Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81

Qo’shimcha adabiyotlar: 

9. 

Jo’rayev U. Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. T.,"SHarq",1998. 65-73 byetlar 



10. 

Sa’dullayev A. Qadimgi O’zbyekiston ilk yozma manbalari. T., "O’qituvchi"., 1996. 

11. 

Boynazarrov F.  O’rta Osiyoning antik davri. T.,"O’qituvchi", 1991,        202-241 byetlar. 



12. 

Sulaymonova F. SHarq va G’arb. T. "O’zbyekiston", 1997. 

13. 

Karimov SH, SHamsuddinov R. Vatan tarixi. 1-kitob, T. “O’qituvchi”, 32-45, 97-109 byetlar. 



14. 

O’zbyekiston  xalqlari  tarixi.  Ikki  jildlik.  Akadyemik  A.Asqarov  tahriri  ostida.  T.  Fan;  1992-

1993.  

15. 


Vatan tuyg’usi. T. "O’zbyekiston", 1996.  

16. 


Asqarov  A.A.  O’zbyekiston  tarixi  (Eng  qadimgi  davrlardan  eramizning  V  asrlarigacha)  T. 

“O’qituvchi” 1994. 12-68, 103-111 byetlar. 

17. 

O’zbyekiston tarixi. T. “Univyersityet", 1996, 1-jild. 56-68 byetlar.  



 

Darsning  o`quv  va  tarbiyaviy  maqsadi:  O’zbyekiston  jahon  tsivilizatsiyasining  

byeshiklaridan  biri  ekanligini    hamda  antropogonyez  jarayoni    kyechgan    hududligini  tarixiy 

manbalar  va  adabiyotlar  asosida  ochib  byerishdan  iborat.  SHuningdyek,  talabalarda  tsivilizatsiya, 

yuksak gumanizm hamda tarixdan faxrlanish kabi his tuyg’ularni shakllantirishdan iborat 

 

Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy 

ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

2. 

Dars  o’tish  usullari:  Takrorlash,  suhbat  va  savol-javob  (mavzuni  o`zlashtirishni 

mustahkamlash),  jonli  muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr 

mulohazalarini  bayon  qildirish,  buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch 

iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va  talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish. 

Talabalarga  XIV  asr  o’rtalarida  Movarounnahrdagi  ijtimoiy  –  siyosiy  va  iqtisodiy  vaziyat 

mavzusining  ob’yekti,  pryedmyeti  va    vazifalari  borasida  tushuncha  byerish.  Tarqatma  tyestlar 

asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil 

etishga  o`rgatish.  Xarita  bilan  ishlashni  talabalarga  o`rgatish.  Iboralarni  izohlash  va  unga  tahlil 

byerish. 

  Darsning xrono kartasi – 80 minut.  

  O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati 



– 2 minut 

 

Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 



 

Yo`qlama- 5-minut 

 

Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut 



 

YAngi mavzu bayoni – 50 minut  

 

sinov savollar namunasi – 5 minut 



 

Uyga vazifa byerish – 3 minut 

 

Tayanch  so’zlar  va  tushunchalar:TSivilzatsiya    arxeologiya,  antropologiya,  antropogyenyez  

jarayoni  polyeolit,  myezolit,  nyeolit,  enyeolit,  Ashyel’,  must’ye,  Tyeshiktosh,  Zarautsoy,  Joytun, 

Xisor,  Kaltaminor,  Xorazm,  Zamonbobo,  Sopollityepa,  Nyeandyertal,  Kramon’on,  Matriarxat, 


 

71

Bronza,  birinchi  va  ikkinchi  myehnat  taqsimoti,  YOzuvlar,  "Avyesto",  Otashparastlik  Axriman, 



Mitra, Xumo. 

 

1-masala: 

Markaziy Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan 

biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik byeruvchi ko’pgina 

matyeriallar  topilgan.  O’zbyekiston  Ryespublikasi  Pryezidyenti  I.A.Karimov  ham  O’zbyekiston 

dyeb  ataluvchi  hudud,  ya’ni  Vatanimiz  nafaqat  SHarq,  umumjahon  tsivilizatsiyasi  byeshiklaridan 

biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda dyeb qayd qilgandi

1



TSivilizatsiya  tyermini  lotincha  «civilik»  so’zidan  olingan  bo’lib,  fuqaroviy,  ijtimoiy  dyegan 

ma’nolarni  bildiradi.  TSivilizatsiya  insoniyat  jamiyati  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida  yaratilgan 

moddiy va ma’naviy boyliklarni yanadi ko’paytirish va takomillashtirib borish usullarining majmui 

bo’lib hisoblanadi. 

 

«TSivilizatsiya»  tushunchasi  dastlab  frantsuz  ma’rifatchilari  tomonidan  adolat  va  erkinli  hkum 



suradigan  fuqoralik  jamiyati  ma’nosida  ishlatilgan.    Kyeyinroq  esa  amyerikalik  antropolog 

L.Morgan bu tushunchani  insoniyatning  varvarli  va  yovvoyilikdan kyeyingi rivojlanish  bosqichini 

tushuntiriщda qo’llagan. Bugungi kunda  bu tushunchaning  ma’nosi  juda kyeng  bo’lib, olimlar uni 

turli  ma’nolarda  talqin  qilmoqdalar.  Tarixiy  tsivilizatsion  nazariyasi  N.YA.  Danilyevskiy, 

O.SHpyenglyer, A. Toynbi, P.A. Soroin, YU.V. YAovyets, V.M.Masson kabi olimlar tadqiqotlarida 

o’z  aksini  topgan  va  ularning  har  biri  tsivilizatsiya  tushunchasiga  turli  xil  mazmun  byerganlar. 

Masalan,  tsivilizatsiya  o’rniga  Danilyeviy  «Madaniy  va  tarixiy  shakllar»,  SHipyenglyer-  «YUqori 

madaniyatlar»,  Toynbi  «Lokal  tsivilizatsiyalar»,  Soroin  «Madaniy  supyertizimlar»  kabi 

tushunchalarni  ishlatganlar.  Bulardan  ayniqsa  A.Toynbi  asoslagan  «Lokal  tsivilizatsiyalar» 

to’g’risidagi  nazariya o’proq tan olinib,  e’tirof etilgan. YUqorida  nomlari  zikr etilgan olimlarning 

barchasi tsivilizatsiyani turli bosqichlarga bo’lganlar. Masalan: O.SHpyenglyer tsivilizatsiyani saiz 

(yegipyet, vavilon, hindk, xitoy, appolon, arab, myesia, g’arb) tsivilizatsiyalari bosqichiga bo’ladi. 

A.Toynbi tsivilizatsiyani  bosqichlarga bo’lishda din, tarix, til,  madaniyat va urf- odatlarni  hisobga 

olish  zarur  dyeb  hisoblaydi  va  shu  asosda  byeshta  tirik  tsivilizatsiyani,  ya’ni  g’arbiy,  pravoslav, 

nasroniy, islom, hind va uzoq sharq jamiyatini ko’rsatadi. TSivilizattsion jarayonlar tadqiqoti bilan 

shug’ullangan  rus  olimi    YU.V.  YAovyets    marscha-  formatsion,  tyexnorati  g’oyalarni  hisobga 

olgan  holda,  uni  nyeolitik,  ilk  sinfiy  jamiyat,  antik,  ilk  fyeodal,  oldindustrial,  industrial  va 

postindustrial  kabi  7  tarixiy  bosqichga  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  u  jamiyatning  hamma  sohalarini 

qamrab oluvchi  5 qavatdan iborat quyidan yuqoriga cho’zilgan, bir-birini to’ldiruvchi  unsurlardan 

iborat tsivilizatsiya piramidasini taklif etdi.    

TSivilizatsiya  so’zi  -  lotincha  so’z  bo’lib,  fuqoraviy  va  ijtimoiy  ma’nosida  jamiyatning  o’z 

taraqqiyoti  jarayonida  yaratgan  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarning,  ularni  yanada  ko’paytirib  va 

takomillashtirib borish usullarning majmuidir. 

Insoniyat  o’z  boshidan  katta  uch  davrni:  yovvoyilik,  vahshiylik  va  tsivilizatsiyani  kyechirdi. 

TSivilizatsiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan.  

TSivilizatsiya  ayrim  hududiy,  bir-biri  bilan  bog’lanmagan  tsivilizatsiya  maskanlari  sifatida 

shakllana  boshlab  (Qadimgi  Misr  tsivilizatsiyasi,  Qadimiy  Hind  tsivilizatsiyasi,  O’rtayer  dyengizi 

tsivilizatsiyasi,  Markaziy  Osiyo  tsivilizatsiyasi  va  hakozo),  bozor  munosabatlari  iqtisodiy 

hukmronlik shakillanishi davrida (XVI-XX asrlar) umumjahon tsivilizatsiyasiga aylandi. 

TSivilizatsiyaning  tarixi  qonli  urushlar  va  diniy  jaholatparastlikka  qarshi,  dunyoviy  madaniyat 

uchun kurash tarixidir. XX asrning 2- yarimiga kyelib ilg’or fan, tyexnika va tyexnologiya asosida 

ish  ko’rib,  o’zlarida  dyemokratik,  insonparvar  jamiyat  va  huquqiy  davlat  qurgan  mamlakatlargina 

haqiqiy  tsivilizatsiya  yo’liga  chiqmoqdalar.  TSivilizatsiya  inson  taraqqiyotining  mahsuli  va  ayni 

vaqtda uning asosidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik holati bo’lib, vaqt jihatdan 5 mln. 

yillik insoniyat tarixining bor-yo’g’i 0,1 foizni tashkil qiladi, ya’ni insoniyat o’zining bosib o’tgan 

yo’lining 99,9 foizi davomida yovvoyilik va vaxshiylik darajasida hayot kyechirgan. 

Kommunistik  mafkura  hukumronligi  yillarida  tsivilizatsiya  sotsialistik  tsivilizatsiya  nuqtai  nazari 

asosidagina o’rganildi. 

Mustaqil  O’zbyekistonning  maqsadi  -  hozirgi  zamonning  insonparvar,  dyemokratik  va  huquqiy 

davlatiga, ya’ni tsivilizatsiyali, ma’rifiy davlatga aylanib, halqning farovonligini ta’min etish hamda 



 

72

ilg’or mamlakatlar qatoridan joy olishdir. Buning asosi va zaruriy sharti davlatimizda ta’min etilgan 



tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikdir. 

Tabiatshunos  va  jamiyatshunos  olimlar  inson  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lgan  yuksak  rivojlanishni 

kuzatar ekan, bu yo’lda ko’p yillar davomida izlanishlar olib borib, inson tarixiy taraqqiyotini turli 

ijtimoiy-iqtisodiy davrlarga va bosqichlarga bo’lib o’rganishni taklif qiladi. 

Janubiy Qozog’iston, Tojikiston, O’zbyekistonning Toshkyent viloyatidagi  Ko’lbuloq va  Farg’ona 

vodiysidagi  Syelung’ur  g’ori  arxeologik  qazishmalar  natijalariga  ko’ra,  odamzotning  O’rta 

Osiyodagi  ilk  faoliyati  ashyel  davriga,  ya’ni  bir  million  yilga  yaqin  yillarga  tyegishli  ekanligi 

aniqlanmoqda. Endilikda hududimiz jahonda odamzodning ilk ajdodlari yashagan mintaqaga kiradi. 

Eng  qadimgi  jamoa  tuzimi  -  kishilik  jamiyati  tarixining  boshlang’ich  va  tarkibiy  qismidir.  Bu 

tuzumning  ilk  bosqichi  "ibtidoiy  to’da"  kyeyingi  bosqichi  esa  "urug’chilik  jamoasi"  dyeb  ataladi. 

Bu  tuzumning  boshlang’ich  davrida  odamlar  toshdan,  yog’ochdan    va  suyakdan    har-xil  qurollar 

yasab,  oddiy  tyermachilik  bilan  shug’illanganlar.  Bu  davrda  odamlarning  turmush  tarzi  oddiy 

bo’lib,  boy  va  kambag’al  bo’lmagan.  Ular  har  jihatdan  tabiat  nye’matlariga  qaram  bo’lishgan. 

Odamlar  g’or,  ungur  va  chakalakzorlarda  hamda    qamishzorlarda  yashab  tunaganlar.  Ularni 

umumiy turmush va umumiy myehnat birlashtirgan. 

Eng qadimgi jamoa tuzumi odamlarning hayoti va ularning mashg’ulotlarining o’rganishda asosan 

moddiy  manbalar  yaqindan  yordam  byeradi. Tarixni  mana shu  manbalar asosida o’rganadigan  fan 

Arxeologiya dyeb atalib, bu esa "qadimiyat to’g’risidagi fan " dyemakdir.  

Arxeologlar  moddiy  manbalardan  tashqari  eng  qadimgi  odamlar  suyaklarini  ham  topadilar. 

Odamlar  qiyofasi,  kyelib  chiqishi  va  rivojlanishining    o’rganadigan  fan  antropologiya  -  odam 

haqidagi  fan  dyeb  ataladi.  Xalqlarning  urf-odatlari,  xo’jalik  va  madaniyatni  o’rganuvchi  fan 

etnografiya, ya’ni yunoncha so’z bo’lib, "urf-odatlarni o’rganuvchi fan" shug’ullanadi. 

Eng qadimgi odamlar yasagan qurollar asosan toshdan bo’lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki 

bosqichi tosh davri dyeb ataladi. 

Arxeologlar eng qadimgi jamoa tuzumi, uning tarixiy davrlarini quyidagicha bo’lib o’rgangan: 

1) 


Polyeolit  -  qadimgi  tosh  davri,  bu  davr  taxminan  700-100  ming  yilliklarni  o’z  ichiga 

oladi.  O’z  navbatida  ushbu  davr  3  bosqichga  bo’linadi.  Ilk  polyeolit,  o’rta  polyeolit,  va  so’nggi 

polyeolitga. O’rta polyeolit  100-40 ming yilliklarni o’z ichiga olsa, so’ngi polyeolit esa 40-12 ming 

yilliklarni o’z ichiga oladi;  

2) 

Myezolit - O’rta tosh davri, 12-7 ming yillikni o’z ichiga oladi;  

3) 


Nyeolit - yangi tosh davri, 6-4 ming yillikni o’z ichiga oladi; 

4) 


Enyeolit va bronza -  mis - tosh davri 4-3  ming  yillikni  va 2-  ming  yillikning oxirigacha 

bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 

Odamzotning  paydo  bo’lishi  muammosi  birgina  biologiya  fanining  vazifasi  bo’lmay,  balki  bu 

jumboq  bilan  arxeologiya  va  antropologiya  fanlari  ham  shug’ullanadi.  Bu  muammoning  ilmiy  va 

ilohiy  yechimlari  mavjud  bo’lib  diniy  ta’limotdan  odamzodning  yaratilishi  iloxiyot  bilan 

bog’lanadi. 

Insoniyatning  paydo  bo’lishi  haqida  ham  olimlar  o’rtasida  biron  ilmiy  asoslangan  aniq  natijalar 

yo’q.  Bu  muammo  bilan  qadimdan  olimlar  shug’ullanib  kyelishgan.  XVIII  asr  oxirida  Jyems 

Monboddo birinchi  bo’lib odamning  eng oliy tipdagi aqlli zotli odamsimon  "maymun"dan tarqadi 

dyegan  g’oyani  ilgari  surdi.  U  "maymun"larning  odamga  aylanishida  myehnatning  roli  katta 

ekanligini  ta’kidladi.  Odamzodning  eng  oliy  tipidagi  maymunsimon  ajdodlari  bilan  bog’liqligi 

haqidagi  ilmiy  g’oya  CHarlz  Darvinga  nasb  etdi.  Bu  mavzu  haqida  ham  hozirda  turli  qarashlar 

vujudga kyelmoqda. 

Ilmiy  izlanishlarga  qaraganda  insonning  maymunsimon  ajdodlarini  quydagi  guruhlarga  bo’lish 

mumkin: 

1. Driopitik (daraxtda yuruvchi "maymun") qoldiqlari Avstriyaning yuqori Goranna dyegan joyidan 

topilgan bo’lib ular bundan 5-12 mln. yil ilgari yashagan. 

2.  


Pitikantrop  -  ikki  oyoqlab  yuruvchi  "maymun"  odam  qoldig’i  1877  yil  Gollandiyalik  olim  

Yevgyeniy Dyubua tomonidan Indonyeziyaning  YAva orolidan topib o’rganildi. Odamzodning  bu 

ajdodi, ilmiy xulosaga ko’ra, bundan 1 mililon yil ilgari yashagan.  

3.  


Sinantrop - Xitoy odami, bundan 500 - 600  ming  yil ilgari yashagan uning suyak qoldig’i 1929 

yil Pyekin yaqinidan topildi.  



 

73

4.  



Nyeandyertal,    ajdodlarimizning  bu  turi  Gyermaninyaning    shu  nom  bilan  ataluvchi  g’oridan  

topilgan.    Uning  yashagan  davri  100-40  ming  yillar  orasida.  Jismoniy  tuzilishi  jihatidan  hozirgi 

zamon odamlariga juda yaqin bo’lgan. Bu turdagi odamlarga mos qoldiqlar To’ron zaminida 400 ga 

yaqin  joydan  topib  o’rganildi.  Ular  orasida  Obirahmat,  Ko’lbuloq  va  Tyeshiktosh  makonlari 

nihoyatda ahamiyatlidir. 

5.  


Kramon’on - hozirgi zamon qiyofasidagi odamlarning turi bo’lib  ularning shakillanish davri 40 

-12 ming yillikka to’g’ri kyeladi. Bu turdagi ajdodlarimizning qoldig’i ilk bor 1868 yil Frantsiyadan 

topildi.  

      Hozirgi kunda bu aqlli odamlarning  qoldiqlari yer kurasining 100 dan ortiq nuqtalaridan topib 

o’rganildi. Markaziy Osiyoda xususan O’zbyekistonda yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari 

Farg’ona  vodiysining  So’x  rayonidagi  Syelyeng’ur  g’oridan  va  Toshkyent  viloyatining  Angryen 

shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonidan topib o’rganildi. 

     Syelyeng’ur  g’ori  1958  yilda  akad.  A.P.Okladnikov  tomonidan  tadqiq    etilgan  O’zbyekiston 

FAsining  muxbiri  a’zosi  U.Islomov  1980  yildan  boshlab  Syelyeng’ur  g’ori  arxeologiyasiga  oid 

takroriy  ishlar  olib  borib  yangi  kashfiyot  qildi.  U  g’ordan  topilgan  tosh  qurollari  va  hayvon 

suyaklarini  chuqur  o’rganib  Syelyeng’urda  yashagan  ajdodlarimiz  ashyel’  davriga,  ya’ni  ilk 

polyeolitga mansub ekanligini isbotladi. Ilk polyeolit 1 milion 100 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. 

Dyemak,  bu  g’orda  yashagan  ajdodlarimizning  yoshi  yaqin  1  milion  yil  atrofida  dyegan  xulosa 

qilindi. Ushbu g’ordan topilgan ajdodlarimizning nomi fanga "Fyergantrop" yoki "Farg’ona odami" 

nomi bilan kirdi. 

O’rta polyeolit davrida (bundan 100-40 ming yil avval ) arxeologiya fanida must’ye davri ham dyeb 

ataladi.  Must’ye  Frantsiyadagi  bir  shaharning  nomi.  Bu  davrda  havo  soviy  boshlab  muzlik  kyeng 

tarqalgan.  Insonlar  ovchilikning  takomillashtirib  yirik  hayvonlarni  ov  qila  boshlagan.  Turli  xil 

yo’llar  bilan o’t chiqarishni o’rganganlar. Kishilar bu davrda o’zlariga  yashash uchun  boshpanalar 

(g’orlar,  kapa,  chayla)  qurganlar.  Poda  -  poda  bo’lib  yurish  bu  davrda  ham  davom  etgan.  Bu 

davrning odami Nyeandyertal dyeb atalgan. Ular past bo’yli, pastgi jag’i ham yo’q, ikki og’iz tishi 

bo’rtib chiqqan, qo’l panjalar kalta va yo’g’on, boldir suyaklari bir oz egri bukulganligi sababli rosa 

tikka yura olmagan. Ular ko’p jihatdan dyeyarli hozirgi zamon odamlariga yaqin bo’lgan. 

O’rta  polyeolit  davri  yodgorliklari  O’zbyekiston  hududidan  juda  ko’p  topilgan.  Surxondaryo 

(Tyeshiktosh),  Samarqand  (Omonqo’ton,  Qo’turbo’loq,  Zirabo’loq),  Toshkyent  (Obiraxmat, 

Xo’jakyent, Ko’lbuloq), Navoiy (Uchtut) viloyatlarida ko’plab bu davr manzilgohlari mavjud. 

O’zbyekistonda  topilgan  must’ye  davri  yodgorliklari  orasida  Tyeshiktosh  g’ori  alohida  ahamiyat 

kasb  etadi.  Bu  g’or  Surxondaryo  viloyatida  bo’lib,  1938  yili  arxeolog  A.P.Okladnikov  tomonidan 

o’rganildi.                 

Bu  yerda  o’tkazilgan  arxeologik  izlanishlar  natijasida  toshdan  yasalgan  ov  va  myehnat  qurollari 

bilan birga, muhim topilma 9 yashar Nyeandyertal’ bolasining suyagi topildi. Qabr hayvon shoxlari 

bilan  atrofi  o’rab  olingan,  dyemak,  bu  davr  odamlarning  asosiy  mashg’uloti  hayvon  ovi  bo’lgan. 

Ilmiy  natijalar  shuni  ko’rsatadiki  O’rta  polyeolitdan  boshlab  diniy  tasavvurlarning  dastlabki 

byelgilari  asta-syekin  paydo  bo’la  boshlagan.  Tyeshiktosh  g’orini  o’rganishda  gulxan  qoldiqlari 

borligi aniqlangan. SHundan bilish mumkinki,  bu davrda havo nihoyatda sovugan, olov esa inson 

uchun juda zarur bo’lgan. 

Qadimgi  tosh  davrining  so’ngi  bosqichi  eng  qadimgi  jamoa  tuzumi  arxeologik  davrlashtirishda 

yuqori  polyeolit  nomi  bilan  ataladi.  Bu  davr  bundan  35-40  ming  yil  ilgari  boshlangan  va 

millodimizdan  ilgari  12-10  ming  yillikgacha  davom  etgan.  YUqori  polyeolit  davrida  Markaziy 

Osiyo  hududida  iqlim  quruq  bo’lgan.  Bu  davr  odamida  rosmana  pyeshona  va  pastki  jag’ 

shakllangan.  Oyoq  qo’l  harakatlari  chaqqon  bo’lib  hozirgi  zamon  odamlariga  xos  jismoniy 

xususiyatlar vujudga kyelgan. Olimlar bunday odamlarni aqlli, ongli odamlar dyeb atagan. 

Zamonaviy  ko’rinishdagi  odamlarning  shakllanishi  davrida  uch  asosiy  irq  tashkil  topdi:  Yevropa, 

Nyegr  (Zanji)  va  Mangol  irqlari.  Bu  davrda  myehnat  qurollari  ancha  takomillashdi,  odamlarning 

ongi  o’sdi,  natijada,  ular  turli  xil  taqinchoqlar  yasay  boshladi.  Odamlar  yog’ochni  bir-biriga 

ishqalash yoki chaqmoq toshni bir-biriga urish yo’li bilan sun’iy tarzda olov hosil qilishni o’rganib 

oldilar. 

So’ngi  polyeolit  davrida  insonlar  orasida  dastlabki  diniy  qarashlar  va  marosimlar  paydo  bo’ldi. 

Ulardan Animizm - tabiatdan tashqari kuchlarga ishonish, jon va ruhlarning mavjudligiga ishonish, 


 

74

Totimizm ajdodlar ruhiga sig’inish, Magiya - syehrgarlik shular jumlasidandir. 



Bu davrga oid 30 ga yaqin yodgorliklar Markaziy Osiyo hududidan topilib o’rganilgan.  

So’ngi polyeolit davrining eng muhim sifat o’zgarishi onalar atrofida dastlabki urug’ jamoalarining 

paydo bo’lishidir. CHunki, tug’ilgan bola dast avval o’z onasini tanigan. Ota esa noma’lum bo’lgan. 

Bu  davr  jamoasi  Matyeriarxat  dyeb  atalgan.  Endi  odamlar  to’da  bo’lib  yashashdan  qarindosh 

urug’chilik  jamoalariga  bo’lingan.  So’ngi  polyeolit  odamlarning  muhim  kashfiyoti  -  turar  joylar 

qurish bo’lgan. 

Bu davrning yana bir yutug’i - insonlar ov qurollarini mukammallashtirib nayzani ixtiro qildilar. 

So’ngi polyeolit davrining tugashi bilan ulkan muzlik davri ham tugaydi. Yer isiy boshlab insonlar 

yashash uchun qulay  sharoit paydo bo’ladi. Bu davr  fanda Myezolit - o’rta tosh davri dyeb atalib, 

bu davr 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Bu davr yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g’or 

makonidan,  markaziy  Farg’onaning  ko’pgina  yodgorliklaridan  topib  o’rganilgan.  Myezolit  davri 

qabilalari  asosan  ovchilik  va  tyermachilik  xo’jaligini  yuritganlar.  Bu  davrda  yirik  hayvonlar 

yo’qolib, tyez chopar mayda hayvonlar qoladi. SHu sababli odamlar takomillashgan ov quroli- o’q 

yoyni  kashf  etadi.  O’q-yoy  inson  kashf  etgan  1-chi  myexanizim  bo’lib  tabiat  qarshiliklariga  

kurashda  buyuk  burilish  bosqichi  bo’ldi, ovchilikda  yangi usullar paydo bo’ldi. Ovdan kyeladigan 

daromad  manbai  ko’payib  bordi,  ba’zi  hayvonlar  (istye’moldan  ortiqchasi)  qo’lga  o’rgatila 

boshladi. Inson qo’liga o’rgangan va u bilan do’stlashgan dastlabki hayvon "it"dir. 

Myezolit  davri  tyermachilikning  roli  ham  kuchayib  bu  tyermachilik  qadimgi  tyermachilikdan 

tubdan farq qilgan. Odamlar endi o’simliklarning ildizi bilan emas mazali myevalari bilan, boshoqli 

o’simliklarning donlari bilan oziqlanadigan bo’ldi. Ular suyakdan qurol yasab baliq tuta boshladi. 

Surxondaryoning  Zarautsoy  darasidagi  ov  manzarasi  myezolit  davrida  tasviriy  san’atning  paydo 

bo’lishidan  dalolat  byeradi.  Bu  davrda  amaliy  san’atda  ham  katta  yutuqlarga  erishildi.  Jamoada 

onalarning roli nihoyatda kattaligini bu davrda topilgan tosh va mamond suyaklaridan yasalgan ona 

haykalchalaridan ham bilish mumkin. 

Insoniyat o’z taraqqiyot yo’lida myezolit davridan so’ng nyeolit dyeb atalgan yangi tosh davrini o’z 

boshidan  kyechirdi.  Bu  davrda  odamlar  toshlarni  randalash,  pardozlashni  o’rganib  oldilar.  Tosh 

qurollar ichida tosh boltalar paydo bo’ldi. Bu davr Markaziy Osiyoda 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga 

oldi.  Bu  davrda  insonlar  sopoldan  turli  xil  buyumlar  yasay  boshlaydilar.  To’qimachilik, 

kyemasozlik paydo bo’ldi. 

Nyeolit  davrining  asosiy  xususiyatlari  qadimgi  ajdodlarimiz  tyermachilikdan  o’troqlashishga  o’ta 

boshlab  o’zlari  uchun  doimiy  makonlar  qura  boshlaydi.  Bu  makonlar  loydan,  guvaladan  yasalib, 

qishloqlar borpo etila boshlandi. Ana shu tariqa doimiy o’troqlik xo’jaligi vujudga kyela boshladi. 

Bu  hol  dyehqonchilikning  kyelib  chiqishiga,  cho’lli  mintaqalar  azim  daryo  va  ko’l  bo’ylarida  

o’troq  ovchilik  xo’jaligining  qaror  topishiga  sabab  bo’ldi.  Hozirgi  Turkmanistonning  Kopyetdog’ 

tog’i oldi rayonlarida nyeolit davri odamlari miloddan avvalgi VI ming yillikning oxiri va V ming 

yillikning  boshlarida  ilk  dyehqonchilik  madaniyati  bilan  band  bo’ldilar.  Bunga  misol  qilib  "Joyi 

Tun"  (qorong’u  joy)  madaniyatini  olish  mumkin.  Bu  yerda  rus  arxeologi  S.P.Tolstov  ilmiy 

izlanishlar  olib  borgan.  Tyekshirish  natijasida  bu  yerdan  ko’plab  myehnat  qurollari,  paxsa  uy 

qoldiqlari sopol idishlar hayvon suyaklari topilgan.  

Nyeolit davriga oid  manzilgohlar  Zarafshonning  o’rta havzasidan,  hozirgi Samarqand  viloyatining 

Sazag’on  qishlog’ida  ham  topilgan.  Bu  yerda  odamlar  tog’  oldi  joylarida  yashaganlar.  Ular  yirik 

shoxli hayvonlarni boqib chorvachilik bilan shug’ullanganlar. 

Nyeolit  davri  manzilgohlarini  o’rganish  natijasida  shunday  xulosa  kyeladiki  dyehqonchilikdan 

ajralgan  chorvachilik  bir  vaqtning  o’zida  sodir  bo’ladi.  Birin-kyetin  emas.  Bu  hol  tarixda  birinchi 

myehnat taqsimoti dyeb atalib uni kashf etishda ayollar asosiy rol o’ynagan. 

Nyeolit  davri  kashfiyotlaridan  yana  biri  hunarmadchilikning  vujudga  kyelishidir.  Endi  ibtidoiy 

odamlar faqat hayvon tyerilaridan yasalgan kiyim-kyechaklarnigina emas, balki uni junidan hamda 

o’simliklar  tolasidan  to’qilgan  matolardan  kiyim-kyechaklar  tikib  kiyadigan  bo’ldilar.  Bu  davrda 

jamoada hali ibtidoiy urug’chilik "kommunasi" hukmron bo’lib,   ona  urug’i davom etar edi. SHu 

boisdan  dunyo  olimlari  nyeolit  davrini  matyeriarxat  urug’chilik  tartiblarining  gullagan  davri  dyeb 

baho byeradilar. 

Millodan  avvalgi  3  ming  yillikning  oxiriga  kyelib,  Markaziy  Osiyoda  tosh  davri  tugadi,  u  o’z 

o’rnini enyeolit va so’ng bronza davriga bo’shatib byerdi. Insonlar ilk bor mis myetalini kashf etdi. 


 

75

Undan  dastlab  taqinchoqlar  yasay  boshlagan.  SHu  sababli  bu  davr  Enyeolit  mis-tosh  davri  dyeb 



ataladi. Odamlar bu davrda ham misdan, ham toshdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. CHunki 

mis  myetal  sifatida  yumshoq  va  undan  yasalgan  qurollar  mo’rt  bo’lganligi  tufayli  myehnat 

qurollarining ko’pchiligi hali toshdan ishlanardi.  

Myehnat  qurollari  takomillashtirilib  rudali  myetallar,  mis,  qalay,  kumush,  oltin  ixtiro  etilib  ularni 

eritib,  foydalanish  o’rganildi.  Qadimgi  «myetallurglar»  mis  va  qalayni  qorishtirib  bronza  (jyez) 

olishni  bilib  oldilar.  Bronza  egiluvchan,  mustahkamroq  myetal  edi.  Natijada  millodan  avvalgi  3-2 

ming  yillikning  oxiri  tarixga  bronza  davri  bo’lib  kirdi.  Ilk  bor  bronza  milloddan  avvalgi  3-ming 

yillikdan Old Osiyo va hindistonda kashf etilgan.  

Bronzaning  kashf  etilishi  qadimgi  jamoa  xo’jaligida  ro’y  byergan  buyuk  madaniy-xo’jalik  ixtiro 

edi.  Bu  bilan  myehnat  qurollarining  turi  ko’paydi,  harbiy  qurollarning  jangovorligi  ortdi.  Ammo 

bronzaning kamchiligi, toshdan yasalgan myehnat qurollarini uzil-kyesil siqib chiqara olmadi.  

Arxeologik  kuzatishlar  shuni  ko’rsatadiki,  O’rta  Osiyoda  bu  davrda  ovchilik  va  tyermachilik 

hayotda o’zining dastlabki rolini yo’qotdi. Axolining asosiy xo’jaligi dyehqonchilik va chorvachilik 

bo’lib qoldi. Zarafshon vohasida ilk dyehqonchilik izlari bronza davriga borib taqaladi. Buni isboti 

uchun Buxoro yaqinidagi Zamonbobo madaniyatini misol tariqasida aytish mumkin.  

Arxeologiyaga oid qazishlar  vaqtida Zamonbobo ko’li atrofidagi qabrlardan naqshli sopol idishlar, 

erkaklar qabrlaridan chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar, pichoqsimon buyumlar, ayollar qabrlaridan 

qizil va sariq oxra, surma ushoqlari, tosh byezaklar, oltindan yasalgan marjonlar topilgan. Ulardan 

tashqari  qabrlardan  sopol  idishlarga  solingan  don  qoldiqlari  ham  topilgan.  Bu  shundan  dalolat 

byeradiki  bu  manzilgohda  yashagan  aholi  bronza  davridan  boshlab  dyehqonchilik  va  chorvachilik 

bilan 

shug’ullanganlar. 



Bunday 

madaniyat 

yodgorliklari 

O’zbyekistonda 

Surxondaryo 

(Sopollityepa, 

Jarqo’rg’on), 

Xorazm 


(Tozabog’iyob) 

Toshkyent 

(Achiqul), 

Namangan 

(Dolvarzintyepa), Qashqadaryo (Yer qo’rg’on, To’rtqultyepa)  va  boshqa  viloyatlarda  ham ko’plab 

topilgan.  

O’lkamizda  dyehqonchilikni  rivojida  sun’iy  sug’orish  asosiy  rol  o’ynaydi.  Mintaqa  iqlimi  issiq 

bo’lganligi  sababli,  dyehqonchilik  dastlab  daryo  va  jilg’a  bo’yinlarida  tashkil  topgan.  Ekinlar 

daryolardan  qazib  olib  borilgan  ariq  va  kanallar  orqali  sug’orilgan.  Bu  ish  nihoyatda  og’ir  va 

mashshaqqatli  myehnatni  talab  qilgan.  Afsuski,  o’lkada  boshqa  yo’l  bilan  dyehqonchilikni 

rivojlantirish mumkin emas edi.  

Bronza  davrida  dyehqonchilikdan  hunarmandchilik  ajralib  chiqdi.  Bu  ikkinchi  myehnat  taqsimoti 

edi.  Bu  davrda  aholi  hunarmandchilik,  tikuvchilik,  kulolchilik,  zargarlik  va  quruvchilikda  katta 

yutuqlarni qo’lga kiritdi.  

Inson  g’ildirakni  kashf  etib  undan  qo’l  tyegirmoni,  arava,  charxpalak  yasab,  ulardan  foydalana 

boshladi. YUk tashish vositalari vujudga kyeldi.  

O’lkamizda paxtachilik va ipakchilikning kashf etilishi haqida gapirganda Surxondaryo viloyatidagi 

Sopollityepa yodgorligini gapirib o’tish zarur. Sopollityepaning dastlabki maydoni 4 gyektar bo’lib, 

atrofi  uch  qator  mudofaa  dyevorlari  bilan  o’rab  olingan.  1969-1974  yillarda  bu  yerda  A.Asqarov 

rahbarligida  ilmiy  izlanishlar  olib  borilagan.  Qazish  jarayonida  bu  yerdan  xom  g’ishtdan  qurilgan 

ko’p  xonali  uy-joy  qoldiqlari,  turli  xil  myehnat  qurollari,  uy-ro’zg’or  buyumlari,  sopol  idishlari, 

byezaklar, taqinchoqlar topilgan.  

Sopollityepaliklar  abadiy  o’limga  ishonmaganlar,  «narigi  dunyo»  tushunchasi  ularda  kuchli 

bo’lgan.  SHu  sababli  ular  marhum  yoniga  uning  mol-mulki,  idish-tovoqlarda  ovqatlar  bilan 

ko’mgan.  Agar  jamoa  a’zosi  byedarak  yo’qolsa,  unga  qabr  kovlanib,  qabrga  odam  haykalchasi, 

qo’y yoki echki bolasi ko’milgan. Bunday mozorlar fanda «kyenyetaf» dyeb yuritilgan.  

Sopollityepada hunarmandchilikning boshqa turi-to’qimachilik ham yuksak rivoj topgan. U yerdagi 

mozorlardan  kiyim  qoldiqlari  topilgan.  Bu  kiyim  qoldiqlari  tyekshirilganda  ular  paxta  va  tabiiy 

ipakdan  ishlanganligi  ma’lum  bo’ldi.  Bu  buyuk  ixtiro  bo’lib,  o’tmishdagi  ajdodlarimiz  bronza 

davridan boshlab paxta ekish va uni ko’paytirish bilan shug’ullanganliklaridan dalolat byeradi. Bu 



 

76

ilmiy  dalillari  shu  bugungacha  darsliklarda  aniq  yoritilmagan.    Ipakning    vatani  Xitoy  bo’lgan  va 



O’zbyekistonga  ipak  Xitoydan  olib  kyelingan  dyegan  fikrlarni  inkor  etmoqda.  Markaziy  Osiyoda 

jumladan,  O’zbyekistonda  ipakchilik  tarixining  ildizlari  bronza  davriga  borib  taqalishi  isbotlandi. 

Arxeologiyaga oid tyekshiruvlar shundan dalolat  byeradiki o’lkamizda paxtachilik tarixi 3,5  ming 

yildan kam emas.  

Qadimgi  ajdodlarimiz  hayotida  myetall  bilan  ishlab  hunarmandchilik  qilish  yuksak  darajada 

taraqqiy etgan. Qazishmalar vaqtida yer tagidan juda ko’plab myetall buyumlar – oddiy uy ro’zg’or 

buyumlaridan  tortib  to  harbiy  qurollargacha,  ayollarning  surmadonlari,  oyna  va  boshqa  turli  xil 

idishlar myetaldan ishlanganligi ma’lum bo’ldi. Oltin va kumushdan turli xil taqinchoqlar yasalgan. 

Sopollityepa  madaniyatida  mudofaa  tizimida  murakkab  mye’moriy  an’analar  aks  etgan,  uy 

qurilishida ular xom g’ishtdan kyeng foydalanganlar.  

O’zbyekiston  tarixining  juda  katta  davri  yozma  manbalarsiz,  arxeologiya  va  antropologiyaga  oid 

manbalarga  tayangan  holda  o’rganiladi.  Qadimgi  SHarq  yozma  manbalaridan  (hind,  Ossuriya  va 

Eron manbalari) ma’lumki milloddan avvalgi 2 ming yillikning o’rtalari va oxirlari (Bronza davri) – 

Markaziy Osiyo, Afg’oniston, hindiston va Eron tarixi –hind-Eron qabilalari yoyilishi bilan bog’liq 

bo’lgan.  

Dastavval,  hind- Eron qabilalari  juda kyeng  hududda – Volga, Ural  va Janubiy Sibir’ oralig’idagi 

yerlarda  yashaganlar.  hududimizga  tyegishli  ilk  yozma  manbalar  -  «Avyesto»,  Ahmoniylar  davri 

yozuvlari  va  qadimgi  dunyo  (yunon-Rim)  davriga  ta’luqli  manbalar  yurtimizdan  tashqarida 

yozilgan.  Ular  Qadimgi  SHarq  va  dunyo  tarixida  birinchi  bo’lib  o’lkamizdagi  xalqlarning 

nomlarini,  alohida  joylar  tog’lar,  daryolar  va  ko’llarning  nomlarini,  afsonaviy  qahramonlar  va 

podsholarning  nomlarini,  yurtimiz  xalqlarining  turmushi,  dini,  madaniyati,  ijtimoiy-iqtisodiy    va 

siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.  

Dastlabki yozma manbalardan foydalanishda juda ehtiyot bo’lmoqlik kyerak. Ba’zi bir ma’lumotlar 

afsonalarga  asoslangan  va  ularni  haqiqiy  tarixdan  ajratib  olish  zarur.  Boshqa  manbalarning 

mualliflar  (masalan,  eng  qadimgi  yunon  tarixshunoslari)  hyech  qachon  Markaziy  Osiyoda 

bo’lmaganlar. Va o’z hikoyalarini surishtirib bilganlari asosida yozganlar. SHunga qaramasdan, bu 

ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega.  

Ahmoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlar to’g’risidagi turli xil 

ma’lumotlar  bor.  Bu  yozuvlar  miloddan  avvalgi  VI-IV  asrlarga  oid  bo’lib  Byexstun  va  Naqshi 

Rustam Qoyatoshlarida, Suza, Pyersapol va hamadon shaharlaridan topib tyekshirilgan. 

YUnon-fors yurishlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI-IV asrlar siyosiy voqyealarida ishtirok 

etgan Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi YUnon tarixshunoslarini asarlarida yoritilgan. Bu 

borada o’lkamiz  xalqlari to’g’risidagi qisqa  va aniq  ma’lumotlar  byeruvchi Gyerodotning  «Tarix» 

kitobi  ayniqsa  qimmatlidir.  Gyerodot  Markaziy  Osiyoda  bo’lmagan,  va  bu  hudud  haqida  o’zi 

eshitgan hikoyalar va surishtirib bilganlarini yozib qoldirgan. Gyerodotning «Tarix» kitobi mil.avv. 

455-445 yillar davrida yozilgan. Bu asarda Gyerodot baktriyaliklarni 13 marta, so’g’dlarni 2 marta, 

Xorazmliklarni  3  marta,  saklarni  11  marta,  massagyetlarni  19  marta  tilga  olib

1

,  ularning  moddiy 



madaniyati, urf odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan.  

Gyerodot o’zining ushbu kitobida baqtiriyaliklarning ust-boshi Makyedoniyaliklarning ust-boshiga 

o’xshashini, saklarni (Gyerodot ularni skiflar dyeb ataydi) uzun cho’qqili qolpoqlar kiyib yurishini, 

massagyetlarning  kiyim-kyechaklar  va  turmush-tarzi  skiflarnikidan  uncha  farq  qilmasligini, 

massagyetlar  ichida  eng  ulug’langan  yagona  xudo  bu  Quyosh  ekanligi;  unga  otlarni  qurbonlik 

qilishlari haqida yozib qoldirgan. 

Xitoy  manbalari  haqida  gapirishdan  oldin  shuni  alohida  qayd  qilish  lozimki,  ular  ham  Xitoy 

hukumdorlarining  maqsad  va  manfaatlarini  ko’zlab  yozilgan,  boshqa  xalqlarning  tarixi  esa  ko’p 

hollarda  bir  taraflama  yoritilgan.  Lyekin,  xitoy  manbalarida  bo’lib  o’tgan  voqyealarning  vaqti  va 

o’rni  aniq  ko’rsatiladi,  u  yoki  bu  tyerritoriyada  istiqomat  qilgan  xalqlar,  shuninigdyek  bir-biriga 

qarshi  turgan  qo’shinlarning  umumiy  soni  aniq  ko’rsatiladi.  O’zbyekistonning  uzoq  o’tmishidagi 

ijtimoiy-siyosiy  tarixini  o’rganishda  Xitoy  tarixchilarining  otasi  Sыma  TSyan’ning  «SHi  TSzi» 



 

77

(«Tarixiy  estaliklar»)  nomli  130  bobdan  iborat  yirik  tarixiy  asari  nihoyatda  qimmatlidir.  Ushbu 



asarlarning  123-bobi  butun  Markaziy  Osiyo,  xususan  Farg’ona  va  uning  qadimiy  xalqi  haqida 

qimmatli ma’lumotlar byeradi.  

YAna bir Xitoy tarixchisi Ban’ CHu bo’lib, uning «Avvalgi Xan’ sulolasining tarixi» asarining 95-

bobida  Markaziy  Osiyo  (ayniqsa  Kongyuy,  yuechjilar  haqida)  va  SHarqiy  Turkiston  xalqlarining 

tarixi, hayoti haqida ko’p ma’lumotlar byergan.  

Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashab kyelgan mahalliy turkiy tilli xalqlarning tarixi qadimgi 

hind  manbalarida,  xususan  ularning  epik  dostoni  «Mahobxorota»da  («Bxarata  avlodlari 

jangnomasi») kyeng yoritib byerilgan. Bu asar sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z 

ichiga olgan 18-kitobdan iboratdir.  

Patriarxt(gryekcha so’z bo’lib – ota urug’i ma’nosida) davri qadimgi  jamoa tuzumida matriarxat –

ona  urug’idan  kyeyingi  davr  bo’lib,  sinfiy-  jamiyat  va  davlatlarning  vujudga  kyelishi  arafasidagi 

davr  hisoblanadi.  Matyeriarxat  davrida  iqtisodiy  jihatdan  xotin–qizlarga  mutye  bo’lgan  erkaklar, 

dyehqonchilik  va  chorvachilik  kyelib  chiqqandan  so’ng  xo’jaliklarni  turli  xil  sohalarda  ularning 

myehnati  asosida  o’rnini  egallaganligi  tufayli  jamiyatdagi  rolini  oshirgan.  Endi  qarindoshchilik 

otaga  qarab  olib  boriladigan  bo’lgan.  Bu  davrda  ota  rolini  oshib  borishining  bosh  sababi,  endi 

ayollar  dyehqonchilik,  chorvachilik  kabi  og’ir  ishlarni  bajara  olmas  edi.  Bu  ishlar  insondan  juda 

katta  jismoniy  kuch  va  myehnat  talab  qilgan.  Patriarxat  davrida  ishlab  chiqarish  kuchlarining 

taraqqiy etishi natijasida uch xil yirik ijtimoiy myehnat taqsimoti yuzaga kyelgan: 

1). CHorvachilik dyehqonchilikdan ajralib chiqqan; 

2). Hunarmandchilik dyehqonchilikdan ajralib chiqqan; 

3).  Mahsulotni  doimiy  ayriboshlash  uchun    shart–sharoit    vujudga  kyelishi  natijasida  savdogarlar 

sinfi paydo bo’lgan.  

Bu davrda ayollar uy–ro’zg’or ishlari, farzand tug’ish va tarbiyalash yumushlari bilan ko’proq band 

bo’lib, bir vaqtning o’zida chorvachilik va dyehqonchilik bilan shug’ullanishga vaqt topa olmas edi.  

Ana  shunday  sharoitda  juft  oila  o’zining  dastlabki  bosqichida  ayollar  haq–huquqlari  asosida 

qurilgan  ijtimoiy–iqtisodiy  mazmun  va  mohiyatni  yo’qotdi.  Juft  oila  o’zining  so’ngi  bosqichiga, 

ya’ni oilada erkaklar hukmron bo’la boshlagan bosqichga ko’tarildi. Endilikda juft oila matyeriarxal 

urug’  jamoasi  manfati  asosida  emas,  balki  patriarxal  urug’  jamoasi  iqtisodiy  nyegizi  asosida 

quriladigan bo’ldi.  

Ota urug’ining vujudga kyelishi urug’ jamosi doirasidagi turli munosabatlar  mohiyatini o’zgartirib 

yubordi.  Ikki urug’ o’rtasida bir nyecha ming yillar davom etgan guruhiy nikoh tizimi buzildi. Juft  

oila o’z  mazmuni  bilan  monogamiya (yakka) oila darajasiga ko’tarildi. Bunga ko’ra oilada erning 

haq–huquqi    mustahkamlandi. Erkaklar chyeksiz  huquq  va davlat egasi sifatida oilani  boshqaradi. 

Qadimgi  urug’chilik  jamoasi  iqtisodiy  nyegizda  sodir  bo’lgan  bu  o’zgarishlar  o’z  navbatida 

urug’chilik jamoa  tuzumini yemirilishiga, dastlabki sinfiy jamiyat asoslarining vujudga kyelishiga 

xizmat  qildi.  Bunday  inqilobiy  o’zgarishlar  bronza  davrida,  ayniqsa  uning  so’ngi  bosqichida  yuz 

byerdi.  Bu  bosqich  O’zbyekiston  sharoitida  milloddan  avvalgi  2–ming  yillikning  oxiri  va  1–ming 

yillikning boshlariga to’g’ri kyeladi. 



Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling