Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza mashg’ulotlari 3-mavzu Ozbek davlatchlilgining shakllanishi va uning taraqqiyot bosqichlari 1.3.
- Mashg’ulot shakli
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- 1.2. « Ozbek davlatchlilgining shakllanishi va uning taraqqiyot bosqichlari» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
- Ta’lim oluvchilar
- Qo’shimcha adabiyotlar
- Dars o’tish vositalari
Qadimgi Xorazm yozuvi. Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi - bu xumning sirtida tasvirlangan Xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. U Katta Oybuyirqal’a shahar xarobasidan topilgan. 83 Arxeologik malumotlariga ko’ra bu yozuv mil.avv. V-IV asrlarga tyegishlidir. Mil.avv. IV-III asrlarga oid yana bir qadimgi Xorazm yozuvi Quyqirilgan qal’ada topilgan sopol idishning sirtida saqlangan. Bu manba yagona "aspabarak"- "otlik", "chavondoz" so’zidan iboratdir. Qadimgi Xorazm yozuvi oromiy alifbosiga asoslangan. Oromiylar- mil.avv. I ming yillikning boshlarida Myecsopotomiya (Ikki daryo oralig’i) hududida joylashgan qadimgi xalqdir. Mil.avv. VI - IV asrlarga kyelib, 22ta harfdan iborat bo’lib oromiy alifbosi "O’rta SHarqning idora qilish, ish yuritish va ma’muriy tili vazifasini bajargan". Baqtriya tili va yozuvi: bu O’zbyekiston janubida (Surxon vohasi) va chyegaradosh Tojikiston, shimoliy Afg’oniston yerlarida joylashgan tarixiy madaniy viloyat aholisining tili hamda yozuvidir. Baqtriya yozuvi ikki xil - oromiy va qadimiy yunon alifbosiga asoslanib rivojlangan. Baqtriya tili va yozuvlari yaxshi o’rganilmagan. Bizgacha yuzdan ortiq baqtriylar so’zlari yetib kyelgan. Baktriya yozuvi topilmalari asosan millodning birinchi asrlariga taaluqlidir. So’g’d tili va yozuvi: Sug’d, Sug’diyona - tarixiy-madaniy viloyat bo’lib, Zarafshon, Qashqadaryo vohalarni o’z ichiga oladi. Milodiy I-IV asrlardan boshlab, So’g’d yozuvlari kyeng hududlarga tarqalgan. Bu jarayon So’g’dlarning yangi yerlarni o’zlashtirish faoliyati savdogorlarning "Buyuk Ipak yo’li"dagi harakatlari bilan bog’langan. SHuning uchun ham So’g’d tilidagi yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo, Qozoqiston, SHarqiy Turkiston, Pokiston va Mo’g’iliston tuprog’idan topib tyekshirilgan. So’g’d yozuvi ish yuritishda, savdo va madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo’lib, qadimgi uyg’ur, mo’g’il va manjur yozuvlari paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Mil.avv. I-ming yillikka oid so’g’d yozuvlari topilmagan. Tarixiy yozma manbalarining guvohlik byerishicha Kushon davlati davrida hind xalqlari bilan o’zaro aloqadorlik nyegizida Braxma va Qharoshxi dyeb atalgan hind alifbosini ham ishlatgan. Muharrirlar muqaddas "Avyesto" kitobini mil. avv. VP-V asrlarda bitilganligini taxmin qiladilar. Markaziy Osiyoda uzoq vaqtlar qo’llanib kyelingan Xorazm va So’g’d yozuvlari ham qadimiydir. Xorazm yozuvi haqida yana shuni aytish kyerakki Xorazm yozuvi Oromiy yozuvining qadimiy an’anlarini o’zida saqlab qolgan edi. Buni rus olimi S.P.Tolstov o’z hamkasblari bilan Xorazmdagi Quykirilgan qal’asida arxeologiyaga oid tadqiqotlar uyushtirib topgan ashyolar asosida isbotladi. U bu yerdan Xorazm yozuvi namunalarni topdi. Bu yozuvlar qadimgi Xorazm tangalari, muhrlari, hujjatlari, san’at asarlari, uy- ro’zg’or buyumlarida aks etgan edi. Massagyetlar va Saklar orasida tarqoq holda yashagan So’g’dlarning yozuvi bitilgan, ba’zi manbalar bizgacha yetib kyelgan. Jumladan, Panjyekyentda topilgan mil. avv. P asrga mansub So’g’d tangalariga zarb urilgan". Griryey Jabg’u, Katfiz Jabg’u" so’zlariga qarab, arxeolog olimi O.N.Smirnova So’g’dlar turk tilida so’zlashganlar, dyegan xulosaga kyeladi. So’g’d hokimlari va lashkarboshilarning ko’pchiligi turk bo’lganligini mashhur At-Toboriy ham ta’kidlaydi. SHunday qilib yuqoridagi dalil asoslar Markaziy Osiyo hududidagi xalqlar eng qadimgi yozma madaniyatga ega bo’lganligini isbot qildi. Bu g’oyatda muhim siyosiy ahamyatga ega masaladir. CHunki, qadimgi ajdodlarimiz o’z rivojlangan davlatchiligi, yuksak rivoj topgan madaniyat va yozuviga ega bo’lgan bir vaqtda qadim- qadim zamonlarda shimoliy mintaqalarda yashovchi xalqlar hali yovvoyilik bosqichidan ham chiqmagan edilar.
84
3-mavzu O'zbek davlatchlilgining shakllanishi va uning taraqqiyot bosqichlari 1.3. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli Kirish-axborotli ma’ruza Ma’ruza rejasi 1 .Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davlatlarning shakllanishi, ulardagi madaniy hayot, diniy etiqodlar 2.O’rta asrlar o’zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot 3.IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi, siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy hayot
bilimlarni shakllantish
Davlatchilik asoslari, Markaziy Osiyo hududidagi dastlabki davlatlarning shakllanishi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
to’g’risida tushuncha berish; O’rta asrlarda o’zbek davlatchiligining taraqqiyoti, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti to’g’risida kengroq tushuncha berish; Markaziy Osiyodagi markazlashgan davlatlarning taraqqiyot bosqichlari hamda ularning o’zbek davlatchiligi tarixida tutgan
o’rni to’g’risida tushuncha berish;
Davlatchilik asoslari, Markaziy Osiyo hududidagi dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi omillari va ularning taraqqiyot bosqichlari haqida gapirib berish; O’rta asrlarda o’zbek davlatchiligining taraqqiyot bosqichlari qanday kechganligini, ularning boshqaruv tizimining mazumn mohiyatini gapirib berish; Markaziy Osiyodagi markazlashgan davlatlarning taraqqiyot bosqichlari, bu davrda davlatchilik asoslarining kuchayishiga zamin yaratgan shart sharoitlarning mazmun mohiyatini gapirib berish; Ta’lim berish usullari Ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol- javob, suhbat, tushuntirish, klaster
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, kompyuter texnologiyalari, slaydlar
Texnik
vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya Monitoring va baholash Og’zaki nazorat, savol-javob 85
mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
1.1.O’quv kursi nomini aytadi. Ekranga o’quv kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, mavzular ro’yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi 1.2.Birinchi mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi. 1.3.Klaster asosida o’tiladigan mavzuning mazmuni va mohiyatini qisqacha yoritadi Tinglaydilar.
Tinglaydilar
2- bosqich Asos
iy bosqich (55
daqiqa) 2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo’llaydi:
Davlatchilik konsepsiyasi deganda nimani tushunasiz?
Markaziy Osiyoda tashkil topgan ilk davlatlar haqidagi yozma manbalarni ayting
O’zbekiston hududidagi ilk davlatlar qachon tashkil topgan va ular to’g’risda ma’lumot bering?
Markaziy Osiyodagi ilk o’rta asr davlatlar to’g’risda ma’lumot bering?
Markaziy Osiyoda markazlashgan davlatlar qaysilar va ular to’g’risida ma’lumot bering?
II jahon urushidan so’ng O’zbekistonda agrar sohadagi o’zgarishlar nimalardan iborat
Orolfojeasi nima sababdan kelib chiqqan va uning salbiy oqibatlari nimalarda namayon bo’lishadi.
2.2 Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi. 2.3. Ekranda slaydlar namoyish etish bilan O’zbekistonda davlatchilik asoslar, ilk davlatlarning tashkil topish jarayoni, ularning boshqaruvi, shuningdek o’rta asr davlatlari haqidagi ma’lumotlar aks ettirish orqali to’liq ma’lumot beriladi Talabalar diqqatini mavzuning asosiy jihatlariga karatadi, ularning dolzarb va
ahamiyatli ekanini asoslaydi. 2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini aytadi. Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo’naltiradi, zarur Savolga javob
beradilar. Fikrlarini bildiradilar.
Tinglaydila r, zarur
ma’lumotlarni yozib oladilar.
yakka tartibda bajaradilar.
Ish natijasini taqdim kiladilar.
Tinglaydila r,
zarur ma’lumotlarni yozib oladilar.
86 maslahatlar beradi. 2.5. Bir nechta talabaning ish natijasini tekshiradi, talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi. Zarur bo’lsa, qo’shimchalar kiratadi va ushbu savol bo’yicha to’liq ma’lumot berishini aytadi. 2.6. Rejaning ikkinchi savoliga doir bo’lgan slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq yoritadi 2.7. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi 3.
Yaku niy bosqich (10 daqiqa)
3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: (1) o’tilgan mavzu asosida B/B/B jadvalini to’ldirib kelish. B/B/B jadvalini to’ldirish qoidasini tushuntiradi (6-ilova); (2) ikkinchi mavzu bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelish. Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar. 3-Mavzu. O'zbek davlatchiligining shakllanishi va uning taraqqiyot bosqichlari Ryeja 1 Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davlatlarning shakllanishi, ulardagi madaniy hayot, diniy etiqodlar 2.O’rta asrlar o’zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot 3.IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi, siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy hayot Asosiy adabdiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. - T.: SHarq, 1998. 2. Azizxo’jayev A. Davlatchilik va madaniyat. - T.: SHarq, 1997. 3. Abdunabiyev A.G. Vklad v mirovuyu tsivilizatsiyu . - T.: O’zbyekiston, 1998. 4. Abu Rayxon Byeruniy. Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar, 1-jild . - T.: Fan, 1968. 5. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: 1993. 6. Azamat Ziyo. O’zbyek davlatchiligi tarixi. T., 2000. 7. G’ulomov YA.G. Xorazmning sug’orilish tarixi. T., 1959. 8. 8. Dandamayev M.A. Politichyeskaya istoriya Axemyenidskoy dyerjavы. Moskva, 1985. 9. Isomiddinov M.I. Sopolga bitilgan tarix. - Toshkyent,1993. 10. Amudar’inskiy klad. Lyeningrad, 1979. 11. Masson V.M. Dryevnyezyemlyedyel’chyeskaya kul’tura Margianы. MIA, 1959, N 73. 12. Masson V.M. Strana tыsyachi gorodov. - Moskva, 1966. 13. Muxammadjonov A.R. Qadimgi Buxoro. - Toshkyent,1991. 14. Pidayev SH.R. Sirli kushonlar saltanati. - Toshkyent,1990. 15. Pugachyenkova G.A., Rtvyeladzye E.V. Syevyernaya Baktriya - Toxaristan. Tashkyent, 1990. 16. Pugachyenkova G.A. SHyedyevrы Sryednyey Azii. - Tashkyent,1986. 17. Sagdullayev A.S. Qadimgi O’zbyekiston ilk yozma manbalarda. - Toshkyent, 1996. 18. Karimov SH., SHamsutdinov R. Vatan tarixi. 1-kitob. - T.: O’qituvchi, 1997. 19. 19. O’zbyekiston tarixi. Ikki jildlik. A.Asqarov tahriri ostida.- Fan, 1992-1993. 20. O’zbyekiston tarixi. - T.: Univyersityet, 1996, 1-jild. 21. Asqarov A. O’zbyekiston tarixi. - T.: O’kituvchi, 1994.
87 Qo’shimcha adabiyotlar: 22. Ziyo A. Ko’hna Xorazm: miloddan avvalgi birinchi ming yillikda. "O’zbyekiston ovozi" gazyetasi, 1993, 11 syentyabr’. 23. Ashurov SH. "Avyesto" muqaddas kitob. - "Toshkyent oqshomi" gazyetasi, 1993, 22 iyul’. 24. Ishoqov M. Qadimgi xorazmiy yozuvi :YOzuv madaniyatining 2500 yilligi. - "O’zbyekiston adabiyoti va san’ati " gazyetasi, 1994, 11 mart 25. Ziyo A. Kushonlar: I-IV asrlarda yashagan kushonlar sulolasi haqida. "O’zbyekiston ovozi" gazyetasi 1994, 11 fyevral’, 15 fyevral’. 26. Isomiddinov I. Afrosiyob tilsimlari . "Xalq so’zi" gazyetasi, 1996, 30 may. 27. Abdug’ofurov A. Samarqandni Iskandar bino qilganmi? -"O’zbyekiston ovozi" gazyetasi, 1993, 19 oktyabr’ 28. Xodjayov T. O’rta Osiyoda mug’uliy irq ."Fan va turmush" jurnali, 1990, 6-son.
shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari hamda ijtimoiy iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonlarini ochib byerishdan iborat. Talabalarda davlatchilik ananalari vatanimizda qariyib 3000 yillik tarixga ega ekanligi to’g’risidagi tassavurni shakllantirishdan iborat.
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 3.
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy vaziyat mavzusining ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Yo`qlama- 5-minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut YAngi mavzu bayoni – 50 minut Sinov savollar namunasi – 5 minut Uyga vazifa byerish – 3 minut 4. Tayanch so’zlar va tushunchalar: Davlatchilik, dunyo va O’zbyekistonning qadimgi davlatlari, ahamoniylar va makyedoniyaliklar davri davlatchiligi, Kushon podsholigi, eftalitlar, turk hoqonligi, arablar boshqaruvi, markazlashgan davlatlar, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshoxlar, g’aznaviylar, saljuqiylar, mug’ullar boshqaruvi.
O’zbyek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganishning o’ta muhimligini I.Karimovning quyidagi so’zlaridan bilish mumkin: "O’zbyekiston – kyelajagi buyuk davlatdir. Bu mustaqil, dyemokratik huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab byeradigan davlatdir". Ushbu masalani yoritishdan oldin davlatchilik tushunchasiga, jahon tarixidagi eng kadimgi 88 davlatlar yuzaga kyelishi tajribasiga qisqa bo’lsa ham e’tibor qilish o’ta o’rinlidir. Davlat - insoniyat tsivilizatsiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy shaklidir. U o’z mohiyatiga ko’ra kishilarning talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o’rnatish va saqlashga mo’ljallangan, muayyan aholi jamoalari tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli va qonun-qoida asosida faoliyat ko’rsatadigan vakillar guruhlari majmuasidir. Davlat siyosiy va ma’muriy tashkilot sifatida xalqni uyg’unlashtiradi. Davlat tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi, urf-odati, tyexnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va boshqalar) to’la kuch bilan namoyon bo’ladi. Boshqacharoq, aytilganda, davlat boshqaruvida quyidagi ikkita muhim jihatlar hal etilganligini syezish mumkin. - birinchidan, davlat paydo bo’lishi bilan amaliyot hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan dolzarb bo’lgan yangi shakllari qaror topdi. Hokimiyatning vakolatli shakli yuzaga kyelib, katta-katta ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun kyeng xalq ommasini safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijtimoiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz byerdiki, natijada urug’, qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka o’tish ta’minlandi. SHuningdyek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ajratib, uning ahamiyatliligi ta’minlandi. Ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy qiyofasi birinchi o’ringa chiqdi. Dyemak, davlatning kyelib chiqishi nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham bo’ldi; - ikkinchidan, davlat ibtidoiy jamiyatda mavjud bo’lgan boshqaruvdagi tamoyillarga barham byerdi. Oqibatda, butun jamoaning jamiyat hayotida byevosita ishtiroki, boshqaruvda jismoniy zo’ravonligi emas, balki jamoa fikri va obro’si kuchining tan olinishi, iqtisodiy majburlashning yo’qligi va boshqa ko’pgina tomoyillar yo’qolib kyetdi. Davlatchilik rivojlanishi bilan siyosiy boshqaruvning murakkab tartiboti maydonga kyeladi. Bunda, eng avvalo jamiyatning siyosiy sohasida yuzaga kyeladigan siyosiy tashkilotlar turkumi nazarda tutiladi. Masalan, boshqaruvda hokim yoki tobyeligiga ko’ra farqlanadigan ijtimoiy guruhlarning sinfiy tashkiloti – siyosiy partiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda sinflarning muhim, odatda faol qismi muayyan g’oyalar va tamo- yillar asosida uyushgan bo’ladi. Davlat hokimiyatini qo’lga kiritgan partiya boshqaruvda rahbarlik vazifasini bajaradi. Jahonda eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri 3-ming yillik boshida Myesopotamiya va Misrda, birmuncha kyeyinroq Gang daryosi vodiysida va Old Osiyoda, Egyey dyengizi havzasida va Xuanxe daryo vohasida vujudga kyelgan va rivoj topgan. Qadimgi SHarqda davlatlarning yuzaga kyelishi jarayoni juda murakkab kyechdi va bir nyecha yuz yilliklarni o’z ichiga olgan uzoq davrga cho’zildi. CHunki, bu yerda urug’chilik tuzumi qoldiqlari va uning organlari tyezda o’z o’rnini yangi jamiyatga bo’shatib byermadi. Ma’lum bo’lishicha, dunyoning barcha hududlaridagi dastlabki davlat tuzilmalari yirik bo’lmagan shahar-davlatlardan iborat bo’lgan. Ularning davlat apparati esa yemiralayotgan urug’chilik tuzumi sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan harbiy dyemokratiya, oqsoqollar kyengashi, xalq yig’ilishi, harbiy boshliqlar va ularga yaqin bo’lgan kishilar drujinasidan tashkil topgan. SHahar-davlatlarning mahalliy urug’chilik aristokratiyasi bilan ustunlikni qo’lga kiritish uchun olib borilgan kyeskin kurashlari natijasida yirikroq davlat birlashmalari yuzaga kyelgan. Dyespotik Misr, Vaviloniya, Xitoyning TSin’ impyeriyasi kabi qadimgi SHarqning dyespotik davlatlari asosan daryo vohalarida hamda sun’iy sug’orishga asoslangan dyehqonchilik o’lkalarida yuzaga kyelib, ular asosan bir daryo havzasidagi barcha sug’orish inshootlarini birlashtirish nyegizida faoliyat boshlash bilan birga boshqaruvni ancha mustahkamroq va uzoqroq davom ettirganlar. Ossuriya va Eron ahmoniylari impyeriyasi esa dyespotik davlatlarning tamomila boshqacha ko’rinishi - harbiy-ma’muriy impyeriyalar edi. CHunki, ular bosqinchilik, qurol kuchi yo’li bilan yuzaga kyelgan davlatlar hisoblanib, umumiy iqtisodiy nyegizga ega bo’lmaganlar. Ular rivojlanishi turlicha bo’lgan mamlakatlar va viloyatlarni majburiylik va zo’rlik asosida birlashtirganliklari sababli mustahkam davlat hisoblanishi mumkin emasdi. Qadimgi SHarqda dyespotik xaraktyerga ega bo’lmagan davlatlar ham bo’lgan. SHu jumlaga tarixda ma’lum iz
89 qoldirgan Xettlar podsholigi bilan Finikiyaliklar shahar-davlatini kiritish mumkin. Ularda hokimiyat bosh hukmdor va oqsoqollar kyengashi o’rtasida taqsimlangandi. O’rta Yer dyengizi havzasidagi qadimgi Gryetsiya va Rimda shahar davlatlari-polislarning yuzaga kyelishi va rivojlanishlari uchun butunlay boshqacha qulay sharoit bo’lgan. Bu yerda polislar dyemokratik (qadimgi Afinada) yoki aristokratik (Qadimgi Rimda) xaraktyerga ega bo’lishganlar va o’zlarida mulkning shaklini aks ettirganlar. Lyekin, antik dunyodagi xo’jalikni rivojlantirish ehtiyoji, iqtisodiy aloqalar takomillashuvi asta-syekinlik bilan davlatlarning yiriklashuvini taqazo etgan. Bu hududda Etoliy, Axey va boshqa shahar - davlatlari ittifoqi bilan birga yirik Ptolyemyeylar Misri va Salavkiy davlatlarining yuzaga kyelishi, nihoyat O’rta Yer dyengizi havzasida yagona Rim impyeriyasining paydo bo’lishi yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Ellin davlatlarida sharqiy harbiy-ma’muriy dyespotik impyeriyalar byelgilari o’z-o’zini boshkaruvchi shahar-davlatlari sistyemasi bilan qo’shilib kyetgan dyeyish mumkin. Davlatchilik munosabatlari rivojlanishi va shakllarining ortishi natijasida davlat apparati ham murakkablashib bordi. Soliq tizimi yuzaga kyeldi, kyemasozlik barpo bo’ldi, doimiy armiya tashkil etildi va b. Endi ilgarigi shahar-davlatlari apparatiga xos syenat, magistratura, komitsiya va boshqalar o’rnida Rim ryespublikadan impyeriya tartibotiga o’tdi. Oliy hukmdor monarx bo’lib qoldi va uning atrofiga asta-syekinlik bilan yirik yer egalari, shaharning boy kishilari to’plana bordi. Dyemak, jamiyat takomilllashmoqda edi. Davlatning yiriklashib, hayotda
muammolar ko’payib borishi bilan
boshqaruvni takomillashtirish ehtiyoji kyelib chiqan. Mukammal, doimo harakatda bo’lgan hujjatlar ishlab chiqish davr talabi bo’lib qolgan. Bu hujjatlar davlat qonunlari darajasiga ko’tarilgan. Qonun esa huquq ma’nosida davlat hokimiyati oliy organining tartibga solingan qarorlari bo’lib, bularni barcha fuqarolar, tashkilotlar, uyushmalar va idoralar bajarishga majbur bo’lganlar. Bobilda miloddan avvalgi 1760 yilda podshoh Xammurapi qonunlar majmuasini qabul qilgan edi. U tarixda Xammurapi qonunlari dyeb ataladi. Qadimgi Rimda XP qonunlar kodyeksi, Arab xalifaligida islom dini shariat qonunlari qabul qilingan. Hattoki, CHingizxon tomonidan tuzilgan dyeyarlik ko’chmanchilar davlatida ham "YAso" nomi bilan qonunlar majmuasi bo’lgan. "Tyemur tuzuklari" dagi "Qonun hukmron bo’lgan joyda erkinlik bo’ladi", "Kuch adolatdadir" dyegan qoidalarni alohida eslashimiz zarur. SHimoliy Amyerika mustaqilikka erishgach 1776 yilda "Mustaqillik dyeklaratsiyasini"ni, Frantsiya esa 1789 yilda "Inson va fuqoro huquqlari Dyeklaratsiyasi"ni qabul qilgan edi. O’zbyekiston Ryespublikasi Oliy Kyengashning 1990 yil 20 iyunida bo’lgan ikkinchi syessiyasida qabul qilingan "Mustaqillik Dyeklaratsiyasi", 1991 yil 28-31 avgustdagi O’zbyekiston Ryespublikasi Oliy Kyengashining navbatdan tashqari syessiyasida qabul qilingan "O’zbyekiston Ryespublikasining Davlat mustaqilligi asoslari" to’g’risidagi qonun, 1992 yil 8 dyekabrdan hayotimizga joriy etilgan O’zbyekiston Ryespublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) davlatimizning asosiy poydyevori bo’lib qoldi. Hududimiz xalqi davlatchiligi ham juda qadimdan davom etgan uzluksiz jarayon bo’lgan. Bronza davriga kyelib aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga - dyehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning ixtisoslashib borishi, sug’orma dyehqonchilikning rivojlanishi, myetalning hayotga jadallik bilan kirib kyelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdoning taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy- iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydyevori bo’lib xizmat qilgan edi. Lyekin bu inkor qilib bo’lmaydigan haqiqat chor Rossiyasi va "qizil impyeriya" mustamkachiligi davrida inkor qilindi, rus bo’lmagan xalqlar tarixi va madaniyati, davlatchiligi kamsitildi. Zyero, I.Karimov ko’rsatishicha “Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o’zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emasligidan kyelib chiqadi". Aniqrog’i, davlatchilik tarixi masalasida yondashuv shunday bo’ldiki, "Qadimgi Rus davlati" IX asrda shakllanganligidan kyelib chiqilib, impyeriyaning boshqa biron-bir xalqi (armanlar va gruzinlardan tashqari) davlatchilik tarixi mazkur ko’rsatkichdan qadimroq bo’lmasligi kyerak edi. YAna davlatchilik Marks, Engyel’s va Lyenin g’oyalariga ko’ra, faqat sinfiylik nuqtai nazaridan kommunistik mafkura asosida qaraldi: "Davlat umuman va asosan ishlab chiqarishda hokim
90 bo’lgan sinfning iqtisodiy ehtiyojini kontsyentratsiyalashgan shaklda ifoda etishdir", "Davlat bir sinfning ikkinchi sinf ustidan hukmronlik qilishi uchun xizmat qiladigan mashinadir". Davlatchilik taraqqiyoti bosqichlariga baho byerishda ham sinfiylikdan kyelib chiqib, "quldorlik" davlati, "fyeodal" davlat, "kapitalistik"davlat, "sotsialistik" davlat dyegan ortiqcha iboralar o’ylab topildi. Ko’rinadiki, davlatchilikning asosiy manbai bo’lgan xalq unutildi. Natijada o’zbyek davlatchiligi miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri va I-ming yillik boshidan yuzaga kyelgan bo’lsa ham, ammo marksizm-lyeninizm ta’limotiga ko’ra yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum milodiy VI asrga qadar quldorlik, 1924 yilga qadar fyeodal, 1991 yilgacha esa sotsialistik mazmunga ega, dyeb tarix soxtalashtirilgandi. 1924 yilda "O’zSSR" barpo etilishi munosabati bilan qabul qilingan murojaatnomasidagi "o’zbyek xalqi Ulug’ Oktyabr’ inqilobi g’alabasi natijasida ilk bor o’zining milliy o’zbyek davlatchiligini ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldi...." (“Pravda Vostoka” ro’znomasi, 1924, 5 dyekabr’), ya’ni 1924 yilga qadar o’zbyeklarning milliy davlatchiligi bo’lmagan, ungacha mavjud davlatchilik jarayoni kushonlarga, xorazmshoxlarga, Amir Tyemurga va boshqalarga tyegishli, lyekin o’zbyeklarga tyegishli emas, faqat Oktyabr’ va bol’shyeviklar faoliyati tufayligina o’zbyeklar o’z davlatchiligiga ega bo’ldi, endi ular faqat Sovyet Ittifoqi, ya’ni Rossiya bilan birga yashashi shart, dyegan o’ta yuzaki so’zlarda impyeriyaparastlikni va buyuk davlatchilik shovinizmni kommunistik mafkura zo’ravonligini syezish qiyin emas edi. Ishonchli tadqiqotlarda bizning qadimgi davlatlarimizning Xitoy, Hindiston, Eron davlatlari bilan tyengdosh bo’lganligi e’tirof etilmoqda. Bu fikrimizni olimlarimizning o’sha davr ijtimoiy- iqtisodiy ahvolini, ya’ni yirik sug’orish inshootlari qurilishini, o’troq joylashuvi o’lkalari bo’lgan viloyatlarning yuzaga kyelishini, Markaziy Osiyoning janubida mustahkam dyevorlar bilan o’ralgan, ichida hokimlarning qarorgohlari, mudofaa burjalari mavjud bo’lgan qal’alar, ko’hna shaharlar va uy-qo’rg’onlar barpo etilishini, chorvachilik va hunarmandchilikning dyehqonchilikdan ajralib chiqishidan iborat bo’lgan myehnatning dastlabki taqsimotlarini, pul muomalasining yuzaga kyela boshlanganligini tahlil qilishliklari, rimlik, yunonlik, xitoylik, eronlik va boshka mualliflar qoldirgan ma’naviy ma’lumotlar, mahalliy yozma manbalar ("Avyesto" kitobi, Byeruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari va b.) to’laligicha tasdiqlaydi. SHaharlarning paydo bo’lishi dastlabi davlatchilik shakllanishida asosiy omil, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kyechgan.
SHaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kyechgan. Ilk shaharlar O’zbyekistonda bronza davrida, ya’ni millodan avvalgi 2-ming yillik boshidan paydo bo’lgan bo’lib, buni SHyerobod tumanidagi Jarqo’ton yodgorligidan bilish mumkin. Bu yodgorlikda qal’a ark, shahar qismi va qabristondan iborat bo’lib, unda shohlar saroyi, olov ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joy manzilgohlari, qal’a dyevolari va ikki mingdan ortiq qabrlar mavjud edi. Jarqo’tonda yashagan aholini quyidagi ijtimoiy guruhlarga bo’lish mumkin: shahar-davlat amaldorlari, dindorlar va oqsoqollar, harbiylar, savdogarlar, chorvadorlar va dyehqonlar. Ularning barchasi saroyda yashagan amaldorlar va dindorlar tomonidan boshqarilgan. Jarqo’ton aholisi o’rtasida antagonistik qarama-qarshiliklar bo’lmagan, ko’proq urug’chilik an’anasi saqlangan. Ushbu shahar-davlatning hududi shahar qismdan, dyehqonchilik qilinadigan SHyerobod daryosi uzanidan va chorvachilik uchun zarur bo’lgan Ķo’hitong tog’ yonbag’ri yaylovlaridan iborat bo’lgan. Bu yodgorlikni davlatchilikning birinchi bosqichi bo’lgan qadimgi SHarq shahar – davlatlarining nusxasi dyeyish mumkin. Dyemak, Jarqo’ton yodgorligi O’zbyekiston hududidagi eng qadimgi shahar-davlatdir yoki “Avyesto” tilidagi “noma” davlatdir. Milodgacha IX-VP asrlar jamiyatining ijtimoiy tarkibi to’g’risida ma’lumot byeruvchi zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avyesto"da ko’rsatilishicha, Markaziy Osiyo va SHarkiy Erondagi jamiyatning asosini katta patriarxal oila tashkil etgan. Bu “imana” dyeb atalgan. SHunday oilalarning bir nyechtasi urug’ jamoasini – “vis”ni tashkil etgan. Hududiy qo’shnichilik jamoasi "varzana" dyeb atalgan. Bunday jamoalar birlashib qabilani - "zantu" ni tashkil qilgan. Qabilalar o’rtasida turli sabablarga ko’ra kyelishmovchiliklar ham bo’lgan. O’z hududlarini himoya qilish maqsadida bir nyecha qabilalar yagona ittifoqqa "dax’yu"ga birlashganlar. Ularning boshqaruv tizimi ham bo’lgan: Oqsoqollar kyengashi-xalq yig’ini qabilalar boshliqlari. Vujudga kyelayotgan davlat tuzilishiga aholining urug’-qabilaviy emas, hududiy byelgilar bo’yicha
91 bo’linishi asos bo’lgan. Bu uyushma dastavval harbiy-siyosiy birlashma sifatida paydo bo’lgan, o’zi yashagan hududni mudofaa qilgan, xo’jalik sohasida esa yerni ishlash, ekinlarni sug’orish ishlarini uyushtirgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishi natijasida jamiyatda dyehqonchilik, xonaki chorvachilik, hunarmandchilik va sug’orish ishlarida mashg’ul ishlab chiqaruchilar hamda ishlab chiqarish bilan shug’ulanmaydigan oqsoqollar va harbiy boshliqlar ajralib chiqa boshlaydi. O’zbyekiston hududida milodgacha 1- ming yillikning X-VIII asrlaridagi jamiyatning bunday tuzilishi davlatchilikning ikkinchi bosqichida shohlik boshqaruviga asoslangan hududiy va milliy kichik davlat birlashmalari mavjudligidan dalolat byeradi. Davlatchilikning bu bosqichini "Baqtriya podsholigi" misolida kuzatish mumkin. Bu jarayon Jarqo’ton shahar-davlati inqirozga yuz tutganidan kyeyin milodgacha 1-ming yillikning boshlarida sodir bo’lgan. Baktriyaning shimoliy qismida (xozirgi Surxondaryo viloyati) 3 ta kichik davlat: Pazyetaka, Budakyena va Gabaza bo’lganligi arxeologlarimiz tomonidan kuzatilmokda. Jarqo’rg’on aholisi zaminida yuzaga kyelgan bu mitti davlatlar o’rnida "Baqtriya podsholigi" barpo bo’lgan. "Baqtriya podsholigi" haqidagi ma’lumotlarni YUnonistonlik tabib Ktyesiy va solnomachi Diodordan ham olish mumkin. Diodor Ossuriya hukmdori Ninning 1910 ming (ma’lumot bo’rtirilgan) piyoda va otliq harbiy qo’shin bilan Baqtriyaga qarshi hujum uyushtirganligini, mahalliy podshoh Oksiartning esa 400 ming kishilik armiya bilan uning hujumini qaytarishga harakat qilganligini, natijada baribir Baqtriya poytaxti Balx egallanib, uning boyligi talanganligini yozadi. Biroz vaqt o’tgach Ossursiya va Midiya davlatlari o’rtasida urush kyelib chiqadi. Unda Baqtriya dastlab Ossursiya tomonida, kyeyinchalik Midiya aslzodalari Baqtriya qo’shinlari boshlig’ini o’z tomoniga ag’darib olganidan kyeyin Midiya bilan birgalikda Ossursiyaga qarshi harbiy harakatlarni olib borgan. Tarixchi Gyerodot ham podshoh Kirning Midiya davlati ustidan harbiy g’alabaga erishganidan kyeyin navbatdagi urushning Vaviloniya va Baqtriya xalqlariga, saklar va misrliklarga qarshi davom etishligi to’g’risida xabarni byergan. "Baqtriya podsholigi" harbiy-dyemokratik tipdagi konfyedyeratsiyadan iborat bo’lgan. Baqtriya davlati hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, Janubiy Tojikiston va SHimoliy Afg’oniston hududlarida joylashgan. Sug’diyona va Marg’iyona ham uning tarkibida bo’lgan. Baqtriya Misr va Bobil davlatlari qatorida edi. U qudrati jihatidan ham qo’shni davlatlardan qolishmagan. Uning tabiiy boyliklari Old Osiyoga mashhur bo’lgan. Xususan, Badaxshon Lojuvardi (lazuriti) juda qadrlangan. SHu davrda yana bir qadimiy davlat "Katta Xorazm" tashkil topgan. U Amudaryo quyi oqimidagi shimoliy yerlarda Marv va Xirot atrofida joylashgan ulkan davlat bo’lgan. Uning markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri edi. SHahar qalin va mustahkam mudofaa dyevorlari bilan o’ralgan. Uning dyehqonchilik bilan shug’ullangan aholisi turli xil o’y-qo’rg’onlarga va qishloqlarda yashagan. "Katta Xorazm" da hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq syezilarli darajada rivojlangan. Uning inqirozga uchragan vaqti to’g’risida aniq ma’lumotlar bo’lmasa-da, lyekin milodgacha IX-VII asrlardagi Midiya davlati hukmronligi davrida "Katta Xorazm"ning Janubiy qismi ajralib kyetgan, uning yana bir qismini esa Eron ahmoniylari bosib olganligi ma’lum. Natijada "Katta Xorazm"ning Amudaryo quyi qismida milodgacha IV asrda "Qadimgi Xorazm" davlati paydo bo’lgan. Uning podshosi Farasman makyedoniyaliklar Baqtriya va Sug’diyonani zabt etgan paytda katta qo’shin va sovg’a-salomlar bilan Iskandar Zulqarnayn huzuriga tashrif buyurib, unga agar sohibqiron Markaziy Osiyoning shimol qismiga harbiy yurish qilsa, unga yordam byerajagini izhor etgan. SHu bois makyedoniyalik hukmdor Xorazmga harbiy yurish qilmadi va u o’zining davlat mustaqilligini saqlab koldi. Ķisqasi, milodgacha IX-VII asrlarda O’zbyekiston hududida ilk tyemir asriga o’tish boshlangan. Milodgacha VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar faoliyat ko’rsatgan. Bu davlatlar harbiy-dyemokratik tipdagi qabilalar ittifoqidan o’sib chiqqan, bu davrdagi davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi. Lyekin shuni qayd etish joizkim, Misr va Myesopotamiya sharoitidagi tajribaga binoan davlatlarning yuzaga kyelishi va uning boshqarilishi uchun yozuvning bo’lishi zaruriy shartlardan biridir. Markaziy Osiyoda esa milodgacha VI-VI asrlarda yozuv uchramaydi. Bizdagi qadimgi sug’d, baqtriya va xorazm yozuvlari esa milodgacha IV-III asrlarda paydo bo’lgan. Dyemak, bu
92 yozuvlarning paydo bo’lishi ahmoniylar hukmronligi davri bilan bog’liq. O’rta SHarqning qadimgi yozuvi - mixxat namunalari esa bu o’lkada uchramaydi. Biroq, kyeyingi davrdagi arxeologik ma’lumotlar Markaziy Osiyodagi Murg’ob vohasi va qadimgi Baqtriya yodgorliklari orasida milodgacha 2-ming yillikning o’rtalariga oid yozuvlar borligidan dalolat byermokda. Ammo, hali ular mutaxassislar tomonidan o’qilmagan. Dyemak, hududimizda 3,5 ming yil ilgari ham davlat bo’lgan dyegan mantiqiy xulosani e’tibordan chyetda qoldirmasligimiz zarur. Milodgacha 545- 540 yillarda Eron ahmoniylari shohi Kir II harbiy qismlari Markaziy Osiyoga kirib kyeladi. Natijada Xorazm, Parfiya, Baqtriya, Marg’iyona va Sug’g’diyona xalqlari 200 yildan ko’prok Ahmoniylar impyeriyasi tarkibida mustamlakachilik zulmini o’z boshidan o’tkazdi. Bu davrda Markaziy Osiyo uchta satrapliklarga bo’lindi, ularning boshliqlari (satraplari) etib fors amaldorlari tayinlandi. Satraplar harbiy-ma’muriy viloyatlarning hukmdorlari sifatida o’z hududida qo’shinlar lashkarboshisi bo’lgan, mahalliy aholini turli soliqlar to’lashga majbur etganlar. Soliqlar sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dyehqonchilik mahsulotlari byerib turilgan. Lyekin, ular bosib olingan hududlarda mahalliy xalqning urf-odatlarini, dini, qonun- qoidalari, og’irlik va uzunlik o’lchovlari, yozuvi va tilini saqlab qolganlar. Mamlakatda fors tili bilan birgalikda oromiy tili kyeng tarqalgan va u davlatning idora tili bo’lib xizmat kilgan. Umuman, oromiy yozuvi sharqda shakllangan qadimiy yozuvlardan biri bo’lib, milodgacha I-ming yillik boshlarida Finikiya yozuvi asosida shimoliy-g’arbiy somit (syemit) qabilalari bo’lmish oromiylar yaratganlar, so’ngra bu yozuv asosida qator sharqiy yozuvlar paydo bo’lgan: yahudiy, forsiy, sug’diy, xorazmiy, arab, uyg’ur, xuroson va boshqalar. Bu yozuvlar esa Markaziy Osiyo hududida arablar yozuvi joriy etilganga qadar dyeyarli ming yil mobaynida saqlanib qoldi va qo’llanilib kyelindi. YAna dyevon ishlarida elom tilidan foydalanilgan. Bu davrda ko’plab yangi shaharlar qurilganligini, hunarmandchilikning kyengayishini,"shoh yo’li" nomi bilan xalqaro aloqa yo’li barpo etilganligini, savdo-sotiq, san’at va musiqa ishlarining ancha jonlantirilganligini, Markaziy Osiyo xalqlarining birinchi marta zarb etilgan tanga pullar bilan muomala qilinganliklarini ham qayd etish o’rinlidir. Umuman ahmoniylar davri madaniyati va san’atini tahlil qilar ekanmiz, unda YUnoniston, Ossuriya, Misr va boshqa chyet el xalqlari o’zaro ta’sirini syezish qiyin emas. Bu o’zgarishlar, shubhasiz, mavjud davlatchilikka ta’sir o’tkazmasdan qolmasdi. Milodgacha IV asrga kyelib ahmoniylarning markaziy hokimiyati o’zining ilgarigi mavqyeini yo’qota boshlagach ayrim o’lkalar o’z mustaqilligini qo’lga kirita boshladilar. Jumladan, Xorazm milodgacha IV asrdayoq ahmoniylar tassarrufidan chiqqan edi. Baqtriya satrapligi boshqaruvi ham mahalliy aristrokratiya vakillari qo’liga byerilgandi. Lyekin, bu yerda ahmoniylarga tobyelik yunon - makyedoniyalik bosqinchilar kirib kyelguncha saqlanib qolgandi. Milodgacha 329 yilning bahoridan boshlangan YUnon-Makyedon istilochilari zulmidan qutulish uchun Sug’diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kyerak bo’ldi. Iskandarning Markaziy Osiyoni boshqaruv siyosati haqida yunon olimlari Gyerodot, Kvint Kurtsiy Ruf, Arrian, Plutarx, Diodor, Strabon kabilar ko’plab ma’lumot byerganlar. Ularning ko’rsatishicha, Iskandar mamlakatni boshqarishda ahmoniylar joriy qilgan satrapliklar tizimini qoldirsada, ularning pul zarb etish va o’z ixtiyorlarida yollanma qo’shin saqlash huquqini byekor qildi. Satrapliklarda makyedoniyaliklar nazorati episkoplar roli kuchaytirildi. Satrapliklar dyevonidagi episkop ayni vaqtda lashkarboshi ham hisoblanardi. Moliya boshqaruvi uchun esa alohida lavozim tayin qilindi. Eroniy satraplar o’rniga makyedoniyaliklar quyildi. Ko’rinadiki, mamlakatni boshqarishda Iskandar dyeyarli katta o’zgarishlar kiritmadi. YUnon-gryeklarning hududimizda madaniy sohadagi ta’siriga ham ortiqcha baho byermaslik zarur. CHunki, Iskandar askarlarning asosiy qismi yunonlar madaniyatidan dyeyarli xabari bo’lmagan yollanma qullardan hamda asirga tushgan kishilardan iborat bo’lgan. Markaziy Osiyo aholisi esa Iskandar istilosigacha ham yunonlar madaniyati bilan tanish edilar. Milodgacha 323 yil 13 iyunida Iskandar vafot etganidan kyeyin SHarqiy yerlar yunon qo’mondonliklaridan bo’lgan Salavka tomonidan boshqariladi. U tyezda Baqtriya va Sug’diyonani o’z tasarrufiga o’tkazib, Salavkiylar sulolasiga asos soldi. Salavkiylar hukmronligi milodgacha 312-64 yillarda amalga oshirildi. Ular sartapliklarni ancha mayda qismlarga-eparxiyalarga, - eparxiyalarni-giparxiyalarga, giparxiyalarni-statmoslarga bo’ldi. Davlat mudofaasi va qo’shinlarini
93 tashkil etish bilan stratyeg shug’ullandi. U sodiq lashkarboshilardan tayinlandi. Salavkiylar davrida Markaziy Osiyoda mustamlakachilikni mustahkamlash maqsadida ko’plab yunonlar ko’chirib kyelindi, yangi shaharlar barpo etildi, SHarqda yunon madaniyati va dinini tyezroq tarqatishga harakat qilindi. Biroq bu hol ro’y byermadi. Aynan Salavka va uning o’g’li Antiox hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda elliklashtirish sharqda yunon madaniyatini yoyilishi jarayoni, aralash madaniyatning yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish jarayoni sodir bo’ldi. Salavkiylar bilan yonma-yon Sirdaryoning o’rta va quyi oqimida Ķang’ davlati barpo etildi. Bu davlat shak qabilalarining Iskandar va Salavkiylarga qarshi kurash jarayonida milodgacha III asrda paydo bo’lgandi. Bu yerda sharqiy eroniy tilda so’zlashuvchi mahalliy xalqlar Janubiy Sibir’, Oltoy, SHarqiy Turkiston va Yettisuvda yashovchi turkiy aholi bilan yaxshi aloqada bo’lganlar. Milodgacha P-I asrlarda ularning ta’sirida Sirdaryo o’rta oqimi rayonlarida ham turkiy tilli yangi etnos vujudga kyela boshlaydi. Milodiy eraning boshlarida esa ko’pgina viloyatlarda ustunlikni qo’lga kiritib, alohida qang’ar elati bo’lib shakllanadi. Ķang’ davlati ham ana shu ellatlar birlashmasidan yuzaga kyelgan edi.U rosa 7 asr yashagan. Uning inqirozi milodiy V asr o’rtalariga to’g’ri kyeladi. Milodgacha II-I asrlardagi Ķang’ davlati podsholari o’z oqsoqollari bilan ish tutishib, kyengashlar o’tkazib turishgan. Unda qabila boshliqlari va harbiy sarkardalar faol ishtirokida davlat ahamiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho hokimiyati maslahat majlisi bilan hisoblashgan. Bu holat uning harbiy dyemokratik printsiplari asosida tashkil topgan davlat ekanligidan dalolat byeradi. Ķang’ davlati bir nyecha viloyatlarga bo’linib boshqarilgan. Ularning boshliqlari jabg’ular dyeb nomlangan. Ķang’ hoqonlari ana shu jabg’ularga tayanib ish tutganlar. Jabg’ular asosan hoqonlarga yaqin kishilardan ularning qavm-qarindoshlaridan, yirik qabila boshliqlaridan tayinlangan. Mahalliy hokimlar markaziy hokimiyatiga boj to’lab turgan. Kadimgi Xorazm, Sug’d yerlari, Ural tog’oldi rayonlari Ķang’ davlatiga tobye bo’lgan. Milodgacha II- asrda Kang davlatning asosiy yerlari Toshkyent vohasi, Talas vodiysi, CHu daryosining quyi oqimidan to Sarisuv daryosigacha bo’lgan yerlarni o’z ichiga olgan. Poytaxti Ķanqa shahri xarobalari edi. Ķang’rlarning shimoliy-sharqiy va janubiy qo’shnilari yuechjilar, toharlar, saklar, asianlar, xunlar va usinlar bo’lgan. Bu qabilalarning bir qismi sharqiy eron tillari lahjasida gaplashsa, boshqalari turkiy tilda so’zlashgan. Lyekin, qang’arlar kyeyinchalik xun va usun qabilalari ta’sirida turkiy til muhiti ustun bo’lib qoladi, qang’arlar turklashib kyetadi. Ķang’arlar e’tiqodida zardushtiylik yetakchi o’rin egallagan. Ularda musiqa san’ati rivojlangan. Milodgacha I asr oxirida ular Volga bo’yi, Old Kavkaz va Janubiy Ural bo’yini bosib oladi. Milodgacha III asr o’rtalarida Suriya va Misrga uyushtirilgan muvaffaqiyatsiz harbiy yurish, Old va Markaziy Osiyoda uzoq davom etgan qo’zg’olonlar oqibatida salavkiylar davlati inqiroz tomon yuz tutadi. Bundan foydalangan sharqiy satraplardan birida Diodat o’zini milodgacha 250 yilda Baqtriyaning mustaqil hukmdori dyeb e’lon qildi. Dyeyarlik ana shu davrda Parfiya ham Baqtriyadan ajralib chiqadi. Endi Baqtriya va Parfiya satrapliklari mustaqil davlatlarga aylanadi. Eslatish joyizkim, Diodat o’z davlati tasarrufida bo’lgan Sug’diyona va Marg’iyona hokimi Yevtidyem bilan bo’lgan kyeskin kurashda yengiladi. G’oliblikni qo’lga kiritgan Yevtidyem YUnon zodagonlaridan bo’lgani uchun milodgacha 212 yilda o’zini YUnon-Baqtriya podshosi dyeb e’lon qiladi. Bu davlat tarkibiga Baqtriya, Sug’d, Marg’iyona, CHoch (Toshkyent) va Dovon (Farg’ona) viloyatlari kirgan. Uning poytaxti hozirgi Afg’oniston hududidagi Mozori SHarif o’rnidagi qadimgi Zarnaspa shahri bo’lgan.
Yevtidyemning o’g’li Dyemyetriy davrida (milodgacha 199-167 y.) YUnon-Baqtriya davlati Hindistonning bir qismni bosib olish hisobiga kyengayadi, hukmdor nomi bilan tanga pullar zarb qilinadi, davlatni boshqa rish borasida islohat o’tkaziladi. Bunga ko’ra davlatni mayda hokimliklarga bo’lib boshqarish, mahalliy aslzodalar vakillarini davlatni boshqarishga jalb etish amalga oshiriladi. U harbiy istyehkomlar qurishni kyengaytiradi. Lyekin, milodgacha 174 yildan YUnon-Baqtriyada syeparatistik harakatlar kuchayadi. Bundan foydalangan Parfiya hukmdori Mitradat I Margiyonani bosib oladi. Sug’diyona ham YUnon- Baqtriya tarkibidan chiqadi. Ana shunday og’ir damlarda YUnon-Baqtriya davlati uchun shimoli-sharqiy tomondan
94 ko’chmanchilar xavfi ham kuchaydi. U paytda shak qavmlarining bir qismi bo’lgan yuechjilar sharqiy Turkistonda yashaganlar. Ular o’zlarining shimoli-sharqdagi qo’shnisi bo’lgan xunnlar siquvida O’rta Osiyoga quvilishga majbur bo’lgan edilar. Ular dastlab Farg’ona vodiysidagi shak qavmlarini mag’lubiyatga uchratdilar, kyeyinchalik milodgacha 140-130 yillar orasida YUnon- Baqtriya davlatini bosib oladilar. U yerda yashagan toxar qabilalari YUnon-Baqtriya davlati tugatilgandan kyeyin Tohariston dyeb atashgan. Unga Amudaryo chap kirg’og’idagi yerlardan Hisor tog’ tizmalarigacha bo’lgan joylar, ya’ni hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston kirgan. Toharlar qisman ko’chmanchi bo’lib, yagona davlatga ega bo’lishmaganlar, har bir shahar o’z hukmdoriga ega bo’lishgan.
YUnon-Baqtriya davlati 120 yil yashagan. U markazlashgan davlat bo’lib, hokimiyatni podsho boshqargan. Davlat bir nyecha viloyatlarga bo’lingan bo’lib, viloyat hokimlari podshoga bo’ysinishgan. Bu davrda Markaziy Osiyoda qishloq xo’jaligi, madaniy hayot, hunarmandchilik va shaharlar rivojlanishini ko’rish mumkin. Bu davrga oid mis tangalar tovar-pul munosabatlari mavjudligidan dalolat byeradi. Dalila daryosi bo’yi – Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo’lining ishga tushirilishi bilan xalqaro savdo va madaniy aloqa jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga boradigan karvon yo’li va Buyuk Ipak yo’li tarmoqlarga bo’lingan.
Taxminan miloddan avvalgi III asrdan milodning II asrlarigacha o’lkamizda Dovon- Farg’ona dyeb nomlangan davlat ham bo’lgan. Xitoy tarixchilarining milodning I-II asrlariga doir ma’lumotlarida qayd etilishicha, Dovon davlati hududlari Toshkyentgacha borgan. Uning poytaxti Ershi shahri edi (hozirgi Andijon viloyatining Marhamat tumani yonida). U bug’doyi, byedasi, arpasi, uzumlari, anorlari va armug’oni, kulolchiligi bilan mashhur bo’lib, hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Aholisi 300 ming kishidan iborat bo’lib, shaharlari soni 70 gacha yetgan.
Xitoy hukmdorlari milodgacha 104-101 yillarda 2 marta bu davlatni bosib olmoqchi bo’lganlar-da, lyekin mahalliy aholining tazyiqi ostida tovon evaziga uning hududini tashlab chiqishga majbur bo’lganlar. Dovon podsholigi tyepasida mahalliy aholining aslzodalaridan chiqqan hukmdor turgan. Hukmdor yonida eng yaqin qarindoshlaridan 2 ta yordamchi bo’lgan. Hukmdor davlat ishlarini olib borishda oqsoqollar kyengashiga tayangan. Kyengash davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarni hal qilishdan tashqari hukmdor faoliyatini ham nazorat qilgan. Dyemak, hukmdor huquqi kyengash oldida chyeklangan edi. Oliy kyengash hukmdorni hokimiyatga qo’yishi yoki undan chyetlatishi mumkin edi. Dovon davlatini asragan bir sulola vakillari uzluksiz boshqarib kyelgan. O’zbyek xalqi davlatchiligi jarayonini Kushon podsholigisiz tasavvur etish qiyin. U davlatchiligimiz poydyevorlaridan biri sifatida o’rganishga va faxrlanishga arzigulik myeros qoldirgan. Uning katta hududida turli tildagi va dindagi xalqlarni birlashtirishga, SHarq va G’arbning barcha shaharlari bilan kyeng miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borishga qaratilgan faoliyatini o’rganish katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, milodgacha IV asr o’rtalarida yunon-gryek bosqinchilarining harakati natijasida yuqorida eslatuvchi yuechji dyeb eslatilgan massagyet qabilalari SHarqiy Turkistondan to Mug’ulistongacha bo’lgan yerlarga kyetib qolgan edilar. Lyekin, ular o’sha vaqtda Balxashdan to Xitoygacha bo’lgan hududlarda yashovchi xunnlar zarbasi bilan milodgacha 165 yilda G’arbga uloqtirib tashlanganlar. YUechjilar dastlab Farg’onada, kyeyinroq milodgacha 155 yildagi YUnon- Baqtriya inqirozidan foydalanib, Sug’d va Baqtriya yerlariga ham kirib borgan edilar. Hokimiyat uchun kurashgan 5 ta qabilalar orasida Guyshuan (Kushon) guruhi g’olib chiqib, milodgacha I asr oxirida yuqorida qayd etilgan Tohariston va Kushon podsholigini barpo etgan. Bu davlatning asoschisi Kujula Kadfiz bo’lgan. Kushonlar asta-syekinlik bilan Ķang’ va Xorazmni bo’ysundirib, Hindistoning shimoliy yerlarini ham egallagan. Farg’ona va SHarqiy Turkiston ham Kushonlar tasarrufida edi. Hindistondan Sirdaryogacha, Kaspiy dyengizidan ichki Xitoy chyegaralarigacha yashaydigan xalqlar Kushon impyeriyasida bo’lgan. Kushonlar davrida har bir joy o’z yozuvi va tiliga ega edi. Otashparastlik asosiy din bo’lgan. Budda, moniylik va xristianlik dinlari ham tarqalib, hattoki budda davlat dini darajasiga ko’tariladi. Kanishka davrida Kushon davlati kuchli impyeriyaga aylanadi, Xitoy va Rim impyeriyasi bilan raqobatlashish darajasiga ko’tariladi. U markazlashgan davlatga aylandi. Bu davrda yangi shaharlar soni oshdi va "Buyuk ipak yo’li" kyengaydi, jamoalar o’rnida hali mustahkamlanib ulgurmagan
95 qishloqlar paydo bo’la boshladi. Dyehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari ancha jonlangan katta sug’orish inshootlari barpo etilgan. Ijtimoiy hayotda qishloq xo’jayini- dyehqonlarning mavqyei baland bula boshlagan. "Dyehqon" so’zi "dyeh" qishloq, "qon"-xo’jayin, ya’ni "qishloq xo’jayini" dyemakdir. Dyehqonlar ixtiyorida harbiy asirlar, "chorakorlar" katta bog’-rog’lar, chorva mollari bo’lgan, hatto shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanganlar. Lyekin, markazlashgan davlat barpo qilish va kyengaytirish uchun uzoq davr olib borilgan harbiy harakat milodiy III asrdan Kushon impyeriyasining inqirozga yuz tutishiga sabab bo’ldi. Uning asosiy qismi Sosoniylar sulolasi qo’liga o’tishdi. Qisman esa shimoldan kirib kyelgan xionit, eftalit va oq xunnlar dyeb nomlangan yarim ko’chmanchi xalqlar tomonidan egallandi. Bu davrda Xorazm ham mustaqil davlat bo’ldi va unda milodiy III asr 40-50 yillaridan Afrig podsholari hukmronligi boshlanadi. Umuman olganda Kushonlar hukmronligi sharoitida o’zbyek davlatchiligining dyeyarlik 1,5 ming yil davom etgan qadimgi davriga yakun yasaldi va davlatchiligimizning yangi bosqichi uchun shart-sharoitlar yaratildi dyeyish mumkin. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling