Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqil ishlarning kundalik yuritish, maktublar bitish sin-
gari turlarining o‘ziga xos jihatlarini internet yoki qo‘shimcha ada-
biyotlardan toping. Topgan ma’lumotingizni kursdoshlaringiz bi-
lan o‘rtoqlashing.
2. Mustaqil ishlarning har biriga munosib ta’rif toping. 
Ta’rifning manbasini kshrsatishni unutmang.
3. 
Taniqli metodist S. Matjonovning mustaqil ishlarga 
bag‘ishlangan qarashlarini alohida o‘rganib chiqing. Tahlilga tor-
ting. Qarashlaringizni asoslang.
4. Mustaqil o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish singari mustaqil 
ish turlarini farqlang. Xulosalaringizni asoslang.
5. O‘z ijodingiz namunalari bilan (ijod bilan shug‘ullanadiganlar, 
albatta) o‘rtoqlashing. Ijod namunalarini tahlilga torting. 
6. «Derazamdagi manzara» mavzusida esse yozing. Har birin-
giz o‘z ishingizni o‘rtoqlaringiz muhokamasiga qo‘ying. 


333
ADABIYOT O‘QITISHIDA INSHONING O‘RNI VA UNI 
TASHKIL ETISH YO‘LLARI
Reja:
1. Insho o‘quvchilarda yozma nutqini takomillashtirish omili.
2. Insho va uning turlari.
3. Inshoga tayyorgarlik jarayonini tashkil etish yo‘llari.
4. Inshoni baholash me’yorlari va tahlil qilish.
Ma’lumki, odam hamisha o‘zining og‘zaki va yozma nutqini 
takomillashtirish bilan qiziqib kelgan. Aynan nutqiy imkoniyatlari 
orqali inson o‘z ichki olamini namoyon etadi. Adabiyot esa inson 
nutqining takomilini ta’minlaydi. Insonning nutqi uning fikrlash ja-
rayoni va o‘ziga xos jihatlari tizimini namoyish etadi. 
O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘quvchilarning ijodiy nutqiy 
faoliyatini tizimga solish uchun har xil metod va usullardan foyda-
lanishi mumkin. Adabiyot darslarida nutq o‘stirishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri matnning o‘quv tahlili bo‘lib, u har xil nutqiy 
vaziyatlarni hosil qilish, dialogik muloqot uchun vaziyat yaratish, ada-
biy mavzularda monologik nutq turlaridan foydalanishga o‘rgatish 
orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar nutqining rivojlanganligini 
tekshirish mezonlari aktiv leksikaga, terminologiyaga, tasviriy 
ifodalarga egalik, nutqni mazmunli, ma’lumotlarga boy qilish, 
chiqishlarni mantiqiy aniqlik va xulosalarning mustaqilligi bilan 
boyitish va hk.lar bilan belgilanadi. O‘quvchilarning yozma va 
og‘zaki nutqi darajasi bugungi kunda nafaqat metodik, balki 
jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib turibdi.
Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining ko‘pchiligi o‘z fik-
rini aniq va ravon ifodalashga, fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon 
etish qobiliyatiga, ifoda izchilligiga ega emaslar. Buni nafaqat ada-
biyot darslarida, balki ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, bar-
cha o‘quv fanlari tizimida kuzatish mumkin. Ta’lim amaliyotida, 
asosan adabiyot darslarida fikr ifodalashning nozik tomonlari,
uning rang-barangligi va emotsionalligiga erishishga e’tibor qara-
tiladi. Nutq ifodalashda bunday ko‘nikmalarni egallash va og‘zaki 
nutqni takomillashtirish suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dia-
loglar, ma’ruzalar asnosida amalga oshiriladi.


334
335
O‘quvchilarning og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda ularning 
yozma nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. U 
kommunikativ jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Agar og‘zaki 
nutqda jumla yoki so‘zlarning to‘liq ifodalanmasligi, ayrim 
qo‘shimchalarning tushirib qoldirilishi, almashinishi singari ho-
latlar yuz berishi mumkin bo‘lsa, yozma nutqda fikr ifodalashda 
mantiqiy izchillik, so‘z va iboralar ning tizimliligi taqozo etiladi. 
O‘quvchi yozma nutqini takomillishtirishning keng tarqalgan usu-
li turfa janrlardagi va har xil adabiy mav zularda insho va esselar 
yozdirishga undashdir. O‘quvchilarning boshqa turdagi mustaqil 
ishlari, yozma bajariladigan uy vazifalari ham o‘quvchilar yozma 
nutqining rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Milliy ta’lim tizimiga Botish (Evropa) usullari, rivojlangan 
mamlakatlar ta’limi yutuqlari kirib kelishining o‘ziga xos ijobiy 
tomonlari mavjuddir. Lekin ta’limni tashkil etishda bizning min-
glab yillik tarixga ega o‘zbeklar ekanligimiz hamisha ko‘zda tu-
tilishi kerak. Chiqish (Sharq)da azal-azaldan ko‘ngil tarbiyasi 
ustuvorlik qilib kelgan. Ma’naviy yetuklik baland martabada 
bo‘lgan. Bilimlarni o‘zlashtirishga, fanda kashfiyotlar qilishga ruhiy 
bezovtalik, ma’naviy kamolotga intilish orqali chiqilgan. Shuning 
uchun ham maktablarda, avval badiiy adabiyotni o‘qitish, so‘zdan 
ta’sirlanishga o‘rgatish amalga oshirilgan. Ruhiyatni uyg‘otishga 
harakat qilingan. Bezovta qalbgina izlanishga qodir ekanini bobo-
lar yaxshi tushunishgan.
Zamonaviy milliy ta’limda sog‘lom ma’naviyatni tarbiyalash 
bosh maqsad qilib belgilangani holda amalga oshirilayotgan ish-
lar hozircha yetarli bo‘lmayotir. Botish ta’lim tizimining xususi-
yatlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, ular erishgan yutuqlarning 
o‘quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligi, real jihatlariga 
mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirishgina samara berishi mum-
kin. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina 
o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. O‘quvchining 
erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan mustaqil yoz-
ma ishlarni o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz 
o‘rganilgandan keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bo-
lalarning mustaqil fikrlashini o‘stiradi. Shu bilan birga, ulardagi 
fikr mustaqiligining o‘sishini nazorat qi lishga imkon beradi. 


335
Sinfda asar mutolaasi davomida o‘quvchilarga insho yozishda 
qo‘l keladigan muhim so‘z va iboralarni belgilab borishni o‘rgatish 
ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu narsa o‘quvchilarni asarni 
o‘qish davomida insho yozishga ruhan tayyorlaydi. Asar matnidagi 
muhimni nomuhimdan farqlashga o‘rgatadi. Masalan, «Qodiriy-
ning ijodida men qadrlaydigan jihatlar» mavzusida insho yozdirish 
uchun, avvalo, Abdulla Qodiriyning asarini o‘quvchi sevib qola 
oladigan darajada tahlil qilish kerak. Asardagi o‘quvchi qalbini 
titratadigan o‘rinlarni kashf qildirish kerak. Mana shu kashfiyot, 
o‘quvchiga lazzat bag‘ishlagan topildiqlargina adibni kitobxon-
ga sevdiradi. U yozuvchini asarlarining go‘zal uslubi, ko‘ngilga 
borib o‘rnashadigan tuyg‘ular tasviri tufayli sevib qoladi. Bu sevgi 
o‘quvchining inshosida o‘z aksini topadi. 
Bunday mavzularda ko‘nglida o‘yi, aytar gapi bor 
o‘quvchilargina insho yozishlari mumkin. Bu insholar maktabda 
o‘rganiladigan shoir yoki yozuvchi ijodiga o‘quvchining chi-
nakam muhabbatini ko‘rsatadigan, muallifning aqliy va ruhiy ho-
latini kashf etishga bag‘ishlangan, chinakam mustaqil, o‘zgalardan 
ko‘chirilmagan ish bo‘ladi. Bunday insho yozishda o‘quvchiga 
berilgan erkinlik va imkoniyat uni mustaqil fikrlashga, kechinma-
larini so‘z bilan ifodalashga odatlantiradi. Bu xil yozma ishlarda 
kitobiy so‘z va iboralar ning bo‘lishi ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar 
uchun tabiiy hol, albatta. Asosiy e’tiborni o‘quvchining darslik 
muallifi yoki o‘qituvchi aytganlarni takrorlamayotganiga qaratish 
lozim. 
Shuni aytish mumkinki, bugun ham o‘quvchilarning ko‘pchiligi 
o‘z fikrini aytishga tortinadi yoki buni istamaydi. Achinarlisi, ular-
ning ko‘pchiligida aytishga arzigulik fikrning o‘zi yo‘q. Agar mak-
tab adabiy ta’limi yuqorida tavsiya etilgan yo‘sinda tashkil etilsa, 
fikr kishilari ko‘payishi muqarrar. Yuqorida aytilgan usullarda 
o‘quvchilar an’anaviy yo‘sindagidan ko‘ra yaxshiroq yozishadi. 
Shu tarzda o‘quvchilar matnni qayta hikoyalashdan qutula bora-
dilar, insholarida o‘z munosabati, tintilishlari, fikr, tuyg‘u va is-
taklarini ifodalay borishadi. Bevosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan 
insholar uni ijod qilishga, o‘ylashga o‘rgatadi. 
O‘qituvchining qarashlari, kitob va qo‘llanmalardagi fikrlar 
o‘quvchi ishida qo‘llanilishi, tabiiy. Faqat ularning o‘rinli bo‘lishi, 


336
337
bolaning qarashlarini asoslashga xizmat qilishi sezilib turishi zarur. 
O‘quvchiga bir emas bir nechta parchani taqdim etish kerak, toki 
unda o‘ziga yoqqanini, o‘zining darajasiga mos keladiganini tan-
lash imkoni bo‘lsin. Ana shunda har darsda chinakam ijod ruhi 
hukmron bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchini badiiy asarda nima aytilganiga 
emas, balki qanday aytilganiga ham diqqat qaratishga o‘rgatish 
lozim. U tabiat tasviri go‘zalligi, qahramonlar ichki kechinmalari 
ifo dasi nozikligi, muallif tilining injaligini ham kuzatsin, sezsin. 
Ada biyot darslarida, asar tahlili mobaynida shunday narsalarga 
e’tiborli bo‘lgan o‘quvchi ijod jarayoni bo‘lmish insho bitishda 
ham o‘ylanadi, izlanadi, bilganlaridan foydalanadi. Bola shularni 
tuysa, ma’naviyati to‘kisroq shakllanadi. Zero, o‘quvchilarda dun-
yoqarash shakllanishi ayni shu yoshga to‘g‘ri keladi. 
O‘quvchi yozgan ishlarning mazmunli bo‘lishida asarning 
qaysi o‘rinlari muvaffaqiyatli chiqqanini bilishi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Ularda bunday topqirlikni shakllantirish va rivojlantirish 
o‘qituvchining burchi hisoblanadi. Bunga «Asarni o‘qishdan tuy-
ganlarim», «Asardagi menga eng yoqqan jihatlar» singari mavzu-
larda insho yozdirishi bilan erishish mumkin. O‘quvchilar inshoda 
kitobdan, o‘qituvchi ma’ruzalaridan olgan bilimlarini mustaqil ra-
vishda amaliyotda qo‘llashi ham mumkin. Bu bilimlar o‘quvchiga 
yo‘nalish berib, fikrlarini tizimga solishga ko‘maklashadi. Aks 
holda, bunday insho to‘la mustaqil fikrlash mahsuli bo‘la olmay-
di. O‘zi kashf qilish boshqa, o‘zgalarning yo‘nalishi bilan fikr 
yuritish boshqa, albatta. Lekin o‘zgalar bergan yo‘nalish asosida 
bo‘lsa-da, fikrlay boshlagan o‘quvchi ma’lum vaqt o‘tgach, albatta, 
mustaqil fikrlashga o‘tadi. Mustaqil ish muallifi unda o‘z fikrini 
ifodalashi yoki o‘zgalarning aytganlariga qo‘shilish-qo‘shilmasligi 
sabablarini izohlashi kerak. Biror fikrni yoqlash yoki inkor etish 
ham mustaqil tafakkurni talab qiladi. O‘quvchi o‘z fikrlarini ifo-
dalashni, ularga ishlov berishni bilishi, o‘qituvchi esa darslik yoki 
qo‘llanmalardan olingan qolipdagi ishni emas, aynan inshoni, ijod 
mahsulini tekshirishi kerak. Yomon baho bilan yoniq ruhlarni 
so‘ndirish emas, balki o‘quvchilarni ijodga undash yo‘llarini topish 
lozim. O‘quvchilarning inshoda bildirgan fikrlarini hurmat qilish, 
yozma ishlardagi biror tasvirni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. 


337
Muvaffaqiyatli chiqqan fikr va xulosalarni ko‘rsatish, noto‘g‘ri 
ifodalar haqida jiddiy mulohazalar aytish, ular ning o‘rinsizligiga 
o‘quvchilarni ishontirish zarur. 
Asar ustida ishlayotgan o‘quvchilarga so‘zga ehtiyotkorlik 
bilan yondashishni o‘rgatish kerak. O‘smirlar yozuvchining badiiy 
so‘zi chin mo‘jiza ekanini tushunishi, his qilishi zarur. Muallif 
qo‘llagan so‘z tagida qanday fikr mavjudligiga e’tibor berishni 
o‘rgatish ada biyot o‘qituvchisining burchidir. Uni qiynayotgan 
narsalarni o‘zgalarni ham qiynaydigan tarzda ifodalashga, unda 
tug‘ilgan fikr ni boshqa bir kishiga ta’sir qiladigan yo‘sinda bayon 
eta bilishga o‘quvchini undash lozim. Shunda o‘quvchilar etyud, 
kichikroq hikoya, she’r yoki insholarida o‘zini bezovta qilayotgan 
tuyg‘ularni o‘zgalarga ham yuqadigan tarzda ifodalashga harakat 
qilishadi. Shu tariqa so‘zning qudrati, ijodning mashaqqat va 
lazzatini his qiladilar. Adabiyot o‘quvchini odamlar dunyosiga olib 
kiradi, unda shu olamga mansublik jihatlarini kuchaytiradi. Bu, 
o‘z navbatida, unga o‘zligini anglatadi. O‘quvchi ijod jarayonida 
hayotda mavjud narsani o‘zi uchun o‘zi qayta kashf etishi va buning 
lazzatini tuyishi kerak. Yuksak tuyg‘ularni his qilish gashtini 
hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Inson omadsizliklar, 
mag‘lubiyatlar, iztiroblar ketidan erishilgan kashfiyot, g‘alaba 
lazzatini tuyib ko‘rishi kerak. O‘quvchilarning uyg‘onishi, ruhiy 
muvozanatdan chiqishi, ixtiyoriy ravishda ham aqliy, ham ruhiy 
zo‘riqishi yaxshi darsning muhim belgisidir. 
Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholar bilan bir qatorda be-
vosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan erkin insholar ham yozdirili-
shi kerak. Bu insholar bolalarning yosh xususiyati va badiiy didiga 
mos kelsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, «O‘rtog‘imning 
tavsifi», «Men suygan suyukli» singari mavzulardagi ishlar sir 
saqlanishi kerak. O‘quvchining o‘qituvchiga ishonchi ham uning 
ijodidagi samimiylikka garovdir. Chinakam fikr mustaqilligi, ta-
fakkur yetukligi, mulohazalarning samimiyligi hayot, badiiy so‘z 
hamda san’at hodisalarini chuqur tahlil qila bilishda ko‘rinadi. 
Tafakkur mustaqilligining bunday darajasiga o‘quvchilar oldiga 
murakkab masalalar qo‘yish bilan, asta-sekin erishiladi. Hech qan-
day fikrning yo‘qligidan, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikrning bori ma’qul. 
Yo‘q narsani yaratishdan ko‘ra, borining yo‘nalishi yoki shaklini, 
mazmunini o‘zgartirish osonroq.


338
339

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling