Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.4-9 2. Vrabel T.T. Lectures in theoretical phonetics of the english language and method-guides for seminars, poliprint ungvár, 2009.-P.12 3. 3.Linguistics: The Scientific Study of Human Language. 2006. P.7 4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.241-246 5. Рaҳмaтуллaeв Ш.Систем тилшунослик асослари. -Тошкент, 2007.-Б.37 6. Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-Б.9- 12. 7.Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002.- Б.14-32. 8. www. literature.uz 9. www. genhis philol.ru. 58 4-§. TIL TARAQQIYOTINING JAMIYAT TARAQQIYOTI BILAN MUNOSABATI Reja: 1. Sotsiolingvistika -til va jamiyat munosabatlari haqidagi fan. 2. Tilning jamiyatdagi ko`rinishlari. 3. Tilning ijtimoiy vazifalari. Asosiy tushunchalar: integratsiya, differensiatsiya, tarixiylik, hayotiylik, me'yoriylik, hududiylik, qadimiy tillar, me'yorlashtirilgan tillar, kreol tillari, pijn tillari, tilning ijtimoiy vazifalari, kommunikativ funksiya, emotsional-ekspressiv funksiya. Til va jamiyatning o`zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani o`rganadi. Tilning paydo bo`lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog`liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko`p vazifali, hamma uchun umumiy bo`lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan chegaralangan bo`lib, tilning nutqiy ko`rinishini tashkil etadi. Masalan, o`zbek tiliga qarluq-chigil-uyg`ur dialekti asos bo`lgan. Bu sheva Farg`ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o`z ichiga oladi. O`zbek tili—ko`p dialektli til. Bu hol o`zbek tilining o`ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o`zbek millatining o`tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi. Ta`kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog`langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma`lumki, avval urug`dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan. Dialektlar urug`chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichiga qadar son jihatdan ko`payib boradi. Bu qabilalarning yashash tarzi bilan bog`liq. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til paydo bo`lishi uchun asos bo`ladi. Dialektlar sonining ko`payishi va ular asosida yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining differensiatsiya jarayonini tashkil qiladi. Differensiatsiya tillarning dialektlarga parchalanishidir. Har bir millat o`z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga yaqinlasha borishi kuzatiladi. Buni adabiy til ta`sirining kengayishi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu jarayon integratsiya deb yuritiladi. Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til me`yorlariga yaqinlashuvidir. Bunday jarayonlar tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog`liq tarzda sodir bo`ladi. Til va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bog`liq jihatlarini o`rganuvchi soha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling