Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 7.17 Kb. Pdf ko'rish
|
ЧИСЛО МАХА – Max soni; siqiluvchan suyuqlikning harakat rejimini xarakterlovchi o’lchamsiz miqdor bo’lib, u shu masalaga mos jism yoki suyuqlik tezligi miqdorining siqiluvchan suyuqlikdagi tovush tezligiga nisbatiga teng bo’lgan son: M=v/v зв . ЧИСЛО РЕЙНОЛЬДСА (Re) – Reynold soni (Re); qovushoq suyuqlik harakati rejimini ifodalovchi o’lchamsiz miqdor bo’lib, u berilgan masaladagi v o’rtacha tezlik va l masofa ko’paytmasining kinematik qovushoqlik koeffisi-yentiga nisbatiga teng, ya’nu Re=vl/ Izoh: 1. Berilgan sharoitda suyuqlikning turbulent harakatidan laminar harakatiga yoki uning laminar harakatidan turbulent harakatiga otish momentini ifodalovchi Reynolds sonining qiymati «Reynoldsning kritik soni» deb ataladi. 2. Agar, zarur bo’lganda, suyuqlikning turbulent harakatidan laminar harakatiga yoki uning laminar harakatidan turbulent harakatiga otishi joyi borligini ta’kidlash lozim bo’lsa, u holda mos ravishda «Reynoldsning kritik sonidan quyi» va «Reynoldsning kritik sonidan yuqori» degan atama qo’llaniladi. ЧИСЛО СТРУХАЛЯ – Struxal soni; f chastota va l chiziqli o’lchov ko’paytmasining v tezlik miqdoriga nisbatiga teng o’lchamsiz son: Sh = f L / v. ЧИСЛО ФРУДА – Frud soni; massaviy kuchlar ta’sirini ifodalovchi yoki dinamik o’xshashlik mezonini harakterlovchi o’lchamsiz miqdor bo’lib, u berilgan masaladagi v 2 - o’rtacha tezlik kvadratining g - ogirlik kuchi tezlanishining shu masalaga taalluqli l uzunlikka ko’patmasiga nisbatiga teng, ya’ni Fr= v 2 /(gl). Izoh: Reynolds va Frud sonlari suyuqlik harakatining dinamik o’zshashligi kriteriyalari hisoblanadi. ЧИСЛО ЭЙЛЕРА – Eyler soni; ba’zi hollarda dinamik o’xshashlik mezoni sifatida foydalaniladigan 2 Eu v p o’lchamsiz son (ifoda), bunda qaralayotgan oqimga taalluqli p – bosim (yoki bosim tushishi), ρ va v – mos ravishda suyuqlikning zichligi va tezligi. ЭФФЕКТ МАГНУСА – Magnus effekti; bu havo oqimidagi qattiq jism atrofida havo sirkulyatsiyasi natijasida ko‘taruv-chi kuchning paydo bo‘lishi. 1.7. NAZORAT TURLARI BO’YICHA NAMUNAVIY SAVOLLAR 1-Joriy nazorat savollari 1. Gidravlika fani nimani o’rganadi va uning asosiy masalalari qanday? 2. Gidravlikaning rivojlanish tarixi to’g’risida nimalarni bilasiz? 3. Gidravlikaning zamonaviy bosqichi va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligini ayting. 14 4. Suyuqlik va gazlarning asosiy fizik xossalarini ayting. Ularning har biriga ta’rif bering. 5. Suyuqlikning siqiluvchanligi deb nimaga aytiladi? Hajmiy siqilish koeffisiyenti uchun formulani yozing va uning fizik ma’nosini ochib bering. 6. Suyuqlikning ichki ishqalanishi kuchlari uchun formulani (Nyutonning qovushoqlik qonunini) yozing. Bu formulaga kirgan barcha miqdorlarning fizik ma’nosini ayting. 7. Suyuqlikning kinematik va dinamik qovushoqlik koeffisiyentlari orasidagi qanday o’zaro bog’lanish mavjud? Bu koeffisiyentlarning o’lchov birliklarini chiqaring. 8. Suyuqlikning maxsus xossalarini ayting. 9. Suyuqlikning murakkab modellaridan qaysilarini bilasiz? 10. Qovushoq-plastik suyuqliklar va ularning xossalarini ayting. 11. Gidrostatik bosim va uning xossalari. Gidrostatik bosim turlari. 12. Gidrostatikaning asosiy tenglamasini chiqaring. 13. Sath sirti deb nimaga aytiladi? Sath sirti tenglamasini yozing. 14. Paskal qonuning mazmuni nimadan iborat va u gidrostatikaning asosiy tenglamasi bilan qanday bog’liqlikka ega? Qanday gidravlik uskunalarning ishlash jarayoni Paskal qonuniga asoslangan? 15. Tekis devorga ta’sir etuvchi yig’indi gidrostatik bosim kuchi qanday aniqlanadi? Bosim markazi deb nimaga aytiladi? Bosim markazi qanday joylashgan? Bosim markazi oqirlik markazi va devorning ho’llanish sirti markaziga nisbatan qanday joylashgan? Bosim markazi joylashishi aniqlanadigan formulani keltiring, unga kirgan barcha parametrlarni izohlang. 16. Gorizontal tekis devorga ta’sir etuvchi kuch qanday aniqlanadi? «Gidrostatik paradoks»ning mazmuni nimadan iborat? 17. Egri chiziqli (silindrik) sirtga ta’sir etuvchi bosimning gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari qanday aniqlanadi? Bu formulalarni chiqaring. 18. Egri chiziqli sirtga ta’sir etuvchi to’la yig’indi bosimga teng kuchli bosim qo’yilgan nuqta va uning yo’nalishi qanday aniqlanadi? 19. Arximed qonuning mazmuni nimadan iborat? Jismning cho’kish chuqurligi va uni siqib chiqargan suv hajmi haqida nimalar bilasiz? 20. Suyuqlikda suzuvchi jismning muvozanat shartlari va chayqalmaslik sharti qanday? Metomarkaz nima? 21. Suyuqlik harakati turlari. Suyuqlik harakatining asosiy turlariga ta’rif bering va misollar keltiring. 22. Suyuqlik oqimining asosiy gidravlik xarakteristikalarini ayting. 23. Uzviylik tenglamasining ma’nosini tushuntiring. 24. Kesimdagi to’la gidrodinamik napor tushunchasiga ta’rif bering. Gidrodinamik napor ifodasiga kiruvchi har bir hadga izoh bering: to’la naporning ifodasiga kiruvchi har bir hadning geometrik va energetik talqinini ayting. To’la gidrodinamik naporni tashkil etuvchi barcha hadlarning o’lchov birliklari qanday? 25. Real suyuqlik oqimi uchun D.Bernulli tenglamasini yozing. Bu tenglamaga kiruvchi har bir hadga izoh bering. 26. D.Bernulli tenglamasini keltirib chiqaring. 27. D.Bernulli tenglamasini tahlil qila turib, tezlik va bosim orasidagi o’zaro bog’lanish ifodasini chiqaring. 28. Kesim bo’yicha tezliklar taqsimotining tekis emasligi nimadan va u D.Bernulli tenglamasida qanday hisobga olingan? 29. Real suyuqlik oqimi uchun D.Bernulli tenglamasidagi koeffisiyent qanday fizik ma’noga ega? U nimalardan topiladi? 30. Real suyuqlik oqimi uchun uning naporli quvurlardagi va ochiq o’zanlardagi tekis harakatida D.Bernulli tenglamasini qanday soddalashtirish mumkin? 31. Venturi suv o’lchagichining ishlash tamoyili nimalardan iborat? Venturi suv o’lchagichi yordamida sarfni aniqlashning formulasini chiqaring. 32. Asosiy suv o’lchagich asboblar turlarini sanang va ularning ishlash tamoyillarini tavsiflang. 33. Gidravlik va pyezometrik nishablik (qiyalik) deb nimaga aytiladi? Qanday holda gidravlik qiyalik pyezometrik qiyalik bilan mos tushadi? 34. Tekis harakatda naporli va pyezometrik chiziqlar qanday geometrik ko’rinishga ega bo’ladi? Qanday hollarda bu chiziqlar bir biriga yaqinlashadi va bir biridan uzoqlashadi? 15 35. Gidravlik radius deb nimaga aytiladi va uning quvur diametri bilan munosabati qanday? Sizga ma’lum bo’lgan gidravlik radius ishtirokidagi formulalarni yozing. 36. Tabiatda suyuqlik harakatining qanday tartiblari mavjud? Bu harakat tartiblarini tavsiflang. Aniq bir holatda suyuqlik harakatining tartibi qanday aniqlanadi? Suyuqlik harakatining tartibini o’rganishning zarurati nimada? 37. Suyuqlik harakatining tartibi oqimning qanday xarakteristikalaridan bog’liq? Laminar va turbulent harakatda suyuqlik oqimi naporining yo’qolishi va tezligi orasida qanday bog’lanish bor? 38. Doiraviy quvurda suyuqlik oqimining jonli kesimi bo’ylab tezliklarning notekis taqsimlanishi suyuqlik harakatining qaysi tartibida (laminar yoki turbulent) kuzatiladi va nima uchun? 39. Oqimning uzunligi bo’ylab naporning yo’qolishini aniqlash uchun hisob formulalarini keltiring. 40. Darsi formulasini yozing. Bunda gidravlik ishqalanish koeffisiyenti nimadan bog’liq? Barcha qarshilik sohalarini sanab o’ting, ularning har biri qachon o’rinli va bu sohalar doirasida gidravlik ishqalanish koeffisiyenti qaysi omillardan bog’liq? 41. Quvurda laminar oqim tartibida napor yo’qolishi qanday aniqlanadi? 42. Qanday quvur gidravlik silliq deb ataladi? Gidravlik silliq quvurning uzunligi bo’ylab naporning yo’qolishi qaysi omillardan bog’liq? 43. Turbulent tartibli harakatda gidravlik ishqalanish koeffisiyenti qaysi omillardan bog’liq? 44. Qarshilikning kvadratik sohasi deb nimaga aytiladi? 45. Shezi formulasini yozing, uning barcha parametrlarini, bu formuladan kelib chiquvchi barcha hisob bog’lanishlarini (sarf uchun, gidravlik qiyalik uchun, uzunlik bo’ylab naporning yo’qolishi uchun) izohlang. Shezi koeffisiyentining o’lchov birligi qanday? 46. Shezi koeffisiyenti va gidravlik ishqalanish koeffisiyenti o’zaro qanday bog’langan? Bu koeefisiyentlarning o’lchov birliklari qanday? 47. Shezi koeffisiyenti va gidravlik ishqalanish koeffisiyentining o’zaro bog’lanish ifodasini chiqaring. 48. Mahalliy qarshilik deb nimaga aytiladi? Mahalliy qarshilikda naporning yo’qolishi nima sababdan? 49. Quvurning qo’qqisdan kengayishida naporning yo’qolishi qanday ifodalanadi? 2-Joriy nazorat savollari 1. Naporli quvurlar hisobining asosiy formulalarini keltiring. 2. Qanday miqdor sarf xarakteristikasi yoki sarf moduli deb ataladi? Sarf xarakteristikasi qaysi formuladan aniqlanadi va uning o’lchov birligi qanday? Bu miqdorning fizik manosi qanday? 3. Sodda quvur dem nimaga aytiladi, uning hisobida qanday asosiy masalalar uchraydi va ular qanday yechiladi? 4. Diametrlari har xil bir necha quvurlardan tashkil topgan sodda quvurning hisobi uslubini keltiring. 5. Qisqa va uzun quvurlar hisobida qanday farqlar bor? 6. Yopiq suv quvurlari hisobida magistral quvurlar bo’laklari va ularning tarmoqlari diametrini aniqlashning uslubida nima farq bor? 7. Quvurlarning parallel va ketma-ket ulanishi hisobi uslubini tushuntiring. 8. Quvurlarning qanday ulanishi parallel ulanish deb ataladi? Parallel ulangan quvurlar hisobi nimalarga asoslangan? Quvurlar parallel ulanishining hisob formulalarini keltiring. 9. Parallel quvurlar tarmoqlari bo’ylab umumiy sarf qanday taqsimlanadi (har ikkala tarmoqdagi quvurlar diametrlari bir xil, har xil va bir tarmoq quvurining uzunligi ikkinchisinikidan to’rt marta katta bo’lgan holatlarni izohlang)? 10. Gidravlik zarba deb nimaga aytiladi? To’g’ri chiziqli gidravlik zarbada bosimning oshishi hisobi uchun formulani yozing. Bu formulaga kirgan har bir parametrga izoh bering. Qanday holatda gidravlik zarba to’g’ri chiziqli emas deb ataladi? To’g’ri chiziqli bo’lmagan gidravlik zarbada bosimning oshishi qaysi hisob formulasidan aniqlanadi? Gidravlik zarbaga qarshi qanday asosiy choralar qo’llaniladi? 11. Jo’mrakning yopilishi jarayonida ma’lum vaqt oralig’ida quvurdagi bosim oshishini qanday topish mumkin? 12. Suyuqlikning teshikdan va nasadkadan oqishida sarfni aniqlashning formulasini chiqaring. Bu formulaga kirgan har bir hadga izoh bering. 16 13. Teshikdan oqishda sarf, tezlik, siqilish va qarshilik koeffisiyentlari orasida qanday bog’lanish mavjud? Bu koeffisiyentlarning fizik ma’nosini ayting. 14. Bir xil naporli yupqa devorli idishning kichik doiraviy kesimli teshigi va unga ulangan normal uzunlikli tashqi silindrik nasadka orqali suyuqlikning oqishida sarf va tezlik qanday aniqlanadi? Natijalar qanday taqqoslanadi? 15. Tashqi kengayuvchan silindrik va konussimon nasadkalar orqali suyuqlikning oqishida vakuumning hosil bo’lishini L.Bernulli tenglamasidan foydalangan holda izohlang. Bu ikki xil nasadkalardan qaysi birida kattaroq vakuum kuzatiladi? 16. Kirish kesimining yuzasi bir xil bo’lgan ikkita tashqi kengayuvchan silindrik va konussimon nasadkalar orqali suyuqlikning oqishida qaysi biri suvni ko’p o’tkazish xususiyatiga ega bo’ladi? 17. Ko’ndalang kesimlari bir xil, ammo uzunliklari 1,6 sm va 4 sm bo’lgan nasadkalardan qaysi biri suyuqlik oqimini ko’proq o’tkazish xususiyatiga ega? 18. Teshik va nasadkadan oqishda rezervuardan oqish vaqtining o’zishi uchun formulani chiqaring. 19. Suv bilan to’ldirilgan ikkita silindrik idish bir xil tubiga va undagi suvning bir xil sathiga ega. Idishlardan biring teshigi tubi markazida ikkinchisiniki esa devoriga yaqin tubida joylashgan. Agar teshiklarning yuzalari bir xil bo’lsa, qaysi bir idishdan suv tezroq oqib ketadi? Bunday holat bo’lishini izohlang. 20. Agar vertikal silindrik idishdagi suvning sathini ikki marta kattalashtirsak va idish tubining yuzasini ikki marta kamaytirsak idishning tubidagi teshik orqali suvning oqib chiqib ketish vaqti qanday o’zgaradi? 21. Ochiq o’zanlarda suyuqlikning tekis harakatiga ta’rif bering. Tekis harakatda gidravlik hisob uchun asosiy tenglamani keltiring. 22. Kanal ko’ndalang kesimining asosiy shakllarini sanab o’ting. Jonli kesimi trapeseidal bo’lgan o’zanning gidravlik elementlarini hisoblash formulalarini yozing. 23. Kanallar hisobi bo’yicha asosiy masalalar va ularni yechish usullarini sanab o’ting. 24. Kanalning suv bilan to’ldirilish chuqurligi va bunday kanalda suv harakatning o’rtacha tezligi qanday aniqlanadi? 25. Agar kanaldagi suv sarfi, kanal tubining nishabligi, uning to’ldirilish chuqurligi, o’zan devorining g’adir-budirligi va sapchib qaytish miqdorining koeffisiyenti berilgan bo’lsa, u holda kanal tubining kenligi qanday aniqlanadi? 26. O’zanning gidravlik ko’rsatgichi deb nimaga aytiladi va u qanday hisoblanadi? O’zanning gidravlik ko’rsatgichi yordamida kanalning to’ldirilish chuqurligi qanday aniqlanadi? 27. Kanalning eng qulay ko’ndalang gidravlik kesimi tushunchasiga ta’rif bering. Kanalning eng qulay ko’ndalang gidravlik kesimida kanal tubining kengligi va uning to’ldirilish chuqurligi orasidagi munosabat qaysi formuladan aniqlanadi? 28. Ochiq o’zanlarda suyuqlikning notekis harakati qachon kuzatiladi? Qanday holatlarda oqimning quyi tarafiga qarab oqim chuqurligi kamayib boradi yoki o’sib boradi? 29. Kesimning solishtirma energiyasi tushunchasiga ta’rif bering. Kesimning solishtirma energiyasi miqdori uchun ifodani yozing. Kesimning solishtirma energiyasi grafigi chizing. Soqin va jo’shqin oqimning chuqurligini grafikda tasvirlang. Soqin va jo’shqin oqimlarda chuqurlikning oshishi bilan kesim solishtirma energiyasi qanday o’zgaradi? 30. Qaralayotgan kesimdagi oqimning to’la solishtirma energiyasi va kesimning solishtirma energiyasi o’rtasida qanday juziy farq bor? 31. Qanday chuqurlik kritik chuqurlik deb ataladi va u qanday aniqlanadi? 32. Oqim kritik chuqurligini hisoblashning umumiy formulasini chiqaring. 33. O’zan ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rtburchak bo’lgan hol uchun oqimning kritik chuqurligini hisoblash formulasini chiqaring. 34. O’zan uchun kritik nishablik deb nimaga aytiladi va uning miqdori qanday aniqlanadi? 35. Qanday harakat sokin deb ataladi? Qanday harakat jo’shqin deb ataladi? Oqim harakatining holati qanday aniqlanadi? 36. Reynolds soni va Frud soni uchun formulalarni yozing. Bu parametrlarning o’lchov birliklari qanday? Ularning amaliy ahamiyati nimada? 17 37. Prizmatik o’zanda suyuqlik notekis, barqaror, ravon o’zgaruvchan harakatining differensial tenglamasi tahlilini keltiring. Shu tahlil asosida harakatning notekis tartibida oqim chuqurligining o’zgarish qoidasini tuzng. 38. Barqaror notekis harakatda oqim erkin sirtining egri chiziqli ko’rinishlarini sanab o’ting. Ularni misollarda izohlang. 39. Gidravlik sakrash deb nimaga aytiladi? Chuqurlik qo’shmasi deb nimaga aytiladi? To’g’ri to’rtburchakli o’zan uchun chuqurlik qo’shmasi formulasini yozing.Qaysi holatlarda gidravlik sakrashning o’ta chiqqan (kritik), ko’milgan va uzoqqa haydalgan joylari paydo bo’ladi? 40. Oqova deb nimaga aytiladi? Oqovaning turlarini izohlang. Oqova orqali sarfni aniqlashning hisob formulasini yozing. Bu formulaga kiruvchi barcha parametrlarni izohlang. 41. Filtrasiya deb nimaga aytiladi? Filtrasiya koeffisiyenti deb nimaga aytiladi? Laminar va turbulent filtrasiyalarning qanday farqlari bor? 42. Laminar va turbulent tartiblar uchun tekis harakatda tuproq qatlami oqimining tezligi va sarfi qanday aniqlanadi? 1-oraliq nazorat savollari 1. Gidravlika fani tushunchalari. 2. Gidravlika fanining rivojlanish tarixi. 3. Suyuqlikning fizik xarakteristikalari. 4. Suyuqlikning fizik xossalari va ularning amaliy tadbiqlari. 5. Bosimning fizik ma’nosi. 6. Barometrik bosim. 7. Absolyut va ortiqcha bosim. Vakuum. 8. Bosim o’lchagich asboblar. 9. Suyuqlikning asosiy xossalari: uzviylik, oquvchanlik, siqiluvchanlik, qovushoqlik. 10. Tomchili suyuqliklar. 11. Reologiya. Nyuton reologiyasi, reologiya qonuni. 12. Ideal va real suyuqliklar tushunchasi. Dinamik qovushoqlik koeffisiyenti. 13. Qovushoq suyuqliklarning oqish xususiyatlari. Kinematik qovushoqlik koeffisiyenti va uni aniqlash usullari. 14. Gidravlik bosim, uning xossalari. Gidravlik bosim kuchi tushunchasi. 15. Paskal qonuni. 16. Atmosfera bosimi. Barometrik formula. 17. Uzviylik tenglamasi. Sarf tenglamasi. 18. Gidrostatikaning asosiy qonuni. 19. Gidrostatikaning differensial tenglamasi. 20. Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar. 21. Sath sirti tenglamasi. 22. Suyuqlikning muvozanat sharti. Hajmiy kuchlar potensiali. 23. Aralashmaydigan suyuqliklar muvozanati. Ularning ajralish sirti. 24. Nisbiy muvozanat. Suyuqlikning harakatlanayotgan idishdagi muvozanati. 25. Suyuqlik bosimi. Bosim markazi. 26. Egri sirtga ta’sir etuvchi bosim. 27. Jonli kesim. 28. Ho’llanish perimetri. 29. Gidravlik radius. Gidravlik diametr. 30. Absolyut va ortiqcha bosimlar. Gidrostatikaning asosiy tenglamalari. 31. Suyuqlikning tekis gorizontal sirtga bosimi, gidravlik paradoks. 32. Jismning suyuqlikda suzish nazariyasi. Suzish sharti. Arximed qonuni. 33. Sushayotgan jismning ustivorligi. Ustivorlik sharti. 34. Suzayotgan jismning ustivorligini oshirish uslublari. 35. Gidrodinamika asoslari. Suyuqlikning harakati turlari. Reynolds soni. 36. Suyuqlik oqimining sharrachali modeli. Oqimning kinematik elementlari. 18 37. Suyuqlik sarfi. Sarf turlari, ularning o’lchov birliklari va analitik ifodalari. 38. Oqimning o’rtacha tezligi tushunchasi. Sharrachaning uzviylik tenglamasi. 39. Ideal suyuqlikning elementar sharrachasi uchun D.Bernulli tenglamasi. 40. D.Bernulli tenglamasining energetik ma’nosi. 41. Real suyuqlik oqimi uchun D.Bernulli tenglamasi, uning geometrik talqini. 42. Gidravlik qarshilik turlari. 43. Veysbax formulasi bo’yicha taziyq (napor)ning yo’qolishini aniqlash. 44. Sodda quvurlar hisobi uslubi. 45. Gidravlik bosim o’lchagich asboblar. Pyezometrining tuzilishi, ishlash tizimi va qo’llanilishi. 46. Suyuq manometrning tuzilishi, ishlash tizimi va qo’llanilishi. 47. Suyuq vakuummetrning tuzilishi, ishlash tizimi va qo’llanilishi. 48. Oqim chizig’i. Oqim sharrachasi. Oqim chizig’i tenglamasi. 49. D.Bernulli tenglamasi va uning fizik ma’nosi. Bu tenglamaning geometrik va energetik talqini. 50. Qovushoq suyuqlikning elementar sharrachasi uchun D.Bernulli tenglamasi. 51. Gidravlik qiyalik. O’rtacha gidravlik qiyalik. 52. Pyezometrik qiyalik. 53. Pyezometrik chiziq. 54. Eyler tenglamasi. 55. Gidravlik qarshilik turlari. 56. Oqimning laminar va turbulent tartibi. 57. Reynolds soni. Reynoldsning kritik soni. 58. Gidrodinamik o’xshashlik. 59. Darsi–Veysbax formulasi. Veysbax formulasi. 2-oraliq nazorat savollari 1. Suyuqlikning kichik teshik orqali oqish xususiyatlari. 2. Suyuqlikning kichik teshik orqali oqish tenglamasi. 3. Nasadkalar turlari va ularning texnikada qo’llanilishi. 4. Quvurdagi gidrozarba. Gidrozarba nazariyasi. 5. Gidrotaranning tuzilishi, ishlash tizimi va qo’llanilishi. 6. Taziyq (napor)ning yo’qotilishi haqida tushuncha. 7. Laminar oqimda quvurning ko’ndalang kesimi bo’ylab tezlikning taqsimlanishi. 8. Laminar oqimda o’rtacha va maksimal tezliklar nisbati. 9. Doiraviy quvurda ishqalanish hisobiga taziyq (napor)ning yo’qotilishi. Puazeyl–Gagen formulasi (=64/Re). 10. Turbulent oqim. 11. Nikuradze tajribalari. 12. G’adir-budirlik tushunchasi. Nisbiy g’adir-budirlik. 13. Taziyq gidravlik yo’qotilishi koeffisiyentining Reynolds sonidan bog’liqligi. 14. To’la g’adir-budir quvurlar tushunchasi. 15. Qanday hollarda quvurdagi oqim gidravlik silliq deb ataladi? 16. Blazius formulasi (=0,3161/Re 0,25 ), u qachon qo’llaniladi? 17. Shifrinson formulasi (=0,11(k/d) 0,25 ). U qanday hollarda qo’llaniladi? 18. Mahalliy qarshilik turlari. 19. Mahalliy qarshilikdan o’tishda taziyq yo’qotilishining tezlikdan bog’liqligi. 20. Qo’qqisdan kengayish. Mahalliy qarshilik koeffisiyentini hisoblash formulasi. 21. Bord formulasi. 22. Qo’qqisdan torayish. Sharrachaning siqilish koeffisiyenti. Download 7.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling