Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi
Download 0.77 Mb.
|
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtor
- 13-o’quvchi
- 15-o’quvchi
Alisher Navoiy:-Qayeringiz og’riydi?
Bemor odam:-O’zim ham bilmayman, hamma joyim og’riydi, ammo tanamda issig’im yo’q. Alisher Navoiy:-Unday bo’lsa, bir shifosi bor. Har kuni ertalab bir namoz vaqti,peshinda bir namoz vaqti, kechqurun yana bir namoz vaqti yet chopib, qolgan paytlarda o’z kasbingizni qiling, inshooloh, tezda tuzalib ketasiz… Avtor:-oradan bir necha kun o’tgach, haligi odam yana Mir Alisherning oldiga kirib kelibdi. Bemor: -Meni tanidingizmi, taqsir? Mir Alisher Navoiy:-Tanishga tanidimku-ya, ammo salomatligingiz qanday? Bemor odam:-Otdayman. Shoirdan ham tabib chiqar ekan-da, aytganingizni qilib tamomila darddan xalos bo’ldim. Avtor : Mana aziz do’stlar, bobomiz Mir Alisher Navoiy bilimli bo’lishi bilan birga juda zukko inson bo’lganlar. Siz ham sahna ko’rinishimizdagi bemor odamga o’xshab qolmang. Mehnat qilishdan charchamang . Alisher Navoiy xalq orasida doimo katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan. Zamondoshlari bu ulug’ zotni nihoyatda qattiq hurmat qilishgan. Navoiyni o’qish Har bir kalla, har bir bosh Jaholatdan qo’rqishi kerak Har bir bola, har bir yosh Navoiyni o’qishi kerak. Har bir ota, har bir mo’ysafid Umr hikmatlarin ko’rsatib Nafs arqonlarini qirqishi kerak Farzandlari, nabirasiga Navoiyni o’qishi kerak! Bir bolaga-butun mamlakat Ba’zan esa qirq kishi kerak Beshiklardan tushib bolalar Navoiyni o’qishi kerak.! Siz deysiz: yo’l topishi kerak Uy qurib, pul topishi kerak, Yo’q-yo’q, u or qilishi kerak Navoiyni o’qishi kerak! Samarqandu Buxoro, Termiz To’ylarida barchamiz jammiz Bizlar axir kimlardan kammiz?! Elga olam olqishi kerak Olamga tik boqishi kerak Navoiyni o’qishi kerak. Beruniylar, ibn Sinolar Ulug’beklar, Bobur Mirzolar Qurib ketmish qanday binolar Yosh ko’ngillar qalqishi kerak Navoiyni o’qishi kerak! Vatan azal bitta Vatandir, U biz uchun so’lmas chamandir. Shul sababdan bola chog’lardan Maysa chog’lar, lola chog’lardan O’zni urib, yulqishi kerak Navoiyni o’qishi kerak, Dilga nedir yuqishi kerak! 13-o’quvchi: - Navoiy asarlarini o’qishning o’zi bizga yetarli emas, Navoiyni anglash kerak, Navoiy bilan hamnafas bo’lib yashash kerak. Shunda ulug’ bobomizning ruhi shod bo’ladi, ham qalbimiz obod bo’ladi. 14-o’quvchi: -Navoiy-bir ummon. Mana, besh asrdirki, shu ummondan biz duru gavharlar teramiz, lekin bu javohirlar tugay demaydi. Ana shu bebaho boyligimizni bugun har bir o’zbek farzandi his qilishi, undan to’liq bahramand bo’lishi lozim. 15-o’quvchi:So’zingiz buyukdir, o’zingiz buyuk Buyuk me’rosingiz-iftixorimiz Biz uchun har nedan ortiqroq, suyuk Yozgan asaringiz, aytgan so’zingiz. 16-o’quvchi: - Navoiyni bilish- o’zlikni bilish, Navoiyni sevish-millatni sevish, Navoiyga sadoqat-eng ezgu insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling