Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81

Qo’qon xonligi 

Buxoro  xonligidagi  ichki  kurashlar,  markaziy  hokimyatning  zaiflashuvi  sababli,  u  XVIII  asr 

boshlarida  ikkiga  bo’linib  ketdi.  Ashtarxoniylar  hukmronligining  zaiflashuvi  oqibatida  Farg’ona 

vodiysiga uning  shimolida tashkil topgan Jung’orlar davlati tez-tez bosqin uyushtirib  yurtni talon-

taroj  qila  boshladi.  Bunday  vaziyat  Farg’onadagi  ichki  kuchlarning  birlashuviga,  mustaqil  davlat 

tuzishga  intilishini  kuchaytirdi.  Farg’ona  vodiysi  hududiy  yaxlitligi  va  iqtisodiy  imkoniyatlari, 

uning Buxoro xonligidan ajralib chiqishiga qulay omil bo’lib xizmat qildi.  

Chust  yaqinidagi  Chodak  qishlogida  yashovchi  xo’jalar  jamoasining  mavqei  XVIII  asr 

boshlaridayoq Farg’onada anch kuchayib, 1709 – yilda o’z yer mulklarini mustaqil deb e’lon qiladi 

va vodiyda hokimyatni qo’lga olishga intiladilar. Biroq ularning hokimyati boshqa urug’ qabilalari 

tomonidan  tan  olinmadi.  Bir  guruh  harbiy  zodagonlar  rishtonda  qo’zg’alon  ko’tarib  Farg’ona 

hokimi Xo’ja Ashirqulni o’ldiradilar.        

XVIlI  asr  boshida  Buhoro  xonligida  Ashtarxoniylar  hukumronligi  tanazzuli  tezlashgan  sharoitda 

Farg'ona  vodiysida  Qo'qon  xonligi  tashkil  topdi.  Dastlab  ming  qabilasidan  chiqqan  Shohruhbiy 

1710  yilda  Chodak  xo'jalik1ari  hokimiyati  o'rniga  buxoro  xonligidan  mustaqil  Farg'ona  deb 

nomlangan  mu1kga  asos  soladi.  Uning  o'g'li  Muhammad  Rahimhiy  (1721-40)  davrida  Farg'ona 

mulki  ancha  kengayib,  Abdulkarimbiy  (1740-1760)  markaziy  hokimlyatini  mustahkamlash  uchun 

feodallar  o'zboshimchaligiga  chek  qo'yishga  intildi.  Norbutabiy  (l769-1800)  davrida  Chust  va 

Xo'jand beklari qarshiligi bostiriladi .Norbutabiyning  o'g'li Olimbek  

(1800-1809) 

Qo'qon 


xon1igidagi  feodallar  O’zboshimchaligini  bostirishga  erishdi.  U  harbiy  is1ohot    0' 

tkazdi,  1803-1809  yillarda  Tushkent,  Chimkent  va  Sayramni  Qo'qon  xonligi  tasarrufiga 

o'tkazdi.  Olimhekning  markazlashgan  davlatga  aylantirish  uchun  qilgan  harakati  ba'zi 

feodal guruhlar o'rtasida keskin norozilikni ke1tirib chiqardi. Natijada, U ukasi Umarxon 

boshliq fitnachilartomonidan 1809-yilda o'ldirdi.  

Umarxon  (  1809-1822)  xonlik  taxtini  egallagach  Turkiston  shahrini  va  Qozoq  dashtarining 

anchagina qismini Qo'qon  xonligiga qo'shib oldi.  Aniqrog'i, Uguztog'dan to Xazar Kaspiy dengizi 

sohillarigacha  bo'lgan  cho'l  yerlar  Umarxon  hukmronligiga  bo'sundirildi.  Toshkent,  Buxoro  va 

Xivadan Orenburgga boradigan karvon yo’llari tutashgan joyda Oqmachit qal'asi qurildi.  

Qo'qon xonligi Umarxonning o'g'li Muhammad  Alixon (1822-1842) hukumronligi davrida  yanada 

kengaydi.  Bu  safar  Farg'ona  vodiysining  janubida  mustaqillik  bilan  boshqarilayotgan  Qorategin, 

Darboz  va  Kulob  yerlari  egallandi.  U  yana  1826  yilda  Sharqiy  Turkistondan  musulmonlarini 

Farg'onaga  majburan  ko'chirib  yuborayotganligi  va  ho'jalar  quvg’in  qilinayotganligi  to'g'risidagi 

xabar  tarqa1ishi  Munosabati  bilan  qilingan  harbiy  yurish  munosabati  bilan  Oqsuv,  Qashg'ar, 

Yorkent,  Xuton  shahar1aridan  soliq  olish  huquqini  qo'lga  kiritdi.70  mingga  yaq.in  Sharqiy 

Turkiston1ik  Musulmonlarni  ko'  chirib  kelib  Shahriston  va  un  ing  atro  fidagi  qish1oq1arga  o’ 

rnashtirdi.  

Bu  davrda  Markaziy  Osiyodagi  xonliklar  va  amirliklar  o'rtasida  o'zaro  kurashlar  yana  avj  oladi. 

Masalan,  Qo'qon  hukumdori  Alixonning  eng  obro'li  a'yonlarni  ta'  qib  qilishi  va  qatl  qilishidan 

norozi  bo'lgan  feodallar  va  ruhoniy1ar  oshkora  bosh  ko'tarishga  botina  olmay  Bauxoro  amini 

Nasrulloga  yordam  so’,rab  murojat  qildilar.  Alixonning  og'ir  gunohi  ikkita  tug'ishgan  sing1isi 


 

169 


bo'1gani  ho1da  0'gay  onasiga  uy1angani  haqida  uydirma  tarqatishadilar.  Dinl  peshvolari  uni  

xudodan  qaytgan  va  dindan  chiqqan  kofir  hukmdor  sifatida  xa1qqa  ma’lum  qiladi.  1840  yildagi 

Qo'qon  xonligi  bilan  Buxoro  amirlogi  o'rtasidagi  urush  Alixonl  mag'lulbiyati  bilan  tugallanib, 

Ho'jand Nasrullo tasarrufiga o'tdi, xonlik amir1ikka tobeyligini tan oldi.  

Lekin,  Nasrullo  qo'shinlari  jo'nab  ketishi  bilan  Alixon  yana  o'zi  bilan  kelisha  olmagan  kishilarni 

ta'qib  va  qat1  qilishni  davom  ettirdi.  Natijada,  Qo'qonda  norozilik  g'alayonlari  boshlandi.  1840  - 

Nasrullo  qo'shinlari  yana  rahbarsiz  qolgan  Qo’qonga  kelib  Alixon  va  unga  yaqin  kishilarni  qatl 

ettiradi.  

Shuni  qayd  etish  joizki,  Amir  Nasrullo  qoldirgan  noib,  ama1dorlar  va  askarlar  qisqa  vaqtda 

Farg'ona  aholisiga  qattiq  zu1m  o'tkazganligi  va  ko'plab  talonchilik  ishlarini  ama1ga  oshirganligi 

sababli  1842  yi1  yozida  Qo'qonda  qo'zg'olon  ko'tari1ib,  Buxoro  amirligi  hukumronligi    0'  rniga 

Ta1asda yashayotgan Olimxonning jiyani Sherali xon deb e'lon qilindi.  

Buxoro noibi qochib ketdi, Buxorolik qo'shin  va  ama1dorlar qirib tashlandi.  Bunga Javoban 1843 

yili  Amir  Nasrullo  0'  z  mavqeini  tiklash  maqsadida  xonlikka  yana  kattagina  qo'shin  bilan  kelib 

Qo'qonni  40  kun  qama1  qildi.  Lekin,  Xiva  xoni  Olloqu1ixonning  Bnxoroga  hujum  qilganligi 

sababli  Nasrullo  qaytib  ketishga  majbur  bo'ladi.  Xo'jand  va  Toshkent  shaharlari  yana  Qo'qon 

xon1igi tasarrufriga o'tadi va xonlik Umarxon davridagi .  chegaralarini tiklaydi.  

Lekin,  Sheralixonning  taxtga  kelishiga  va  Qo'  qonning  Amir  Nasrullo  tartibotidan 

qutultirishdan  yordam  bergan  qipchoqlar  xon1ikdagi  asosiy  lavozimlarni  egallashga 

kirishdilar, Bunga Sheralixon yo'l qo'ymagach qipchoq1ar qo'zg'olon ko'tarib, Qo'qon shahrini 

egallaydi.  Natijada,  qipchoq  oqsoqollari  kengashi  Sheralixonni  taxtda  qoldirsa  ham  qipchoglar 

boshlig'i  Musulmonqulni  amirlashkar  (bosh  harhiy  qo'mondon)  etib  tayinlaydi.  Xonlikdagi  asosiy 

lavozimlarni endi qipchoglar egallab, hokimiyatni asosan ular boshqara boshlaydilar. Sheralixon qo' 

g'irchoq hukmdor bo'lib qoldi.  

Ana shu davrda aholidan  soliq undirishning kuchayishi  Qo' qon  xonligining  hir qator tumanlarida 

qo’z.g'olonlar  boshlanishiga  sabab  bo'ldi.  1845  -  yilda  Musulmonqulning  O'shdagi  qo'zg'olonni 

bostirish bilan bandligidan foydalangan Alixonning o'g'li Murod o'zini xon e’lon qilishga ulgurdi va 

Sheralixonni qatl etdi.  

Musulmonqul  darhol  O'shdan  Qo'qonga  qaytib,  Murodni  o'ldirdi  va  uning  o'rniga  Shcealixonning 

13  yashar  0'g'li  Xudoyorxonni  taxtga  0'tqazdi.  Musulmonqul  yosh  xonning  xomiysi  bo'lish  bilan 

chegaralanmasdan  qaynotasi  ham  bo'lib  oldi.  Aslida  hokimiyat  Musulmonqul  qo'lida  to'planib, 

davlatni asosan qipchoqlar boshqara boshladi.  

Lekin, Xudoyorxon  voyaga  yetgach, 1853  yili  Musulmonkulning Toshkent, O'ratepa va Xujandga 

muaffaqiyatsiz  harbiy  yurishlari  davrida  mahalli    aholi  yordamiga  tayanib  fitna  uyushlirdi  va  20 

mingdan  ortiq  qipchoqlar  qirib  tashlandi.  Musulmonqul  Qo'gonda  qatl  etildi,  qipchoq  yerlari 

musodara gilinib, egallangan lavozimlardan chetlatildi.  

1853 yili rus qo'shinlarining Oqmachit, Julak, Kumushqurg' onga yurishi boshlandi.  

Shu  orada  Qo'  qonning  xonlari  tez-tez  almashingan  bo'lsa  ham  Xudoyorxon  so'ngi  mustaqil  xon 

bo'lib qoldi.  

XIX  asr  birinchi  yarmida  Qo'qon  xonligi  tarkibida  Sirdaryoning  so'l  sohili  bilan  Qorategin 

oralig'idagi Qo' gon viloyati, Sirdaryoning 0'ng sohilidan to Olatovgacha          bo'lgan Namangan 

viloyali va Xo'jand shahri, Xo'jand bilan Toshkent oralig'idagi O'ratepa viloyali qurgan. Xonlikning 

eng  shimoliy  viloyati  Turkiston  bekpadala  sahrolariga  borib  taqalgan.  bundan  tashqari  xonlikka 

Balxash  ko'li  bilan  Sirdaryoning  yuqori  oqimi  oralig’idagi  yerlar  ham  qurgan.  Billur  tog'ining 

g'arbiy  tomonidagi  Qorategin,  Bardoz,  Qulol,  Shug'non  singari  tog'li  tumanlar  ham  Qo'gon 

xonligiga  tegishli  bo'lgan,  Bu  davrda  xonlikning  aholisi  3  milJionga  yaqin  edi.  O'sha  davrda 

Qo'qonda 80 ming, Toshkcntda 60 ming aholi yashagan.  

Qo'qon xonligida asosiy aholi 0'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar, qozoqlar, uyg' urlar va qoraqalpoqlardan 

tashqari 0'z migdorda yaxudiylar, hindlar, tatarlar va boshqa elatlar vakillari ham yashagan. O'trog 

aholosiningr asosiy gismi o'zheklar bo'lib, ular bu yerga asosan XIX asr birinchi yarmida va undan 

oldin ko'chib kelgan.  

Shahar  aholisi  asosan  hunarmandchilik  va  savdo  bilan  shug'ullanardi.  Katta  shaharlarga  xonning 

o'g'i11ari yoki yaqin qarindoshlari hukumronlik qilgan.  

    


Qo’qon  xonligida  asosiy  soliqlardan  biri  Xiroj  edi.  Undan  tashgari  aholi 

 

170 


zimmasiga  turli  xil  majburiyatlar:  qal'alar  va  suv  inshootlari  qurish  va  ta'mirlash, 

harbiy xizmat kabilar ham tushardi.  

 

Bularning  barchasi  mamlakat  iqtisodiyotiga  juda  og'ir  ta'sir  ko'rsatardi:  xo'jaliklar 



tushkunlikka  uchrar,  dehqonlar  va  mayda  hunarmandlar  xonavayron  bo'lar,  ko'p  oilalar 

boquvchisisiz  qolardi.  Natijada,  xonlikda  isyonlar  va  xalq  harakatlari  ko’tarilgan.  Masalan,  1745-

1746 yillarda Farg'ona vodiysiga qalmiqlarning talonchilik yurishlariga qarshi hukumdorlar zaruriy 

chora-tadhirlarni amalga oshirmaganligi uchun go'zg'alon ko'tariladi. Bundan qipchoq zodagonlari 

foydalanishga  harakat  qilishdi.  Buning  evaziga  Qo'gon  xoni  lqipchoqlarni  qirg'in  qi1di.  1799  yili 

Chus hokimi Buzrukxo'ja Norbutabiyga qarshi chiqdi.  1808 yili toshkentlik1ar Alimxonning og'ir 

soliqlariga  qarshi  go'zg'olon  ko'tardi.  Ana  shunday  sabab  bilan  1809  yili  Toshkent  atrofidagi 

ko'chmanchi  qozoqlar  norozilik  harakati  uyushtirdi.  Umarxon  siyosatiga  garshi  1821  yilda 

Tentakto'ra  boshchiligida  Sayram  va  Chimkentda  go'zg'olon  bo'lgan.  1832  yilda  qirg'izlar 

qo'zg'oloni,  1839  yilda  xa1qning  og'ir  ahvoli  sababli  ko'tarilgan  Qortegindagi  qo'zg'alonlar  ham 

ilgaridek katta harbiy kllch bilan boslirilgan.  

XIX asr birinchi yarmida Qo'qon xonligi hududly jihatdan O'rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo'qon 

xonligi  sharqda  Sharqiy  Turkiston,  g'arbda  Buxoro  amirligi  bilan  chegaradosh  edi.  Xonlik  hududi 

shimolda  uchala  qozoq  juzlarini  batamom  o'ziga  bo'ysundirib  olgan  Rossiya  bilan  chegaralanardi. 

Xonlikning  janubiy  chegaralari  Qorategin,  Ko'lob,  Darvoz,  Sho'g'non  singari  tog'li  hududlarni  o'z 

ichiga  olar,  bu  hududlar  uchun  Buxoro  amirligi  bilan  qonli  urushlar  bo'lar,  ular  qo'ldan-qo'lga 

o'tardi.  Qo'qon  xonligi  hududi  Buxoro  amirligi  va  Xiva  xonligidan  farqli  o'laroq  sersuv  daryolari, 

so'lim vodiylari, serhosil yerlari ko'p edi. Xonlikning markazi Qo'qon, Marg'ilon, O'zgan, Andijon, 

Namangan  kabi  yirik  shaharlar  joylashgan  Farg'ona  vodiysi  edi.  Toshkent,  Chimkent,  Turkiston, 

Avliyoota, Pishpak, So'zak, Oqmachit kabi yirik shaharlar ham Qo'qon xonligi tasarrufida edi. 

Qo'qon  xonligida  aholi  nisbatan  zich  joylashgan  bo'lib,  taxminan  3  millioncha  kishi  yashardi. 

Xonlikning poytaxti Qo'qonda 80 000, Toshkent shahrida 60000 aholi yashagan.  

Qo'qon  xonligi  aholisining  ko'pchilik  qismi  o'zbeklar  edi.  Shuningdek,  xonlik  aholisi  tojiklar, 

qirg'izlar,  qozoqlar,  uyg'urlar,  qoraqalpoqlardan  iborat  edi.  Bular  bilan  yonma-yon  yahudiylar, 

tatarlar, hindlar va boshqa elatlarning vakillari ham yashardi.  

Qo'qon xonligida davlat boshqaruvi Buxoro va Xivanikiga o'xshardi.  

Xon huquqi  hech  nima  bilan  chegaralanmagan  hokimi  mutlaq edi. Xondan keyingi  ikkinchi  shaxs 

vazir hisoblanib, u muhim davlat masalalarini xon bilan kelishgan holda hal etardi. Markaziy davlat 

boshqaruvida  Qushbegi,  Otaliq,  Devonbegi,  Mingboshi,  Shayxulislom,  Qozikalon,  Parvonachi, 

Shig'ovul, Sarkor, Inoq, Dasturxonchi,  Amin, Yasovulboshi kabi  amaldorlar  xizmat qilardi. Saroy 

qoshida maxsus kengash tuzilgan bo'lib, uning tarkibiga eng  

 

 



 

 

Shohruxbiy 



 

 

 



-1710-1721  

 

 



Abdurahimbiy 

 

-1721-1733  



 

Abdulkarimbiy 

 

- 1733-1750  



 

Abdurahmon 

 

- 1750 (9 oy)  



 

Erdona 


 

-1751-1752  

 

Bobobek 


 

- 1752-1753  

Qo'qonda 

Erdona (ikkinchi marta) 

 

- 1753-1762  



minglar 

Sulaymon 

 

-1762-1763  



sulolasi 

Norbo'tabiy 

 

- 1763-1798  



(1710-1875)  Olimxon 

 

- 1798-1810  



 

171 


 

Umarxon 


 

- 1810-1822  

 

Muhammad Alixon 



 

- 1822-1841  

 

Sherali.xon 



 

- 1842-1844  

 

Murodxon 



 

- 1844  


 

Xudoyorxon 

 

- 1845-1858  



 

Mallaxon 

 

- 1858-1862  



 

Xudoyorxon (ikkinchi marta) 

 

- 1862-1863  



 

 

 



 

Sulton Sayyidxon 

 

- 1863-1865  



 

Xudoyorxon (uchinchi marta) 

 

- 1865-1875  



 

oliy mansabdor shaxslar kirgan. Xon kengashning raisi masalani hal qiluvchi shaxs edi.  

Qo'qon  xonligida  qo'shinni,  aslahaxonani,  harbiy  ishlarni  mingboshi  boshqarardi.  Oo'shinda 

beshyuzboshi,  yuzboshi  va  o'nboshi  harbiy  lavozimlari  bor  edi.  Oo'shinning  bir  qismi  muntazam 

xizmatda  bo'lib,  markaziy  hokimiyat  ixtiyorida  bo'lardi.  Xon  gvardiyasi  deb  atalgan  bu  harbiy 

qismda  qipchoqlar,  qirg'izlar  va  tojiklar  katta  o'rin  tutardi.  Urush  paytlarida  xon  tajribali  zobitni 

lashkarboshi qilib tayinlardi. Harbiy xizmatdagilarga bir ot va egar-jabduq berilar edi. Yuzboshiga 

bir  yilga  147  so'm,  ellikboshiga  98  so'm,  o'nboshiga  65  so'm,  oddiy  sarbozga  48  so'm  maosh 

to'lanardi.  Markaziy  hokimiyat  tasarrufida  bo'lgan  10  ming  kishiga  yaqin  suvoriylar  qismi  harbiy 

xizmatchilariga davlat xazinasidan maosh to'langan. Harbiy qo'shin qilich, nayza, piltali miltiq bilan 

qurollantirilgan. Shuningdek, qo'shinda to'plar ham bor edi.  

Qo'qon  xonligi  15  beklik,  harbiy  okrugga  bo'lingan  bo'lib,  ularning  yarmidan  ko'piga  xonning 

o'g'illari  yoki  qarindoshlari  hokimlik  qilardi.  Hokimlar  o'z  hududidagi  harbiy  kuchlar  qo'mondoni 

hamda  fuqarolik  boshqaruvining  boshlig'i  edi.  Hokimlar  xonning  birinchi  da'vatidanoq  o'z 

qo'shinlari  bilan  belgilangan  joyga  yetib  kelishi  shart  edi.  Shu  tariqa,  xon  ancha  qo'shin  to'plash 

imkoniyatiga  ega  edi.  Oo'qon  xoni  zarurat  bo'lganda,  oziq-ovqat  ortilgan  12  ming  aravaga  ega 

bo'lgan 60 mingtacha sipohni yig'a olardi. 

Ko'rinadiki, XVI asrning bosh1arida Temuriylar hukmronligi inqirozidan keyin to XIX asrnini 60-

70 yillarigacha O'rta Osiyoda uchta mustaqil davlat - Buxoro amirligi, Xiva, xonliklari barpo bo'ldi. 

U1ar  XIX  asr  ikkinchi  yarimida  o'z  boshidan  chuqur  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  tanazzulni 

kechirmoqda edi. Qoloq feodal munosabatlari sharoitida bu xonliklar bir-birlari bilan xokimiyat va 

mo1-dunyo talashib, uz1uksiz o'zaro urlishlar olib bdilar, talon-tarojlik harakatlar qildilar. Ular xalq 

ommasi o'rtasida asrchilik siyosatini yurgizdilar, urug'chilik, hatto qulchilik qoldiqlari ham mavjud 

edi. Xalq ommasi o'ta qashoqlikda hayot kechirganlar. 

Asosiy  boylik  manbai  bo’lgan  sug’oriladigan  yerlarga  xonlar  va  ularning  yaqinlari  egalik  qilgan. 

Ular asosan 3 qisimga bo’lingan.  

1.xon yerlari. 

2.mulk yerlari – xon tamonidan alohidahizmatlari uchun bo’linib berilgan yerlar. 

3.Vaqf  yerlari  –  ruhoniylarga  berilgan  yerlar  dehqonlar  ana  shu  mulk  egalaridan  yerlarni  ijaraga 

olib ishalaganlar va kattadan katta soliqlar to’laganlar. Davlat tepasida xon, amr, qushbegi, sardor, 

bast,  mahram  (mansabdorning  hususiy  hizmatchisi)_va  boshqa  xonning  hos  kishi;ari  turgan. 

Ulardan keyin  mingbosh, yuzboshi kabi navkarlarga- qo’shinlarga boshchilik qilgan shahslar o’rin 

olgan. Navkarlar dehqonlardan olingan va harbiy hizmati uzoq muddatda o’taganlar. 

Xonliklarda  islom  dini  mafkurasi  hukumron  mavqeyga  ega  bo’lgan.  Din  arboblari  xonlikda  katta 

etiborli shahsidr.  

Xonliklar  ko’p  tarafdan  Amir  Temur  va  Temuriylar  davlatini  davom  ettirganalr.  Lekin, 

Shayboniylar  o’zlaridan  avvalgi  boy  madaniyatga  munosib  voris  bo’la  olmadilar.  Me’morchilik 

sohasida  Shayboniylar  Temuriylar  ananasi  biroz  davom  ettirgan  bo’lsalar  ham  ilm  va  davlatiyda 

bo’lgan o’sish Shayboniylar davlatining chekkasidan aylanib o’tdi.  

Natijada  XVI  asr  oxiriga  kelib  Shayboniylar  davlatida  katta  ma’daniy  qoloqlik  yuzaga  keldi.  Bu 



 

172 


qoloqlik  fan  texnika  sana’t  va  siyosatga  ham  ta’sir  ko’rsatdi.  Markazdan  boshqarish  susayib 

mahalliy  beklar  kuchaydi,  separatezim  va  tarqoqlik  yuzaga  keldi.  XVI  asrda  Xorazim,  XVIII  asr 

boshida alohida xonliklarga ajraldi. Toshkent bekligi ham nisbatan mustaqil edi. 

 

3-masala: 

Chor Rossiyasi butun Sibirni bosib olib, qozoq va qirg'izlar yashovchi hududlar - kichik juz, O'rta 

juz va katta juzni o'ziga bo'ysundirib, endi O'rta Osiyoga sidjib kelmoqda edi. Rossiya bilan Qo'qon 

xonligi bevosita chegaradosh bo'lib qolgan edi.  

Rus  hukumatining  Qo'qon  xonligiga  tazyiqi  xonlikning  qozoq  va  qirg'izlarga  nisbatan  ta'sir 

doirasini  kamaytirish  siyosati  va  amaliyotida  yaqqol  ko'rinmoqda  edi.  Bu  yovuz  niyatni  barcha 

o'zbek  xonlari  tushunardi,  ammo  ojizligi  tufayli  tajovuzni  bartaraf  etish  bo'yicha  taqozo  etgan 

darajada tadbir topolmadilar.  

Vaziyat uchala xonlikning birlashib dushmanni daf etish yo'lidan borishini talab qilardi. Arnalda esa 

buning aksi bo'ldi, ular birlashish o'rniga o'zaro kurashni avj oldirdilar. Xususan, Qo'qon xonligida 

notinchlik, hokimiyat uchun ichki kurash avj olib ketdi.  

Qo'qon xoni Muhammad Alixon (1822-1841) taxtga o'tirgandan boshlab 1834- yilgacha Qorategin, 

Ko'lob,  Darvoz  viloyatiga  to'xtovsiz  yurishlar  qilib,  ularni  Qo'qon  xonligiga  bo'ysundirdi.  1826-

1831-  yillar davomida esa  bir  necha  marta Qoshg'arga  bostirib  bordi, xitoyliklar  bilan urush qildi, 

ming-minglab kishilarning qirilib kutishiga sababchi bo'ldi.  

Muhammad  Alixon  o'z  atrofidagilarning  ta'siriga  tushib,  hatto o'z  otasining  eng  obro'li  a'yonlarini 

ta'qib  qildi,  xon  hokimiyati  bilan  mahalliy  amaldor-zodagonlar  o'rtasida  tarkib  topgan  itifoqni 

buzdi.  Ularning  ayrimlari  qatl  etildi,  surgun  qilindi,  ba'zilari  Buxoroga  qochib  ketishdi.  Omon 

qolganlar  xondan  norozi  bo'lganlarni  o'z  atrofiga  to'plab,  xonni  taxtdan  qulatishga  tayyorlana 

boshladilar.  Xonning  yengiltakligi,  aysh-ishratga  berilishi  aholini  o'ziga  qarshi  qilib  qo'ydi. 

Ruhoniylar  xonni  axloqsizlikda,  shariatga  qarshi  jinoyatlarda  ayblab,  unga  qarshi  ochiq  targ'ibot 

olib borishdi.  

Xondan  norozi  bo'lganlar  1839-  yilda  o'z  elchilarini  Buxoro  amiri  Nasrullo  huzuriga  yuborib, 

yordam so'raydi. Bu  vaqtda Buxoro amiri  bilan Qo'qon xoni O'rtasida  Jizzax, O'ratepa va Xo'jand 

uchun  urush  borayotgan  edi.  Amir  Nasrullo  Qo'qon  qo'shinini  tor-mor  etib,  Jizzax,  O'ratepa  va 

Xo'jandni  o'z  tasrufiga  kiritadi.  Endi  Qo'qon  sari  otlandi.  Ayni  paytda,  1841-  yilda  Muhammad 

Alixonning  zulmiga  qarshi  Qo'qon  shahar  aholisi  qo'zg'olon  ko'tardi.  Xon  O'rdadan  qochib  ketdi. 

Qo'zg'olonchilar talabiga binoan bir necha aybdor shaxslar qatl etildi.  

Xalq  Buxoro  amiri  Nasrulloning  Qo'qonga  hujum  qilmoqchi  bo'lganligini  eshitgach,  qo'zg'olonni 

to'xtatdilar.  Buxoro  amiri  o'z  qo'shinlari  bilan  Qo'qonga  yaqin  joylashgan  Beshariqqa  kelganda 

Muhammad  Alixon  elchilar  orqali  amir  Nasrulloga  qimmatbaho  sovg'alar  yuborib,  Xo'jandni 

amirga  topshiradi  va  o'zini  Buxoro  amirining  noibi  deb  tan  oladi.  Amir  Nasrullo  esa  Buxoroga 

qaytib ketadi. O'z taxtini saqlab qolgan Muhammad Alixon o'ziga yoqmagan kishilarni yana ta'qib 

etish, qatl qilishni davom ettirdi. Poytaxtda yana norozilik kuchayib, qo'zg'olon boshlandi. Nihoyat, 

1841-yil  noyabr  oyida  Muhammad  Alixon  taxtdan  voz  kechishga  majbllr  bo'ladi.  Uning  ukasi 

Sulton  Mahmud  xonlik  taxtiga  chiqadi.  1842-  yili  Buxoro  amiri  Nasrullo  Qo'qonga  qarshi  o'z 

qo'shinlarini  safarbar  etdi.  Qo'qon  qo'shinlari  tor-mor  etildi.  Qo'qon  xonligi  Buxoro  amirligiga 

bo'ysundirildi. Qo'qonning taslim  bo'lishiga  xonlikdagi parokandalik  va  xalqning o'z  hukmdoridan 

noroziligi  sabab  bo'idi.  Muhammad  Alixon  o'z  a'yonlari  bilan  tutib  olindi  va  amir  Nasrullo 

buyrug'iga binoan qatl etildi. Hatto xalqning sevimli shoirasi Nodiraga ham shafqat qilinmadi.  

Amir  Nasrulloning  Qo'qon  xonligidagi  hukmronligi  uzoqqa  cho'zilmadi.  Amiming  Qo'qondagi 

noibi Ibrohim dodxohning Qo'qon xonligi aholisini ilgaridan undirib kelingan soliqlarga qo'shimcha 

ravishda  Buxoro  amirligida  joriy  etilgan  soliqlami  ham  majbur  qilishi  natijasida  butun  Qo'qon 

xonligi hududida 1842- yili katta qo'zg'olon ko'tarildi. Uning oqibatida amirning Qo'qondagi noibi 

va beklari hokimiyati ag'darildi. 

Buxoro  amirligi  hokimiyatiga  qarshi  kurashda  Qo'qon  aholisining  qo'zg'olonini  tashkil  etgan 

mahalliy kuchlar  Farg'ona  vodiysida ko'chib  yurgan qipchoqlar  madadiga tayangan edilar. Qo'qon 

xonligining  mustaqilligi  tiklandi.  Taxtga  Norbo'tabiyning  jiyani  Sherali  o'tkazildi.  Qo'qon  xonligi 

mustaqilligini tiklashda ming urug'iga katta madad bergan qipchoqlar xonlik siyosiy hayotida katta 

mavqega  ega  bo'lib  oldilar.  Qipchoqlar  yo'iboshchisi  Musulmonqul  qo'shin  boshlig'i,  bosh  vazir, 


 

173 


bosh maslahatchi etib tayinlandi. Amalda davlat boshqaruvi ishlari uning qo'lida to'plangan edi. Eng 

mas'uliyatli davlat ishlari lavozimlariga             qipchoq zodagonlari tayinlandi.  

Qo'qondagi mag'lubiyatga chiday olmagan amir Nasrullo yana Qo'qonga yurish qildi. Qo'qon shahri 

40  kun  qamal  qilindi.  Ayni  paytda,  Xiva  xoni  Olloqulixon  Buxoro  amirligiga  qarashli  Chorjo'yga 

hujum  boshladi.  Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga  majbur  bo'ldi. 1843-  yilda  Xazorasp  yaqinida 

Buxoro  va  Xiva  qo'shinlari  O'rtasida  katta  jang  bo'ldi.  Amir  Nasrullo  mag'lubiyatga  uchradi. 

Bundan foydalangan Qo'qon xonligi Xo'jand bilan Toshkentni yana o'z tasarrufiga kiritdi.  

Sheralixon  hukmronligi  davri  aholidan  soliq  undirish  kuchayishi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  hol 

mehnatkash  aholining  noroziligini  keltirib  chiqardi.  Bundan  tashqari  davlat  ishlarida  muhim 

lavozimlami  egallab  olgan  qipchoqlar  davlat  hayotining  har  bir  sohasida  o'z  hukmronIiklarini 

o'tkazishga,  boshqa  o'zbek  qavmlari,  qirg'iz  va  tojiklarning    mamlakat  hayotidagi  ta'sirini 

kamaytirishga  urindilar.Qipchoqlarning  Qo'qonga  ko'chib  kelishi  yanada  kuchaydi.  Ular  mahalliy 

aholining  uy-joyini.  mol-mulkini  zo'ravonlik  bilan  egallab  ola  boshladilar.  Bularning  bari 

xonlikdaqi pchoqlarga nisbatan norozilikni kuchaytira bordi. Sheralixon bu vaziyatni tushunib yetdi 

va  Mllsllimonquldan  qutilish  payiga  tushdi.  Muslmonqul  xonning  niyatini  sezib  qoladi  va  unga 

qarshi  fitna  uyushtiradi.  Bu  fitnani  amalga  oshirish  uchun  qulay  fursat  ham  kelgan  edi.  Fitna 

rejasiga  ko'ra,  Musulmonqul  soliqlarning  haddan  tashqari  og'irligidan  norozi  bo'lib  qo'zg'olon 

ko'targan  O'sh  aholisining  qo'zg'olonini  bostirish  uchun  qo'shin  bilan  jo'nab  ketishi,  ayrim  siyosiy 

kuchlarning  vaziyatdan  foydalanib  Samarqandda  yashayotgan  marhum  Qo'qon  xoni  Olimxonning 

o'g'li Murodxonni olib kelib Qo'qon taxtiga o'tkazilishi nazarda tutiladi.         Qipchoqlardan norozi 

bo'lgan  mahalliy  aholining  Murodxonni  qo'ullab-quvvatlashiga  Musulmonqul  ishonar  edi. 

Musilmonqul  O'shdan  qaytgach,  "davlat  to'ntarishida"  ishtirok  etganlarning  barchasini  jazolashi, 

shu  yo'l  bilan  o'zining  barcha  raqiblaridan  qutulmoqchi,  qipchoqlarning  to'la  hukmronligini 

o'rnatmoqchi edi. Amalda ham shunday bo'lib chiqdi.  

Bu  mash'um  niyatdan  habari  yo'q Murodxon Isfara hokimining taklifiga ko'ra  Qo'qonga keladi  va 

taxtga da'vo qiladi. Bu bo'layotgan katta «siyosiy o'yin»ning tagida nima yotganini tushunib yetgan 

Sheralixon  Murodxon  foydasiga  taxtdan  voz  kechadi.  Tez  orada  Murodxon  buyrug'i  bilan 

Sheralixon  o'ldiriladi.  Musulmonqulga  esa  o'z  lavozimida  qolganligi  haqidagi  farmon  jo'natiladi. 

Mash'um  niyati  amalga  osha  boshlagan  Musulmonqul  o'z  qo'shiniari  bilan  Namanganga  keladi. 

Avval,  o'zining  12  yashar  qizini  marhum  Sheralixonning  o'g'li  Xudoyorxonga  nikohlab  beradi.  13 

yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan hokimi edi. Shundan so'ng, Qo'qonga kelib Murodxon va 

uni  qo'llab-quvvatlaganlarni  fitnachi  sifatida  ayblab,  ularni  qatl  ettiradi.  Kuyovi  Xudoyorxonni 

taxtga  o'tkazadi.  Xudoyorxon  yosh  bo'lganligi  tufayli  amalda  xonlikni  qaynotasi  Musulmonqul 

boshqaradi. Shunday qilib. xonlikda amalda qipchoqlar hukmronligi davri boshlanadi.  

Endilikda  qipchoqlar  Qo'qonga  yoppasiga  ko'chib  kela  boshladilar,  mahalliy  aholini 

shahardan  haydab  chiqardilar.  Ularning  uyjoylariga  egalik  qilib  oladilar.  Sug'orish 

inshootlarini  qo'lga  kiritdilar.  aholi  endi  suv  uchun  qipchoqlarga  soliq  to'laydigan 

bo'ldi.  Bularning  bari  o'z  mvbatida  xonlikda  hukumdorlarga  qarshi  qo'zg'olon 

ko'tarish  xavfini  tug'dirdi.  Bunday  vaziyatda  Musulmonqul  o'z  mavqeyini 

yo'qotmaslik  uchun  ruslar  bilan  aloqa  0'rnatishga  intiladi  va  rus  qo'mondonligi  vakili 

Y.Y.Velyaminov  -  Zernov  bilan  maxfiy  ravishda  uchrashadi.  Bu  hol  Xudoyorxonni 

qattiq  cho'chitib  qo'yadi.  Ana  shunday  sharoitda  xon  birdan-bir  to'g'ri  yo'lni  tanlaydi. 

Bu  yo'l  qaynotasi  Musulmonqul  va  qipchoqlar  hukmronligiga  xotima  berish  edi.  U 

shunday  yo'l  tutadi  ham.  Biroq,  bu  niyat  juda  shafqatsizlik  bilan  amalga  oshirildi. 

1852-  yil  9-oktabr  -  Qurbon  hayiti  kuni  u  Toshkentdan  chaqirilgan  qo'shin  bilan 

qipchoqlar  qirg'inini  uyushtirdi.  Uning  bu  harakatini  mahalliy  aholi  qo'llab-

quvvatladi.  Qayinotasi  Musulmonqlni  asir  oliib,  Qo'qonga  keltirildi  va  qatl  ettirdi.Qi 

pchoqlarning  mol  -  mulklari  musodara  qilindi,  ular  mahalliy  aholiga  sotildi.  1854- 

yilda  qipchoqlar  Andijon  va  Marg'ilonda  qo'zg'alon  ko'tardi,  Buxom  amiri 

qo'zg'olonchilarga  madad  berdi.  1855-  yilda  yana  qo'zg'olon  ko'tarildi  Toshkent, 

Chimkent, Turkiston shaharlarida ham qo'zg'olonlar bo'ldi.  

Musulmonqul  hukmronligiga  xotima  berilgan,  qo'zg'olonlar  bostirilgan  bo'lsa-da, 

ichki nizolar bu bilan barham topmadi. 

Xudoyorxon  aholidan  soliq  yig'ishni  kuchaytiradi,  aholiga  jabrsitam  oshib  bordi. 



 

174 


Xalqning  noroziligidan  foydalanib,  xonning  ukasi  Mallaxon  qo'shin  to'plab,  1858- 

yilda  xon  tarafdorlarini  tor-mor  keltirdi  va  Qo'qonni  egalladi.  Xudoyorxon  Buxoroga 

qochib  ketdi.  Mallaxonga  ham  fitna  tayyorlandi  va  1862-  yilda  Mallaxon  o'ldirildi. 

Shohmurod xon deb e'lon qilindi. Mallaxonning tarafdorlari qatl etildi. 

Alg'ov-dalg'ov  avj  olgan  bir  paytda  Toshkent  hokimi  Qanoat  o'z  jonini  saqlab  qolish 

maqsadida  Xudoyorxonni  Toshkentga  taklif  etdi.  Xudoyorxon  Toshkentga  keldi  va 

Buxoro  amiri  yordamida  1862yilda  Qo'qon  taxtini  egalladi.  Biroq  lashkarboshi 

Alimqul Xudoyorxonga qarshi urush boshladi, Xudoyorxon yana Buxoroga qochishga 

majbur  bo'ldi.  Alimqul  Mallaxonning  o'g'li  Sulton  Sayidxonni  Qo'qon  xoni  deb  e'lon 

qildi.  Ammo  bu  bilan  Qo'qon  xonligida  siyosiy  barqarorlik  tarkib  topmadi. 

Xudoyorxon  1865-  yilda  uchinchi  marta  taxtni  egallaydi.  Taxt  uchun  o'zaro  ichki 

kurashlar  avj  olib  borardi.  Bu  Rossiya  bosqini  arafasi  va  bosqin  boshlangan  davrda 

yuz berayotgan edi. 

Rossiya  imperiyasi  bosqini  arafasida  Buxoro  amirligida  ham  zodagonlar  va  beklarning  mol-mulk, 

taxt,  amal  talashib  o'zaro  ziddiyatlari  kuchaydi,  qirg'inbarot  urushlar  bo'idi.  1826-1860  -yillarda 

amirlik qilgan Nasrullo shafqatsiz hukmdor edi. U taxtga chiqqach, o'z yo'lida to'siq bo'lmasin deb, 

akalari  Husaynni  zaharlab  o'idirdi.  Umarni  qatl  ettirdi.  Nasrullo  taxtni  egallashda,  o'ziga 

yordamlashganlarni  ham  tirik  qoldirmadi.  Taxtga  o'tirgan  kunidan  boshlab,  bir  oy  davomida  har 

kuni  50-100  kishini  qatl  qilib  turdi.  Shu  bois,  amir  Nasrulloga  "qassob  amir"  deb  laqab  qo'yilgan 

edi.  


Amir Nasrullo amirlikdagi parokandalikni to'xtatish uchun shafqatsiz urushlar qildi, bo'ysunmagan 

shahar  va  qishloq  aholisini  qilichdan  o'tkazardi.  Bunga  o'zlarini  mustaqil  deb  hisoblovchi 

Shahrisabz  bekligiga  qarshi  olib  borilgan  qonli  urushlar  misol  bo'la  oladi.  Amir  Nasrullo 

Shahrisabzga 32 marta hujum qilib, oxiri 1856yilda uni zabt etdi.  

O'zbek  xonliklarining  hukmdorlari  Rossiya  imperiyasi  tajovuzlariga  nisbatan  e'tiborsizlik  va 

mas'uliyatsizlik bilan yondashdilar. O'zaro urushlar girdobiga botib, katta kuchlarni behuda qurbon 

qildilar,  mamlakat  boyligini  besamar  ishlarga  sovurdilar.  Vaqtini  aysh-ishrat,  kayf-u  safoda 

o'tkazdilar.  

Taniqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining "O'tgan kunlar" romanida Yusufbek hoji tilidan 

quyidagi  alamli  so'zlarini  bayon  etadi.  «Maqsadlari  juda  ochiq  …  Bittasi  mingboshi  bo'lmoqchi, 

ikkinchisi  Normuhammadning  o'rniga  o'tirmoqchi,  uchinchisi  yana  bir  shaharni  o'ziga  qaram 

qilmoqchi.  Ittifoqning  nima  ekanligini  bilmagan,  yolg'iz  o'z  manfaati,  shaxsiyati  yo'lida,  bir-birini 

yeb,  ichgan  mansabparast,  dunyoparast  va  shuhratparast  muttahamlar  Turkiston  tuprog'idan 

yo'qolmay turib. bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi ... Biz shu holatda ketadigan, bir-

birimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egallar».  

Haqiqatdan  ham  shunday  bo'ldi.  Turkiston  jahon  taraqqiyoti  jarayonidan  tobora  chetda  qola 

boshladi, ilg'or davlatlardan orqada qoldi.  

  

Yurtboshimiz  Islom  Karimov  xonliklar  davri  tarixiga  yangicha  nazar  tashlar  ekan,  tarixchi 



mutaxassislarga  quyidagi  savollar  bilan  murojaat  qiladi:  "Nega  jahonga  Ahmad  Farg'oniy, 

Muhammad  Xorazmiy,  lbn  Sino,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Imam  Buxoriy,  Amir  Temur.  Ulug'bek, 

Alisher  Navoiy,  Bobur  kabi  buyuk  siymolarni  bergan  bu  millat  XVII-XIX  asrlarga  kelib,  to  shu 

choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch asr mobaynida boshimiz 

qoloqlikdan  chiqmay  qoldi?  Ajdodlarimizning  qattiq  qarshiligiga  qaramay,  rossiyaning  o'lkamizni 

nisbatan oson zabt etishida ana Shu qoloqlikning ham o'rni bo'imaganmikan?".  

Darhaqiqat,  XVII-XIX  asr  jahon  tarixiga  moddiy  va  madaniy  yuksalish  davri  bo'lib  kirganligi 

ma'lum.  Xususan,  Yevropadagi  bir  qator  mamlakatlarda  ishlab  chiqarish  sezilarli  darajada  o'sdi, 

zavod  fabrikalar  qurilib  yangi  texnik  uskunalar  bilan  jihozlandi,  temir  yo'llar  qurildi,  qit'alararo 

dengiz  yo'llari  ochildi,  mehnat  unumdorligi  oshdi,  odamlarning  moddiy  va  madaniy  turmush 

darajasi  ko'tarildi.  O'rta  Osiyo  xonliklari  ana  shunday  ijobiy  jarayondan  chetda  qoldi,  qoloqlikka 

yuz tutdi.  

O'zbek xonliklari hayotidagi qoloqlikning ildizi, sabablari nimalardan iborat?  

Qoloqlikka bir qator omillar sabab bo'ldi.  

Xonliklarning  asrlar  davomida  o'zgarmay  kelayotgan  davlat  idora  usuli,  tor  doiradagi  hukmdorlar 

zulmi taraqqiyotga g'ov bo'lib qolgan edi.  



 

175 


Asrlar davomida  bir  butun  bo'lib kelgan  mamlakatning, bir  iqtisodiy  va  madaniy  makonda  yashab 

kelgan  aholining  uchga  bo'linib  ketishi,  xonliklar  O'rtasidagi  urushlar,  har  bir  xonlik  ichidagi 

parokandalik, boshboshdoqlik va o'zaro hokimiyat uchun tinimsiz davom etgan ichki kurash, ig'vo-

fasodning avj olishi, o'zaro nizo janjallar, urushlar viloyat va tumanlarni, qolaversa, butun mamla-

katni xonavayron qilardi.  

Xonliklar O'rtasidagi o'zaro urushlar, etnik nizolar qabilalar ko'chishini keltirib chiqarardi yoki ular 

zo'rlik  bilan  yashab  turgan  joylaridan  ko'chirilar  edi.  Bu  jarayon  etnik  guruhbozlikni  keltirib 

chiqarardi,  qabilalarning  etnik  aralashuviga,  bir  butun  xalq  bo'lib  qovushishiga,  jipslashishiga 

xalaqit  berardi.  Davlat  darajasida  ham,  viloyatlar  darajasida  ham  yagona  xalq,  yagona  Vatan 

tushunchasining  qadri  anglab  olinmadi.  Odamlarni  Turkistonni,  xalqni  birlashtirish  g'oyasi  ostida 

uyushtira oladigan yo'lboshchi topilmadi.  

Aholi  xon  va  beklarning,  lavozimdagi  amaldorlarning  zo'ravonligidan,  o'zboshimchaligidan, 

suiiste'mollaridan, g'ayriqonuniy soliq va to'lovlardan azob chekardi. Turmush darajasi past bo'lib, 

aholi  isle'mol  uchun  eng  zarur  bo'lgan  tor  doiradagi  oddiy  buyumlar  va  mahsulotlar  bilan 

qanoatlanardi.  Ishlab  chiqarishning  faqat  iste'molga  yo'naltirilganligi  iqtisodiyotning  o'sishi  uchun 

turtki berolmasdi.  

Xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit berayotgan ish1ab chiqarish 

usulini  himoya  qilardi.  Asosiy  boylik  bo'lgan  yerga  mulkchilikning  eski  usuli  bir  necha  asrlardan 

beri o'zgarmasdan kelardi. Xonliklarda hukmdor yerning birdan-bir egasi bo'lib, yer ishlovchilarga - 

dehqonlarga xatlab, ijara tarzida biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerdan olingan hosilning 

egasi  edi.  Shu  bois,  dehqon  yerni  asrab-avaylashga,  uning  unumdorligini  oshirishga  intilmasdi, 

manfaatdor emasdi. Dehqon yer egasi bo'lmagani uchun boshqa joylarga ketaverardi.  

Dehqonchilik  nochor  ahvolda  edi.  Yerga  ishlov  berish  o'sha-o'sha  bir  juft  ho'kiz,  so'qa-omoch 

darajasida  qolib  ketgan  edi.  Irrigatsiya  inshootlariga  ahamiyat  pasayib,  sug'oriladigan  yer 

maydonlari qisqarib borardi.  

Xonliklarda sanoat ishlari rivojlanmadi. Oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko'mir, neft kabi 

tabiiy  boyliklar  to'la  bo'lgan  konlar  bo'lsa-da,  ularni  izlab  topish,  qazib  olish,  kon-tog'  ishlarini 

yo'lga  qo'yishga  befarqlik  qilindi.  O'lkada  yetarli  darajada  yirik  daryolar  bo'lsa-da,  ularda 

baliqchilikni rivojlantirish, kemasozlikni yo'lga qo'yish hech kimning xayoliga kelmasdi.  

Tovar-pul  munosabatlari  rivojlantirilmadi.  Daromad  iste'mol  va  qo'shin  xarajatlarini  zo'rg'a 

qoplardi,  pul,  oltin-kumush  xon  va  amaldorlarning  xazina  to'plash  manbai  bo'lib  qolgan  edi, 

iqtisodiyot rivoji uchun sarflanmasdi, o'lik mol sifatida saqlanardi, kapitalga aylanmasdi.  

Xonliklarning  savdo  munosabatlarida  hamon  ayirboshlash  tarzi  davom  etardi.  0'  rta  Osiyo  jahon 

bozoridan ajralib qolgani ustiga, yagona ichki bozar ham tashkil topmagan edi.  

O'zbek  xonliklaridagi  ijtimoiy-siyosiy  beqarorlik,  iqtisodiy  va  harbiy  nochorlik  qo'shni 

mamlakatlarni  o'z  tasarmfiga  kiritib  olish  siyosatini  jadallashtirayotgan  Rossiyaga  qo'l  keldi. 

Xonliklardagi  parokandalik,  o'zaro  nizo  va  urushlar,  oxir-oqibat,  ularning  Rossiya  imperiyasi 

tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylanishiga olib keldi.   

Turkistondagi xonliklar va bekliklar o’zaro raqobat nizolariga berildi. Xullas  

XVII – XIX asrdagi tanazzul va qoloqliklarning asosiy illatlari quyidagilar: 

-birinchidan Shayboniylar bilan birga kelgan mutassiblik.  

-ikkinchidan, shu qoloqlikning natyijasida sifatida yuzaga kelgan separatizim va tarqoqlik. 

-uchinchidan,  Hindistonga  dengiz  orqali  yo’l  ochilgandan  so’ng  ipak  yo’lining  ahamiyati  so’nib, 

o’zbek davlatlarida yuz bergan izaliotsionizm. 

-to’rtinchidan,  barcha  musulmon  mamlakatlarning  g’arbda  yuzaga  kelgan  oily  matematikaga 

asoslangan  yangi  madaniyatni  qabul  qilishga  qodir  emasliklaridir.Nafaqat  Shayboniylar  davlati, 

balki  Safofiylar,  Boburiylar  va  qudratli  Usmoniylar  ham  ajdodlari  kashf  etgan  Al  javr  oily 

riyoziyotga  voris  bo’laolmay  elementlar  matematika  dunyosida  qoldilar.  G’arb  esa  ildizlari  bizda 

yaratilgan  matematikani  rivojlantirib,  o’zgaruvchi  miqdorlar  matematikasin  yuzaga  keltirdi. 

G’arbliklar bu yutuqlarni parallel ravishda mehanika (bollistika) Fizika, optika, astranomiya, tatbiq 

qildilar. Natijada g’arbda g’ildirakli ulkan to’plar va  ichki kesimli (nereznoy) patronli o’qlar bilan 

otuvchi  miltiqlar  yuzaga  keldi.  O’rta  Osiyo  g’ildiraksiz  yadroli  to’plar  va  plita  miltiqlar 

to’pponchalar  darajasida  qoldi.  Faqat  usmoniy  saltanatlarida  g’arbdan  keltirilgan  to’pchi  va 

miltiqlar  hisobidan XVIII asr o’rtalarida  harbiy ustunlik sezilib o’sha asr oxiriga kelib ularda ham 



 

176 


g’arbga  nisbatan  qoloqlik  oshkor  bo’lib,  janglarda  yengilaverdilar  va  ko’p  yerlarni  qo’ldan  boy 

berdilar. 

  

O’zbek xonliklarida yuz bergan qoloqlik qo’shni musulmon mamlakatlaridan ham kuchliroq 



edi. Shunday  bo’lsada XIX asr boshida uchala  xonlikda biroz  madaniy  yuksalish  yuz berdi. Lekin 

asosiy  illatlar  boshboshdoqlik  kuchayib  bordi.  Bu  illat  shu  qadar  kuchli  ediki  o’tgan  asrning  60-

yillarida  Toshkent  va  Qo’qon  xonligiga  nisbatan  rus  istilosi  boshlanganda  Buxoro  amirligi  ham, 

Xiva  xonligi  ham  yordam  bermadi.  Usha  davrdagi  xonilklardagi  vaziyat  shuni  taqozo  qilar  ediki, 

agar butun kuch va imkoniyatlarni safarbar qilganda birgina Buxoro amirligining o’zi rus istilosiga 

to’siq  bo’la  olardi.  Afsuski    noshud  amir  va  xonlar  bu  qadar  yuksaklikka  ko’tarila  olmadilar, 

ularning  shahsiy  mahalliy  ma’nfatlari  umummilliy  mannfatlaridan  unstun  kelgandir.  Mana  130 

yillik mustamlakachilik davri tugadi. Dushman deyarli daf bo’ldi. Ko’p og’ir damlarni boshimizdan 

kechirdik shu davrda bizning har usullar bilan egib – bukub ko’rdilar lekin sindira olmadilar.  

 

 



Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling