Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Download 7.17 Kb.
Pdf просмотр
bet1/22
Sana16.02.2017
Hajmi7.17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI  SAMARQAND DAVLAT 
UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MEXANIKA
 
KAFEDRASI 
                                                                       
« GIDRAVLIKA » fanidan  o’quv-uslubiy  
 
M A J M U A 
 
 
«5440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishi talabalari uchun
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SAMARQAND-2010
 

 
2
«TASDIQLAYMAN» 
SamDU o’quv ishlari prorektori 
_______________ A.Soleyev 
«___»___________ 2010 y. 
 
 
«GIDRAVLIKA»  
FAN  DASTURI 
 
(«5A440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishining talabalari uchun) 
 
Ushbu  fan  dasturi  fakultet  Ilmiy  Kengashining  2010  yil  __  avgustdagi  №1  majlis 
bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 
 
Fakultet dekani:                                       
 
 dots. H.Qurbonov 
 
Ushbu fan dasturi fakultet o’quv-uslubiy kengashining 2010 yil ___ avgustdagi №1 
majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 
 
Fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi:                        
dots. E.Sattorov 
 
Ushbu  fan  dasturi  kafedraning  2010  yil  ___  avgustdagi  №1  majlis  bayonnomasi 
bilan tasdiqlangan. 
 
Kafedra mudiri:                                      prof. X.Xudoynazarov 
 
 
Tuzuvchilar:   
 
 
 
Abdirashidov A., Sattorov F., Buranov X. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
3
Abdirashidov A., Sattorov F., Buranov X. «Gidravlika» fanidan o’quv – uslubiy majmua («5440200 
–  Mexanika»  ta’lim  yo’nalishi  bakalavr  talabalari  uchun).  O’quv-uslubiy  qo’llanma.  –  Samarqand: 
SamDU nashri, 2010. – 220 bet. 
 
«Gidravlika»  fanidan  ushbu  o’quv  –  uslubiy  majmua  Samarqand  davlat  universitetining 
«Mexanika»  kafedrasida  tayyorlangan.  Majmua  «Gidravlika»  fanini  o’rganish  jarayonida  talabaning 
mustaqil  ishlashini  ta’minlovchi  o’quv-uslubiy  materiallarni  o’z  ichiga  oladi  hamda    talaba  olgan 
bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta’minlaydi.  
 
Ushbu  o’quv  -  uslubiy  majmua  «Gidravlika»  fani  o’quv  rejaga  kiritilgan  barcha  ta’lim 
yo’nalishlari bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan. 
                                    
 
Taqrizchilar: 
fizika-matematika fanlari doktori, prof. J.Akilov  
texnika fanlari doktori, prof. X.Xudoynazarov 
 
 
 
 
 
 
 
 
MUALLIFLARDAN 
 
Hurmatli talaba! 
 
Qo’lingizdagi  ushbu  o’quv-uslubiy  majmua  «Gidravlika»  fanini  o’rganish  jarayonida  sizning 
mustaqil ishlashingizni tashkil etishga mo’ljallangan. 
Majmua  ikki  bo’limdan  iborat:  «Gidravlika  fanining  o’quv  predmetiga  kirish»  va  «Gidravlika 
fanining reja-topshiriqlari va o’quv - uslubiy materiallari» 
Birinchi  bo’lim  o’quv  kursi  bo’yicha  dastlabki  tushuncha  beruvchi  materiallar:  o’quv  kursining 
dolzarbligi, maqsad va vazifalari, fan bo’yicha zarur bo’lgan bilim darajasining Davlat ta’lim standartlari 
talablari,  mavzu  va  mashg’ulot  turlari  bo’yicha  o’quv  soatlarining  taqsimlanishi,  ularning  mazmuni  va 
tavsiya  etiladigan  adabiyotlar  ro’yxati,  mustaqil  ishlar  mavzulari,  hamda  bilimni  yakuniy  nazorat 
savolaridan iborat. 
Ikkinchi  bo’limda  har  bir  mashg’ulot  uchun  reja-topshiriq  va  o’quv  materiallari  berilgan. 
Topshiriqlarni  o’z  vaqtida  bajarish  o’quv  predmeti  bo’yicha  yuqori  darajada  bilimga  ega  bo’lishni  va 
doimo o’z-o’zini nazorat qilib borishni ta’minlaydi. 
Har bir  fan kabi «Gidravlika» fanini o’rganishda mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash talab etiladi. 
Shuning uchun mavzuni chuqur o’rgangandan so’ng yangi mavzuga o’tish mumkin bo’ladi.  
 
SamDU «Mexanika» kafedrasi o’qituvchilari: 
       dots. A.Abdirashidov,   dots. F.Sattorov, ass. X.Buranov 
 
 
 
 
 
  A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2010. 

 
4
 
MUNDARIJA 
 
1. «GIDRAVLIKA» FANIIGA KIRISH. 
 
 
1.1.  Fanga kirish, uning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, uni o’zlashtirishga qo’yiladigan 
talablar. 
 
 
1.2.  Fanning hajmi va mazmuni. 
 
 
1.3.  Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar. 
 
 
1.4.  Taqvim mavzuiy reja. 
 
 
1.5.  Mustaqil o’rganish va referatlar tayyorlash uchun tavsiya etiladigan namunaviy 
mavzular. 
 
 
1.6.  Glossariy. 
 
 
1.7.  Nazorat turlari bo’yicha namunaviy savollari. 
 
 
1.8.  Uch bosqichli test topshiriqlari namunalari. 
 
 
1.9.  Reyting baholash mezonlari. 
 
 
1.10.  Tavsiya etiladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 
 
2. «GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA REJA – TOPSHIRIQ VA O’QUV-USLUBIY 
MATERIALLAR MAJMUASI 
 
 
2.1. Ma’ruza mashg’ulotlarining reja-topshiriqlari va o’quv-uslubiy materiallari 
 
 
2.1.1.  Kirish. Gidravlika fanining predmeti, tarixi va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. 
Suyuqlikning turlari va uning asosiy fizik xossalar. 
 
 
2.1.2.  Gidrostatik bosim. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi. . Paskal qonuni va uning 
amaliyotga tadbiqi. 
 
 
2.1.3.  Tekis, egri chiziqli va silindrik devorlarga gidrostatik bosim kuchi. 
 
 
2.1.4.  Suyuqlikda jismning suzish qonuni. 
 
 
2.1.5.  Suyuqlik kinematikasi asoslari. 
 
 
2.1.6.  Suyuqlikning ilgarilanma harakati. 
 
 
2.1.7.  D.Bernulli tenglamasidagi uchala hadlarining ma’nosi va uning amaliyotga 
qo’llanilishi. 
 
 
2.1.8.  Qovushoq suyuqlik uchun Navye-Stoks va D.Bernulli tenglamalari. 
 
 
2.1.9.  Gidravlik ishqalanish. Laminar va turbulent harakat. 
 
 
2.1.10.  Gidravlik silliq va g’adir-budir quvurlar va ularda yo’qotilgan napor. Mahalliy 
qarshilik. 
 
 
2.1.11.  Suv o’tkazgich quvurlarni gidravlik hisoblash. 
 
 
2.1.12.  Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakati. 
 
 
2.1.13.  Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakati. 
 
 
2.1.14.  Teshiklar tasnifi. Suyuqlikning teshik va naycha (nasadka)lardan oqib chiqishi. 
 
 
2.1.15.  Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlik. Gidravlik modellashtirish. 
 
 
2.1.16.  Gidravlik zarba. Gidravlik sakrash. 
 
 
2.2. Amaliy mashg’ulotlarning reja-topshiriqlari va o’quv-uslubiy materiallari 
 
 
2.2.1.  Suyuqlik va gazlarning asosiy fizik xossalari. 
 
 
2.2.2.  Bosim o’lchagich asboblar va ularning tadbiqi. Suyuqlikning tekis yuzaga bosim 
kuchini aniqlash. 
 
 
2.2.3.  Suvning tekis yuzali to’siqda yig’indi bosimini aniqlash. 
 
 
2.2.4.  Suyuqlikning har xil yuzalarga bosim kuchini aniqlash. 
 
 
2.2.5.  Jismning suyuqlikda suzish qonuni tadbiqi. 
 
 
2.2.6.  Aylanayotgan idishdagi suyuqlik sirti tenglamasini aniqlash. 
 
 
2.2.7.  Kinematik parametrlarni aniqlashga oid masalalar. 
 
 
2.2.8.  Uzviylik tenglamasi va uning tadbiqi. 
 
 
2.2.9.  D.Bernulli tenglamasi va uni qo’llash. 
 
 
2.2.10.  Qovushoq suyuqlik harakatining sodda masalalari. 
 
 
2.2.11.  Ideal suyuqlik harakatining sodda masalalari. 
 
 
2.2.12.  Qovushoq suyuqlik harakatining sodda masalalari 
 
 
2.2.13.  Kanallarni gidravlik hisoblashlar. 
 

 
5
 
2.2.14.  Oddiy qMurakkab qvur o’tkazgichlarning gidravlik hisobi. 
 
 
2.2.15.  Quvur o’tkazgichlarning gidravlik hisobi. 
 
 
2.2.16.  Trapeseidal kanallardagi suyuqlik oqimining tekis ilgarilanma harakatini gidravlik 
hisoblashga oid masalalar. 
 
 
2.2.17.  Trapeseidal kanallardagi suyuqlik oqimining notekis ilgarilanma harakatini gidravlik 
hisoblashga oid masalalar. 
 
 
2.2.18.  Devordagi kichik teshikdan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimining tezligini va suv 
sarfini hisoblash. 
 
 
2.2.19.  Devordagi kichik teshikka o’rnatilgan qisqa doiraviy quvurdan oqib chiqayotgan 
suyuqlik oqimining tezligini va suv sarfini hisoblash. 
 
 
2.2.20.  Gidravlik zarba va gidravlik sakrashga oid masalalar. 
 
 
2.3. Laboratoriya mashg’ulotlarining reja-topshiriqlari va o’quv-uslubiy materiallari 
 
 
2.3.1.  Suyuqlik bosim kuchining tekis yuzalarga ta’sirini aniqlash 
 
 
2.3.2.  Muvozanatdagi suvning jismga ta’sir etuvchi kuchi. 
 
 
2.3.3.  Bernulli tenglamasi yordamida Pyezo-metrik va to’lik bosim chizig’i diagrammasini 
chizish. 
 
 
2.3.4.  Ochiq o’zanlarda suvning tekis harakati, unda gidravlik hisoblashlar. 
 
 
2.3.5.  Suyuqlik harakati tartibini aniqlash 
 
 
2.3.6.  Quvurning uzunligi bo’yicha gidravlik ishqalanish koeffisentini aniqlash. 
 
 

 
6
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I - BO’LIM 
  
 
 
 
«GIDRAVLIKA» FANIGA KIRISH 
 

 
7
1.1. FANGA KIRISH, UNING DOLZARBLIGI, MAQSAD VA VAZIFALARI,  
UNI O’ZLASHTIRISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR 
 
 
 
1.1.1. Kirish (Fanning o’rni va ahamiyati, rivojlanish taraqqiyoti, nazariy va metodologik asosi va 
o’rganiladigan muammolari bayon etiladi)
Gidravlika  –  bu  nazariy  fan  bo’lib,  u  har  xil  tabiiy  va  texnogen  sharoitda  suyuqlikning  mexanik 
harakati  bilan  bog’liq  masalalarni o’rganadi. Tabiiyki,  suyuqlik (va gaz) uzluksiz  va ajralmas  fizik  jism 
deb  qaralib,  tutash  muhit  mexanikasining  bir  bo’limi  sifatida  ham  qaraladi.  Shu  sababli  ko’pincha 
gidravlikani suyuqliklar mexanikasi yoki gidromexanika deb ham atashadi. 
Gidravlikaning  tadqiqot  predmeti  –  bu  suyuqlik  va  gazlar  muvozanati  va  harakatining  asosiy 
qonunlari.  Klassik  mexanika  kabi  gidravlikani  ikkita  tarkibiy  qismlarga  ajratish  mumkin:  gidrostatika 
(suyuqlikning  muvozanati  qonunlarini  o’rganuvchi  bo’lim);  gidrodinamika  (suyuqlik  harakati  asosiy 
qonunlarini va harakatning kelib chiqish sabablarini o’rganuvchi bo’lim). 
Shunday qilib, gidravlika – bu suyuqlik va gazlarning harakat va muvozanat holatlari, qonunlari va 
ularni turli amaliy va texnik masalalarga qo’llash usullari haqidagi fan. 
Fanning  maqsadi:  mexanika  yo’nalishi  bo’yicha  ta’lim  olayotgan  talabalarga  gidravlika  fanini 
amaliyotga  tadbiq  qilish,  tajribaviy  natijalar  va  nazariy  ma’lumotlar  asosida  olingan  qonunlar  va 
formulalarni texnika va ishlab chiqarish obyektlarida, gidroinshootlarda ishlatishni o’rgatish. 
Bu  fanda  o’rganilayotgan  obyekt  suyuqlik  va  gaz  bo’lib,  ular  oson  deformasiyalanuvchan 
materiallar  hisoblanadi.  Bu  o’z  navbatida  massaning,  impulsning,  energiyaning  saqlanish  qonunlarini 
maxsus  shakllarda  yozishni  va  ularni  yechishning  maxsus  usullarini  o’rganishni  talab  qiladi.  Demakki, 
masalaning matematik qo’yilishi korrekt bo’lishligi talab qilinadi. 
Gidravlika  fani  har  xil  texnik  sohalarda  qo’llaniluvchi  chuqur  amaliy  ahamiyatli  masalalarga  ega 
muhandislik  fanining  zamonaviy  darajasini  o’zida  aks  ettiruvchi  fan  bo’lib,  bu  fan  mashinasozlik, 
gidrotexnik  inshootlar,  daryo,  ko’l  va  o’zanlar,  suvlar  taqsimoti  muammolarini,  oqimlarning  mexanik 
xossalarini tekshirish yo’llarini o’rgatadi va u gidrotexnik inshootlarning mustahkamligi va mashinasozlik 
sanoatida  gidrodinamik  muammolarni  hal  qilishga  qo’llanladi.    Shuning  uchun  bu  fan  mexanika  ta’lim 
yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. 
Fanning masalalari:  
  gidrostatika  va  gidrodinamikaning  nazariy  asoslarini  egallash,  ideal  va  real  suyuqliklarning 
harakat  qonuniyatlarini  hamda  ularning  qattiq  jismlar  bilan  o’zaro  ta’sirlashish  usullarini 
o’rganish; 
  qurilma  elementlari,  gidroinshoot,  gidravlik  asboblar  va  mexanizmlarning  qo’llanilishini 
o’rganish; 
  murakkab  quvur  o’tkazgichlar,  gidroinshoot  elementlari,  gidravlik  asboblar  va  mexanizmlar 
hisobi,  xususan:  suyuqlikning  ochiq  o’zan  va  kanallardagi,  suvo’tkazgich  suvtashlagich 
quvurlardagi,  tutash  inshootlar  va  gruntlardagi  harakati  bo’yicha  sodda  muhandislik 
masalalarini yechish orqali olgan bilimlarni mustahkamlash.  
1.1.2. Fanning tarkibini o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.  
Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba: 
  bakalavr quyidagi nazariy bilimlarga ega bo’lishi zarur va ulardan foydalana olishi
- suyuqlik va gazlarning asosiy xossalari haqida asosiy tushuncha va ta’riflar; 
- suyuqlikning muvozanati holatida va tekis yoki notekis harakati holatida asosiy qonunlar; 
-  ko’ndalang  kesimi  har  xil  quvurlarda  suyuqlikning  taziyqli  (naporli)  va  taziyqsiz  (naporsiz) 
harakati; 
- suyuqlikning tekis harakatida yo’qotilgan naporni aniqlash; 
- suv va gaz o’tkazish quvurlarining gidravlik hisobi; 
-  suyuqlikning  ochiq  o’zanlardagi,  kanallardagi,  prizmatik  o’zanlardagi  barqaror  va  nobarqaror 
harakati qonunlari; 
- suyuqlikning qattiq jism bilan o’zaro ta’siri; 

 
8
-  ochiq  o’zan,  kanallar  va  prizmatik  novlarda  suyuqlikning  vaqtga  bog’liqsiz  va  bog’liqli  harakat 
qonunlari; 
 bakalavr quyidagi amaliy qo’nikmalarni egallashi zarur
-  suyuqlik  va  gaz  oqimlarining  gidravlik  hisob  usullaridan  foydalanib  suv  o’tkazgich  quvurlar, 
o’zanlar  va  kanallarning  tuzilishi,  ko’ndalang  kesimi  va  gidravlik  nishabligini  e’tiborga  olgan  holda 
ularning asosiy gidravlik parametrlarini hisoblash; 
- suyuqlikning qattiq jism bilan o’zaro ta’sirida ta’sir kuchlarini aniqlash; 
-  suyuqlikning  idish  teshigi  va  tuynuklaridan  oqib  chiqishini,  suyuqlik  oqimida  gidravlik  zarba  va 
gidravlik  sakrashni  hisobga  olgan  holda  nasoslar,  idishlar,  suv  havzalarida  gidravlik  parametrlarni 
hisoblash; 
- har xil  yo’nalishdagi  mutaxassislar bilan  hamkorlikda amaliy  va  muhandislik  masalalarini qo’yish 
va ularni yechish usullarini o’rganish. 
  bakalavr quyidagilar haqida tasavvurga ega bo’lishi zarur
-    suyuqlik  va  gazlar  haqidagi  amaliy  gidrodinamika,  gidravlika  fanlari,  ularning  gipotezalari  va 
uning gidrotexnika, meliorasiya masalalari bilan bog’liqligi haqida; 
-  suyuqlik va gazlarning kanallar, quvurlar va o’zanlardagi har xil harakat turlari haqida; 
-  suyuqlikning sokin, shiddatli va tekis oqimi hamda gidravlik sakrash haqida; 
- suyuqlik va gazlar harakati jarayonlarida o’xshashlik va o’lchamlar nazariyasi haqida; 
- gidromexanik hodisalarni modellashtirish asoslari haqida; 
-  suyuqlik va gazlar oqimida ekologik masalalar haqida; 
-  laboratoriya va tabiiy sharoitda o’tkaziladigan gidravlik eksperimental ishlar haqida. 
  bakalavr quyidagilar yuzasidan malakalarni egallashi zarur
-  gidromexanik  hodisa  va  jarayonlarning  matematik  modellarini  qo’llab  shaxsiy  kompyuterlarda 
gidravlik hisob ishlari olib borish; 
-  o’tkazgich  quvurlar,  ochiq  o’zanlar  va  kanallarda  ularning  konfigurasiyasini  hisobga  olgan  holda 
gidravlik hisoblar olib borish; 
- o’tkazgich quvurlar yordamidagi harakatlar;  
- gidravlik sakrash;  
- suv tashlamalarda hisoblash;  
- idishlardan suyuqlikning oqib chiqishini hisoblay olish; 
- laboratoriya sharoitida sodda gidromexanik tajribalarni o’tkazish. 
1.1.3.  Fanning  boshqa  fanlar  bilan  bog’liqligi  va  uslubiy  jihatdan  uzviy  ketma-kerligi (Fanning 
boshqa turdosh fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va uzviyligi haqida ma’lumot beriladi). 
Gidravlika  fani  nazariy  mexanika,  tutash  muhitlar  mexanikasi,  matematik  analiz,  algebra,  analitik 
va differensial geometriya, differensial tenglamalar, hisoblash usullari fanlari bilan bog’langan bo’lib, bu 
fanlar talabalarning gidravlika fanini chuqur o’zlashtirishlari uchun zarur fanlar hisoblanadi. Shuningdek, 
talabalar turli texnik obyektlar gidravlik hisoblarini ilg’or va zamonaviy hisob usullarida bajara olishlari, 
hisob  ishlarini  shaxsiy  kompyuterlarda  bajara  olishlari  uchun  ular  informatika  fanini  mukammal 
o’zlashtirib,  yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  tadbiq  qilgan  holda,  Maple,  Mathlab  va 
MathCad  kabi  matematik  dasturlar  va  mavjud  elektron  darsliklar,  veb-saytlardan  unumli  foydalanib, 
dastur tuzishlari hamda uni amalda bajara olishlari kerak.  
Bunda  asosan,  talabalar  ma’ruzalar  matnlarini  o’rganish,  uni  laboratoriya  ishlari  bilan  birgalikda 
olib  borish  hamda  amaliy  mashg’ulotlarni  shaxsiy  kompyuterlarda  bajarish  ko’nikmalarni  hosil  qilish 
kerak. 
Fanni o’rganishda mashg’ulotlarning ma’ruza, amaliyot, seminar va laboratoriya mashg’ulotlari, 
mustaqil  ta’lim  shakllaridan  foydalaniladi  va  interfaol  usullarning  aqliy  hujum,  klaster,  taqdimot, 
bumerang va boshqa texnologiyalari qo’llaniladi. 
 

 
9
1.2. FANNING HAJMI VA MAZMUNI 
 
 
 
1.2.1 «Gidravlika» fanining hajmi 
 
 
Mashg’ulot turi 
Ajratilgan  
soat 
Semestrlar 
7-semestr 
8-semestr 
1. 
Nazariy mashg’ulot 
32 
18 
14 
2. 
Amaliy mashg’ulot 
40 
26 
14 
3. 
Laboratoriya mashg’uloti 
18 
10 

8. 
Mustaqil ish 
70 
40 
30 
9. 
Konsultasiya 



10.  Nazoratlar (JN, ON, YaB) 
54 
27 
27 
 
JAMI: 
222 
125 
97 
 
 
1.2.2. «Gidravlika» fanining ta’lim standartlariga asoslangan mazmuni 
 
  Nazariy mashg’ulotlar mazmuni 
 
Suyuqlik  va  gazlar:  ideal  va  yopishqoq  suyuqliklar;  ularining  asosiy  xususiyatlari;  muvozanatda, 
harakatdagi  suyuqliklarda  ta’sir  etuvchi  kuchlar;  asosiy  tenglamalar;  chegaraviy  shartlar;  gidrostatika; 
muvozanat  tenglamasi;  pyezometrik  chiziqlar;  pyezometrik  balandlik;  gidrostatika  tenglamasini 
geometrik interpretasiyasi.  
Suyuqlikni  potensial,  uyurmali  harakatlari;  D.Bernulli  va  Lagranj-Koshi  integrallari;  mo’tadil  va 
mo’tadil bo’lmagan oqimlar; oqim chizig’i, uning tenglamasi; oqim naychasi. 
Gidravlikaning  asosiy  tushunchalari:  oqimni  ko’ndalang  kesimi,  o’rtacha  tezlik,  suyuqlik  sathi, 
quvurlardagi tazyiqli  va tazyiqsiz  harakatlari; tazyiqni  yo’qotilishi; suyuqliklarning  laminar  va turbulent 
tarzdagi harakati; quvurdagi  harakatlar uchun ta’zyiqni yo’qotilishi; kinetik energiya va harakat miqdori 
koeffisentlari; oqimni nisbiy kinetik energiyasi; ularni aniqlash Reynolds va Frud sonlari.  
Gidravlik  parametrlar:  namlangan  perimetr,  oqimni  tirik  kesimi,  gidravlik  radius  oqim  sarfi, 
o’rtacha  tezlik,  dinamik  tezlik,  pyezometrik  (gidrostatik),  tezlik  va  gidrodinamik  tazyiqlar,  gidravlik 
nishablik;  yopishqoq  suyuqlik  uchun  Bernulli  tenglamasi;  uzunlik  bo’yicha,  joriy  va  inersion 
gidrodinamik  tazyiqlar;  ta’zyiqni  aniqlash  formulali,  Darsi-Veysbax,  Shezi  formulalari,  dinamik  tezlik; 
Darsi, Sherzi koeffisiyentlari. 
Darsi  koeffisiyentini  eksperimental  o’rganish;  Nikuradze;  Zigjda  tajribalari;  quvurdagi  turli 
qarshilik  soxalari;  gidravlik  silliq  quvurlar:  suyuqlikni  quvurlardagi  harakati  quvurlarni  ketma  ket  va 
parallel ulash; murakkab quvurlarni hisoblash. 
Suyuqlikni  idishdan  oqib  chiqishi:  o’zgarmas    va  o’zgaruvchan  ta’ziyqli  oqib  chiqish,  tezlik  va 
suyuqlik  sarfi koeffisiyentlari, oqimni  siqilishi  koeffisiyenti; katta teshikdan oqib chiqish;  idishdan  suv 
bostirilmagan va suv bostirilgan oqib chiqishlar. 
Oqim  turlari:    mo’tadil  va  mo’tadil  bo’lmagan  tekis  va  tekis  bo’lmagan  harakatlar;  suyuqlikning 
silindrik  o’zandagi  Sen-Venan  harakat  tenglamasi;  oqim  kesimining  nisbiy  energiyasi;  kritik  chuqurlik, 
mo’tadil  chuqurlik,  kritik  oqish;  oqimni  tekis,  shiddatli  va  kritik  holat  tenglamasi;  turli  ko’ndalang 
kesimli prizmatik  kanallardagi suyuqlik  harakatini hisoblash. 
Oqim  erkin  sirtini  o’rganish:  oqimni  turli  sohalari;  ochiq  prizmatik  o’zanlardagi  tekis  bo’lmagan 
oqim  tenglamasini  yechish;  turli  ko’ndalang  kesimli  o’zandagi  oqim  erkin  sirtini  aniqlash;  ochiq 
o’zanlarda vaqtga bog’liq bo’lgan oqim tenglamalari, to’lqin tarqalish tezligi; ochiq o’zanlarda gidravlik 
sakrash turlari; sakrash funksiyasi; energiyani so’ndirish va uning gidravlik sakrashga ta’siri. 
 
 

 
10 
  Amaliy mashg’ulotlar mazmuni 
 
Gidrostatika.  Tomchili  suyuqliklarning  asosiy  fizik  xossalari.  zichlik,  solishtirma  og’irlik, 
yopishqoqlik  o’lchov  birliklari.  Suyuqliklarning  asosiy  fizik  xossalariga  doir  masalalar  yechish. 
Gidrostatik bosim o’lchovi birliklari. To’la tashqi va og’irlik bosimlari, ularning texnik xarakteristikalari. 
Nuqtadagi  gidrostatik  bosimni  aniqlashga  doir  masalalar  yechish.  Bosim  o’lchagich  asboblar,  asboblar 
ko’rsatgichi bo’yicha absolyut (to’la), manometrik va vakuummetrik bosimlarni aniqlash. To’la va oqirlik 
bosim  epyuralarini  qurish.  Bir  xil  bosimga  ega  bo’lgan  sirtlar.  Gorizontal  texnik  yuzaga  ta’sir  eguvchi 
gidrostatik  bosim  kuchi.  Ixtiyoriy  yo’nalgan  tekis  yuzaga  ta’sir  etayotgan  suyuqlikning  bosim  kuchi  va 
uning qo’yilish kuqtasi. Bosim markazini aniqlashning analitik hisob usuli. To’g’ri burchakli to’rtburchak 
shaklidagi  tekis  yuzaga  ta’sir  etuvchi  kuch  va  bosim  markazini  topishning  grafoanalitik  usuli.  Egri 
chiziqli  (silindrik)  yuzalarga  ta’sir  etuvchi  bosim  kuchini  va  uning  yo’nalishini  aniqlash.  Bosim 
epyurasini  va  tan  bosim  hajmini  topish  qoidalari.  Arximed  qonuni  va  jismlarning  suzishi.  Suv  osti  va 
ustki ustivor suzish. 
Gidrodinamika  asoslari.  Bernulli  tenglamasini  qo’llash  qoidalari.  Uzviylik  va  Bernulli 
tenglamalarining ideal suyuqliklar barqaror oqimiga oid masalalarni yechishga qo’llanilishi. 
Suyuqliklar barqaror harakatida yo’qotilgan bosim balandligi (napor) va bosimli quvurlar hisobi
Bosimli quvurlarda oqim tartibini aniqlash. Quvurlarda uzunlik  bo’yicha  yo’qotilgan  bosim  balandligini 
hisoblash.  Gidravlik  ishqalanish  koeffisiyentini  aniqlashga  doir  masalalar  yechish.  Mahalliy 
qarshiliklarda yo’qotilgan bosim balandligi (napor) Veysbax formulasi. Yo’qotilgan bosim balandliklarini 
qo’shish.  O’zgarmas  va  o’zgaruvchan  kesimli  qisqa  quvurlar  uchun  pyezometrik  va  bosim  balandligi 
chiziqlarini chizish. Qisqa quvurlarda qarshilik va sarf koeffisiyentlari. Oddiy quvurlar hisobi. Ketma-ket 
va parallel ulangan quvurlar hisobi. Tarmoqlangan suv ta’minoti sistemasi quvurlari hisobi. 
Yupqa, kichik teshiklardan va naycha (nasadka)lardan suyuqliklarning oqib chiqishi. Suyuqlikning 
yupqa,  kichik  teshikdan  atmosferaga  oqib  chiqishi  turlari  va  sarf  koeffisiyentini  hisoblash.  Sath  ostida 
kichik  teshikdan  oqib  chiqishni  hisoblash.  Naychalar  (nasadkalar)  turlari  bilan  tanishish.  Venturi 
naychasidan oqib chiqishning tezligi, sarfi va vakuumni hisoblash. 
Gidravlik  zarba  va  gidravlik  sakrash.  Zarbaning  quvur  (o’zan)  bo’yicha  tarqalishi.  Gidravlik 
sakrash  va  uning  turlari:  shiddatli,  sokin  oqimalar,  sakrash  maydoni,  sakrash,  sakrash  funksiyasi,  kritik 
chuqurlik, sakrash funksiyasining minimal qiymatini aniqlash. 
 
  Laboratoriya mashg’ulotlari mazmuni 
 
Gidrostatika.  Bosim  o’lchagiya  asboblar  yordamida  ularning  ko’rsatgichlarini  aniqlash.  Paskal 
qonunini  namoyish  qilish  (gidravlik  press,  domkrat  va  hokazo).  Muvozanatdagi  suvning  jismga  ta’sir 
etuvchi kuchi. O’z o’qi atrofida aylanayotgan suyuqlik solingan idishning nisbiy muvozanatini namoyish 
etish. 
Gidrodinamika.  Ochiq  o’zanlarda  suvning  tekis  harakati,  unda  gidravlik  hisoblashlar.  Bernulli 
tenglamasi  yordamida  pyezometrik  va  to’lik  bosim  chizig’i  diagrammasini  ko’rish,  tajriba  o’tkazish. 
Suyuqlik harakati tartibini aniqlash. Tajriba o’tkazish. Quvurning uzunligi bo’yicha gidravlik ishqalanish 
koyeffisentini  aniqlash.  Quvurdagi  maxalliy  qarshiliklar  koyeffisentini  aniqlash.  Tajriba  yo’li  bilan 
Venturi  sarf  o’lchagichining  doimiysini  aniq-lash.  Engler  viskozimetri  yordamida  suyuqlikning 
qovushoqligini aniqlash. 
 
  Seminar mashg’ulotlari mazmuni 
 
Gidrostatika.  Bosim.  Gidrostatik  bosim.  Suyuqlikning  devorga  bosimi.  Paskal  qonuni.  Arximed 
qonuni. Suyuqlikning muvozanati. 
Gidrodinamika.  Eyler  tenglamasi.  Uzviylik  tenglamasi.  Suyuqlik  sarfi  tenglamasi.  D.Bernulli 
tenglamasi.  Suyuqlik  harakati  rejimi.  Suyuqlikning  teshik  va  nasadkadan  oqishi.  Gidravlik  qarshilik. 
Ishqalanishda  naporning  yo’qotilishi.  Mahalliy  qarshilik.  Suyuqlikning  laminar  va  turbulent  oqimi. 
Quvurlar hisobi. 
 

 
11
  Hisob-grafik topshiriqlari mazmuni 
 
Gidrostatika  asosiy  qonunlari  va  tenglamalarining  tadbiqi.  Asboblar  ko’rsatgichi  va  hisoblashlar 
asosida suyuqliklar  ichida olingan  nuqtadagi gidrostatik  bosimni topish. Tekis  va egri chiziqli, silindrik 
yuzalarga gidrostatik bosim kuchini aniqlash. 
Gidrodinamika asosiy qonunlari va tenglamalarining tadbiqi. Quvurlarda suyuqliklarning harakati 
qonunlari. Ishqalanish kuchlari ta’siri. Suyuqlikning harakati modellari. 
Uchun,  qisqa,  sodda,  murakkab  quvurlarning  gidravlik  hisobi.  Ideal  va  real  suyuqliklar  uchun 
quvurlarda  bosim  balandoigi  (napor)  va  pyezometrik  chiziqlarni  chizish.  Qisqa  va  uzun  quvurlarning 
gidravlik hisobi. Soda va tarmoqlangan murakkab suv tashuvchi quvurlar hisobi. 
Gidravlik  qarshiliklar.  Quvurlarda  gidravlik  qarshiliklarni  hisoblash.  Quvur  uzunligi  bo’yicha 
mahalliy qarshiliklarda yo’qotilgan energiyani hisoblash usullari. 
 
  Mustaqil ish mashg’ulotlari mazmuni 
 
Umumiy  tushunchalar.  Suyuqlik  va  gazlarning  asosiy  xossalari.  Suyuqlikning  maxsus  xossalari. 
Suyuqlikning murakkab modellari. Qovushoq-plastik suyuqliklar va ularning xossalari. 
Gidrostatika va uning asosiy qonunlari. Gidrostatik bosim. Pyezometrik balandlik. Vakuum. Paskal 
qonuni  tadbiqiga  oid  masalalar.  Arximed  qonuni  tadbiqiga  oid  masalalar.  Gidrostatika  qonunlariga 
asoslangan qurilma va gidroinshootlar.Jismning suyuqlikda suzish qonuni tadbiqi. 
Gidrodinamika.  Suyuqlik  va  gazlar  kinematikasi  asoslari.  Suyuqlik  va  gazlar  kinematikasi 
elementlari.Oqimning  tekis,  shiddatli  va  kritik  xolatlari.  Oqimning  erkin  sustini  o’rganish.  Bernulli 
tenglamasi tahlili. Bord formulalari tahlili. 
Ideal va qovushoq suyuqlik gidrodinamikasi. Gidravlik qarshilik-lar. Suyuqlik oqimining barqaror 
harakati  paytida  ishqalanish  ta’sirida  yo’qotilgan  napor.  Ideal  suyuqlik  gidrodinamikasi  tenglamalari. 
Potensial  tazyik.  Ideal  gaz  gidrodinamikasi  tenglamalari.  Qovushoq  suyuqlik  gidrodinamikasi 
tenglamalari.  Qovushoq  gaz  gidrodinamikasi  tenglamalari.  Gidravlik  qarshilik.  Aylanuvchan 
suyuqlikning nisbiy muvozanati.  
Naporli  quvurlarda  suyuqlikning  barqaror  harakati.  Naporli  quvurlar  hisobi.  Gidravlik  nishablik. 
Gidravlika elementlarini ShEHMlar yordamida aniqlash. 
Ochiq  o’zanlarda  suyuqlik  oqimining  barqaror  tekis  ilgarilanma  harakati.  Ochiq  o’zanlarda 
suvning tekis harakati. Suv sarfi. Shezi koeffisiyenti, suvning o’rtacha oqish tezligi.  
Ochiq  o’zanlarda  suyuqlik  oqimining  barqaror  notekis  ilgarilanma  harakati.  Ochiq  o’zanlarda 
suvning notekis harakati. Suv sarfi. Suvning o’rtacha oqish tezligi. Erkin sirtni aniqlash. 
Suyuqlikning teshik va naycha (nasadka) lardan oqishi. Suyuqlikning har xil o’lchamli teshiklardan 
oqishini o’rganish. Suyuqlikning har xil o’lchamli nasadkalardan oqishini o’rganish. Suyuqlikning teshik 
va nasadkalardan oqishi tadbiqi. Gidravlik parametrlarni o’rganish. 
Gidrodinamik  jarayonlarda  o’xshashlik.  Gidravlik  modellashtirish.  Gidrodinamik  jarayonlarda 
o’xshashlikdan foydalanib gidravlika tenglamalarini o’lchamsiz holatga keltirish. Gidravlika masalalarini 
yechishni modellashtirish asoslari. 
Gidrodinamik  zarba.  Gidrodinamik  sakrash.  Silindrik  quvurda  suyuqlik  harakatini  hisoblash. 
Gidravlik  zarbaning  quvur  (o’zan)  bo’yicha  tarqalishi.  Gidravlik  zarba  ta’sirida  suyuqlik  bosimini 
tebranishi. Gidravlik zarba tadbiqiga oid masalalar. Nisbiy energiya balansi tenglamasi. Gidravlik sakrash 
funksiyasi.  Sakrash  uzunligi.  Gidravlik  sakrash  tadbiqiga  oid  masalalar.Tuproq  qatlamida  suvning 
harakati (filtrasiya) masalalari. 
 

Каталог: mexmat -> books -> III%20blok%20fanlari
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti algebra va geometriya
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti algebra va geometriya
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti algebra va geometriya
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti differentsial tenglamalar kafedrasi
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti differentsial tenglamalar
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti axborotlashtirish texnologiyalari
III%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling