Alisher navoiyning ilmiy merosi. Adabiyotshunoslik va tarixiy asarlari


Download 91.92 Kb.
bet4/8
Sana31.03.2023
Hajmi91.92 Kb.
#1313174
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI. ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARIXIY ASARLARI

Hajring o‘ti jismi zorim qildi kul, ey yor, bil,
Gar bino qilsang mazorim tarhin ul kul birla qil
matla’li g‘azaliga o‘z davrida ko‘plab naziralar yozilganligi, ammo hech biri Sulton Husayn Boyqaro g‘azalichalik mashhur bo‘lmaganligi aytiladi. Husayn Boyqaro nazira yozish san’atida ham usta bo‘lganligini Mavlono Yaqiniyning bir she’riga ikki nazira bog‘laganidan bilish mumkin. Alisher Navoiy uning: Ey visoling xasta ko‘nglum marhami, oromi jon, O’lmadim hijron elidin men qatiq jonlig‘ yamon matla’sini Mavlono tirik bo‘lganda, mazkur she’r o‘z g‘azalidan yaxshiroq ekanligini inkor etmas, hatto bu bahr va qofiyadagi naziralarning ikkalasi bir- biridan yaxshi ekanligini tasdiqlar edi, deydi.
Tazkiraning “Xilvat” deb atalgan xotima qismida Husayniyning daqiq uslubi va nuktadonligi haqida ma’lumot beruvchi ikki voqea keltirilgan. Ulardan birida Navoiy bir kuni mavlono Lutfiydan Xusrav Dehlaviyning hindcha she’rlaridan birida balchiqqa toyib yiqilayozgan yorning yomg‘ir rishtasini ushlab, turib ketganligi haqidagi lavhani eshitib, Dehlaviyning nafis taxayyuliga ofarin aytganligi, bu haqda Husayn Boyqaroga aytganida, u yomg‘ir tomchilari yuqoridan pastga tushganligi uchun mahbubaning ularga osilib, o‘rnidan turib ketishi mantiqsizlik deb e’tiroz bildirganligi va quyidagi baytni o‘qiganligini aytadi:
Za’fdin kulbamda qo‘pmoq istasam aylar madad, Ankabute rishta osqon bo‘lsa har devorg‘a.
Shundan so‘ng Navoiy Husayn Boyqaroning zakiyligiga tahsinlar aytib, o‘z nuqsonini anglab etadi va shohning haqqiga duolar o‘qiydi. Ikkinchi voqeaga ko‘ra, hisorlik yosh shoir Qabuliy yangi yozgan g‘azalini Navoiyga o‘qib berganida, Navoiy uning ikkinchi baytiga o‘zgartirish kiritib:
Sarv moyil bo‘ldikim, o‘pgay ayog‘ing tufrog‘in, Yo‘qsa har soat sabo tahrikidin xam bo‘lmadi tarzida tuzatib beradi. Mazkur g‘azal Husayn Boyqaroning e’tiboriga havola qilinganida, u ikkinchi baytning Alisher Navoiy qalamiga mansubligini darhol payqaydi. Bu holdan atrofdagilar hayratga tushadilar.
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da adabiyot maydonida endigina ko‘rina boshlagan shoirlarni ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. Buni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin:
Mavlono Sifotiy emdi paydo bo‘lg‘onlardandur, faqir hanuz ani ko‘rmaydurmen, ammo she'rin eshitibmen”;
Mavlono Asiriy ham emdi paydo bo‘lg‘on xushtab' yigitlardindur” va boshqalar.
“Majolis un-nafois”da o‘sha davrda yashagan ba'zi ayol shoiralar haqida ham ma'lumot keltiriladi. Garchi ularning nomlari tazkirada alohida ijodkor sifatida keltirilmasa ham, ular haqidagi shoirning qaydlari adabiyotshunoslik uchun nihoyatda muhimdir. Alisher Navoiy tazkiraning shoir Shayxzoda Ansoriyga bag‘ishlangan faslida “andoq zohir bo‘lurkim, volidasi ham xushtab'dur va Bediliy taxallus qilur” degan ma'lumotni keltirsa, Mavlono Sulaymoniy haqidagi faslda Hofiz Sheroziy g‘azaliga nazira tariqasida yozilgan va Mavlono Sulaymoniyniki deb hisoblangan she'r haqida “Va mashhuri munundoqdururkim, bu abyot Mavlono Hakim tabibning xotini Mehriningdur” deb yozadi.
Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, fe’l-atvori, axloqi bilan bog‘liq xususiyatlar ham alohida ko‘rsatilgan. Har bir shoirga berilgan tavsif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan.
Asarda badiiy ijod bilan bog‘liq nazariy masalalar yuzasi-dan ham fikr bildiriladi: ba’zi shoirlarning she’rlaridagi jiddiy nuqsonlar tanqid ostiga olinadi. Navoiy Atoyi, Baqoiy, mav-lono Nargis, Qobuliy kabi shoirlarga baho berar ekan, ularn-ing she’rlaridagi shakliy jihatlar, xususan, qofiyasiga alohida ahamiyat qaratadi va nuktadon she’rshunos sifatida namoyon bo‘ladi.
Tazkirada o‘sha davr adabiy muhitidagi qizg‘in jarayon, adabiyotdagi poetik janr va turlar rang-barangligi ham ko‘rsatib berilgan. Asar jonli va ravon tilda, ixcham va sodda uslubda yozilgan. Navoiy g‘oyat siqiq jumlalarga katta ijtimoiy yoki badiiy voqelik va maqsadni singdirishga intilgan. Shu ma’noda tazkira XV asr ilmiy nasrining go‘zal namunasi hisoblanadi.
“Majolis un-nafois” Navoiyning hayoti va faoliyatini o‘rga-nishda ham muhim avtobiografik manba hisoblanadi. Tazkira orqali shoirning qaysi hududlarda bo‘lgani, kimlar bilan uchrashgani, ustozlari, do‘slari, yaqin kishilari, hamsuhbatlari, qarindoshlari, farzandi o‘rnidagi shaxslar va h.k.lar haqida ma’lumot olish mumkin.
Navoiy tazkirasida nomlari tilga olingan ko‘p shoirlarning asarlari bizgacha yetib kelmagan. Bu jihatdan ham “Majolis un-nafois” g‘oyat nodir manba bo‘lib, adabiyotshunoslik uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
“Majolis un-nafois” boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilinib, tazkirachilikning rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, XVI asrda fors tiliga 3 marta (Faxriy Hirotiy, “Lato-yifnoma”, 1521–22, Hirot; Muhammad Qazviniy, 1522–23, Istanbul; Shoh Ali Abdulali, 1598, Nishopur), bugungi kun-gacha turli tillarga 7 marta to‘liq tarjima qilingan. Hasanxoja Nisoriy ning “Muzakkiri ahbob”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy” va boshqa ko‘plab tazkiralar Navoiy tazkirasi ta’sirida maydonga kelgan. “Majolis un-nafois”ning XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida ko‘chirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa joylarda saqlanmoqda.

Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari 1492–1493-yillarda yaratilgan25. Navoiy turkiy tildagi adabiyotshunoslik masalalariga bag‘ishlangan Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari bilan tanish bo‘lmagani uchun aruz nazariyasiga doir qonun-qoidalarni turkiy tilda ilk marta bayon qilayotganini alohida ta'kidlaydi, xususan “g‘araz bu maqolotdin va maqsud bu muqaddimotdin bu erdikim, chun turk alfozi bilakim nazm voqi' bo‘lubdur, anga zobitaye va qonune yo‘q erkondur...” deb yozarkan, turkiy tilda aruz qonun-qoidalariga oid maxsus asar yo‘qligini aytib o‘tadi.
“Mezon ul-avzon” muqaddima, asosiy qism va kichik xotimadan iborat. Muqaddimada Allohga hamd aytilgach, Sulton Husayn Boyqaroning ushbu asarni yozishga ilhomlantirganligi haqida so‘z boradi. Unda aytilishicha, Husayn Boyqaro Amir Xusrav Dehlaviyning
18 ming baytdan iborat g‘azaliyotini yig‘dirib, bir to‘plam holiga keltiradi. Xusrav Dehlaviy she'rlarining ko‘pi murakkab bahr va vaznlarda bo‘lib, ularni aniqlashda hatto ba'zi shoirlar ham ojizlik qilar edilar. Husayn Boyqaroning topshirig‘i bilan aruzshunoslar Xusrav Dehlaviyning har bir she'ri ustiga shu she'rning vaznini yozib chiqadilar. Shundan so‘ng devon tuzishda har bir she'rning vaznini qayd etib qo‘yish odat tusiga kiradi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti ham shu yo‘sinda tartib beriladi.
Alisher Navoiy muqaddimada o‘zidan avval yaratilgan aruzga doir manbalar: Xalil ibn Ahmadning “Kitob ul-ayn”, Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”, Nasiriddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or”, Abdurahmon Jomiyning “Risolai aruz” asarlariga to‘xtalib o‘tib, ularda mavjud bo‘lmagan ba'zi qoida, doira va vaznlarni o‘z asarida keltirib o‘tishini aytadi.
Navoiy vaznlarga ta'rif berar ekan, unga ko‘proq misollarni o‘z g‘azaliyotidan keltiradi. Xususan, hazaji musammani solim vaznini ta'riflashda

Download 91.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling