Alisher navoiyning ilmiy merosi. Adabiyotshunoslik va tarixiy asarlari


Download 91.92 Kb.
bet3/8
Sana31.03.2023
Hajmi91.92 Kb.
#1313174
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI. ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARIXIY ASARLARI

Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur,
Kim jonga qaro balo bo‘lubtur
deb boshlanuvchi matla'sini tugatib, o‘z devoniga kiritganligini aytadi.
Tazkiraning 3-majlisi o‘z davri she'riyatiga ulkan hissa qo‘shgan yuksak tab'li ijodkorlar haqida bo‘lib, buyuk shoir Abdurahmon Jomiy zikri bilan ochiladi. Majlisda, shuningdek, Amir Shayxim Suhayliy, Abdulloh Hotifiy, Osafiy Hiraviy, Zova Qozisi kabi “Xamsa” dostonlariga tatabbu' bitgan ijodkorlar, Sayfiy Buxoriy kabi muammo va aruz ilmiga doir risola bitgan ijodkor, Kamoliddin Binoiy, Gadoiy kabi sohibi devon shoirlar haqida ma'lumotlar keltiriladi.
4-majlisda zamon fozillari – she'rda mashhur bo‘lmasalar-da, ammo ba'zan latif bayt aytuvchi ijodkorlar haqida so‘z boradi. Alisher Navoiy bu majlisni kamoloti “azharu min ash-shams” (quyoshdan porloq) shaxs – Pahlavon Muhammad Go‘shtigir zikri bilan boshlaydi. Shoir uning pahlavonligi u erishgan kamolotning eng quyi darajasi bo‘lib, musiqa ilmida o‘z davrining benaziri ekanligini ta'kidlaydi. Shuningdek, nazm aytishda ham yuksak iqtidorga egaligini aytib, Husayn Boyqaro Pahlavon Muhammadning quyidagi baytiga ming oltin tanga tuhfa qilganligini faxr bilan tilga oladi:
Guftamash: “Dar olami ishqi tu koram bo g‘am ast”, Guft xandon zeri lab: “G‘am nest, kori olam ast”. (Mazmuni:
Unga aytdimki, sening ishqing olamida ishim g‘amdan iborat bo’ldi.
U kulgu aralash miyig‘ida: “g‘am emas, olamning ishidir”, dedi). Ushbu majlisda shuningdek, Xoja Kamoliddin Udiy, Atoulloh Husayniy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Xondamir, Sulton Ali Mashhadiy kabi zamonasining fozillari haqida so‘z boradi.
Tazkiraning 5-majlisi Xurosonning “tab'i nazmi bor” mirzozodalari zikrida bo‘lib, Davlatshoh Samarqandiy ta'rifi bilan boshlanadi. Alisher Navoiy Davlatshohning hasham va mol-dunyodan voz kechib, faqrlik yo‘lini tutganligi haqida ma'lumot berar ekan, uning “Majmua' ush-shuaro” (“Tazkirat ush-shuaro”) asarini mutolaa qilgan shaxs Davlatshohning iste'dodi va kamoloti qay darajada ekanligidan xabar topadi degan fikrni keltiradi. Mazkur majlisda shuningdek, Mir Husayn Ali Jaloyir, Muhammad Solih, jiyani Mir Haydar Sabuhiy, akasining nabirasi Mir Ibrohim kabi mirzozodalar haqida ham ma'lumotlar keltiriladi.
Tazkiraning 6-majlisida Xurosondan tashqaridagi, xususan Samarqanddagi fozillar haqida so‘z boradi. Ushbu majlis Samarqand hokimi Ahmad Hojibek ta'rifi bilan ochiladi. Alisher Navoiy uning “Vafoiy” taxallusi bilan she'rlar bitishini, Hirotda ham o‘n yil hokimlik qilganligini, “surati xush va siyrati dilkash” shaxs ekanligini ta'kidlab, jangchi sifatidagi shijoati va botirligini alohida tahsin qiladi. Uning ijodidan quyidagi matla'ni keltiradi:
Girifti joni man az tan ba zulfi purshikan basti,
Kushodi parda az ruxsori xeshu chashmi man basti.
(Mazmuni:
Tanimdan jonimni olib, ko‘p zanjirli soching bilan bog‘lading, yuzingdan pardani ochib (u bilan) ko‘zimni bog‘lading).
Mazkur majlisda “Ulug‘bek Mirzo” madrasasining mudarrisi Xoja Xurd, Nizomiy “Layli va Majnun”iga tatabbu' bitgan Xoja Imod Loriy, Kirmon viloyati hokimi Amir Mahmud Barlos va boshqalar haqida ham ma'lumotlar keltiriladi.
7-majlis Amir Temur va temuriy ijodkorlar zikriga bag‘ishlangan. Unda Sohibqirondan boshlab Sulton Ali Mirzogacha jami 22 shaxs haqida so‘z boradi. Tazkiraning so‘nggi sakkizinchi majlisi to‘laligicha Husayn Boyqaro – Husayniy ijodiga bag‘ishlanib, uning devonidagi 164 g‘azalining matla’ini keltiradi va u qo‘llagan badiiy timsollar, she’riy san’atlar, nozik ma’no va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. Jumladan, uni “xub ash’ori va marg‘ub abyoti bag‘oyat ko‘ptur” deb, matla’larini “bu matla’ g‘arib ado topibdur”, “ajab o‘tluq matla’ tushubturkim”, radifi “bag‘oyat shirin va dilpazir va rangin voqe’ bo‘lubtur”, “bu matla’dek oz voqe’ bo‘lubturkim”, “bu matla’ so‘znok voqe’ bo‘lubturkim”, “bu matla’ yagona va bag‘oyat oshiqona voqe’ bo‘lubtur” kabi sifatlar bilan ta’riflaydi.
Tazkirada Husayn Boyqaroning

Download 91.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling