Alisher navoiyning ilmiy merosi. Adabiyotshunoslik va tarixiy asarlari
Download 91.92 Kb.
|
ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI. ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARIXIY ASARLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Majolis un-nafois”
a'moli tahsiliy – hosil qilish amallari;
a'moli takmiliy – mukammallashtirish amallari; a'moli tasxiliy – osonlashtirish amallari. Navoiy a'moli tahsiliyga ta'rif berar ekan, uning intiqod (saralash) degan turini izohlab, unga ko‘ra so‘zning ba'zi harflarini olish orqali muammo hosil qilinishini aytadi va ODAM ismida Dili moro chu xohy boz justash Z–ohu dardu mehnat cho‘ naxustash Mening oyim jom (qadah)ni dahan (og‘zi) tomon olib borsa, Labidagi qatralarni toza qiladi). Bunda “jom” so‘zi “dahan” (og‘iz) tomonga, ya'ni “d” tomonga olib boriladi va “jomid” so‘zi hosil bo‘ladi, ikkinchi misrada nazarda tutilgan labdagi qatra, ya'ni nuqta tozalansa (olib tashlansa), “Homid” ismi kelib chiqadi. Asarda shu tarzda 3 amal, 15 qism va 48 ta uslub qoidalari va ular bilan bog‘liq holda 121 ta muammo va uni yechish usullari ko‘rsatib beriladi. “Mufradot” asari shu mavzudagi boshqa ilmiy risolalardan bir necha xususiyati bilan farq qiladi. Asar muallifning o‘zi ta'kidlaganidek, tushunarli qoida va shu qoidaga kerakli misollardan tarkib topgan. Risolada oddiylikdan murakkablik tomonga borish prinsipiga izchil rioya qilingan. Dastlab muammo ilmiga ta'rif berilib, so‘ng tushunilishi oson bo‘lgan qoidalar va misollar keltirilgan. Shuningdek, Navoiy bu asarni qo‘llanma sifatida yozgani bois ilmiy munozaralarga kirishmasdan, asosiy e'tiborni umume'tirof etilgan qoida va qonuniyatlarni yoritishga qaratgan. “Mufradot”da keltirilgan misollar barchasi fardda yozilgan bo‘lib, boshqa risolalardan farqli o‘laroq, “Qaro”, “Temur”, “Bek” kabi o‘zbekcha ismlar asosida ham muammolar keltirilgan. Shuningdek, Navoiy boshqa risolalarda uchraydigan va tatbiq qilinishi nisbatan mushkul bo‘lgan qoida va amallar (masalan, tahrik va taskin, izhor va asror, ma'ruf va majhul, ta'rib va ta'jim kabi qoidalar)ni keltirmasdan, imkoni boricha bu fanni jimjimadorlik va murakkablikdan xoli holatda ko‘rishni istagan. “Mufradot” asarida yoritilgan qoida va amallar devonlardagi boshqa turkiy va forsiy muammolarni yechishda ham amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi. Mazkur asarning tanqidiy matnini Lutfulla Zohidov 1970-yilda himoya qilingan “Alisher Navoiyning “Risolai mufradot” asari va uning muammolari” nomli nomzodlik dissertatsiyasi tarkibida keltirgan. Ushbu tanqidiy matnni tuzishda olim quyidagi ikki qo‘lyozmaga suyangan: Sankt-Peterburg shahri nusxasi (Rossiya Milliy kutubxonasi, inventar raqami – Dorn 558) Navoiy asarlari majmuasi tarkibida bo‘lib, qo‘lyozmani 1001–1004/1593–96 yilda Nazarali Foiziy ko‘chirgan. “Risola muammo” asari mazkur qo‘lyozmaning 710b–713b varaqlarida joylashgan, 7 varaqdan iborat. Undagi matn tayanch manba sifatida olingan. Toshkentda saqlanayotgan nusxa (ToshDShI ShQM, 1-fond, inventar raqami – 5564). Yuqoridagi tayanch matnga qiyoslash uchun foydalanilgan. Umuman olganda, Alisher Navoiyning «Mufradot» asari muammoning turli uslub qoidalari ixcham va tushunarli tilda bayon qilib berilganligi bilan adabiyotshunoslikda muhim ilmiy qimmat kasb etadi. Alisher Navoiyning adabiyotshunos olim sifatidagi faoliyatini ko‘rsatib beruvchi yana bir asar bu “Majolis un-nafois” tazkirasidir24. Navoiy tazkirani 1491–1498-yillar davomida yaratadi. Tazkirada XV asrda yashab, faoliyat yuritgan 459 shoir haqida ma'lumot keltiriladi. Alisher Navoiy tazkiraning muqaddimasida asarning tarkibiy qismi va nomlanishi haqida shunday yozadi: “...chun bu maqsudg‘a yetildi, oni sekkiz qism etildi har qismi bir majlisg‘a mavsum bo‘ldi va majmuig‘a “Majolis un-nafois” ot qo‘yildi”. Tazkiradagi shoirlar majlis, ya'ni qismlarga quyidagicha taqsimlangan: 1-majlisda 46 ta, 2-majlisda 91 ta, 3-majlisda 175 ta, 4-majlisda 72 ta, 5-majlisda 21 ta, 6-majlisda 31 ta, 7- majlisda 22 ta va 8-majlisda Husayn Boyqaro bilan bog‘liq ma'lumotlar keltirilgan. Tazkiraning birinchi majlisi “Jamoati maxodim va azizlar zikridakim, bu faqir alarning sharif zamonining oxirida erdim va mulozimatlari sharafiga musharraf bo‘lmadim” degan nom bilan tasnif etilgan bo‘lib, bunda hazrat Navoiy o‘z tazkirasini “tabarruk qilmoq uchun” shayxlardan Xoja Qosim Anvor zikri bilan boshlaganini ta'kidlaydi: “Ul jumladin soliki atvor va koshifi asror, ya'ni Hazrati Amir Qosim Anvor (quddisa sirruhu)dur. Har necha alarning rutbasi shoirliq poyasidin yuqoriroqdur va valoyat ahli zumrasida vasfdin toshqariroq, ammo chun haqoyiq va maorif adosida nazm libosi dilpazirroq uchun iltifot qilur ekandurlar, tayammun jihatidin bu muxtasarni alarning sharif ismlari bila ibtido qilildi”. Qosim Anvordan keyin uning shogirdlari Mir Maxdum va Hofizi Sa'd haqida ma'lumotlar beriladi. Tazkiraning 2-majlisida shoir bolaligi va yigitlik paytida suhbatlariga musharraf bo‘lgan shoirlar haqida hikoya qilinadi. Bu majlis mashhur tarixchi, “Zafarnoma” muallifi Sharafidddin Ali Yazdiy zikri bilan boshlanadi. Majlisda Alisher Navoiy o‘zining tarbiyasi va ijodiy kamolotiga alohida ta'sir ko‘rsatgan zotlar: Xoja Fazlulloh Abullaysiy, Shayx Sadriddin Ravosiy, Shayx Kamol Turbatiy, Darvesh Mansur, Hofiz Ali Jomiy, Xoja Yusuf Burhon; o‘z zamonining taniqli shoirlari: Mavlono Lutfiy, Yaqiniy, Atoyi, Muqimiy, Sakkokiy, shoir tog‘alari Mir Said Kobuliy, Muhammad Ali G‘aribiy, farzand o‘rnida qadrlagani shoir Mirzobek, ustozi va do‘sti Sayyid Hasan Ardasher haqida ma'lumot beradi. Xususan, Alisher Navoiy Mirzobek haqida yozar ekan, uning juda erta vafot etganini, badiiyat jihatdan yetuk baytlar bitsa-da, ularni yakuniga yetkazmaganligini afsus bilan bayon etadi. Jumladan, uning Download 91.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling