Asosiy tushunchalar glossariysi
Til va jamiyat – o‘zaro ta’sir qilib, biri ikkinchisining taraqqiyotiga zamin
yaratadigan ijtimoiy voqelik.
Anologistlar –"narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu
bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqadi va bu bog‘lanish
ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan" degan fikr tarafdorlari.
Anomalistlar – tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech ganday bog‘lanish
yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan,
demak, til Inson tomonidan yaratilgan, degan fikr tarafdorlari.
Tovushga taqlid nazariyasi – kishilarning o‘z atrofidagi predmetlarning
chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki so‘zlar, predmetlarning
nomlari paydo bo‘lgan, degan qarash.
Undovlar nazariyasi – tildagi barcha so‘zlar ibtidoiy kishilarning his-
hayajon so‘zlari ta’sirida paydo bo‘lgan, degan qarash.
Mehnat hayqiriqlari nazariyasi – tildagi barcha so‘zlar ibtidoiy
kishilarning birgalashib mehnat qilish jarayonida mehnat qilishga undaydigan
ixtiyorsiz qiyqirishlari natijasida paydo bo‘lgan, degan qarash.
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi – narsalarni qanday atashni odamlarning
o‘zlari kelishib olishgan, degan qarash.
Milliy til – tillarning eng mukammal, taraqqiyot bosqichlarini o‘tgan,
rivojlangan ko‘rinishi.
Asosiy adabiyotlar
1.Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010. -Б.63-67
2.Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. -Budapest,
2006. -P.17, 89
3.Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013.-Б.205-210.
4.Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ.Дадабоев. –
Тошкент, 2004.-Б.5-7.
5.Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.5-14
Do'stlaringiz bilan baham: |