TAJRIBA № 4
Reaktivlar: Butil bromid, kumush nitratning 2 % li spirtli eritmasi.
Asboblar: Probirkalar, suv hammomi.
ALKILGALOGENIDLARNING KUMUSH NITRATNING SPIRT LI ERITMASIGA TA’SIRI
Tajriba uchun, bir necha marta suv bilan yuvilgan alkilgalogenidlar qo‘llaniladi. Quruq probirkalarga 1 ml to‘yingan kumush nitratning spirtli eritmasi quyiladi, ustiga pipetka bilan 1 tomchi alkilgalogenid tomiziladi. Aralashmalar har bir probirkada chayqatib turiladi va tuzning hosil bo‘lishi yoki bo‘lmasligi aniqlanadi, keyin probirkalar 1 minut ichida qaynoq suv hammomida isitiladi. Probirkalar sovutiladi va cho‘kkan cho‘kmalari solishtiriladi. Qancha ko‘p cho‘kma hosil bo‘lsa, shuncha alkilgalogenidlardagi galogen harakatchan bo‘ladi. Qaysi alkilgalogenidlarda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi galogen harakatchan ekan? Reaksiya tenglamalarini yozing.
TAJRIBA № 5
Reaktivlar. 1 % li rezorsin eritmasi, 1 % li NaOH, xloroform.
Asboblar. Probirkalar.
XLOROFORMGA XOS RANGLI REAKSIYALAR
Probirkaga 1 ml 1 % li rezorsin eritmasi, 2 ml 1 % li NaOH va 1 ml xloroform quyiladi. Aralashma qizdiriladi. Sariq-qizg‘ish rang hosil bo‘lishini ko‘ring.
S p i r t l a r
To`yingan bir ayomli spirtlarning gamalogik qatori. Assotsiyatsiyaning spirtlar fizik xossalariga ta`siri. Tabiatda uchrashi. Olinishi: olefinlarni gidratlash, galoid xosilalarni gidrolizlash kabonil gruppali brikmalarni qaytarish va magniy organik brikmalardan sintez orqali olish reaksiyalari. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarning xossalarini solishtirish.
Reja:
Tabiatda uchrashi, gamalogik qatori, nomlanishi va izomeriyasi.
Olinish usullari.
Fizikaviy hossalari.
Kimyoviy hossalari.
Ishlatilish sohasi.
Amaliy ish.
Do'stlaringiz bilan baham: |