bir biriga yaqinlashtirmaydi, balki uzoqlashtiradi xolos.
Xitoy faylasuflaridan Lao-Szi bu haqida shunday degan: ―Ariqlar va daryochalar
o’z suvini dengizga dengiz poyidan pastroq bo’lganliklari uchun beradilar. Odamlar
ham, o’zini ulug’vorlik bilan tutishlari uchun, o’zini boshqalardan pastroq tutishi
kerak‖. Chunki Budda ta’limotida ta’kidlanganidek, “Haqiqiy g’alaba, hyech kim
o’zini mag’lub etilgan deb hisoblamagan holatdagi g’alabadir‖. Lev Tolstoy esa,
“G’azabda boshlangan narsa, odatda, uyatda tugaydi”, deb ta’kidlagan.
Zo’ravonlik – o’zini boshqalar ustidan ustun qo’yishning eng oliy va fojeali
natijasidir. Shu bois, barcha, o’zini ziyoli va ma’lumotli deb anglagan odamlar,
zo’ravonlikdan o’zini tiyishni hayot qonuniyatiga aylantiradilar. O’z agressiv holati
va qalbida tug’yon urgan zo’ravonlik kayfiyatlarini yengib o’tish mumkin-mi?!
Albatta, ha, yengib yashash mumkin!
Do'stlaringiz bilan baham: |