Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Fonetik yozuv. Yozuvning bu turi bir necha ko‘rinishlarga ega. 
Shulardan biri bo‘g‘in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo‘g‘inlarni ifodalaydi. 
Yozuv tarixida bo‘g‘inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘g‘inli yozuvda bir 
bo‘g‘inni, bir so‘zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar qo‘llangan. Ossuriya va 
Vavilon mix (qoziq) yozuvi ana shunday yozuvlardan hisoblangan. Bu yozuvda 
ayrim belgilar bir tovushni,butun bir bo‘g‘inni, ba’zi belgilar esa butun bir so‘zni 


69 
ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya va Vavilon 
mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni, ya’ni har qaysi belgi bir 
tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro etganlar.
Dunyodagi 
aksar 
tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe, ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar 
yozuvi asosida shakllangan. 
Inson tili juda ko‘p avlodlarni qamrab olgani uchun biror inson bolasi 
o‘zi yashab o‘sayotgan muhitning tilini o‘rganmasdan ulg‘aya olmaydi. Ammo 
birorta bola ham o‘qish yoki yozishni shunchaki kuzatish orqali o‘rgana 
olmaydi: buning uchun batafsil ta’lim zarur bo‘ladi.
Ingliz tilidagi o‘tgan zamon morfemasi shartli “t” va “d” allomorflariga 
ega. Har bir tilda ma’lum fonemalar borki, ular boshqa tillardan o‘zlashgan 
bo‘ladi. Har bir morfema fonemalar bilan ifodalanadi; nutqning har bir birligi 
morfemalardan, morfemalar esa fonemalardan tashkil topadi.
Yozuv og‘zaki tildan bir qancha belgilarga ko‘ra farq qiladi. 
Birinchidan, yozuv tizimlari tillardan farqli o‘laroq, turlicha qo‘llanadi. Turli 
yozuv tizimlari tovush tizimlariga turlicha bog‘langan.
Ikkinchidan, Amerika strukturalistlari yozuvni tilning subtuzimi 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling