Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi
- Dars o’tish vositalari
- Tayanch so’zlar va tushunchalar
- TSivilizatsiya tyermini l
- Myezolit
- P itikantrop
- Nyeandyertal
Qo’shimcha adabiyotlar: 9. Jo’rayev U. Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. T.,"SHarq",1998. 65-73 byetlar 10. Sa’dullayev A. Qadimgi O’zbyekiston ilk yozma manbalari. T., "O’qituvchi"., 1996. 11. Boynazarrov F. O’rta Osiyoning antik davri. T.,"O’qituvchi", 1991, 202-241 byetlar. 12. Sulaymonova F. SHarq va G’arb. T. "O’zbyekiston", 1997. 13. Karimov SH, SHamsuddinov R. Vatan tarixi. 1-kitob, T. “O’qituvchi”, 32-45, 97-109 byetlar. 14. O’zbyekiston xalqlari tarixi. Ikki jildlik. Akadyemik A.Asqarov tahriri ostida. T. Fan; 1992- 1993. 15.
Vatan tuyg’usi. T. "O’zbyekiston", 1996. 16.
Asqarov A.A. O’zbyekiston tarixi (Eng qadimgi davrlardan eramizning V asrlarigacha) T. “O’qituvchi” 1994. 12-68, 103-111 byetlar. 17. O’zbyekiston tarixi. T. “Univyersityet", 1996, 1-jild. 56-68 byetlar. Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: O’zbyekiston jahon tsivilizatsiyasining byeshiklaridan biri ekanligini hamda antropogonyez jarayoni kyechgan hududligini tarixiy manbalar va adabiyotlar asosida ochib byerishdan iborat. SHuningdyek, talabalarda tsivilizatsiya, yuksak gumanizm hamda tarixdan faxrlanish kabi his tuyg’ularni shakllantirishdan iborat
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 2.
mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy vaziyat mavzusining ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Yo`qlama- 5-minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut YAngi mavzu bayoni – 50 minut sinov savollar namunasi – 5 minut Uyga vazifa byerish – 3 minut
jarayoni polyeolit, myezolit, nyeolit, enyeolit, Ashyel’, must’ye, Tyeshiktosh, Zarautsoy, Joytun, Xisor, Kaltaminor, Xorazm, Zamonbobo, Sopollityepa, Nyeandyertal, Kramon’on, Matriarxat,
71 Bronza, birinchi va ikkinchi myehnat taqsimoti, YOzuvlar, "Avyesto", Otashparastlik Axriman, Mitra, Xumo.
Markaziy Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik byeruvchi ko’pgina matyeriallar topilgan. O’zbyekiston Ryespublikasi Pryezidyenti I.A.Karimov ham O’zbyekiston dyeb ataluvchi hudud, ya’ni Vatanimiz nafaqat SHarq, umumjahon tsivilizatsiyasi byeshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda dyeb qayd qilgandi 1 . TSivilizatsiya tyermini lotincha «civilik» so’zidan olingan bo’lib, fuqaroviy, ijtimoiy dyegan ma’nolarni bildiradi. TSivilizatsiya insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yanadi ko’paytirish va takomillashtirib borish usullarining majmui bo’lib hisoblanadi.
«TSivilizatsiya» tushunchasi dastlab frantsuz ma’rifatchilari tomonidan adolat va erkinli hkum suradigan fuqoralik jamiyati ma’nosida ishlatilgan. Kyeyinroq esa amyerikalik antropolog L.Morgan bu tushunchani insoniyatning varvarli va yovvoyilikdan kyeyingi rivojlanish bosqichini tushuntiriщda qo’llagan. Bugungi kunda bu tushunchaning ma’nosi juda kyeng bo’lib, olimlar uni turli ma’nolarda talqin qilmoqdalar. Tarixiy tsivilizatsion nazariyasi N.YA. Danilyevskiy, O.SHpyenglyer, A. Toynbi, P.A. Soroin, YU.V. YAovyets, V.M.Masson kabi olimlar tadqiqotlarida o’z aksini topgan va ularning har biri tsivilizatsiya tushunchasiga turli xil mazmun byerganlar. Masalan, tsivilizatsiya o’rniga Danilyeviy «Madaniy va tarixiy shakllar», SHipyenglyer- «YUqori madaniyatlar», Toynbi «Lokal tsivilizatsiyalar», Soroin «Madaniy supyertizimlar» kabi tushunchalarni ishlatganlar. Bulardan ayniqsa A.Toynbi asoslagan «Lokal tsivilizatsiyalar» to’g’risidagi nazariya o’proq tan olinib, e’tirof etilgan. YUqorida nomlari zikr etilgan olimlarning barchasi tsivilizatsiyani turli bosqichlarga bo’lganlar. Masalan: O.SHpyenglyer tsivilizatsiyani saiz (yegipyet, vavilon, hindk, xitoy, appolon, arab, myesia, g’arb) tsivilizatsiyalari bosqichiga bo’ladi. A.Toynbi tsivilizatsiyani bosqichlarga bo’lishda din, tarix, til, madaniyat va urf- odatlarni hisobga olish zarur dyeb hisoblaydi va shu asosda byeshta tirik tsivilizatsiyani, ya’ni g’arbiy, pravoslav, nasroniy, islom, hind va uzoq sharq jamiyatini ko’rsatadi. TSivilizattsion jarayonlar tadqiqoti bilan shug’ullangan rus olimi YU.V. YAovyets marscha- formatsion, tyexnorati g’oyalarni hisobga olgan holda, uni nyeolitik, ilk sinfiy jamiyat, antik, ilk fyeodal, oldindustrial, industrial va postindustrial kabi 7 tarixiy bosqichga bo’ladi. Bundan tashqari, u jamiyatning hamma sohalarini qamrab oluvchi 5 qavatdan iborat quyidan yuqoriga cho’zilgan, bir-birini to’ldiruvchi unsurlardan iborat tsivilizatsiya piramidasini taklif etdi. TSivilizatsiya so’zi - lotincha so’z bo’lib, fuqoraviy va ijtimoiy ma’nosida jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib va takomillashtirib borish usullarning majmuidir. Insoniyat o’z boshidan katta uch davrni: yovvoyilik, vahshiylik va tsivilizatsiyani kyechirdi. TSivilizatsiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan. TSivilizatsiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog’lanmagan tsivilizatsiya maskanlari sifatida shakllana boshlab (Qadimgi Misr tsivilizatsiyasi, Qadimiy Hind tsivilizatsiyasi, O’rtayer dyengizi tsivilizatsiyasi, Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi va hakozo), bozor munosabatlari iqtisodiy hukmronlik shakillanishi davrida (XVI-XX asrlar) umumjahon tsivilizatsiyasiga aylandi. TSivilizatsiyaning tarixi qonli urushlar va diniy jaholatparastlikka qarshi, dunyoviy madaniyat uchun kurash tarixidir. XX asrning 2- yarimiga kyelib ilg’or fan, tyexnika va tyexnologiya asosida ish ko’rib, o’zlarida dyemokratik, insonparvar jamiyat va huquqiy davlat qurgan mamlakatlargina haqiqiy tsivilizatsiya yo’liga chiqmoqdalar. TSivilizatsiya inson taraqqiyotining mahsuli va ayni vaqtda uning asosidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik holati bo’lib, vaqt jihatdan 5 mln. yillik insoniyat tarixining bor-yo’g’i 0,1 foizni tashkil qiladi, ya’ni insoniyat o’zining bosib o’tgan yo’lining 99,9 foizi davomida yovvoyilik va vaxshiylik darajasida hayot kyechirgan. Kommunistik mafkura hukumronligi yillarida tsivilizatsiya sotsialistik tsivilizatsiya nuqtai nazari asosidagina o’rganildi. Mustaqil O’zbyekistonning maqsadi - hozirgi zamonning insonparvar, dyemokratik va huquqiy davlatiga, ya’ni tsivilizatsiyali, ma’rifiy davlatga aylanib, halqning farovonligini ta’min etish hamda 72 ilg’or mamlakatlar qatoridan joy olishdir. Buning asosi va zaruriy sharti davlatimizda ta’min etilgan tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikdir. Tabiatshunos va jamiyatshunos olimlar inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan yuksak rivojlanishni kuzatar ekan, bu yo’lda ko’p yillar davomida izlanishlar olib borib, inson tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlarga va bosqichlarga bo’lib o’rganishni taklif qiladi. Janubiy Qozog’iston, Tojikiston, O’zbyekistonning Toshkyent viloyatidagi Ko’lbuloq va Farg’ona vodiysidagi Syelung’ur g’ori arxeologik qazishmalar natijalariga ko’ra, odamzotning O’rta Osiyodagi ilk faoliyati ashyel davriga, ya’ni bir million yilga yaqin yillarga tyegishli ekanligi aniqlanmoqda. Endilikda hududimiz jahonda odamzodning ilk ajdodlari yashagan mintaqaga kiradi. Eng qadimgi jamoa tuzimi - kishilik jamiyati tarixining boshlang’ich va tarkibiy qismidir. Bu tuzumning ilk bosqichi "ibtidoiy to’da" kyeyingi bosqichi esa "urug’chilik jamoasi" dyeb ataladi. Bu tuzumning boshlang’ich davrida odamlar toshdan, yog’ochdan va suyakdan har-xil qurollar yasab, oddiy tyermachilik bilan shug’illanganlar. Bu davrda odamlarning turmush tarzi oddiy bo’lib, boy va kambag’al bo’lmagan. Ular har jihatdan tabiat nye’matlariga qaram bo’lishgan. Odamlar g’or, ungur va chakalakzorlarda hamda qamishzorlarda yashab tunaganlar. Ularni umumiy turmush va umumiy myehnat birlashtirgan. Eng qadimgi jamoa tuzumi odamlarning hayoti va ularning mashg’ulotlarining o’rganishda asosan moddiy manbalar yaqindan yordam byeradi. Tarixni mana shu manbalar asosida o’rganadigan fan Arxeologiya dyeb atalib, bu esa "qadimiyat to’g’risidagi fan " dyemakdir. Arxeologlar moddiy manbalardan tashqari eng qadimgi odamlar suyaklarini ham topadilar. Odamlar qiyofasi, kyelib chiqishi va rivojlanishining o’rganadigan fan antropologiya - odam haqidagi fan dyeb ataladi. Xalqlarning urf-odatlari, xo’jalik va madaniyatni o’rganuvchi fan etnografiya, ya’ni yunoncha so’z bo’lib, "urf-odatlarni o’rganuvchi fan" shug’ullanadi. Eng qadimgi odamlar yasagan qurollar asosan toshdan bo’lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi tosh davri dyeb ataladi. Arxeologlar eng qadimgi jamoa tuzumi, uning tarixiy davrlarini quyidagicha bo’lib o’rgangan: 1)
Polyeolit - qadimgi tosh davri, bu davr taxminan 700-100 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida ushbu davr 3 bosqichga bo’linadi. Ilk polyeolit, o’rta polyeolit, va so’nggi polyeolitga. O’rta polyeolit 100-40 ming yilliklarni o’z ichiga olsa, so’ngi polyeolit esa 40-12 ming yilliklarni o’z ichiga oladi; 2)
3)
Nyeolit - yangi tosh davri, 6-4 ming yillikni o’z ichiga oladi; 4)
Enyeolit va bronza - mis - tosh davri 4-3 ming yillikni va 2- ming yillikning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Odamzotning paydo bo’lishi muammosi birgina biologiya fanining vazifasi bo’lmay, balki bu jumboq bilan arxeologiya va antropologiya fanlari ham shug’ullanadi. Bu muammoning ilmiy va ilohiy yechimlari mavjud bo’lib diniy ta’limotdan odamzodning yaratilishi iloxiyot bilan bog’lanadi. Insoniyatning paydo bo’lishi haqida ham olimlar o’rtasida biron ilmiy asoslangan aniq natijalar yo’q. Bu muammo bilan qadimdan olimlar shug’ullanib kyelishgan. XVIII asr oxirida Jyems Monboddo birinchi bo’lib odamning eng oliy tipdagi aqlli zotli odamsimon "maymun"dan tarqadi dyegan g’oyani ilgari surdi. U "maymun"larning odamga aylanishida myehnatning roli katta ekanligini ta’kidladi. Odamzodning eng oliy tipidagi maymunsimon ajdodlari bilan bog’liqligi haqidagi ilmiy g’oya CHarlz Darvinga nasb etdi. Bu mavzu haqida ham hozirda turli qarashlar vujudga kyelmoqda. Ilmiy izlanishlarga qaraganda insonning maymunsimon ajdodlarini quydagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1. Driopitik (daraxtda yuruvchi "maymun") qoldiqlari Avstriyaning yuqori Goranna dyegan joyidan topilgan bo’lib ular bundan 5-12 mln. yil ilgari yashagan. 2.
Pitikantrop - ikki oyoqlab yuruvchi "maymun" odam qoldig’i 1877 yil Gollandiyalik olim Yevgyeniy Dyubua tomonidan Indonyeziyaning YAva orolidan topib o’rganildi. Odamzodning bu ajdodi, ilmiy xulosaga ko’ra, bundan 1 mililon yil ilgari yashagan. 3.
Sinantrop - Xitoy odami, bundan 500 - 600 ming yil ilgari yashagan uning suyak qoldig’i 1929 yil Pyekin yaqinidan topildi. 73 4. Nyeandyertal, ajdodlarimizning bu turi Gyermaninyaning shu nom bilan ataluvchi g’oridan topilgan. Uning yashagan davri 100-40 ming yillar orasida. Jismoniy tuzilishi jihatidan hozirgi zamon odamlariga juda yaqin bo’lgan. Bu turdagi odamlarga mos qoldiqlar To’ron zaminida 400 ga yaqin joydan topib o’rganildi. Ular orasida Obirahmat, Ko’lbuloq va Tyeshiktosh makonlari nihoyatda ahamiyatlidir. 5.
Kramon’on - hozirgi zamon qiyofasidagi odamlarning turi bo’lib ularning shakillanish davri 40 -12 ming yillikka to’g’ri kyeladi. Bu turdagi ajdodlarimizning qoldig’i ilk bor 1868 yil Frantsiyadan topildi. Hozirgi kunda bu aqlli odamlarning qoldiqlari yer kurasining 100 dan ortiq nuqtalaridan topib o’rganildi. Markaziy Osiyoda xususan O’zbyekistonda yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari Farg’ona vodiysining So’x rayonidagi Syelyeng’ur g’oridan va Toshkyent viloyatining Angryen shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonidan topib o’rganildi. Syelyeng’ur g’ori 1958 yilda akad. A.P.Okladnikov tomonidan tadqiq etilgan O’zbyekiston FAsining muxbiri a’zosi U.Islomov 1980 yildan boshlab Syelyeng’ur g’ori arxeologiyasiga oid takroriy ishlar olib borib yangi kashfiyot qildi. U g’ordan topilgan tosh qurollari va hayvon suyaklarini chuqur o’rganib Syelyeng’urda yashagan ajdodlarimiz ashyel’ davriga, ya’ni ilk polyeolitga mansub ekanligini isbotladi. Ilk polyeolit 1 milion 100 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Dyemak, bu g’orda yashagan ajdodlarimizning yoshi yaqin 1 milion yil atrofida dyegan xulosa qilindi. Ushbu g’ordan topilgan ajdodlarimizning nomi fanga "Fyergantrop" yoki "Farg’ona odami" nomi bilan kirdi. O’rta polyeolit davrida (bundan 100-40 ming yil avval ) arxeologiya fanida must’ye davri ham dyeb ataladi. Must’ye Frantsiyadagi bir shaharning nomi. Bu davrda havo soviy boshlab muzlik kyeng tarqalgan. Insonlar ovchilikning takomillashtirib yirik hayvonlarni ov qila boshlagan. Turli xil yo’llar bilan o’t chiqarishni o’rganganlar. Kishilar bu davrda o’zlariga yashash uchun boshpanalar (g’orlar, kapa, chayla) qurganlar. Poda - poda bo’lib yurish bu davrda ham davom etgan. Bu davrning odami Nyeandyertal dyeb atalgan. Ular past bo’yli, pastgi jag’i ham yo’q, ikki og’iz tishi bo’rtib chiqqan, qo’l panjalar kalta va yo’g’on, boldir suyaklari bir oz egri bukulganligi sababli rosa tikka yura olmagan. Ular ko’p jihatdan dyeyarli hozirgi zamon odamlariga yaqin bo’lgan. O’rta polyeolit davri yodgorliklari O’zbyekiston hududidan juda ko’p topilgan. Surxondaryo (Tyeshiktosh), Samarqand (Omonqo’ton, Qo’turbo’loq, Zirabo’loq), Toshkyent (Obiraxmat, Xo’jakyent, Ko’lbuloq), Navoiy (Uchtut) viloyatlarida ko’plab bu davr manzilgohlari mavjud. O’zbyekistonda topilgan must’ye davri yodgorliklari orasida Tyeshiktosh g’ori alohida ahamiyat kasb etadi. Bu g’or Surxondaryo viloyatida bo’lib, 1938 yili arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan o’rganildi. Bu yerda o’tkazilgan arxeologik izlanishlar natijasida toshdan yasalgan ov va myehnat qurollari bilan birga, muhim topilma 9 yashar Nyeandyertal’ bolasining suyagi topildi. Qabr hayvon shoxlari bilan atrofi o’rab olingan, dyemak, bu davr odamlarning asosiy mashg’uloti hayvon ovi bo’lgan. Ilmiy natijalar shuni ko’rsatadiki O’rta polyeolitdan boshlab diniy tasavvurlarning dastlabki byelgilari asta-syekin paydo bo’la boshlagan. Tyeshiktosh g’orini o’rganishda gulxan qoldiqlari borligi aniqlangan. SHundan bilish mumkinki, bu davrda havo nihoyatda sovugan, olov esa inson uchun juda zarur bo’lgan. Qadimgi tosh davrining so’ngi bosqichi eng qadimgi jamoa tuzumi arxeologik davrlashtirishda yuqori polyeolit nomi bilan ataladi. Bu davr bundan 35-40 ming yil ilgari boshlangan va millodimizdan ilgari 12-10 ming yillikgacha davom etgan. YUqori polyeolit davrida Markaziy Osiyo hududida iqlim quruq bo’lgan. Bu davr odamida rosmana pyeshona va pastki jag’ shakllangan. Oyoq qo’l harakatlari chaqqon bo’lib hozirgi zamon odamlariga xos jismoniy xususiyatlar vujudga kyelgan. Olimlar bunday odamlarni aqlli, ongli odamlar dyeb atagan. Zamonaviy ko’rinishdagi odamlarning shakllanishi davrida uch asosiy irq tashkil topdi: Yevropa, Nyegr (Zanji) va Mangol irqlari. Bu davrda myehnat qurollari ancha takomillashdi, odamlarning ongi o’sdi, natijada, ular turli xil taqinchoqlar yasay boshladi. Odamlar yog’ochni bir-biriga ishqalash yoki chaqmoq toshni bir-biriga urish yo’li bilan sun’iy tarzda olov hosil qilishni o’rganib oldilar. So’ngi polyeolit davrida insonlar orasida dastlabki diniy qarashlar va marosimlar paydo bo’ldi. Ulardan Animizm - tabiatdan tashqari kuchlarga ishonish, jon va ruhlarning mavjudligiga ishonish,
74 Totimizm ajdodlar ruhiga sig’inish, Magiya - syehrgarlik shular jumlasidandir. Bu davrga oid 30 ga yaqin yodgorliklar Markaziy Osiyo hududidan topilib o’rganilgan. So’ngi polyeolit davrining eng muhim sifat o’zgarishi onalar atrofida dastlabki urug’ jamoalarining paydo bo’lishidir. CHunki, tug’ilgan bola dast avval o’z onasini tanigan. Ota esa noma’lum bo’lgan. Bu davr jamoasi Matyeriarxat dyeb atalgan. Endi odamlar to’da bo’lib yashashdan qarindosh urug’chilik jamoalariga bo’lingan. So’ngi polyeolit odamlarning muhim kashfiyoti - turar joylar qurish bo’lgan. Bu davrning yana bir yutug’i - insonlar ov qurollarini mukammallashtirib nayzani ixtiro qildilar. So’ngi polyeolit davrining tugashi bilan ulkan muzlik davri ham tugaydi. Yer isiy boshlab insonlar yashash uchun qulay sharoit paydo bo’ladi. Bu davr fanda Myezolit - o’rta tosh davri dyeb atalib, bu davr 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Bu davr yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g’or makonidan, markaziy Farg’onaning ko’pgina yodgorliklaridan topib o’rganilgan. Myezolit davri qabilalari asosan ovchilik va tyermachilik xo’jaligini yuritganlar. Bu davrda yirik hayvonlar yo’qolib, tyez chopar mayda hayvonlar qoladi. SHu sababli odamlar takomillashgan ov quroli- o’q yoyni kashf etadi. O’q-yoy inson kashf etgan 1-chi myexanizim bo’lib tabiat qarshiliklariga kurashda buyuk burilish bosqichi bo’ldi, ovchilikda yangi usullar paydo bo’ldi. Ovdan kyeladigan daromad manbai ko’payib bordi, ba’zi hayvonlar (istye’moldan ortiqchasi) qo’lga o’rgatila boshladi. Inson qo’liga o’rgangan va u bilan do’stlashgan dastlabki hayvon "it"dir. Myezolit davri tyermachilikning roli ham kuchayib bu tyermachilik qadimgi tyermachilikdan tubdan farq qilgan. Odamlar endi o’simliklarning ildizi bilan emas mazali myevalari bilan, boshoqli o’simliklarning donlari bilan oziqlanadigan bo’ldi. Ular suyakdan qurol yasab baliq tuta boshladi. Surxondaryoning Zarautsoy darasidagi ov manzarasi myezolit davrida tasviriy san’atning paydo bo’lishidan dalolat byeradi. Bu davrda amaliy san’atda ham katta yutuqlarga erishildi. Jamoada onalarning roli nihoyatda kattaligini bu davrda topilgan tosh va mamond suyaklaridan yasalgan ona haykalchalaridan ham bilish mumkin. Insoniyat o’z taraqqiyot yo’lida myezolit davridan so’ng nyeolit dyeb atalgan yangi tosh davrini o’z boshidan kyechirdi. Bu davrda odamlar toshlarni randalash, pardozlashni o’rganib oldilar. Tosh qurollar ichida tosh boltalar paydo bo’ldi. Bu davr Markaziy Osiyoda 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oldi. Bu davrda insonlar sopoldan turli xil buyumlar yasay boshlaydilar. To’qimachilik, kyemasozlik paydo bo’ldi. Nyeolit davrining asosiy xususiyatlari qadimgi ajdodlarimiz tyermachilikdan o’troqlashishga o’ta boshlab o’zlari uchun doimiy makonlar qura boshlaydi. Bu makonlar loydan, guvaladan yasalib, qishloqlar borpo etila boshlandi. Ana shu tariqa doimiy o’troqlik xo’jaligi vujudga kyela boshladi. Bu hol dyehqonchilikning kyelib chiqishiga, cho’lli mintaqalar azim daryo va ko’l bo’ylarida o’troq ovchilik xo’jaligining qaror topishiga sabab bo’ldi. Hozirgi Turkmanistonning Kopyetdog’ tog’i oldi rayonlarida nyeolit davri odamlari miloddan avvalgi VI ming yillikning oxiri va V ming yillikning boshlarida ilk dyehqonchilik madaniyati bilan band bo’ldilar. Bunga misol qilib "Joyi Tun" (qorong’u joy) madaniyatini olish mumkin. Bu yerda rus arxeologi S.P.Tolstov ilmiy izlanishlar olib borgan. Tyekshirish natijasida bu yerdan ko’plab myehnat qurollari, paxsa uy qoldiqlari sopol idishlar hayvon suyaklari topilgan. Nyeolit davriga oid manzilgohlar Zarafshonning o’rta havzasidan, hozirgi Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’ida ham topilgan. Bu yerda odamlar tog’ oldi joylarida yashaganlar. Ular yirik shoxli hayvonlarni boqib chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Nyeolit davri manzilgohlarini o’rganish natijasida shunday xulosa kyeladiki dyehqonchilikdan ajralgan chorvachilik bir vaqtning o’zida sodir bo’ladi. Birin-kyetin emas. Bu hol tarixda birinchi myehnat taqsimoti dyeb atalib uni kashf etishda ayollar asosiy rol o’ynagan. Nyeolit davri kashfiyotlaridan yana biri hunarmadchilikning vujudga kyelishidir. Endi ibtidoiy odamlar faqat hayvon tyerilaridan yasalgan kiyim-kyechaklarnigina emas, balki uni junidan hamda o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan kiyim-kyechaklar tikib kiyadigan bo’ldilar. Bu davrda jamoada hali ibtidoiy urug’chilik "kommunasi" hukmron bo’lib, ona urug’i davom etar edi. SHu boisdan dunyo olimlari nyeolit davrini matyeriarxat urug’chilik tartiblarining gullagan davri dyeb baho byeradilar. Millodan avvalgi 3 ming yillikning oxiriga kyelib, Markaziy Osiyoda tosh davri tugadi, u o’z o’rnini enyeolit va so’ng bronza davriga bo’shatib byerdi. Insonlar ilk bor mis myetalini kashf etdi.
75 Undan dastlab taqinchoqlar yasay boshlagan. SHu sababli bu davr Enyeolit mis-tosh davri dyeb ataladi. Odamlar bu davrda ham misdan, ham toshdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. CHunki mis myetal sifatida yumshoq va undan yasalgan qurollar mo’rt bo’lganligi tufayli myehnat qurollarining ko’pchiligi hali toshdan ishlanardi. Myehnat qurollari takomillashtirilib rudali myetallar, mis, qalay, kumush, oltin ixtiro etilib ularni eritib, foydalanish o’rganildi. Qadimgi «myetallurglar» mis va qalayni qorishtirib bronza (jyez) olishni bilib oldilar. Bronza egiluvchan, mustahkamroq myetal edi. Natijada millodan avvalgi 3-2 ming yillikning oxiri tarixga bronza davri bo’lib kirdi. Ilk bor bronza milloddan avvalgi 3-ming yillikdan Old Osiyo va hindistonda kashf etilgan. Bronzaning kashf etilishi qadimgi jamoa xo’jaligida ro’y byergan buyuk madaniy-xo’jalik ixtiro edi. Bu bilan myehnat qurollarining turi ko’paydi, harbiy qurollarning jangovorligi ortdi. Ammo bronzaning kamchiligi, toshdan yasalgan myehnat qurollarini uzil-kyesil siqib chiqara olmadi. Arxeologik kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, O’rta Osiyoda bu davrda ovchilik va tyermachilik hayotda o’zining dastlabki rolini yo’qotdi. Axolining asosiy xo’jaligi dyehqonchilik va chorvachilik bo’lib qoldi. Zarafshon vohasida ilk dyehqonchilik izlari bronza davriga borib taqaladi. Buni isboti uchun Buxoro yaqinidagi Zamonbobo madaniyatini misol tariqasida aytish mumkin. Arxeologiyaga oid qazishlar vaqtida Zamonbobo ko’li atrofidagi qabrlardan naqshli sopol idishlar, erkaklar qabrlaridan chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar, pichoqsimon buyumlar, ayollar qabrlaridan qizil va sariq oxra, surma ushoqlari, tosh byezaklar, oltindan yasalgan marjonlar topilgan. Ulardan tashqari qabrlardan sopol idishlarga solingan don qoldiqlari ham topilgan. Bu shundan dalolat byeradiki bu manzilgohda yashagan aholi bronza davridan boshlab dyehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Bunday madaniyat yodgorliklari O’zbyekistonda Surxondaryo (Sopollityepa, Jarqo’rg’on), Xorazm
(Tozabog’iyob) Toshkyent (Achiqul), Namangan (Dolvarzintyepa), Qashqadaryo (Yer qo’rg’on, To’rtqultyepa) va boshqa viloyatlarda ham ko’plab topilgan. O’lkamizda dyehqonchilikni rivojida sun’iy sug’orish asosiy rol o’ynaydi. Mintaqa iqlimi issiq bo’lganligi sababli, dyehqonchilik dastlab daryo va jilg’a bo’yinlarida tashkil topgan. Ekinlar daryolardan qazib olib borilgan ariq va kanallar orqali sug’orilgan. Bu ish nihoyatda og’ir va mashshaqqatli myehnatni talab qilgan. Afsuski, o’lkada boshqa yo’l bilan dyehqonchilikni rivojlantirish mumkin emas edi. Bronza davrida dyehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqdi. Bu ikkinchi myehnat taqsimoti edi. Bu davrda aholi hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, zargarlik va quruvchilikda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Inson g’ildirakni kashf etib undan qo’l tyegirmoni, arava, charxpalak yasab, ulardan foydalana boshladi. YUk tashish vositalari vujudga kyeldi. O’lkamizda paxtachilik va ipakchilikning kashf etilishi haqida gapirganda Surxondaryo viloyatidagi Sopollityepa yodgorligini gapirib o’tish zarur. Sopollityepaning dastlabki maydoni 4 gyektar bo’lib, atrofi uch qator mudofaa dyevorlari bilan o’rab olingan. 1969-1974 yillarda bu yerda A.Asqarov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borilagan. Qazish jarayonida bu yerdan xom g’ishtdan qurilgan ko’p xonali uy-joy qoldiqlari, turli xil myehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari, sopol idishlari, byezaklar, taqinchoqlar topilgan. Sopollityepaliklar abadiy o’limga ishonmaganlar, «narigi dunyo» tushunchasi ularda kuchli bo’lgan. SHu sababli ular marhum yoniga uning mol-mulki, idish-tovoqlarda ovqatlar bilan ko’mgan. Agar jamoa a’zosi byedarak yo’qolsa, unga qabr kovlanib, qabrga odam haykalchasi, qo’y yoki echki bolasi ko’milgan. Bunday mozorlar fanda «kyenyetaf» dyeb yuritilgan. Sopollityepada hunarmandchilikning boshqa turi-to’qimachilik ham yuksak rivoj topgan. U yerdagi mozorlardan kiyim qoldiqlari topilgan. Bu kiyim qoldiqlari tyekshirilganda ular paxta va tabiiy ipakdan ishlanganligi ma’lum bo’ldi. Bu buyuk ixtiro bo’lib, o’tmishdagi ajdodlarimiz bronza davridan boshlab paxta ekish va uni ko’paytirish bilan shug’ullanganliklaridan dalolat byeradi. Bu 76 ilmiy dalillari shu bugungacha darsliklarda aniq yoritilmagan. Ipakning vatani Xitoy bo’lgan va O’zbyekistonga ipak Xitoydan olib kyelingan dyegan fikrlarni inkor etmoqda. Markaziy Osiyoda jumladan, O’zbyekistonda ipakchilik tarixining ildizlari bronza davriga borib taqalishi isbotlandi. Arxeologiyaga oid tyekshiruvlar shundan dalolat byeradiki o’lkamizda paxtachilik tarixi 3,5 ming yildan kam emas. Qadimgi ajdodlarimiz hayotida myetall bilan ishlab hunarmandchilik qilish yuksak darajada taraqqiy etgan. Qazishmalar vaqtida yer tagidan juda ko’plab myetall buyumlar – oddiy uy ro’zg’or buyumlaridan tortib to harbiy qurollargacha, ayollarning surmadonlari, oyna va boshqa turli xil idishlar myetaldan ishlanganligi ma’lum bo’ldi. Oltin va kumushdan turli xil taqinchoqlar yasalgan. Sopollityepa madaniyatida mudofaa tizimida murakkab mye’moriy an’analar aks etgan, uy qurilishida ular xom g’ishtdan kyeng foydalanganlar. O’zbyekiston tarixining juda katta davri yozma manbalarsiz, arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan holda o’rganiladi. Qadimgi SHarq yozma manbalaridan (hind, Ossuriya va Eron manbalari) ma’lumki milloddan avvalgi 2 ming yillikning o’rtalari va oxirlari (Bronza davri) – Markaziy Osiyo, Afg’oniston, hindiston va Eron tarixi –hind-Eron qabilalari yoyilishi bilan bog’liq bo’lgan. Dastavval, hind- Eron qabilalari juda kyeng hududda – Volga, Ural va Janubiy Sibir’ oralig’idagi yerlarda yashaganlar. hududimizga tyegishli ilk yozma manbalar - «Avyesto», Ahmoniylar davri yozuvlari va qadimgi dunyo (yunon-Rim) davriga ta’luqli manbalar yurtimizdan tashqarida yozilgan. Ular Qadimgi SHarq va dunyo tarixida birinchi bo’lib o’lkamizdagi xalqlarning nomlarini, alohida joylar tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Dastlabki yozma manbalardan foydalanishda juda ehtiyot bo’lmoqlik kyerak. Ba’zi bir ma’lumotlar afsonalarga asoslangan va ularni haqiqiy tarixdan ajratib olish zarur. Boshqa manbalarning mualliflar (masalan, eng qadimgi yunon tarixshunoslari) hyech qachon Markaziy Osiyoda bo’lmaganlar. Va o’z hikoyalarini surishtirib bilganlari asosida yozganlar. SHunga qaramasdan, bu ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Ahmoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlar to’g’risidagi turli xil ma’lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid bo’lib Byexstun va Naqshi Rustam Qoyatoshlarida, Suza, Pyersapol va hamadon shaharlaridan topib tyekshirilgan. YUnon-fors yurishlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI-IV asrlar siyosiy voqyealarida ishtirok etgan Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi YUnon tarixshunoslarini asarlarida yoritilgan. Bu borada o’lkamiz xalqlari to’g’risidagi qisqa va aniq ma’lumotlar byeruvchi Gyerodotning «Tarix» kitobi ayniqsa qimmatlidir. Gyerodot Markaziy Osiyoda bo’lmagan, va bu hudud haqida o’zi eshitgan hikoyalar va surishtirib bilganlarini yozib qoldirgan. Gyerodotning «Tarix» kitobi mil.avv. 455-445 yillar davrida yozilgan. Bu asarda Gyerodot baktriyaliklarni 13 marta, so’g’dlarni 2 marta, Xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagyetlarni 19 marta tilga olib 1 , ularning moddiy madaniyati, urf odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan. Gyerodot o’zining ushbu kitobida baqtiriyaliklarning ust-boshi Makyedoniyaliklarning ust-boshiga o’xshashini, saklarni (Gyerodot ularni skiflar dyeb ataydi) uzun cho’qqili qolpoqlar kiyib yurishini, massagyetlarning kiyim-kyechaklar va turmush-tarzi skiflarnikidan uncha farq qilmasligini, massagyetlar ichida eng ulug’langan yagona xudo bu Quyosh ekanligi; unga otlarni qurbonlik qilishlari haqida yozib qoldirgan. Xitoy manbalari haqida gapirishdan oldin shuni alohida qayd qilish lozimki, ular ham Xitoy hukumdorlarining maqsad va manfaatlarini ko’zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi esa ko’p hollarda bir taraflama yoritilgan. Lyekin, xitoy manbalarida bo’lib o’tgan voqyealarning vaqti va o’rni aniq ko’rsatiladi, u yoki bu tyerritoriyada istiqomat qilgan xalqlar, shuninigdyek bir-biriga qarshi turgan qo’shinlarning umumiy soni aniq ko’rsatiladi. O’zbyekistonning uzoq o’tmishidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda Xitoy tarixchilarining otasi Sыma TSyan’ning «SHi TSzi» 77 («Tarixiy estaliklar») nomli 130 bobdan iborat yirik tarixiy asari nihoyatda qimmatlidir. Ushbu asarlarning 123-bobi butun Markaziy Osiyo, xususan Farg’ona va uning qadimiy xalqi haqida qimmatli ma’lumotlar byeradi. YAna bir Xitoy tarixchisi Ban’ CHu bo’lib, uning «Avvalgi Xan’ sulolasining tarixi» asarining 95- bobida Markaziy Osiyo (ayniqsa Kongyuy, yuechjilar haqida) va SHarqiy Turkiston xalqlarining tarixi, hayoti haqida ko’p ma’lumotlar byergan. Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashab kyelgan mahalliy turkiy tilli xalqlarning tarixi qadimgi hind manbalarida, xususan ularning epik dostoni «Mahobxorota»da («Bxarata avlodlari jangnomasi») kyeng yoritib byerilgan. Bu asar sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18-kitobdan iboratdir. Patriarxt(gryekcha so’z bo’lib – ota urug’i ma’nosida) davri qadimgi jamoa tuzumida matriarxat – ona urug’idan kyeyingi davr bo’lib, sinfiy- jamiyat va davlatlarning vujudga kyelishi arafasidagi davr hisoblanadi. Matyeriarxat davrida iqtisodiy jihatdan xotin–qizlarga mutye bo’lgan erkaklar, dyehqonchilik va chorvachilik kyelib chiqqandan so’ng xo’jaliklarni turli xil sohalarda ularning myehnati asosida o’rnini egallaganligi tufayli jamiyatdagi rolini oshirgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo’lgan. Bu davrda ota rolini oshib borishining bosh sababi, endi ayollar dyehqonchilik, chorvachilik kabi og’ir ishlarni bajara olmas edi. Bu ishlar insondan juda katta jismoniy kuch va myehnat talab qilgan. Patriarxat davrida ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi natijasida uch xil yirik ijtimoiy myehnat taqsimoti yuzaga kyelgan: 1). CHorvachilik dyehqonchilikdan ajralib chiqqan; 2). Hunarmandchilik dyehqonchilikdan ajralib chiqqan; 3). Mahsulotni doimiy ayriboshlash uchun shart–sharoit vujudga kyelishi natijasida savdogarlar sinfi paydo bo’lgan. Bu davrda ayollar uy–ro’zg’or ishlari, farzand tug’ish va tarbiyalash yumushlari bilan ko’proq band bo’lib, bir vaqtning o’zida chorvachilik va dyehqonchilik bilan shug’ullanishga vaqt topa olmas edi. Ana shunday sharoitda juft oila o’zining dastlabki bosqichida ayollar haq–huquqlari asosida qurilgan ijtimoiy–iqtisodiy mazmun va mohiyatni yo’qotdi. Juft oila o’zining so’ngi bosqichiga, ya’ni oilada erkaklar hukmron bo’la boshlagan bosqichga ko’tarildi. Endilikda juft oila matyeriarxal urug’ jamoasi manfati asosida emas, balki patriarxal urug’ jamoasi iqtisodiy nyegizi asosida quriladigan bo’ldi. Ota urug’ining vujudga kyelishi urug’ jamosi doirasidagi turli munosabatlar mohiyatini o’zgartirib yubordi. Ikki urug’ o’rtasida bir nyecha ming yillar davom etgan guruhiy nikoh tizimi buzildi. Juft oila o’z mazmuni bilan monogamiya (yakka) oila darajasiga ko’tarildi. Bunga ko’ra oilada erning haq–huquqi mustahkamlandi. Erkaklar chyeksiz huquq va davlat egasi sifatida oilani boshqaradi. Qadimgi urug’chilik jamoasi iqtisodiy nyegizda sodir bo’lgan bu o’zgarishlar o’z navbatida urug’chilik jamoa tuzumini yemirilishiga, dastlabki sinfiy jamiyat asoslarining vujudga kyelishiga xizmat qildi. Bunday inqilobiy o’zgarishlar bronza davrida, ayniqsa uning so’ngi bosqichida yuz byerdi. Bu bosqich O’zbyekiston sharoitida milloddan avvalgi 2–ming yillikning oxiri va 1–ming yillikning boshlariga to’g’ri kyeladi. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling