Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
«Gidravlika faniga kirish» mavzusining texnologik xaritasi
Download 7.17 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. «GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA MA’RUZA, AMALIYOT VA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARDA O’QITISH TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
- Aytilganlardan kelib chiqqan holda «Gidravlika» o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz
- Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv.
- Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
- Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash
- O’qitishning usullari va texnikasi.
- Kommunikatsiya usullari
- Boshqarish usullari va vositalari
- Monitoring va baholash
- «Xabarlashib o’rganish usuli» qoidalari
- «Charxpalak usuli» qoidalari
- «Muloqot usuli» ishtirokchilariga eslatmalar
- 1.2.1 «Gidravlika» fanining hajmi № Mashg’ulot turi Ajratilgan soat Semestrlar 7-semestr
1.2. «Gidravlika faniga kirish» mavzusining texnologik xaritasi Ish bosqich- lari O’qituvchi faoliyatining mazmuni Tinglovchi faoliyatining mazmuni 1-bosqich. Mavzuga kirish (20 min) 1.1. O’quv mashg’uloti mavzusi, savollarni va o’quv faoliyati natijalarini aytadi. 1.2. Baxolash mezonlari (2 – ilova). 1.3. Pindbord usulida mavzu bo’yicha ma’lum bo’lgan tushunchalarni faollashtiradi. Pindbord usulida natijasiga ko’ra tinglovchilarning nimalarda adashishlari, xato qilishlari mumkinligining tashxizini amalga oshiradi (1- ilova ). 1.3. Mavzuni jonlashtirish uchun savollar beradi. (3-ilova). Tinglaydilar. Tinglaydilar. 2 -bosqich. Asosiy bo’lim (50 min) 2.1. Savol yuzasidan mini ma’ruza qiladi. 2.2.Ma’ruza rejasining hamma savollar bo’yicha tushuncha beradi. (4 - ilova). 2.2. Ma’ruzada berilgan savollar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosa beradi. (5 - ilova). 2.4.Tayanch iboralarga qaytiladi. 2.5. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi. Tinglaydilar. Tinglaydilar. O’UMga qaraydilar O’UMga qaraydilar Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar. 3-bosqich. Yakunlovchi (10 min) 3.1. Mashg’ulot bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni qayerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi. 3.2. Mavzu bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro’yxatini beradi. 3.3. Keyingi mazvu bo’yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi. Savollar beradilar. O’UMga qaraydilar. O’UMga qaraydilar. Vazifalarni yozib oladilar. 114 I - BO’LIM «GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA O’QUV-USLUBIY MAJMUANING KONSEPTUAL ASOSLARI 115 1.1. «GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA MA’RUZA, AMALIYOT VA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARDA O’QITISH TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o’zining munosib o’rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo’lini ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog’liqdir. Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg’or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib, ularni amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy qilishdan iboratdir. «Gidravlika» fanining maqsad vazifasi uni amaliyotga tadbiq qilish, tajribaviy natijalar va nazariy ma’lumotlar asosida olingan qonunlar va formulalarni texnika va ishlab chiqarish obyektlarida, gidroinshootlarda ishlatishni o’rgatish. Bu fanda o’rganilayotgan obyekt suyuqlik va gaz bo’lib, ular oson deformasiyalanuvchan materiallar hisoblanadi. Bu o’z navbatida massaning, impulsning, energiyaning saqlanish qonunlarini maxsus shakllarda yozishni va ularni yechishning maxsus usullarini o’rganishni talab qiladi. Demakki, masalaning matematik qo’yilishi korrekt bo’lishligi talab qilinadi. Gidravlika fani har xil texnik sohalarda qo’llaniluvchi chuqur amaliy ahamiyatli masalalarga ega muhandislik fanining zamonaviy darajasini o’zida aks ettiruvchi fan bo’lib, bu fan mashinasozlik, gidrotexnik inshootlar, daryo, ko’l va o’zanlar, suvlar taqsimoti muammolarini, oqimlarning mexanik xossalarini tekshirish yo’llarini o’rgatadi va u gidrotexnik inshootlarning mustahkamligi va mashinasozlik sanoatida gidrodinamik muammolarni hal qilishga qo’llanladi. Shuning uchun bu fan mexanika ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining mahoratigagina emas, balki tinglovchining istak-hohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo’lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim obyektiv borliqdagi voqyea-hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo’ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil o’qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va o’qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi. O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi. 116 Aytilganlardan kelib chiqqan holda «Gidravlika» o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi subyektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash. Keltirilgan konseptual yo’riqlarga asoslangan holda, «Gidravlika» fanining maqsadi, tuzilmasi, o’quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqgan holda, ma’lum sharoit va o’quv rejasida o’rnatilgan vaqt oralig’ida o’qitishni, kommunikasiyani, axborotni va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshirildi. O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy ishlash usuli. O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot-hamkorlik va o’zaro o’rganishga asolangan frontal, kollektiv va guruh. O’qitish vositalari o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. 117 1.2. «GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA MA’RUZA, AMALIYOT VA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARDA QO’LLANOLADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYASI USULLARI QOIDALARI «Aqliy hujum»ning asosiy qoidalari: aytilayotgan barcha g’oyalar bir –biriga nisbatan muhimlikda tengdir; kiritilayotgan g’oyalar tanqid qilinmasligi kerak; g’oyani taqdim etayotgan paytda so’zlovchining gapini bo’lmaslik; so’zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas; olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi; - ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi; istalgan g’oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi; muammo yechimidan uzoq g’oyalar ham qo’llab-quvvatlanadi; barcha g’oyalar yoki ularning asosiy mag’zi (farazlari) qayd etish yo’li bilan yozib olinadi; «hujum»ni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart; beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko’zda tutilishi kerak. «Pinbord texnikasi» (ingliz tilidan: pin – maxkamlash, board - doska) ning asosiy qoidalari: muammoni hal qilishga oid fikrlarni tizimlashtirish va guruxlashni amalga oshirishga, jamoa tarzda yagona yoki aksincha qarama-qarshi pozisiyani shakllantirishga imkon beradi; o’qituvchi taklif etilgan muammo bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon qilishni so’raydi, to’g’ridan-to’g’ri yoki ommaviy aqliy xujumning boshlanishini tashkil qiladi (rag’batlan-tiradi); fikrlar taklif qiladi, muhokama qiladi, muhokama nazarlarini bayon qilishni so’raydi; to’g’ridan- to’g’ri yoki ommaviy aqliy hujumning boshlanishini tashkil qiladi (rag’batlan-tiradi); guruh namoyondalari doskaga chiqadi va maslaxatlashgan holda: yaqqol xato bo’lgan yoki takrorlanayotgan fikrlarni olib tashlaydi; bahsli bo’lgan fikrlarni oydinlashtiradi; fikrlarni tizimlashtirish mumkin bo’lgan belgilarini aniqlaydi; shu belgilar asosida doskadagi barcha fikrlarni (qog’oz varaqlaridagi) guruhlarga ajratadi; ularning o’zaro munosabatlarini chiziqlar yoki boshqa belgilar yordamida ko’rsatadi: kollektivning yagona yoki qarama-qarshi pozisiyalari ishlab chiqiladi. «Xabarlashib o’rganish usuli» qoidalari savollarga o’ylanib javob berishni suraydi; talabalar 4-5 guruhga ajratiladi; har bir guruhdan ekspertlarni aniqlashni so’raydi; ekspertlar bittadan savol bo’yicha guruh a’zolarni tanishtirishi kerak; ekspertlar varag’ini tarqatadi va guruhda ishlashni tashkil etadi; ekspertlar prezentasiya qilish kerakligini ma’lum qiladi; maslahatchi o’rnida sharhlaydi, aniqlik kiritadi; prezentasiyani yakunlab, har bir guruhga har bir savol uchun xulosalar qiladi. «Kichik guruhlarda ishlash» ning qoidalari har kim o’z o’rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak. har kim aktiv, birgalikda, berilgan topshiriqqa ma’suliyat bilan qaragan holda ishlashi kerak. har kim zarur holda yordam so’rashi lozim. har kim undan yordam so’ralganda albatta yordam berishi kerak. har kim guruh ishi natijasini baholashda ishtirok etishi shart. 118 har kim aniq tushunishi kerakki: «boshqalarga o’rgatib o’zimiz o’rganamiz»; «kemaga tushganning joni bir: yo birga qutilamiz yoki birga cho’kamiz». «Insert jadvali» qoidalari: olgan bilimiga to’g’ri keladin (); yangi ma’lumot (+); olgan bilimiga qarama-qarshi (-); tushunarsiz yoki aniqlanishi zarur bo’lgan ma’lumotlar (?). «Charxpalak usuli» qoidalari: talabalarni 3-4 guruhga kartochkalar yordamida ajratadi. har bir guruh liderini o’qituvchi o’zi tanlaydi. guruhga topshiriqlarni tarqatadi. barcha guruh topshiriqlarni bajarib bo’lgandan so’ng, guruh topshiriqlarini bir – biri bilan almashtiradi 3 marta guruh a’zolari topshiriqlarni bajarib bo’lgandan so’ng, topshiriqlar birinchi holatda o’z guruhlariga topshiriladi. guruhdan o’qituvchi tanlagan talaba prezentasiyaga tayyorlanadi. «Muloqot usuli» ishtirokchilariga eslatmalar: muloqat bu – muammolarni hal qilish usulidir, munosabatlarni aniqlash emas; boshqalar ham o’z fikrlarini bildira olishi uchun qisqa gapir; sening fikrlaring maqsadga erishishi uchun har bir gapni o’ylab, o’lchab, aniq gapir; a’sirchanlikni nazorat qila bil; opponentlarning nuqtai nazarini tushunishga harakat qil, ularga hurmat bilan qara; o’z fikringni aniq ifodala, opponentning aytganlarini buzib ko’rsatma; faqat muloqat mavzusi bo’yicha fikr bildir; o’z erudisiyangni va o’qimishli ekanligingni ko’rsatishga harakat qilma; kimlargadir yoqishga yoki qarshi bo’lishga harakat qiladiganlar bilan kurash. « 4 4 usuli» ni qo’llash qoidalari: talabalarni 4 ta guruhga ajratish lozim; to’rtta guruhga 4 ta savol beriladi; ma’lum bir vaqtdan so’ng topshiriqlarni yig’ib olish kerak; topshiriqlarni guruhlararo almashtirish kerak (4-marta); topshiriqlarni birinchi holatdagi guruhlarga qaytarish lozim; prezentasiya qilinadi; kamchilik va yutuqlar aytiladi. «Zig-zag usuli» ning qo’llanilish qoidalari: ekspert varag’ining savollariga guruhning har bir talabasi o’quv materialidan zarur ma’lumotlarni topadi; «ekspertlar uchrashuvi» – turli guruhlarda bir xil matirialni o’rganayotganlar o’zaro uchrashadi; ekspert sifatida ma’lumotlarni almashadi, o’z savollariga birgalikda javob topadi va bu ma’lumotlarini o’z guruhlaridagi talabalarga qanday qilib yetkazish kerakligini rejalashtiradi; «ekspertlar» o’z guruhlariga qaytib, ma’lumotlarni o’z guruhi a’zolaiga tushuntiradi; bir-biriga savollar berib, bir-birlarining bilimlarini baholaydi. 119 «Hamkorlikda o’qish» ning asosiy tamoyillari va qoidalar: asosiy tamoyillari: guruhga bitta topshiriq; bitta rag’bat: guruh barcha ishtirokchilari hamkorlikdagi ish bahosi (umumiy natijaga erishish uchun barcha guruh a’zolari sarflaydigan kuchi baholanadi) va akademik natijalari yig’indisidan tashkil topgan bitta baho oladi, ya’ni guruh (komanda) muvaffaqiyati har bir ishtirokchining hissasiga bog’liq; har birining o’z muvaffaqiyati va guruhning boshqa a’zolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy mas’uliyatligi; hamkorlikdagi faoliyat: guruhiy muzokara, hamkorlik, o’zaro yordam berish kabi o’zaro harakat usullari asosida tashkil topadi; muvaffaqiyatga erishishda teng imkoniyatlar: har bir o’qiyotgan o’z shahsiy yutug’ini takomillashtirishga, shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda o’qishga berilgan bo’lishi zarur, chunki u boshqalar bilan teng baholanadi; asosiy qoidalar: topshiriqni birgalikda oddiy bajarish emas, balki birgalikda o’qish; musobaqalashish emas, balki hamkorlashish; birgalikda ishlashga o’rganish, o’qish va ijod; har doim bir-biriga yordam qilishga, muvaffaqiyat quvonchi yoki muvaffaqiyatsizlik achchig’ini birga tortishga tayyor bo’lish. 120 1.2.1 «Gidravlika» fanining hajmi № Mashg’ulot turi Ajratilgan soat Semestrlar 7-semestr 8-semestr 1. Nazariy mashg’ulot 46 26 20 2. Amaliy mashg’ulot 26 18 8 3. Laboratoriya mashg’uloti 18 10 8 8. Mustaqil ish 70 40 30 9. Konsultasiya 8 4 4 10. Nazoratlar (JN, ON, YaB) 54 27 27 JAMI: 222 125 97 1. «GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA O’QUV-USLUBIY MAJMUANING KONSEPTUAL ASOSLARI. 1.1. 1.2. 1.3. 141. . 1. GIDRAVLIKA FANIGA KIRISH. 4 1.1. Fanning umumiy o’quv maqsadlari. 4 1.2. Gidravlika fanining mazmuni. 1.3. Gidravlika fani rivojining qisqacha tarixi. 2. GIDRAVLIKA ASOSLARI. 2.1. Suyuqlik va gazlarning mexanik xarakteristikalari va asosiy xossalari. 2.2. Suyuqlik modellari. Amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan matnlar (Namunaviy masalalar, ularning yechimlari va mashqlar (). Mustaqil yechish uchum masalalar (). Sinov savollari (). Muammoli savollar (). Axborot uslubiy ta’minoti ()). 3. GIDROSTATIKA 3.1. Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar 3.2. Gidrostatik bosim va uning xossalari 3.3. Gidrostatikaning asosiy differensial tenglamasi 3.4. Bir jinsli siqilmaydigan suyuqlikning og’irlik kuchlari maydonidagi muvozanat tenglamasi. Absolyut sokinlikda sath sirti va uning tenglamasi. 3.5. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi va uning tahlili. Amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan matnlar (Namunaviy masalalar, ularning yechimlari va mashqlar (). Mustaqil yechish uchum masalalar (). Sinov savollari (). Muammoli savollar (). Axborot uslubiy ta’minoti ()). 3.6. Suyuqlik va gazlar uchun Paskal qonuni. 3.7. Tutash idishlardagi suyuqlikning muvozanat sharti (tutash idishlar qonuni). 3.8. Gidravlik zichlagich va uning ishlash prinsipi. 3.9. Bosim o’lchagich asboblar. Amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan matnlar (Namunaviy masalalar, ularning yechimlari va mashqlar (). Mustaqil yechish uchum masalalar (). Sinov savollari 121 (). Muammoli savollar (). Axborot uslubiy ta’minoti ()). 3.10. Suyuqlik bosim kuchining devor yuzasiga ta’siri. 3.10.1. Suyuqlikning tekis sirtga bosim kuchi. Suyuqlik bosimining epyurasi (). Analitik usul (). Grafo-analitik usul (). Gidrostatik g'ayritabiiylik (paradoks) (). 3.10.2. Suyuqlikning silindrik sirtga bosimi. 3.10.3. Suyuqlikning sferik sirtga bosimi. Amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan matnlar (Namunaviy masalalar, ularning yechimlari va mashqlar (). Mustaqil yechish uchum masalalar (). Sinov savollari (). Muammoli savollar (). Axborot uslubiy ta’minoti ()). 3.11. Suyuqlikda jismning suzish qonuni. Arximed qonuni va uning tadbiqi. Arximed qonuni (). Jismning suzish sharti (). Jismning cho’kish chuqurligi va uni siqib siqargan suv hajmi (). Og’irlik markazi (). Suyuqlikda suzayotgan jismning muvozanat sharti (). Metomarkaz (). Suyuqlikda suzayotgan jismning muvozanat holati. Mustahkam va nomustahkam muvozanat (). Amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan matnlar (Namunaviy masalalar, ularning yechimlari va mashqlar (). Mustaqil yechish uchum masalalar (). Sinov savollari (). Muammoli savollar (). Axborot uslubiy ta’minoti ()). 3.12. Suyuqlikning nisbiy sokinligi. 3.12.1. Qiya tekislikdagi to’g’ri chiziqli harakatda nisbiy sokinlik. 3.12.2. Vertikal o‘q atrofida aylanma harakatdagi nisbiy sokinlik. 3.12.3. Harakatlanayotgan idishlarda suyuqlikning muvozanatiga oid amaliy masalalar Suyuqlikli sisternaning tezlanish bilan harakati (). Suyuqlikli idishning vertikal o’q atrofida aylanishi (). Suyuqlikli idishning gorizontal o’q atrofida aylanishi (). Amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan matnlar (Namunaviy masalalar, ularning yechimlari va mashqlar (). Mustaqil yechish uchum masalalar (). Sinov savollari (). Muammoli savollar (). Axborot uslubiy ta’minoti ()). ILOVA FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR Download 7.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling