Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

8. Ko‘rgazma darsi. Bunday darslarda o‘quvchilar ilgaridan 
berilgan vazifalar bo‘yicha albom, referat yoki o‘zlari tayyorlagan 
mahsulot, materiallardan ko‘rgazmalar tayyorlaydilar. Ko‘rgazma 
materiallaridan foydalangan holda o‘tilgan mavzu mazmuni yoritila-
di. Ko‘rgazma darsi o‘quvchilarda o‘z mehnatini namoyish qilish, 
hikoya qila bilish va emotsional holatlarini boshqarish ko‘nikmasini 
shakllantiradi.
9. Ma’ruza darsi. O‘qituvchi ma’ruza tayyorlash uchun bir 
necha mavzuni o‘quvchilarga taqsimlab beradi. Muhim o‘rinlarni 
ko‘chirma qilish, kerak joylarga ko‘rgazmalar, kartochkalar tay-
yorlashni topshiradi. Tayyor bo‘lgan o‘quvchi o‘z mavzusi yuza-
sidan ma’ruza qiladi. Qolgan o‘quvchilar ma’ruzachiga savollar 
berishadi. Ma’ruza darslarida o‘quvchi hajmi katta materialni qisqa 
muddatda o‘rganish, o‘zlashtirish, bayon qilish va uni mustahkam-
lash ko‘nikmasini egallab boradi.
10. Muxbirlar darsi. Bunday darslarda mavzuni o‘lkashunoslik 
materiallari bilan bog‘lab o‘tish yaxshi samara beradi. O‘quvchi-
muxbir uy vazifalarini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarga o‘zining 
mavzusiga mos savollar berib, javob oladi hamda muxbir sifatida 
javoblarni sinfdoshlari bilan birgalikda tahlil qilib, yutuq-kam-
chiliklarini ko‘rsatadi. Bunday vazifalar jurnalist bo‘lishni orzu 
qilgan o‘quvchilarga topshirilsa, u bor mahoratini ishga soladi. 
Bu kabi darslarda o‘quvchida ijodkorlik, tashabbuskorlik xislatlari 
uyg‘onadi. Matbuot konferensiyasi darslari uchun bir hafta-o‘n kun 
avval o‘quvchilar ikki guruhga taqsimlanadi. Ularning taxminan 30 
foyizi adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, ya’ni so‘z bilan ish-
laydigan mutaxassislar, qolganlari esa respublika miqyosida chop 
etiladigan gazeta va jurnallarning muxbirlari etib tayinlanishi mum-
kin. Albatta, bu jarayonda barcha soha «mutaxassis»lari o‘z kasb-
larini o‘zlari tanlaydilar. Muxbirlar o‘z nashrlarining yo‘nalishini 
ham yaxshi o‘zlashtirib olishlari taqozo etiladi. Har qaysi gazeta 
yoki jurnal muxbirining matbuot konferensiyasida beradigan 
savollari o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan tuziladi. Tayyorlana-
digan savollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama 
qamrab olishi lozimligi nazarda tutiladi. Barcha sohalarning mu-
taxassislari o‘zi tanlagan sohaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib 
chiqishi lozim ekanligi tayinlanadi. Ya’ni adabiyotshunoslar o‘z 


316
317
sohasidagi muammolarni, yozuvchi, shoirlar ijod jarayoni va
uning o‘ziga xos tomonlarini, har bir gazeta yoki jurnalning muxbi-
ri o‘z nashri talablarini o‘zlashtirib olishi ta’kidlanadi. Bu jarayon 
o‘qituvchi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 
Adabiyotshunoslar ham, yozuvchi, shoirlar ham, muxbirlar 
ham o‘z rollari, savollari va javoblarini bir-birlariga bildirmagan 
holda o‘qituvchi bilan muhokama qiladilar. Har ikkala taraf ham 
mutaxassislar bilan muloqotga kirishish uchun yetarli darajaga
erishganlaridan so‘ng matbuot darsi amalga oshiriladi. Qatnashchi-
larning savollari va javoblarning mantig‘iga, pishiqligi va asoslan-
ganligiga qarab bilimlar baholanadi.
11. Ssenariyli dars. Ta’lim amaliyotiga kirib kelgan bu dars 
turi ham o‘quvchilarni bevosita ijodga undashi bilan ahamiyatli-
dir. O‘rganilgan asarlar matni yuzasidan ssenariy tuzish − o‘ziga 
xos ijod jarayoni. O‘qituvchi avval o‘quvchilarga asar mazmuni 
yuzasidan ssenariy tuzish yo‘llarini o‘rgatadi. Keyingi darsda 
o‘quvchilar tomonidan tuzilgan ssenariylarning xususiyatlari tahlil 
qilinadi. Bu jarayonda o‘quvchilar mustaqil fikrlash va ijod qilish-
ga yo‘naltiriladilar. 
12. Multimediya darslari. Bunday saboqlar asosan kompyuter-
lar yordamida amalga oshiriladi. O‘quvchilar o‘tilgan mavzuga doir 
materiallarni internet orqali topishlari ham mumkin. Yoki ma’lum 
mavzu, timsollarning xarakteristikasi, asar qahramonlarining umu-
miy va farqli jihatlari bo‘yicha jadvallar, sayohatnomalarning xari-
talarini tuzishlari, ruknlarning modullarini yaratishlari mumkin va 
hk. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qiziqishlariga hamo-
hang bo‘lganidan ular topshiriqlarni sidqidildan bajaradilar.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling