Alisher navoiyning ilmiy merosi. Adabiyotshunoslik va tarixiy asarlari
Download 91.92 Kb.
|
ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI. ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARIXIY ASARLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Muhokamat ul-lug‘atayn”
Zihi mulkungning o‘n sekiz mingidin bir kelib olam,
Bu olam ichra bir uyluk qulung Havvo bilan Odam, Rajazi musammani matviyi maxbun vazni bilan bog‘liq o‘rinda Gar alamimg‘a chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay, Vah, g‘amima shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay, Mutaqoribi usammani mahzuf vaznida Ochildi chaman, gul'uzorim qani, Sihi sarv bo‘yluq nigorim qani? kabi baytlarni keltiradiki, bu holat Navoiy keltirgan vaznlar turkiy adabiyot uchun shunchaki tajriba bo‘lmay, balki ularda badiiyat jihatdan yuksak g‘azallar yozish mumkinligini ko‘rsatadi. “Mezon ul-avzon”da 9 ta poetik shakl va ularning vaznlari haqida ham ma'lumot keltirilgan bo‘lib, ularning aksariyati turkiy xalq og‘zaki ijodiga mansubdir. Navoiy ularning xalq orasida tarqalgan nomlaridan foydalanadi, nomi yo‘qlarini esa aruzdagi vaznlardan qaysi biriga mos bo‘lsa, shu vazn nomi bilan ataydi. Ushbu poetik shakllar quyidagilardir: o‘n olti ruknli ramali maxbun, tuyuq, qo‘shiq (1), qo‘shiq (2), chinga, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy. “Mezon ul-avzon” turkiy aruzshunoslikka qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib, o‘z davridayoq zamondoshlari tomonidan yuksak baholangan. Xondamir “Makorim ul-axloq”da risolaga yuqori baho berib, Navoiyning iste'dodi va badiiy mahoratini ko‘rsatib beruvchi asar ekanligini, avvalgi risolalarda keltirilmagan doiralarni kiritganligini uning aruzshunoslikdagi eng katta xizmati sifatida e'tirof etadi. “Mezon ul- avzon” o‘zidan keyin turkiy tilda Boburning “Risolai aruz” asari yaratilishi uchun zamin hozirladi, XIX asrda Furqatning “Ilmi she'rning qoidai avzonini bayoni” dastxatiga asos bo‘ldi. Navoiy turkiy tilning rivojiga shoh asarlar yaratish bilangina hissa qo‘shib qolmay, uning taraqqiyotini nazariy jihatdan ham boyitdi. Uning bu boradagi xizmatlaridan biri 1499 (hijriy 905)-yilda yaratilgan “Muhokamat ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asaridir. Mazkur asarida Navoiy turkiy va forsiy (sort) tillarini bir-biriga qiyoslash asnosida, turkiy tilning boy va keng imkoniyatlarga ega ekanligini isbotladi. Asar musulmon Sharqi adabiyoti an'analariga muvofiq Allohga hamd aytishdan boshlangan. Alisher Navoiy arab tilidagi hamddan so‘ng turkiy tilda bir ruboiy keltirib, uning ilk baytidayoq so‘z bilan olam yaratilganligini, arab tilining barcha tillardan ustun ekanligini ta'kidlaydi. Bu tilda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) so‘zlashgani, muqaddas kitob – Qur'oni Karimning nozil qilinganligi uning sharafli ekanligini bildiradi, deb aytadi. Navoiy arab tilidan so‘ng uch (turkiy, forsiy va hind) tilini “asl va mo‘tabar” deb hisoblab, ushbu tillarning kelib chiqishi Nuh payg‘ambarning uch o‘g‘li – Yofas, Som va Hom bilan bog‘lanishini aytib o‘tadi. Abu Turk laqabi bilan mashhur bo‘lgan Yofas payg‘ambarlik toji bilan sarafroz va rasullik mansabi bilan mumtoz etilganligini ta'kidlaydi. Navoiy yashab ijod etgan davrda turkiy til forsiy tilga nisbatan pastroq maqomda deb hisoblanib, turkiy tilda ijod etgan Haydar Xorazmiy, Sakkokiy, Atoyi, Yaqiniy, Gadoiyning ijodi forsiy meros bilan teng keladigan darajada emas edi. Alisher Navoiy ushbu shoirlarning nomlarini keltirib, ular orasida forsiy adabiyotdagi Xoqoniy, Avhadiddin Anvariy, Kamol Ismoil, Zahir Foryobiy, Salmon Sovajiy kabi qasidanavislar, Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviydek masnaviy ustalari, Sa'diy Sheroziy va Hofiz Sheroziy kabi g‘azalnavis shoirlar yetishib chiqmaganligiga e'tiborni qaratadi va turkiy shoirlardan faqat Lutfiygina ular bilan she'riy musobaqaga kirishish salohiyatiga ega bo‘lganligini ta'kidlaydi. Bu bilan Alisher Navoiy turkiy til va bu tilda ijod qiluvchi shoirlarning zimmasida ulkan vazifa turganligini eslatib o‘tadi. Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn”da turkiy va o‘zi mukammal bilgan forsiy tilni o‘zaro chog‘ishtirish yo‘lidan borib, ikki tilning leksik va poetik imkoniyatlarini ilmiy nuqtai nazardan asoslab beradi. Asarda turkiy va forsiy tillar fonetika, leksika va morfologiya doirasida o‘zaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, Navoiy forsiy tilda unlilar sonida chegara borligi, turkiy tilda esa unlilar bir qancha ma'no farqlovchi xususiyatlarga ega ekanligi va ular o‘zaro uzun- qisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali ko‘rsatib bergan. Xususan, turkiy tilning fonetik xususiyati qofiyadosh so‘zlar uchun forsiy tilga nisbatan qulayligini asoslar ekan, “vov” – “ﻭ” hamda “yoy” – “ﻯ” harflari forsiy til fonetikasida faqat ikki harakatni: “vov” “o‘” hamda “u”ni, “yoy” esa “i” va “e” tovushlarini berishini, (masalan, “xud” (ﺧﻭﺪ) hamda “dud” (ﺪﻭﺪ) so‘zlarida “u” tovushi; “zo‘r” (ﺯﻭﺮ) va “nur” (ﻧﻭﺮ) so‘zlarida “o‘” tovushini), turkiy tilda esa bu ikki harfning har biri uch yoki to‘rt tovushni ifodalashini “ter” so‘zi orqali ko‘rsatib beradi. Bu o‘rinda Navoiy “ter” so‘zining termoq, may, o‘q ma'nolari borligini va “ter” (ﺘﻳﺮ) so‘zidagi “yoy” (ﻯ)ning talaffuzi ma'nosiga ko‘ra farqlanishini, ammo yozuvda bir xil ko‘rinishda bo‘lishini ta'kidlash orqali turkiy tilning fonetik imkoniyatlariga e'tibor qaratadi. Navoiy asarda forsiy tilda muodil (ekvivalent)i bo‘lmagan 100 ta fe'lni keltiradi26. Masalan, “telmurmak” so‘ziga izoh berar ekan, bu so‘z anglatgan ma'no forsiylarda yo‘qligini, mahbubaning nazari oshiq yuziga tekkach, oshiqning “niyoz yuzidin telmurmagi asru munosib ish” ekanligini aytadi va quyidagi baytni keltiradi: Download 91.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling