Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Qo‘shimcha adabiyotlardan insholarning turlari haqida 
ma’lumot to‘plang. Topildiqlaringiz bilan bir-biringizning materi-
alingizni to‘ldiring.
2. Insho bilan ijod mahsuli (badiiy bitiklar) mustaqil ish sira-
siga kiradi. Ularning bundan boshqa yana qanday o‘xshash jihatlari 
bor, nazaringizda?
3. Har ikki mustaqil ish turining farqli jihatlari nimalardan ibo-
rat deb o‘ylaysiz? 
4. «Masalan, «O‘rtog‘imning tavsifi», «Men suygan suyukli» 
singari mavzulardagi ishlar sir saqlanishi kerak. O‘quvchining 
o‘qituvchiga ishonchi ham uning ijodidagi samimiylikka garovdir» 
degan fikrga qanday qaraysiz? Bunga qo‘shilasizmi? Buni qanday 
amalga oshirish mumkin deb o‘ylaysiz? 
5. O‘quvchilarning insholarini baholash mezonlarini internet-
dan toping. Ular haqida fikrlashing.
6. «Onamga badiha» mavzusida esse yozing. Yaratig‘ingizni 
hamkurslaringiz bilan o‘rtoqlashing.


339
O‘QISH TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI. 
O‘QISHNING ADABIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI. 
Reja:
1. Sinfda o‘qish va uning xususiyatlari. 
2. O‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va buning o‘ziga xos 
jihatlari. 
3. Sinfdan tashqari o‘qish va uni tashkil etish yo‘llari.
4. Sinfdan tashqari o‘qish nazorati. 
5. To‘garak va uni yuritish talablari, zarur me’yoriy huj-
jatlar.
O‘qish – yozilgan matn bilan tanishish, uni tushunish va 
o‘zlashtirishga qaratilgan nutqiy faoliyatning bir turi bo‘lib, shaxs-
lararo kommunikativ faoliyat sohasiga daxldor. O‘qish muloqot 
shakl laridan biridir. O‘qish til o‘rganish jarayonining asosi hisob-
lanib, matnda shakllar yordamida ifodalangan ma’lumotlarni 
o‘zlashtirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu, o‘z navbatida, inson 
faoliyatining har qanday turida tildan erkin va samarali foydalanish 
imkoniyatini beradi
147
.
Psixologik adabiyotlarda «o‘qish» tushunchasining zamirida 
mutolaa jarayonidagi «o‘qish texnikasi» va «o‘qish asnosida uqish» 
anglashiladi. O‘qish jarayonida o‘qilganlarni tushunish o‘qish 
texnikasi bilan bog‘liq holda maqsad va manbani anglatadi. O‘qish 
inson tafakkurining bir ko‘rinishi sifatida mutolaa jarayonida matn 
mazmuniga xos bo‘lgan elementlarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lagan 
holda mohiyatiga kirish, mazmunni anglash demakdir. Kitobxon 
nafaqat tayyor ma’lumotlarni o‘zlashtiradi, balki o‘qiganlarini o‘z 
tajribasi, bilimi va mavjud ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. O‘qish 
asnosida uqishga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi faktorlar belgilangan:
• 
ma’lum axborotga ega bo‘lish;
• 
matnning kompozitsion tuzulishini ilg‘ash;
• 
matnga xos til xususiyatlarini farqlash;
• 
mantiqiy va emotsional ifodalarni tushunish;
147
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и 
понятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – С. 
347.


340
341
• 
matndagi ma’lumotlar, uning leksik va grammatik xususiyat-
lari, ifoda uslubining o‘quvchi nutq uslubiga, leksik va grammatik 
darajasiga yaqinligi;
• 
matnni o‘zlashtirish asnosida o‘quvchi diqqatining uni ang-
lashga yo‘naltirilganligi;
• 
o‘quvchining individual psixologik xususiyatlari. 
O‘qish quyidagi turlarga ajratiladi: 
a) analitik va sintetik o‘qish (psixologik xususiyatlarga taya-
nish); 
b) tarjimali va tarjimasiz o‘qish (o‘qilayotgan matnni anglash-
da ona tilning ishtiroki darajasi); 
v) lug‘at bilan yoki lug‘atsiz o‘qish (o‘quvchilarga yordami 
darajasi oldindan belgilab qo‘yilgan); 
g) individual, frontal, sinfda va uyda o‘qish (o‘quv ishlarini 
tashkil etish shakliga ko‘ra); 
d) ko‘rish, kuzatish, izlanish, tanishuv (ko‘zda tutilgan maqsad-
ga muvofiqligi va jarayonning borishiga ko‘ra). 
O‘qishning barcha turlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va 
hamisha bir-birini to‘ldirib boradi. Nutq faoliyatining bu turidan 
foydalanilganda o‘quvchilarning o‘qishdan maqsadini anglashi bu 
jarayonning muhim shartlaridan biri sanaladi. 
O‘qish ta’lim bilan bog‘langanda topshiriqlar o‘qishdan ol-
dingi va o‘qishdan keyingi ish turlariga ajratiladi. Ta’limda o‘qish 
mutolaa texnikasini o‘zlashtirish (harflar, so‘z, so‘z birikmalari, 
jumlalar va ularning tovush turlariga e’tibor nazarda tutiladi) va 
to‘g‘ri o‘qish, ya’ni tajribali kitobxon tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Tajribali kitob xon bilan tajribasiz kitobxon o‘qish asnosida har 
xil jihatlari bilan ajralib turadi. Tajribasi kam kitobxon sekin va 
bir xil tezlikda o‘qiydi. Bu hol o‘qilgan materialning anglanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sekin o‘qish o‘qilganlarni aytib berishga 
tenglashtiriladi. Ko‘pincha diqqat matnning mohiyatiga emas,
uning shakliga qaratiladi. Tajri bali o‘qirmanda maqsad o‘qish tez-
ligi va matn mazmuni hisoblanadi. O‘qilgan narsaning mohiyatiga 
kirish va uni o‘zlashtirish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. 
Tez o‘qiganda ko‘zlarning fiksatsiyasi uncha katta bo‘lmaydi. Tez 
o‘qilganda diqqat matnning mazmuniga qaratiladi.
Metodika ilmida o‘qishning: 
sinfda o‘qish (o‘quv ishlarini tashkil etish shaklining ma’lum 
joyga asoslangan turi. Biror matnni sinfda o‘qish ishlari darsda 


341
o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Matn ustida ishlash, ya’ni 
uning tahlili o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligida amalga 
oshi riladi)
analitik o‘qish (o‘qishning ta’limiy turlaridan biri hisoblanib 
matnning mazmuni va tuzilishini ochishga yo‘naltiriladi. Ana litik 
o‘qishda o‘quvchining diqqati matnni til shakli, tuzilishi va nutq 
komponentlarini aniqlashga qaratilgan holda jo‘ngina qabul qili-
nishini nazarda tutadi. O‘qishning bu turi sintetik o‘qishga qarama-
qarshi qo‘yiladi. Kommunikativ ta’limda o‘qishning har ikkala turi 
bir-birini to‘ldirib keladi); 
ovoz chiqarib o‘qish (o‘qilayotgan matnni baland ovozda 
talaffuz, ifoda qoidalariga rioya qilgan holda, til xususiyatlariga, 
o‘qish ritmi va bq.larga amal qilib o‘qish taqozo etiladi); 
jamoa bo‘lib o‘qish (o‘qishning bu turi asosan, boshlang‘ich 
sinflarining o‘qish darslarida matnlarni o‘qituvchi bilan birgalikda 
barcha o‘quvchilarning ovoz chiqarib mutolaa qilishlari nazarda 
tutiladi); 
individual o‘qish (har qanday matnning bir kishi tomonidan 
o‘qilishi); 
ifodali o‘qish (badiiy-obrazli matnning xususiyatlarini ang-
lagan holda adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilib o‘qish nazarda 
tutiladi);
mustaqil o‘qish (o‘quvchining o‘z tashabbusi bilan amalga 
oshiriladigan o‘qish turi. O‘qishning bu turi o‘qish texnikasining av-
tomatlashganligi, leksik-grammatik ko‘nikmalarning yuqori dara-
jada shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Bu xususiyatlar mustaqil 
o‘qishda diqqatning shaklga emas mazmunga yo‘naltirilganligi bi-
lan izohlanadi. Zamonaviy metodik adabiyotlarda ma’lumotni tan-
lab o‘qish, asl mazmunni tushunib o‘qish hamda matn mazmunini 
to‘liq anglagan holda o‘qish keng tarqalgan. Mustaqil o‘qishning 
sanalgan birinchi varianti zamirida izlanuvchi o‘qish, ikkinchisida 
tanishuv o‘qish va uchinchisida esa tadqiqiy-tahliliy o‘qish nazar-
da tutiladi. O‘qishning bu turlari o‘qish maqsadidan kelib chiqqan 
holda ta’limiy o‘qishlarning har xil variantlari sifatida xarakterla-
nadi); 
tanlab o‘qish (malum maqsad yo‘nalishiga qaratilgan o‘qish 
turidir. Bu o‘qishda nazarda tutilgan biror masala yuzasidan zarur 


342
343
ma’lumotlarni aniqlash, bu borada umumiy tasavvur olish maqsa-
dida o‘qish tushuniladi. Olingan ma’lumotlarga tayangan holda 
o‘qirman shu matn unga kerak-kerakmasligini aniqlaydi. Bunda 
o‘qirman matnning sarlavhasiga, ichki sarlavhalarga, alohida xat-
boshilar yoki ayrim jumlalarni o‘qish bilan kifoyalanadi. Tanishuv 
o‘qishi, izla-nuvchi o‘qish va tadqiqiy o‘qishlar ham shu maqsad 
va faoliyatga asoslanadi);
diskursiv o‘qish (analitik o‘qishga xos xususiyatlar diskur-
siv o‘qishning mohiyatiga monand keladi);
uyda o‘qish (sinfdan tashqari o‘qish shakllarining bir turi 
bo‘lib, o‘quvchilar tavsiya etilgan yoki o‘zlari ixtiyor etgan matn-
larni uyda o‘qiydilar. Bunday o‘qishning natijalari darsda yoki 
sinfdan tashqari vaqtlarda nazorat qilinadi. Uyda o‘qish uchun 
xrestomatiyalar, sinfdan tashqari o‘qish uchun o‘quv qo‘llanmalari 
tavsiya etiladi); 
tanqidiy o‘qish (kommunikativ o‘qishning bir turi bo‘lib, 
matn mazmunidagi qarashlar bilan o‘qirmanning shaxsiy qarash-
lari, bilimi va hayotiy tajribalariga tayangan holda baholashi naz-
arda tutiladi. O‘qishning bunday turi matnni to‘liq va aniq tush-
unilishi asnosida amalga oshiriladi. 
O‘qish malakasining yuqori darajada shakllanganligi, matn 
mazmunini, uslubi, til shakllarini tahlil qila bilish, o‘qilganlarni 
tanqidiy nazar bilan tahlil qila olish ko‘nikmalarining shakllangan-
ligiga asoslanadi. Tanqidiy o‘qish filolog talabalarning adabiyots-
hunoslik va matnshunoslik darslaridaga amaliy faoliyati hisobla-
nadi);
lug‘at bilan o‘qish (begona tilda yaratilgan matnlarni 
lug‘atlar yordamida o‘qish);
filologik o‘qish (filologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurt-
lari talabalarining filologik yo‘nalishdagi bilimlarni o‘zlashtirish 
maqsadida amalga oshiriladigan o‘qishlari);
ekstensiv o‘qish (ta’limiy o‘qishning bir turi bo‘lib (lotincha 
extensivus – kengaytirilgan, yoyilgan ma’nolarini anglatadi), 
ma’lum yo‘nalishdagi hajman katta matnlarni umumiy mazmunini 
ilg‘ab olish maqsadida amalga oshiriladi. O‘qirmanning diqqati 
matnning shakliga emas, mazmuniga qaratiladi, ya’ni sintez 
analizdan ustuvorlik qiladi. Ekstensiv o‘qishda mazmunning 


343
mohiyatiga chuqur kirib uni o‘zlashtirib olish emas, balki uni 
umumiy tarzda ilg‘ab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘qish 
turi ham o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va sinfda o‘qituvchi 
bilan birgalikda muhokama qilish uchun tavsiya etiladi. Shu 
maqsad asosida o‘qilgan asarning muhokamasi, u bilan bog‘liq 
yozma ishlar uyushtiriladi va bir qator turlari mavjud
148
.
Bundan tashqari, ta’lim amaliyotida, o‘qitish tizimining qaysi 
bosqichida bo‘lishidan qat’i nazar o‘qish jarayoniga u yoki bu da-
rajada daxldor bo‘lgan darsdan tashqari ishlar ham mavjud:
– ayrim yozuvchi va shoirlar, olimlar bilan uchrashuvlarga 
bag‘ishlangan adabiy kechalar, bayram tadbirlari va hk.lardir. 
Bunday tadbirlar: ommaviy tartibdagi ishlar: kitoblar ko‘rgazmasi; 
san’at asarlari ko‘rgazmasi, fotolavhalar, til bayramlari, til oyligi 
va h.k; 
– ommaviy tanlovlar: ifodali o‘qish, viktorinalar (topqirlar 
bahsi), chaynvord, boshqotirmalar ko‘rgazmasi. 
– ommaviy tadbirlar: karnaval, festival, forum, xalq sayillari, 
ommaviy sayohatlar, madaniy yurishlar, ziyoratlar, hasharlar, xalq 
o‘yinlari. 
– guruhiy tadbirlar: to‘garaklar, klublar, folklorchilar jami-
yati, jurnalistlar jamiyati, tarjimonlar to‘garagi, o‘lkashunoslar
uyushmasi. Yakka tartibdagi tadbirlar: fan olimpiadalari, tanlovlar, 
musobaqalar, sust o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan ishlash
149
va 
hk. 
Bularga qo‘shimcha ravishda devoriy gazetalar chop etish, 
ertaklar olamiga sayohat, badiiy asarlarni sahnalashtirish, og‘zaki 
jurnal, intermediya, latifachilik, filmlar muhokamasi, «O‘yla, izla, 
top» o‘yinlari
150
ham o‘quvchilarning kitob o‘qishlariga ma’lum 
darajada turtki beradigan tadbirlardir. 
O‘quvchilarga darsdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etiladi-
gan asarlarning hajmi haqida adabiyot o‘qitish metodikasida turli-
148
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и по-
нятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – С. 345 
– 347.
149
Muhammadjonova G. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda rusiyzabon 
o‘quvchilarning o‘zbekcha nutqini o‘stirish metodikasi (5 – 9-sinflar misolida). Ped.
fan.nom.diss. avtoref. – T.: 2003. 20 – 24-b.
150
O‘sha asar, 22-b.


344
345
cha fikr lar bor. L. A. Sheymanning tavsiyasiga ko‘ra, II – IV sin-
flarda 5 – 20 bet (II sinfda 5 – 10, III sinfda 10 – 15, IV sinfda 15 
– 20); V – VII sinflarda 20 – 70 bet (V sinfda 20 – 30, VI sinfda 30 
– 45, VII sinfda 45 – 70); VIII – X sinflarda 70 – 150 (VIII sinfda 
70 – 90, IX sinfda 90 – 120)
151
. Muallifning e’tirof etishicha, bular 
me’yoriy ko‘rsatkichlar emas, balki chamalardir. Umuman, uyda 
kamida bir soat mobaynida biror kitobni o‘qish inson ma’naviy ka-
molotida muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksizlik har kuni o‘qish 
orqali ta’minlanadi. Shu ningdek, masalaning boshqa qirrasi ham 
bor: hajmi kattaroq parchalarning dastlabkisida so‘z o‘rganishga 
e’tibor ko‘proq qaratilsa, ke yingilarida takror ishlatilish xususi-
yatiga ko‘ra avvalgi leksika jadal o‘zlashadi, notanish so‘zlar esa 
kamayib boradi. Natijada asta-sekin matnlar ham hajman kattala-
shadi. Albatta, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari 
mutolaa qiladigan o‘quv fanlari ko‘p. Biz ningcha, haftada 2 – 3 
kun bir soatdan o‘qish bilan shug‘ullanilsa, shuning o‘zi kifoya 
qiladi. Bunda dastlab asarni o‘qib, lug‘atdan foydalanib mazmunini 
tushunishga erishish bilan bog‘liq ishlar bajariladi. So‘ngra savol 
va topshiriqlar ustida ish olib boriladi. «Siz darsliklardan hayot va 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling