Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf просмотр
bet14/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81

2-masala: 

O’rta-Osiyo,  SHimoliy-SHarqiy  Hindiston  va  SHarqiy  Turkistoning  bir  qismida,  shuningdyek 

Tohariston  va  SHarqiy  Afg’oniston  yerlarida  V  asr    o’rtalarida  eftalitlar  nomi  bilan  yangi  davlat 

yuzaga kyeldi. Eftalitlar-xionitlar, oq xunnlar aslida Orol dyengizi bo’ylarida yashagan, turkiy etnik 

guruhlar bilan  aralashgan  holda  O’rta  Osiyo qabilalari nyegizida yuzaga kyelgan xalqdir. 

     Kushon  podsholigi    inqirozi  ko’zga  tashlanayotgan  davrda  O’rta  Osiyoning  mahalliy  xalqlari,  

ayniqsa  dyehqonlari  Eron  sosoniylarining  qator  janubiy  hududlarimizni  zo’rlik  bilan  egallashlari  

oldini    olish    maqsadida  kuchli  davlat    birlashmasiga  ega  bo’lgan  eftalitlarga  yordam  so’rab 

murojaat  qilgan  edilar.  Bu  qulaylikdan  foydalangan  eftalitlar  O’rta  Osiyoga  osonlik  bilan  kirib, 

Badaxshon  va  Toharistonni  qo’lga  kiritdi.  Bu  bilan  ular  katta  hududda  o’z  hukmronligini 

kyengaytirish  imkoniyatiga  ham  ega  bo’ldilar.  Eftalitlarning  bir  asrdan  ko’prok  davom  etgan 

hukmronligida qadimgi davr munosabatlari yemirllayotganligi va kushonlar  podsholigida  yuzaga 

kyelgan  ilk  yer  egaligi  munosabatlarining  takomillashayotganligi  bilan  xaraktyerlanadi. 

Hududimizda  shakllanayotgan  yer  egaligining  alohidalik    tomoni  shundan    iboratki,    bu  yerda 

dyehqon  ko’proq  mulkdor  zamindorga  emas,  balki  yerga  bog’liqligi  oshmoqda  edi,    ya’ni 

chorakorlik tartibi yuzaga kyeldi. Masalan, kushonlar davrida dyehqonchilikka yaroqli yerlar asosan 

qishloq  jamoalari  ixtiyorida bo’lib,  jamoa a’zolari "kashovarzlar"  yer egasi bo’lib ulgurgan  harbiy 

zodagonlar esa "dyehqon" dyeb nomlangan.  Vaqt o’tishi bilan "dyehqon"lar jamoa yerlari hisobiga  

kyengayib    borishgan,    "kashovarzlar"ni  o’zlariga  bo’ysundirgan,  xo’jaligida  kadivarlar-

"chorikorlar"  myehnatidan  kyeng  foydalangan,    katta  bog’-rog’larga  va  chorva    mollariga    ega 

bo’lgan. SHaharlarda  esa savdo va hunarmandchilik bilan ham shug’ullanganlar. 

     Eftalitlar  davrida    Kushonlar    inqirozga    uchray    boshlashi  sharoitida  joylarda  yuzaga  kyelgan 

mustaqil  mulklar-podsholiklar:    Buxoroda-buxorxudotlar,  CHog’aniyonda-chog’anxudotlar, 

Vardanzida 

vardanxudotlar, 

Toshkyentda-tudanlar, 

Samarqand 

va 


Farg’onada-ixshidlar, 

Ostrushanda-afshinlar,  Xorazmda-xorazmshoxlar, Tyermizda-tyermizshoxi, Ilokda-dyehqonlar  va 

boshqalar  yirik  davlatga  birlashtirildi.    Juda  ko’p  xalqlarni  siyosiy    birlashtirgan  bu  davlatning 

tyepasida  yagona  podsho  turgan.  Lyekin,  bu  davrda  ko’plab  olib  borilgan  urushlar  mamlakat 

iqtisodiyotiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatib,    sug’oriladigan  yer  maydoni  qisqardi  va  shaharlar  soni 

kamaydi. 

     Jamiyatda  ilk  yer  egalari  munosabatlari  bilan  birga    antik    davrning  va  urug’chilik    qoldiqlari  

hali    saqlanmoqda  edi.  Ko’p  xotinlilik  yoki  bir  nyecha  aka-ukalarning  bir  xotinga  ega  bo’lishi 

holatlari,    boy  kishi    vafotidan  kyeyin  uning  yaqin  do’stlari  ham  tiriklayin  ko’milishi  tartiblari 

yuqoridagi fikrimiz isboti bo’lishi mumkin. 

     Markaziy  hokimiyatning    zaiflashuvi    va    joylardagi  hukmdorlarining  syeparistik  harakatlari 

natijasida VI asr o’rtasidan eftalitlar  davlati ham inqiroz  tomon  yo’l tutdi. 

     Bu zaiflikdan foydalangan Turk hoqonlari harbiy qismlari 563 –567 yillarda eftalitlar  davlatini 

tamomila barbod qildi.  Aslida Turk xokonligi VI asrda hozirgi Oltoy o’lkasida turk qabilalarining  

birlashuvi  natijasida  yuzaga  kyelgandi.  Unga  Ashin  urug’idan  bo’lgan  Tuuning  o’g’li  Bumin  551 

yilda Markaziy Osiyoda eng kuchli  hisoblangan  Jujanlar  xonini yengib asos soldi. Turkiylar qisqa 



 

96

vaqtda Markaziy Osiyoni, Qora dyengizi bo’yidagi yerlarni, SHimoliy Kavkazni qo’lga  kiritdilar, 



Ovrupa    va    Osiyoda  yashayotgan  ko’pgina  xalqlarning  etnik  shakllanishida  ma’lum  darajada  iz 

qoldirdilar.  "Turk"  atamasi  kuchli,  bakuvvat,  navqiron  dyegan  ma’noni    anglatadi.  Hoqonlik    200  

yilga  yaqin  yashadi  (551-744y.)  606  yilda  mustaqil  2  qismga  -SHarqiy  va  G’arbiy  hoqonliklarga 

ajraldi.  G’arbiy  hoqonlik  tarkibiga  Yettisuv,CHu  vodiysi,  Irtish  va  Ishim  daryolari  bo’ylaridagi 

yerlar, O’rta Osiyodagi yarim mustaqil davlatlar kiritildi. 

     Lyekin, hoqonlar istilo etgan hududlarga kyelib ham o’tirishmadi, vassallik yerlardan to’lovlar, 

o’lponlar va sovg’alar olish  bilan  chyegaralandi.  Bu  ichki   ishlarga aralashmaslik tartibi  mahalliy 

boy  zodagonlarning  boshqaruvidagi  rolini  oshirib  yubordi.  Hoqonlar  mahalliy  hukmdorlarning 

o’zaro nizolarini bartaraf etish uchungina aralashganlar xolos. 

     Hoqonlik  markazlashmagan  davlat  bo’lmagan.  CHunki,  u  o’nlab  hokimliklardan  tashkil  topib, 

ularning  har  birini  alohida  xonlar  boshqargan.  Qashqadaryo  va  Amudaryo  bo’yida  mustaqil  9 

hokimlik  (Samarqand, Maymurg’, Kyesh, Naxshad, Ishtixon, Kushon, Buxoro, Amul va  Ondxay)  

mavjud  bo’lgan.    Barcha  shoxlar  Kan  sulolasidan  chiqqan,    ular  orasida  Samarqand  hukmdori 

alohida  mavqyega ega  bo’lgan. Kan  hokimi  mahalliy  suloladan,  massagyetlardan edi. Sug’diyona, 

CHoch va Xorazm hududlaridagi hokimlar dyeyarlik mustaqil  siyosat yuritganlar. 

     Sug’diyona  hokimligi  Panjakyentdan  Karmanagacha    bo’lgan    hududda    ichki  erkinlikda 

bo’lsada,  hokonlarga  o’lpon  to’lab  turgan.  Buxoro  esa  bir  nyecha  hokimlikka  bo’linib,  ularning 

barchasini  Buxorxudot  boshqargan.  Jizzax  va  Xo’jand  oralig’ida  Ustrushana  ulusi,  Sirdaryoning 

o’rta  qismida  markazi  Binkyent  shahri  bo’lgan  CHoch  ulusi  joylashgan.  Farg’ona  Kan  ittifoqiga 

kirmagan  va o’zlarining alohida shohlariga ega  bo’lishganlar.  Hokimliklarning  har  birida  maxsus 

qo’shinlari ham bo’lgan. 

     Lyekin, Tun-hoqon davrida  davlatni  markazlashtirish  borasida qator tadbirlar amalga oshirildi.  

Uning  618  yildagi  boshqaruvni  islohat  qilish  haqidagi  farmoniga    ko’ra    mahalliy  hukmdorlarga 

"yabg’u"  unvoni  byerildi,  yabg’ular  esa  hoqonning  noiblari  dyeb  byelgilandi.    YAna  mahalliy  

hokimlar faoliyatini nazorat qilib turish uchun hoqonlarning vakillari tayinlandi. Hattoki eng kuchli 

hisoblangan Samarqand hokimiga hoqonning qizi  kyelin bo’lib tushgan. 

     Turk  hoqonligida  butun  saltanat  ustidan  oliy    hukmronlikni    hoqon  olib  borgan.  Bu  lavozim 

myerosiy  bo’lgan.  Buyuk  hoqon  ba’zan  o’z  o’g’illariga  qoldira  olmagan.  Lyekin,  hoqonning 

balog’atga  yetmagan  va  layoqatsiz  o’g’li  bo’lsa,  taxtni  yoshi  kattaroq  qarindoshlardan  biri  qabul 

qilgan.  SHunday  hollar  bo’lganki,  taxt  sohibi  ulus  oqsoqollari  tomonidan    tayinlangan.  Taxtga 

o’tirish marosimida hoqonning o’zi bir nyecha yil hukmron bo’lishligini aytishi zarur hisoblangan. 

Oldindan aytilgan muddat  tugagach  hoqon ixtiyoriy ravishda lavozimidan kyetgan. 

     Xondan  kyeyingi  shaxs  "yabg’u"  unvoni  bilan  vazir    vazifasini    bajargan.  "YAbg’u"  taxt 

myerosxo’ri  bo’la  olmagan.  Taxt  myerosxo’ri  "tyegin"  (SHohzoda")  dyeb  yuritilgan.    Joylardagi 

(viloyatlar  va  katta  shaharlarda)    hukmdorlar  hokim    dyeb  nomlangan.    "Tudun"  dyegan  lavozim 

hoqonning joylarda boj va soliq borasida nazoratni amalga oshirish uchun byerilgan. 

     Hokonlikning markaziy  hokimiyati  asosan  yirik  siyosiy tadbirlar: 

saltanat osoyishtaligini  saqlash,  davlat  hududini  kyengaytirish,  soliq  tizimi,  ichki  va  tashqi  savdo, 

diplomatik    munosabatlar,  amaldorlarni  lavozimlarga  tayinlash  kabilar  bilan  mashg’ul  bo’lgan.  

Markaziy  hokimiyat    mahalliy  ishlarga  (hokimlar  faoliyatiga)  ma’lum  darajadagi  erkinliklarni 

byergan. SHuning uchun ham Farg’ona, So’g’d, SHosh, Tohariston, Xorazm va boshqa joylardagi 

boshqaruv ishlari mahalliy sulolalar qo’lida bo’lgan.  Hoqonlik davrida O’rta Osiyoda 15 ta mayda 

davlatlar bo’lgan. 

     Hoqonlik ulkan hududda osoyishtalikni saqlashga harakat qildi, buysundirilgan xalqlarning ichki 

ishlariga  aralashmagan,    xo’jalik,  savdo-sotiq  va  madaniyat  borasidagi  faoliyatiga  to’sqinlik 

qilmagan. 

     G’arbiy turk hoqonligi til jihatidan eftalitlarga yaqin bo’lib, "j" lovchi shyevada so’zlashgan.  VI 

asrdan "y" lovchi shyevaga o’tib,  davlat tili bo’lib qoladi. Lyekin, hali VII asrda sug’d va Xorazm 

yozuvi qo’llanilishi davom etgan.  Turkiylar bu davrda otashparast bo’lishgan. Ayni vaqtda budda 

va xristianlik dinlari ham harakatda bo’lishgan. 

     Umuman  G’arbiy  Turk  hoqonligi  munosabatlari  shakllanishining  navbatdagi  qadami  bo’lib,  

davlatchilik ma’lum ma’noda yuqorirok bosqichga ko’tarildi, o’sha  davrning  hayotiy talablari va 

xususiyatlarini  o’zida  aks  ettirdi.  Bu  esa  o’zbyek  davlatchiligini  takomillashtirish  tomon  qilingan  


 

97

harakat edi. 



      

Markaziy  Osiyoda    arablar  istilosi  natijasida  to’la  mustamlakachilik  o’rnatildi.    Arab 

zodagonlari,  islom ruhoniylari,   harbiy  lashkarboshilar  mahalliy    fyeodallarga  suyangan  holda o’z 

mustamlakachiligini amalga oshirdi. 

     Markaziy  Osiyodagi    arab  xalifaligining  davlatchilik  mohiyati  byelgilangan  soliqlarni 

undirtirishdan va majburiyatlarni bajarishdan mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishdan iborat 

bo’lgan.  Bu  yerda  davlat  apparatini  rasmiylashtirishning  3ta  asosiy  yo’nalishi  mavjud  edi: 

birinchidan,  eng  an’anaviy  hukmdor  xalifalik  sarkardasi  bo’lib,    u  tashqi  xavfdan  himoya  qilish,  

ichki  tartibni  saqlab  turish  va  zodagonlarga  qarshi    kuchlarni  bostirishga  va  hududdagi  mahalliy 

aholining  iqtisodiy,  sotsial  va  siyosiy  hayoti  ustidan  chyeklanmagan    hokimiyatga  ega  bo’lishni 

ta’minlashi  lozim  edi;  ikkinchidan,  joylardagi  davlat  hokimiyati  funktsiyalarini  bajaruvchi  ko’p 

sonli  podshohlar   bo’lib   ularning  ayrimlari  ma’lum  vaqt o’tishi  bilan davlat  birlashmalari asosini 

tashkil  etgan,  asta  syekinlik  bilan  katta  kuchga    aylangan.  Masalan,    buxorolik  buxorxudotlar, 

sug’dlik  ixshidlar,  xorazmlik  xorazmshoxlar  va  boshqalar;  uchinchidan,  urug’chilik  qoldiqlari 

saqlanayotgan joylarda, ko’pincha ko’chmanchi aholi o’rtasida urug’chilik tuzumi organlari davlat 

organlariga  aylantirildi  Urug’  va  qabilalar    birlashib,    tyepada  davlat  hokimiyati  turgan  kyeng 

hududiy  birlashmalarni  hosil  qildilar.  Ko’p  hollarda  urug’  va  qabilaning  harbiy  boshlig’i  yangi 

birlashma-davlatning    tyepasiga  chiqib  olardi.    Natijada,  urug’chilik  jamiyati  organlari  harbiy 

dyemokratiyaga aylanib kyetardi, chunki urush va u bilan bog’lik barcha narsalar davlatning doimiy 

funktsiyalari,  ayrim  urug’ va qabilalarda esa xalq turmushi odati bo’lib qolardi. 



3-masala: 

    


 IX-XIII  asrlarda  hududimizda  hukmronlik  qilgan  somoniylar,  qoraxoniylar,  g’aznaviylar, 

saljuqiylar  va  xorazmshoxlar  davlatchiligi  tayangan    3  ta    an’anaviy    muassasa  bo’lgan:  soliq 

yig’ish,  qurilish,  madaniy  siyosat,  irrigatsiya  inshootlari  barpo  etish  bilan  shug’ullanuvchi  davlat  

apparati;  xalq ommasi  orasidan chiqqan davlatga qarshi harakatlarni bostirilishi amalga oshiruvchi 

armiya; davlat ma’muriyatini  qo’llab quvvatlovchi musulmonlar ruhoniylari. 

     Bu davlatlarda arab xalifalari bilan mahalliy zodagonlar manfaatlari uyg’unlashib borgan.  Arab 

bosqinchilari    Movarounnahrdagi    mahalliy  aholi  qarshiligini    harbiy    kuch    bilan  bostirib 

bo’lmasligiga  ishongandan  kyeyin  joylarga  mustaqillikni  ixtiyoriy  byerish  orqali  soliqlarning 

muttasil  ravishda    bojxonaga  tushib  turishini  va  mustamlakachilik  siyosatining  makkorona  davom 

ettirishini  ta’minlamoqchi  bo’lishdilar.  Boshqacha  aytganimizda  bu    davlatlar    Movarounnahrda  

islomni  tarqatuvchilik  rolini  o’ynashi,  ya’ni  arablarning  Markaziy  Osiyoni  bo’ysundirish  uchun 

qariyb yuz yil  harbiy yo’l bilan erisha olmagan vazifani bajarishlari lozim bo’lgan. 

     750  yilda  abbosiylarning  hokimiyatga  kyelishi  munosabati  bilan    davlat  qurilishi    harakatlari 

ham    o’zgardi.  Ular  ulkan  impyeriyaning  ko’p  millatli  xaraktyerini  hisobga  olib,  viloyatlarni 

boshqarishga tyez-tyez almashinib turadigan arab  noiblarini  emas,  balki mahalliy aristokratlardan 

hudud sharoitini yaxshi biladigan va aholi ishonchini qozongan hukmdorlarni  jalb etishga intildilar. 

Sulola va islomga chyeksiz sodiqlik ham asosiy talablardan edi. 

     YAna ummaviylarni  o’rniga abbosiylarning hokimiyatga kyelishini Movaraunnahr va Xuroson 

harbiy  va  grajdan  amaldorlari  xalifalikning    tayanchiga  aylana    bordi.    Markaziy    Osiyoni 

boshqarishda  mahalliy  amaldorlarga  topshirish  tartibi  xalifa  Ma’mun  davrida  (813-8330) 

boshlanadi. U 821 yilda Bog’dod garnizonining boshlig’i  Tohir  ibn Husaynni Xuroson noibi etib 

tayinladi.  830-840  yillarda  Xuroson  xalifalik    vassali    hisoblansada,  Movaraunnahrda  hukmronlik   

qilgan      Toxiriylar      sulolasi    davrida  (840-860  y)  ulkaning  mustaqil  davlatlarga  aylanishida  

dastlabki    natijalarga  erishildi.  860-870  yillardagi  mahalliy  fyeodal  somoniy  sulolasidan  bo’lgan 

aka-uka  Nasr  va  Ismoil  ibn  Axmadlar  harakati  natijasida  esa  Xuroson  va  Movaraunnahr  to’la 

mustaqillikni  qo’lga  kiritdi.  Endilikda  o’lka  faqat  islom  dini  tomonidangina  xalifalikka  bog’liq 

bo’lib qoldi. 

     Somoniylar  Movaraunnahrdagi    dastlabki  yagona  markazlashgan  davlatning  asoschilari  edi. 

Unda  Samarqanddan  tanga  pulning  zarb  etila  boshlanganligi,  davlat    boshqaruv  tizimining  isloh 

qilinganligi  muhim  rol’  o’ynaydi.  Davlatning  ma’muriy  boshqaruvi  2  bo’g’inli  qism  qilib  tuzildi:  

I)YUqori  saroy  (dargoh)  ma’muriyati;  2)10  ta  dyevonlardan  tashkil  topgan  quyi  harbiy  -  fuqaro 

mahkamalari. 



 

98

     Saroy  ichidagi siyosiy  hokimiyat "sohibi  xaras"  yoki "amiri  xaras" dyeb atalgan. Bu  lavozimni 



egallagan  kishi  katta  siyosiy    huquqga    ega    bo’lib,  hukmdorning  buyruqlarini    ijro  etgan.  Uning 

ixtiyoridagi 50ta cho’pdorlar esa "amiri xaras"ning topshiriga ko’ra ish tutganlar.  Ularning 20  tasi  

qo’lida  oltin  suvi  yuritilgan  cho’plar,  20  tasi-kumush  suvi  yuritilgan  va  10  tasi  yog’ochdan 

ishlangan  byejirim  cho’plarni  qo’llarida  saqlaganlar.    CHo’plarning  turlicha  bo’lishligi 

yumushlarning  yuqori,  o’rtacha  va  oddiy  darajada  bo’lishligi  bilan  bog’liq  bo’lgan.  Saroy 

marosimlari  boshlig’i    bosh  dasturxonchi  va  otxona  boshlig’i  dyegan  lavozimlar  ham  bo’lgan. 

"Vakil" lavozimi saroyning xo’jalik ishlarini boshqargan. 

 Somoniylar davlatining harbiy-fuqaro boshqaruvi bosh dyevon 10 ta dyevonlardan tuzilgan.  Bosh 

dyevonga "xo’jai buzurga", ya’ni bosh  vazir,  qolgan  dyevonlarga  vazirlar  tayinlangan. "Mustaufi 

dyevoni"  (moliya  vaziri)  vazifasini  xazinador  bajargan.    "Dyevoni  ar-rasoil"  yoki  dyevoni  insho 

rasmiy  hujjatlar  tayyorlagan  va    diplomatiya  vazifasini  ijro  qilgan.    "Sohibi  shurat"  dyevoni 

hukmdorning  shaxsiy  gvardiyasini  boshqargan.    "Dyevoni  borid"  aloqa  yumushlari  bilan  

shug’ullangan.  "Dyevoni  muxtasib"  savdo  ishlarini  nazorat  qilgan.    "Mushriflar  dyevoni"  xazina 

mablag’lariga  javobgar  edi.  "Dyevoni  vaqf"  masjid  madrasa  va  xonakohlarga  qarashli    yerlarni 

boshqargan.    Diniy  idora  boshligi  "SHayxulismom"  dyeb  nomlangan.    Sud  ishlari  bilan  esa 

"Dyevoni  qozi"  band  qilingan.  Viloyatlarda    ham  xuddi  shunday  lavozimlarga  ega  bo’lgan 

boshqarmalar  bo’lib,  bu  yerda  vazirlar  hokimlar  dyeb  atalardi.  Lavozimlar  ulashilar  va  sotilardi, 

ayrim lavozimlar,  masalan,  vazirlik, hokimlik, raislik (shahar boshlig’i) lavozimlari myeros bo’lib 

o’tardi.  Armiyadagi  lavozimlar  juda  yuqori  maoshli  bo’lib,    tyez  ko’tarilish  imkonini  byergani 

uchun  zo’r  hurmat  kasb  etardi.    Ular  odatda  gvardiya  boshliqlariga,    mahalliy  zodagon  urug’lar 

vakillariga byerilardi. 

     Somoniylar  saltanati  X  asr  yarmidan  inqiroz  tomon  yo’l  tutdi.  Xazina  mablag’ining  yarmidan 

ko’prog’i  ma’muriyatni  boshqarishga  sarflanishi,    saroydagi  ichki  o’zaro  kurashlar  ruhoniylarning 

siyosiy  nufuzni  oshirishga  intilishi,  ko’p  sonli  harbiy  qo’shinlarning  zaruriy  maosh  bilan 

ta’minlanmaganligi, soliqlar va o’lponlar miqdorining doimiy ravishda  olib  borishi kabilar inqiroz 

sabablari edi. 

     Ana  shunday  sharoitda  X  asr  boshlaridayoq    SHarqiy  Turkiston    va    Yettisuvda  Qoraxoniylar 

nomi  bilan  barpo  bo’lgan  kuchli  davlat  o’z  ta’sir  doirasini  dastlab  somoniylar  tasaruffida  bo’lgan 

yerlarga    yoydi,    kyeyinroq  Xitoyning  Amudaryoga  tutash  bir  qator  hududlarini  egalladilar.  999 

yilda  qoraxoniylar  Buxoroni  ham  qo’lga  kiritdilar.    Bu  davlatning  asoschisi    Sotuk  Qoraxondir  

(955    yilda  vafot  etgan).    Davlatning  poytaxti  dastlab  hozirgi  To’qmok  shahri  yaqinidagi 

Bolasog’un, kyeyinroq Taraz, Samarqand, O’zgan va Qashqar shaharlari bo’lgan. 

     Qoraxoniylar  qariyb  yuz  yil  hukmronlik  qildilar.  Ularning  mulklari  g’arbda  Buxoro  va 

Sirdaryoning  quyi  oqimidan,  sharqda  Yettisuv  va  Qashqargacha  cho’zildi.    1016  yildayoq  xonlik 

2ga  bo’lindi:  markazi  Buxoro  bo’lgan  Movarounnahr  va  Xo’jakyentga  hamda  markazi  Farg’ona 

bo’lgan  g’arbiy  xonlik  tarkibiga  Talas,  Isfijob,  SHosh,  Farg’ona  sharqi,  Yettisuv  va  Qashqar 

kiritildi.  

     1097  yildagi  saljuqiy  sulton  Sanjar  bilan  bo’lgan  mag’lubiyatdan  kyeyin  ham    qoraxoniy  

hukmdorlar  qariyb  20  yil  davomida  Buxoro  va  Samarqandda  sultoning  noibi  bo’lib  turdilar.  

Lyekin,  sulton    Sanjarning    o’zi  1141  yilda  qoraxitoylardan  qaqshatgich  zarba  olgandan  kyeyin 

qoraxoniylar  dastlab  saljuqiylar,  so’ngra    qoraxitoylar    hukmronligidan      qutuldilar.  1211  yilda  

xorazmshoxlarning  so’nggi zarbasidan kyeyingina qoraxoniylar to’laligicha barham topdi. 

     Qoraxoniylar somoniylar  davrida  vujudga kyelgan markazlashgan davlatni udyel tizimi (ayrim 

bo’laklar  va  viloyatlar)  asosida  boshqaruvni  joriy  qildi.  Movaraunnahr  viloyatining  markazi 

Samarqand,  Farg’ona  viloyatlarining  poytaxti  esa  O’zgan  shaharlari  bo’lgan.  Qashqarda  bosh  xon 

(hoqon) istiqomat qilgan. Butun mamlakatdagi yerlar qoraxoniylar sulolasining mulki hisoblangan.  

Sulola  boshlig’i  "xonlar  xoni"  yoki  "sultonlar  sultoni"nomi  bilan  yuritilgan.    Rasman  bu  nom 

"Tamg’achxon"  dyeb  atalgan.  Barcha  udyellar  qoraxoniylar    avlodlari    vakillari    tomonidan  

boshqarilgan    va  ularga  iloqxon  unvoni  byerilgan.    Tamg’achxon  bilan  iloqxonlar  o’rtasidagi 

aloqalar  mustahkam  bo’lmagan.    Har  bir  iloqxon  o’ziga    mustaqil    bo’lishga  intilgan.  Bu  hol 

davlatni zaiflashtirgan.   

Udyellarda  vazirlar,    shaharlarda  esa    raislar    faoliyat    ko’rsatgan.  Ular  somoniy  boshqaruv 

tartiblarini kyeng qo’llaganlar. 


 

99

     Imomlar,  sayyidlar  va  sadrlarga  qoraxoniy  hukmdorlar  tomonidan  katta  imtiyozlar  byerilgan.  



Bu  davrda  ko’chmanchi  chorvadorlarning  o’troqlashuvi  va  dyehqonchilik  bilan    shug’ullanish 

jarayoni,    ijtimoiy  tabaqalanishning  ortishi  yer    egaligi  munosabatlarining  rivojlanayotganligidan 

darak byeradi. Endi aholi o’rtasida 4 toifa:  katta yer egalari,  kam yerlilar va yersizlar. ya’ni boylar, 

o’rta  hollar  va  kambag’allar  (qora  budunlar)  aniqroq  ko’zga  tashlanardi.  Lyekin,  qoraxoniylar 

hukmronligi  sharoitida  katta  mavqyega    va  imtiyozlarga  ega    bo’lgan  yirik  yer  egalari,    ya’ni 

dyehqonlar ilgarigi ustunliklarini yo’qotdilar,  hatto ularning ko’plari yerlaridan mahrum bo’ldilar. 

SHu  vaqtdan   boshlab  katta  yer egalari uchun qo’llanilgan "dyehqon" atamasi  yerda  ishlaydigan 

oddiy tabaqaga tyegishli bo’lib qoldi. 

     Qoraxoniylar  davrida  yerli  aholi  bilan  turkiylar  o’rtasidagi  aloqalar  kyengaydi  va 

mustahkamlandi. Hududning turklashishi jarayonini tyezlashdi dyeyish  mumkin.  Aniqrog’i, turkiy 

qabilalarning  va  tilning  bu  zaminda  uzoq  vaqtlardan  byeri  yashab  kyelayotgan  sharqiy    eroniy  

tillarda    so’zlovchi  xalqlarga  ta’siri    kuchayib,    ularning    kundalik    hayotidan  kyengrok  o’rin 

egallamoqda edi.  Maxmud Qoshg’ariy aytganidyek,"Tyemuriylar bamisoli dyen 

giz,sug’dlar ana shu dyengizdagi orollar" edi. 

     Qoraxoniylar davrida ishlar fors va arab tillarida olib  borilgan. Arab tili ilmiy va tyexnologik til 

bo’lib,  fors tili adabiyot tili edi. Bu davrni turkiy adabiy tilning yuzaga kyelishi davri ham dyeyish 

mumkin. 1074 yilda M.Qoshg’ariyning  "Dyevoni lug’atit turk",  XI asrda Bolasog’unli YUsuf Xos 

Xojibning "Qutadg’u bilig" ("Baxt kyeltiruvchi bilim"), XP asrda  yashagan Ahmad YUgnakiyning 

"Hibatul  haqoyiq" ("Haqiqat tortig’i") turk tilida  yaratilgan dastlabki asarlar edi. Islom davlat dini 

bo’lgan. 

     Qoraxoniylarning butun davlat boshqaruv tizimi mavjud yer fondi hisobga tushadigan daromad 

orqali  faoliyat ko’rsatgan.  Bu fond  katyegoriyalarga bo’lingan.  Avvalo aholi  shartli  va doimiy 

mulk  etib  byerilmagan  sulton  yerlar,    ya’ni  davlat  yerlari  bo’lgan.  Bu  yerlar  asosiy  soliq  va  iqto’ 

taqsimoti fondi manbai hisoblangan.  YAna somoniylar va ular tarafdolarining qoraxoniylar qo’liga 

o’tgan  qo’zg’almas  mulki  bo’lgan.Ma’lumki,  Somoniylar  davlatida  o’zaro  nizolar  avjiga  chiqqan 

davrda amalda 3ta davlat faoliyat ko’rsata boshladi - somoniylar Kotvon cho’li  g’arbidagi yerlarni, 

Qoraxoniylar  uning  g’arbidagi  hududni  egalladilar.  G’azna  amiri  Sobuk  Tyegin  G’aznaviyga 

Amudaryo  janubidagi  yerlar  tyegdi.  998  yilda  bu  yerlar  otasidan    Mahmud  G’aznaviyga  myeros 

bo’lib  qoldi.    U  17  marta  SHimoliy  Hindistonga  harbiy  yurishlar  qilib,  katta  boylikni  qo’lga 

kiritgan.  1017  yilda  Mahmud  G’aznaviy  Xorazm  yerlarini  ham  qo’shib  oladi.    U  qisqa  vaqtda 

qudratli  impyeriya  barpo  etdi.    Harbiy  qo’shin  va  ruhoniylardan  iborat  ikkita  kuch  Mahmud 

G’aznaviyning sotsial tayanchi  bo’lgan.  U bo’ysundirilgan  mamlakatlardan chyegarasiz soliqlarni 

yig’ish  hisobiga  o’z  jangchilariga  saxiyligi  bilan  haq  to’lardi.  O’ljaning  bir  qismini  ruxoniylarga 

byerish va ularni yuqori lavozimlarga ko’tarish orqali bilan xam obro’ va himoya  topardi. Bunday  

sharoitda Mahmud davlatining ichki tomoni mustahkam bo’lishi mumkin emasdi. Dastlabki kuchli 

raqib uni osonlikcha mag’lubiyatga uchratishi mumkin edi. Saljuqiylar ana shunday raqib bo’ldi.       

Saljuqiylar  asli    X  asr  ikkinchi  yarmida  Sirdaryoning  quyi  qismda  va  Orol  dyengizi  atrofidagi 

cho’lda  yashaganlar.    Ular    Saljuk    boshchiligida  turk  qabilalari    va  uning  avlodlari  sanalgan 

saljuqiylar  SHohmalik  boshliq  bo’lgan  o’g’iz  qabilalari  bilan  tuzgan    ittifoqdan    ajralib    chiqdilar 

Saljukiylar  XI  asr  boshlarida  dastlab  Xorazmga,  so’ngra  esa  Buxoro  mulklari  orqali  Xurosonga 

hujum qildilar.  Natijada, Movaraunnahrga qarashli katta yerlar ularning hukmronligiga o’tib qoldi. 

     1040  yilda  Dandanakanda  yaqinida  bo’lib  o’tgan  jangda    Saljuqiylar  sulton  Mahmud 

G’aznaviyga kuchli  zarba byerdilar.  Natijada, G’aznaviylar davlati zaiflashib kichik  bir kyenaslik 

holiga tushib qoldi. G’aznaviylar davlati   xarobalari  o’rnida  Tug’rulbyek,  CHaqirbyek  va  Musa 

Jabg’u  singari  harbiy  sarkardalarning  ajdodi  hisoblangan    Saljuq    nomi    bilan  atalgan  saljuqiylar 

davlati  tashkil  topdi.  1044  yilda  Xorazm  ham  bu  davlat  tarkibiga    qo’shib    olindi.    Saljuqiylar  

hukmdori  Tug’rulbyek (1038-1063) davrida bu davlatning dovrug’i yanada kuchaydi.  Iroq, Eron, 

Ozarboyjon,  Kurdiston  va  Kuxiston  yerlari  Saljuqiylar    tomonida  istilo  qilindi.  1055  yilda 

Saljuqiylar  Bog’dodni  ham  bosib    oldi.  Abbosiylar  xalifaligi  ixtiyorida  yolg’iz  diniy  hukmronlik 

saqlanib  qoldi,  xolos.  Ryey  shahri  saljuqiylar    markazi  bo’lgan.  Ular  musulmon    dunyosining 

g’arbini  qo’lga  kiritgach,  SHarq  tomon  intildi.  1089  yilda  Malikshoh  Buxoro  va  Samarqandni 

egallaydi. 1104  yilda sulton Sanjar Movaraunnahrni uzil-kyesil o’z tasarufiga o’tkazadi. 

     Saljuqiylar  impyeriyasi    ichdan  ham  mustahkam  bo’lmagan.  U  XII  asr  boshida  ayrim  


 

100 


knyazliklar    fyedyeratsiyasini  eslatardi.    Barcha  o’lkalar  sulton  qarindosh-urug’lari  qo’lida  bo’lib,  

ulardagi  hokimiyat  myeros  shaklida  o’tardi.  Dyemak,  ular  amalda  sulola  boshlig’iga  qaram 

emasdilar. Ular asta-syekin  noiblar (otabyeklar) bilan almashinib turishganlar, goho sulton unvoni 

ayni  vaqtda  bir nyecha shaxsga mansub bo’lgan.  Masalan, Sulton Sanjar (1118-1157 y.) dastlab 

Xuroson  hokimi  bo’lgan  va  uning    qarorgohi    Marv  bo’lgan.  O’sha    vaqtda    Bog’dodda  sulton 

unvoniga  boshqa  shahzodalar  ham  ega  bo’lishgan.  Dyemak,  Sanjarning  ular  ustida  hokimligi 

nomigagina edi. 

     Saljuqiylar sultonligi  oddiy iyerarxiya tashkilotga ega bo’lgan davlatga aylandi.  Oliy hokimiyat 

sulton  qo’lida  bo’lib,  u  ulkan  amaldorlar  apparati  va  turk  qo’llaridan  bo’lgan  sarkardalar 

boshqargan  turli  qabilali  armiyaga  tayanardi.    Armiyaning  bu  o’zagini  turkman  boshliqlari  

(byeklari)  boshchiligidagi  turli  qabilalar  vakillari  to’ldirgan  edi.  Sultonlar  asosan  savodsiz 

bo’lganligi sababli davlatni  boshkarishda katta amaldorlar shtatiga tayanishga majbur bo’lgan. 

     XI  asrda  Markaziy  Osiyo  xalqlari  hayotida  korakidonlar    muhim    rol’  o’ynay  boshladi.  Aslida 

ular  tungus  yoki  mug’ul  qabilalari  avlodlari  hisoblanib,  dastlab  CHuguchak  rayoniga  ko’chib 

kyeladi,    kyeyinroq  janubiy  –g’arbga  o’tib,  qoraxoniylar  poytaxti  Bolosog’unni  egallaydi  va  o’z 

davlati markaziga aylantiradi.  Hattoki ular 1138 yilda Xo’jand yaqinida  saljuqiy hukmdor Sulton 

Sanjarni  mag’lubiyatga  uchratadi.    Korakidonlar  hattoki  Xorazmgacha  bo’lgan  hududlarni 

egallaydi.    Lyekin,  ular  katta    o’ljalar    olish  bilan  chyegaralanganligi    sababli  hokimiyatni  uzoq 

saqlab  tura  olmadilar.  Xuroson  va  Movarounnahrdan  saljuqiylar,    qoraxoniylar  va    korakidonlar 

o’rtasidagi kurashlardan  foydalangan Xorazm XII asrda o’z mustaqilligini tiklab olishga muvaffaq  

bo’ldi. 

     Qayd  etish    lozimki,    saljuqiylar  Xorazmni  egalasa  ham  uni  maxsus  tayinlagan  noiblar  orqali 

idora    qilgan.    Masalan,    Malikshoh    huzurida  (1072-1092)  dyevon    mahkamasining  boshlig’i 

Anushtyeginga  Xorazmni  boshqarish  topshirib  qo’yilgan  edi.  Uning  o’g’li  Muhammad  davrida 

(1112-1127)  Xorazm  mustaqillik  uchun    jiddiy  intildi.    Muhammad  o’g’li  Otsiz  esa  (1127-1156) 

birinchi  bo’lib  Xorazmni  tamomila  mustaqil  davlatga  aylantiradi,  Xorazmshoh  unvonini  qo’lga 

kiritdi.    Otsiz  Sirdaryo  bo’yidagi  turkmanlar  va  qipchoqlar  bilan  urush  olib  bordi,    shimoli-

sharqdagi Jandin  va  Mangishloq yarim orolini bosib oldi. 

     Otsizning  nyevarasi Takash (1172-1200) Xorazm  yerlarini kyengaytirib, Sirdaryo  yerlaridan to 

Iroqacha cho’zdi.  Bu davlat chyegarasi sharqda Yettisuv viloyatigacha bordi. 

     Takash  olib  borgan  siyosatning  zaifligi  shundan  iborat  edikim,  uning  xotini  Turkon 

himoyasidagi  qipchoq  harbiy  aslzodalarning  homiyligi    edi.  Turkon  xotun  davlat  ishlarini  o’z 

qo’liga olishga  intilar edi.  Bu qipchoqlarning Xorazm  ichki  ishlarga aralashish  imkonini  byeradi. 

Bu  hol  esa  Takash  o’g’li  Muhammad    Xorazmshoh  davrida  (1206-1220)  Xorazm  parchalanishiga 

olib kyeldi. 

     Tarixchi  Nasafiy    ma’lumotlariga  ko’ra,    Xorazmda  vazir,    qozi  kabi  nufuzli  a’yonlar  bo’lgan.  

Yirik amaldorlarning aksariyati mahalliy aslzoda yer egalaridan iborat bo’lib,  davlat uchun xavfli 

holatlarda  ular  vazifalarini  bajarmay  va  hukmdorga  bo’ysunmay,  o’zlarini  mustaqil  tutishlari 

mumkin  bo’lgan.  Ko’plab  amallar  avloddan  avlodga  o’tgan,  bu  esa  davlat  hokimiyatini  davlat 

amallariga  munosib  kishilarni  tayinlash  huquqidan mahrum etgan. 

     Yerni,  qo’zg’almas  mulkni  iqto’  qilib  byerish    ham    mahalliy    hokimlar  hamda  vazirlarning 

iqtisodiy  mustaqilligini  oshirar,    ular  ham  markaziy  hukumatga  bo’ysunmay  qo’yishar  edi.  

Muhammad Xorazmshohning tinimsiz olib  borgan urushlari   xalqdan olinadigan katta miqdordagi 

soliqlar hisobiga edi. 

     Fyeodallar  ham  turli  guruhlarga  bo’linib,  o’zaro  adovat  qilardi.  YOllanma  qo’shin 

o’zboshimchalik qilar, qipchoqlardan tashkil topgan oliy  sarkardalar Muhammadning onasi Turkon 

xotin  bilan  yaqin  bo’lishiga  qaramasdan  hukumdor  ularni  dushman  dyeb    bilardi.    Muhammad  

hattoki  onasining qipchoq pirini qatl ettirdi. 

     Muhammadning  xalifalik  bilan  ham  munosabati  yaxshi  bo’lmagan.  SHaharlik  hunarmandlar 

ham Muhammadni yaxshi ko’rmagan. 

     Xulosa qilish mumkinki,  Amudaryo va Sirdaryo oralig’i hamda ularga tutash yerlar juda  qadim 

zamonlardan  o’zbyek  davlatchiligining  tayanch  yerlari  bo’lgan.  Faqat  turli  tarixiy  davrlarda  bu 

hududning  u  yoki  bu  qismida    nisbatan  kuchli  davlat  yuzaga  kyelib,    qolgan  qismlarini 

birlashtirishga o’ringan. Lyekin, ba’zan mayda davlatlarga parchalanish  va  tarqoqlik  hollari ham 



 

101 


bo’lgan.  Bunday  vaziyatdan  tashqi  dushmanlar  foydalanishga  uringanlar.  VP  asrning  ikkinchi 

yarmida arab  istilosi  arafasida shunday tarqoqlik    yuz  byergan edi.  Bundan arablar  foydalandilar. 

XIX  asrda  Turkiston  uch  xonlik  va  byekliklarga  bo’linib,    ular  o’zaro  raqobatda  bo’lganligi  rus  

mustamlakachilariga qo’l kyeldi. Bu tarix saboqlaridir. 

     X  asrda  yashagan  Forobiy  "Idyeal  (fozil)  shahar  odamlarining    qarashlari  haqida  kitob"ida 

ijtimoiy xaraktyerga ega bo’lgan qator masalalarga to’xtab o’tadi.  Aytishicha, "shahar"dan murod 

davlatdir.  Asarda  davlatning  kyelib  chiqishi,  unda  paydo  bo’lgan  tyengsizlik,  idyeal  shahar 

aholisining  fye’l-atvori,    insonlarning  durust  bir  jamiyatga  uyushuvi  va  ularning  bir-biriga  byerib 

turadigan o’zaro yordami,  o’sha jamiyatning turlari hamda idyeal shahar va mamlakatlarning oddiy 

shahar  va  mamlakatlardan  farqi, ularni tashkillashtirish yo’l-yo’riqlari va qonun-qoidalari haqida 

fikr yuritiladi. YAna idyeal o’lkalardagi oliyjanob hokimlar va ularning sifatlari ko’rsatilgan. 

     Forobiy  fikricha,    yaxshi  podshohlar    kishilar    hayotini    yaxshilashga    va  baxtli  turmushga 

intiladi.    Ana  shu  zaruriyat  uchun  hukmdor,  idora  qiladigan  hukumat  va  yagona  diniy  e’tiqod 

zarurligi  qayd  etilgan.    Eng  mukammal  davlat  dyeyilganda  butun  yer  yuziga  hokim  bo’lgan 

hukumat  tushunildi.  YAna  hokim  uddasidan  chiqa  olmasa  unga  ikkinchi  va  uchinchi  hukmdor  

yordamchilari tayinlanishi zarurligi qayd etildi. Hukmdorlar jamiyatning ipidan ninasigacha bilishi 

va adolat bilan ish yuritishi lozim. 

     Forobiyning  o’zi    ko’plab    urushlarni,    adolatsizlik    va  zolimlikni,  ularning  insoniyatga 

kyeltirgan  ofat  ziyonlarini  tasavvur  qilib  ko’rgan.  Unda  shoxlarning  taxt  talashlari,    aka  bilan 

ukaning  boylik  talashib  qilgan  qonli  to’qnashuvlari  Forobiyning  doimo  g’ashiga  tyegar  edi.    SHu  

sababli    u  idyeal  mamlakat    nazariyasini  ko’tarib  chiqdi,    o’z  davridagi  shohlarni  unga  undadi. 

Forobiy shohlarning ilmsizligi tufayli juda ko’p noma’lum  ishlar yuz byeradi dyeb tushundi.  SHu 

sababdan,  u shohlarning ilm-ma’rifatdan har tomonlama xabardor bo’lishiga tarafdor edi. 

     Ibn  Sino    ham  davlatni  idora  qilish  usullari,    harbiy  fan  va  nikoh  masalalariga  doir  asarlar 

yozgan.    Uning  "Axloq    haqidagi  risola",    "Ahd  risolasi",  "Nafsni  pokiza  tutish  haqidagi  risola",  

"Badan  siyosati"  kitobida  insonni  yaxshi  fazilatlari  to’g’risida  gapirib,    yaxshi  va  yomon  xulqlar 

odatdyek paydo bo’ladi, xalqning yaxshi yoki yomon xulqli bo’lishiga hukumat ahillari katta ta’sir 

ko’rsatadi, dyeydi. 

     A.Navoiy  ham  1472  yilda  vazirlik  lavozimiga  tayinlanganidan  kyeyin  ko’plab  ibratli  ishlarni 

amalga oshirdi.  Tarixchi Xondamir ma’lumotlariga ko’ra, Navoiy  mamlakatda madaniy,  qurilish 

va  obodonchilik  ishlarini  rivojlantirishda  ajratilgan  davlat  xazinasi  mablag’laridan  tashqari 

byevosita  o’zining  shaxsiy  boyliklarini  ham  sarf  qilgan.  A.Navoiyning  zamondoshi  Binoiy 

quyidagilarni  qayd  etadi:  "Uning  davrida  Hirot  eng    go’zal,    obod  bo’lib,  tikanzorlar  ham  bog’ga 

aylandi.  Olimu  fozillar,  shoiru  san’atkorlar  shahriga  aylandi.    Adabiy  muhit  va  madaniy  hayot 

yuksaldi.    Hirotdagi  imoratlar  uni    jahondagi  barcha  shaharlardan  chiroyli  qildi".  Navoiy  o’z 

mulkida  ishlovchi  myehnatkashlarga  himmat  va  marhaman  bilan    qarardi,    soliqlarni  ancha 

yengillashtirardi,  yetimlarga,  musofirlarga,  ilm-fan,  san’at  va  adabiyot  ahllariga  in’om-ehsonlar 

qilardi. Tarixchi Xondamir ma’lumotiga ko’ra, Navoiy 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik, 8 hammom, 

ko’pgina to’g’on va masjidlar qurdirgan. Ularning umumiy soni 300 dan ortiqdir. Navoiy o’zining 

ma’lum  bir  vaqtini  sulton  Husayn  Boyqaro  bilan  uning  farzandlari  o’rtasidagi  toju-taxt  va  davlat 

talash mojarolarini bartaraf etishga qaratgandi. 


Каталог: mexmat -> books -> I%20blok%20fanlari
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti algebra va geometriya
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti
I%20blok%20fanlari -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat un


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling