Alisher navoiyning ilmiy merosi. Adabiyotshunoslik va tarixiy asarlari
Download 91.92 Kb.
|
ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI. ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARIXIY ASARLARI
ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI. ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARIXIY ASARLARIReja: Adabiyotshunoslik asarlari. “Mufradot” – muammo janriga bag'ishlangan asar. “Majolis un-nafois” – turkiy tildagi birinchi tazkira sifatida. “Mezon ul-avzon”da aruz nazariyasiga doir masalalarning yoritilishi. Alisher Navoiy – tilshunos. “Muhokamat ul-lug‘atayn”da ikki til mubohasasi. Tarixiy asarlari. “Tarixi muluki ajam” va “Tarixi anbiyo va hukamo” – mumtoz tarixnavislik manbasi sifatida. Alisher Navoiy badiiy ijod bilan birga ilmiy faoliyatni teng olib borgan buyuk mutafakkirdir. Uning adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix, din tarixi va nazariyasiga doir ko‘plab asarlari muhim ma'lumotlarni qamrab olganligi, aniq dalillarga asoslanganligi va obyektiv xulosalarga egaligi bilan bugungi kun ilm-fani uchun ham nihoyatda qimmatlidir. Alisher Navoiy adabiyotshunoslikka doir uch asar yaratgan bo‘lib, uning “Mufradot” yoki “Risolai muammo” asari hijriy 890, milodiy 1485-yilda fors-tojik tilida yaratilgan23. Manbalarda asar nomi “Risolai mufradot” (“Makorim ul-axloq”), “Mufradot dar fanni muammo” (“Qomus ul-a'lom”, “Tuhfai Somiy”), ayrim qo‘lyozma nusxalarida “Risolai muammo” tarzida ham qayd qilingan. Asarning muqaddimasida esa bu haqda shunday deyiladi: “Va chun in muhaqqar dar in fan ba mushobihai “alif” va “be” bud, musammo ba “Mufradot” namud” (Mazmuni: Ushbu arzimas asar bu (muammo) fanda “Alifbe”ga o‘xshagani sababli “Mufradot” deb ot qo‘yiladi). Mufradot so‘zi istiloh sifatida quyidagi ma'nolarni ifodalagan: 1) mumtoz o‘zbek she'riyatida eng kichik janr hisoblanmish fardning ko‘pligi; devon va kulliyotlarda fardlarga ajratilgan qismning nomlanishi; 2) alifbodagi harflarning alohida-alohida shakllari hamda birdan o‘ngacha bo‘lgan raqamlarning umumiy nomi. Harflarning yolg‘iz shakllarini yozishda husni xat bo‘yicha qo‘llanmalar “Mufradot”, to‘la kalligrafik mashqlar esa “Murakkabot” deyiladi. Asarda keltirilgan misollar asosan fard – baytlar shaklida bo‘lganligi hamda shoir kamtarlik bilan muammo sohasining boshlang‘ich ma'lumotini endi egallaganini ta'kidlagani, shuningdek, bu kitob muammo ilmini endi o‘rganayotgan kishilar uchun mo‘ljallab yozilgani sababli “Mufradot” deb nomlangan. Risola muammo janrini yechish qonun-qoidalariga bag‘ishlangan. Ma'lumki, muammo arabcha “ko‘r qilingan”, “yashiringan” ma'nolarini bildiruvchi va bir, ba'zan esa ikki baytdan iborat mustaqil she'r turidir. Muammoda biror ism yoki narsa-buyum nomi berkitiladi. Bunda arab yozuvidagi harflarni turlicha o‘zgartirish yo‘li bilan yashiringan so‘zlar topiladi. Muammo 2 xil ma'no asosiga quriladi: tashqi (chalg‘ituvchi) ma'no va ichki (asosiy ma'no). Alisher Navoiy “Risolai muammo” asarida o‘zidan avval yaratilgan asarlarning murakkabligi va ulardagi kamchiliklar haqida gapirar ekan, o‘z asarida iloji boricha ularni bartaraf qilishga intiladi. Shoir risolaning kirish qismida g‘oyat kamtarlik bilan uni yaratishdan maqsad olimlar e'tiboriga havola qilish emas, balki keng xalq ommasi, xususan yosh avlodga muammo sirlarini o‘rgatish ekanligini ta'kidlaydi: “Bu muxtasar asarning risolalar qatoriga kirish qobiliyati va bu kaminada uni olimlar ko‘zlariga ko‘rsatish salohiyati bo‘lmasa ham, bolalarga muammo amallarini o‘rganishlarini osonlashtirish uchun yarashi mumkin”. Risolaning yozilish tarixi haqida “Xamsat ul-mutahayyirin” asarida ham ma'lumot beriladi. Asarda aytilishicha, bir kuni Alisher Navoiy o‘zidan avval muammo haqida yaratilgan asarlar va ulardagi murakkabliklar haqida o‘ylab o‘tirganida, uning huzuriga Abdurahmon Jomiy tashrif buyuradi. Navoiy unga muammoga doir sodda va oddiy xalq ommasi uchun tushunarli bo‘lgan asar yozmoqchi ekanligini aytadi. Shunda Jomiy o‘zi ham anchadan beri shu haqda o‘ylab yurganligini ta'kidlab, qisqa muddat ichida “Risolai muammoi manzum” asarini yaratadi va Alisher Navoiyga ko‘rsatadi. Navoiy asarning ancha murakkab (xalq ommasi uchun tushunarsiz) ekanligini ko‘rib, o‘zi “Risolai muammo” asarini yaratadi va Jomiyga tuhfa qiladi. Jomiy asarni nihoyatda yuksak baholab, o‘g‘li Ziyovuddin Yusuf uchun darslik sifatida tavsiya etadi. “Mufradot” asarida muammoning turli uslub va amallari ixcham, ravon tilda bayon qilinadi. Muammo amallariga keltirilgan misollar ham nihoyatda aniq va tushunarlidir. Asarda Alisher Navoiy muammo amallarini 3 qismga ajratadi: Download 91.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling