3.6 Umumta’lim maktablarida sport seksiyalari va
musobaqalari.
Snfdan tashqari sog’lomlashtirish va sport ishlari, maktabda sport ta’limi.
Asoslaridan biridir. Sinfdan tashqariish, o’quvchilar mustaqil ta’lim olish
asosida amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi jismoniy tarbiya
bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning tashkiliy va metodik boshqarishini bevosita
amalga oshiradi, sport seksiyalari ishlarini tashkillashtiradi va buning uchun
maktab formalari jalb etiladi, umummaktab jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish
tadbirlarini rejalashtiradi va ularning o’tkazilishini yuqori darajada ta’minlaydi.
Sinfdan tashqari jismoniy tarbiya maktabdagi ishlari o’quv yili davomiga
rejalashtiradi. Rejaga quyidagi bulinmalar kiritiladi: jismoniy tarbiya aktivini
tayyorlash, jismoniy tarbiya –sog’lomlashtirish va sport –ommaviy ishlari,
pedagogik kolektiv va ota –onalarning o’quvchilarni jismoniy jihatdan
tarbiyalash bo’yicha ishlarni tashkillashtirish, tibbiy nazorat, hujalik ishlari.
Rejani maktab derektorlari tasdiqlab, barcha o’qituvchilar e’tiboriga
etkazadi.
Sinfdan tashqari sport ommaviy va jismonniy sog’lomlashtirish maktab
ishlarini aks ettituvchi hujjatlar sirasiga quyidagilar kiradi: sport seksiyalari,
to’garaklar va boshqa guruhlarda mashg’ulotlarni qayt etilishi jurnal, sport
54
bo’yicha sud’ya va yosh instruktorlar, toifali sportchilarga tegishli hujjatlar
tashkil qilinadi. Jismoniy tarbiya –sog’lomlashtirish va ommaviy –sport ishlari
bo’yicha natijalar haqida, jismoniy tarbiya o’qituvchisi pedagogik yig’ilishda
xisobot berib turadi.
Jismoniy sog’lomlashtirish tarbiya va sport ishlari, darsdan keyin
o’tkazilib, tarkibiga o’quvchilarni sog’lomlashtirishga qaratilgan tadbirlarni
oladi: ertalabki badantarbiya, o’uv mashg’ulotlaridan keyin badantarbiya,
tanaffuslarda harakatchan o’yinlar, sport musobaqalari, bayram va tanlovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |