Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

13. Sayohat darslari. O‘lkashunoslik maqsadida tashkil eti-
ladigan darslar sayohat darslari sanaladi. Bunday darslar mahalliy 
shoir yoki yozuvchilarning uy muzeylariga, adabiyot va tarix bilan 
bog‘liq tarixiy joylarga sayohat asosida tashkil etiladi. Sayohatdan 
so‘ng taassurotlar asosida yozma ishlar yoziladi. Sayohat darslari 
tabiatni kuzatish asnosida ham tashkil etiladi. Sayohatdan so‘ng 
o‘quvchilar peyzaj tasvirining yozma ifodasi bilan shug‘ullanadilar. 
14. Musobaqa darslar. Musobaqa darslari adabiyot 
o‘qitishdning samarali darslardan biri hisoblanadi. Bunday 
darslarda har bir alohida shaxslar yoki o‘quvchilar guruhlari bir-


317
biri bilan musobaqalashadilar. «Bahru bayt» musobaqalarida ham 
o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib ish yuritadilar. Ma’lumki, har qan-
day bola bella shishni, bellashuvda g‘olib bo‘lib g‘alaba nashidasini 
tuyishni istaydi. Mazkur musobaqa darslari o‘quvchilarni topqir-
likka, tez fikrlashga, yo‘naltiradi, musobaqa jarayonida o‘zlarini 
ixtiyoriy ravishda ham aqlan, ham ruhan zo‘riqtiradilar. Bu ularn-
ing ma’naviy kamolotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. 
15. Konferensiya darslari. Darslarning mazkur shakli 
ta’limning yuqori bosqichida xronologik tartibda tashkil etiladi. 
Unda o‘quvchilar o‘rganilgan rukn mazmuniga doir materiallarni 
o‘zlari tanlaydilar va shu asosda ma’ruza matnlari tayyorlaydi-
lar. Buning uchun qo‘shimcha adabiyotlarga murojaat qilinadi
ma’ruzalar ilmiylik kasb etishi taqozo qilinadi. Konferensiya 
darslarini dars turlariga ham, didaktik o‘yinli darslar sirasiga ham 
kiritish mumkin. Konfe rensiya darslari o‘quvchilarning bilimlarni 
o‘zlashtirishini faollashtirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni 
qo‘shimcha materiallar bilan tanishtirish, ilmiy va ilmiy-ommabop 
adabiyotlar, lug‘atlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivo-
jlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchi konferensiya darslarini tashkil etishdan avval 
dars mavzusi, maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishi, mav-
zuga oid adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlashi talab etiladi. Mazkur 
darsni o‘tkazishdan o‘n-o‘n ikki kun oldin o‘quvchilarga dars 
yo‘nalishi, mavzusi e’lon qilinadi, unga tayyorgarlik ko‘rish uc-
hun zaruriy adabiyotlar tavsiya etiladi. Didaktik o‘yinlar asosiga 
quriladigan darslarda har soha bo‘yicha belgilangan «mutaxassis-
lar» o‘z «rol»larini o‘z imkoniyatlari va bilimlariga tayangan holda 
o‘zlari tanlaydilar. Bu har bir o‘quvchini o‘z qiziqishi, qobiliyati, 
iqtidori va imkoniyatini chamalashga o‘rgatadi. Darsga tayor-
garlik davrida ham, bevosita dars jarayonida ham o‘qituvchining 
rag‘batlari o‘quvchilarni muvaffaqiyatga yo‘llovchi omil ekanligi 
unutilmagani ma’qul. Bu jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilarga 
ko‘rsatadigan yordami juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘zining yordamlari faqat 
va faqat yo‘naltirish asosiga qurilishi lozimligini unutmasligi ker-
ak. 
Ilmiy konferensiya darslarini tashkil etishda quyidagilarga 
amal qilinadi:


318
319
– o‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, 
maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «mutaxassislar» 
bilan tanishtiradi;
– ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Mutaxassislar»ning mazkur 
mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko‘rgazmali qurollar 
asosida bayon etadilar;
– ma’ruzalar muhokamasi. «Mutaxassislar» bilan «oppo-
nentlar» (sinfdagi boshqa o‘quvchilar) o‘rtasida mavzu yuzasidan 
bahs-munozara, savol-javoblar o‘tkaziladi;
– ilmiy konferensiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan 
eng muhim tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlaydi, konferensiyani 
yakunlaydi;
– o‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan «muta-
xassis» va «opponent»lar rag‘batlantiriladi, yutuq va kamchiliklar 
tahlilga tortiladi, qatnashchilar baholanadi.
Konferensiya darslari sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim-
larni o‘zlashtirishidagi faolligini ta’minlaydi. 
16. Nazm darslari. Bunday darslar o‘quvchilarda she’riy asar-
larni tushunish, ularni ifodali o‘qiy bilish ko‘nikmalarini shakllan-
tirish, badiiy so‘zga, she’riyatga muhabbat uyg‘otish maqsadida 
tashkil etiladi. Nazm darslarida ham o‘quvchilar she’riy asarlar 
tahlili ustida u yoki bu darajada ish olib boradilar. She’riyatning 
sir-sinoatlari bilan tanishadilar. Badiiy so‘zga moyilligi bor 
o‘quvchilar o‘zlarining ish namunalaridan o‘qib berishadi.
Muhimi shundaki, ushbu dars shakllarining barchasi zamirida 
asarlarning didaktik tahlili yotadi. O‘quvchiga o‘rganish uchun taq-
dim etilgan badiiy asarlar tahlilga tortilmas ekan, ular hech qanday 
samara bermaydi. Shu ma’noda badiiy asarlarga yondashishning 
o‘ziga xos xususiyatlari, ulardagi muhimni nomuhimdan farq-
lash, matn mohiyatidagi o‘quvchining e’tibori qaratilsa uning 
ma’naviyatida albatta ijobiy iz qoldirishi mumkin bo‘lgan jihatlar 
ajratib tavsiya etilsa, o‘qituvchilar adabiy ta’lim amaliyotini tashkil 
etishda ularga tayansalar, maktab adabiy ta’limi oldiga qo‘yilgan 
vazifalarning bajarilishida muayyan samaraga erishadilar.


319

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling