Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va


Abu Nasr Farobiyning hayot yo’li


Download 41.2 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi41.2 Kb.
#1560146
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bozorov Farrux kurs ishi

Abu Nasr Farobiyning hayot yo’li

Abu Nasr Farobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Farobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yaxshi bilardi. O'zi turkiy xalqlarga mansub bo'lib ona tilini yaxshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puxta egallagan edi. O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri va qomusiy olimi Farobiy yunon falsafasini chuqur bilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o'zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo'shgani uchun "al-Muallim as-soniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo'ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (O'tror) degan shaharda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Bo'lajak faylasuf boshlang'ich bilimini O'trorda olgandan so'ng, o'qishini Binkat, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag'dodga yo'l oldi. Olim yo'1-yo'lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo'ldi. Bag'dodda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to'plangan edi. Bu yerda ko'zga ko'ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o'rgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunus (870—940)dan yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylon (860—920)dan esa tibbiyot va mantiq ilmini o'rgandi. Ba'zi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.U ko'proq Bag'dodda yashagan. Arab tilini mukammal bilgan. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi. Farobiy turli ilmlarni yaxshi o'zlashtirgan olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, axloq, siyosat, falakiyot, kimyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab kitoblarni yozgan. Farobiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib kelmoqda. U «Qonun» nomli musiqa asbobini ham ixtiro qilgan.
Abu Nasr Forobiy 336-hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etadi.
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
1. «Risola fi A'za il Inson».
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».
5. «Risola fil Millatil-fazila».
6. «Ta'liqot».
7. «Risola fi Tahsil is Saodat».
8. «Risola uyun ul-Masoil».
9. «Risola al-Mufarraqot».
10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Farobiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim-tarbiya, falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar. Farobiy o'zining ta’lim-tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o'xshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir. O'sha paytda Aflotunning «At-tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib xato tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo'lgan bu kitobni o'qigan Farobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o'xshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini ham muvofiqlashtish uchun harakat qilgan. Farobiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir xilda yaxshi ko'rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur qila olmas edi. Uning «al-jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis» - Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb atalgan kitob Farobiyning bu borada olib borgan harakatining gultoji hisoblanadi. Farobiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun ta’lim-tarbiya va axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o'zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo'l ochib berdi.

Download 41.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling