanday tushuntiriladi?
6. Qo‘yidagi alkinlarning struktura formulalarini yozing, sistematik nomenklaturaga ko‘ra nomlang:
A) etilpropilasetilen; B) Metilizopropilasetilen; V) etil izobutilasetilen; G) ikkilamchi butilasetilen.
7. Qo‘yidagi birikmalarni Kucherov reaksiyasi bo‘yicha qaysi alkinlardan olish mumkin?
A) metiletilketon, B) aseton, V) dietilketon
8. Qo‘yidagi alkinlarning qaysi biri asetilenid hosil kila oladi?
A) Butilasetilen; B) etilasetilen; 2-metipentin-4; b) 2-metil-pentin-3;
9. Butin-1 ni qaysi galoid hosiladan olish mumkin ?
10. Asetilenning sianid kislota, chumoli va sirka kislotalari, hamda butanol bilan reaksiyalarini yozing ?


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling