Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 7.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 23 8-semestr (36 soat) Ma’ruzalar (M) mavzusi bo’yicha (14 soat) 1. 10-M 2 Frontal Standart Naz.mex., TMM An’anaviy Matnli, tasvirli 6-10 2. 11-M 2 Frontal Standart Naz.mex., TMM An’anaviy Matnli, tasvirli 6-10 3. 12-M 2 Frontal Standart Naz.mex., TMM An’anaviy Matnli, tasvirli 6-10 4. 13-M 2 Frontal Standart Naz.mex., TMM An’anaviy Matnli, tasvirli 6-10 5. 14-M 2 Frontal Standart Naz.mex., TMM An’anaviy Matnli, tasvirli 6-10 6. 15-M 2 Frontal Standart Naz.mex., TMM An’anaviy Matnli, tasvirli 6-10 7. 16-M 2 Frontal Standart Naz.mex., TMM An’anaviy Matnli, tasvirli 6-10 Amaliyot mashg’ulotlari (AM) mavzusi bo’yicha (14 soat) 1. 10-AM 2 Zveno Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 2. 11-AM 2 Zveno Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 3. 12-AM 2 Zveno Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 4. 13-AM 2 Zveno Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 5. 11-AM 2 Zveno Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 6. 12-AM 2 Zveno Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 7. 13-AM 2 Zveno Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 Laboratoriya mashg’ulotlari (LI) mavzusi bo’yicha (8 soat) 1. 4-LI 4 Indivi- dual Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 2. 5-LI 2 Indivi- dual Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 3. 6-LI 2 Indivi- dual Didaktik Fizika, naz. mex., TMM, Aniq maqsadli Matnli, tasvirli 4,5,11 1.5. MUSTAQIL O’RGANISH VA REFERATLAR TAYYORLASH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN NAMUNAVIY MAVZULAR 1. Gidravlika tarixi. 2. Gidrostatik bosim. 3. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi. 4. Bosim o’lchagich asboblar va bosimni o’lchash usullari. 5. Paskal qonuni va uning amaliy ahamiyati. 6. Sirt tarangligi. 7. Suyuqlikning nisbiy sokinligi va uning tadbiqi. 8. Aylanayotgan suyuqlik sirti shaklini tadqiq qilish. 9. Arximed qonuni va uning amaliy ahamiyati. 10. Kemalarning muvozanati. 11. Gidrostatik g'ayritabiiylik (paradoks) 12. Qattiq tekis va egri chiziqli sirtlarga bosim kuchini aniqlash. 13. Insonning suv ustida yurishi. 14. Eyler tenglamasi. 15. Uzviylik tenglamasi. 16. Suyuqlik sarfi tenglamasi. 17. D.Bernulli tenglamasi. Pyezometrik chiziq. 18. Suyuqlik harakati rejimini o’rganish tajribalari. Reynolds tajribasi. 19. Quvurda gidravlik ishqalanish koeffisiyentini aniqlash. 20. Mahalliy qarshilik koeffisiyentlarini aniqlash. 2 21. Siqilmaydigan suyuqlikning o‘zgarmas naporli teshik va nasadkalardan oqishi. 22. Siqilmaydigan suyuqlikning o‘zgaruvchan naporli teshik va nasadkalardan oqishi. 23. Gazning soplodan oqishi. 24. Gidravlik zarba va uning amaliy ahamiyati. 25. Gidravlik napor yo’qotilishi. Gidravlik qiyalik. 26. Potensial oqimlarni modellashtirish. 27. Kanaldagi suyuqlik oqimi tezliklari maydonini o’rganish. 28. Oddiy quvurlar hisobi. 29. Murakkab quvurlar hisobi. 30. Gidravlik jarayonlarda o’xshashlik tushunchasi va o’xshashlik kriteriyalari. 31. Gidrodinamik mashinalar. 32. Sunami. 33. Hayvonlar gidrodinamikasi. 34. Kavitatsiya. 35. “Tomchi toshni yoradi”. 36. Gidrodinamik zarba. 37. Qattiq sharning suyuqlikka tushishi. 38. Suv ostida portlash. 39. Suyuqlikda pufakchalar. 40. Suyuqlikning qaynashi. 41. Magnus effekti. 42. Nonyuton suyuqliklar. 43. Suyuqliklar reologiyasi. 44. Dalamber g'ayritabiiyligi (paradoks). 45. Girdodinamik qarshilik. 46. Qovushoqlik. 47. Tuproqning filtratsiya koeffisiyentini aniqlash. 48. Filtratsiya nazariyasi elementlari. 49. Sizot suvlar. 50. Zovurlar va kanallar. 1.6. GLOSSARIY (lug’at, sharhlar, izohlar, terminologiya …) АБСОЛЮТНОЕ ДАВЛЕНИЕ – mutloq bosim; atmosfera bosimi va chеgirma bosim yig’indisiga teng: P abs = Р atm. +Р ort . АРХИМЕДОВА СИЛА – Arximed kuchi; jismni suyuqlik yoki gaz ichidan itarib chiqarishga intiluvchi kuch pasdan yuqoriga vertikal yo’nalgan bo’lib, suvga botirilgan jismga suyuqlik bosimining teng ta’sir etuvchi kuchi shu hajmdagi siqib chiqarilgan suyuqlik og’irligiga teng: Р=γV, bu yerda V – suvga botirilgan jismning hajmi yoki shi jism siqib chiqargan suyuqlik hajmi; γ – suyuqlikning solishitrma og’irligi. АТМОСФЕРНОЕ ДАВЛЕНИЕ – atmosfera bosimi; atmosfera havosining 0 0 C dagi haroratda dengiz sathidagi o’rtacha bosimi. БЕЗНАПОРНОЕ ДВИЖЕНИЕ – taziyqsiz (damsiz) harakat; erkin yuzaga ega bo’lgan suyuqlik harakati. ВАКУУМ – vakuum; berk idishdagi havoning yoki gazning atmosfera bosimiga nisbatan siyraklashgan holati: Р v =Р atm. –Р t , bu yerda P at – atmosfera havo bosimi; P t – to’la bosim. ВАКУУМЕТРИЧЕСКОЕ ДАВЛЕНИЕ – vakuumetrik bo-sim; atmosfera bosimi bilan fazoning qaralayotgan nuqtasidagi bosim orasidagi farq (agar bu ayirma musbat bo’lsa). ВАТЕРЛИНИЯ – vaterchiziq; suzayotgan jismning suyuqlik erkin sirti bilan kesishgan chizig’i. ВЕС ЖИДКОСТИ – suyuqlik og’irligi G = γ V, bu yerda γ - hajmiy siqilish koeffisiyenti; V – suyuqlikning dastlabki hajmi. ВОДОИЗМЕЩЕНИЕ – suv sig’imi; jism siqib chiqargan suyuqlik hajmi yoki suzib yurgan jismning suvga botgan qismi hajmi. ВЯЗКАЯ ЖИДКОСТЬ – qovushoq suyuqlik; harakati jara-yonida suyuqlik zarrachalarining deformatsiyalanishidan bog’liq ham normal va ham urinma kuchlanishlari paydo bo’ladigan suyuqlik. ВЯЗКОСТЬ – qovushoqlik (ichki gidravlik ishqalanish kuchi); suyuqlikning uning zarrachalari nisbiy harakatiga qarshilik ko’rsatish xossasi, boshqacha aytganda, suyuqlik bir bo’lagining boshqa bir bo’lagi harakatiga qarshilik ko’rsatuvchanlik xossasi. Suyuqlikning qovushoqligi harorat (u oshganda suyuqlikning qovushoqligi kamayadi, gazniki esa oshadi va aksincha) va bosimdan bog’liq bo’lib, u uchta miqdor bilan baholanadi: dinamik koeffisiyent ( , Ns/m 2 ), kinematik koeffisiyent (, m 2 /s), Engler gradusi (E). Qovushoqlik ikki turga ajraladi: hajmiy va tangensial qovushoqliklar. Hajmiy qovushoqlik deb suyuqlikning o’zida cho’zuvchi zo’riqishlarini paydo qilish xususiyatiga aytiladi. Masalan, suvning bunday qovushoqligi unda tovush va asosan ultratovush to’lqinlar tarqalganda namoyon bo’ladi. 2 Tangensial qovushoqlik suyuqlikning siljish zo’riqishlariga qarshilik ko’rsatish xususiyatini xarakterlaydi. ГИДРАВЛИКА– gidravlika mustaqil fan bo’lib, suyuqlik mexanikasi fanining bir qismi. ГИДРАВЛИЧЕСКИЙ ГРАДИЕНТ (ГИДРАВЛИЧСКИЙ УКЛОН) – gidravlik gradiend yoki gidravlik nishablik; to’liq bosimning oqim yo’nalishi bo’yicha uzunlik birligida kamayishi yoki teskari ishora bilan bosimdan oqim yo’nalishi bo’yicha olingan hosila. ГИДРАВЛИЧЕСКИЙ ДИАМЕТР – gidravlik diametr; ko’ndalang kesim to’rtlangan yuzasining ho’llangan perimetrga nisbati. Izoh: 1) Suyuqlik bilan to’ldirilgan doiraviy kesimli quvurning gidravlik diametri shu quvurning diametriga teng. 2) Qiymat jihatdan gidravlik radius-ning to’rt baravariga teng bo’lgan shartli kattalik: D g =4R. ГИДРАВЛИЧЕСКИЙ КОЭФФИЦИЕНТ СОПРОТИВЛЕНИЯ – qarshilikning gidravlik koeffisiyenti; quvur yoki kanalning qaralayotgan uchastkasidagi suyuqlik to’la solishtirma energiyasi kamayishining solishtirma kinetik energiyaga nisbati: ξ=(e 1 –e 2 )/e к1 , bunda indeks 1 qaralayotgan uchastkaning kirishdagi miqdoriga oid, indeks 2 esa undan chiqishdagi. ГИДРАВЛИЧЕСКИЙ ПРЫЖОК – gidravlik sakrash; oqim chuqurligi keskin o’zgarganda vujudga keladigan holat. ГИДРАВЛИЧЕСКИЙ РАДИУС (R, L) – gidravlik radius; kesim va uning o’lchovlarining oqimi tezligiga ta’sirini ifodalovchi parametr bo’lib, oqim ko’ndalang kesimi yuzuning oqim ho’llangan kesim perimetriga nisbatiga teng: R=ω/ . U quvur yoki o’zan ko’ndalang kesimining shaklini va o’zanning devorlari hamda tubining g’adir-budirliklarini (ω, – notekisliklarning mikro va makro shakllarini xarakterlovchi parametrlar) qiyosan ifodalaydi. ГИДРАВЛИЧЕСКИЙ УДАР – gidravliк zarba; naporli quvurda oqayotgan suyuqlik oqimining qo’qqisdan tormoz-lanishi natijasida bosimning keskin o’zgarishi. Bu jarayon suyuqlik va quvur devorining elastik deformatsiyasidan bog’liq juda tezkor oqim bo’lib, bosimning ketma ket keskin oshishi va kamayishi bilan xarakterlanadi. Gidravlik zarba jo’mrakni yoki oqim bilan boshqariluvchan boshqa biror uskunani keskin ochish yoki yopish paytida paydo bo’ladi. ГИДРАВЛИЧЕСКОЕ СОПРОТИВЛЕНИЕ – gidravlik qarshilik; suyuqlik qatlamlarining o’zaro ishqalalanishidan hosil bo’ladigan qarshilik. ГИДРОДИНАМИКА или ДИНАМИКА ЖИДКОСТИ – gidrodinamika yoki suyuqlik dinamikasi; 1) Tashqi kuchlar tasirida suyuqning harakat qonunlarini o’rganuvchi bo’lim. 2) Bu suyuqlik va gazlar mexanikasi fanining suyuqlik harakati va uning qattiq jismlar bilan o’zaro ta’sirini ularning nisbiy harakatida o’rganuvchi bo’limi. ГИДРОДИНАМИЧЕСКОЕ ДАВЛЕНИЕ – ПОЛНОЕ ДАВЛЕНИЕ – gidrodinamik bosim – to’la bosim; 1) Gidrostatik va gidrodinamik bosimlar yig’indisiga teng bosim: p п = p+p д . 2) O’zgar-mas kattalik bo’lib, harakat-dagi suyuqlik to’latgan fazo qismida o’zaro perpendikulyar bo’lgan uchta tekislikda ta’sir qilayotgan normal kuchlanishlarning o’rtacha arifmetik qiymatiga teng. ГИДРОМЕХАНИКА или МЕХАНИКА ЖИДКОСТИ – gidromexanika yoki suyuqlik mexa-nikasi; mexanikaning suyuqlik muvozanati va harakati qonunlarini hamda uning suyuqlikka to’la yoki qisman botirilgan qattiq jism bilan o’zaro mexanik ta’siri qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’limi. ГИДРОСТАТИКА – gidrostatika; bu suyuqlik va gazlar mexanikasi fanining tanlangan koordinata boshiga nisbatan suyuqlik muvozanati va suyuqlikka to’la yoki qisman botirilgan qattiq jism muvozanatini o’rganuvchi bo’limi. ГИДРОСТАТИЧЕКАЯ ПОДЪЕМНАЯ СИЛА или СИЛА АРХИМЕДА – gidrostatik ko’taruvchi kuch yoki Arximed kuchi; suyuqlik yoki gazning jismga bergan kuchi bo’lib, yuqoriga vertikal yo’nalgan va u jismni siqib chiqarishga intiladi. ГИДРОСТАТИЧЕСКОЕ ДАВЛЕНИЕ – gidrostatik bosim; gidrostatik kuchning u ta’sir qilayotgan yuzaga nisbating shu yuza nolga intilgandagi limiti gidrostatik bosim deyiladi yoki tanlangan sanoq sistemasiga nisbatan muvozanat (tinch) holatda turgan suyuqlikdagi bosim. ГЛАВНЫЕ НАПРЯЖЕНИЯ – bosh kuchlanishlar; qaralayotgan nuqtada kuclanishning bosh o’qlariga perpendikulyar yuzalardagi normal kuchlanishlar. ГЛАВНЫЕ ОСИ ДЕФОРМАЦИИ – deformatsiyalarning bosh o’qlari; berilgan nuqta orqali o’tuvchi va suyuqlik zarrachalarining deformatsiyasi natijasida o’zaro perpendikulyar bo’lib qola-digan uchta chiziqli elementlari bilan mos keluvchi uchta o’zaro perpendikulyar to’g’ri chiziqlar. 3 ГЛАВНЫЕ ОСИ НАПРЯЖЕНИЙ – kuchlanishlarning bosh o’qlari; fazoning berilgan nuqtasi orqali o’tuvchi, urinma kuchlanishlari nolga teng bo’lgan o’zaro perpendikulyar uchta tekisliklar normallari bo’yicha yo’nalgan uchta to’g’ri chiziq. ГЛАВНЫЕ СКОРОСТИ ОТНОСИТЕЛЬНОГО УДЛИНЕНИЯ – nisbiy cho’zilishning bosh tezliklari; deformatsiyalar bosh o’qlari bo’ylab joylashgan suyuqlik chiziqli zarrachalarining nisbiy cho’zilishi tezliklari. ДАВЛЕНИЕ В ТОЧКЕ ЖИДКОСТИ – ДАВЛЕНИЕ – МГНОВЕННОЕ ДАВЛЕНИЕ – suyuqlik nuqtasidagi bosim – bosim – oniy bosim; suyuqlikning berilgan nuqta-sidagi o’zaro perpendikulyar uchta yuzalarga qo’yilgan normal kuchlanishlar o’rta arifmetik qiymatlarining qarama-qarshi ishora bilan olingan qiymati, ya’ni р=–(σ 1 +σ 2 +σ 3 )/3. Izoh: siqiluvchan suyuqlikda р=–(σ 1 +σ 2 + σ 3 )/3+µ′div v , bunda µ′ – hajmiy qovushoqlik koeffisiyenti – odatiy hollarda hisobga olmaslik darajasidagi miqdor. ДАВЛЕНИЕ ИЗБЫТОЧНОЕ или МАНОМЕТРИЧЕСКОЕ – chegirma yoki manometrik bosim; fazoning qaralayotgan nuqtasidagi mutloq bosim bilan atmosfera bosimi ayirmasiga teng bosim (agar bu ayirma musbat bo’lsa): Р ort =Р abs –Р atm . ДВИЖЕНИЕ БЕЗНАПОРНОЕ – taziyqsiz (damsiz) harakat (oqim); o’zandagi suyuqliknng erkin sirtga (sathga) ega bo’lgan holatdagi harakati (oqimi). ДВИЖЕНИЕ АДИАБАТИЧЕСКОЕ – adiabatic harakat; suyuqlik harakatida issiqlik qabul qilmaydi va tashqariga issiqlik uzatmaydi, ya’ni issiqlik almashinish hodisasi yuz bermaydi. ДВИЖЕНИЕ ВИХРЕВОЕ – uyurmali harakat; zarrachalari tezlik uyuqma vektoriga ega bo’lgan suyuqlik harakati. ДВИЖЕНИЕ ЛАМИРНАРНОЕ или ЛАМИНАРНЫЙ РЕЖИМ ДВИЖЕНИЯ – laminar harakat yoki laminar taribli harakat. ДВИЖЕНИЕ НАПОРНОЕ – suyuqlikning taziyqli (damli) harakati; bu holda harakatlanayotgan suyuqlik erkin sirtga ega bo’lmaydi. ДВИЖЕНИЕ НЕРАВНОМЕРНОЕ – notekis harakat; oqimning turlicha kesimida tezlik miqdori turlicha bo’lgan harakat. ДВИЖЕНИЕ НЕУСТАНОВИВШЕЕСЯ – beqaror (nobarqaror) harakat; harakatlanayotgan suyuqlik zarrachalarining tezligi miqdori va uning yo’nalishi vaqt bo’yicha o’zgarib turadigan hol. ДВИЖЕНИЕ РАВНОМЕРНОЕ или ПАРАЛЛЕЛЬНО СТРУЙНОЕ – tekis yoki oqimlari parallel harakat; bu shunday harakatki, unda harakat kesimi tezlik epyurasining shakli va o’lchamlari berilgan vaqtda oqim bo’yicha o’zgarmaydi. ДВИЖЕНИЕ ТУРБУЛЕНТНОЕ или ТУРБУЛЕНТНЫЙ РЕЖИМ ДВИЖЕНИЯ – turbilent harakat yoki turbulent tartibli harakat. ДИВЕРГЕНЦИЯ – divergensiya; tarqalish (berilgan nuqtadagi vektor maydon oqimining o’zgarishini tavsiflovchi kattalik). ДИНАМИЧЕСКАЯ СКОРОСТЬ – dinamik tezlik; laminar chegaraviy qatlamda qattiq devordagi urinma kuchlanishning suyuqlik zichligiga nisbatidan olingan kvadrat ildizga teng bo’lgan tezlikni xarakterlaydi: / * w v . ДИНАМИЧЕСКИЙ КОЭФФИЦИЕНТ ВЯЗКОСТИ или КОЭФФИЦИЕНТ ВЯЗКОСТИ – yopishqoqlik (qovu-shoqlik) dinamik koeffisiyenti yoki yopishqoqlik (qovushoq-lik) koeffisiyenti; ichki ishqalanishdan hosil bo’ladigan urinma kuchlanishning tezlik gradientiga nisbatan koeffisi-yenti yoki Nyutonning dn dv – ishqalanish qonuni (yoki Nyuton suyuqligi urinma kuchlanishlarining deformatsiya tezliklari tenzori orqali ij ij 2 ) ifodasiga kiruvchi proporsionallik koeffisiyenti, bunda τ – harakatlanayotgan suyuqlikning tutash qatlamlari sirtida yotuvchi elementar yuzachadagi urinma kuchlanish; dn dv - tezlikdan suyuqlik-ning qaralayotgan qatlamiga normal bo’yicha olingan hosila. Bu koeffisiyent temperaturadan kuchli darajada bog’liq, bosimdan esa deyarli bog’liq emas. ДИНАМИЧЕСКОЕ ДАВЛЕНИЕ – dinamik bosim; suyuqlik zarrachalarining faqatgina kinetik energiyasidan paydo bo’luvchi bosim, suyuqlik zarrachasining ilgarilanma harakati kinetik energiyasining hajmiy zichligi: p д =ρv 2 /2 . 4 ДИФФУЗИЯ – diffuziya; issiqlik harakati natijasida idishdagi ikki aralashuvchan suyuqliklar molekulalarining ajralish sirti orqali asta sekin biridan ikkinchisiga o’tishi hodisasi (natijada suyuq-liklar o’zaro aralashishadi). Bu hodisa boshqa agregan holatidagi moddalarda ham sodir bo’ladi. ДИФФУЗОР – diffuzor; ko’ndalang kesimi oqim bo’yicha kengayib boruvchi quvur. ДЛИНА СМОЧЕННОГО ПЕРИМЕТРА – ho’llangan perimetr uzunligi; oqim kesimida suyuqlik bilan qattiq devorning o’zaro tutahsgan joyi uzunligi. ЕДИНИЧНЫЙ РАСХОД – birlik sarf; o’zan kengligi birligidagi sarf: q=Q/b , bu yerda b – o’zan kengligi. ЖИВОЕ СЕЧЕНИЕ – jonli kesim (oqimning ko’mdalang kesimi); bu quvur yoki kanalning ko’ndalang kesimi, bu yerda kesim sirti oqim chiziqlariga doimo normal yo’nalishda bo’ladi. ЖИДКОСТЬ – suyuqlik; moddaning agregat holatlaridan biri bo’lib, xoxlagancha kichik kuch ta’sirida o’z shaklini o’zgartirish xususiyatiga ega uzluksiz muhit (fizik jism), ya’ni oquvchanlik xossasiga ega va o’z shakliga ega bo’lmagan ixtiyoriy muhit. Izoh: gaz «siqiluvchan suyuqlik» (havo, kislorod, azot, propan va hokazo) deb atalgan holda suyuqlikni gazdan ajratish maqsadida «tomchili suyuqlik» (suv, neft, kerosin, yog’ va hokazo) atamasi ishlatiladi. Tomchili suyuqliklar (sodda qilib, suyuqliklar) va gazsimon suyuqliklar (gazlar) bir biridan siqiluvchanlik (hajmini o’zgartiruvchanlik) xususiyati bilan ajralib turadi. ЖИДКОСТЬ ИДЕАЛЬНАЯ – ideal suyuqlik; yopishqoqligi (ichki ishqalanishi) yo’q va harorat o’zgarganda hajmi sira o’zgarmaydi deb faraz qilingan (ideallashtirilgan) suyuqlik. ЖИДКОСТЬ КАПЕЛЬНАЯ – tomchilanuvchi suyuqlik; uning qattiq jismdan farqi – oquvchanligi, gazlardan farqi –harorat o’zgarganda hajmining o’zgarmasligidir. ЖИДКОСТЬ ОДНОРОДНАЯ – bir jinsli suyuqlik; berilgan vaqtda ma’lum hajmda fizikaviy va mexanikaviy xossalari o’zgarmas suyuqlik. ЗАКОН ИЗМЕНЕНИЯ КОЛИЧЕСТВА ДВИЖЕНИЯ – harakat miqdori o’garishi qonuni; individual hajm harakat miqdorining o’zgarish tezligi unga ta’sir etayotgan tashqi kuchlar yig’indisiga teng. ЗАКОН АРХИМЕДА – Arximed qonuni; siqib chiqaruvchi kuch (Arximed kuchi) hajmi suyuqlikka botirilgan jism bo‘lagi hajmiga mos keluvchi suyuqlik og‘irligiga teng. ЗАКОН ИЗМЕНЕНИЯ МОМЕНТА КОЛИЧЕСТВА ДВИЖЕНИЯ – harakat miqdori momenti o’garishi qonuni; individual hajm harakat miqdori momentining o’zgarish tezligi unga ta’sir etayotgan tashqi kuchlar momentlarining yig’indisiga teng. ЗАКОН ПАСКАЛЯ – Paskal qonuni; yopiq idishdagi suyuqlikka qo‘yilgan tashqi bosim shu suyuqlikning barcha ichki nuqtalariga o‘zgarishsiz uzatiladi. ЗАКОН СОХРАНЕНИЯ МАССЫ – massaning saqlanish qonuni; individual hajmning massasi ozgarmaydi, ya’ni massaning vaqt bo’yicha o’zgarishi nolga teng. ЗАКОН СОХРАНЕНИЯ ЭНЕРГИИ (первый закон термодинамики) – energiyaning saqlanish qonuni; individual hajm to’la energiyasining o’zgarish tezligi vaqt birligi ichida unga tashqaridan kelayotgan energiya oqimiga (tashqi kuchlar, issiqlik va boshqalar ishi shaklida) teng. ЗАКОН СОХРАНЕНИЯ ЭНТРОПИИ (второй закон термодинамики) – entropiyaning saqlanish qonuni; individual hajm entropiyasining o’zgarish tezligi vaqt birligi ichida unga tashqaridan kelayotgan entropiya oqimi va hajm ichida ishlab chiqilgan entropiya yig’indisiga teng (faqat qaytarilmaydigan jarayonlar uchun). Download 7.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling