Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

uning qonuniyatlari haqidagi bilimlar bilan tanishasiz, ularni aql 
kuchi bilan qabul qilasiz, xotiringizda qayd etasiz. Ammo bu bilim 
va xulosalar hissiyotingizga zarracha ta’sir ko‘rsatmaydi.
Badiiy asarni o‘qiganda sizdagi bu «loqaydlik» faol munosa-
batga almashinadi. Qalbingiz cheksiz shodliklarga chulg‘anadi – 
ruhlanasiz, g‘azablanasiz, iztirob chekasiz. Chunki u qalb dardi 
tufayli yaratgan, dard esa suhbatdoshni befarq qoldirmaydi.»
152
«Ilmiy asarlar g‘aflat va jaholatdan qutqarsa, badiiy asar-
lar dag‘alllik va razolatdan xolos etadi. Unisi ham, bunisi ham 
kishilar ning ma’rifatli, baxt-saodatli bo‘lishi uchun bab-baravar 
foydali va zarurdir»
153
.
«Badiiy asarni o‘qish o‘zicha hali hech narsani anglatmaydi. 
Eng muhimi, nimani o‘qish va o‘qiganni qanday tushunishdir. De-
151
Шейман Л. А. Стимулированные самостоятельного чтения школьников. – 
Фрунзе: «Мектеп», 1987. С. 79
152
Matjon Safo. Kitob o‘qishni bilasizmi? – T.: O‘qituvchi, 1993. 11-bet.
153
Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. (O‘qituvchilar uchun 
metodik qo‘llanma). – T.: «O‘qituvchi», 1996. 37-bet.


345
mak, kitobxonlik – o‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, bal-
ki u tushunib o‘qish, ya’ni maqsadli o‘qishdir»
154
, – deydi metodist 
S. Matjonov.
Insonning ma’naviy to‘kislik sari intilishi – tabiiy jarayon. 
Shu tabiiy taraqqiyotga tayangan holda fuqarolari erkinligini 
ta’minlash, xalqining ham moddiy, ham ma’naviy to‘kisligiga 
erishish har qan day mamlakatning kuchli bo‘lishi garovidir. Shu 
ma’noda, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimida ham pedagogik tafak-
kur sharoiti yangilandi, o‘z qarashiga ega bo‘lgan, e’tiqodi sog‘lom 
fuqaroni shakl lantirish yo‘lida ish olib borilmoqda. Ya’ni inson 
ma’naviyatining sog‘lomlashuviga, uning yaxshi sifatlar bilan 
to‘yinishiga birlamchi yumush sifatida yondashish ustuvor ahami-
yat kasb eta boshladi. 
O‘quv-tarbiya amaliyotida ham, garchi juda sekin bo‘lsa-da, 
o‘zgarishlar sodir bo‘layotir. Ta’lim kechimi insoniylashdi, maz-
muni insonparvarlashdi. O‘qitish jarayoni oliy maktabga kiruvchi 
abituriyent yoki bo‘lajak mutaxassis tayyorlashdan barkamol shaxs 
shakllantirishdek, sog‘lom ma’naviyatli odamni tarbiyalashday 
keng qamrovli maqsadga yo‘naltirildi. Tarbiyalanuvchilar o‘zgalar 
tomonidan o‘qitilishi kerak bo‘lgan ta’lim obyektidan o‘qitish va 
tarbiyalash kechimida o‘zi bevosita faol ishtirok etadigan subyekt 
darajasiga ko‘tarilmoqda. Ya’ni tarbiyalanuvchi xuddi o‘qituvchi 
singari dars jarayonining ijrochisiga aylanib bormoqda. 
Ma’lumki, ma’naviy barkamollik insonda qaror topgan ijti-
moiy tafakkurga tayanadi. Har bir insonning ijtimoiylashuvi, jami-
yatga aralashuvi, birinchi navbatda, oila bag‘rida, uyda yuz beradi. 
Bu jarayonning badiiy asarlar ko‘magida olib borilishi juda ko‘p 
va xo‘p samara beradi. Chunki badiiy asar kishining tafakkuri bilan 
birga sezimlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tafakkur yordamida bilib 
olingan tushuncha va haqiqatlar tuyg‘ular yordamida shaxsning ta-
biatiga singdirilib, e’tiqodga evrilishi mumkin. Shuning uchun ham 
har bir shaxsning ijtimoiylashuvida badiiy adabiyot hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. 
Xalqning fikrini uyg‘otish, ko‘zini ochish, atrof olam, jamiyat 
va o‘zi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishdan tashqari, ommani faoliyatga 
undash, harakatga da’vat etish kabi ijtimoiy-siyosiy funksiyalar ning 
barcha sini adabiyot amalga oshirishi mumkin. Hamma zamonlarda 
154
Safo Matjon. Kitob o‘qishni bilasizmi? – T.: O‘qituvchi, 1993. 26-bet.


346
347
ham badiiy asarda ijtimoiy munosabatlar, turmush muammolari, 
ro‘zg‘oriy yumushlar ham aks ettiriladi. Negaki, odam ijtimoiy 
mohiyatga ega va ijtimoiylashgandagina o‘zini namoyon eta oladi-
gan yaratiq sifatida shunday munosabatlar qurshovida bo‘lishga, 
binobarin, adabiyot ham insonni shunday muammo-munosabatlar 
og‘ushida tasvirlashga mahkum. Har qanday katta-kichik hayotiy 
muammoga inson ko‘ngil holatini anglatish, uning ruhiyati tovlan-
ishlarini tasvirlash vositasi sifatida qaralsa, adabiyotning asl tabiatini 
anglash mumkin bo‘ladi.
Keyingi paytlarda ziyolilar orasida «yoshlar kitob o‘qimay 
qo‘ydi» degan fikr hukumronlik qilib qoldi. Buning o‘ziga yarasha 
asoslari ham bor, albatta. Ya’ni bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan 
ikkinchisiga o‘tish asnosida nafaqat mamlakat siyosiy-ijtimoiy 
hayotida, balki fuqarolar ma’naviyatida ham keskin o‘zgarishlar 
sodir bo‘ldi. Mustaqil ong, yangicha tafakkur tizimi shakllanib 
ulgurmay jamiyat ahli ruhiyatida ma’lum bo‘shliq yuzaga kelib 
qoldi. Qolaversa, mamlakatda imloning o‘zgarishi ham bu 
jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shu sabab millat 
ma’naviy taraqqi yotida kamida o‘n yillarga kechikish sodir bo‘ldi. 
Yana shuni ham tan olish kerakki, kechagi jamiyatda ham hamma 
kitob o‘qiyvermagan. O‘qiydigan oilalarda, garchi ular kam bo‘lsa-
da, hamisha o‘qilgan, o‘qilyapti, o‘qiladi. 
Bolalarni ko‘rkam asar o‘qishga qiziqtirish, badiiy so‘zni tu-
yish, undan ta’sirlanish va zavq ola bilishga yo‘naltirish ularning 
ko‘ngillarini injalashtiradi, tabiatini tozalaydi. Ko‘pchilik ota-
onalar, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, 
hatto millat ziyolilari yosh avlodda badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan 
qiziqishni saqlab qolish va uni yana-da rivojlantirish yo‘lida 
qayg‘urmoqda.
Badiiy asar qog‘oz-kitob ko‘rinishida bo‘ladimi, elektron 
shakl da o‘qiladimi, bundan qat’i nazar uning beradigan ma’naviy 
ozuqasi o‘zgarmaydi. Ayonki, kichik yoshdagi har qanday bolaning 
ruhiyati da ertak eshitishga moyillik bor. Sog‘lom fikrli ota-onaning 
bolasi kelajagi uchun qayg‘urib Eynshteynning: «Bolangiz yaxshi 
odam bo‘lishini istasangiz kitob o‘qib bering. Bolangiz yana-da 
yaxshiroq odam bo‘lishini istasangiz, yana-da ko‘proq kitob o‘qib 
bering», – degan maslahatiga amal qilgan holda har kuni uxlash-
dan oldin unga ertak o‘qib berishi bolada kitobga muhabbat hissini 
uyg‘otishdagi dastlabki qadami bo‘ladi. 


347
Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda kitob-
dan oqilona foydalanish, buni to‘g‘ri tashkil eta bilish esa oilada 
ota-onaning, ta’lim muassasalarida tarbiyachi va o‘qituvchilarning 
burchidir. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling