Alisher navoiy


Download 25.87 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi25.87 Kb.
#136594
Bog'liq
alisher navoiy tavalludining 576 yil


ALISHER NAVOIY” TAVALLUDINING 576-YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR SSENARIYSI

«Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, и avliyolarning avtiyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir».

Islom Karimov.

0‘zbek xalqining buyuk farzandi, she’riyat mulkining sultoni — Alisher Navoiyga bag'ishlangan adabiy kecha o'tkazish uchun sahna did bilan bayramon-a bezatilgan. Sahnadan Navoiy portreti, kitoblari, referatlar, bukletlar o'rin olgan. Hikmatli so'zlar mehmonlar o‘qiy oladigan kattalikda yozib, ilib chiqilgan. Musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar va tadbir ishtirokchilari chiqadilar.



1-boshlovchi:

— Assalomu alaykum, aziz va mehridaryo ustozlar, qadrli o‘quvchilar, kechamiz mehmonlari! Navoiy bobomiz tavalludining 576 yilligiga bag'ishlab o‘tkazilayotgan kechamizga xush kelibsiz!



2-boshlovchi:

— Millatimizning faxri va g'ururi bo‘lmish mutafakkir bobomizni yod etish, uning asarlaridan ta’lim-u tarbiya olish va, albatta, ularni kelajak avlodlarga ham yetkazish siz-u bizning zimmamizdadir.



1- boshlovchi:

Ko'p jahongir ko‘rgan bu dunyo,

Barchasiga guvoh yer osti.

Lekin do'stlar, she’r ahli aro

Jahongiri kam bo‘lar, rosti.

Besh asrkim nazmiy saroyni

Titratadi zanjirband bir sher.

Temur tig'i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher.

2- boshlovchi:

Bilmam, qanday ayol bo'lgan

Alisherning onasi.

Balki uning aqliga ham

Lol qolgan zamonasi.

Balki uning ko'zlarida

Bo'lgan og'ir bir xayol.

Balki g'amgin bir zotdir u,

Balki sho'xchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga

Terib kelgan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor

Aytib bergan ertaklar.

Mayliga, u kim bo‘lmasin,

Yolg’iz bir so‘z ma’nosi:

Alisherning onasi u,

Navoiyning onasi.

(Alisher Navoiyning oilaviy muhiti, bolalik, o'smirlik yillari haqida o'quvchilar ma’lumot beradilar).

0‘quvchi:

— Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida saroy amaldorlaridan bo‘lmish G‘iyosiddin Kichkina oilasida dunyoga kelgan. Uning onasi saroy enagalaridan edi. Alisherning ota-onasi ilm-ma’rifatli, san’at va adabiyotni sevib qadrlaydigan kishilar bo‘lgan.



O'quvchi:

— Navoiyning tog'alari ham she’riyatga shaydo insonlardan bo’lib, Kobuliy va G‘aribiy taxalluslarida g'azallar yozgan. Alisherlarning xonadonida tez-tez mushoiralar o'tkazilardi, bunday g'azalxonliklar esa jajji Alisherning qalbida so'z san’atiga mehr va havas uyg'ota bordi.



0‘quvchi:

— 5—6 yoshli Alisher o‘zining zehni o'tkirligi bilan ham ko'pchilikni hayratga solgan. U bolaligidayoq Farididdin Attorning. «Mantiq-ut tayr» asarini butunlay yod olgan.



0‘quvchi:

— Alisher Navoiy 9— 10 yoshidan boshlab o‘zi ham g’azallar, ruboiylar mashq qila boshlagan. Ustozi bo'lmish hazrat Lutfiy uning «Orazin yopqoch ko'zimdin sochilur har lahza yosh» deb boshlanuvchi g'azalini o‘qib: «Qani, iloji bo‘lganda edi, men o‘zimning forsiy va turkiyda yozgan 10—12 ming misra she’rimni shu bir g‘azalga almashgan bo‘lar edim», deya lutf qilgan.



0‘quvchi:

— Alisher Navoiy bobomiz zullisonayn, ya’ni ikki tilda ijod qilgan shoir hisoblanadi. U turkiy tilda yozgan asarlariga «Navoiy», forsiydagilariga esa «Foniy» deya taxallus qo‘ygan.



0‘quvchi:

— Alisher Navoiy nafaqat shoir, balki. yirik davlat arbobi ham edi. Bolalikdagi do‘sti shoh Husayn Boyqaroning o‘ng qo‘l vaziri, davlat ishlarida maslahatgo'yi bo'lgan. Navoiy bobomizning vazirlik davrida yurtda ko‘p obodonchiliklar qilingan, ariqlar qazilgan, masjid-u madrasalar qurilgan, oddiy xalq uchun ko'plab qulayliklar yaratilgan.



0‘quvchi:

— Navoiy bobomizdan bizga bitmas-tuganmas xazina qoldi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. U kishi ishq va muHabbat, vafo va sadoqat, yaxshilik va ezgulik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik g'oyalarini kuylab o'tdilar. Insoniyat borki, bu g‘oyalar, albatta, yashaydi. Demak, Navoiy bobomiz ham doim biz bilan birga, oramizda.



1- boshlovchi:

Mir Alisher na’rasiga

aks-sado berdi jahon,

She’riyat mulkida bo‘ldi

shoh-u sulton, o'zbegim.

2- boshlovchi:

Menga Pushkin bir jahon-u,

menga Bayron bir jahon,

Lek Navoiydek bobom bor,

ko'ksim osmon, o'zbegim!

1-boshlovchi:

— Navbatni sahna ko'rinishiga beramiz. Navoiy bobomizning o‘z taxallusini qanday tanlaganini bilib olamiz.



(Alisher va bulbul hikoyasi asosida sahna ko'rinishi).

2-boshlovchi:

— Endi mutafakkir bobomizning ma’noli o'gitlaridan tinglasak.



O'quvchi:

— Oz-oz o'rganib dono bo'lur,

Qatra-qatra yig'ilib, daryo bo'lur.

0‘quvchi:

— Bilmaganin so'rab o'rgangan olim,

Orlanib so'ramagan o‘ziga zolim.

O'quvchi:

— Yigitlikda yig‘ ilmning mahzani, qarilik chog'i sarf qilg'il ani.



0‘quvchi:

— Yolg'onchining rost so‘zi ham yolg'ondir.



0‘quvchi:

Odamiy ersang demagil odami, onikim yo‘q xalq g'amidin g'ami.



0‘quvchi:

— Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.



0‘quvchi:

Haq yo'linda kim senga

bir harf o'qitmish ranj ila,

Aylamak bo'lmas ado

oning haqin yuz ganj ila.

1-boshlovchi:

— Endigi sahna ko‘rinishimiz ustoz Mavlono Lutfiy va shogird Alisher Navoiy haqidadir.



(Sahna ko'rinishi. Lutfiy va 4—5 shogird sabog'i, Husayn va Alisher birga kirib keladi, g'azallar tinglanadi. Alisherbek yangi yozilgan she’rini o'qiydi, ustoz olqishini oladi).

G'urbatda g‘aribi shodmon bo'lmas emish.

El anga shafiq-u mehribon bo'lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,

Bulbulga tikondek, oshiyon bo'lmas emish.

2-boshlovchi:

— Bobomiz aytmishlar: «Kishi musofirlikda shod bo’lmaydi, begona yurtda hech kim yo'ldosh va mehribon bo'lmaydi, bulbulga ham oltin qafasdagi qizil guldan tikonli uy, ini afzalroqdir». Navbatni Navoiy bobomizning ruboiylariga bersak. (O'quvchilar maktab darsliklarida keltirilgan Navoiy bobomizning ruboiylaridan namunalar o'qiydilar).



1-boshlovchi:

Boshni fido ayla ato qoshig'a,

Jismni qil sadqa ano boshig‘a.

Tun-u kuningga aylagali nurfosh,

Birisin oy angla, birisin quyosh.

2-boshlovchi:

— Bobomiz aytmishlar: «Ota-onangni aziz va mukarram bilgil, ulardan jon-u jahoningni ayama. Zero, ular tun-u kuningni munawar qilg'uvchi oy va quyoshingdir».

Endigi sahna ko‘rinishimiz bola Alisher va uning volidayi muhtaramasi haqida.

(Sahna ko'rinishi: Alisher Navoiy betob, onasi unga parvona. U o'zicha kasallikning sababini o‘g‘lining zehni o‘tkirligida, tili burroligida deb biladi, bolam ko'zikkan deb ishonadi. Betobligiga qaramay, Alisher saboqqa bormoq istaydi. Volidasi e’tiroz bildiradi. Munozara asnosida ona alia aytib Alisherni uxlatadi).

Sahna ko’rinishi

Husayn Boyqaro:

Do’stim, Mir Alisher, oqilsiz?

Yaxshilab fikrlab ko’ring.

Birinchi o’ringa qo’yursiz kimni-

Aziz otangiznimi yoki muallimni?

Alisher Navoiy:

Avval ustozimga bergayman salom!



Husayn Boyqaro

Hayot! Nechun?

Nahot otangizdan ulug;dir ul zot?

Alisher Navoiy:

H, otam joy olmish yurak-yurakdan,

Yerga tushirdilar men burib iymonga?

Ko’tardilar meni yerdan osmonga



Husayn Boyqaro:

Ofarin, tasanno!



1-boshlovchi:

Hozir xalqimizning so’z haqidagi durdonalaridan, maqollaridan tinglaysiz.



O’quvchilar:

1.Bir og’iz shirin so’z kishini qahraton sobuqda ham isitadi.

2.Yaxshi so’z ko’ngil podshosi.

3.Odamni bitta so’z yerga teng qilur.

4.So’z qilishdan keskir.

5.Shifokorning dorisi emas so’zi davodir.

6.Yaxshi so’z odamga qanot bag’ishlaydi.

2-boshlovchi:

Endi o’quvchilar tomonidan g’azallarni eshitamiz.

1.“Kecha kelgumdur”,-debon

Ul sarvi gulro’ kelmadi.

2.Lahza – lahza chiqdim-u,

Chekdim yo’lida intizor,

Keldu jon og’zimg’a-vu,

Ul sho’xi badxo’ kelmadi.

3.Orazidek oydin erkanda

Gar etti ehtiyot.

Ro’zgarimdek ham

O’lganda qorong’u kelmadi.

4.Ul parivash hajridin kim,

Yig’ladim devonavar,

Kimsa bormukim, anga

Ko’rganda kulgu kelmadi.

5. “Ko’zlaringdin necha su(v) kelgay?!”-

Deb o’turmang meni.

Kim bari qon erdu kelgan,

Bu kecha su(v) kelmadi.

6.Tobibi sodiq topilmas

Yo’qsa kim qo’ydi qadam.

Yo’lg’akim, avvalqadam,

Ma’shuqe o’tru kelmadi.

7.Ey Navoiy, boda birla

Xurram et ko’nglung uyin.

Ne uchun kim, boda

Kelgan uyga qayg’u kelmadi.



1-boshlovchi:

— Mana o'zingiz guvohi bo'ldingizki, Navoiy bobomizning onalari ham she’riyatni sevuvchi oqila ayol bo'lgan ekan. Axir xalqimiz bejiz «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», demaydi.



2-boshlovchi:

— Hozir davramiz mehmonlaridan Navoiy bobomizning ijodini yaxshi biladiganlarini taklif etamiz.



(Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar asosida «Sirli qadamlar» o‘yini o'tkaziladi).

1-boshlovchi:

— Alisher Navoiy o'zbek tilining boshqa tillardan aslo qolishmasligini o‘z badiiy ijodi bilan amalda isbot qila bildi va ayni paytda tilning bugungi tushunchalarimizga juda yaqin ta’rifini berdi, badiiy adabiyot bilan uzviy aloqasiga doir teran, eskirmas mulohazalar bildirdi.



2- boshlovchi: — O‘z davrida Alisher Navoiyni zamondoshlari juda hurmatlashgan. Davlatshoh Samarqandiy shunday deganlar.

0‘quvchi:

— «Bu ulug‘ amir din- u davlat himoyachisi, shariat hamda milllatning pushti panohidir.



0‘quvchi:

— Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur».



1-boshlovchi:

— Abdurahmon Jomiy «Bahoriston» asarida Navoiy bobomizga shunday ta’rif berganlar.



0‘quvchi:

— «Turkiy tilda hech kim Navoiydek ko‘p va xo‘p she’r aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi».



2-boshlovchi:

— Muhammad Haydar Mirzo demishlar.



0‘quvchi:

— «Undan avval va undan keyin hech kim turkiy tilda she’rni undan yuksakroq yoza olgan emas».



1-boshlovchi:

— Biz Navoiy bobomizning avlodlarimiz va, albatta, ularga sodiq farzandlar bo'lishga harakat qilamiz. Bu yo'lda biz, yoshlarning o‘z maqsad va intilishlarimiz bor.

2-boshlovchi:

buyuk, kelajagi merosxo'rlarimiz.



Alisher Navoiydek xalqparvar, dunyo ahli aziz va mukarram bilgan bobolarimiz ruhlari qo'llab turgusidir.

1 - boshlovchi:

— Shuning bilan so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomiz tavalludiga bag'ishlangan kechamiz o‘z nihoyasiga yetdi. E'tiboringiz uchun rahmat!
Download 25.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling