Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 7.17 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «TASDIQLAYMAN» SamDU o’quv ishlari prorektori _______________ A.Soleyev «___»___________ 2010 y. «
- GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA REJA – TOPSHIRIQ VA O’QUV-USLUBIY MATERIALLAR MAJMUASI
- 2.2. Amaliy mashg’ulotlarning reja-topshiriqlari va o’quv-uslubiy materiallari
- 2.3. Laboratoriya mashg’ulotlarining reja-topshiriqlari va o’quv-uslubiy materiallari
- 1.1. FANGA KIRISH, UNING DOLZARBLIGI, MAQSAD VA VAZIFALARI, UNI O’ZLASHTIRISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR 1.1.1. Kirish
- 1.1.2. Fanning tarkibini o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.
- 1.1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-kerligi
- Amaliy mashg’ulotlar mazmuni
- Laboratoriya mashg’ulotlari mazmuni
- Seminar mashg’ulotlari mazmuni
- Hisob-grafik topshiriqlari mazmuni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MEXANIKA KAFEDRASI « GIDRAVLIKA » fanidan o’quv-uslubiy M A J M U A «5440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishi talabalari uchun SAMARQAND-2010 2 «TASDIQLAYMAN» SamDU o’quv ishlari prorektori _______________ A.Soleyev «___»___________ 2010 y. «GIDRAVLIKA» FAN DASTURI («5A440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishining talabalari uchun) Ushbu fan dasturi fakultet Ilmiy Kengashining 2010 yil __ avgustdagi №1 majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Fakultet dekani: dots. H.Qurbonov Ushbu fan dasturi fakultet o’quv-uslubiy kengashining 2010 yil ___ avgustdagi №1 majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi: dots. E.Sattorov Ushbu fan dasturi kafedraning 2010 yil ___ avgustdagi №1 majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Kafedra mudiri: prof. X.Xudoynazarov Tuzuvchilar: Abdirashidov A., Sattorov F., Buranov X. 3 Abdirashidov A., Sattorov F., Buranov X. «Gidravlika» fanidan o’quv – uslubiy majmua («5440200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishi bakalavr talabalari uchun). O’quv-uslubiy qo’llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2010. – 220 bet. «Gidravlika» fanidan ushbu o’quv – uslubiy majmua Samarqand davlat universitetining «Mexanika» kafedrasida tayyorlangan. Majmua «Gidravlika» fanini o’rganish jarayonida talabaning mustaqil ishlashini ta’minlovchi o’quv-uslubiy materiallarni o’z ichiga oladi hamda talaba olgan bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta’minlaydi. Ushbu o’quv - uslubiy majmua «Gidravlika» fani o’quv rejaga kiritilgan barcha ta’lim yo’nalishlari bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan. Taqrizchilar: fizika-matematika fanlari doktori, prof. J.Akilov texnika fanlari doktori, prof. X.Xudoynazarov MUALLIFLARDAN Hurmatli talaba! Qo’lingizdagi ushbu o’quv-uslubiy majmua «Gidravlika» fanini o’rganish jarayonida sizning mustaqil ishlashingizni tashkil etishga mo’ljallangan. Majmua ikki bo’limdan iborat: «Gidravlika fanining o’quv predmetiga kirish» va «Gidravlika fanining reja-topshiriqlari va o’quv - uslubiy materiallari» Birinchi bo’lim o’quv kursi bo’yicha dastlabki tushuncha beruvchi materiallar: o’quv kursining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, fan bo’yicha zarur bo’lgan bilim darajasining Davlat ta’lim standartlari talablari, mavzu va mashg’ulot turlari bo’yicha o’quv soatlarining taqsimlanishi, ularning mazmuni va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati, mustaqil ishlar mavzulari, hamda bilimni yakuniy nazorat savolaridan iborat. Ikkinchi bo’limda har bir mashg’ulot uchun reja-topshiriq va o’quv materiallari berilgan. Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish o’quv predmeti bo’yicha yuqori darajada bilimga ega bo’lishni va doimo o’z-o’zini nazorat qilib borishni ta’minlaydi. Har bir fan kabi «Gidravlika» fanini o’rganishda mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash talab etiladi. Shuning uchun mavzuni chuqur o’rgangandan so’ng yangi mavzuga o’tish mumkin bo’ladi. SamDU «Mexanika» kafedrasi o’qituvchilari: dots. A.Abdirashidov, dots. F.Sattorov, ass. X.Buranov A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2010. 4 MUNDARIJA 1. «GIDRAVLIKA» FANIIGA KIRISH. 1.1. Fanga kirish, uning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, uni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar. 1.2. Fanning hajmi va mazmuni. 1.3. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar. 1.4. Taqvim mavzuiy reja. 1.5. Mustaqil o’rganish va referatlar tayyorlash uchun tavsiya etiladigan namunaviy mavzular. 1.6. Glossariy. 1.7. Nazorat turlari bo’yicha namunaviy savollari. 1.8. Uch bosqichli test topshiriqlari namunalari. 1.9. Reyting baholash mezonlari. 1.10. Tavsiya etiladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 2. «GIDRAVLIKA» FANI BO’YICHA REJA – TOPSHIRIQ VA O’QUV-USLUBIY MATERIALLAR MAJMUASI 2.1. Ma’ruza mashg’ulotlarining reja-topshiriqlari va o’quv-uslubiy materiallari 2.1.1. Kirish. Gidravlika fanining predmeti, tarixi va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Suyuqlikning turlari va uning asosiy fizik xossalar. 2.1.2. Gidrostatik bosim. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi. . Paskal qonuni va uning amaliyotga tadbiqi. 2.1.3. Tekis, egri chiziqli va silindrik devorlarga gidrostatik bosim kuchi. 2.1.4. Suyuqlikda jismning suzish qonuni. 2.1.5. Suyuqlik kinematikasi asoslari. 2.1.6. Suyuqlikning ilgarilanma harakati. 2.1.7. D.Bernulli tenglamasidagi uchala hadlarining ma’nosi va uning amaliyotga qo’llanilishi. 2.1.8. Qovushoq suyuqlik uchun Navye-Stoks va D.Bernulli tenglamalari. 2.1.9. Gidravlik ishqalanish. Laminar va turbulent harakat. 2.1.10. Gidravlik silliq va g’adir-budir quvurlar va ularda yo’qotilgan napor. Mahalliy qarshilik. 2.1.11. Suv o’tkazgich quvurlarni gidravlik hisoblash. 2.1.12. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakati. 2.1.13. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakati. 2.1.14. Teshiklar tasnifi. Suyuqlikning teshik va naycha (nasadka)lardan oqib chiqishi. 2.1.15. Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlik. Gidravlik modellashtirish. 2.1.16. Gidravlik zarba. Gidravlik sakrash. 2.2. Amaliy mashg’ulotlarning reja-topshiriqlari va o’quv-uslubiy materiallari 2.2.1. Suyuqlik va gazlarning asosiy fizik xossalari. 2.2.2. Bosim o’lchagich asboblar va ularning tadbiqi. Suyuqlikning tekis yuzaga bosim kuchini aniqlash. 2.2.3. Suvning tekis yuzali to’siqda yig’indi bosimini aniqlash. 2.2.4. Suyuqlikning har xil yuzalarga bosim kuchini aniqlash. 2.2.5. Jismning suyuqlikda suzish qonuni tadbiqi. 2.2.6. Aylanayotgan idishdagi suyuqlik sirti tenglamasini aniqlash. 2.2.7. Kinematik parametrlarni aniqlashga oid masalalar. 2.2.8. Uzviylik tenglamasi va uning tadbiqi. 2.2.9. D.Bernulli tenglamasi va uni qo’llash. 2.2.10. Qovushoq suyuqlik harakatining sodda masalalari. 2.2.11. Ideal suyuqlik harakatining sodda masalalari. 2.2.12. Qovushoq suyuqlik harakatining sodda masalalari 2.2.13. Kanallarni gidravlik hisoblashlar. 5 2.2.14. Oddiy qMurakkab qvur o’tkazgichlarning gidravlik hisobi. 2.2.15. Quvur o’tkazgichlarning gidravlik hisobi. 2.2.16. Trapeseidal kanallardagi suyuqlik oqimining tekis ilgarilanma harakatini gidravlik hisoblashga oid masalalar. 2.2.17. Trapeseidal kanallardagi suyuqlik oqimining notekis ilgarilanma harakatini gidravlik hisoblashga oid masalalar. 2.2.18. Devordagi kichik teshikdan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimining tezligini va suv sarfini hisoblash. 2.2.19. Devordagi kichik teshikka o’rnatilgan qisqa doiraviy quvurdan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimining tezligini va suv sarfini hisoblash. 2.2.20. Gidravlik zarba va gidravlik sakrashga oid masalalar. 2.3. Laboratoriya mashg’ulotlarining reja-topshiriqlari va o’quv-uslubiy materiallari 2.3.1. Suyuqlik bosim kuchining tekis yuzalarga ta’sirini aniqlash 2.3.2. Muvozanatdagi suvning jismga ta’sir etuvchi kuchi. 2.3.3. Bernulli tenglamasi yordamida Pyezo-metrik va to’lik bosim chizig’i diagrammasini chizish. 2.3.4. Ochiq o’zanlarda suvning tekis harakati, unda gidravlik hisoblashlar. 2.3.5. Suyuqlik harakati tartibini aniqlash 2.3.6. Quvurning uzunligi bo’yicha gidravlik ishqalanish koeffisentini aniqlash. 6 I - BO’LIM «GIDRAVLIKA» FANIGA KIRISH 7 1.1. FANGA KIRISH, UNING DOLZARBLIGI, MAQSAD VA VAZIFALARI, UNI O’ZLASHTIRISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR 1.1.1. Kirish (Fanning o’rni va ahamiyati, rivojlanish taraqqiyoti, nazariy va metodologik asosi va o’rganiladigan muammolari bayon etiladi). Gidravlika – bu nazariy fan bo’lib, u har xil tabiiy va texnogen sharoitda suyuqlikning mexanik harakati bilan bog’liq masalalarni o’rganadi. Tabiiyki, suyuqlik (va gaz) uzluksiz va ajralmas fizik jism deb qaralib, tutash muhit mexanikasining bir bo’limi sifatida ham qaraladi. Shu sababli ko’pincha gidravlikani suyuqliklar mexanikasi yoki gidromexanika deb ham atashadi. Gidravlikaning tadqiqot predmeti – bu suyuqlik va gazlar muvozanati va harakatining asosiy qonunlari. Klassik mexanika kabi gidravlikani ikkita tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: gidrostatika (suyuqlikning muvozanati qonunlarini o’rganuvchi bo’lim); gidrodinamika (suyuqlik harakati asosiy qonunlarini va harakatning kelib chiqish sabablarini o’rganuvchi bo’lim). Shunday qilib, gidravlika – bu suyuqlik va gazlarning harakat va muvozanat holatlari, qonunlari va ularni turli amaliy va texnik masalalarga qo’llash usullari haqidagi fan. Fanning maqsadi: mexanika yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga gidravlika fanini amaliyotga tadbiq qilish, tajribaviy natijalar va nazariy ma’lumotlar asosida olingan qonunlar va formulalarni texnika va ishlab chiqarish obyektlarida, gidroinshootlarda ishlatishni o’rgatish. Bu fanda o’rganilayotgan obyekt suyuqlik va gaz bo’lib, ular oson deformasiyalanuvchan materiallar hisoblanadi. Bu o’z navbatida massaning, impulsning, energiyaning saqlanish qonunlarini maxsus shakllarda yozishni va ularni yechishning maxsus usullarini o’rganishni talab qiladi. Demakki, masalaning matematik qo’yilishi korrekt bo’lishligi talab qilinadi. Gidravlika fani har xil texnik sohalarda qo’llaniluvchi chuqur amaliy ahamiyatli masalalarga ega muhandislik fanining zamonaviy darajasini o’zida aks ettiruvchi fan bo’lib, bu fan mashinasozlik, gidrotexnik inshootlar, daryo, ko’l va o’zanlar, suvlar taqsimoti muammolarini, oqimlarning mexanik xossalarini tekshirish yo’llarini o’rgatadi va u gidrotexnik inshootlarning mustahkamligi va mashinasozlik sanoatida gidrodinamik muammolarni hal qilishga qo’llanladi. Shuning uchun bu fan mexanika ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Fanning masalalari: gidrostatika va gidrodinamikaning nazariy asoslarini egallash, ideal va real suyuqliklarning harakat qonuniyatlarini hamda ularning qattiq jismlar bilan o’zaro ta’sirlashish usullarini o’rganish; qurilma elementlari, gidroinshoot, gidravlik asboblar va mexanizmlarning qo’llanilishini o’rganish; murakkab quvur o’tkazgichlar, gidroinshoot elementlari, gidravlik asboblar va mexanizmlar hisobi, xususan: suyuqlikning ochiq o’zan va kanallardagi, suvo’tkazgich suvtashlagich quvurlardagi, tutash inshootlar va gruntlardagi harakati bo’yicha sodda muhandislik masalalarini yechish orqali olgan bilimlarni mustahkamlash. 1.1.2. Fanning tarkibini o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar. Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba: bakalavr quyidagi nazariy bilimlarga ega bo’lishi zarur va ulardan foydalana olishi: - suyuqlik va gazlarning asosiy xossalari haqida asosiy tushuncha va ta’riflar; - suyuqlikning muvozanati holatida va tekis yoki notekis harakati holatida asosiy qonunlar; - ko’ndalang kesimi har xil quvurlarda suyuqlikning taziyqli (naporli) va taziyqsiz (naporsiz) harakati; - suyuqlikning tekis harakatida yo’qotilgan naporni aniqlash; - suv va gaz o’tkazish quvurlarining gidravlik hisobi; - suyuqlikning ochiq o’zanlardagi, kanallardagi, prizmatik o’zanlardagi barqaror va nobarqaror harakati qonunlari; - suyuqlikning qattiq jism bilan o’zaro ta’siri; 8 - ochiq o’zan, kanallar va prizmatik novlarda suyuqlikning vaqtga bog’liqsiz va bog’liqli harakat qonunlari; bakalavr quyidagi amaliy qo’nikmalarni egallashi zarur: - suyuqlik va gaz oqimlarining gidravlik hisob usullaridan foydalanib suv o’tkazgich quvurlar, o’zanlar va kanallarning tuzilishi, ko’ndalang kesimi va gidravlik nishabligini e’tiborga olgan holda ularning asosiy gidravlik parametrlarini hisoblash; - suyuqlikning qattiq jism bilan o’zaro ta’sirida ta’sir kuchlarini aniqlash; - suyuqlikning idish teshigi va tuynuklaridan oqib chiqishini, suyuqlik oqimida gidravlik zarba va gidravlik sakrashni hisobga olgan holda nasoslar, idishlar, suv havzalarida gidravlik parametrlarni hisoblash; - har xil yo’nalishdagi mutaxassislar bilan hamkorlikda amaliy va muhandislik masalalarini qo’yish va ularni yechish usullarini o’rganish. bakalavr quyidagilar haqida tasavvurga ega bo’lishi zarur: - suyuqlik va gazlar haqidagi amaliy gidrodinamika, gidravlika fanlari, ularning gipotezalari va uning gidrotexnika, meliorasiya masalalari bilan bog’liqligi haqida; - suyuqlik va gazlarning kanallar, quvurlar va o’zanlardagi har xil harakat turlari haqida; - suyuqlikning sokin, shiddatli va tekis oqimi hamda gidravlik sakrash haqida; - suyuqlik va gazlar harakati jarayonlarida o’xshashlik va o’lchamlar nazariyasi haqida; - gidromexanik hodisalarni modellashtirish asoslari haqida; - suyuqlik va gazlar oqimida ekologik masalalar haqida; - laboratoriya va tabiiy sharoitda o’tkaziladigan gidravlik eksperimental ishlar haqida. bakalavr quyidagilar yuzasidan malakalarni egallashi zarur: - gidromexanik hodisa va jarayonlarning matematik modellarini qo’llab shaxsiy kompyuterlarda gidravlik hisob ishlari olib borish; - o’tkazgich quvurlar, ochiq o’zanlar va kanallarda ularning konfigurasiyasini hisobga olgan holda gidravlik hisoblar olib borish; - o’tkazgich quvurlar yordamidagi harakatlar; - gidravlik sakrash; - suv tashlamalarda hisoblash; - idishlardan suyuqlikning oqib chiqishini hisoblay olish; - laboratoriya sharoitida sodda gidromexanik tajribalarni o’tkazish. 1.1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-kerligi (Fanning boshqa turdosh fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va uzviyligi haqida ma’lumot beriladi). Gidravlika fani nazariy mexanika, tutash muhitlar mexanikasi, matematik analiz, algebra, analitik va differensial geometriya, differensial tenglamalar, hisoblash usullari fanlari bilan bog’langan bo’lib, bu fanlar talabalarning gidravlika fanini chuqur o’zlashtirishlari uchun zarur fanlar hisoblanadi. Shuningdek, talabalar turli texnik obyektlar gidravlik hisoblarini ilg’or va zamonaviy hisob usullarida bajara olishlari, hisob ishlarini shaxsiy kompyuterlarda bajara olishlari uchun ular informatika fanini mukammal o’zlashtirib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq qilgan holda, Maple, Mathlab va MathCad kabi matematik dasturlar va mavjud elektron darsliklar, veb-saytlardan unumli foydalanib, dastur tuzishlari hamda uni amalda bajara olishlari kerak. Bunda asosan, talabalar ma’ruzalar matnlarini o’rganish, uni laboratoriya ishlari bilan birgalikda olib borish hamda amaliy mashg’ulotlarni shaxsiy kompyuterlarda bajarish ko’nikmalarni hosil qilish kerak. Fanni o’rganishda mashg’ulotlarning ma’ruza, amaliyot, seminar va laboratoriya mashg’ulotlari, mustaqil ta’lim shakllaridan foydalaniladi va interfaol usullarning aqliy hujum, klaster, taqdimot, bumerang va boshqa texnologiyalari qo’llaniladi. 9 1.2. FANNING HAJMI VA MAZMUNI 1.2.1 «Gidravlika» fanining hajmi № Mashg’ulot turi Ajratilgan soat Semestrlar 7-semestr 8-semestr 1. Nazariy mashg’ulot 32 18 14 2. Amaliy mashg’ulot 40 26 14 3. Laboratoriya mashg’uloti 18 10 8 8. Mustaqil ish 70 40 30 9. Konsultasiya 8 4 4 10. Nazoratlar (JN, ON, YaB) 54 27 27 JAMI: 222 125 97 1.2.2. «Gidravlika» fanining ta’lim standartlariga asoslangan mazmuni Nazariy mashg’ulotlar mazmuni Suyuqlik va gazlar: ideal va yopishqoq suyuqliklar; ularining asosiy xususiyatlari; muvozanatda, harakatdagi suyuqliklarda ta’sir etuvchi kuchlar; asosiy tenglamalar; chegaraviy shartlar; gidrostatika; muvozanat tenglamasi; pyezometrik chiziqlar; pyezometrik balandlik; gidrostatika tenglamasini geometrik interpretasiyasi. Suyuqlikni potensial, uyurmali harakatlari; D.Bernulli va Lagranj-Koshi integrallari; mo’tadil va mo’tadil bo’lmagan oqimlar; oqim chizig’i, uning tenglamasi; oqim naychasi. Gidravlikaning asosiy tushunchalari: oqimni ko’ndalang kesimi, o’rtacha tezlik, suyuqlik sathi, quvurlardagi tazyiqli va tazyiqsiz harakatlari; tazyiqni yo’qotilishi; suyuqliklarning laminar va turbulent tarzdagi harakati; quvurdagi harakatlar uchun ta’zyiqni yo’qotilishi; kinetik energiya va harakat miqdori koeffisentlari; oqimni nisbiy kinetik energiyasi; ularni aniqlash Reynolds va Frud sonlari. Gidravlik parametrlar: namlangan perimetr, oqimni tirik kesimi, gidravlik radius oqim sarfi, o’rtacha tezlik, dinamik tezlik, pyezometrik (gidrostatik), tezlik va gidrodinamik tazyiqlar, gidravlik nishablik; yopishqoq suyuqlik uchun Bernulli tenglamasi; uzunlik bo’yicha, joriy va inersion gidrodinamik tazyiqlar; ta’zyiqni aniqlash formulali, Darsi-Veysbax, Shezi formulalari, dinamik tezlik; Darsi, Sherzi koeffisiyentlari. Darsi koeffisiyentini eksperimental o’rganish; Nikuradze; Zigjda tajribalari; quvurdagi turli qarshilik soxalari; gidravlik silliq quvurlar: suyuqlikni quvurlardagi harakati quvurlarni ketma ket va parallel ulash; murakkab quvurlarni hisoblash. Suyuqlikni idishdan oqib chiqishi: o’zgarmas va o’zgaruvchan ta’ziyqli oqib chiqish, tezlik va suyuqlik sarfi koeffisiyentlari, oqimni siqilishi koeffisiyenti; katta teshikdan oqib chiqish; idishdan suv bostirilmagan va suv bostirilgan oqib chiqishlar. Oqim turlari: mo’tadil va mo’tadil bo’lmagan tekis va tekis bo’lmagan harakatlar; suyuqlikning silindrik o’zandagi Sen-Venan harakat tenglamasi; oqim kesimining nisbiy energiyasi; kritik chuqurlik, mo’tadil chuqurlik, kritik oqish; oqimni tekis, shiddatli va kritik holat tenglamasi; turli ko’ndalang kesimli prizmatik kanallardagi suyuqlik harakatini hisoblash. Oqim erkin sirtini o’rganish: oqimni turli sohalari; ochiq prizmatik o’zanlardagi tekis bo’lmagan oqim tenglamasini yechish; turli ko’ndalang kesimli o’zandagi oqim erkin sirtini aniqlash; ochiq o’zanlarda vaqtga bog’liq bo’lgan oqim tenglamalari, to’lqin tarqalish tezligi; ochiq o’zanlarda gidravlik sakrash turlari; sakrash funksiyasi; energiyani so’ndirish va uning gidravlik sakrashga ta’siri. 10 Amaliy mashg’ulotlar mazmuni Gidrostatika. Tomchili suyuqliklarning asosiy fizik xossalari. zichlik, solishtirma og’irlik, yopishqoqlik o’lchov birliklari. Suyuqliklarning asosiy fizik xossalariga doir masalalar yechish. Gidrostatik bosim o’lchovi birliklari. To’la tashqi va og’irlik bosimlari, ularning texnik xarakteristikalari. Nuqtadagi gidrostatik bosimni aniqlashga doir masalalar yechish. Bosim o’lchagich asboblar, asboblar ko’rsatgichi bo’yicha absolyut (to’la), manometrik va vakuummetrik bosimlarni aniqlash. To’la va oqirlik bosim epyuralarini qurish. Bir xil bosimga ega bo’lgan sirtlar. Gorizontal texnik yuzaga ta’sir eguvchi gidrostatik bosim kuchi. Ixtiyoriy yo’nalgan tekis yuzaga ta’sir etayotgan suyuqlikning bosim kuchi va uning qo’yilish kuqtasi. Bosim markazini aniqlashning analitik hisob usuli. To’g’ri burchakli to’rtburchak shaklidagi tekis yuzaga ta’sir etuvchi kuch va bosim markazini topishning grafoanalitik usuli. Egri chiziqli (silindrik) yuzalarga ta’sir etuvchi bosim kuchini va uning yo’nalishini aniqlash. Bosim epyurasini va tan bosim hajmini topish qoidalari. Arximed qonuni va jismlarning suzishi. Suv osti va ustki ustivor suzish. Gidrodinamika asoslari. Bernulli tenglamasini qo’llash qoidalari. Uzviylik va Bernulli tenglamalarining ideal suyuqliklar barqaror oqimiga oid masalalarni yechishga qo’llanilishi. Suyuqliklar barqaror harakatida yo’qotilgan bosim balandligi (napor) va bosimli quvurlar hisobi. Bosimli quvurlarda oqim tartibini aniqlash. Quvurlarda uzunlik bo’yicha yo’qotilgan bosim balandligini hisoblash. Gidravlik ishqalanish koeffisiyentini aniqlashga doir masalalar yechish. Mahalliy qarshiliklarda yo’qotilgan bosim balandligi (napor) Veysbax formulasi. Yo’qotilgan bosim balandliklarini qo’shish. O’zgarmas va o’zgaruvchan kesimli qisqa quvurlar uchun pyezometrik va bosim balandligi chiziqlarini chizish. Qisqa quvurlarda qarshilik va sarf koeffisiyentlari. Oddiy quvurlar hisobi. Ketma-ket va parallel ulangan quvurlar hisobi. Tarmoqlangan suv ta’minoti sistemasi quvurlari hisobi. Yupqa, kichik teshiklardan va naycha (nasadka)lardan suyuqliklarning oqib chiqishi. Suyuqlikning yupqa, kichik teshikdan atmosferaga oqib chiqishi turlari va sarf koeffisiyentini hisoblash. Sath ostida kichik teshikdan oqib chiqishni hisoblash. Naychalar (nasadkalar) turlari bilan tanishish. Venturi naychasidan oqib chiqishning tezligi, sarfi va vakuumni hisoblash. Gidravlik zarba va gidravlik sakrash. Zarbaning quvur (o’zan) bo’yicha tarqalishi. Gidravlik sakrash va uning turlari: shiddatli, sokin oqimalar, sakrash maydoni, sakrash, sakrash funksiyasi, kritik chuqurlik, sakrash funksiyasining minimal qiymatini aniqlash. Laboratoriya mashg’ulotlari mazmuni Gidrostatika. Bosim o’lchagiya asboblar yordamida ularning ko’rsatgichlarini aniqlash. Paskal qonunini namoyish qilish (gidravlik press, domkrat va hokazo). Muvozanatdagi suvning jismga ta’sir etuvchi kuchi. O’z o’qi atrofida aylanayotgan suyuqlik solingan idishning nisbiy muvozanatini namoyish etish. Gidrodinamika. Ochiq o’zanlarda suvning tekis harakati, unda gidravlik hisoblashlar. Bernulli tenglamasi yordamida pyezometrik va to’lik bosim chizig’i diagrammasini ko’rish, tajriba o’tkazish. Suyuqlik harakati tartibini aniqlash. Tajriba o’tkazish. Quvurning uzunligi bo’yicha gidravlik ishqalanish koyeffisentini aniqlash. Quvurdagi maxalliy qarshiliklar koyeffisentini aniqlash. Tajriba yo’li bilan Venturi sarf o’lchagichining doimiysini aniq-lash. Engler viskozimetri yordamida suyuqlikning qovushoqligini aniqlash. Seminar mashg’ulotlari mazmuni Gidrostatika. Bosim. Gidrostatik bosim. Suyuqlikning devorga bosimi. Paskal qonuni. Arximed qonuni. Suyuqlikning muvozanati. Gidrodinamika. Eyler tenglamasi. Uzviylik tenglamasi. Suyuqlik sarfi tenglamasi. D.Bernulli tenglamasi. Suyuqlik harakati rejimi. Suyuqlikning teshik va nasadkadan oqishi. Gidravlik qarshilik. Ishqalanishda naporning yo’qotilishi. Mahalliy qarshilik. Suyuqlikning laminar va turbulent oqimi. Quvurlar hisobi. 11 Hisob-grafik topshiriqlari mazmuni Gidrostatika asosiy qonunlari va tenglamalarining tadbiqi. Asboblar ko’rsatgichi va hisoblashlar asosida suyuqliklar ichida olingan nuqtadagi gidrostatik bosimni topish. Tekis va egri chiziqli, silindrik yuzalarga gidrostatik bosim kuchini aniqlash. Gidrodinamika asosiy qonunlari va tenglamalarining tadbiqi. Quvurlarda suyuqliklarning harakati qonunlari. Ishqalanish kuchlari ta’siri. Suyuqlikning harakati modellari. Uchun, qisqa, sodda, murakkab quvurlarning gidravlik hisobi. Ideal va real suyuqliklar uchun quvurlarda bosim balandoigi (napor) va pyezometrik chiziqlarni chizish. Qisqa va uzun quvurlarning gidravlik hisobi. Soda va tarmoqlangan murakkab suv tashuvchi quvurlar hisobi. Gidravlik qarshiliklar. Quvurlarda gidravlik qarshiliklarni hisoblash. Quvur uzunligi bo’yicha mahalliy qarshiliklarda yo’qotilgan energiyani hisoblash usullari. Mustaqil ish mashg’ulotlari mazmuni Umumiy tushunchalar. Suyuqlik va gazlarning asosiy xossalari. Suyuqlikning maxsus xossalari. Suyuqlikning murakkab modellari. Qovushoq-plastik suyuqliklar va ularning xossalari. Gidrostatika va uning asosiy qonunlari. Gidrostatik bosim. Pyezometrik balandlik. Vakuum. Paskal qonuni tadbiqiga oid masalalar. Arximed qonuni tadbiqiga oid masalalar. Gidrostatika qonunlariga asoslangan qurilma va gidroinshootlar.Jismning suyuqlikda suzish qonuni tadbiqi. Gidrodinamika. Suyuqlik va gazlar kinematikasi asoslari. Suyuqlik va gazlar kinematikasi elementlari.Oqimning tekis, shiddatli va kritik xolatlari. Oqimning erkin sustini o’rganish. Bernulli tenglamasi tahlili. Bord formulalari tahlili. Ideal va qovushoq suyuqlik gidrodinamikasi. Gidravlik qarshilik-lar. Suyuqlik oqimining barqaror harakati paytida ishqalanish ta’sirida yo’qotilgan napor. Ideal suyuqlik gidrodinamikasi tenglamalari. Potensial tazyik. Ideal gaz gidrodinamikasi tenglamalari. Qovushoq suyuqlik gidrodinamikasi tenglamalari. Qovushoq gaz gidrodinamikasi tenglamalari. Gidravlik qarshilik. Aylanuvchan suyuqlikning nisbiy muvozanati. Naporli quvurlarda suyuqlikning barqaror harakati. Naporli quvurlar hisobi. Gidravlik nishablik. Gidravlika elementlarini ShEHMlar yordamida aniqlash. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakati. Ochiq o’zanlarda suvning tekis harakati. Suv sarfi. Shezi koeffisiyenti, suvning o’rtacha oqish tezligi. Ochiq o’zanlarda suyuqlik oqimining barqaror notekis ilgarilanma harakati. Ochiq o’zanlarda suvning notekis harakati. Suv sarfi. Suvning o’rtacha oqish tezligi. Erkin sirtni aniqlash. Suyuqlikning teshik va naycha (nasadka) lardan oqishi. Suyuqlikning har xil o’lchamli teshiklardan oqishini o’rganish. Suyuqlikning har xil o’lchamli nasadkalardan oqishini o’rganish. Suyuqlikning teshik va nasadkalardan oqishi tadbiqi. Gidravlik parametrlarni o’rganish. Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlik. Gidravlik modellashtirish. Gidrodinamik jarayonlarda o’xshashlikdan foydalanib gidravlika tenglamalarini o’lchamsiz holatga keltirish. Gidravlika masalalarini yechishni modellashtirish asoslari. Gidrodinamik zarba. Gidrodinamik sakrash. Silindrik quvurda suyuqlik harakatini hisoblash. Gidravlik zarbaning quvur (o’zan) bo’yicha tarqalishi. Gidravlik zarba ta’sirida suyuqlik bosimini tebranishi. Gidravlik zarba tadbiqiga oid masalalar. Nisbiy energiya balansi tenglamasi. Gidravlik sakrash funksiyasi. Sakrash uzunligi. Gidravlik sakrash tadbiqiga oid masalalar.Tuproq qatlamida suvning harakati (filtrasiya) masalalari. Download 7.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling