Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81

2-masala: 

Tyemur  va  Tyemuriylar  davrida  ma’naviy-madaniyat,  ilm-fan  yuqori  darajada  rivojlandi. 

Hududimizda madrasalar X asrdayoq yuzaga kyelishiga qaramasdan uning haqiqiy rivojlanishi uni 

Amir Tyemur davriga to’g’ri kyeldi. SHu bois uni sharqda oliy ta’limning asoschisi dyeb ataydilar. 

Ko’pgina tarixni soxtalashtiruvchilar  bu davrdagi  fan rivojini  Amir Tyemurning chyetdan ko’plab  

olimlarni  olib  kyelishi  bilan  bog’lashga  urinadilar.  Bu  haqiqatni  Turon  zaminida  Amir  Tyemurga 

qadar ham Al Xorazmiy, Al Farobiy, Al Byeruniy, Al Farg’oniy, Ibn Sino, Al Buxoriy kabi buyuk 

allomalar  bo’lganligi  bilan  tushuntirish  mumkin.  Buning  asosiy  sabablari  Amir  Tyemurning  o’zi 

o’qimishli savodxon va ma’rifatparvar inson bo’lgan. Faqat o’qimishli, savodxon va ma’rifatparvar 

insongina  olimu-ulamo,  ziyoning,  yurt  tarakkiyotining  va  el  farovonligining  hamda  madaniy 

jabhadagi ishlarning qadrini bilish mumkin. 

O’z  ona  tilidan  tashqari  fors  va  mo’g’ul  tillarini  yaxshi  bilgan  Amir  Tyemur  mamlakati 

taraqqiyotiga  xalqning  madaniy  va  ma’naviy kamolotida  ilm-fan  va  ma’rifatning ahamiyatini  juda 

qadrlardi.  SHu  bois  u  o’z  yurtida  bo’lsin,  harbiy  yurishlari  sharoitida  bo’lmasin,  ularning  millati 

irqidan  kat’iy  nazar  kasb-hunar  egalari,  ustalar,  mye’morlar,  olimu  fuzalolar,  adabiyot  va  san’at 

arboblarini o’ta qadrlar, ular bilan doimo suhbatlashar, ularning fikr va mulohazalariga doimo qulok 

solar  edilar;  Ma’naviy  madaniyat  xodimlarining  ishlash,  yashash  va  ijod  qilishlari  uchun  barcha 

shart-sharoitlar yaratib byerilar edi. Tarixchi Ibn Arabshoh haqiqatni tan olib quyidagilarni yozishga 

majbur  bo’lgan:  "Tyemur  olimlarga  myehribon  bo’lib,  sayyidu  shariflarni  o’ziga  yaqin  tutardi. 

Ulamolar va fozillarga to’la-to’kis izzat ko’rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddas 

ko’rardi. Ularning har birini o’z martabasiga ko’ra o’z ikromu hurmatini unga izhor etardi. Ularga 

nisbatan o’z muruvvatu bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning hayvati bilan aralash edi. Ular bilan 

mazmunli bahs ham yuritar edikim, bu bahsda insofu hikmat bo’lardi".

7

  



Tyemur  tarix  kitoblari,  xudoning  raxmati  va  salomi  bo’lgur  anbiyolar  qissalarini  podshoxlar 

siyratlari  va  o’tgan  xaliflar  haqidagi  hikoyalarni  doimo  safarda  ham,  qadarda  ham  o’qitib,  qunt 

bilan tinglar edi...."

2)



SHarafuddin  Ali  YAzdiy  "Zafarnoma"  asarida  Amir  Tyemurning  olimu-ulamolar  bilan  bo’lgan 

suhbatlardan birini quyidagicha yozadi: "Amir Tyemur yig’ilganlarga qarata murojat qiladi; Fan va 

dinning mashhur kishilari o’z maslahatlari bilan podshohlarga yordam byerib kyelganlar, sizlar esa 

myenga  nisbatan  qilmayapsizlar.  Myening  maqsadim  mamlakatga  adolat  o’rnatish,  tartib  va 

tinchlikni  mustahkamlash,  fuqarolarning  turmushini  yaxshilash,  yurtimizda  qurilishlarni 

kuchaytirish,  davlatimizni  rivojlantirishdir.  Sizlar  bu  ishlarni  amalga  oshirishda  myenga  o’z 

maslaxatlaringiz  bilan  ko’maklashishingiz  kyerak.  Mamlakatning  ahvoli,  dyevonning  suistye’mol 

kilinganligi  va kilinayotganligi, oddiy odamlarning joylardagi  hokimlar tomonidan qisib qo’yilishi 

kabi  hollar  hammadan  ko’ra  sizlarga  ayondir.  SHular  haqida  ma’lumot  byersangizlar,  bu  kabi 

adolatsiz  ishlarni  bartaraf  etuvchi  hamda  shariat  va  qonunlarga  muvofiq  chora-tadbirlarni 

aytsangizlar  yaxshi  bo’lardi",  -dyeydi.  U  o’z  aytganlariga  amal  qilib,  lavozimlarini  suistye’mol 

qilgan o’g’li Mironshohni lavozimidan ham pastlashtirgan. 

                                                        

7

 ‘Темур тузуклари’, 55-56 бетлар. 2.’Амир Темур тарихи’, 2-китоб, 71-бет.. 



 

146 


Amir  Tyemurning  bu  harakati  natijasida  o’lkada  ilm-fan  ahli,  ijodkorlar  uchun  yaratilgan  bunday 

shart-sharoit, g’amxo’rlik tufayli Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylandi. Buni 

eshitgan  ilm-fanga  havas  qo’ygan  ijodkorlar  Samarqandga  o’z  hohishlari  bilan  kyelganlar. 

Jumladan, XIV asrning o’rtalarida Turkiyaning Bursa shahridan Qozizoda Rumiy o’z ixtiyori bilan 

Samarqand  shahriga  kyelganligi  ma’lum.  YAna  shuni  e’tirof  qilish  zarurki,  Amir  Tyemur  chyet 

mamlakatlardan Samarqandga olib kyelganlar orasida Xusomiddin Ibrohimshoh Kyermoniy singari 

tabib, Mavlono Axmad singari falakiyotshunos kabilar ham bor edi. 

Tyemuriylar  davrida  ayniqsa  falakiyotshunoslik  fani  yuksaldi.  Bu  o’rinda  Ulug’byek,  Qozizoda 

Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabilar alohida e’tirofga molik. 

Gumanitar fanlar sohasida ham katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Tarix ilmi bobida Amir Tyemurning 

harbiy  zafarlarini  o’zining  "Zafarnoma"  asarida  yoritgan  SHarafiddin  Ali  YAzdiy,  "Zubratut 

Tavarix" ("Tarixlar qaymog’i") asarining muallifi Xofizi Abru", "Matlaus Sa’dayn" ("Ikki baxtning 

boshlanmasi")  ni  yaratgan  Abddurazzoq  Samarqandiy,  7  jildlik  "Ravzatus  Safo"  ("Soflik  bog’i") 

muallifi  Mirxond,  "Xulosatul  -  axbor"  ("Xabarlar  xulosasi")  ning  muallifi  Xondamir,  "Go’zal 

vokyealar" asarini yozgan Zayniddin Vosifiy va boshqalar yuksaklik martabasiga erishdilar. 

Mirzo  Ulug’byek  Tyemuriyzodalardan  fan  va  madaniyat  sohasida  barakali  xizmat  qilganlardan 

biridir.  U  Samarqandda  birinchi  falakiyotshunoslik  akadyemiyasiga  asos  solgan  olim  sifatida 

dunyoga  tanildi.  Taniqli  tarixchi  olim  Bo’riboy  Ahmyedov  o’zining  "Ulug’byek"  nomli  kitobida 

frantsuz  faylasufi  va  tarixchisi  Voltyerning  quyidagi  so’zlarini  kyeltiradi:  "Transaksoniyada  Amir 

Tyemurning o’rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug’byek Samarqandda birinchi akadyemiyaga asos 

soldi, yer kurrasini o’lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi"

8



Ulug’byek yaratgan rasadxona o’z davrining akadyemiyasi bo’lgan. Rasadxonada 1080 ta yulduzlar 

tasvirlangan  katalog  tuzildi,  yulduzlarning  byelgisi  undan  to’qqizgacha  aniq  bo’lgan  turish 

burchaklari sinuslari va tangyenslari natural qiymatlarining jadvallari, shuningdyek yer hududidagi 

ko’p  sonli  nuqtalar  koordinatalari  "kyenglik  va  uzunlik"ni  qamrab  olgan  jadvallar  ishlab  chiqildi. 

Rasadxonada  Ulug’byek  rahbarligida  o’tkazilgan  ishlar  uning  matyematika,  gyeomyetriya  va 

falakiyotshunoslik  sohasida  chuqur  bilimlar  sohibi  ekanligidan  guvohlik  byeradi.  Ulug’byek 

Qur’oni  Karimning  aksariyat  qismini  yoddan  bilgan.  Fiqhdan  xabardor  bo’lgan  mantiqni  chuqur 

o’zlashtirgan. 

Ulug’byek  akadyemiyasida  1417  yildayoq  dunyoning  turli  mamlakatlaridan  kyelgan  olimlar  soni 

100  tadan  oshib  kyetgan.  Ular  orasida  adiblar,  muarrixlar,  hattotlar,  musavvirlar,  gyeograflar  bor 

edi. Xususan falakkiyot va matyematika sohalari olimlari obro’liroq hisoblanganlar.  

Ayniqsa,  bu  borada  Ulug’byek,  Qozizoda  Rumiy,  G’iyosiddin  Jamshid  Koshiy,  Ali  Qushchi, 

Mavlono Muhammad Xavofiy kabilarning nufuzi kuchli bo’lgan. 

Ulug’byek  madrasasida  o’quv  mashg’ulotlari  1420  yilda  boshlangan.  Madrasaning  birinchi 

mudarrisi  Mavlono  Muhammad  Xavofiy  bo’lgan.  U  birinchi  ma’ruzani  o’qiganida  90    olimdan 

faqat  2  kishi  Mirzo  Ulug’byek  va  Qozizoda  Rumiy  ma’ruza  mazmunini  tushuna  olgan  xolos. 

Madrasada  ilohiyot  ilmlaridan  (Kur’on,  hadis,  tafsir)  tashqari  riyoziyot  (matyematika),  xandasa 

(gyeomyetriya),  ilmi  xay’at  (falakiyotshunoslik),  tibbiyot  (munkina),  tarix,  gyeografiya,  ilmi  aruz 

(poeziya) singari dunyoviy ilmlar ham o’qitildi. 

U  qoldirgan  asarlardan  «Ziji  Ko’ragoniy»,  «Bir  daraja  sinusini  aniqlash  haqida  risola»,  «Risolai 

Ulug’byek", "To’rt ulus tarixi", "Musiqa ilmi haqida risola" kabilardir. 

"Zij"  ning  birinchi  kitobi 7  bobdan  iborat bo’lib,  u eralar  va kalyendarlarga  bag’ishlangan. Uning 

ikkinchi kitobi 22 bobdan iborat bo’lib, matyematika va falakiyotshunoslikga bag’ishlangan. Unda 

Quyosh,  Oy  va  byeshta  sayyoraning  harakati  kuzatiladi.  Uchinchi  kitob  13  bobdan  iborat  bo’lib, 

fakat  falakiyotshunoslikka  bag’ishlanadi.  To’rtinchi  kitob  2  bobdan  iborat  bo’lib,    ilmu  nujumga 

bag’ishlanadi.  Ulug’byekning  astronomik  jadvali  o’sha  davr  uchun  o’ta  yuksak  hisoblanib,  falak 



alburj  tyekisligining  hatti  ustivoga  og’maligi  Ulug’byek  jadvalida  23  daraja,  30  daqiqa  va  17 

soniyani  tashkil  etadi.  Hozirgi  hisobga  ko’ra  23  daraja  30  daqiqa  va  49  soniyani  tashkil  qiladi. 

Dyemak,  farq 32 soniyani tashkil qiladi. Ulug’byekning yil hisobi bor yo’g’i 1 minutu 2 soniyaga 

farq qiladi. 

Tyemur  va  tyemuriylar  davrida  nafis  kitob  va  hattotlik  san’ati  ham  rivoj  topdi.  Uzoq  tarixiy 

                                                        

8

 Ахмедов Б. Улуђбек, 112-бет. 



 

147 


o’tmishda  bosmaxona  bo’lmagan.  Kitoblar  qo’lda  ko’chirilgan.  Ular  nafaqat  mazmunan,  balki 

tashqi ko’rinishi va byezagi jihatdan  ham kitobxonlar talabiga javob byerishi, odamlarda ma’naviy 

estyetik dunyoqarashni shakllantirishi zarur edi. SHu bois bu davrda nafis kitob va hattotlik buyuk 

san’at darajasiga ko’tarildi.  

Nafis  kitob  yaratishda  ishlatilgan  Samarqand,  Buxoro  qog’ozlarining  dovrug’i  yuqori  bo’lgan. 

Kitoblarni  yaratishda unga turli  xil  suyuqlik  moddalar  va ranglar  ishlatilgan.  Kitobdan  yoqimli  va 

xushbo’y  hidlar  taralgan.  Musavvirlar  ishlatiladigan  bo’yoqlarda  oltin  va  kumush  eritmalari 

aralashtirilar, muqovalarining go’zal bo’lishlari uchun charmlardan ustalik bilan foydalanilgan. 

Bunday  kitoblarning  ko’plari  shoxlar,  amirlar,  xonu  sultonlar  buyurtmalar  asosida  yaratilgan  va 

maxsus kutubxonalarda saqlangan. 

XV-XVI  asrlardagi  hattotlik  san’atining  buyuk  namoyondalariga  Mir  Ali  Tabriziy,  Abduraxmon 

Xorazmiy,  Sulton  Ali  Mashhadiy,  Mirosh  Naqqosh,  Byehzod  kabilarni  kiritish  mumkin.  Hattotlik 

san’atining  buyuk  namoyondalaridan  biri  Sulton  Ali  Mashhadiydir.  YOshligidan  husni  hatga 

qiziqqan Sulton  Ali  Mashhadiy  husni  xat sultoni  darajasiga ko’tarildi  va  «Husni-hattotlar sultoni» 

dyegan elda  nom tarqatdi. Sulton Ali 1461  yilda  Nizomiyning  «Mahzanul-Asror» dostonini, 1464 

yilda Xofiz dyevonini va 1465 yilda Alishyer Navoiy dyevonini ko’chirgan. 

Uning ijodiy faoliyatida Tyemuriy Sulton Husayn Boyqaro va Alishyer Navoiyning salmoqli o’rni 

bor.  U  Husayn  Boyqaro  kutubxonasida  ishlagan  va  Hirot  hattotlariga  rahbarlik  qilgan.  Sulton  Ali 

shaxsan  Husayn  Boyqaro  va  Alishyer  Navoiy  topshiriqlarini  bajargan  va  ularning  asarlarini 

ko’chirgan.  U  har  kuni  Husayn  Boyqaro  uchun  ellik  bayt  va  Alishyer  Navoiy  uchun  -  20  bayt 

ko’chirar edi. Mashhur hattot ko’chirgan 50 dan ortiq asar bizgacha yetib kyelgan. 

Sulton Ali Mashhadiy o’ymakorlik san’atining ham mashhur ustasi bo’lgan. Husayn Boyqaro qabr 

toshidagi  o’yib  yozilgan  matn  parchasi  ham  Sulton  Ali  tomonidan  yozilgan.  U  shye’riyat  bobida 

ham binoiydyek qalam tyebratgan. 

Tyemur  va  Tyemuriylar    sulolasi  davrining  ulkan  muvaffaqiyatlaridan  biri  tasviriy  san’atning 

gurkirab o’sganligi bo’ldi. XIV va XVI asrlarda tasviriy san’atda Byehzod, Mirak Naqqosh, Qosim 

Ali,  Maqsud  Muzahhib,  Hoja  Muhammad  Naqqosh,  SHoh  Muzaffar  va  boshqalar  barakali  ijod 

qildilar. 

Xalqimizning ajoyib tasviriy san’ati  yaratgan asarlar o’ziga  xos uslubga  ega  bo’lishi  bilan  birga  u 

fantastik  mavhumlikdan  hayotiylikka,  aniqlikka  tomon  o’sib  borgan.  Bizgacha  yetib  kyelgan  va 

ma’naviy  myeros  boyliklariga  qarab  xulosa  qiladigan  bo’lsak,  tasviriy  san’at  yodgorliklarini 

yo’nalishlariga  qarab  quyidagi  guruhlarga  bo’lish  mumkin:  portryetlar,  hayotiy  lavhalar,  pyeyzaj, 

binolarga solingan suratlar, badiiy asarlarga ishlatgan rasmlar va hokazo. 

Biz  fikr  yuritayotgan  davrda  tasviriy  san’at  ijodkorlari  tomonidan  hayotiy  va  aniq    bo’yoqlarda 

ishlangan  Jomiy,  Navoiy,  Abdulla  Xatixiy,  Byehzod,  Husayn  Boyqaro,  Bobur,  SHayboniyxon  va 

boshqalarning portryet-suvratlarini ko’ramiz.  

Rassomlar  tomonidan  yaratilgan  asarlarda,  rasm-portryetlarda  haqiqiy  hayot  voqyeligi  o’z  aksini 

topgan,  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  tub  mohiyati  ustamona  va  mohirlik  bilan 

ko’rsatilgan. 

O’z  zamonasining  mohir  rassomi  va  o’ta  noyob  qobiliyat  egasi  Kamoliddin  Byehzod  1455  yilga 

yaqin  Hirotda  tug’ilgan.  Ota-onadan  yoshlikdan  yetim  qolgan  Byehzodni  Husayn  Boyqaro 

kitobdori  Mirak  Naqqosh  o’z  tarbiyasiga  olib  unga  homiylik  ko’rsatadi.  O’zining  qobiliyati  va 

iqtidorligi  bilan  boshqalardan  ajralib  turadigan  Byehzod  yoshlikdan  rassomlik  san’atiga  qiziqadi, 

ko’p  o’tmay  ilm-fan,  san’at  va  madaniyat  homiysi  Alishyer  Navoiy  noyob  istye’dod  va  qobiliyat 

egasi  bo’lgan  Kamoliddin  Byehzodga  alohida  e’tibor  byeradi  va  unga  har  tomonlama  yordam 

qo’lini  cho’zadi.  1510  yilgacha  bo’lgan  umrini  Hirotda  o’tkazgan.  Byehzod,  kyeyinchalik 

Ozarbayjonga  -  Tabriga  kyetadi.  U  yerda  Byehzodni  safaviylar  poytaxti  kutubxonasi  va 

san’atkorlarining  boshlig’i  etib tayinlaydilar. Kamoliddin  Byehzod shu  yerda taxminan 1533-1537 

yillar orasida vafot etadi. 

Kamoliddin  Byehzod  o’zining  hayratomuz  rassomchilik  san’ati  bilan  «Moniy  Soniy»  (ikkinchi 

Moniy)

1

 va «SHarq Rafaeli» nomi bilan jahonga mashhur bo’lgan. U rassomlikda Hirot maktabiga 



asos  soldi  va  ustoz  san’atkor  sifatida  Turkiston  o’lkasi,  Eron,  Ozor  yurti  va  boshqa  o’lkalarda 

                                                        

1

 Моний - афсонавий Хитой рассоми.  



 

148 


tasviriy san’atning rivojiga katta hissa qo’shdi.  

Atoqli  va  mashhur  rassom  Kamoliddin  Byehzod  tomonidan  yaratilgan  SHoir  Abdullo  Hotifiy, 

Husayn  Boyqaro,  SHayboniyxon  portryetlari,  Sa’diyning  «Bo’ston»  kitobi  va  Nizomiyning 

«Hamsa» siga ishlangan rasmlar bizgacha yetib kyelgan va u hozir xalqimizning nodir yodgorliklari 

sifatida  Toshkyent,  Sang-Pyetyerburg,  London,  Tyehron,  Qobul  va  boshqa  shaharlarning  muzyey 

va kutubxonalarida saqlanmokda. Kamoliddin Byehzod juda ko’plab  nomdor kobiliyatli shogirdlar 

yetishtirdi.  Sulton  Muhammad  Kamoliddin,  Qosim  Ali,  SHoh  Muzaffar,  Mahmud  Muzahhib  kabi 

musavvirlar shular jumlasidandir. 

Tyemur va Tyemuriylar davri madaniyatining yuksak rivojlanganligidan dalolat byeruvchi yana bir 

soha  bu  musiqa  san’atidir.  Buyuk  Sohibqiron  Amir  Tyemur  haqidagi  manbalarda  va  xalq 

rivoyatlarida  uning  musiqa  san’atiga  juda  katta  e’tibor  bilan  qaraganligi,  turli  mamlakatlardan 

poytaxti Samarqandga ko’plab   san’at shinavandalarini to’plab, bazmi  jamshid davralarini  musiqa 

va  qo’shiq  ixlosmandlari  bilan  ko’rganligi  hikoya  qilinadi.  Ibn  Arabshoh  jumladan,  Tyemur 

saroyida juda ko’plab  musiqashunoslar, hofiz va qo’shiqchi san’atkorlar bo’lganligini yozadi «...... 

(YAna)  Hoja  Muhammad  az-zohid  Buxoriy,  ulug’  tafsirchi,  hadischi,  hofiz  bo’lib,  Qur’oni  ul-

karimni  yuz  jilda  tafsir  qilgan....  Qorilardan  mana  shular  ikkalasi  va  (YAna)  Mavlono  Faxruddin 

bor  edi.  Qur’oni  qiroatda  ham,  savtda  ham  tajvid  bilan  yod  olgan  kishilardan  Abdulatif  ad-

Domg’oniy,  mavlono  Asaddudin,  SHarif  Hofiz  Husayniy,  Mahmud  Muxrik  al-Xorazmiy  va 

Jamoliddin  Ahmad  al-Xorazmiy  va  musiqa  ilmida  ustoz  bo’lgan  Abdulqodir  al-Marog’iy  edi.

1

 



Tyemur  va  Tyemuriylar  hukmronligi  davrida  juda  ko’plab    musiqa  san’at  ustalari  bastakor  va 

hofizlar  yetishib  chiqqan.  Abduqodir  Noyi,  Qulmuhammad  SHayxi,  Husayn  Udiy,  SHohquli 

G’ijjakiy,  Mavlono  Qosim  Rabboniy,  Darvyesh  Ahmad  Qonuniy,  Hoja  YUsuf  Andijoniy,  Ustod 

SHodiy, mavlono Najmiddin Kavnabiy va boshqalar ana shular jumlasiga kiradi. Bu profyessional 

musiqachilardan tashqari Ulug’byek, Jomiy, Navoiy, Binoiy  va boshqa  badiiy adabiyot va  ilm  fan 

mutafakkirlari  ham  musiqa  shaydosi  bo’libgina  qolmasdan,  bu  sohada  barakali  ijod  qilganlar  va 

uning  taraqqiyotiga  salmoqli  hissa  qo’shganlar.  Jumladan,  Ulug’byek,  Byelujiy,  SHodiyona, 

Axloqiy,  Tabriziy,  Usuli  ravon  va  Ulusin  baxri  usullarini,  Navoiy  esa  «Isfaxoniy»  va  boshqa 

kuylarni  ijod  qilib  yaratadi.  Jomiy  bilan  Binoiyning  musiqa  nazariyasiga  oid  asarlari  shuhrat 

qozondi.  

X va XII asrlarda vujudga kyela boshlagan musiqa san’atining yangi un ikki maqom turi bu davrga 

kyelib  yuksak  bosqichga  ko’tarildi,  yangi  kuylar  bilan  boyidi.  O’n  ikki  maqom  ko’pgina  kuylar 

birikmasidan tashkil topgan bo’lib quyidagi tsikllarni o’z ichiga oladi; Rost, Isfaxon, Iroq, Zirafkan, 

Buzruk,  Xijoz,  Bo’slik,  Ushshoq,  Husayniy,  Zangula,  Navo,  Raxoviy.  Bu  maqomlarning  har  biri 

ikki  sho’’ba  (qism)  dan  iborat  bo’lib,  jami  24  sho’’bani  tashkil  etadi;  Dugoh,  Syegoh,  CHorgoh, 

Ganjgoh,  Muhayyar,  Hisor,  Muborakiy,  Nayryez,  Nishopurak,  Royi  Iroq,  Mag’lub,  Raqb,  Bayot, 

Zabul, Avj, Navro’zi xora, Ma’mur, Ashiron, Navro’zi sabo, Humoyun, Nuxuft, G’azal, Arabon va 

Ajam. 


Xalq  o’rtasida  SHoshmaqom  (olti  maqom)  nomi  bilan  kuylanib  kyelayotgan  musiqa  asarlari 

yuqorida biz sanab kyeltirgan o’n ikki maqom zaminida shakllangandir. 

Tyemur va Tyemuriylar davri  ma’naviy  madaniyatning ulkan  muvaffaqiyatlaridan  biri - bu  badiiy 

ijodning  tyez  rivojlanib  borganligidir.  Bu  davrga  kyelib  eski  o’zbyek  adabiy  tilining  shakllanish 

jarayoni asosan tugallandi, dunyoviy adabiyot adabiy hayotning yetakchi yo’nalishi bo’lib qoldi. 

O’ta  barakali  ishlagan  Qutb,  Xorazmiy,  Xo’jandiy,  Sayfi  Saroiy,  Durbyek,  Xaydar  Xorazmiy, 

Amiriy,  YAqiniy,  Ahmadiy,  Atoiy,  Sakkokiy,  Imod  Mavloniy,  Mavlono  Qozi  Muhsin,  Mavlono 

Isxoq Lutfiy, Husayn Boyqaro va boshqalar bu davrda jahon madaniyati taraqqiyotiga muhim hissa 

qo’shdilar.  Biz  bu  davrda  eski  o’zbyek  adabiy  tilining  asoschilaridan  biri,  o’zbyek  klassik 

adabiyotining  cho’qqisi,  shye’riyat  mulkining  sultoni,  buyuk  davlat  arbobi  Alishyer  Navoiyning 

ijodi bilan faxrlanamiz. 

Alishyer  Navoiy  o’zbyek  xalqining  ulug’  shoiri  va  mutafakkiri,  olim  va  davlat  arbobi,  jahon 

adabiyotining Nizomiy  Ganjaviy,  Amir  Husrav,  Dyehlaviy,  Firdavsiy,  Abduraxmon Jomiy  singari 

ulug’  san’atkorlaridan  biridir.  U  1441  yil  9  fyevralda  Hirotda  tug’ilgan.  Alishyerning  otasi 

G’iyosiddin  kichkina  va  bir  nyecha  qarindoshlari  tyemuriylarga  yaqin  amaldorlardan,  buvilari  esa 

                                                        

1

 Ибн Арабшох, Амир Темур тарихи. К-2, 85-86 бетлар. 



 

149 


tyemuriylarga yaqin amaldorlardan, tyemuriy shahzodalarning enagalaridan bo’lgan. Atoqli muarrix 

Mirxond  o’zining  «Ravzvtus-Safo»  asarida  «Amir  Alishyerning  bobosi  Amir  Tyemurning  o’g’li 

Umarshayx  bilan  ko’kaldosh  edi»  -  dyeb  yozadi.  Navoiy  go’dakligidan  boshlab  Tyemuriy 

shahzodalar  bilan  birga  tarbiya  topdi.  Uni  to’rt  yoshidayoq  o’qishga  byerdilar.  Alishyer  Husayn 

Boyqaro  bilan  birga  o’qidi,  yoshlik  chog’idan  boshlab  san’at  va  adabiyotga  myexr  qo’yib, 

Farididdin  Attor,  Qosim  Anvar  va  boshqa  mashhur  shoirlarning  shye’rlarini  yod  olishni  mashq 

qildi. Husayn Boyqaro bilan birga o’qishlik uzoqqa bormadi. 1447 yilda SHohrux vafotidan so’ng 

boshlanib  kyetgan  toju-taxt  kurashi  natijasida  Navoiylar  oilasi  Iroqning  Taft  shahriga  ko’chib 

kyetdi.  U  yerda  yosh  Alishyer  mashhur  tarixchi  SHarafiddin  Ali  YAzdiy  suhbatida  bo’ldi.  Ali 

YAzdiy  Alishyerning aqli, zyehni  va  fahmi-farosatidan  hayratlandi. 1452  yilda Abdulqosim  Bobir 

Hirotni  egallagach,  mamlakatda  osoyishtalik  va  tartib  o’rnatildi.  G’iyosiddin  oilasi  bilan  Hirotga 

qaytadi va Sabzavor hokimligiga tayinlanadi. Yetti yoshligidan shye’riyat ishqiga mubtalo bo’lgan 

Alishyer  o’qishni  davom  ettirdi.  U  o’qib  yurgan  kyezlarida  adabiyotdan  tashqari  musiqa,  rasm, 

hattotlika  ham  qiziqadi.  O’zbyek  va  fors-tojik  shoirlarini  zo’r  havas  bilan  o’rgangan.  Alishyer 

Attor, Hisrav Dyehlaviy, Nizomiy Ganjaviy, YAssaviy, Lutfiy va Abduraxmon Jomiy singari ulug’ 

siymolarni  ustoz  dyeb  biladi.  Zaxiriddin  Bobur,  Davlatshoh  Samarqandiy,  Mirxond,  Xondamir, 

Sulton Husayn Boyqaro, Kamoliddin Byehzod va boshqalarni faxr bilan zamondoshim dyeb ataydi. 

1456-1464  yillarda  Alishyer  Navoiy  Mashhadda  yashaydi  va  Xuroson  podshosi  Abulqosim 

Bobirning xizmatida bo’ladi. Bu yerda uning shoirlik qobiliyati yorqin ko’zga tashlanadi. O’zi shoir 

bo’lgan Abulqosim Bobir va uning saroyidagi atoqli shoirlar Alishyerning yuksak va noyob zyehni 

va qobiliyatiga yuqori baho byeradilar. Alishyer otadan yosh yetim qoladi. Abulqosim Bobur yosh 

Alishyerga  ota  o’rniga  otalik  qiladi.  15  yoshidan  boshlab  Alishyer  maktabdosh  do’sti  Husayn 

Boyqaro bilan birga Abulqosim Bobir saroyida xizmatda bo’ldilar. 1457 yil Abulqosim Bobur vafot 

etdi.  Navoiy  Mashhadda  qolib,  o’qishni  davom  ettirdi,  mantiq  (logika),  falsafa,  riyozat 

(matyematika) va boshqa fanlarni qunt bilan o’rgandi.  

Navoiy  Mashhadda  ikki tilda shye’rlar  ijod qilishni davom ettirdi  va  «zullisonayn» (ikki til egasi) 

nomi  bilan  shuhrat  qozondi.  O’zbyek  tilida  ijod  etgan  shye’rlariga  «Navoiy»  («Navo»  so’zidan) 

fors-tojik tilidagi shye’rlariga esa «Foniy» («Fano» so’zidan) taxallusini byerdi. 

Abulqosim  vafotidan  so’ng  Xuroson  Abdusaid  hukmronligiga  o’tadi.  Mansab  va  davlat  orzusida 

yurgan  Husayn  Boyqaro  Marvga  kyetadi  va  taxt  da’vogarligi  uchun  bu  yerda  kuch  to’plashga 

kirishadi. 

YOshlikdan  Husayn  Boyqaro  bilan  qadrdon  do’st  bo’lgan  Alishyer  Hirot  hukmdori  Abusaidga 

qarshi  bosh  ko’targan  badaxshoniylarga  xayrihohlik  izhor  qiladi.  Bundan  g’azablangan  Abusaid 

Alishyer Navoiyni 1466 yilda Hirotdan Samarqandga badarqa qiladi. Navoiy Samarqandda uch yil 

g’oyat  og’ir  moddiy  sharoitda  ilm  oladi.  Vafoiy  taxallusi  bilan  yaxshigina  shye’rlar  yozib  elga 

tanilgan  Samarqandning  ma’rifatparvar  hokimi  Ahmad  Hojibyek  olim  Fazululloh  Abullays  va 

boshqalar  Alishyer  Navoiyga  homiylik  qildilar  va  katta  yordamlar  ko’rsatdilar.  Ayniksa,  o’z 

zamonasining  mashhur  olimlaridan  hisoblangan  Fazululloh  Abullays  Alishyerning  zyehni  va 

qobiliyatiga  tan  byerib,  unga  katta  yordam  byerdi,  mudarrislik  qildi  va  Navoiyni  o’ziga  farzand 

dyeb  bildi.  Tarixchi  Xondamir  «Makorim  ul-axloq»  asarida  Fazululloh  Abullaysning  Navoiyga 

ayricha  munosabatini  quyidagi  jumlalardan  bitgandi;  «...  Hoja  janoblari  Oliy  Hazratning  o’tkir 

zyehnli  ekanini  har  vaqt  maqtar  edi  va  boshqa  o’quvchilardan  uni  ortiq  ko’rar  edi».  Botir 

Valixo’jayev  «Muloqot»  oynomasining  1991  yil  2-sonida  chop  etilgan.  «Alishyer  Navoiyning 

Samarqanddagi qadamjolari» maqolasida Hoja Fazululloh Abullays haqida quyidagi ma’lumotlarni 

byeradi;  «Zamonasining  Abu  Hanifasi  (fikh  olimi),  obni  Hojibi  (arab  tilshunosi),  Abu  Ali  Ibn 

Sinosi dyeb e’tirof etilgan Hoja Fazululloh Abullays haqida hozircha ma’lum bo’lgan ma’lumotlar 

shular. 

Alishyer  Navoiy  ana  shu  alloma  qoshida  ikki  yil  huquqshunoslik,  arab  tili  va  adabiyoti, 

shye’rshunosligidan  saboq  oldi......»  Tyemuriylar  sulolasining  ma’muriy  va  yirik  madaniy 

markazlaridan biri bo’lgan Samarqand Alishyer Navoiy faoliyatining shakllanishida g’oyatda katta 

rol  o’ynaydi.  Bu  yerda  u  atoqli  olimlar,  san’atkorlar  va  Mirzo  Hoja  So’g’diy,  Sayid  Qutb 

Samarqandiy,  YUsuf  Safoiy,  SHayxim  Suhayliy  kabi  o’sha  davrning  mashhur  shoirlari  bilan 

uchrashdi,  ulardan  ko’p  narsalarni  o’rgandi  va  o’rni  kyelganda  o’zi  ham    ularga  saboqlar  byerdi. 

Samarqanddagi  boy  madaniy  va  ilmiy  myeros,  ayniqsa  Ulug’byek  madrasasi  va  Ulug’byek 



 

150 


rasadxonasi Navoiy  hayotida o’chmas  iz qoldirdi. Navoiy o’zining  bu ta’surotlarini  «Hamsa» sida 

ifoda  etadi.  Ayni  zamonda  Navoiy  siyosatchilarga  aralashdi,  ko’plab    gunohsiz  kishilarni  o’lim 

hukmidan  saqlab  qoldi,  zolim  amaldorlarni  qoraladi  va  ularga  qarshi  kurashdi.  U  tarixchi  olim 

Abdurazzoq  Samarqandiy,  Davlatshoh  Muhammad  Olim  Samarqandiy  va  boshqalarga  homiylik 

qildi. Navoiy Hoja Ubaydullo Hoja Axrori Vali suhbatlaridan bahraman bo’ldi.  

Xullas,  Samarqand  Alishyer  Navoiyning  shakllanishida  buyuk  bir  davrni  tashkil  etganidyek, 

Samarqand,  Movarounnaxr  taraqqiyotida  ham  Alishyer  Navoiy  o’ziga  xos  o’chmas  iz  qoldirdi. 

Samarqandda ilm-fan, san’at va adabiyotning yuksaklik kamolotida Alishyerning hissasi kattadir. 

1469 yilda Navoiyning do’sti Husayn Boyqaro Hirot taxtiga o’tirdi. SHu yili Alishyer Navoiy ham 

Hirotga  qaytdi.  U  maktabdosh  do’sti  Husayn  Boyqaroni  tabriklab,  mashhur  «Hiloliya»  qasidasini 

yozdi.  

Alishyer  Navoiy  singari  obro’li  va  tadbirli  kishilarga  muhtoj  Husayn  Boyqaro  maktabdosh 

do’stining  Hirotga  tashrif  buyurganligidan  xursand  bo’lib,  uni  saroyga  chaqirib  muxrdorlik 

vazifasiga qo’ydi. Bu katta lavozim edi, albatta. 

Navoiyning xalq orasida obro’-e’tibori osha bordi. U oddiy xalq manfaatini hamma narsadan ustun 

qo’ydi, zolim amir-amaldorlar va mamlakatni bo’lib yuborishiga intilayotgan shahzodalarga qarshi 

kurashdi. Navoiy do’sti Husayn Boyqaroga qarshi uyushtirilgan YOdgor Muhammal fitnasini fosh 

qildi va uni bartaraf etdi. Navoiyning talabi bilan xalq gardaniga haddan tashqari soliqlarni oshirib, 

zulmlarni kuchaytirayotgan amaldorlar o’z vazifalarini chyetlattirdilar. Bunga 1470 yilda mamlakat 

poytaxtida ko’tarilgan  xalq qo’zg’aloni  misol  bo’la oladi.  Alishyer Navoiy  xalq tomonidan  bo’ldi. 

Xuroson  xalqini  xo’rlagan  byek  va  amaldorlar  qattiq  jazolandilar.  Xususan,  ana  shu  voqyeadan 

so’ng  Alishyerning  shuhrati  xalq  orasida  kyeng  tarqaldi.  O’z  hokimligining  dastlabki  yillarida 

ancha syezgi va ziyrak bo’lgan Husayn Boyqaro 1472 yilda Navoiyni Amirlik (vazirlik) lavozimiga 

tayinladi. Navoiy o’z vazirlik faoliyati davomida xalq va mamlakat yo’lida juda ko’plab  foydali va 

ibratli  ishlarni  amalga  oshirdi.  Tarixchi  Xondamirning  byergan  ma’lumotlariga  qaraganda  Navoiy 

mamlakatda  madaniyat,  qurilish  va  obodonchilik  ishlarini  rivojlantirishda  Husayn  Boyqaro 

tomonidan ajratilgan davlat xazinasi mablag’laridan tashqari byevosita o’zining shaxsiy boyliklarini 

ham sarf qilgan. Buyuk shoirning  zamondoshi, taniqli  forsiyzabon shoir Mavlono Binoiy o’zining 

Navoiyga  bag’ishlab    yozgan  qasidasida  quyidagilarni  qayd  etadi;  «Sulton  davridagi  Amir 

Alishyerning  vasfini  aytmoqchiman.  Myen  uning  barcha  fazilatlarini  tasvir  etmoqchiman.  Uning 

davrida  Hirot  eng  go’zal,  obod    bo’lib,  tikonzorlar  ham  boqqa  aylandi.  Olimu  fozillar,  shoiru 

san’atkorlar  shahriga  aylandi.  Adabiy  muhit  va  madaniy  xayot  yuksaldi.  Hirotdagi  imoratlar  uni 

jahondagi barcha shaharlardan chiroyli qildi....y

1

  



Zyero  Samarqandda  og’ir  iqtisodiy  qiyinchilikda  yashagan  Navoiy  Hirotga  qaytgach,  otasidan 

qolgan  juda  katta  mol-mulk  va  davlatga  egalik  qildi.  Uning  nafaqat  Hirotda,  balki  Sabzovor, 

Mashhad va boshqa viloyatlarda ham juda ko’plab  mol-mulki va yerlari bor edi. Navoiy bu mulkda 

ishlovchi  myexnatkashlarga  himmat  va  marhamat  bilan  qarardi,  oliq-soliqlarni  ancha 

yengillashtirardi,  yetim-yesirlarga,  musofirlarga,  ilm-fan,  san’at  va  adabiyot  ahllariga  in’om-

ehsonlar  qilardi.  Taniqli  filolog  olim  Aziz  Qayumov  «Alishyer  Navoiy»  risolasida  byergan 

ma’lumotlarga  qaraganda  Navoiy  jamg’armasi  hisobiga  Hirotda  va  butun  Xuroson  mamlakatida 

juda  ko’p  binolar,  madrasa,  shifoxona,  karvonsaroy,  ariq,  ko’prik,  yo’llar  barpo  etdi.  Hirotdagi 

«Ixlosiya»  madrasasi,  uning  qarshisidagi  «Xalosiya»  xonaqohi,  Injil  arig’i  bo’yidagi  masjidi 

jomye’, tib ilmi o’qitiladigan «SHifoiya» madrasasi, «Nizomiya» madrasasi, Marvdagi «Xisraviya» 

madrasasi,  Hirotdan  tashqarida  «Raboti  ishq»,  «Raboti  Sang»,  shoir  Attor  qabridagi  maqbara, 

Nishopur  atrofidagi  joylardan  biridagi  «Raboti  YAzdod»,  Gulast  Bulog’idan  Mashhadga  tortilgan 

ariq  (uzunligi  70-80  km)  va  boshqa  juda  ko’p  inshootlarni  Navoiy  bino  qildirgan.  Tarixchi 

Xondamir  shulardan  52  rabot,  20  hovuz,  16  ko’prik,  8  hammom,  ko’pgina  to’g’on  va  masjidlarni 

nomma-nom  kyeltiradi.  Bunday  inshootlarning  soni  300  dan  ortiqroqdir.  Navoiy  yana  podshoh 

saroyiga ko’p ilm va fazl ahliga ehson sovg’alar yuborib   turar edi. Aholiga solingan soliqlarni o’zi 

to’lagan  paytlari  ham  bo’lgan.  1500  yili  Hirot  shahri  va  uning  atrofidagi  aholidan  100  ming 

kyepakiy soliq yig’iladigan bo’ldi. 50 ming kyepakiyni Hirot xalqidan undirib olish kyerak edi. Bu 

maslahat  Navoiyga  xabar  qilganda  u  hozirgi  fursatda  xalqqa  o’rinsiz  soliq  solish  Sohibqiron 

                                                        

1

 Абдуазизов А. Жахон аро. «Халк сузи», 1991 йил, 29-май. 



 

151 


davlatiga  munosib  bo’lmas,  elda  norozilik  uyg’otar,  dyeb  shuncha  pulni  o’zi  to’lab  yuborganligi, 

xalq esa bundan g’oyat minnatdor bo’lib, uni duo qilganligi haqida ma’lumot bor. 

Alishyer  Navoiy  butun  yer  suvi,  mol-mulkidan  har  kuni  18  ming  shohruxiy  dinor  miqdorida 

daromad kyelar, bu pullar yuqoridagi kabi xayrli ishlarga sarf etilar edi. 

Alishyer Navoiyning  ibratomuz  bunday  xayrli  va savob  ishlari saroydagi g’animlarga  yoqmadi  va 

ularning g’azabini uyg’otdi. Navoiyga qarshi ig’vo, fitna va bo’hton avj oldi.  

Navoiy 1476-1477 yillarda saroy fitnalariga javoban vazirlik mansabidan istye’fo byerdi va 11 yil 

mobaynida davlat  ishlariga aralashmadi. U Xondamir aytganidyek:  «..... Bir soatlik adolat oltmish 

yillik  ibodatdan  afzal»  dyegan  naqlga  amal  qildi.  Navoiy  saroydan  kyetgan  bo’lsada  siyosatdan 

uzoqlashmadi. Do’sti Husayn Boyqaroga  ishonch his tuyg’ulari bilan yashadi. Vazirlik mansabidan 

kyetgan  Alishyer  Navoiy  ilmiy,  badiiy  ijod  ishlariga  sho’ng’ib  kyetdi.  U  o’zbyek  adabiy  tilini 

taraqqiy  ettirish,  bu  tilda  katta  badiiy  asarlar  yaratish,  bu  tilning  hali  ko’pchilikka  ma’lum 

bo’lmagan  badiiy  durdonalarini    ochib,  uning  katta    imkoniyatlarini  ko’z-ko’z  qilish  va  turkiy 

xalqlar birligini mustahkamlash g’oyalarini ilgari surdi. 

Navoiyning  xalqchil  asarlari  uning  obro’siga  yana  obro’  qo’shdi.  Husayn  Boyqaro  saroyidagi 

Majididdin  boshliq  ig’vogar  kuchlar  bundan  g’oyatda  tashvishda  edilar  va  ular  Navoiyni  Hirotda 

qolishini o’zlari uchun g’oyatda xavfli dyeb bilardilar. Bu davrda Husayn Boyqaro ayshu-ishrat va 

kayfi-safoga  ruju  qilgan,  davlat  moddiy  jihatdan  og’ir  ahvolga  tushib  qolgan  edi.  Saroydagi 

g’animlar  bu  vaziyatdan  ustalik  bilan  foydalanmoqchi  bo’ldilar,  Navoiyning  talabi  bilan  saroydan 

chyetlashtirilgan Majididdin biror bir katta mansabni egallash maqsadida bir nyecha tuman aqchaga 

muhtoj  bo’lgan  Xusayn  Boyqaro  xazinasiga  bir  yo’la  2000  tuman  aqcha  kyeltirib  topshirdi.  SHu 

yo’l bilan u saroy ishonchini qozondi va vazirlik lavozimiga tayinlandi. Ammo Husayn Boyqaro bu 

ishni  Navoiy  ma’qullamaganligidan  tashvishlandi.  Nihoyat  Alishyer  Navoiy  dushmanlari  talabi 

bilan  1487  yilda  Astrobodga  hokim  etib  tayinlash  niqobi  ostida  poytaxt  Hirotdan  surgun  qilindi. 

Astrobodda  Navoiy  adolat  o’rnatdi,  tartib-intizomni  yo’lga  qo’ydi,  xalqqa  jabr  va  sitam  qilgan 

amaldorlarni  jazoladi,  obodonchilik  ishlari  bilan  shug’ullandi,  abadiy  ijod  ustida  ishladi,  fan-

madaniyat xodimlariga murabbiylik va homiylik qildi. 

Navoiyning dushmanlari uni Astrobodda ham tinch qo’ymadilar. Bir nyecha bor uning joniga qasd 

qildilar.  Navoiy  bir  nyecha  bor  Hirotga  qaytishga  Husayn  Boyqarodan  ijozat  so’radi.  Uning 

iltimoslari javobsiz qoldirildi. 

1488  yilda  Navoiyni  zaharlab  o’ldirishga  qasd  qilingan  fitna  fosh  bo’lgach,  Husayn  Boyqaro  uni 

Hirotga  qaytishiga    ijozat  byerdi.  Navoiy  Hirotda  hyech  qanday  rasmiy  lavozimni  qabul  etmadi, 

«Janobiy  oliyning  yaqini»  sifatida  siyosat  ishlariga  aralashdi  va  umrining  oxiriga  qadar  ilmiy, 

adabiy  ijod  bilan  mashg’ul  bo’ldi.  Ulug  shoir  bu  davrda  o’zining  asosiy  diqqat-e’tiborini  Sulton 

Husayn Boyqaro bilan uning farzandlari o’rtasidagi toju-taxt va davlat talash mojarolarini bartaraf 

etishga  qaratdi.  Albatta  bu  ishlar  Navoiyning  tinka  madorini  quritdi.  Buning  ustiga  shu  yillar 

davomida  birin-kyetin  Navoiy  uchun  g’oyatda  musibatli  vokyealar  sodir  bo’ldi.  Bu  voqyea 

Navoiyni g’oyat qattiq istirobga soldi. 

Balx  hokimi  lavozimini  bajaruvchi  Darvyesh  Ali  o’z  akasi  Navoiyga  nisbatan  Majididdin 

tomonidan  uyushtirilayotgan  ig’volardan  g’azablanib,  Husayn  Boyqaroga  qarshi  isyon  ko’tardi. 

Husayn  Boyqaro  Majididdinni  vazirlikdan  chyetlashtirdi.  Biroq  Majididdin  Navoiyga  nisbatan 

ig’vo  va  bo’htonni  davom  ettirdi.  U  Darvyesh  Ali  isyonida  Navoiyning  qo’li  borligiga  Husayn 

Boyqaroni  ishontirdi. Husayn Boyqaro Balxga  Darvyesh  Aliga qarshi qo’shin tortganda Navoiy  u 

bilan  birga  bo’lishga  majbur  bo’ldi.  Darvyesh  Ali  isyoni  bostirilgach,  Navoiyning  bu  isyonga 

aloqasi yo’qligi ma’lum bo’ldi. Husayn Boyqaro Darvyesh Ali bilan yarashdi. Ammo ko’p o’tmay 

u va’dasidan qaytib, Darvyesh Alini zindonga soldi. 

Majididdin saroydan chyetlattirgan bo’lsada Husayn Boyqaro saroyida yaxshilikka tomon o’zgarish 

bo’lmadi.  Sulton  Husayn  kayfu-safoni  avjga  mindirdi.  Majididdin  o’rniga  vazirlikka  tayinlangan 

johil  Nizomul-mulk  saroyidagi  ziddiyat  va  qarama-qarshiliklarni  yanada  cho’g’lantirdi.  U  Husayn 

Boyqaroni  mastligidan  foydalanib,  shoxning  syevikli  xotini  Xadichabyegim  bilan  birga  fitna 

uyushtirdi.  Husayn  Boyqaro  o’g’li  Badiuzzamonning  o’g’li  -  nabirasi  Mo’min  Mirzoning  qatl 

etilishi  to’g’risidagi  buyruqqa  imzo  chyekadi.  Bu  ot-bola  o’rtasida  qattiq  mojarolarning  kyelib 

chiqishiga  sabab  bo’ladi.  1499  yilda  esa  Husayn  Boyqaro  yana  bir  ig’voning  domiga  tushadi  va 

Navoiyning qarindoshi va syevikli shogirdi shoir Mirxaydar Sabuxiyni o’ldirtiradi. Bunday voqyea 



 

152 


va  hodisalar  ulug’  shoirning  ruhiy  holati  va  salomatligiga  albatta ta’sir  ko’rsatadi.  Ammo  shunga 

qaramasdan  Alishyer  Navoiy  buyuk  ijodiy  badiiy  yaratuvchilikni  davom  ettirdi.  1488-1501  yillar 

davomida  u  Hirotda  bir  qator  shoxona  asarlar  yaratdi.  «Tarixiy  mulki  ajam»  («Ajam  shohlari 

tarixi») asarini Navoiy tarixiy manbalardan kyeng foydalangan holda Firdavsiyning «SHohnoma» si 

kabi badiiy ijod durdonalaridan oziqlanib yaratdi. 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling