Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81

 

2-masala: 

 Endi  ma’ruzaning  ikkinchi  savoli  haqida  to’xtalsak.  Markaziy  Osiyoda,  xususan  O’zbyekistonda 

hududida  tashkil  topgan  shaharlar  haqida  gap  kyetganda  shuni  ta’kidlash  joizki,  shu  kungacha 

olimlarning fikricha bu o’lkada dastlabki shaharlarning paydo bo’lganligi ilk tyemir davriga  ya’ni, 

miloddan avvalgi 1-ming yillikka borib taqaladi, dyegan xulosalar mavjud edi. 

Darhaqiqat,  yaqin  kunlargacha  ham  bu  fikrlarni  inkor  etuvchi  ilmiy  dalillarga  ega  emas  edik. 

Lyekin kyeyingi arxeologik  izlanishlar shuni ko’rsatdiki, shahar  madaniyati  yurtimizda 4  ming  yil 

burun shakllana boshlagan.  



 

78

Markaziy Osiyoning o’troq dyehqonchilik madaniyati rivojlangan mintaqalarda bronza davridayoq 



ilk  shaharlar  mavjud  bo’lganligini  profyessor  V.Masson  Janubiy  Turkmaniston  yodgorliklari 

misolida  isbotlab  byerdi.  V.  Masson  Oltintyepada  qazishmalar  o’tkazar  ekan,  u  yerda  qator 

hunarmandlar massivi, qalin shahar mudofaa dyevor qoldiqlari va diniy markaz Zikkurotni topdi.  

Oltintyepa  yodgorligida  mulkiy tyengsizlik alomatlari  ham ko’zga  yoqqol tashlanadi.  Ayniqsa  bu, 

holat  qabila  va  urug’  jamoalari  boshliqlarining  mozorlarida  o’z  aksini  to’liq  topgan.  Qabrlar 

tyekshirilganda  urug’  jamoalari  boshliqlarning,  zadogonlarning  yonidan  turli  xil  qimmatbaho 

buyumlar, taqinchoqlar, qurolar topilgan. Sopollityepaliklar  xunarmandchilik bobida alaqachon ilk 

shahar talab darajasiga ko’tarilgan.  

Jarqo’ton  ham  Oltintyepa  tipidagi  ilk  shahar  edi.  Bu  joy  Surxondaryo  viloyati  SHyerobod  shahri 

yaqinida bo’lib uning maydoni 100 gyektar bo’lgan. Aholisi dyehqonchilik bilan shug’illangan. Bu 

shahar  3  qismdan  qal’a  ark,  shahar  qismi  va  qabristondan  iborat  bo’lib,  uning  5  gyektarga  yaqin 

maydoni mudofaa dyevorlari bilan o’ralgan.  

Jarqo’tonda  qazishma  ishlari  1973  yilda  arxeolog  A.Asqarov  tomonidan  boshlanib,  bu  yerda 

hozirgacha  katta  miqyosda  uy–joy  massivlari  mudofaa  inshootlari,  hunarmandchilik  ustaxonalari, 

2000  dan  ortiq    qabrlar  ochildi.  U  yerda  otashparastlik  ibodatxonasi  o’rganildi,  qabila  ittifoqi 

jamoasining qarorgohi – hukmdor saroyi topildi.  

Qadimgi  SHarqning  ilk  shaharlariga  xos  elyemyentlarning  dyeyarli  barchasi  Jarqo’tonda 

shakllangan. Masalan, SHarqning qadimgi shaharlari 2 qismdan, ya’ni Arki-a’lo va SHahristondan 

tashkil  topgan.  Bu  alomatlar  Jarqo’tonda  mavjud  bo’lgan.  Arki-a’loda  hukmdorning  qarorgohi 

joylashgan bo’lib,  bu  joy  nihoyatda go’zal va salobotli  bo’lgan.  Atrofi 4,5  myetr kyeladigan qalin 

mudofaa dyevori  bilan o’rab olingan. Qadimgi SHarqning  ilk shaharlariga  xos alomatlardan biri – 

bu shahar miqyosidagi bosh ibodatxonaning shakillanishi edi. Bu fakt ham Jarqo’tonga mansub. Bu 

oila ibodatxonasi emas, balki umumshahar diniy e’tiqot markazidir. 

Ibodatxonada  hyech  kim  yashamagan,  faqat  olovga  sig’inish  bilan  bog’liq  bo’lgan  urf  odatlar  va 

diniy marosimlar o’tkazish markazi edi. 

Ibodatxona ikki qismdan iborat bo’lib, uning ikkinchi ishlab chiqarish xo’jalik qismidan muqqadas 

ichimlik  –  Xaomo  tayyorlaydigan  xona,  mozor  invyentarlari  tayyorlanadigan  ustaxonalar  va 

ibodatxonaga  ajratilgan  oziq–ovqat  ombori  joylashgan.  Arxeologik  manbalarga  tayanib, 

Jarqo’tonda yashab o’tgan aholini quyidagi  siyosiy guruhlarga ajratish mumkin:  

SHahar  Davlat  amaldorlari,  dindorlar  va  oqsoqollar,  harbiylar,  hunarmandlar,  savdogarlar, 

chorvadorlar, va dyehqonlarga. Jarqo’tonning aholisini Saroyda yashagan  amaldorlar va dindorlar  

boshqargan.  SHuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  Jarqo’ton  aholisi  o’rtasida  antogonistik  ziddiyatlar 

bo’lmagan    ko’proq  urug’chilik  an’anasi  saqlanib  qolgan.  SHahar  davlatning    hududini  shahar 

hududida  dyehqonchilik  qilinadigan  SHyerobod  daryosi  o’zanlari  va  chorvachilik  uchun  zarur 

bo’lgan  Ko’hitangtog’  yonbag’ri  yaylovlarini  o’z  ichiga  olgan.  Jarqo’tonda  hunarmandchilikning 

ko’pgina yo’nalishlari bo’yicha shahar hunarmandchiligining talablariga javob byeruvchi mahsulot 

ishlab  chiqarish  ommaviy  tus  olgan.  Bu  esa  hunarmandchilik  mahsulotlari  bozor  uchun  ishlab 

chiqarganligidan  dalolat  byeradi.    Jarqo’ton  yodgorligini  qadimgi  sharq  shahar    davlatlariga 

taqqoslash  mumkin  va  ular  bilan  o’xshashdir.  Dyemak,  Jarqo’ton  yodgorligi  O’zbyekiston 

hududidagi  eng  qadimgi  shahar  davlatidir  yoki  Avyesto  tili  bilan  aytganda  «noma»  tipidagi 

davlatdir.  Sopollityepa  va  Jarqo’ton  yodgorliklarini  o’rganish  tufayli  quyidagi  muhim  ilmiy 

xulosalarga kyelish mumkin.  

1.  

O’zbyekistonda  sun’iy  sug’orishga  asoslangan  o’troq  dyehqonchilik  madaniyatining  kyelib 



chiqish  tarixi  taxminan  ming  yilga  qadimiylashdi.  Ryespublikamiz  hududida  qadimgi  sharq 

madaniyati  yoyilgan  mintaqaning  ajralmas  qismi  ekanligi  isbotlandi.  Qoraqo’lchilik,  ipakchilik 

paxtachilik, bog’dorchilik kabi xo’jalik sohalari bo’yicha O’zbyekiston tarixiga oid qator aniqliklar 

kiritildi.  

2.  

Ilk shaharlar tarixi haqidagi tassavvurimiz Markaziy Osiyo sharoitida ming yilga qadimiylashdi.                              



 

79

3.  



Markaziy  Osiyo  va  Eron  xalqlarining  qadimgi  dini  e’tiqodi-zardushtiylikning  ildizlari  O’rta 

Osiyoda, jumladan Baqtiriya va Marg’iyona hududida ekanligi isbotlandi.  

4.  Markaziy  Osiyo  ilk  shaharlarning  paydo  bo’lishi  zaminlari  avvallari  Eron  hududidan  qidirilgan 

bo’lsa, endilikda uning moddiy va ma’naviy asosi ryespublikamizning janubiy rayonlaridan hamda 

Janubiy Turkmaniston hududida ekanligi ma’lum bo’ldi.  

Millodan avvalgi 1  ming  yillikning  boshlarida  insonlar tyemirni kashf etdi. Myehnat qurollarining 

takomillashib borishi oqibatida jamoa mulki osha bordi. CHorvachilik va dyehqonchilikning kashf 

etilishi  oqibatida  oilalar  (juft  oila)  ixtiyorida  ortiqcha  oziq-ovqat  mahsulotlari  to’plana  boshlandi. 

Endi  har  bir  oila  o’zidagi  ortiqcha  mahsulot  va  buyumlarini  qo’shni  oiladagi  o’zida  yo’q 

mahsulotlari  bilan  almashlash  imkoniyatiga  ega  bo’ldi.  Ammo  juft  oila  mulki  bilan  jamoa  mulki 

endi  sig’isha  olmay  qoldi.  Bu  o’zaro  ziddiyatlarga,  o’zaro  janjallarga,  to’qnashuv  va  hatto 

urushlarga  olib  kyeldi.  Bu  urushlar  natijasida  yengilgan  oila  va  urug’  jamoasining  boyliklari 

g’oliblar  qo’liga  o’tar  edi.  Tobye  va  yengilgan  oila  yoki  urug’  vakillari  esa  asir  olinib,  ularni 

qullarga aylantirar edi. Ana shu tariqa shaxsiy mulk syekin-astalik bilan rivojlanib, xususiy mulkka 

aylangan, haq-huquqsiz qullar kyelib chiqqan. 

Bu  jarayon  ba’zilarning  tyezda  boyib  kyetishiga  yoki  qashshoq  oilalar  tabaqasining  paydo 

bo’lishiga  olib  kyeldi.  Bunday  jarayonda  albatta  boylik  birinchi  navbatda  qabila  boshlig’i  – 

oqsoqollar  qo’lida  to’plangan.  Avvallari  ular  jamoani  oson  boshqargan.  Boshqaruv  tizimida 

halollik, fidoiylik, dyemokratik printsiplar hukmronlik qilar edi. 

Ammo sinfiy tabaqalanish jarayoni kuchaygan sari jamiyatni boshqarish qiyinlashdi. CHunki jamoa 

boyligini  taqsimlashda  jamoani  boshqarishda  dyemokratik  printsiplar  buzila  bordi,  adolatsizliklar 

kyelib chiqdi. Ana shu tariqa jamiyatda mulkdorlar, xo’jayinlar – quldorlar, tobyelar, mazlumlar – 

qullar  va  zo’rlikka  tayanuvchi  qurollangan  kuch  –  ya’ni  ibtidoiy  davlat  ko’rinishi  elyemyentlari 

vujudga kyela boshladi. 

Bu davrda ayrim shaxslar (qabila oqsoqollari, harbiy boshliqlar, koxinlar) qo’lida boylik to’planish 

jarayoni  tyezlashdi.  Tyemirning  qishloq  xo’jaligiga  kyeng  ko’lamda  kirib    borishi  tufayli  yerga 

xususiy  egalik  qilish  paydo  bo’ldi.  Avvallari  yerga  egalik  qilish  shartli  bo’lib,  uning  egasi  yerni 

sotib yubora olmas edi. Bu ish urug’ va jamoa a’zolari o’rtasida hal bo’lar edi. Endi yer egasining 

huquqi chyeklanmagan bo’lib, u o’z egasining abadiy mulki bo’lib qoldi. 

Dyemak,  yuqoridagi  fikrlar  natijasi  o’laroq  mil.avv  1-minginchi  yilning  birinchi  yarmidayoq 

vatanimiz hududida dastlabki davlatlar tuzilmalar tashkil topa boshladi. O’sha davrda tashkil topgan 

davlatlar  aholini  bir  joyga  to’plashda  katta  ahamiyat  kasb  etdi.  Bu  davrda  davlat  –  ikki  oddiy 

jihatdan hukmron bo’lgan sinfning siyosiy tashkiloti bo’lgan. 

Vatanimiz  hududida  tashkil  topgan  dastlabki  davlatlar  jumlasiga:  Katta  Xorazm –  Amudaryoning 

quyi  oqimidagi  yerlar,  hozirgi  Tojikistonning  janubi,  Afg’onistonning  shimoliy  qismida, 

Qashqadaryo  va  Surxandaryo  viloyatlari  hududida  tashkil  topgan  Baqtriya,  Zarafshonning  o’rta 

oqimida  –  Sug’diyona;  Parkana  yoki  Dovan  –  Farg’ona  vodiysida;  Turkmanistonning  Kaspiy 

dyengiziga  tutash  yerlari  va  Eron  davlatining  shimoliy  qismida  –  Parfiya  kabi  o’nlab  davlat 

birlashmalari  paydo  bo’ldi.  Tarixdan  ma’lumki,  davlatlar  jamiyat  taraqqiyotining  ma’lum  bir 

bosqichida paydo bo’lgan. Bu jarayon yer yuzining hamma joyida bir vaqtda paydo bo’lgan emas. 

Paydo bo’lish usullari ham xilma-xildir. 

SHu  o’rinda  aytib  o’tish  lozimki,  o’tmishda  eng  qadimgi  quldorlik  davlatlar  mil.avv.  IV-III  ming 

yilliklarda Myessopotamiya  va  Misrda tashkil topgan. Ularga SHumyer,  Akkad, Mitann, Ossuriya 

kabi shahar-davlatlarni misol qilib olish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda mil.avv. IV ming yillik 

boshlarida Misrda 42 ta davlatchalar bo’lgan. 

3-masala: 

Mamlakatimiz  hududida  dastlabki  davlatlarning  paydo  bo’lishi  bilan  insonlar  ongida  yangi  diniy 

tasavvurlar  ham  kyelib  chiqa  boshladi.  Vatanimizda  kyeng  tarqalgan  eng  qadimiy  dinlardan  biri 

otashparastlik  (zardushtiylik)  dinidir.  Bu  dinning  mohiyati  va  ahamiyati  atoqli  olimlar  tomonidan 

yuksak baholangan. Avyestoshunos olim S.F.Olbyerburgning fikricha «zardushtiylik–insonning yer 

yuzidagi hayotini yengillashtirishga, uni baxtiyor qilishga qaratilgan eng oqilona din»

1

. Bu dinning 



muqaddas  kitobi  «Avyesto»  bo’lib,  ushbu  kitobni  muallifi  Zardusht  hisoblanadi.  Zardusht  bundan 

 

80

2600  yil  muqaddam  yashab o’tganligi  haqida olimlarning  ilmiy  xulosalari  bor. Otashparastlik dini 



Markaziy  Osiyoda  kyeng  tarqalganligi  sababli  bugungi  kunda  biz  uchun  «Qur’on»  qanchalik 

muqaddas bo’lsa, «Avyesto» ham shu darajada qadrlidir. 

O’zbyekiston  Ryespublikasining  Prizidyenti  I.Karimov  aytganidyek  «Eng  mo’’tabar,  qadimgi 

qo’lyozmamiz «Avyesto»ning yaratilganligiga 3000 yil bo’layapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr 

muqaddam  ikki  daryo  oralig’ida  mana  shu  zaminda  umrguzaronlik  qilgan  ajdodlarimizning  biz 

avlodlarga  qoldirilgan  ma’naviy  tarixiy    myerosidir.  «Avyesto»  ayni  zamonda  bu  qadim  o’lkada 

buyuk  davlat,  buyuk  ma’naviyat,  buyuk  madaniyat  bo’lganidan  guvohlik  byeruvchi  tarixiy 

hujjatdir»

2

.  Mana  shu  fikrning  o’ziyoq  «Avyesto»ni  o’rganishimizning  nihoyatda  muhim  va 



zarurligini tasdiqlaydi. 

SHu paytga qadar zardushtiylik haqida olimlar o’rtasida turlicha qarash va g’oyalar mavjud. Bu eng 

avval otashparastlik dini qaysi maskanda paydo bo’lgan? YAkka xudolik dini bo’lganmi yoki ko’p 

xudolik, kabi masalalardir. 

Ba’zilar zardushtiylik dinini Midiyadan kyelib chiqgan dyesalar, ayrimlar uni Eronda paydo bo’lgan 

dyeb  isbotlaydilar.  Zardushtiylikning  vatani  Erondir,  dyeb  isbotlovchi  olimlardan  biri 

E.Byerzinning  fikricha  bu  din  «Hind–Eron  qabilasi  dinidan  kyelib  chiqqan».  «Avyesto»  haqidagi 

to’laroq  ma’lumotni  A.O.Makovyel’skiy  asarlaridan

3

  bilish  mumkin.  Uning  asari  «Avyesto» 



haqidagi yozilgan asarlarning eng mukammali hisoblanadi. 

1754  yilda  Parijdagi  SHarq  tillar  maktabining  o’quvchisi,  20  yashar  Ankyetil’  Dyupyerron 

Angliyaga  olib  kyelingan  Oksfordlik  «Vyendida»ning  nusxasini  ko’rib,  bu  qimmatli  hujjat  bilan 

qiziqib qoladi. 

SHundan so’ng Dyupyerron Hindistonga borib, u  yerdagi  forslar  ichida 8  yil  yashaydi. Bu davrda 

yosh olim «Avyesto»ga taaluqli kitoblarni topib, ularni qunt bilan o’rganadi. 1761 yil olim Parijga 

qaytadi  va  «Avyesto»  ustida  qunt  bilan  ishlab,  o’n  yildan  so’ng  «Avyesto»ni  frantsuz  tilidagi 

tarjimasini nashr qildiradi. 

Yevropa  tilida  tarjima  qilingan  ushbu  asar,  dastlab  olimlar  o’rtasida  katta  tortishuvlarga  sabab 

bo’ladi,  hatto  «Avyesto»ga  nafrat  bilan  qarashadi.  Angliyalik  olim  Richardson  «Avyesto»ni 

uydirma  asar  dyeb  hisobladi.  YOki  ingliz  olimi  Uil’yam  Jons  esa  «Avyesto»da  aytib  o’tilgan 

voqyealar oddiy rivoyat ekanligini, bu kitobni afsonaviy kitob dyeb baholadi. 

Ammo,  XIX  asrga  kyelib,  «Avyesto»ni  o’rganishga  qiziqish  yanada  ortdi.  Nyemis  mafkurasining 

yirik  namoyondalaridan  biri  Gyegyel’  bu kitobga katta e’tibor bilan qaradi. U  bu dinni tabiat dini 

dyeb atadi. 

«Bu din, - dyeb yozadi Gyegyel’, - yorug’lik va myehr-oqibat dinidir. U yovuzlik va qorong’ulikka 

qarshi turadi. YOrug’likning yovuzlik bilan kurashi, hayotning o’lim bilan kurashidir. Zoraastrning 

dini rivojlanishini  va  hayotning barhayot bo’lishi, ekin ekishni, uy  hayvonlarini  boqishni  va  yerga 

qarashni talab qiladi. Bu dinga sig’ingan odam hattoki murdani yerga qo’ymay, yoqmay, qushlarga 

yem  bo’lishi  uchun  talashadi».  Umuman  olganda  Gyegyel’ning  xulosasiga  ko’ra  xudo  jahondagi 

eng  buyuk  kuchdir.  Bu  kuch  ham  yorug’lik,  ham  harakat,  ham  myehr-oqibatdir.  U  barcha 

yovuzliklarni  yengib  chiqishi  kyerak.  Avyesto  so’zi  «qat’iy  qonunlar»  ma’nosini  bildiradi.  SHu 

yerda  bir  savol  tug’iladi,  yangi  dinga  nyega  zarurat  tug’ildi?  Bizga  ma’lumki  otashparastlik 

dinigacha  insonlar  tabiat  kuchlariga  sig’inib  kyelganlar,  chunki  ular  bu  kuchlar  oldida  ojiz  edi. 

Mil.avv  I-ming  yillik  boshlarida  tarqoq  qabilalarni  bosqinchilarga  qarshi  birlashtirish  zarurati 

tug’iladi. Zardusht o’z ta’limotida qabilalarni birlashtirishga chorlaydi. 

Zardusht ta’limotiga  ko’ra  olov,  yer,  tuproq,  suv  va  havo  muqaddas  hisoblanib,  ularni  iflos  qilish 

katta gunoh hisoblangan. Bu dinda Axuramazda, Mitra, Anaxita eng muqaddas ilohlar sanalgan. 

«Avyesto»da  tabiat  va  halollik  hukmdori,  hamma  narsani  biladigan  va  hamma  narsaga  qodir  oliy 

tangri Axuramazda ulug’langan. Mitra esa quyosh va yorug’lik xudosi, dyehqonlar va chorvadorlar 

himoyachisi, hosil va to’kin sochinlikni ta’minlovchi bo’lgan. 

Anaxita esa hosildorlik va suv xudosi bo’lib, o’z ahamiyati bilan Mitradan qolishmagan. 

Zardushtiylik  dinida  imon  uch  tayanchga  asoslanadi:  1)  fikrlar  sofligi  2)  so’zning  sobitligi,  3) 

amallarning  insoniyligi.  «Avyesto»da  «byergan  so’zning  uddasidan  chiqish,  unga  sodiq  qolish, 

savdo-sotiq  va  shartnomalarga  qat’iy  amal  qilish,  qarzni  o’z  vaqtida  to’lash,  aldamchilik  va 

xiyonatdan holi bo’lish imonlilik alomatidir», - dyeyilgan. 

Zardusht ta’limotiga ko’ra, odam o’lgach, uning joni 3 kun tanasida bo’ladi, to’rtinchi kunida go’zal 


 

81

qiz  qiyofasidagi  farishta  boshchiligida  narigi  dunyoga  «chinvot»  (qil  ko’prik)  ko’prigidan  o’tib 



jannatga  kyetadi.  Qiyomatda  ular  o’z  tanalariga  qaytishni  kutadilar.  Gunohkorlar  esa  chinvotdan 

o’tolmay  jahannamga g’arq  bo’ladilar. YAxshilar  yana o’z tanalarida  yashashni davom ettiradilar. 

Odamlar  dunyoda  har  3  ming  yilda  qaytib  turadi,  dyeyiladi  «Avyesto»da.    Zardushtiylik  dinining 

muqaddas  kitobi  bo’lgan  “Avyesto”da    juda    ko’plab  qo’shiq,  hikoyat  va  rivoyatlar  mavjud.  Bu 

qo’shiq va rivoyatlarda asosan zardushtiylikning ramziga aylangan quyosh muqaddas kuch sifatida 

ta’riflanadi.  Qadimdan  Markaziy  Osiyoliklar  quyoshni  syevganlar.  Odamlar  qaxraton  qishning 

ayozidan  so’ng  qut-barakaga  to’la  quyoshli  kunlarni  iltijo  qilib  kutganlar.  YAxshilik  ma’budi 

Axuramazda quyosh olib  kyelsa,  Axriman  sovuq  kunlarni kyeltirgan. SHunday qilib,  yaxshilik  va 

yomonlik  o’rtasidagi  kurash  «Avyesto»dagi  qo’shiqlarning,  hikoyat  va  rivoyatlarning  asosini 

tashkil  qiladi.  «Avyesto»da  quyosh  qut-baraka  ramzi  sifatida  ta’riflanadi.  SHunday  qilib,  quyosh 

ma’budasi Mitra ko’pincha YAksart (Sirdaryo) bo’ylarida yashirinib yuradi. 

«Avyesto»da  xikoya  qilinishicha,  qadim  zamonlarda  it  insonlar  uchun  ulug’  totyem  hisoblangan. 

Insonlar  itni  qadrlaganlar.  Itga  nisbatan  hurmat-e’tibor  bilan  munosabatda  bo’lingan.  Itni  yarador 

qilgan  yoki  unga  azob  byergan  kishilar  qattiq  jazolanganlar.  hatto  itni  urgan  yoki  haqorat  qilgan 

kishilar  abadiy  baxtsizlikka  duchor  bo’ladi,  dyegan  naql  tarqalgan.  Och  qolgan  itlarga  ovqat 

byerishni insonlar o’zlari uchun savob ish dyeb bilganlar. Kuchukcha olti oyga to’lganda uni tarbiya 

qilishni hurmat yuzasidan yetti yoshli qizlarning zimmasiga yuklanib, bu ayni paytda Axurmazdaga 

ham  katta  hurmat  byelgisi  edi.  CHunki,  itlar  Axurmazdaning  eng  sadoqatli  qo’riqchilari 

hisoblangan. 

Bundan tashqari qadimgi davrlarda ot ham totyem  hisoblangan. Hatto ma’buda Mitraning ot bilan 

aloqasi borligi ta’kidlanadi. 

Xalqimizning  uzoq  tarixiga  alohida  e’tibor  bilan  qarasak,    miloddan  ilgarigi  X-IX  asrlarda 

yaratilgan «Avyesto»da rivoyatlarni, afsonalarni uchratamiz. «Avyesto»ni mifologik xaraktyerdagi 

afsonalar  to’plamidan  iborat  dyeb  atashimiz  ham  mumkin.  Undagi  afsonaviy  voqyealar  asosan 

Sug’diyona,  Baktriya  va  Girganiya,  Parfiya  o’lkalariga  bag’ishlagandir.  Buning  boisi  bor,  albatta. 

CHunki, «Avyesto» Baqtriya va Sug’diyona yerlarida yaratilgan. 

Xullas,  ikki  million  shye’riy  misradan  iborat  bo’lgan  «Avyesto»  xudolar,  ma’bud  va  ma’budalar 

haqidagi  afsonalardan  iborat  edi.  Bu  afsonalar  xalq  diliga  yaqin  bo’lib,  ularning  orzu-umidlari, 

myehnat  faoliyatlari, kurash  va  intilishlari  ifodasidan  iborat. SHuning uchun  ham  «Avyesto»  xalq 

o’rtasida  kyeng  tarqalib,  muqaddas  kitobga  aylandi.  Bu  ulkan  kitob,  o’zida  zorastrizm  dinining 

asosiy ruhini yoritgan bo’lsa ko’p jihatdan ezgulik yo’lida xizmat etganini ham idrok etmaymiz. Bu 

asar faqat antik dunyo kishilari uchungina emas, balki kyeyingi davrlarda ham insoniyat uchun katta 

ma’naviy xazina sifatida xizmat qilib kyeldi va kyelmoqda. 

Zardushtiylik  dinining  tarixi  va  ta’limoti  xaqida  gap  kyetganda  o’zbyek  olimasi  Fozila 

Sulaymonovaning xizmatlari alohida tahsinga sazovordir. 

Fozila Sulaymonova o’zining «Zardushtiylik va Ioniya ilm-falsafasi»  nomli maqolasida muqaddas 

kitob  «Avyesto»ni  atroflicha  tahlil  qilishga  harakat  qilgan.  Bu  o’rinda  olimaning  muhim  bir 

fikrlariga  ham  to’xtalib  o’tishga  to’g’ri  kyeladi.  «har  bir  zardusht,  -  dyeb  yozadi  tadqiqotchi,  - 

kuniga  byesh  marta  yuvinib,  poklanib  quyoshni  olqishlab  sig’inishi  shart  bo’lgan.  Zardushtiylar 

tabiatni,  yer,  suv,  daraxt,  o’simlik,  jonivorlarni  e’zozlashi,  yerni  ishlatib,  sug’orib,  bog’-rog’, 

ekinzor qilishi, chorvani, ayniqsa yilqichilikni yo’lga qo’yishi, suvni muqaddas tutishi shart edi. Bu 

ta’limotga Markaziy Osiyo, ayniqsa, o’zbyek va tojik xalqlari haligacha amal qilib kyelishadi»

1



Mana  shu  fikrni  o’ziyoq  ikkinchi  dinimiz  bo’lgan  islom  diniga  ham  zardushtiylikning  katta ta’sir 



o’tkazganligidan va bu din hozirgacha e’zozlanib kyelinayotganigidan dalolat byeradi.  

YUqorida aytib o’tganimizdyek otashparastlar yaxshilikni (Axurmazda) yoqlab chiqadilar. Biroq u 

bilan  birga  xayotda  yomonlik  (Axriman)  ham  yashab  qolavyeradi.  To’g’ri,  zardushtiylik  dinining 

ham  inson  qismati  bilan  bog’liq  tuban,  yaramas  tomonlari  bo’lgan.  Masalan,  insonlar  kyeksayib, 

ishga yaroqsiz bo’lib qolgandan so’ng ularni eng og’ir jazoga mahkum etganlar. Ba’zi bir o’lkalarda 

kyeksaygan odamlarni qo’y kabi so’yganlar, boshqa bir yerlarda yerdan g’or kovlab, ularni tiriklay 

ko’mganlar. Ba’zi joylarda odamlarni tiriklay cho’lu-sahrolarga haydab, yirtqich hayvonlarga yoki 

qushlarga  yem  qilganlar.  Mabodo  kishilar  o’lib  qolsalar,  ularni  dafn  qilmasdan,  itlarning  oldiga 

tashlaganlar. Alyeksandr Makyedonskiy zardushtiylarning  bu odatini ta’qiqlaydi. SHu  bilan  birga, 

zardushtiylarning myehnat va qahramonlikni ulug’lashi, jangovorligi, myehnat syevarligi va boshqa 



 

82

ko’pgina  urf  odatlari,  unga  ma’qul  tushadi.  Alyeksandr  butunlay  So’g’diyonacha  kiyinib  yuradi. 



O’z  qo’shinlarini  ham  mahalliy  xalqni  urf-odatlarini  qabul  qilishga  va  yerli  xalqning  milliy 

kiyimlarini  kiyib  yurishga  undaydi.  SHunday  qilib,  Markaziy  Osiyoda  zardushtiylik  dini  arab 

istilosigacha (eramizning VII asri ) yashab kyeladi. 

Ammo shuni ham aytib o’tish kyerakki, atoqli shohlar o’lganda ularning jasadini oltin tobutga solib, 

ichini  duru-gavharlarga  to’ldirib  dafn  etganlar.  Hatto  marhumning  boshi  tagiga  "Avyesto"ni  ham 

qo’yganlar.  Qabrni  aylantirib  hashamatli    ibodotxona  qurganlar.  Bu  ibodatxonalar  kyeyinchalik 

muqaddas joyga aylangan. SHuningdyek, ma’bud va ma’budalarga atab ham ko’plab ibodatxonalar 

qurilgan.  Alyeksandr  Makyedonskiy    Tus  shahrida  shoh  Vishtaspga    qurilgan  ibodotxonadagi 

qabrlarni ochib ko’rsa, ularning  biridan "Avyesto" kitobi chiqadi.  Albatta bu kitob "Avyesto"ning 

asl  nusxasi  bo’lmay,  uning  ma’lum  bir  sahifalaridan  iborat  edi,  xolos.  Qabrdan  topilgan  bu 

"Avyesto"da juda muhim  manbalar bayoni qayd etilgan edi. SHuningdyek, unda Zardusht ta’limoti 

va faoliyati  bilan bog’liq  asosli faktlar kyeltirilgan. Zardushtiylik e’tiqodiga tobye bo’lgan go’zal 

ayollar  haqida  ham  voqyealar  bayon  etiladi.  Jumladan,  uning  bir  sahifasida  shoh  Vishtasp  ismi-

sharifi bilan bog’liq bo’lgan ayolning nomi qayd qilingan.    

Tarixdan ma’lumki otashparaslik mil.avv.VII asrdan, milodimizning VII asrigacha Markaziy Osiyo, 

Eron, Azarboyjon va boshqa o’lkalarda diniy e’tiqod sifatida yashadi.  

Vatanimiz  xududida otashparaslik dini  bilan  bir  qatorda moniylik dini  ham  milodimizning III asr 

o’rtalaridan boshlab kyeng tarqaldi. Bu dinning asoschisi Moniy ibn Fatak ( 216 - 277 ) edi. 

U  230  yillarda  Eron,  Markaziy  Osiyo,  hindiston  bo’ylab  safar  qilib,  zardushtiylik,  buddiylik, 

braxmanlik  va  boshqa  dinlar  bilan  tanishdi.  Moniy  240-yildan  boshlab,  o’zining  mustaqil 

ta’limotini  targ’ib  qila  boshladi.  O’z  ichiga  zardushtiylik,  buddiylik,  braxmanlik,  xristianlik 

dinlarining  ba’zi  tomonlarini  olgan  bu  ta’limot  boshqa  mamlakatlarda  ham  qiziqish  uyg’ota 

boshladi.  Jumladan,  Sosoniylar  sulolasidan  bo’lgan  Eron  shoxi  SHopur  I  bu  ta’limotni  quvvatlab 

"Moniy"ni Eronga taklif etadi. Bu ta’limotga binoan yorug’lik, yaxshilik ruh olami bilan zulmat va 

yovuzlikni  o’rtasida  tinimsiz  kurash  kyetadi.  Moniy  ta’limoti  odamlarni  hayotda  zoxidona 

yashashga targ’ib qiladi.  Moniy tarofdorlarining shiori "kimki  boy  bo’lsa, kyeyin qashshoq  bo’lib 

sadaqa  so’raydi  va  abadiy  azob  chyekadi".  Bu  ta’limot  O’zbyekiston,  SHarqiy  Turkiston,  Misr, 

Ispaniya  va Italiyadan to Xitoygacha kyeng  yoyiladi. Islom dini ta’sirida bu din ta’qibga uchraydi 

va barham topadi.  

Mil.  avv.  V-IV  asrlarda  mamlakatimiz  hududida  dastlabki  yozuvlar  paydo  bo’lgan.  Bizga 

ma’lumki,  dunyo  tarixida  dastlabki  yozuv  mil.avv.  IV-  ming  yillikda  paydo  bo’lgan.  YOzuvning 

vatani Myessopatamiyadir. Bu yozuvlar mixxat yozuvlari bo’lib, rasm-byelgi bilan ifodalangan. 

Qadimgi  yozuvlar  Markaziy  Osiyo  xalqlari  dunyodagi  eng  boy  tarixga  ega  bo’lgan  xalqlardan 

ekanligi  yuqoridagi  mavzularda  qayd  etildi.  Bu  o’lkada  qadim-qadimdan  yashab  kyelgan 

Xorazmiylar, Baqtriyaliklar, Sug’diyonaliklar, Parfiyaliklar, Davonliliklar, Kanglilar, Kushonlar va 

boshqalar  o’zlarining  paydo  bo’lishi,  rivojlanishi  va  taraqqiy  qilish  tarixlariga  monand  o’z 

madaniyatlari  va  yozuvlariga  ham  ega  bo’lganlar  Hozirgacha  bizga  ma’lum  bo’lgan  manbalarda 

Markaziy  Osiyo  xalqlarining  yozuv  tarixi  yoshini  taxminan,  2500-2700  yillar  atrofida  dyeb 

hisoblaydilar.  Xorazm,  baqtr  va  so’g’da  eron  tillari  bir  nyecha  laxjalardan  iborat  bo’lgani  kabi, 

turkiy tillar ham xilma-xil laxjalarni o’z ichiga olgan. Uzoq yillar o’tishi bilan Eron zaminida fors-

tojik tili, turkiy tillar  laxjalari zaminida turkiy   xalqlar tillari paydo bo’lgan. Qadim -qadimdan bu 

hududda yonma-yon, yelkama-yelka yashab kyelgan doimo iqtosdiy, ijtimoiy va madaniy  jihatdan 

aloqador va bog’lanib kyetgan Eron va Turk tillarida so’zlashuvchi xalqlar so’zlashuv tili jihatidan 

ham  bir-birlariga  kuchli  ta’sir  o’tkazganlar.  Buni  nafaqat  og’zaki  so’zlashuv  tilida  balki,  yozma 

madanyatda ham ko’rish mumkin. 

Mil.avv.1-ming yillik o’rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va boshqa o’lkalarda oromiy yozuvi kyeng 

tarqalgan.  Markaziy  Osiyoni  Iskandar  Zulqarnayn  bosib  olgach,  bu  yerga  yunon  yozuvi  kirib 

kyeladi.  Oromiy  yozuvi forsiy mixxat muayyan davrlarida ma’muriy hujjatlarda qo’llanilgan. 

Mil.avv.  1-ming  yillik  o’rtalarida  oromiy  yozuvi  nyegizida  Avyesto,  Xorazm,  So’g’d,  Kushon-

Baktriya,  Run  (Urxun  -Enasoy),  Uyg’ur  kabi  bir  qator  mahalliy  yozuvlar  vujudga  kyelgan.  SHu 

o’rinda Qadimgi Xorazm yozuvi, Baqtriya yozuvi, So’g’d yozuvlariga to’xtalib o’tish lozim. 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling