Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
Spare time kechqurun ishdan keyin yoki haftaning dam olish kunlaridagi
bo‘sh vaqtni ifodalaydi. Free time kun davomida ish yoki o‘qishdan xolis bo‘lgan bo‘sh vaqtni bildiradi. Leisure so‘zi dam olish vaqtini ko‘rsatadi. Ingliz tilida dam olish, tanaffus qilish, madaniy hordiq chiqarish ma’nolarini ifodalagan yana bir qancha so‘zlar, jumladan, recreation, rest, relaxation, amusement, entertainment kabilar mavjud. Bu so‘zlar ham qo‘llanishiga ko‘ra farq qiladi. So‘zlarning nutq jarayonida yoki matnda ishlatilish o‘rni kontekst deb ataladi. So‘zlarning ma’nosi kontekst yordamida oydinlashadi. Tildagi barcha birliklar (fonema, morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap) umumlashtiruvchilik xarakteriga ega. So‘zning mavhum tabiati uning bir qancha narsa, hodisa va belgilarga tegishli ekanligi bilan izohlanadi. Biroq so‘z ma’lum nutq situatsiyasida yoki kontekstda o‘zining aniq shaklida namoyon bo‘ladi. Har bir so‘zning ma’nosi uning material – tovush jihatdan shakllanib, ma'lum ma'noni ifodalashga qaratilgan odam ongidagi harakat rivojlanishining natijasidir. So‘z ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lib, uning alohida ma'nolari nutq situatsiyasida yoki kontekstda aniqroq ochiladi. Bu munosabatni quyidagi uchburchak shaklida ko‘rsatish mumkin: Ifoda jihati so‘z Nutq situatsiyasi Mazmun jihati (tushuncha, (kontekst) narsa va ma'no aloqalari). Tilshunoslik nuqtayi nazaridan so‘z aytilish va ma'noning birligidan iborat. Biroq so‘zning narsa va tushunchalar bilan bog‘lanishi hisobga olinsa, u borliqdagi biror narsaning odam ongidagi in'ikosi bo‘lib, bu in'ikos tafakkur yordamida til orqali amalga oshiriladi. Shu sababli so‘z biror tushuncha, narsa, hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so‘z tushuncha va narsaning aynan o‘ziga hech vaqt to‘g‘ri kelmaydi. So‘z biror narsaning nomini atash orqali shu tildagi barcha narsalarga tegishlidir. Masalan, paxta so‘zi uning barcha tur va navlariga tegishlidir, ya'ni umumlashtirish xarakteriga ega. Biroq bu so‘z boshqa so‘zlar bilan birikib yoki ma'lum affiks qo‘shilishi bilan aniq ma'noni ifodalay oladi. Bu o‘rinda so‘zlarning aniq ma'noga ega bo‘lishida grammatika katta ahamiyatga ega. 53 Demak, so‘zning leksik ma'nosi bilan grammatik ma'nosini farqlamoq zarur. Ayrim olingan so‘zga tegishli bo‘lib, boshqa so‘zlardan farqlay oluvchi ma'no shu so‘zning leksik ma'nosi deb yuritiladi. So‘zning leksik ma'nosi birinchi navbatda o‘sha so‘z o‘zagining ma'nosi bilan bog‘liq bo‘ladi va har qanday affiks qo‘shilganda ham saqlanib qoladi. Masalan, yaxshi, yaxshilik, yaxshilikcha kabi so‘z formalarining barchasi "yaxshi" ma'nosini ifoda etgan. Bu o‘rinda yaxshi so‘zining leksik ma'nosi uni boshqa so‘zlardan (masalan, yomon so‘zidan) farqlashga xizmat qiladi. Nutqda har qanday mustaqil so‘z shakli leksik ma'nodan tashqari, grammatik ma'noga ega bo‘ladi. Masalan, ishimizdan, keltirdi so‘zlaridagi ish va kel so‘zlari o‘z leksik ma'nosidan tashqari narsa va harakat ma'nolarini ifoda qiladi. Bu ularning grammatik ma'nosidir. Bu so‘zlardagi -imiz, -dan, -tir, -di affikslari turli grammatik ma'nolarni ifodalaydi. Grammatik ma'no so‘zning leksik ma'nosiga orttirilgan qo‘shimcha ma'nodir. So‘zning grammatik ma'nolari grammatikada o‘rganiladi. So‘zlar o‘zlarining leksik va grammatik ma'nolari bilan farq qiladi. Atoqli va turdosh otlar nutqda qo‘llanishiga ko‘ra farqlanadi. Turdosh otlar narsa va hodisani atashdan tashqari, ularni biror guruh yoki turga kirishini ham ifodalaydi. Atoqli otlar esa ma'lum shaxs, shahar, qishloq va boshqa narsalarni shu turdagilari ichidan ajratib ko‘rsatish, ularni alohida o‘ziga xos xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu sababli, odatda, ikki bir xil ismli shaxsni aralashtirib yubormaslik uchun katta Mahmud va kichik Mahmud iboralari ham qo‘llaniladi. Bu jihatdan til faqatgina tushunchalarni umumlashtiruvchi vosita bo‘lmay, ularni farqlash vositasi sifatida insonning amaliy faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Barcha so‘zlar o‘z aytilishi, ya'ni tovushlar birikmasi yoki bir tovushdan iborat bo‘lgan material tomoniga ega. So‘zning material tomoni u ifoda etgan narsaning belgisi deb ataladi. Til esa shunday belgilarning alohida sistemasi deb qaraladi. Tildagi belgilar hayotdagi boshqa belgilardan, jumladan, ko‘cha qatnoviga oid belgilar va signallardan tubdan farq qiladi. Chunki bu belgilar shartli qabul qilingan bo‘lib, tez o‘zgarishi mumkin. So‘zning aytilishi esa shartli emas, u odamlarning xohishi bilan paydo bo‘lmagan. So‘zning talaffuzidagi o‘zgarishlar tilning tarixiy rivojlanish qonuniyatlari va odamlar nutqida ishlatilish xususiyatlari asosida ro‘y beradi. So‘z ma'nosining narsaga aloqasi denotativ aloqa, so‘z atayotgan narsa denotat yoki referent deb ataladi (lotincha denotatum – ko‘rsatuvchi, inglizcha refer –aloqador). So‘z ma'nosining tushunchaga munosabati signifikativ aloqa (lotincha significatum – "belgi"), tushunchaning o‘zi signifikat deb yuritiladi. Bir so‘z ma'nosining boshqa so‘zning ma'nosiga munosabati struktural aloqa deyiladi. Bunday aloqa natijasida turli so‘zlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘xshash va farqli tomonlari aniqlanadi va so‘zlar har xil guruh va tiplarga ajratiladi. So‘z ma'nosiga doir yuqoridagi ma'lumotlarni sxemalar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin. 54 So‘z ma'nosining asosiy funksiyalari. Ma'noi – narsai (yoki ma'no – narsa) – denotativ funksiya; ma'noi –tushunchai (yoki ma'no – tushuncha:) – signifikativ funksiya; ma'noi – ma'no (yoki ma'no–ma'noi) – struktural funksiya. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling