Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
o’zgalarga o’tkazishga urinishdir
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
o’zgalarga o’tkazishga urinishdir. Ya’ni, ba’zi odamlar o’z fikrini boshqalarga
103 singdirishning zo’ravonlik va agressiyadan boshqa usullarini bilmaydilar va qo’llay olmaydilar ham. Shuning uchun ular uchun o’z manfaatlarini muhofaza qilish - zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshiriladi. Tabiatan agressiv odam – hayotda doimiy va abadiy konfliktogen hisoblanadi. Bu borada bir latifa ham mavjud. Er uyga qaytadi. U o’z xotini chaqiradi-da: -―Chiroqni o’chir!‖, - deydi. Xotin chiroqni o’chiradi. Keyin er: -―Chiroqni yoq!‖, - deydi. Xotin chiroqni yoqadi. So’ng er yana: ―Chiroqni o’chir!‖, - deydi. Xotin chiroqni o’chiradi. Keyin er tahdid bilan ―Chiroqni yoq!, - deb do’q qiladi. Xotin chiroqni yoqadi. Er: - ―Chiroqni o’chir!‖, - deb baqiradi. Xotin chiroqni o’chiradi. Er: - ―Chiroqni yoq!‖, - deb o’shqiradi. Xotin chiroqni yoqadi. Bir necha ―Chiroqni o’chir!‖ va ―Chiroqni yoq!‖ lardan so’ng, er: - ―Kimga signal beryapsan!?‖ deb xotinini do’pposlab ketadi. Konfliktogen odam o’z kayfiyati, xis-tuyg’ularini jilovlashni umuman bilmaydi, shu bois o’z muammolarini o’zgalar hisobiga yechib, o’z agressiyasini tarqatish, boshqalarga berish orqali bu xolatdan chiqishga urinadi. Bunday odamni odatda ―vampir‖ deb ataladi. ―Vampir‖lar boshqa odamlarning emosiyalarini, xis- tuyg’ularini yeyish, ularni boshqarish va o’ziga og’dirish hisobiga kun ko’radi. Ular boshqalarga qattiq emosional tahdid solish va ularni azoblash hisobiga o’z agressiyalaridan ozod bo’ladilar. Shu bois, agressiv odam o’z atrofidagilarga juda ko’p kulfatlar olib keladi. Agressiv kayfiyat batamom yomonmi, yoki uning foydali tomonlari ham mavjudmi?! Ma’lum darajadagi ijobiy agressiya, biror bir maqsadga yetish, o’zini muhofaza qilish, biror bir narsani amalga oshirishdagi qat’iylik – zaruriy holat hisoblanadi. Qasd qilmasdan turib biror bir maqsadga erishib bo’lmaydi. Ya’ni, ma’lum bir darajagi qat’iylik insonga darkor bo’lgan xislatlardan hisoblanadi. Umuman agressiv bo’la olmaydigan odam xaraktersizlikda, landovurlikda, bo’shlik, qat’iyatsizlik, o’zini muhofaza qila olmaslikda ayblanadi. Tabiatan agressiv odamlar kamchilik hisoblanadi. Shu bois ko’pchilik o’zini faqat ma’lum bir vaziyat, ma’lum bir holarlardagina agressiv tutadi. Insonning bunday agressiv portlashi uning xuquqlari behad darajada buzilganligi, manfaatlari ziyon topganligi, biror tang holatdan chiqib ketish va qutilish yo’llarini bilmaslik, yaqin odami bilan bo’lgan bir-birini absolyut tushunmaslik holati, olingan konfliktogen holatda adekvat javob, agressiyaga agressiya bilan javob qaytarish kabilarda o’zini namoyon etishi mumkin. Agressiyaga agressiya bilan javob berilishi holati – frustasiya deb ataladi. Frustasiya holatida o’zini muhofaza qilish niyati va harakatlari agressiv javob tariqasida namoyon bo’ladi. Frustasiyaning eng yomon oqibatlaridan biri - nevrozlar hisoblanadi. Agressiv holatda uzoq turish inson salomatligining egovi hisoblanadi. Hursandlik, shodlik qanchalik inson umrini uzaytirishga xizmat qilsa, agressiv holat shunchalik inson umrini barbod etadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling