Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot vaqti -2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli
- O’quv mashg’ulotining maqsadi: Orta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz
- Pedagogik vazifalar
- O’quv faoliyati natijalari
- » mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari
- 5- Mavzu: Orta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uygonish (renessans) davri. Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qoshgan hissasi
- Dars o’tish vositalari
- Tayanch so’zlar va tushunchalar
- Xalifa Xorun ar-Rashid
Ma’ruza mashg’ulotlari 5-mavzu O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (Renessans) davri. Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qo'shgan hissasi 1.5. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli Kirish-axborotli ma’ruza Ma’ruza rejasi 1. O'rta Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishi (renessans)ni ta'min etgan tarixiy shart sharoitlar. 2.1X-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg'onish (renessans) davri madaniyati va uning ahamiyati. O’quv mashg’ulotining maqsadi: O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (Renessans) davri.Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qo'shgan hissasi haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash
O'rta Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishi (renessans)ni ta'min etgan tarixiy shart sharoitlar haqidagi bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash; 1X-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan
uyg'onish (renessans) davri madaniyati va uning ahamiyati to’g’risidagi bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash O’quv faoliyati natijalari: O'rta Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishi (renessans)ni ta'min etgan tarixiy shart sharoitlar haqidagi bilimlarni aytib beradi mustahkamlash; IX-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg'onish (renessans) davri madaniyati va uning ahamiyati gapirib beradi.
Ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol- javob, suhbat, tushuntirish, klaster
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, kompyuter texnologiyalari, slaydlar
Texnik
vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya Monitoring va baholash Og’zaki nazorat, savol-javob 119
1.2. « O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (Renessans) davri. Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qo'shgan hissasi » mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
1.1.O’quv kursi nomini aytadi. Ekranga o’quv kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, mavzular ro’yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi 1.2.Birinchi mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi. 1.3.Klaster asosida o’tiladigan mavzuning mazmuni va mohiyatini qisqacha yoritadi Tinglaydilar.
Tinglaydilar
2- bosqich Asos
iy bosqich (55
daqiqa) 2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo’llaydi:
O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (Renessans) davri ning
o’ziga xos
xususiyatlarni ayting?
O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg’onish davriga hissa qo’shgan olimlarni ayting?
IX asrda dastlab qaysi shaharda Bayt ul- hikma» tashkil topgan?
Xorazm Ma’mun akademiyasi to’g’risida nimalarni bilasiz?
Abu Nasr Farobiyning ilm-fanga qo’shgan hissasiga baho bering?
Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari to’g’risida ayting?
Markaziy Osiyolik allomalardan qaysilari astranomiya ilmiga katta hissa qo’shgan?
2.2 Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi. 2.3. Ekranda slaydlar namoyish etish bilan IX- XII asrlarda ro’y bergan uyg’onish davri, uning taraqqiyoti haqida to’liq ma’lumot beriladi Talabalar diqqatini mavzuning asosiy jihatlariga karatadi, ularning dolzarb va
ahamiyatli ekanini asoslaydi. 2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini aytadi. Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo’naltiradi, zarur maslahatlar beradi. 2.5. Bir nechta talabaning ish natijasini tekshiradi, Savolga javob
beradilar. Fikrlarini bildiradilar.
Tinglaydila r, zarur
ma’lumotlarni yozib oladilar.
yakka tartibda bajaradilar.
Ish natijasini taqdim kiladilar.
Tinglaydila r,
zarur ma’lumotlarni yozib oladilar.
120
talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi. Zarur bo’lsa, qo’shimchalar kiratadi va ushbu savol bo’yicha to’liq ma’lumot berishini aytadi. 2.6. Rejaning ikkinchi savoliga doir bo’lgan slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq yoritadi 2.7. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi 3. Yaku
niy bosqich (10
daqiqa) 3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: (1) o’tilgan mavzu asosida B/B/B jadvalini to’ldirib kelish. B/B/B jadvalini to’ldirish qoidasini tushuntiradi (6-ilova); (2) ikkinchi mavzu bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelish. Savollar beradilar.
Vazifani yozib
oladilar.
5- Mavzu: O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (renessans) davri. Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qo'shgan hissasi Ryeja: 1.O'rta Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishi (renessans)ni ta'min etgan tarixiy shart sharoitlar. 2.1X-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg'onish (renessans) davri madaniyati va uning ahamiyati. Asosiy adabiyotlar: 1. Karimov I.A. "O’zbyekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li". T: "O’zbyekiston", 1992. 2. Karimov I.A. "Istiqlol va ma’naviyat". T: "O’zbyekiston", 1994. 3. Karimov I.A. Imom al Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilishiga bag'ishlangan marosimda so’zlagan nutqi. «Xalq so’zi». 1998y, 24-oktyabr. 4. Asarlar, T.7,183-187 b 5. Karimov I.A. Ahmad-a l F a r g ' o n i y haykalining ochilishiga bag'ishlangan marosimda so'zlagan nutqi Xalq so'zi», 1999. 25-oktvabr. Asarlar, T.7, 187-192b 6. Karimov I.A. Burxoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqi, - Asarlar, T9, 13-123 b 7. Karimov I. A. Imom Motrudiy tavalludiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqi, - Asarlar, T.9, 122-132 b 8. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 9. Abdunabiyev A. "Vklad v mirovuyu tsivilizatsiyu". T: "O’zbyekiston", 1998. 10. Axmyedov B. "Tarixdan saboqlar". T: "O’qituvchi", 1994, 37-51-53,162 byetlar. 11. Vambyeri X. "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi". T: "Fan", 1990. 12. Buyuk siymolar, allomalar (1-2 kitob). T: "Myeros", 1995, 1996. 13. O’lmas obidalar. T: "Fan", 1989. 14. O’rta Osiyo xalqlari hurfikrligi tarixidan. T: "Fan", 1990, 54-104 byetlar. 15. Nizomulmulk. Siyosatnoma. T: "Adolat", 1997. 16. Hamidov H. SHohnomaning shuhrati. T: "O’zbyekiston", 1991. 17. Usmonov Q. Sodiqov M., Oblamurodov N “O’zbekiston tarixi”. – T., 2002 y. 18. Xayrullaev M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri. – T.,O’zbekiston, 1971 y. 19. O'lmas obidalar. T., «Fan». 1989y. 20. O'rta Osiyo xa lq la r i hurfikrligi tarixidan. T., «Fan», 1990, 54-106 betlar. 21. Xayrullaev M.M “Ma’naviyat yulduzlari”., T. 2001 y 22. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003 191-267 b 121
23. Q.Usmonov., M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. Qo’shimcha adabiyotlar: 24. Abdinabiyev A. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T., «O'zbekiston», 1998y. 25. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.- T.,O’qituvchi, 1994y, 37-53 b 26. Vamberi X. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. T., «Fan», 1990y. 27. Uvatov U. Donolardan saboqlar. P., «Abdulla Qodiriy», 1994y. 28. www.xonatlas.uz –O’zbekiston madaniyati. 29. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
kyelishi hamda buyuk allomalarning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan hissalarini tarixiy manbalar asosida yoritib byerishdan iborat. SHuningdyek buyuk allomalar ilmiy myerosidan faxrlanish tuyg’usini shakllantirishdan iborat.
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 6.
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Yo`qlama- 5-minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut YAngi mavzu bayoni – 50 minut Sinov savollar namunasi – 5 minut Uyga vazifa byerish – 3 minut
Ryenyessans, iqtisodiy-madaniy aloqalar, ma’naviy ta’sir, “musulmon madaniyati”, “Donishmandlar uyi”, iqtisodiy va madaniy markazlar, “Donolik uyi”, mashhur allomalar, siyosiy tarqoqlik, Ulug’byek faoliyati, “Tyemuriylar uyg’onish (ryenyessansi)”.
Ma’lumki, kishilik jamiyatlarida ijtimoiy taraqqiyot turli sabablarga ko’ra bir mye’yorda kyechmagan. Ularda umumiy rivojlanish bilan birga ko’plab kutilmagan tabiiy ofatlar, qirg’inbarot urushlar, istiloyu-bosqinlar, hisobsiz vayronagarchiliklar bo’lgan. Lyekin, ma’lum davr o’tishi bilan inson kuchi va shijoati tufayli barcha tangliklar va tushkunliklar oldi olindi, qaytadan moddiy va ma’naviy tiklanishga erishilgan, yangi taraqqiyot sari yo’l tutilgan. Fanda bunday yirik, salmoqli yuksalishni “uyg’onish”, “ryenyessans” dyeb atashgan. Frantsuz tilidan olingan “ryenyessans” so’zi tiklanish, uyg’onish ma’nosini bildiradi. Bu so’z qadimgi yunon madaniyatini tiklash ma’nosida ham ishlatilgan. Kyeyinroq bu so’z odatda u yoki bu hududda, mamlakatda yuz byergan moddiy, ilmiy, ma’rifiy- ma’naviy jixatdan katta yuksalish davrini qayd etishda qo’llaniladigan bo’ldi. XV-XVII asrlar jahon tarixida ryenyessans yoki uyg’onish davri, dyeb qayd etilishi bizga ma’lum. Qator g’arb olimlari bunday ryenyessans dastlab XV asrda Italiyada, kyeyin XVI asr atrofida G’arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida birin-kyetin konkryet ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda yuz byergan, dyeb hisoblaydilar. Bu madaniy yuksalish, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy
122
o’zgarishlar bilan, jamiyat hayotida shaharlarning, shahar madaniyatining, hunarmandchilik ishlab chiqarishning rivoj topishi bilan bog’liq bo’lgan. Ryenyessansning dastlab Italiyada boshlanish sababi shuki, u o’sha davrda O’rta dyengizda, tyemir va havo yo’llari bo’lmagan bir vaqtda, suv yo’li orqali savdo-sotiqni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan turli iqtisodiy-madaniy aloqalarni avj oldirishda markaziy o’rinlardan birini egalladi. Italiya suv yo’llari orqali byevosita rivoj topgan SHarq mamlakatlari, xususan, arab davlatlari bilan yaqindan aloqada bo’lishga intildi. IX-XII asrlarda YAqin va O’rta SHarq xalqlari, musulmon SHarqi madaniyatining yuqori cho’qqisiga ko’tarilgani ma’lum. Italiyaning bu millatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari Yevropada Ryenyessans vujudga kyelishida muhim rol’ o’ynaydi. YAna Italiyaning sharqida XV asrga qadar davom etgan Ispaniyadagi arab davlati Qordova xalifaligida musulmon madaniyatining rivojlanishi, XII-XIV asrlarda Xorazmiy, Farg’oniy, Marvoziy, Farobiy, Ibn Sino va boshqalar asarlari lotin tiliga tarjima qilinishi orqali Yevropaga tarqaldi va Ryenyessans madaniyatining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Haqiqatda VIII-IX asrlarda arab xalifaligi SHarqda eng kuchli rivoj topgan impyeriyaga aylandi. Bu davrda Bog’dod iqtisodiy va madaniy tomondan eng rivojlangan shaharlardan biriga aylandi. Bu yerda madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi. Bu davrda turli mamlakatlardan kyelgan kishilar tomonidan kyeng ilmiy muhokamalar uyushtirildi. Boshqa tillardan arab tiliga kitoblar tarjima qilindi. Bu yerda birinchi akadyemiya “Donolik uyi” tashkil topdi. Akadyemiyada arab, yahudiy, fors, turk, hind, yunon olimlari birgalikda ish olib borganlar. Bu davr adabiyotlarda YAqin SHarqda Uyg’onish davri madaniyati sifat ila talqin etiladi. SHubhasiz, bu jarayon boshqa o’lkalar madaniy rivojlanishga katta ta’sir ko’rsatdi. G’arb mamlakatlarida ryenyessans jarayonining orqada qolish sababini dyeyarli 700 yil davomida inkvizitsiya, ya’ni chyerkovning hurfikrlikka qarshi shafqatsiz hukmronligi ustun bo’lishi bilan tushuntirish mumkin. Masalan, Vizantiya impyeratori YUstinian dindan o’zga bilimlarni targ’ib qilganlarga o’lim jazosini byelgilagan edi. Erksyevarlar gulxanlarda tiriklayin yondirilgan. Yevropaning ko’pchilik mamlakatlari XV-XVII asrlardagina ana shunday jaholat hukm surgan muhitdan chiqib, uni bartaraf etgandan kyeyingina moddiy-madaniy tiklanishga, uyg’onish pallasiga kirganlar. Markaziy Osiyoda yuz byergan Ryenyessans Yevropadan olti asr ilgari, ya’ni IX-XII asrlarda yuz byerdi. Uning ko’lami va jahon tsivilizatsiyasiga ta’siri ham boshqacha edi. Markaziy Osiyoda insoniyat tsivilizatsiyasining va davlatchiligining miloddan avvalgi ming yillardayoq O’lkamizda ijtimoiy taraqqiyotning takomillashuvi, moddiy va ma’naviy taraqqiyot, xususan diniy e’tiqodlar, dastlabki yozuvlar, davlatlar va shaharlarning paydo bo’lishi, sug’orma dyehqonchilikning yuzaga kyelishi va uning kyengayishi, ko’p qirrali hunarmandchilik kabi muhim masalalar to’g’risida ma’lumot byerilgandi. Milodiy yuz yilliklar boshlaridan faoliyat ko’rsatgan Kushon podsholigi, Eftalitlar davlati va Turk hoqonligi davrlarida ham Xorazm vohasida, Sug’diyonada (Samarqand, Buxoro, Qarshi), Ustrushonada (Sirdaryo va Jizzax), CHoch (Toshkyent va uning atrofi), CHog’inyonda (Dyenov, Tyermiz), Farg’ona vodiysida moddiy va madaniy taraqqiyot davom etdi. Ilk o’rta asrlardayoq mye’morchilikda yangi qurilish g’oyalari va naqsh usullaridan foydalanildi, binokorlikda pishgan g’isht ishlatila boshlandi. Bu fikrimizni qadimgi Varaxshadagi hashamatli saroyning o’ta yuqori did va murakkab muhandislik yechimi asosida bino etilganligi bilan isbotlash mumkin. Bu davrlarda ko’plab yangi shaharlar barpo etildi, qishloq joylarda esa turar joylar yuzaga kyeltirila boshalandi. Bu hol o’lkamizda o’troqlashish jarayonining tyezlashayotganligidan dalolat byeradi. Markaziy Osiyoning turli joylarida foydali qazilmalar ishga tushirildi. Kulolchilik, to’qimachilik, tyemirchilik, misgarlik, zargarlik kabilar rivoj topdi. Savdo-sotiq jonlandi. Sug’orma dyehqonchilik kyengaydi, yangi suv omborlari, to’g’onlari va kanallari barpo etildi. VI-VII asrlarda o’lkamizda savodxonlikka intilish yuqori bo’lgan. Sug’diyonada o’g’il bola 5 yoshga to’lgach yozuv va hisobga o’rgatilgan. U 20 yoshga to’lganida savdo ishlaridan xabardor bo’lishi uchun chyet elga yuborilgan. Samarqandda maxsus husnixat maktabi bo’lgan. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, badiiy yog’och o’ymakorligi, ganchkorlik ancha rivoj topgan. Musiqa va bastakorlikka alohida e’tibor qilingan. Ma’lumotlarga ko’ra, arablar bosqini arafasida o’lkamizning o’yinchi yigitlari va raqqosa qizlari va maqomchilari Xitoy impyeratori saroyida o’z san’atlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Bu davrda turli diniy e’tiqodlarning O’zaro 123
munosabatlari xalqlar osoyishtaligini ta’minlagan, tabiiy fanlarni bilishga, mavjudotni kyengroq anglashga, atrof muhitni chuqurroq tushunishga intilishgan. O’sha paytlarda taqvimlar tuzilganligi, Xorazmda esa rasadxona bo’lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Lyekin, 704-715 yillardagi arablar istilosi natijasida Markaziy Osiyoning mahalliy xalqlari moddiy va ma’naviy jihatdan katta zarar ko’rdi: yerli hokimiyat tugatildi, shaharlar, qadimgi madaniyat yodgorliklari, mavjud yozuvlar yo’q qilindi. Kitoblar yondirilib yuborildi, arxityektura, san’at namunalari barbod bo’ldi. Ilm-ma’naviyat fidoyilari qurbon etildi. Xalq xalifalikka, yangi dinga qaram etildi. Mustamlakachilarning hisobsiz kyeltirgan moddiy va ma’naviy zararlari tufayli narozilik kuchaya bordi, xalq mustaqillikni tiklash uchun kurashga qO’zg’aldi. VIII-IX asrlarda Abu Muslim, SHariq ibn SHayx, Sumbatmag va Muqanna boshchiligidagi xalq qO’zg’olonlari bo’lib o’tdi. Ana shu xalqning mustaqillik uchun kurashi natijasida IX asrdan boshlab Markaziy Osiyoda Toxiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar nomi bilan 3-4 asr davomida mustaqil davlatlar vujudga kyeldi. Ular uzoq umr ko’rmay yo’k bo’lib kyetsa-da, YAqin va O’rta SHarqda yangi shakllangan musulmon o’lkalari o’rtasida iqtisodiy-madaniy aloqalari kyengayishini ta’minladi. Madaniyat namunalari bilan almashuvni tyezlashtirdi, Aniqrog’i, o’zaro ma’naviy ta’sirini kuchaytirdi. Qadimgi hind, eron, arab, yunon madaniy boyliklari qorishib “musulmon madaniyati” dyeb nomlangan yangi madaniy qatlam vujudga kyeldi. Qadimgi madaniy an’analarga boy bo’lgan Markaziy Osiyo xalqi mustaqillik tufayli bu davr ichida o’z madaniyatini yuksaklikka ko’tara oldi. Ryenyessans, ya’ni Uyg’onish davri boshlandi, o’lkamizda ilm-fan ma’naviyat tarixda misli ko’rilmagan namunalar yaratdi. SHo’rolar hukmronligi davrida bizlarga barcha hukmdorlar johil bo’lganlar, kishilarga hyech bir yaxshilikni ravo ko’rmaganlar, doimo adolatsizlik bilan ish tutganlar, dyegan noto’g’ri g’oyalarni singdirishga harakat qilinardi. Aslida esa IX-XII asrlardagi Ahmad, Nasr, Ismoil Somoniylar, Alptakin, Mahmud G’aznaviy, To’g’rulbyek, Sanjar, hukmronlarimiz va ularning atrofidagi amaldorlarning aksariyati ilmli, mulohazali, adabiyot va san’atga myehr qO’ygan kishilar bo’lgan. Buxoro va Xorazmda istye’dodli olimlar va adiblar hukmdorlar saroylarida vaqti-vaqti bilan uchrashib muhim masalalarda mushohada qilganlar, zaruriyat to’g’ilganida ilg’or va foydali fikrlar vazirlar tomonidan qO’llab-qO’vvatlangan. Xorazm hukmdori Abul Abbos Ma’mun (990-1017 yy.) tashabbusi bilan “Donishmandlar uyi” ya’ni fanlar akadyemiyasi tashkil topgan. Unda Ahmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Byeruniy, Ibn Sino, Ibn Al- Xammyer kabi buyuk allomalar faoliyat ko’rsatganlar. Lyekin, Xorazmdagi “Ma’mun akadyemiyasi” uzoq uzilishlardan kyeyin 1997 yilda O’zbyekiston Ryespublikasi Pryezidyenti I.Karimov tashabbusi bilan qayta tiklandi. X-XII asrlari Marv, Tyermiz, Samarqand, Toshkyent, Quva, Xo’jand, Karmana va boshqa shaharlardagi ilm maskanlarining asosiy qismi, ayniqsa kutubxonalar hokimiyat arboblari xomiyligida yuzaga kyelgan, Kitob bozorlari muntazam ishlab turgan. X-XI asrlarda Farg’ona vodiysiga Axsikyentdagi qurilish ishlarida pishiq g’ishtdan kyeng foydalangan va katta diamyetrli yer osti sapol quvurlar yordamida shaharni barcha joylari suv bilan ta’minlangan. YAna shuni eslatish joizki, ana shu moddiy va ma’naviyat madaniyatini rivojlanishiga Movarounnahr va Xuroson halqlarining qadimdan boy madaniy an’analarga ega ekanligini ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ilk o’yg’onish davri shart-sharoitlari va omillari borasida fikr bildirilganda arablar bosqini jarayoni ta’siriga munosabat bildirmaslik mumkin emas. Mavjud tarixiy tadqiqotlarda arablarning salbiy roliga yetarlicha o’rin ajratilgan. Ayrim tarixchilarimiz, arablarning ko’pchiligi badavlat edi, ko’chmanchi-chorvador bo’lgan, ularda urug’chilik, qabilachilik ustun darajada saqlanganligi bois madaniyat darajasi ham Markaziy Osiyodan ancha past bo’lgan, dyegan xulosalarni qilgandi. Agar bu fikr VII asr boshlaridagi arab qabilalari va shakllanib borayotgan arab davlatchiligi to’g’risida bilidirilsa unga qO’shilish mumkin. Lyekin, VIII asr o’rtalarida kuchli arab xalifaligi yuzaga kyelgandi. Islom dini aqidalari atrofida birlashgan arablar borgan sari ko’chayib, davlat esa tyez mustahkamlanib bormoqda edi. Bosib olingan ko’pchilik o’lkalarning moddiy va ma’naviy boyligi xalifalik qudratini kundan-kunga oshirardi. Ummaviylar sulolasi hukmronligi davridayoq (661 yildan kyeyin) arab qO’shinlari yaxshi qurollangan va qattiq intizomga ega bo’lgan. Abbosiylar sulolasining hokimiyat tyepasiga kyelishi xalifalik qudratini yanada oshirdi. Ular byenihoya katta saltanatni idora qilishda uni taraqqiyotini ta’minlashda ilmu-fanning ahamiyatini yaxshi tushunar 124
edilar. Qur’onning ilm olmoq farzdir, Muhammad alayhisallomning inson byeshikdan to qabrgacha, ya’ni bir umr ilmga intilmog’i darkor, dyegan qoidalaridan ham ustalik bilan foydalanildi. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809 y.) va uning O’g’li al-Ma’mun (813-833 y.) o’z tasarrufidagi o’lkalardan va boshqa mamlakatlardan taniqli olimlarni xalifalikning yangi poytaxti Bog’dodga taklif etdilar va ularning samarali ishlashlari uchun sharoit yaratdilar. Qisqa vaqtda Bog’dodga fanning turli sohalaridan 300ga yaqin olimlar to’plangandi. Bularning aksariyati Markaziy Osiyo, Eron, SHom (Suriya), Hindiston kabi mamlakatlardan bo’lgan. Buning boisi shundaki, Arab istilosidan kyeyin mustamlaka o’lkalarda arab tili davlat, islom dini va fan tili darajasiga ko’tarildi. Arab tili va islom dinini egallagan shaxslarning jamiyatdagi o’rni va nufuzi oshirildi. Bu arab tiliga nisbatan hayotiy extiyojni kuchaytirdi. SHu sababdan Movarounnahr va Xorazmda arab tilini yaxshi bilgan tolibi ilmlar borgan sayin ko’payib bordilar. Hattoki, ular Damashq, Qohira, Bog’dod, Kufa, Balx kabi yirik shaharlarga Markaziy Osiyodan borib fan va madaniyat taraqqiyotiga o’z hissasini qO’shganlar. Ahmad Farg’oniy, Al Xorazmiy, Byeruniy, Ibn Sino, Ibn al-Xammor, Abu Saxl Masixiy, Ibn Iroq kabi allomalarimiz yaratgan ixtirolari arab tili orqali lotin tiliga o’girilgan, so’ngra Yevropa tillariga tarjima qilingan va jahon tsivilizatsiyasidan mustahkam o’rin olgan. Markaziy Osiyo arab xalifaligiga, musulmon dunyosiga kirgandan kyeyin VIII-XII asrlarda islom o’lkalari va jahon madaniyati rivojida yetakchi o’rinlarni egallay boshladi. Islom dini, adabiyot, tabiiy fanlar, tarixnavislik, san’at, falsafa, huquqshunoslik, ijtimoiy tafakkur kabi madaniyatning barcha sohasida buyuk siymolar va mutafakkir olimlar yetishib chiqdilar. Bu o’lkada Buxoro, Marv, Samarqand, Tyermyez, Urganch, Xo’jand, Toshkyent, Marg’ilon, Binkyent, Kyesh (SHahrisabz), Nasaf (Qarshi) kabi shaharlar davrning rivojlangan va madaniy markazlariga aylandi. Bu davr madaniyatining xaraktyerli tomonlaridan biri shuki, ilm-fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy fikr asarlari 3 tilda - arab, fors-tojik va turkiy tillarda ijod etildi. Arab tili ilohiyot, din, dinshunoslik ilmlari, falsafa va fan tili sifatida, YAqin SHarq mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlar tili sifatida kyeng qO’llanilsa, fors-tojik tili ko’proq adabiyot, san’at, badiiy madaniyat tili sifatida kyeng rivojlandi. Turkiy til esa Markaziy Osiyo xalqlari orasida so’zlashuv tili, Qoraxoniylar hukmdorligi davrida adabiyot, jamiyatshunoslik ilmlari, davlat tili sifatida qO’llanildi. Bu uch tilning bir vaqtda qO’llanilishi madaniy rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Arab tilining mahalliy ziyolilar tomonidan o’zlashtirilishi va kyeng foydalanilishi Markaziy Osiyo xalqlarining arab tilidagi boy madaniyat boyliklar bilan yaqindan tanishishiga hamda o’z ma’naviy yutuqlarini kyeng musulmon olamiga olib qolishiga imkon byerdi. XII asrdan boshlab arab manbalari Yevropada lotin tiliga tarjima etila boshladi, natijada Yevropa mamlakatlari ham bu yutuqlardan foydalana boshladi. Bu davrda Markaziy Osiyo, butun musulmon dunyosi madaniyatiga qadimgi yunon ilm-fani, madaniyatining ta’siri ham kuchaydi. To’g’ri, milodgacha IV asrning birinchi yarmida makyedoniyalik Iskandar tomonidan Markaziy Osiyoni bosib olinganidan kyeyingi davrlarda bizning qadimgi yunon madaniyati bilan tanishuv yuzaga kyelgandi. Lyekin, IX asr oxiri X asrning boshlarida arab xilifaligidagi madaniyat yuksalish sharoitida yunon madaniyati Markaziy Osiyoda kyeng tarqaldi. Bog’doddagi saroy qoshida “Donolik uyi”da amalga oshirilgan tarjimalar tufayli qadimgi yunonning buyuk mutafakkir olimlari Platon, Aristotyel’, Yevklid, Arximyed, Galyen, Gippokrat, Porfiriy, Sokrat kabilarning falsafa, riyoziyot, falakkiyot, tabobat, shye’riyat, mantiq va dinshunoslikka oid asarlari Markaziy Osiyoga kyeng tarqaldi va o’lkaning madaniy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Mavoraunnahr va Xuroson olimlari yunon olimlari ilg’or g’oyalarini o’rganish bilan birga rivojlantirishga ham zo’r hissa qO’shishga erishdilar. SHunday qilib, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ilk o’rta asr fan va madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida xalqlarimizning qadimdan boy madaniy an’analarga ega bo’lishligi, arab istilosidan kyeyingi davrda markazlashgan mustaqil davlatlar sharoitida vujudga kyelgan ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy-madaniy qulay vaziyat, turli hududlar va xalqlar madaniyatlarining o’zaro ta’siri, qorishuvi bosh omillar bo’lib xizmat qildi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling