Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


Download 0.53 Mb.
bet28/38
Sana27.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1728456
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ORGANIK KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR

TAJRIBA № 2

Reaktivlar: Etanol, kaliy bromid, konsentrlangan sulfat kislota.
Asboblar: Probirka, gaz o‘tkazgich trubka, shtativ.

BROMLI ETILENNING OLINISHI

Probirkaga 1,5 ml etanol va 1 ml suv quyiladi, keyin tomchilab, aralashtirib va sovutib 1,5 ml konsentrlangan H2SO4 quyiladi. Reaksion aralashma uy haroratigacha sovutiladi va so‘ngra 1,5 g kaliy bromid kukuni solinadi. Probirka gaz o‘tkazgich trubka o‘rnatilgan tiqin bilan mahkamlanadi, shtativga o‘rnatiladi. Trubka uchini boshqa probirkadagi 1 ml suv ichiga botiriladi, probirka muz bilan sovutiladi. Reaksion aralashmada asta-sekin bromli kaliy kristallari yo‘qoladi. Qabul qiluvchi probirkada esa rangsiz og‘ir bromli etilning bir tomchisini alangaga kiritiladida yashil rang paydo bo‘ladi.



TAJRIBA № 3

Reaktivlar: Butil xlorid, o‘yuvchi natriyning 10 % li eritmasi, kumush nitratning 1 % li eritmasi.
Asboblar: Probirkalar.


ALKILGALOGENIDLARNING ISHQORLI GIDROLIZI

Probirkada 0,5 ml dan tekshiriladigan alkilgalogenlar quyilib ular 2-3 marta suv bilan yuviladi, bunda 3 ml gacha distillangan suv quyilib aralashtiriladi, ozgina vaqtda yana ikkita qavat hosil bo‘ladi. Suvni quyib ajratiladi, qoldiqqa yana toza distillangan suv solinadi va yuqoridagiday qaytariladi.


Bundan so‘ng alkilgalogenidlarga 2 ml 10 % li natriy gidrooksid eritmasi quyiladi va probirkadagi aralashmalar aralashtiriladi. Keyin asta-sekin qaynashgacha qizdiriladi (qattiq qizdirish kerak emas, chunki alkilgalogenid uchib ketishi mumkin). Sovutilgandan so‘ng 1 ml ishqorli eritma boshqa probirkaga quyiladi, 20 % li nitrat kislota eritmasi bilan kislotali muhitga keltiriladi va keyin bir necha tomchi 1 % li kumush nitrat eritmasi tomiziladi. Reaksiya tenglamalari va mexanizmlarini yozing. Qaysi mexanizm bilan birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi alkilgalogenidlar reaksiyaga kirishadilar.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling