Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Bo‘g‘inlarni ifodalovchi Hindu va Efiopik yozuvlari esa aslida alfavit yozuvidan
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
Bo‘g‘inlarni ifodalovchi Hindu va Efiopik yozuvlari esa aslida alfavit yozuvidan
“o‘sib chiqqan”.Shimoliy-G‘arbiy Semit yozuvlarini bo‘g‘inli yozuvlar 70 deyishning o‘zi noto‘g‘ri va bitta yozuvning rivojlanishiga qarab tarixiy prinsip haqida gapirish o‘rinsizdir. Buning yechimi shundaki, uch tarkibli tipologiyani olti tarkibli tipologiya bilan almashitirish kerak. Abigudani (abiguda undosh va unli ketma-ketligi bitta birlik sifatida ifodalanadigan yozuv) sillabarilardan (bo‘g‘inli yozuvdan) alohida tip sifatida tan olinsa, 6 ta bosqichni ajratish mumkin bo‘ladi va alfabitli yozuvni boshqalaridan afzal deb qarashga barham berish kerak. 10 Yozuv nutqni ma’lum shakllar orqali ifodalash vositasidir. Yozuv ijtimoiy ehtiyoj asosida kishilik tarixining muayyan davrida paydo bo‘lgan va jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda mukammallasha borgan. Yozuv tildan keyin jamiyat tomonidan qo‘lga kiritilgan eng katta madaniy yutuqlardan biri hmsoblanadi. Yozuvning kelib chiqishi va taraqqityoi jamiyat taraqqiyoti bilan, madaniyat darajasi, siyosiy-huquqiy, estetik tuyg‘ularni qayd qilish hamda keyingi davrga qoldirish ehtiyoji bilan belgilanadi. Yozuvning asosiy vazifasi nutqni uzoq masofaga yetkazish, keyingi avlodlarga qoldirishga xizmat qilishdan iborat. Yozma nutq kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiya bajaradi. Yozuv orqali kishilar o‘z fikrlarini bir-birlariga bildiradilar, avlodlarga qoldiradilar, minglab yillar oldin o‘tgan voqea-hodisalar, shaxslar, urf-odat va dunyoqarash to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Yozuv orqali tarixiy ma’lumotlarni, ijtimoiy voqelik tasvirini, madaniy yodgorliklar hamda ma’naviy merosni keyingi avlodga yetkazish imkoniyati kengaydi. Grafik belgilar yozuvning asosiy ifoda shaklidir. Ana shunday qiymatga ega bo‘lgan yozuv o‘z rivojlanish tarixiga ega. Xalqlar fonetik yozuvning turli – lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvlarini yaratganlar. Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismlarga, keyinchalik pergament va qog‘ozga yozilgan. Yozuvlar o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga qarab o‘qilishi mumkin bo‘lgan. Til va yozuvning o‘zaro aloqadorligini tadqiq qilish tilshunoslik fanining muhim nazariy muammosi hisoblanib, hozirgi tilshunoslikda tovushlarni, tilning fonologik sistemasini o‘rganuvchi “Fonetika va fonologiya” hamda yozuv, alfavitlarning turli ko‘ rinishlari, yozuv tarixi masalalari bilan shug‘ullanuvchi “Grammotologiya” yoki “Grafik lingvistika” deb nomlanadigan ikki lingvistik yo‘nalish ajralib chiqdi. Dunyoda 5000dan ortiq til mavjud bo‘lib, bu tillarning barchasi ham o‘z yozuviga ega emas. Ko‘pgina tillar ifodasi sifatida bir necha yozuv ko‘rinishlaridan foydalanilgan. Yozuvning o‘zgarishi jamiyat taraqqiyotiga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Yozuvning o‘zgarishi obyektiv va subyektiv omillar bilan belgilanadi. 10 Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees- Miller, J. P.65-68. 71 O‘rta Osiyoda eng qadimgi davrlarda yashagan qabilalar, ularning madaniy hayoti, tili, yozuvi haqidagi ma’lumotlar grek, eron, xitoy tarixchilari asarlari, toshlarda bitilgan matnlar orqali yetib kelgan. Turk xoqonligining Buyuk ipak yo‘li ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari markazida joylashgani bir tomondan, turkiy xalqlarni ilg‘or madaniy an’analar bilan tanishtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, turli xalqlarning madaniy jihatdan yaqinlashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qildi. Ana shu madaniyat an’analarining muhim qirrasi Markaziy Osiyo xalqlarining yozuv madaniyatidir. Markaziy Osiyo hududlari qadimdan jahon yozuv madaniyati tarixida o‘ziga xos ma’rifiy markaz sifatida qarab kelingan. Markaziy Osiyo xalqlari Uzoq Sharqning ieroglif yozuvlari izidan bormay, yozuvning yuksak bosqichiga xos alifboli, ya’ni har bir shartli harf belgisi inson nutqining ayrim olingan tovush birligini ifoda etadigan fonetik yozuv usulini tanladilar. Fonetik yozuv har qanday yozuvning ibtidoiy turlaridan taraqqiyot mahsuli sifatida ajralib turadi. Fonetik yozuv yo‘lini tanlash ajdodlarimizning inson nutqini ilmiy va amaliy jihatdan chuqur tushunganliklaridan, yuksak darajadagi filologik bilimlaridan dalolat beradi. Klinopis, misr va semmit yozuvlari qadimgi Yaqin Sharqning dastlabki, asosiy yozuvlari sifatida qaralgan. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida klinopis, ya’ni mix yozuvi ishlatilgan. Semmit yozuvi nafaqat hind yozuviga, Markaziy Osiyoda keng yoyilgan oromiy yozuviga ham asos bo‘ldi. Oromiy yozuvidan, asosan, forslarning idora hujjatlarini yozishda foydalanilgan.Ayrim joylarda xalqaro diplomatik munosabatdlarda oromiy yozuvi qo‘llangan. Oromiy yozuvi klinopisdan sodda va qulayroq edi. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha, eramizdan oldingi III-I asrlarda oromiy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan. XVII asr oxirlari va XVIII asr boshlarida Sharqiy Turkiston qazilmalari orqali bir qator turli (diniy-mistik) yo‘nalishdagi yozuv namunalari topilgan. Ayrim ro‘zg‘or buyumlarida toxar yozuvi, bu yozuv asosida shakllangan pahlaviy yozuviga oid namunalar ma’lum bo‘ldi. 1956 yilda mo‘g‘ul arxeologi Dorj Suren Mo‘g‘ulistondagi Arxangay aymog‘iga qarashli Bug‘ut qishlog‘i yaqinida katta toshlavhaga bitilgan qabr bitigini topdi. Mo‘g‘ul olimi B.Rinchen bu lavhadagi yozuvni uyg‘urcha, deb taxmin qildi. Lekin Dorj Suren yuborgan fotonusxalar, keyinchalik S.Klyashtorniy tomonidan ko‘chirilgan nusxalar asosida V.A.Livshis bug‘ut yozuvining sug‘dcha ekanligini asosladi. Sug‘dlar va turklar o‘rtasidagi aloqalar VI asrdan boshlangan, deyiladi. Lekin Bug‘ut bitigtoshi turk-sug‘d munosabatlari yanada qadimdan boshlanganidan dalolatdir. Sug‘d yozuvi namunalari, asosan, hujjatlar matnida saqlanib qolgan. Eramizning II asridan boshlab sug‘d yozuvi qo‘llangan. Bu yozuv taxminan VI asrgacha davom etdi. 72 II asr oxiri III asr boshlarida Xorazm shohi xorazm yozuvida pullar chiqargan. Xorazm shohi tamg‘asida xorazm yozuvidagi bitiglar aks etgan. Xorazm yozuvi O‘rta Osiyoda ancha keng tarqalgan bo‘lib, oromiy yozuviga yaqin edi. Turkiy tillarga mansub o‘zbek tili yozuv tarixi ham ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan belgilanadi. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling