Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
- Mavzu Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va tushunchalar
- Sulton Jaloliddin Mangubyerdining hayot yo’li” nomli asarida Jaloliddin
6- Mavzu Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jalolidd1n Manguberdi Ryeja: 1 . Mo 'g 'u lla r hujumi arafasida Xorazmshohlar davlatidagi vaziyat.E lc h i l ik munosabatlari. 2.Mo"g'ullarning O 'r t a Osiyoga harbiy yurishlari. Jaloliddin Manguberdi jasorati. 3.Chig'atoy ulusining tashkil topishi. Undagi boshqaruv tartibi,iqtisodiy va madaniy hayot. Asosiy adabiyotlar: 1. Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. T. SHarq, 1998 2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y 3. Karimov SH., SHamsiddinov R. Vatan tarixi, T.1997 4. Vambyeri X. Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi, T.1990 5. Murtozayeva R.X va boshqalar. O’zbyekiston tarixi (ma’ruzalar matni), T.2000,221-265 6. O’zbekiston tarixi. 1- qism. – T., Universitet, 1997 y. 7. Q.Usmonov, M.Sodiqova va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y.
8. Jaloliddin Mangubyerdi tavalludining 800 yilligi munosabati bilan O’zbzyekiston Ryespublikasi Pryezidyentining qarori. Xalq so’zi, 1998, 21-oktyabr’ 9. Mo’g’ullar istilosi (1218-1226), SHarq yulduzi, 1990, №-4 10. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
yozilgan manba va adabiyotlar asosida mo’g’ullar istilosi va uning oqibatlarini ochib byerishdan iborat. SHuningdyek Jaloliddin Mangubyerdi siymosi orqali talabalarda yuksak vatanparvarlik va mardlik tuyg’ularini shakllantirishdan iborat
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 7.
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy vaziyat mavzusining ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 132
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Yo`qlama- 5-minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut YAngi mavzu bayoni – 50 minut Sinov savollar namunasi – 5 minut Uyga vazifa byerish – 3 minut
YAlovich, O’tror fojyeasi, Inalxon, Jaloliddin Mangubyerdi, suyurg’ol, muzoriy
XII asrning II yarmida xorazmshohlar O’rta Osiyoda o’z xududlarini kyengaytirish bilan band bo’lgan bir vaqtda Mo’g’uliston yerlarida turli qabila va urug’lar o’rtasida hokimiyat uchun kurash kyetayotgan edi. Bu davrda bir - birlariga dushman urug’lar (mo’g’ullar, tatarlar, naymanlar, kyeraytlar, markitlar va b.) o’rtasida mulkdorlar va qabila boshliqlari manfaatlarini himoya qiluvchi davlat vujudga kyelayotgan edi. Sahroyi qabilalarni birlashtirgan bu yarim ko’chmanchi davlat boshlig’i Tyemuchin (1155 y. tug’ilgan) 1206 y mo’g’ul aslzodalari tomonidan chaqirilgan qurultoyda barcha mo’g’ul-tatar xonlarining ulug’ xoni etib saylandi va “CHingizxon” (“kuchli”) laqabi ostida hokimiyatni egalladi. CHingizxon o’z davlatida hokimiyatning 10 ta oliy lavozimini ta’sis etgan. U 150 kishidan iborat shaxsiy gvardiya va 10000 ta baquvvat jangchilardan qo’riqchilar tuzdi. U joriy etgan qonunga muvofiq har bir jangchi tinchlik paytida myehnat bilan band bo’lishi, harbiy safarbarlik davrida o’n, yuz, ming, o’n ming, tuman kabi bo’linmalar safida jang qilishi, har bir jangchi urushga o’zi bilan o’q - yoy, xanjar, qilich, qalqon, nayza, arqon, qozon, igna, bolta kabi zarur anjom - uskunalarni olib kyelishi shart edi. qo’shinlardan tashqari, harbiy zodagonlardan iborat saralangan navkarlar bo’lib, ular kyeshik dyeb atalgan va favqulodda hollardagina jangga kirgan. CHingizxon kuchli qo’shin bilan o’z hokimiyatini mustahkamlab olgach, qo’shni xalqlar yerlariga hujum boshladi. U 1206-1211 yillarda Sibir va SHarqiy Turkiston xalqlari (buryat, yoqut, oyrat, uyg’ur va qirg’izlar)ni bo’ysundirdi. SHundan kyeyin, CHingizxon Xitoyga hujum boshladi va 4 yillik urushdan kyeyin Pyekin shahrini egalladi (1215). SHu vaqtdan e’tiboran CHingizxon Muhammad Xorazmshoh davlati bilan astoydil qiziqib, xorazmlik savdogar Maxmud YOlovochdan, SHarqiy Turkiston va Xitoyga qatnovchi o’rta osiyolik savdogarlar Hasan Xo’ja, YUsuf O’troriy, Ali Xo’ja al-Buxoriylardan zarur ma’lumotlar olgan. 1218 y. CHingizxon Yettisuv xududlarini egallab olgach, Xorazmshoh huzuriga 500 tuyadan iborat karvon va elchilar jo’natgan. Biroq, karvon O’tror shahrida shahar noibi Inalxonning buyrug’i bilan talon-taroj qilinib, elchilar qatl etildi. CHingizxonning bu voqyea aybdorlarini jazolash, Inalxonni o’ziga byerish haqidagi talabiga Xorazmshoh rad javobini byerdi. SHunday qilib har ikkala tomon o’rtasida to’qnashuv sodir bo’lishi muqarrar bo’lib qoldi. Mo’g’ullar hujumi arafasida Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy ahvoli ancha og’ir edi. Mamlakatda mansabdor shaxslar va katta yer egalari bo’lgan aslzodalarning siyosiy tangliklardan foydalanib, mustaqil ish tutishga intilishlari fyeodal tarqoqlikni kuchaytirayotgan edi. Bunga Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon Xotun va uning Dashti qipchoqdan kyelib saroyda yuqori lavozimlarni egallab olgan qarindosh-urug’larining o’zboshimchaliklari ham sabab bo’layotgan edi. Bundan tashqari, Xorazmshohning xalifalikka tyegishli ko’plab yerlarning bosib olishi, 1217 y. Bag’dod sari qilingan muvaffaqiyatsiz yurish ham islom olamida uning obro’siga putur yetkazdi. SHunday sharoitda, Xorazmshohlar davlatiga mo’g’ullar hujumi boshlandi.
1218 yilgi O’tror voqyealari CHingizxonning Xorazmga yurishi uchun bahona bo’ldi. 1219 y. syentyabrida CHingizxon barcha qo’shin-larini O’tror atrofida to’plab, ularni to’rt yo’nalish bo’yicha taqsimladi. U qo’shinlarining bir qismini o’g’illari O’qtoy va CHig’atoy boshchiligida O’tror shahrini qamal qilishga qoldirdi. Ikkinchi qismini Jo’ji boshchiligida Sirdaryoning quyi
133
oqimida joylashgan Sig’nok, O’zgan, Jand, YAngikyent shaharlarini egallashga, uchinchi qismini Oloqnuyon boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimida joylashgan Binkat va Xo’jand shaharlarini egallashga yubordi. CHingizxonning o’zi esa asosiy qo’shinlari bilan Buxoroga yurish boshladi. Movarounnahr osmonida zulmat bulutlari yoyilgan, vatan taqdiri xavf ostida qolgan bir vaqtda Xorazmshoh Muhammadning o’zboshimchalik va kaltabinlik bilan olib borgan siyosati mamlakatni halokatga olib kyeldi. U o’g’li Jaloliddin va tajribali sarkarda Tyemur Malikning maslahatlarini e’tiborga olmasdan, kuchlarini yirik shaharlarga bo’lib tashladi. O’zi esa mamlakatni qiyin vaziyatda qoldirib, bir to’da qo’rqoq ayonlari bilan janubi-g’arbga qochdi. O’tror shahrini egallash uchun qoldirilgan mo’g’ul qo’shinlari uni 5 oy qamal qildilar. SHahar hokimi Inalxon boshliq mudofaachilar mo’g’ullar siquviga katta qiyinchilik bilan bardosh byerib turgan bir paytda Muhammad Xorazmshohdan norozi bo’lgan qoracha Hojib boshchiligidagi bir guruh shahar himoyachilar mo’g’ullar tarafiga o’tib kyetdilar. SHundan kyeyin mo’g’ullar O’tror shahrini egallab, uni talon-taroj qildilar va ommaviy qirg’in o’tkazdilar. Xorazmshoh qo’shinlarining bo’lib tashlanganidan foydalangan CHingizxon 1920 y. boshlarida Buxoro shahrini qamal qildi. Buxoro aholisi Ixtiyoriddin qushlu, Hamid Po’ra, qoraxitoy Suyunchxonlar boshchiligida shahar mudofaa qilindi. Biroq, kuchlar tyeng bo’lmagani va chyetdan madad kyelmaganligi tufayli himoyachilar taslim bo’ldilar. Mo’g’ullar Buxoro shahri egallab, uning noyob, mye’moriy yodgorliklarini vayron etdilar, machitlar otxonalarga aylantirildi. Buxoro egallangandan kyeyin CHingizxon qo’shinlari 1220 y. martida Samarqandga yurish boshladi. Samarqand shahri aholisi uzoq qamalga dosh byera oladigan darajada mudofaaga tayyorgarlik ko’rgan bo’lsada, tadbirkorlik va ahillik yetishmaganligi tufayli mudofaa-chilar taslim bo’ldilar. SHahar vayron etilib 30000 ga yaqin kishi qul qilindi. Xo’jand va Tyermiz shaharlari ham shu holga tushdilar. 1221 y. boshlarida Xorazmshohning o’g’illari Jaloliddin, Uzloqshoh va Oqshohlar Xorazmshoh vafot etganligi, Jaloliddin uning vorisi etib tayinlanganligini ma’lum qildilar. Biroq, saroydagi ziddiyatlar Jaloliddinga mamlakatni boshqarishga imkon byermadi va u Uzlokshoh foydasiga taxtdan voz kyechdi. Jaloliddin Tyemur Malik guruhi bilan yashirincha Xurosonga o’tib kyetdi. Uzloqshoh ham taxtni tashlab qochdi. Xorazm taxti qipchoq amiri Xumortakin qo’liga o’tdi. SHunday vaziyatda, CHingizxon va Jo’ji qo’shinlari Urganch shah-rini qamal qilishdi. SHahar mudofaasi yaxshi tashkil etilgan bo’lib, mudofaachilarga buyuk alloma Najmiddin Kubro va 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy boshchilik qildilar. Kubroning “YO Vatan, yo sharofatli o’lim” dyeb qilgan xitobi ostida urganchliklar qariyb 5 oy mo’g’ullarga qarshilik ko’rsatdilar. Biroq, yordamchi kuchlar bo’lmaganligi tufayli mag’lub bo’lishdi. Xumortakin mo’g’ullarga shahar darvozasini ochib byerdi. qattiq qirg’indan kyeyin shahar mo’g’ullar qo’liga o’tdi. 1221 y. oxirlarida CHingizxon Markaziy Osiyoning dyeyarli barcha xududlarida o’z hukmronligini o’rnatdi. CHingizxon Markaziy Osiyoni egallab olgan bo’lsada hyech qayerda Movarounnahrdagidyek qarshilikka uchramadi. O’tror, Xo’jand shaharlari aholisi, shayx Najmiddin Kubro va Jaloliddin Mangubyerdi boshliq mudofaachilar bosqinchilarga qattiq zarbalar byerdilar. Ayniqsa, Jaloliddinning jasoratlari tahsinga loyiqdir Jaloliddin Mangubyerdi Muhammad Xorazmshohning turkman xotini Oychyechakdan tug’ilgan (1199) bo’lib, mo’g’ullar O’rta Osiyoga bostirib kirganda, u 20 yoshga to’lgan barvasta yigit edi. Uning Muhammad Xorazmshohning vorisi sifatida mamlakatni boshqarishiga qarshi bo’lgan qipchoq amaldorlari ukasi Uzloqshohni taxtga o’tqazish payiga tushdilar. Bunday sharoitda davlatni boshqarishga ko’zi yetmagan Jaloliddin Tyemur Malikning ozgina qo’shinlari bilan Xurosonga yo’l oldi. Uning 700 kishilik qo’shini dastlab g’azna shahri yaqinida 30 ming kishilik mo’g’ullar qo’shinini tor-mor qildi. Jaloliddin g’aznada qaytadan qo’shin to’pladi. U qo’shinlari orasida boshlangan nizolarni bartaraf qilib, qat’iy harbiy tartib o’rnatdi. 1221 yil yozida mo’g’ullarning SHig’i qutxu nuyon boshliq qo’shinlari bilan Jaloliddin qo’shinlari o’rtasida Parvon dashtida bo’lgan jangda Jaloliddin qo’shinlari g’alaba qozondi. Tarixchilarning yozishicha “Jaloliddinning o’zi SHig’i qutxuning qo’shini o’rtasiga otilib kirib, uning harbiy tartiblarini buzib yuborgan va bayroqlarini otlarning tuyoqlari ostida poymol qilgan”. Jangda katta talofat ko’rgan SHig’i qutxu qolgan qo’shinlari bilan CHingizxonning Tollikondagi qarorgohiga qochgan. CHingizxon qisqa vaqt ichida qo’shinlariga bir nyecha marta zarba byergan Jaloliddinga qarshi o’zi jangga kirishgan. 134
Bu vaqtda Parvondagi jangda g’alaba qozonib ko’plab o’ljalarni qo’lga kiritgan Jaloliddin qo’shinlari o’rtasida ham bo’linish yuz byerdi. Jaloliddinning umumiy dushmani bo’lgan mo’g’ullarga qarshi jipslashishga qilgan da’vatlariga qaramay ayrim xalqlarning vakillari, jumladan, xalajlar, afg’onlar va b. qo’shinni tark etdilar. SHunday bo’lsada Jaloliddin mo’g’ullar uchun hali ancha xavfli kuch edi. CHingizxon qo’shinlarining uni o’rab olish va qo’lga tushirishga harakat qilayotganligi eshitgan Jaloliddin g’aznani tark etdi. Biroq, g’aznadan 50 chaqirim sharqda Jaloliddin mo’g’ullar bilan to’qnashib jang bilan chyekina boshladi. CHingizxon Sind daryosi bo’yida Jaloliddin qo’shinlarini o’rab oldi. Bu yerda bo’lgan uch kunlik jangda Jaloliddin mo’g’ullarning ko’plab qo’shinlarini qirib tashladi, o’zining ham barcha amirlari halok bo’ldi. Jami 700 ga yaqin qo’shin bilan qolgan Jaloliddinni CHingizxon tiriklayin qo’lga olish haqida bo’yruq byergan. Mo’g’ullar tomonidan o’rab olingan Jaloliddin qurshovdan chiqish imkoni yo’qligini ko’rgach oila a’zolari va qo’shinlariga o’zlarini daryoga tashlash haqida buyruq byergan. U oz sonli qo’shinlari bilangina narigi qirg’oqga chiqib olishga muvaffaq bo’lgan. SHundan kyeyin, Jaloliddin 10 yil davomida Hindiston, Eron, Iroq va Kavkaz ortida mo’g’ullar va b. dushmanlariga qarshi jang qildi. Jaloliddinning mo’g’ullar bilan so’nggi yirik jangi 1227 y. syentyabr oyida Isfaxon yaqinida bo’lib, unda mo’g’ullar yoppasiga qirib tashlandi. Mo’g’ul lashkarboshilaridan biri Tavkal no’yon Jaloliddinning harbiy talanti va jasoratini ko’rib, “Haqiqatan ham u o’z davrining bahodiri va tyengqurlarining dahosidir” dyeb tan olishga majbur bo’lgan edi. Jaloliddinning obru e’tibori oshib borishi bilan birga uning g’animlari ham ko’payib bordi. Nasaviyning yozishicha u ko’plab murakkab vaziyatlardan qutilib kyetgan bo’lsada, kutilmagan vaziyatda bir kurdning urgan nayzasi oqibatida halok bo’lgan. Bu xabarni eshitgan Mayofarikin hokimi al-Malik al-Muzaffar Jaloliddinni izzat-hurmat bilan ko’mish, qabrini boshqalar haqorat qilmasligi uchun tyekislab qo’yishi haqida farmon byergan. Jaloliddinning joniga qasd qilgan kurd va uning erkak hamqishloqlari o’ldirilgan. Tarixiy manbalarda jasur lashkarboshi haqida Jaloliddin Mangubyerdi to’g’risida ko’plab ma’lumotlarni uchratish mumkin. Ular orasida eng mukammali SHaxobiddin Muhammad Nasaviy qoldirgan ma’lumotlardir. 1224 yildan boshlab Jaloliddinning harbiy yurishlarida ishtirok etgan Nasaviy o’zining “Sulton Jaloliddin Mangubyerdining hayot yo’li” nomli asarida Jaloliddin haqida, “ U turk bo’lib, qora mag’iz yuzli, burni oldida qora xoli bor, o’rta bo’yli yigit edi. Fors tilida ham byemalol so’zlasha olar edi. U kamtarin, jiddiy odam bo’lib, hyech qachon baqirmas, so’kinmas, o’z atrofidagilar oldida o’zini juda yaxshi , sipo tutar edi. U ko’p gapirmas, hoholab kulmas, ahyon - ahyonda jilmayar edi. U adolatni hurmat qilar o’z fuqarolariga nisbatan adolatli bo’lishga intilar edi. O’z xalqining mushkulini yengillishtirishni yaxshi ko’rar edi. Biroq, u yashagan to’s-to’polon davr unga bunday xayrli ishni amalga oshirishga imkon byermadi. Sulton Jaloliddin eng og’ir, murakkab sharoitlarda ham qat’iy tura oluvchi, eng qiyin sinovlardan ham sira qo’rqmaydigan odam edi”, dyeb yozgan . SHunday qilib, o’z yurtining erki, ozodligi uchun mardonavor kurashgan qaxramon Spitamyen, Muqanna, Najmiddin Kubro va boshqalar qatori Jaloliddin Mangubyerdi Vatan ozodligi uchun jonini fido qildi. Xalqimiz hamisha o’z qaxramonlarini e’zozlab kyelgan. 1999 y. 5 noyabr kuni Urganch shahrida Jaloliddin Mangubyerdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’ldi. Yig’ilishda Jaloliddin Mangubyerdi sharafiga o’rnatilgan haykal ochildi. 3-masala: CHingizxon vafotidan kyeyin mo’g’ullar egallab olgan xududlar o’g’illari –Jo’ji, CHig’atoy, O’qtoy va To’lixonlarga bo’lib byerilgan edi. Mo’g’ul xonlari, no’yonlarining bosib olingan xududlarda davlatni boshqarish tajribasi va layoqati yetishmaganligi tufayli, ular ko’proq boy xududlarni talash, o’lpon o’ndirish bilan band bo’lishib, shaharlar hayoti va savdo-sotiqa byefarq edilar. Xonlar va no’yonlarning byetayin siyosati, ularning o’zaro hokimiyat va mulk talashib nizo chiqarishlar, mahalliy amaldorlarning ikkiyuzlamachiliklari va xushomadgo’yliklari O’rta Osiyo xalqlarini og’ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga solib qo’ygan edi. CHingizxonning ikkinchi o’g’li CHig’otoy hukmronlik qilgan (1227-1241) Movarounnahr, Yettisuv va SHarqiy Turkiston yerlari CHig’otoy ulusi dyeb atalgan. CHig’otoyning o’zi Yettisuvda yashab, Movarounnahrni boshqarishni Mahmud YAlovoch (1226-1238) va uning o’g’li
135
Ma’sudbyekka (1238-1289) byerib qo’ydi. Mahmud YAlovoch davrida Movarounnahrda bir qator norozilik harakatlari (jumladan, Mahmud Tarobiy boshchiligidagi 1238 yilgi qo’zg’olon) ko’tarilgan bo’lsa-da, Ma’sudbyek o’lka ijtimoiy- iqtisodiy hayotini yaxshilash bo’yicha ba’zi ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirdi. Uning ta’sirida mo’g’ul xonlari Guyukxon (1246-1248), Munkyexon (1251-1260) va Olg’uxonlar (1261-1266) Movarounnahrda tinchlik va tartib o’rnatishga harakat qildilar. Jumladan, Munkyexon jon solig’ini va pul muomalasini tartibga soldi, mo’g’ul aslzodalarining bu yerga kyelib, mahalliy boshqaruv ishlariga aralashishiga chyek qo’ydi. Bu davrda vayron bo’lgan Buxoro, Samarqand, Xo’jand, Toshkyent, Tyermiz, Urganch va b. shaharlar qaytadan tiklandi. Farg’ona muzofotidagi O’zgand, Axsikyent, Isfara, quva shaharlari obodonlashdi. SHu bilan birga, Andijon, qarshi singari yangi shaharlar paydo bo’ldi. SHaharlarning kyengayishi va obodonlashishida 1271 y. Ma’sudbyek tomonidan o’tkazilgan pul islohati katta rol o’ynadi. Movarounnahrda bir xil vaznda zarb etilgan kumush tangalar umumdavlat muomalasiga kiritildi. XIII asr oxirida Baroqxon vafotidan kyeyin CHig’otoy ulusi taxtini uning o’g’li Duvaxon (1291- 1306) egalladi. O’sha davrda Andijonning obod shaharga aylanishi Duvaxon nomi bilan bog’liqdir. Duvaxon vafotidan kyeyin boshlangan tartibsizliklarni uning ikkinchi o’g’li Kyepakxon (1318- 1326) qisman bartaraf etishga muvaffaq bo’ldi. U bir qator iqtisodiy va ma’muriy islohatlar o’tkazdi. Kyepakxon CHig’atoy ulusini mustahkamlash maqsadida xonlik markazini yaylovdan o’troq zonaga ko’chirtirdi. Natijada hozirgi qarshi shahri bunyod etilib, u ulus markazi qilib byelgilandi. Kyepakxon bir qator islohatlar o’tkazdi. 1321 y. o’tkazilgan pul islohati moliya tizimini izga solishda muhim rol o’ynadi. Ma’muriy islohatga ko’ra, Movarounnahr hududi tumanlarga (jumladan, Samarqand viloyatida 7 ta, Farg’ona viloyatida 9 ta) bo’lindi. Kyepakxon siyosatini Tarmashirin (1326-1334) davom ettirdi. U islom dinini qabul qilib, uni davlat dini darajasiga ko’tardi. Uning o’rniga kyelgan qozonxon (1334-1346) asosiy e’tiborini mahalliy va mo’g’ul amaldorlari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratdi. qozonxon vafotidan kyeyin hokimiyatni egallagan amir qozag’on (1347-1358) o’tmishdoshlaridan farq qilib, ko’chmanchi mo’g’ul aslzodalari manfaatlariga mos siyosat yuritdi. Mahalliy aholi manfaatlariga zid bo’lgan bu siyosat oqibatida ijtimoiy-siyosiy vaziyat kyeskinlashdi. Siyosiy kurashlar jarayonida amir qazag’on qatl etildi. Uning o’g’li Abdullohning hukmronligi ham uzoqa bormadi. Bu orada Mo’g’ulistondan bostirib kyelgan (1359) Tug’luq Tyemur Movarounnahrga jiddiy talofat yetkazdi. XIY asr o’rtalariga kyelib CHig’atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, Farg’onaning sharqiy qismi, SHarqiy Turkistondan iborat Mo’g’ulistonga va g’arbiy ulus-Movarounnahrga bo’linib kyetdi. O’sha paytda Xorazmning sharqiy qismi ham g’arbiy ulusga qarar edi. Bu Movarounnahrda hokimimyatga intiluvchi kuchlarning ko’payishigi va siyosiy vaziyatning yanada kyeskinlashuviga olib kyeldi. Mo’g’ullar istilosi Movarounnahr xalqlari boshiga qanchalik og’ir kulfatlar solmasin ajdodlarimizni bunyodkorlik ishlaridan sovuta olmadi. Bu davrda Urganya, qarshi, Andijon shaharlari qayta tiklandi, Samarqand, Buxoro, SHosh, Xo’jand kabi shaharlarda bir qator inshootlar bunyod etildi. XIII asrda qo’hna Urganchda bunyod etilgan balandligi 62 myetrlik minora, Buxoroda islom olamining yetuk allomalaridan biri Sayfiddin Boxarziy (1258 y. vafot etgan) maqbarasi, XIY asrda Samarqandda qurilishi davom etdirilgan SHohizinda majmui, Buxorodagi Bayonqulixon maqbarasi, qo’hna Urganchdagi Najmiddik Kubro, To’rabyekxonim, Xo’janddagi To’baxonim maqbaralari o’z davrining noyob yodgorliklari hisoblanadi. Bu davrda O’rta Osiyoda ilm-fan, ma’naviyat va badiiy adabiyot katta qiyinchiliklar bilan bo’lsada takomillashib bordi. Tarixshunoslik, ilmi-nujum, so’fiylik ta’limoti va b. bo’yicha bir qator asarlar yaratildi. Ular jumlasiga Najmiddin Kubro (1145-1221), shayx Sayfuddin Boxarziy Bahouddin Naqshband (1318-1389) ta’limotlari, Juvayniy (1383 y. vafot etgan), Fazlulloh Rashididdin (1318 y. o’ldirilgan) asarlari kiradi. Masalan, Rashididdinning “Jomye ut-tavorix” asariga ko’pchilik olimlar “Jahon tarixini” yaratishga dastlabki urinish sifatida qarashadi. Adabiy sohada Jaloliddin Rumiy, Muslihiddin Sa’diy, Amir Xusrav Dyehlaviy, Nosiriddin Rabg’uziy, Pahlovon Mahmud, qutbi Xorazmiy, Sayfi Saroyi va b. samarali ijod qildilar. Jumladan, asli xorazmlik bo’lib, kyeyinchalik Turkiyada yashagan Jaloliddin Rumiy (1207-1277) ning 6 jildli, 25 ming 700 baytdan iborat “Masnaviy”si, g’azalnavis shoir Sa’diy SHyeroziy (1219-1292) ning mashhur “Guliston” va “Bo’ston”i, Pahlavon Maxmud (1322 y. vafot etgan) ning chuqur falsafiy mazmunga ega bo’lgan 136
ruboiylari, XIII asr oxiri- XIY asr birinchi yarmida yashab ijod etgan Rabg’uziyning o’zbyek tili nasr namunasini o’zida aks etdirgan ikki jildlik “qissasi Rabg’uziy” asari o’sha davr adabiyotining yorqin namunalaridir.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling