Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Tayanch  so’zlar,  iboralar  va  tushunchalar


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81

Tayanch  so’zlar,  iboralar  va  tushunchalar:  Fanning  pryedmyeti,  dolzarb  muammolari, 

xolslik,  ilmiylik,  tarixiylik,  myetodologiya,  umuminsoniylik  va  umumbashariyat,  mantiqiylik, 

dialyektik uslub, tarixning davrlashtirilishi, moddiy va yozma manbalar. 

1-masala: 

  

Bizga  ma’lumki,  har  bir  tarixiy  taraqqiyotning  ma’lum  bosqichlarida,  turli  ijtimoiy-siyosiy 



tub burilish  yuz  byeradi. Bu o’zgarishlar xalqni, tinimsiz kurashlari, erk-ozodlik uchun  harakatlari 

misolida  ko’zga  tashlanadi.  SHu  nuqtai-nazardan  qaraydigan  bo’lsak,  XXI    asr  bo’sag’asida 

O’zbyekiston  xalqi  tarixida  yangi  davr  boshlandi.  1991  yil  1  syentyabrda  O’zbyekiston  o’zining 

davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi. Bu yil mustaqilligimizning 10 yilligini bayram qildik. Xalqimiz 

dyemokratik,  odil  huquqiy  jamiyat  qurish  yo’lida  dastlabki  sinovlardan  o’tib,  dyemokratik 

islohotlarni  chuqurlashtirish  yo’lidan  bormoqda.  Endi  uni  asrash  va  mustahkamlash,  tyezda 

jahondagi  rivojlangan  mamlakatlar  qatoriga  ko’tarish  xalqimizning,  ayniqsa  yoshlarimizning  o’z 

o’rniga bo’lgan myehr-muhabbatiga va milliy istiqlol uchun kurashga tayyorgarligiga bog’liq. 

 

YAngi  jamiyat  qurish  kishilarimizning,  avvalo  yoshlarimizning  ma’naviy  dunyosi  va  kasb 



mahoratiga  bog’liq.  YOsh  avlodda  yuksak  ma’naviy  fazilatlarni  shakllantirishda,  milliy  ong  va 

g’ururni uyg’otishda, yoshlarni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun faol kurashga, komil inson qilib 

tarbiyalashga O’zbyekiston tarixini o’rganishning ahamiyati katta. 

 

Tarix  fani  turli  dunyo  xalqlari  qanday  yashaganligi,  ularning  hayotida  qanday  voqyealar 



sodir  bo’lganligi,  odamlar  hayoti  qanday  va  nima  uchun    o’zgarib,  hozirgiday  bo’lib  qolganligini 

o’rgansa,  O’zbyekiston  tarixi  esa  uning  ajralmas  qismi  bo’lib,  shu  tarixiy-madaniy  jarayonlarga 

mos  holda  Ona  zaminimizda  o’tmishda  yashagan  xalqlarning  hayoti  va  ularning  rivojlanishi 

davomida  sodir  bo’lgan  o’zgarishlar,  voqyea-hodisalar,  ularning  turmush  tarzi,  iqtisodi,  ijtimoiy 

munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va shu kabilarni to’laligicha o’rganadigan fandir. 

 

O’zbyekiston  tarixi  fani  dunyodagi  eng  qadimiy  va  boy  tarixga  ega  bo’lgan  o’zbyek 



xalqining qariyb 3 ming yillik tarixiy taraqqiyotini o’rganuvchi fandir. 

 

Mamlakatimizning qudrati, uning milliy mustaqilligi va davlat chyegaralarining dahlsizligi - 



o’sha  mamlakat  fuqarolarining  o’z  yurtiga  myehr-muhabbatli  qilib  tarbiyalanganliklari,  Vatan 

mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor turishlariga 

bog’liqdir.  Bu  fazilatlarni  myehnatkashlar  ommasi,  yurtimiz  kyelajagi  -  yoshlar  ongida  qaror 

toptirish va shakllantirishda O’zbyekiston tarixining o’rni va imkoniyatlari chyeksizdir. 

 

Darhaqiqat,  qullik,  tobye’lik  va  mustamlaka  mutye’ligi  asorati  g’oyalardan  ozod  bo’lish 



uchun  milliy  ongni,  tafakkurni,  milliy  vijdonni  shakllantirmoq  kyerak  ekan,  milliy  ongni,  milliy 

tafakkur  va  milliy  vijdonni  qaror  toptirmoq  uchun  nima  qilmoq  kyerak?  Buning  uchun  ona 

xalqimizning  haqiqiy  tom  ma’nodagi  tarixini  o’rganmok  kyerak,  o’qimok  kyerak  va  yangisini 

yaratmoq  kyerak.  O’tmish  tarixini  chuqur  bilmasdan,  kyelajakni  yaxshi  va  aniq  tasavvur  qilish 

mumkin  emas.  CHunki,  tarix  xalq  xotirasi,  Vatanimiz  o’tmishi  avlodlar  syevib,  e’zozlab  o’rganib 

saboq  oladigan  hayot  maktabidir.  Bu  hakda  Pryezidyentimiz  I.A.Karimovning,  tarixga  murojaat 

qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kyerak dyeb bunday dyeydi: “Xotirasiz 

barkamol  kishi  bo’lmaganidyek,  o’z  tarixini  bilmagan  kishining  kyelajagi  ham  bo’lmaydi” 

dyeganlari ayni haqiqatdir

1



 

Bu  oliyjanob 

va  umuminsoniy 

fazilatlarni  ongimizda  qaror  toptirishimiz 

va 

shakllantirishimizda Ryespublika tarixining o’rni kattadir. 



 

Mustaqillikning buyuk mahsuli bo’lgan O’zbyekiston tarixi fani uzoq o’tmishga xos jihatlari 

bilan  ajralib  turuvchi  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  taraqqiyotimiz  to’g’risidagi 

bilimlarning  majmuidir. Unda  ijtimoiy  hodisalar  va  voqyealar, ular o’rtasidagi  muhim  aloqalar  va 

bog’lanishlar  aniq  voqyelik  bilan  chambarchas  holda  o’rganiladi.  SHu  nuqtai  nazardan  qaraganda 

“O’zbyekiston  tarixi”  fanining  pryedmyeti  jahon  tsivilizatsiyasi  tarixiy  tajribalariga  asoslangan  va 

Ryespublikamizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda Vatanimiz nafaqat SHarq, balki 


 

60

umumjaxon tsivilizatsiyasi byeshiklaridan biri bo’lganligi, bu tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, 



fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqanligini, diniy va dunyoviy 

ilmning asoslari mana shu zaminda yaratilganini tadqiq etadi. 

 

“O’zbyekiston  tarixi”  fani  o’zbyek  xalqining  shakllanishi  davrlarini  o’rganish  asosida 



mahalliy  va  turli  sabablar  va  maqsadlarga  ko’ra  tashqaridan  kyelgan  aholi  aralashuvi  jarayoni  va 

hodisalarni tahlil qilish, tushuntirish va ilmiy xulosalar chiqarish bilan shug’ullanadi. 

 

SHuni ta’kidlash kyerakki, “O’zbyekiston tarixi” fani o’zbyek davlatchiligining qaysi asrda 



paydo bo’lganligi, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazarini asoslab byerishi va o’zbyekchiligimiz 

haqida aniq tushunchalarni tug’ri izohlab byerishi, uning asosiy mavzularidan biridir. 

 

O’zbyek  xalqi  O’rta  Osiyodagi  barcha  xalqlar  qatorida  doimo  erkinlik,  ozodlik  va 



mustaqillik  uchun  mustamlakachilar  va  yot  kyelgindilarga  qarshi  kurash  olib  borganligi  mazkur 

fanning  diqqat  markazida  turadi.  Tarixning  komil  insonni,  yuksak  ma’naviyatlilikni  yuzaga 

kyeltirishdagi  o’rnini  Pryezidyentimiz  Islom  Karimov  quyidagicha  byelgilaydi:  “Ma’naviyatni 

tiklashi, tug’ilib o’sgan  yurtida o’zini  boshqalardan kam  syezmay,  boshini  baland ko’tarib  yurishi 

uchun insonga, albatta tarixiy xotira kyerak”. 

 

“Har  qaysi  inson  -  Myen  shu  millat  farzandi  ekanman,  myening  ajdodlarim  kim  bo’lgan? 



Millatimning  ibtidosi  qayda,  uning  oyoqqa  turishi,  tiklanishi,  shakllanishi  jarayoni  qanday 

kyechgan?  dyegan  savollarni  o’ziga  byerishi  tabiiy.  Nyega  jahonga  buyuk  siymolarni  byergan  bu 

millat XVII-XIX  asrlarga kyelib, to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib kyetdi? 

Nyega  so’ngi  uch  asr  mobaynida  boshimiz  qoloqlikdan  chiqmay  qoldi?  Ajdodlarimizning  qattiq 

qarshiligiga  qaramay  CHor  Rossiyasining  o’lkamizni  nisbatan  oson  zabt  etishida  ana  shu 

qoloqlikning ham o’rni bo’lmaganmikan?

1

 

 



Tarixiy  ildizini  izlagan  odam,  albatta,  bir  kun  mana  shunday  savollarga  duch  kyeladi  va 

aminmanki, to’g’ri  xulosalar chiqaradi. Tarixiy  xotirasi  bor inson -  irodali  inson. Takror aytaman, 

irodali insondir. 

 

Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday 



odamlarni  yo’ldan  urish,  har  xil  aqidalar  ta’siriga  olish  mumkin  emas.  Tarix  saboqlari  insonni 

hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”. 

 

Vatanimiz tarixining bu muammolari CHor Rossiyasi va Sovyet mustamlakachiligi davrida 



o’rganilmadi  va  o’rganish  mumkin  ham  emas  edi.  CHunki  olib  borilgan  buyuk  davlatchilik  va 

ruslashtirish siyosati sinfiylik va partiyaviylik g’oyalarini o’ta darajadagi hukmronligi tariximizning 

milliy manfaatlar nuqtai nazaridan turib o’rganishida asosiy to’siq bo’lgan. 

 

Mustamlakachilik  davri  tarixchilari  odil  xolisona  va  adolatli  fikr  aytishi  mumkin  emas. 



Aksincha, ular bor kuch-g’ayratlarini Turkistonning o’tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo 

qilishga  sarflaganlar.  “Inson  uchun  tarixdan  judo  bo’lish,  -  Islom  Karimov  ko’rsatganidyek,  - 

hayotdan judo bo’lish dyemakdir”

2



 

O’zbyekistonda  ta’lim  tizimining  barcha  bosqichlarida  Vatan  tarixini  o’qitish  masalasiga 

e’tibor  byerilmadi  (maktablardagi  12  soatlik  fakul’tativ  va  oliy  o’quv  yurtlari  tarix  fakul’tyetlari 

mutaxassisliklari  uchun  “O’zbyekiston  SSR  tarixi”  fanini  o’rganish  uchun  ajratilgan  30  soatlik 

o’quv  mashg’ulotlarini  hisobga  olmaganda)  “O’zbyekiston  tarixi”  bo’yicha  yoqlangan 

dissyertatsiyalar, chop etilgan adabiyotlar va maqolalar asosiy qismida haqiqiy xalq tarixi xolisona 

yoritilmadi, balki bo’lib o’tgan voqyea hodisalar soxtalashtirildi, milliy manfaatlarimiz oyoq ostiga 

olindi  “katta  og’a”  himoyalanib,  uning  roli  ko’klarga  ko’tarildi.  Natijada,  o’zbyek  xalqining 

ma’naviy  hayotiga  putur  yetdi.  Xalqning  siyosiy  ongi  o’tmaslashdi,  ijtimoiy-siyosiy  voqyealarga 

byefarliq, loqaydlik hissi kuchaydi. 

 

Ana shu mustamlaka asorati g’oyalaridan ozod bo’lish uchun milliy ongni, tafakkurni, milliy 



vijdonni  shakllantirmoq  zarur  bo’lib  qoldi.  Ushbu  ma’noda  xristian  ilohiyotchisi  A.Avgustin: 

“G’aflatda yotgan xalqni uyg’otish uchun avvalo uning tarixini uyg’ot” dyeganda o’sha haq edi. 

 

Milliy  vijdonning  inqirozi  mustamlaka  mut’yeligining  tamal  toshi  ekanligini  taniqli  turk 



adibi Ziyo Ko’kalpning “Turkchilik asoslari” (T., 1994) asarida qayd qilingan quyidagi so’zlaridan 

ham  bilish  mumkin:  “Tarix  va  hozirgi  kunning  bu  shahodatlari  bizga  shuni  ko’rsatadiki,  butun 

Ovrupoda  milliy  vijdonga  ega  bo’lmagan  hyech  bir  qavm  qolmadi.  SHunga  ko’ra  Ovruponing 

hyech bir o’lkasida mustamlaka ta’sis etishga imkoniyat yo’qdir... 



 

61

 



Islom  dunyosida  ham  endilikda  mustamlaka  hayotga  chyek  qo’ymoq  uchun  musulmon 

qavmlarida  milliy  vijdonni  qanoatlantirmoqdan  boshqa  chora  yo’qdir...  U  holda  nima  qilmoq 

kyerak?  Har  narsadan  oldin,  kyerak  bo’lsa,  ...  doimo  milliy  vijdonni  uyg’ontirishga  va 

quvvatlantirishga  kirishish  kyerak.  CHunki,  har  qanday  taraqqiyotning  manbai  milliy  vijdon 

bo’lgani kabi milliy mustaqillikning tug’iladigan joyi ham, tayanchi ham shudir”

1



 

SHu  ma’noda  tarix  bo’lib  o’tgan  tarixiy  voqyea  va  hodisalarni  tahlil  qilish,  fikrlash  va 

ulardan  amaliy  hayotiy  xulosalar  chiqarish  asosida  dasturiy  harakatlar  yo’llanmasini  byelgilashga 

yordam  byeradi. Milliy o’zlikni anglashda,  milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug’ligi  va 

pokligini bilishda, dono xalqimizning oliyjanob, hurriyatparvarlar va erk parvar an’analarini izchil 

o’rganish va uni yanada boyitishda va tarbiyalashda Vatan tarixining o’rni byeqiyos kattadir. 

 

Vatan  tarixi  mustaqil  davlatimiz  ijtimoiy  hayotida  faol  qatnasha  oladigan,  idrokli  va 



qobiliyatli,  o’zining  tarixiy  ildizlarini  anglashga  qodir,  yurtiga,  vataniga,  ona  xalqiga  chyeksiz 

myehr-muhabbat, his-tuyg’ulari bilan to’lib toshgan avlodni kamol toptirish, ularning ongida milliy 

istiqlol tafakkuri va vatanparvarlik g’oyalarini shaklllantirish qurolidir. 

 

SHu  bois,  ushbu  fan  hozirgi  ijtimoiy  ehtiyoj  sifatida  vujudga  kyeldi  va  vatan  tarixini 



o’rganish bolalar bog’chalaridan tortib to oliy o’quv yurtlarigacha bo’lgan ta’lim tizimlarida amalga 

oshirilmoqda.  

 

Ryespublika  Pryezidyenti  Islom  Karimov  1998  yil  23  iyulda  bir  guruh  tarixchi  olimlar  va 



jurnalistlar  bilan  “Tarixiy  xotirasiz  kyelajak  yo’q”  dyegan  mavzuda  o’tkazgan  uchrashuvda  bu 

masalalarga  katta  ahamiyat  byerib  o’zbyek  xalqining  tarixiy  o’tmishi,  nasl-nasabi,  o’zligini 

anglashni  va  o’zbyek  davlatchiligini  to’g’ri  aniqlab  o’zlikni  anglash  tarixini  bilishdan  boshlanadi 

dyeb  O’zbyekiston  tarixini  o’rganishni  davlat  siyosati  darajasiga  ko’tarilishi  zuruligini  ko’rsatib 

bunday dyedi: “ ... o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz 

xaqqoniy  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni,  millatimizni  ana  shu  tarix  bilan  qurollantirishimiz 

zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”

1



 

Ma’lumki, tarix ilmidan boxabar, ayniqsa o’z xalqi, o’z mamlakati, o’z davlati tarixini puxta 

bilgan kishi yaxshi vatanparvar, fidoyi elsyevar, sadoqatli fuqaro bo’ladi, ajdodlari ruhidan madad 

oladi, ona-vatanini chuqurroq syevadi, qadriga ko’proq va tushunibroq yetadi. 

 

Tarix  -  ma’rifiy  qurollardan,  xalqimizning  ma’naviy  yetuk  qilish  vositalaridan  biri. 



Millatimizni  xaqqoniy  tariximiz  bilan  qurollantirishimiz  lozim.  CHunki,  to’g’ri  tarix  -  to’g’ri 

tarbiyani  to’g’ri  yo’lga  solib  turadi.  To’g’ri  tarixiy  dalil  ishonchli  hujjat  sifatida  nishonga  - 

kishining  ongi  va  qalbiga  yetib  boradi.  Xalqning  o’ziga  bo’lgan  ishonchini  oshiradi  va 

mustahkamlaydi. Kyelajagi buyuk davlat qurishga xalqimiz uchun o’z tarixini bilishi shuning uchun 

ham  juda  zarur.  Muhtaram  yurtboshimiz  o’zbyek  xalqi  tarixini,  jumladan  davlatchiligimiz  tarixini 

xolis  va  xaqqoniy  qilib  yaratish  uchun  jonbozlik  ko’rsatib  kyelayotganining  tub  sababi  mana 

shundadir. 

 

Olis  o’tmishimiz  va  yaqin  kyechmishimizda  yuz  byergan  voqyea-hodisalarni  chuqur  bilib 



ulardan tyegishli xulosa va saboqlar olishimiz bugunimiz uchun asqotadi, kyelgusida esa o’tmishda 

yo’l  qo’yilgan  xato  va  nuqsonlarni  takrorlamaslikning  oldini  oladi.  Tarixiy  saboq  himoyalanishi, 

to’g’ri  yo’lni  byelgilab  olish  ahamiyatiga  ham  egadir.  Kyelajagi  buyuk  davlatimiz  top-taqir  yerda 

emas,  ildizlari  chuqur  tomir  otgan  qadimiy  zaminda  qurilmokda,  buni  bilmoq  ruh  bag’ishlaydi. 

Xalqimizning o’tmishi shonli va shukuhli ekan, dyemak, kyelajagi ham yanada porloq bo’lishi aniq. 

 

Mustaqillik  sharofati  bilan  Vatanimiz  tarixini  o’rganish,  uni  o’qitishga  bo’lgan  munosabat 



tubdan  o’zgartirildi.  O’zbyekiston  Ryespublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  va  O’zbyekiston 

Ryespublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’limi  vazirligi  birgalikda  1996  yil  O’zbyekiston  tarixini 

o’rganish va o’qitishning yagona kontsyeptsiyasi yaratildi, o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar 

nashr qilinmoqda. O’zbyekmiston tarixi  fani umumiy o’rta ta’lim  maktablarining 5-9-sinflarida   3 

yillik akadyemik litsyey va kasb-hunar kollyejlarida o’qitilmoqda. 

 

Oliy ta’limning birinchi bosqichi bo’lgan bakalavriyatda u bakalavrlik yo’nalishlaridan biri 



bo’lib,  ba’zaviy oliy ta’lim  byerish dyemakdir. Unda o’qish 4  yil davom etib, u oliy  ma’lumot va 

tayanch mutaxassislik diplomi olish bilan tugaydi.  

 

O’zbyekiston  umumiy,  o’rta,  o’rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta’limi  o’quvchilari  tomonidan 



to’la  idrok  qila  olmaydigan,  Pryezidyent  Islom  Karimovning  bir  guruh  tarixchilar  bilan  suhbatida 

ilgari surilgan  nazariy, kontsyeptual-myetodologik  muammolar o’qitiladi. Ryespublika Oliy o’quv 



 

62

yurtlarining  barcha  fakul’tyetlarida  O’zbyekiston  tarixini  o’qitish  bo’yicha  80  soat  hajmida  dars 



miqdori  tavsiya  qilinib,  30  soat  ma’ruza,            34  soat  amaliy  mashg’ulot  va  16  soat  mustaqil 

mashg’ulot o’tkazish bilan yakunlanadi. 



2-masala: 

 Tarixiy  voqyealarni  o’rganishda  qanday  ilmiy-nazariy  myetodologik  asoslarga  tayanishning 

ahamiyati  juda  kattadir.  Ilgari  uni  o’qitish  va  o’rganish  ishlari  marksistik  myetodologiyaga 

bo’ysundirildi.  Har  qanday  voqyeani  yoritishda  Komfirka  mafkuraviyligi,  partiyaviylik,  sinfiylik 

nuqtai nazaridan yondoshildi. Mamlakat butun bir xalq tarixi ikkiga - ekspluatator va ekspluatatsiya 

qilinuvchilar, quldorlar va qullar, fyeodallar va qaram dyehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, 

boylar  va  kambag’allar,  mulkdorlar  va  yo’qsillar  tarixiga  bo’lindi.  Boylar  va  mulkdorlar,  ular 

orasidan  chiqqan  byeklar,  amirlar,  xonlar,  davlat  arboblari,  ruhoniylar  qoralandi,  nomlari  badnom 

qilindi.  Tarixiy  voqyealar  jamiyat  a’zolarining  bir  qismi  -  kambag’allar  va  yo’qsillarni  himoya 

qilgan  holda  yoritildi.  Din  va  diniy  qadriyatlar  qoralandi.  Insonlarning  diniy  e’tiqodlari  oyoq  osti 

qilindi. Ruhoniylar, mullalar quvg’in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma’rifatparvar shoiru 

ulamolar,  yozuvchilar  ikkiga  -  matyerialistlar  va  idyealistlarga  bo’lindi.  Ulardan  u  yoki  bu  dinga 

e’tiqod  qilganlari  idyealist  dyeb  ataldi  va  shuning  uchungina  ta’qib  qilindi,  ularning  faoliyatini 

o’rganish  ta’qiqlanadi.  O’zlari  tahqirlandi,  asarlari  xalqdan  yashirildi,  yoqib,  kuydirib  yo’qotib 

yuborildi. 

 

Oqibatda  ko’pgina  tarixiy  voqyea-hodisalar  soxtalashtirildi,  ma’naviy  myerosimiz,  milliy 



qadriyatlarimiz  haqoratlandi.  Yosh  avlodga  ularni  jirkanch  illat,  xurofot,  eskilik  sarqitlari  dyeb 

o’rgatildi. Tarix faqat jangu-jadal, urushlardan iboratdyek qilib ko’rsatildi. 

 

Xalqimiz  tarixining  bu  qadar  soxtalashtirilishiga  faqat  marksistik  myetodologiyaning 



yaroqsizligi  aybdor  dyeyish  kifoya  qilmaydi,  albatta.  Bu  borada  mamlakatda  hukmron  bo’lgan 

totalitar  tuzumning  salbiy  roli  katta  bo’ldi.  Tarix  esa  totalitar  tuzum  xizmatkoriga,  targ’ibotchi  va 

himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. 

 

Kishilik  jamiyatini  tarixiy  voqyea,  hodisalarni  o’rganishning  muhim  nazariy  myetodologik 



asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib byeruvchi dialyektik myetoddir. 

 

Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialyektik jarayondir. 



 

Dialyektika olam  yagona  va  yaxlit, unda sodir  bo’ladigan  hodisalar, voqyealar umumiy  va 

o’zaro  bog’lanishda,  uzluksiz  harakatda  ziddiyatli  taraqqiyotda  bo’ladi,  dyeb  ta’lim  byeradi. 

Dialyektika  juda  uzoq  tarixga  ega.  Uning  bilish  nazariyasi  sifatida  shakllanishi  va  rivojlanishida 

Gyeraklit, Aristotyel’, Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayxon Byeruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo 

Ulug’byek,  Dyekart,  Spinoza,  Gyegyel’,  Gyertsyen  va  boshqa  olim  va  ma’rifatparvarlarning 

xizmati kattadir. Ular tabiat, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz 

harakat  qilib,  o’zgarib,  taraqqiy  qilib,  turadigan  holda,  taraqqiyotni  ichki  bog’lanishda  olib 

o’rganish myetodologiyasini yaratdi. 

 

Bu  uslub  O’zbyekiston  tarixini  o’zlashtirishda  uni  to’laligicha  voqyea-hodisalarni  bir-biri 



bilan  bog’liqlikda,  ayrim  tarixiy  voqyelikka  o’rgatuvchi  fanlarni  ham  bir  butunlikda,  uning 

bo’laklarini  ajratib  olmaslik  va  voqyea-hodisalarni  doimo  o’zgarishda,  rivojlanishda  o’rganishni 

taqozo  qiladi.  Biror  bir  davr  haqida  fikr  mulohaza  yuritilayotgan  bo’lsa,  ana  shu  davrning  o’ziga 

xos  xususiyatlarini  anglab  olib,  uni  ko’rsatishni  talab  qiladi.  Dialyektik  uslubga  asoslanib, tarixiy 

jarayonni umumiylik va alohidalik qoidalaridan kyelib chiqqan holda tushunish lozim. 

 

Dialyektik  myetodologiya  har  qanday  mamlakat  tarixini  jahon  xalqlari  tarixi  bilan  bog’liq 



holda  o’rganishni  taqozo  etadi.  Nyegaki,  har  bir  xalq  tarixda  milliylik,  o’ziga  xos  byetakror 

xususiyatlari bilan birga, jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir. 

 

Darhaqiqat, O’zbyekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlaktlari tarixi bilan qolavyersa, 



bashariyat  tarixi  bilan  chambarchas  bog’langan.  Qadim  zamonlardan  yaqin  yillargacha  Vatanimiz 

O’rta  Osiyo  mintaqasidagi  ko’pgina  davlatlar  bilan  yagona  iqtisodiy  va  madaniy  makonda  bo’lib 

kyeldi.  Bu katta hududda  yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik  jihatdan doimo o’zaro ta’sir 

va  aloqada  bo’lganlar  qo’shilish  jarayonini  boshdan  kyechirganlar,  ularning  ijtimoiy-siyosiy, 

iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq o’tgan. SHu sababli O’zbyekiston tarixini 

qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etiladi. Qozoq, qirgiz, qorakalpoq, 

turkman,  tojik,  fors,  afg’on,  hind,  arab  va  boshqa  xalqlar  tarixini  qanchalik  yaxshi  bilsak,  u 


 

63

O’zbyekiston  xalqlari  tarixini  shunchalik  chuqur,  har  tomonlama  o’rganishga  imkon  yaratadi, 



ko’maklashadi. 

 

O’zbyekiston tarixini yoritishda nazariy myetodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga ega 



ilmiylik, xolislik, tarixiylik, mantiqiylik myetodlari tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi. 

 

Birinchidan,  yaratilgan  o’zbyek  xalqi  va  uning  davlatchilik  tarixi  kontsyeptsiyasi  asosida 



tarixni  davrlarga  bo’lish  va  ularni  chuqur  tahlil  qilish  lozim.  Eng  asosiy  vazifalardan  yana  biri  - 

mustaqillik  davrida  yaratilgan  yangi  tadqiqotlar  asosida  ob’yektiv  tarixni  o’rgatishni  tashkil 

qilishdir. 

 

Ilmiylik  bilan  bir  qatorda  xolislik  turadi.  Bunda  tahlil  qilinayotgan  har  bir  tarixiy  voqyea-



hodisalarni  xolis  xaqqoniy  ravishda  o’rganish  va  tarixnavisning  hohish-irodasidan  tashqarida, 

voqyea-hodisalar qanday sodir bo’lgan bo’lsa, shundayligicha yoritish ko’zda tutiladi. Har bir tarix 

yozuvchi  kishi  shaxs  sifatida  o’zining  fikr-mulohazalari,  idroki  va  boshqa  his-tuyg’ular  orqali 

atrofni o’rab turuvchi muhit bilan uzviy bog’liq. Bu bog’liqlik unga o’z ta’sirini o’tkazadi.  

 

Xolislik talab qiladigan qoidalar  yana shundan  iboratki, ushbu  yo’nalishda tarixiy-madaniy 



taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o’rganish jarayonida bo’lib o’tgan yoki shu taraqqiyot bilan 

bog’liq  bo’lgan  jamiki  voqyea-hodisalarni  hyech  bir  o’zgarishsiz,  qanday  bo’lib  o’tgan  bo’lsa, 

o’sha  holatda  talqin  va  tahlil  etish,  tyekshirish  va  xulosalar  chiqarib  yaxlit  holga  kyeltirish  o’ta 

muhimdir. Bu holatda aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jarayonlarning o’zaro chambarchas 

bog’liqligini asoslash lozim bo’ladi.  

 

Tarixiy  voqyea,  hodisalarni  o’rganish,  tahlil  qilish  va  yoritishda  xolislik  -  bu  xaqiqatni 



buzmay-nyetmay  aytishdir.  Tarixning  oqqa  ko’chirib  olinadigan  nusxasi,  ya’ni  variantlari 

bo’lmaydi.  Tarix  bir  marta  yoziladi.  To’g’rirog’i,  tarix  to  bizgacha  yozib  bo’lingan,  yozilib 

qo’yilgan  bo’ladi. Tarixni qanday  bo’lsa, shundayligicha qabul qilmasdan  boshqa  iloj   yo’q.  Agar 

tarixni  o’zgartirib  yozsangiz,  u  endi  o’zgargan  tarix  bo’ladi.  Agar  tarixdan  bir  nimani  tushurib 

yozsangiz,  u  kyemtik  tarix  bo’lib  qoladi.  SHu  o’rinda  Islom  Karimovning  ochiqchasiga  aytgan 

ushbu  so’zlarini  kyeltirishni  juda  joiz  dyeb  bilamiz:  “Sovyet  davrida  yozilgan  tarixni  myen  tarix 

sanamayman. O’zgalar yozib byergan tarixni o’qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi qachon 

qaram bo’lgan xalq haqida xolis va adolatli fikr aytgan! Ular bor kuch-g’ayratlarini Turkistonning 

o’tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar”. 

 

Xolisona,  haqqoniy,  adolatli  yondashuv  muhim  myetodologik  qoidadir.  Xolislik  qoidasini 



tarixiy voqyea-hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hyech bir 

istisnosiz  butun  majmuini  birga  olib  tyekshirishni  aniq,  haqqoniy  dalillarga  asoslanishni  talab 

qiladi. 

 

Tarixiy  hodisalarni  bir  butun  holda  o’zaro  aloqada  va  munosabatda  dyeb  tyekshirish 



lozimdir. Oldindan to’qilgan  bir g’oyani, uydirmani oqlash darkor bo’lsa,  faktlar silsilasidan  faqat 

ayrim  mos  kyelganlarinigina  saylab,  tanlab  olinishi  “tajriba”sining  sir  emasligi  ma’lum  albatta. 

Bunday yo’l bilan chiqarilgan xulosa va baho xolisona haqqoniy bo’lmay u bir tomonlamalikka olib 

kyeladi. 

 

Tarixni o’rganishda tarixiylik myetodologiyasi muhim ahamiyatga ega.  



 

Tarixiylik - har bir narsa yoki voqyea-hodisani uni yuzaga kyeltirgan mavjud tarixiy sharoit 

bilan uzviy bog’lanishda tyekshirish va baholash tamoyilidir. 

 

To’g’ri  tarix  hamma  vaqt  ham  to’g’ri  yo’ldan  boravyermaydi,  unda  egri-bugri  yo’llar  ham 



bo’ladi.  Mabodo  muhim  voqyealar  bilan  birgalikda  ikkinchi  -  uchinchi  darajali  hodisalarga  ham 

e’tibor  byerilsa,  yoki  tasodifiy  narsalar  bo’rttirib  ko’rsatilsa,  mantiqiy  tafakkurda  chalkashlik 

tug’ilishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  tarixshunoslikda  tarixiylik  bilan  birgalikda  tadqiqotning 

mantiqiy uslubi ham zarur.  

 

Mantiqiylik - bu tasodiflardan holi bo’lgan, qonuniy rivojlanishdagi tarixiylik, obrazli qilib 



aytganda,  tarixning  umumlashgan  ifodasidir.  Masalaga  chuqurroq  qaralsa,  mantiqiylik  tarixiylik 

tamoyiliga qaraganda  birlamchidir. Zyero,  yuz  byergan  voqyea  va  hodisaga  mantiqan  yondoshilsa 

tarixiylikka ko’proq erishiladi.  

 

Tarixiylik qoidasi voqyea, hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kyelib chiqqan 



holda  o’rganishni  taqozo  etadi.  Voqyea  hodisalarni  o’rganishda  tarixiy  bog’lanish,  tarixiy 

rivojlanish  jarayoniga  e’tibor  qilmok  zarur.  Har  bir  voqyea-hodisani  boshqa  voqyealar,  hodisalar 

bilan  bog’lab  o’rgangandagina  mazkur  voqyea-hodisaning  umumiy  tarixiy  jarayondagi  o’rnini 


 

64

to’g’ri aniqlash,  byelgilash  mumkin  bo’ladi. Har  bir  voqyea-hodisaga umumiy tarixiy  jarayonning 



bir  qismi  bo’lagi  dyeb  qaramoq  zarur.  Har  bir  hodisa  qanday  tarixiy  sharoitda,  muhitda  paydo 

bo’lganini  bu  hodisa  o’z  taraqqiyotida  qanday  asosiy  bosqichlarni  o’tganligini  kyeyinchalik  u 

qanday  bo’lib  qolganligini  bilish  tarixiylik  qoidasining  asosiy  talabidir.  Masalan,  bironta  davlat 

faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho byermoqchi bo’lsa, birinchidan, u qachon, qanday 

tarixiy  sharoitda  paydo  bo’ldi,  ikkinchidan,  u  o’z  taraqqiyotida  qanday  bosqichlarni  bosib  o’tdi. 

Uchinchidan, u hali ham mavjudmi, hozir qay ahvolda, qanday bo’lib qoldi, dyegan savollarga aniq  

javob byerish zarur bo’ladi. 

 

Tarixiylik myeiodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kyelajagini yagona tabiiy 



tarixiy  jarayon  dyeb  hozirgi  zamonni  tayyorlaydi.  Hozirgi  zamon  kyelajakni  yaratadi,  dyegan 

taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. 

 

Insoniyat ana shunday umumiy  yo’ldan  borayotgan  ekan,  istiqbolda porloq  hayot, turmush 



qurmoqchi  bo’lgan  avlod  tarix  fani  orqali  o’z  o’tmishini  yaxshi  bilmog’i  lozim.  O’tmishni, 

ajdodlarimiz  tarixini  qanchalik  yaxshi  bilsak,  anglab  olsak,  hozirgi  zamonni,  mustaqilligimiz 

mazmunini  shunchalik  mukammal  tushunamiz,  kyelajakni  to’g’ri  tasavvur  etamiz.  SHuningdyek, 

hozirgi  zamonni  bugungi  avlod  bunyodkorlik  faoliyatini  to’g’ri  idrok  etish  o’tmishni,  tariximizni 

chuqur  anglashga  ko’maklashadi.  Buning  uchun  bugungi  kunimizni,  mustaqillik  byergan  erkinlik, 

dyemokratik jarayonlarni to’la tahlil etmoq zarurdir. 

 

Insoniyat  taraqqiyotining  ma’lum  bosqichida  urug’chilik  tuzumi  yemirilib,  xususiy 



mulkchilik kyelib chiqqach, urug’ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo’lingach, tarixiy voqyea va 

hodisalar  ana  shu  tabaqalarning  manfaati  bilan  bog’liq  holda  kyechadigan,  har  bir  ijtimoiy  tabaqa 

o’z  manfaati  nuqtai-nazaridan  harakat  qiladigan,  ularning  manfaati  bir-biri  bilan  to’qnashadigan 

g’alayonlar, qo’zg’olonlar ko’tariladigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo’lgan voqyealarni, 

tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondoshuv printsipiga rioya etish zarur bo’ladi. 

 

Ijtimoiy  yondoshuv  myetodologiyasi  tarixiy  jarayonlarni  aholi  barcha  tabaqalarining 



manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqoza etadi. Voqyealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa 

kambag’allar,  yo’qsillar  yoki  mulkdorlar,  boylar  manfaati  nuqtai  nazaridan  turib,  tahlil  etish, 

yoritish  bir  tomonlama  yondoshuv  bo’lib,  u  tarixni  soxtalashtiradi,  to’g’ri  va  haqqoniy  xulosaga 

olib kyelmaydi. Sovyet impyeriyasi taqdiri va Sovyet tarixshunosligi esa buning yaqqol misoli bo’la 

oladi. 

 

SHohlar,  amirlar,  byeklar  faoliyatini  yoritishga  tsivilizatsion  (taraqqiyot)  nuqtai  nazaridan  



yondoshmoq kyerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan, katta mulkdor bo’lgani uchungina qoralash, 

badnom  qilish  adolatdan  emas.  Mamlakat  yurtboshisiz,  boshliqsiz,  davlat  idora  organlarisiz, 

boshqaruvchilar  amaldorlarsizbo’lmasligini  isbot  etishning  hojati  ham  bo’lmasa  kyerak.  SHunday 

ekan, barcha davlat arboblarini amaldorlarini yoppasiga qoralash ham to’g’ri emas. 

 

Jonajon  Vatanimiz,  ko’hna  tarixi  ham  ular  orasida  xalqparvar,  ma’rifatparvar,  adolat  bilan 



siyosat  yuritgan  yurtboshilar,  arboblar  bo’lganligidan  guvohlik  byerib  turibdi.  Masalan,  Amir 

Tyemur, Alishyer Navoiy, Fayzulla Xo’jayev, Akmal Ikromov, SHarof Rashidov va boshqalar. 

 

Ijtimoiy  yondoshuv  printsipi  davlat  arboblarining,  siyosiy  kuchlar,  partiyalar,  turli 



uyushmalar  ular  yo’lboshchilarining  tarixiy  taraqqiyot  darajasiga  ko’rsatgan  ijobiy  yoki  salbiy 

ta’sirini, jamiyatni u yoki bu yo’ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir. 

 

O’zbyekiston tarixining har bir satri, har bir sahifasi umuminsoniy, umumbashariy va milliy 



qadriyatlar ustivorligiga va umuman, tarixga hurmat, e’tibor ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi, hamda 

boshdan oyoq milliy istiqlol tafakkurining kamol topishiga xizmat qilishi lozim. 

 

Mamlakatimiz  tarixini  o’rganishda  milliy  qadriyatlar,  xalq  an’analari  va  urf-odatlari,  din, 



islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini 

tahlil  qilishda,  yoritishga  tsivilizatsion  munosabatda  bo’lib,  ularni  hurmatlash,  e’zozlash  nuqtai 

nazaridan  yondoshish  kyerak.  Hayot  xalqning  nyecha  ming  yillar  davomida  yaratgan  ma’naviy 

madaniyatini,  axloqiy  myezonlarini  ikkiga  –  ekspluatatorlik  madaniyati  va  axloqi  hamda 

ekspluatatsiyaqilinuvchilar  madaniyati  va  axloqiga  bo’lish  va  birinchisini  qoralashdan  iborat 

lyenincha  yo’riqnomaning  naqadar  zararli  ekanligini  ko’rsatadi.  Ma’naviy  myerosga  bunday 

yondoshuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq-osti qilinishiga 

ko’pgina  olimlar,  ma’rifatparvar  ziyolilar,  ruhoniylarning  badnom  qilinishiga  olib  kyelganligini 

hyech  qachon  unutmaslik  kyerak.  Tarixni  o’rganishda  yuqoridagi  myetadologik  qoidalar  bilan  bir 


 

65

qatorda  faktlarni  taqqoslash,  mantiqiy-qiyosiy  xulosalar  chiqarish  davrlashtirish,  sotsiologik 



tadqiqotlar o’tkazish, statistik matyematika va boshqa usullardan ham foydalaniladi. 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling