88
boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan til birligidir. Masalan,
tup-tub; quy-qo‘y; sut-
sud so‘zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq
qiluvchi so‘zlar
kvaziomonimlar deb yuritiladi. Tildagi barcha fonemalar bir-biriga
nisbatan ma`lum ko‘lamda bo‘ladi. Fonemalarning bog‘lanishi, o‘zaro munosabati
fonologik tizimni tashkil etadi.
Fonologiya tovushlar bilan bog‘langan, biroq u ma`noga ta`sir
etmaydigan kichik farqlanishlarni kuzatmaydi. Quyida ikki so‘zlovchi nutqini
kuzatamiz: bir so‘zlovchining “Ssh!”(Jim bo‘ling ma`nosida) va boshqa
so‘zlovchining ayni “Ssh!”ni boshqacha talaffuz qilishi fonolog olimni
qiziqtirmaydi.
Barcha tovushlar farqlanadi, xuddi odamlarning qo‘l yozuvlaridek.
Fonologiya bunday farqlanishlarni kuzatmaydi. Fonologiya “sh” (shoe
so‘zidagidek) va “s” (Sue so‘zidagidek) tovushlari orasidagi farqlanishlarga
e`tibor qaratadi. Fonologiyaning birligi – fonema.
17
Vengr tilida talaffuz qilish juda oson, chunki bir harf bitta tovushga
Do'stlaringiz bilan baham: