Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
«Gidravlika» fani mashg’ulotlari mavzulari mazmuni
Download 7.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1.2.3. «Gidravlika» fani mashg’ulotlari mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat Nazariy mashg’ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat 7-semestr (18 soat) I. Umumiy tushunchalar. Suyuqlik va gazlarning asosiy xossalari (2 soat). 12 1-ma’ruza (2 soat): Kirish. Gidravlika fanining predmeti, tarixi va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Suyuqlikning turlari va uning asosiy fizik xossalar. Fanning predmeti, tarixi va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Suyuqlikning asosiy fizik parametrlari: bosim; zichlik; temperatura. Suyuqlikning turlari, real suyuqliklar. Ideal va qovushoq suyuqliklar. Nyuton qonuni. Asosiy fizik xossalar: siqiluvchanlik; sirt tarangligi; qovushoqlik; issiqlik sig’imi; issiqlik o’tkazuvchanlik. Suvning muhim xossalari. Suvning qaynashi. Kavitasiya. Nyuton qonuniga bo’ysunmaydigan suyuqliklar, reologiya haqida tushuncha. II. Gidrostatika va uning asosiy qonunlari (6 coat). 2-ma’ruza (2 soat): Gidrostatik bosim. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi. Paskal qonuni va uning amaliyotga tadbiqi. Gidrostatik bosim va uning asosiy xossalari. Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar. Gidrostatika asoslari. Suyuqlikning muvozanat differensial tenglamasi (Eyler tenglamasi). Teng bosimli sirt. Gidro-statikaning asosiy tenglamasi va uning geometrik talqini. Og’irlik kuchi. Gidrostatik bosim va bosimning grafik tasviri. Bosim epyurasi. Pyezometrik balandlik. Absolyut va manometrik bosimlar. Vakuum. Nuqtadagi gidrostatik bosim, ortiqcha va vakuummetrik bosim. Teng bosimli sirt. Bosim o’lchagich asboblar. Gidrostatik paradoks. Paskal qonuni va uning amaliyotga tadbiqi. 3-ma’ruza (2 soat): Tekis, egri chiziqli va silindrik devorlarga gidrostatik bosim kuchi. Ixtiyoriy oriyentasiyalangan tekis sirtga gidrostatik bosim kuchi. Suyuqlikning tekis, egri chiziqli va silindrik devorlarga bosimi. Bosim markazi. Grafoanalitik usul. 4-ma’ruza (2 soat): Suyuqlikda jismning suzish qonuni. Suyuqlikda jismning suzishi. Arximed qonuni. Jismning cho’kish chuqurligi va uni siqib chiqargan suv hajmi. Suyuqlikda suzayotgan jismning og’irlik markazi, uning chayqalmaslik sharti. Metomarkaz. Suyuqlikda suzayotgan jismning muvozanat holati va nomustahkam muvozanat. III. Gidrodinamika. Suyuqlik kinematikasi asoslari (6 soat). 5-ma’ruza (2 soat): Suyuqlik kinematikasi asoslari. Suyuqlik harakatini o’rganishning ikki usuli. Suyuqlikning barqaror va nobarqaror harakatlari. Oqim modeli, oqim trayektoriyasi va oqim chizig’i, elementar oqim naychasi, Suyuqlikning to’liq oqimi. Suyuqlikning tekis o’zgaruvchan harakati. Oqimning gidravlik xarakteristikalari: jonli kesim; ho’llanish perimetri; gidravlik radius; jonli kesimning o’rtacha tezligi; mahalliy tezlik; tezliklar epyuralari; suyuqlik sarfi. Suyuqlik oqimining uzviylik tenglamasi. Uzviylik tenglamasining har xil shaklari. 6-ma’ruza (2 soat): Suyuqlikning ilgarilanma harakati. Suyuqlikning sekin o’zgaruvchan va keskin o’zgaruvchan tekis va notekis ilgarilanma harakati. Suyuqlikning naporli va naporsiz harakati, gidravlik sharracha. Gorizontal va nogorizontal joylashgan quvurda ideal suyuqlikning harakati uchun D.Bernulli tenglamasi. 7-ma’ruza (2 soat): D.Bernulli tenglamasidagi uchala hadlarining ma’nosi va uning amaliyotga qo’llanilishi. D.Bernulli tenglamasi hadlarining gidravlik, geometrik va energetik ma’nolari. O’zanda real suyuqlikning elementar oqim naychasi harakati va to’liq oqimi uchun D.Bernulli tenglamasi. D.Bernulli tenglamasining amaliyotga qo’llanilishi. Suyuqlik oqimi tezligi va sarfini o’lchash. IV. Ideal va qovushoq suyuqlik gidrodinamikasi. Gidravlik qarshilik-lar. Suyuqlik oqimining barqaror harakati paytida ishqalanish ta’sirida yo’qotilgan napor (6 soat). 8-ma’ruza (2 soat): Qovushoq suyuqlik uchun Navye-Stoks va D.Bernulli tenglamalari. Ideal va qovushoq suyuqlik tushunchasi. Nyutonning umumlashgan gipotezasi. Harakatdagi qovushoq suyuqlikda kuchlanishlar. Harakat tenglamasi. Qovushoq suyuqlik uchun Navye-Stoks va D.Bernulli tenglamalari. 9-ma’ruza (2 soat): Gidravlik ishqalanish. Laminar va turbulent harakat. Gidravlik ishqalanish. Yo’qotilgan napor. Real suyuqlik oqimining ikki xil harakat tartibi: laminar va turbulent harakat. O.Reynolds soni. Suyuqlik oqimi barqaror tekis ilgarilanma harakatining asosiy tenglama-si. Laminar va turbulent harakatdagi oqimning ko’ndalang kesimi maydoni bo’yicha nuqtalardagi o’rtalashtirilgan tezliklarning taqsimlanishi. 13 8-semestr (14 soat) 10-ma’ruza (2 soat): Gidravlik silliq va g’adir-budir quvurlar va ularda yo’qotilgan napor. Mahalliy qarshilik. Suyuqlik oqimining laminar harakati va turbulent paytida o’zanning uzunligi bo’ylab yo’qotilgan napor. Gidravlik silliq va g’adir-budir quvurlar. Darsi koeffisiyenti. Gidravlik ishqalanish koeffisiyenti. Naporli va naporsiz harakat va ularda yo’qotilgan napor. Shezi formulasi. Mahalliy qarshilik. Quvurlarda suyuqlik oqimining naporli harakati. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining naporsiz harakati. O’zanning uzunligi bo’yicha bo’yicha yo’qotilgan napor. Shezi formulasi. Mahalliy qarshilik va uning ta’sirida yo’qotilgan napor. J.Sh.Borda formulasi. V. Naporli quvurlarda suyuqlikning barqaror harakati (2 soat). 11-ma’ruza (2 soat): Suv o’tkazgich quvurlarni gidravlik hisoblash. Quvur o’tkazgichlarning gidravlik hisobi. Quvur o’tkazgichlar tasnifi. Naporli quvurlarda suyuqlik harakati paytida yo’qotilgan naporni hisoblash formulalari. Yo’qotilgan naporlarni qo’shib chiqish. To’liq ishqalanish koeffisiyenti. Qisqa va uzun quvur o’tkazgichlar. Sodda quvur o’tkazgichlar. O’zgarmas va o’zgaruvchan ko’ndalang kesimli qisqa quvur o’tkazgichning gidravlik hisobi. Qisqa quvur o’tkazgichlarda qarshilik va sarf koeffisiyenti. Oddiy uzun quvurlarni gidravlik hisoblash. Quvurlarning ketma-ket va parallel ulanishi. Yo’nalishi bo’yicha sarfi o’zgaruvchan quvur o’tkazgichlar hisobi. Murakkab quvur o’tkazgichlar hisobi. Oxiri berk va xalkasimon quvur o’tkazgichlar tarmog’i hisobi. VI. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakati (2 soat). 12-ma’ruza (2 soat): Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakati. Asosiy tushunchalar. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakatini hisoblash formulalari. Hisob gidravlik elementlari. Ochiq o’zanning eng qulay ko’ndalang kesim shakli. Trapesiya shaklidagi eng qulay ko’ndalang kesim. Ochiq o’zanlarda tekis ilgarilanma harakatidagi suyuqlik oqimining eng katta va eng kichik ruxsat etilgan o’rtacha tezligi. Trapeseidal kanallardagi suyuqlik oqimining tekis ilgarilanma harakatini gidravlik hisoblashda asosiy masalalar. To’rt turdagi masala. Ochiq o’zanlarda suyuqlikning barqaror tekis ilgarilanma harakatining gidravlik elementlarini hisoblash. Oqimning normal chuqurligi va o’rtacha tezligi. Ochiq o’zanlarda oqimning tekis ilgarilanma harakatini ShEHM yordamida hisoblash. VII. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakati (4 soat). 13-ma’ruza (2 soat): Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakati. Hisobning gidravlik elementlari. Prizmatik va noprizmatik tabiiy va sun’iy ochiq o’zanlarda suyuqlikning barqaror notekis ilgarilanma harakati. Suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakatining asosiy differensial tenglamasi. Prizmatik o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakati. Oqim ko’ndalang kesimining solishtirma energiyasi. Kritik chuqurlik. Normal chuqurlik. Kritik nishablik. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining sokin, jo’shqin va kritik holatlari. O’zan tubining nishabligi. O’zanning gidravlik ko’rsatgichlari. Suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakatining differensial tenglamasini integrallashning B.A.Baxmetev va V.I.Charnomskiy usullari. VIII. Suyuqlikning teshik va naycha (nasadka) lardan oqishi (2 soat). 14-ma’ruza (2 soat): Teshiklar tasnifi. Suyuqlikning teshik va naycha (nasadka)lardan oqib chiqishi. Suyuqlikning yupqa devordagi kichik teshikdan oqib chiqishi: o’rtacha tezlik; sarf; suyuqlik sharrachasi trayektoriyasi. Suyuqlikning tashqi silindrik naycha orqali atmosferaga va suyuqlikka oqib chiqishi, ularning asosiy xususiyatlari. Boshqa turdagi naychalar (nasadkalar). IX. Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlik. Gidravlik modellashtirish (2 soat). 15-ma’ruza (2 soat): Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlik. Gidravlik modellashtirish. Fizik o’xshashlikning asosiy tushunchalari. Gidravlikada o’lchamlar. Suyuqlik va gazlar oqimining geometrik, kinematik va dinamik o’xshashligi. O’xshashlik kriteriyalari va o’xshashlik soni, ularning ahamiyati va fizik ma’nosi. Harakat tenglamasining o’lchamsiz shakli. Pi-teorema. Gidravlik jarayonlarni modellash usullari. Modellashtirish uchun o’xshashlik kriteriyasidan foydalanish. 14 X. Gidrodinamik zarba. Gidrodinamik sakrash (2 soat). 16-ma’ruza (2 soat): Gidravlik zarba. Gidravlik sakrash. Quvur va ochiq o’zanlarda gidravlika zarba xodisasi, uni hisoblash. Zarbaning quvur (o’zan) bo’yicha tarqalishi. Quvurlarda yopilmalarning bir tekis ochilishi. Jukovskiy formulasi. Gidravlik sakrashning asosiy tenglamalari. Oqimning sakrashdan keyingi holati. Sakrash funsiyalari. Sakrash uzunligi. Sakrashda energiyaning yo’qolishi. Gidravlik sakrashning tarqalish tezligi. Yopilmaning sekin ochilishi. Amaliy mashg’ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat 7-semestr (26 soat) I. Umumiy tushunchalar. Suyuqlik va gazlarning asosiy xossalari (2 soat). 1-amaliy mashg’ulot (2 soat): Suyuqlik va gazlarning asosiy fizik xossalari. Suyuqlik va gazlarning asosiy fizik xossalari. Asosiy fizik parametrlar: zichlik; bosim; temperatura. Asosiy fizik xossalar: siqiluvchanlik; sirt taranglik; qovushoqlik; issiqlik sig’imi; issiqlik o’tkazuvchanlik. II. Gidrostatika va uning asosiy qonunlari (12 coat). 2-amaliy mashg’ulot (2 soat): Tutash idishlar qonuni va Paskal qonuning tadbiqi. Tutash idishlar qonuni va Paskal qonuni va ularning tadbiqiga oid masalalar. 3-amaliy mashg’ulot (2 soat): Bosim o’lchagich asboblar va ularning tadbiqi. Suyuqlikning tekis yuzaga bosim kuchini aniqlash. Bosim o’lchagich asboblar va ularning tadbiqiga oid masalalar. Suyuqlikning tekis yuzaga bosim kuchini aniqlash. 4-amaliy mashg’ulot (2 soat): Suvning tekis yuzali to’siqda yig’indi bosimini aniqlash. Bosim kuchini, uning markazini aniqlash. 5-amaliy mashg’ulot (2 soat): Suyuqlikning har xil yuzalarga bosim kuchini aniqlash. Suyuqlik bosim kuchining egri (notekis) yuzalarga ta’sirini aniqlash. 6-amaliy mashg’ulot (2 soat): Jismning suyuqlikda suzish qonuni tadbiqi. Jismning suyuqlikda suzishi, uning chayqalmaslik sharti va muvozanat holati. 7-amaliy mashg’ulot (2 soat): Aylanayotgan idishdagi suyuqlik sirti tenglamasini aniqlash. Suyuqlikning sokin harakat. Aylanma harakatda muvozanat sharti. Amaliy masalalar yechish. III. Gidrodinamika. Suyuqlik kinematikasi asoslari (6 soat). 8-amaliy mashg’ulot (2 soat): Kinematik parametrlarni aniqlashga oid masalalar. Oqim chizig’i. Trayektoriya. Tezlik. 9-amaliy mashg’ulot (2 soat): Uzviylik tenglamasi va uning tadbiqi. Uzviylik tenglamasi. Sarf tenglamasi. 10-amaliy mashg’ulot (2 soat): D.Bernulli tenglamasi va uni qo’llash. D.Bernulli tenglamasi. Suv sarfini va pyezometrik chiziqni aniqlash. IV. Ideal va qovushoq suyuqlik gidrodinamikasi. Gidravlik qarshilik-lar. Suyuqlik oqimining barqaror harakati paytida ishqalanish ta’sirida yo’qotilgan napor (6 soat). 11-amaliy mashg’ulot (2 soat): Ideal suyuqlik harakatining sodda masalalari. Eyler tenglamasi, uning analitik yechimlariga misollar. 12-amaliy mashg’ulot (2 soat): Qovushoq suyuqlik harakatining sodda masalalari. Navye-Stoks tenglamasi, uning analitik yechimlariga misollar. 13-amaliy mashg’ulot (2 soat): Kanallarni gidravlik hisoblashlar. Turli gidravlik parametrlarni aniqlash (jonli kesim maydoni, namlangan perimetr, gidravlik radius, suv sathining kengligi, suv sarfi. Gidravlik qarshilik. Shezi koeffisenti, suvning o’rtacha oqish tezligi). 15 8-semestr (14 soat) V. Naporli quvurlarda suyuqlikning barqaror harakati (4 soat). 14-amaliy mashg’ulot (2 soat): Oddiy qMurakkab qvur o’tkazgichlarning gidravlik hisobi. Oddiy quvurlarni gidravlik hisoblash. Naporli quvurlarda suvning harakatini hisoblash masalalari. ShEHMlarning qo’llanilishi. 15-amaliy mashg’ulot (2 soat): Quvur o’tkazgichlarning gidravlik hisobi. Murakkab quvurlarni gidravlik hisoblash. Naporli quvurlarda suvning harakatini hisoblash masalalari. ShEHMlarning qo’llanilishi. VI-VII. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror tekis va notekis ilgarilanma harakati (4 soat). 16-amaliy mashg’ulot (2 soat): Trapeseidal kanallardagi suyuqlik oqimining tekis ilgarilanma harakatini gidravlik hisoblashga oid masalalar. Oqimning normal chuqurligi va o’rtacha tezligini hisoblashga oid masalalar. Suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakatining normal chuqurligini «qo’l usuli» yordamida hisoblash. Ochiq o’zanlarda oqimning tekis ilgarilanma harakatini ShEHM yordamida hisoblash. 17-amaliy mashg’ulot (2 soat): Trapeseidal kanallardagi suyuqlik oqimining notekis ilgarilanma harakatini gidravlik hisoblashga oid masalalar. Oqimning normal chuqurligi va o’rtacha tezligini hisoblashga oid masalalar. Suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakatining normal chuqurligini «qo’l usuli» yordamida hisoblash. Ochiq o’zanlarda oqimning notekis ilgarilanma harakatini ShEHM yordamida hisoblash. VIII. Suyuqlikning teshik va naycha (nasadka) lardan oqishi (4 soat). 18-amaliy mashg’ulot (2 soat): Devordagi kichik teshikdan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimining tezligini va suv sarfini hisoblash. Devordagi teshik quvur tashqi tomonidan suv bilan ko’milmagan va ko’milgan holga oid masalalar. Yupqa devordagi kichik teshikdan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimining tezligini va suv sarfini aniqlashga oid masalalar. 19-amaliy mashg’ulot (2 soat): Devordagi kichik teshikka o’rnatilgan qisqa doiraviy quvurdan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimining tezligini va suv sarfini hisoblash. Devordagi teshikka o’rnatilgan qisqa quvur tashqi tomonidan suv bilan ko’milmagan va ko’milgan holga oid masalalar. Yupqa devordagi kichikka o’rnatilgan qisqa quvur (nasadka)lardan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimining tezligini va suv sarfini aniqlashga oid masalalar. IX-X. Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlik. Gidravlik modellashtirish Gidrodinamik zarba. Gidrodinamik sakrash (2 soat). 20-amaliy mashg’ulot (2 soat): Gidravlik zarba va gidravlik sakrashga oid masalalar. Zarbaning quvur (o’zan) bo’yicha tarqalishi. Gidravlik sakrash va uning turlari: shiddatli, sokin oqimalar, sakrash maydoni, sakrash, sakrash funksiyasi, kritik chuqurlik, sakrash funksiyasining minimal qiymatini aniqlash. Laboratoriya mashg’uloti mavzulari mazmun va ularga ajratilgan soat 7-semestr (10 soat) 1-laboratoriya mashg’uloti (4 soat): Suyuqlik bosim kuchining tekis yuzalarga ta’sirini aniqlash. Suyuqlik gidrostatik bosim kuchining ixtiyoriy shakldagi tekis devor yuzasiga ta’sirini, bosim kuchini, uning markazini aniqlash. Masalaning qo’yilishi. Asosiy hisob formulalari. Xisob natijalari va ularning taxlili. Hisobotni tayyorlash va uni ximoya qilish. 2-laboratoriya mashg’uloti (2 soat): Muvozanatdagi suvning jismga ta’sir etuvchi kuchi. Jismning suyuqlikda suzishi, uning chayqalmaslik sharti va muvozanat holati. Masalaning qo’yilishi. Asosiy hisob formulalari. Xisob natijalari va ularning taxlili. Hisobotni tayyorlash va uni ximoya qilish. 16 3-laboratoriya mashg’uloti (4 soat): Bernulli tenglamasi yordamida Pyezo-metrik va to’lik bosim chizig’i diagrammasini chizish. Bernulli tenglamasi yordamida Pyezometrik va to’lik bosim chizig’i diagrammasini chizish. Masalaning qo’yilishi. Asosiy hisob formulalari. Xisob natijalari va ularning taxlili. Hisobotni tayyorlash va uni ximoya qilish. 8-semestr (8 soat) 4-laboratoriya mashg’uloti (4 soat): Ochiq o’zanlarda suvning tekis harakati, unda gidravlik hisoblashlar. Oqimning normal chuqurligi va o’rtacha tezligini hisoblash. Masalaning qo’yilishi. Asosiy hisob formulalari. Xisob natijalari va ularning taxlili. Hisobotni tayyorlash va uni ximoya qilish. 5-laboratoriya mashg’uloti (2 soat): Suyuqlik harakati tartibini aniqlash. Suyuqlik harakati tartibini aniqlash. Masalaning qo’yilishi. Asosiy hisob formulalari. Xisob natijalari va ularning taxlili. Hisobotni tayyorlash va uni ximoya qilish. 6-laboratoriya mashg’uloti (2 soat): Quvurning uzunligi bo’yicha gidravlik ishqalanish koeffisentini aniqlash. Quvurning uzunligi bo’yicha gidravlik ishqalanish koeffisentini aniqlash. Masalaning qo’yilishi. Asosiy hisob formulalari. Xisob natijalari va ularning taxlili. Hisobotni tayyorlash va uni ximoya qilish. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari mavzulari va ularga ajratilgan soat 7-semestr (40 soat) I. Umumiy tushunchalar. Suyuqlik va gazlarning asosiy xossalari (6 soat). 1-Mustaqil ish (2 soat): Suyuqlikning maxsus xossalari. 2-Mustaqil ish (2 soat): Suyuqlikning murakkab modellari. 3-Mustaqil ish (2 soat): Qovushoq-plastik suyuqliklar va ularning xossalari. II. Gidrostatika va uning asosiy qonunlari (10 coat). 4-Mustaqil ish (2 soat): Gidrostatik bosim. Pyezometrik balandlik. Vakuum. 5-Mustaqil ish (2 soat): Paskal qonuni tadbiqiga oid masalalar. 6-Mustaqil ish (2 soat ): Arximed qonuni tadbiqiga oid masalalar. 7-Mustaqil ish (2 soat): Gidrostatika qonunlariga asoslangan qurilma va gidroinshootlar. 8-Mustaqil ish (2 soat): Jismning suyuqlikda suzish qonuni tadbiqi. III. Gidrodinamika. Suyuqlik va gazlar kinematikasi asoslari (10 soat). 9-Mustaqil ish (2 soat): Suyuqlik va gazlar kinematikasi elementlari. 10-Mustaqil ish (2 soat): Oqimning tekis, shiddatli va kritik xolatlari. 11-Mustaqil ish (2 soat): Oqimning erkin sustini o’rganish. 12-Mustaqil ish (2 soat): Bernulli tenglamasi tahlili. 13-Mustaqil ish (2 soat): Bord formulalari tahlili. IV. Ideal va qovushoq suyuqlik gidrodinamikasi. Gidravlik qarshiliklar. Suyuqlik oqimining barqaror harakati paytida ishqalanish ta’sirida yo’qotilgan napor (14 soat). 14-Mustaqil ish (2 soat): Ideal suyuqlik gidrodinamikasi tenglamalari. 15-Mustaqil ish (2 soat): Potensial tazyik. 16-Mustaqil ish (2 soat): Ideal gaz gidrodinamikasi tenglamalari. 17-Mustaqil ish (2 soat): Qovushoq suyuqlik gidrodinamikasi tenglamalari. 18-Mustaqil ish (2 soat): Qovushoq gaz gidrodinamikasi tenglamalari. 19-Mustaqil ish (2 soat): Gidravlik qarshilik. 20-Mustaqil ish (2 soat): Aylanuvchan suyuqlikning nisbiy muvozanati. 8-semestr (30 soat) V. Naporli quvurlarda suyuqlikning barqaror harakati (4 soat). 17 21-Mustaqil ish (2 soat): Naporli quvurlar hisobi. Gidravlik nishablik. 22-Mustaqil ish (2 soat): Gidravlika elementlarini ShEHMlar yordamida aniqlash. VI. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakati (4 soat). 23-Mustaqil ish (2 soat): Ochiq o’zanlarda suvning tekis harakati. 24-Mustaqil ish (2 soat): Suv sarfi. Shezi koeffisiyenti, suvning o’rtacha oqish tezligi. VII. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakati (4 soat). 25-Mustaqil ish (2 soat): Ochiq o’zanlarda suvning notekis harakati. 26-Mustaqil ish (2 soat): Suv sarfi. Suvning o’rtacha oqish tezligi. Erkin sirtni aniqlash. VIII. Suyuqlikning teshik va naycha (nasadka) lardan oqishi (6 soat). 27-Mustaqil ish (2 soat): Suyuqlikning har xil o’lchamli teshiklardan oqishini o’rganish. 28-Mustaqil ish (2 soat): Suyuqlikning har xil o’lchamli nasadkalardan oqishini o’rganish. 29-Mustaqil ish (2 soat): Suyuqlikning teshik va nasadkalardan oqishi tadbiqi. Gidravlik parametrlarni o’rganish. IX. Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlik. Gidravlik modellashtirish (4 soat). 30-Mustaqil ish (2 soat): Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlikdan foydalanib gidravlika tenglamalarini o’lchamsiz holatga keltirish. 31-Mustaqil ish (2 soat): Gidravlika masalalarini yechishni modellashtirish asoslari. Download 7.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling