Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- Pedagogik vazifalar
- O’quv faoliyati natijalari
- 1.2. «Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishl. Chorizm istibdodiga qarshi Turkiston
- 9- Mavzu: Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi. Chorizm istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashi. Jadidchllik. Ryeja
- Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi
Ma’ruza mashg’ulotlari 9-mavzu Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishl. Chorizm istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashi. Jadidchllik 1.8. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli Kirish-axborotli ma’ruza Ma’ruza rejasi l.Chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olishi. 2.O'lkamizda mustamlakachilik boshqaruv tizimining o' r n a t i l i sh i . 3.Turkiston xalqlarining chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatining boshlanishi, uning bosqichlari. Jadidchilik
bosib olishi, maqsadlari, podsho Rossiyasining o’lkadagi mustamlakachilik siyosati, unga qarshi milliy ozodlik harakati, o’lkada jadidchilik harakatining yuzaga kelishi to’g’risidagi bilimlar tashkil ettiriladi. Pedagogik vazifalar: Podsho Rossiyasi o’lkani bosib olish uchun harbiy yurishlari, ularning maqsadlari haqida tushuntirish beriladi; Chorizmning markaziy osiyodagi boshqaruv tizimi, uning
mustamlakachilik mohiyati zulmiga qarshi o’lkada milliy ozodlik harakati to’g’risida ma’lumotlar beriladi.
Podsho Rossiyasi tomonidan Markaziy osiyoni bosib olishi, chorizmning o’lkadagi mustamlakachilik siyosati qanday salbiy oqibatlarga olib kelganligi tushuntirib beriladi; Markaziy Osiyoda jadidchilik harakatining yuzaga kelishi, uning mazmun mohiyati tushuntirib beriladi. Ta’lim berish usullari Ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol- javob, suhbat, tushuntirish, klaster
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, kompyuter texnologiyalari, slaydlar
Texnik
vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya Monitoring va baholash Og’zaki nazorat, savol-javob 177
1.2. «Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishl. Chorizm istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashi. Jadidchllik» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
1.1.O’quv kursi nomini aytadi. Ekranga o’quv kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, mavzular ro’yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi 1.2.Birinchi mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi. 1.3.Klaster asosida o’tiladigan mavzuning mazmuni va mohiyatini qisqacha yoritadi Tinglaydilar.
Tinglaydilar
2- bosqich Asos
iy bosqich (55
daqiqa) 2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo’llaydi:
Podsho Roosiyasi nima sababdan markaziy osiyoga harbiy yurishlarni amalga oshirdi?
Fuqarolik jamiyati barpo etishning mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering.
Podsho Rossiyasining markaziy osiyoga mustamlakachilik mohiyati va uning oqibatlari nimalardan iborat?
Turkistonda jadidchilik harakati nima sababdan yuzaga keldi va ularning maqsadlari? XIX asrning oxirida Turkistondagi milliy- ozodlik harakatiga kimlar rahbarlik qilgan? 2.2. Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi. 2.3. Ekranda slaydlar namoyish etish orkali chorizmning harbiy yurishlari, jadidchilik ijobiy rol o’ynagani to’g’risida to’liq ma’lumotlar beradi Talabalar diqqatini mavzuning asosiy jihatlariga karatadi, ularning dolzarb va ahamiyatli ekanini asoslaydi. 2.4. Iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlash va hayot sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilgan sa’y- harakatlar to’g’risida fikr bildirishlarini so’raydi. Ushbu vazifani FSMU texnikasi yordamida amalga oshirish kerakligini aytadi va FSMU texnikasining qoidasini tushuntiradi (4-ilova). Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini aytadi. Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo’naltiradi, zarur maslahatlar beradi. 2.5. Bir nechta talabaning ish natijasini tekshiradi, talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi. Zarur bo’lsa, qo’shimchalar kiratadi va ushbu savol bo’yicha to’liq Savolga javob
beradilar. Fikrlarini bildiradilar.
Tinglaydila r, zarur
ma’lumotlarni yozib oladilar.
Vazifani yakka
tartibda bajaradilar.
Ish
natijasini taqdim kiladilar.
178
ma’lumot berishini aytadi. 2.6. Rejaning ikkinchi savoliga doir bo’lgan slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq yoritadi 2.7. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi
Tinglaydila r, zarur
ma’lumotlarni yozib oladilar.
3.
Yaku niy bosqich (10 daqiqa)
3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: (1) o’tilgan mavzu asosida B/B/B jadvalini to’ldirib kelish. B/B/B jadvalini to’ldirish qoidasini tushuntiradi (6-ilova); (2) ikkinchi mavzu bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelish. Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.
xalqlarining milliy-ozodlik kurashi. Jadidchllik. Ryeja: 1. Chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olishi. 2. O'lkamizda mustamlakachilik boshqaruv tizimining o 'r nat ilis h i. 3. Turkiston xalqlarining chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatining boshlanishi, uning bosqichlari. Jadidchilik
Asosiy adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. Toshkyent, “O’zbyekiston”, 1994. 2. Karimov I.A. O’zbyekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar. Toshkyent. “O’zbyekiston”, 1996, 1 jild. 3. Avloniy A. Uson millat. Toshkyent, “SHarq”, 1993. 4. Aliyev A. Maxmudxo’ja Byehbudiy. Toshkyent. “YOzuvchi”, 1994 yil. 5. Alimova D.A., Rashidova D.A. Maxmudxo’ja Byexbudiy va uning tarixiy tafakkuri. Toshkyent, “Akadyemiya”, 1999 yil. 6. Aliyev Ahmad. Istiqlol va adabiy myeros. Toshkyent, ”O’zbyekiston”, 1997 yil, 7-60,179- 208 byetlar. 7. Alimova D.A. va boshqalar. Jadidchilik: isloxot yangilanish.mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. Toshkyent, ”Univyersityet”, 1999 yil 8. Bayoniy B. SHajara Xorazshoxiy. Toshkyent, ”Kamalak”, 1991, 176-226 bktlar. 9. Ziyoyev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va xukmronligiga qarshi kurash. Toshkyent, ”SHarq”, 1988. 10. Karimov SH., SHamsutdinov R. Turkiston Rossiya bosqini davrida. Andijon “Myeros”, 1995 yil. 11. Fozilbyek Otabyek o’g’li. Dukchi Eshon fojiasi. Toshkyent, ”CHo’lpon”, 1992 yil.’ 12. Xasaniy S. Turkiston bosqini. Toshkyent, ”nur”, 1992 yil. 13. Qosimov B. Ismoilbyek Gospirali. Toshkyent, 1992 yil. 14. O’zbyegim “Vatan” syeriyasi. Toshkyent, 1992 yil, 142-180 byetlar.
15. Tursunov T. Abdulla Avloniy va o’zbyek tyeatri. Guliston, 1998 yil, №6, 50-51 byet.
179
16. Eshmurodova Z. Ma’rifat davrining soxibqironi. (I.Gaspirali), Guliston , 1998, №6, 41-42 byetlar. 17. Uzoqov X. Islox yo’lida (Jadidlar matbuotida yangi turkum g’oyalari.) Iqtisod va xisobot. №8-9, 69-71 byetlar. 18. Ergashyeva N. Jadidchilik harakati va Munavvar Qori. Xalq ta’limi, 1996, №5, 69-71 byetlar. 19. Xolboyev S. YUrt dardiga darmon izlagan inson. Ma’rifat. 1997 yil 12 fyevral. 20. Karimov N. Byehbudiy va jadid adabiyoti. O’zbyek tili va adabiyoti, 1995, №3, 3-6 byetlar. 21. Abduraxmonov G. Byehbudiy va uning xozirgi zamon adabiy tilining shakllanishidagi xizmatlari. “O’zbyek tili va adabiyoti”, 1995, №3, 7-10 byetlar. 22. Xazratqulov K. Zulmga adovat. “O’zbyekiston adabiyot va san’ati”. 1993, 15 syentyabr. 23. Alimova D. “Hujumga zarurat bormi?”. O’zbyek adabiyoti va san’ati. 1997, 14 fyevral. 24. Alimova D. “Haq olinur, byerilmas”. O’zbyekiston adabiyoti va san’ati. 1997 yil, 14 fyevral. 25. Komilova M. Jadidlar xaqida yashirilgan xikoyalar. “O’zbyekiston adabiyoti va san’ati” 1992, 11 syentyabr. 26. Xolboyev S. Istiqlolimiz sarchashmalari. (Jadidchilik) Ishonch, 1996 10 dyekabr 27. Rizayev SHuhrat “Jadidlar va 1916 yil qo’zg’oloni” Ma’rifat, 1996 may. 28. Ibrohimov Solijon. Fitrat va jadidchilik. Muloqot, 1994.№ 5-6,20-23 byetlar. 29. M. Turdiyev. Mahmudxo’ja Byehbudiy. Muloqot, 1994, №3-4, 44-48 byetlar. 30. Aliyev Axmad. Istiqlol va milliy qadriyatlar. Guliston. 1996, №6, 4-5 byetlar. 31. Turdiyev SH. Fitrat va adabiy aloqalar. O’zbyek tili va adabiyoti. 1996, №4, 10-14 byetlar.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Ushbu mavzu orqali Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi,Chorizm istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashini tarixiy manbalar tahlili asosida yoritib byerishdan iborat. SHuningdyek Jadidchilikning mazmun mohiyatini tushuntirishdan iborat.
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 15.
mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Yo`qlama- 5-minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut YAngi mavzu bayoni – 50 minut Sinov savollar namunasi – 5 minut Uyga vazifa byerish – 3 minut 1-masala: O’rta Osiyo va Rossiya munosabatlari qadim zamonlardan boshlangan. Buni XIII-XV asrlarda O’rta Osiyoda zarb etilgan tanga pulning Rossiyada topilishi bilan isbotlash mumkin. Volga bo’yida Bulg’or va Xazor davlatlari mavjud bo’lgandayoq savdo aloqalari rivojlanishi uchun imkoniyat yaratilgan.
180
Dastlab Astraxon, Qozon kyeyinroq Sibir xonliklari Rossiya tomonidan zabt etilgan. XVI asr o’rtalarida munosabatlar yanada rivojlandi, ya’ni bir-birlari bilan byevosita qo’shni bo’lib qoldi. Ayniqsa o’sha davrda diplomatik munosabatlar o’rnatilishi iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlarni tartibga kyeltirdi. Masalan, Buxoro va Xiva xonliklari elchilari 1557 yilda Astraxonga borgan edi. 1558 yilda esa CHor hukumati Jyenkinsonni O’rta Osiyo xonliklariga elchi qilib yuborgan edi. XVIII asr oxiriga kyelib savdo yo’llari yanada kyengaydi. Agar avvallari Volga daryosi, Kaspiy dyengizi va Mang’ishloq orqali Xivaga, u orqali Buxoroga doimiy, Qo’qonga esa onda-sondagina savdo karvonlari borsa, endilikda ikkinchi savdo yo’li Oryenburg orqali Toshkyent, Qo’qon va Buxoroga boriladi. Uchinchi savdo yo’li o’am Syemipalatinsk va Pyetropavlovsk orqali qozoq cho’llari va Sarisuv bo’ylab Sibir savdo yo’li yuzaga kyeldi vi .
XIX asr birinchi yarimiga kyelib O’rta Osiyo va Rossiya savdo munosabatlari yanada kyengaydi. Bunga asosan Rossiya sanoatining va uning yangidan-yangi bozorlarga ehtiyoji kuchayishi sabab bo’ldi. Rus sanoati mahsulotini sotish uchun yangi bozor qidirish zaruriyati va uning uchun xom ashyo nyegiziga ega bo’lishlik ehtiyoji tufayli O’rta Osiyoga qiziqish yanada kuchaydi. Agar XIX asr birinchi choragida ikkala tomonlar o’rtasida asosan tayyor mahsulotlar ayirboshlangan bo’lsa, shu asr ikkinchi choragida paxta alohida ahamiyat kasb eta boshladi.
XIX asr boshlarigacha O’rta Osiyoga myetall buyumlar chiqarish taqiqlangan edi. Endi savdoni rivojlantirish maqsadida tyemir, po’lat, mis, cho’yan kabi myetallardan yasalgan buyumlar ham O’rta Osiyoga chiqariladigan bo’ldi. Kyeltirilgan misdan har xil idishlar va chaqa pul yasalardi. Tyemir va cho’yandan qishloq xo’jalik asboblari tayyorlandi. Qisqasi, ishlab chiqarishni rivojlanishida muhim rol’ o’ynaydi.
1826 yil fyevralida gyenyeral – mayor Vyerigin impyerator Nikolay I ga alohida xat bilan murojat qilib, unda Rossiya yengil sanoat va savdosi rivojlanishi hamda inglizlarning Tatariston chyegaralariga yaqinlashuvi O’rta Osiyoni tyezlik bilan bosib olishni taqozo qilmoqda, dyeb ko’rsatgan edi. Lyekin u vaqtda chor hukumatining asosiy e’tibori O’rta Osiyoga emas, “SHarq masalasi” dyeb nomlangan Yevropa voqyealari bilan band edi.
XIX asr ikkinchi choragida Rossiyada kapitalistik munosabatlar yanada tyezroq rivojlandi. Lyekin rus tovarlariga poshlinalarining yuqori bo’lishligi, ularning erkin emas, balki tatar boshqird va O’rta Osiyolik savdogarlar orqaligina kirib kyelishi ikkala tomon orasidagi savdo rivojlanishini qiyinlashtirardi.
Undan tashqari XIX asr 30-40 yillaridan O’rta Osiyoga Angliya kapitali ham kirib kyela boshladi va ular rus tovarlari bilan raqobatda g’olib chiqishi mumkin bo’ldi. Angliyaning Afg’onistonga bostirib kirib, O’rta Osiyo chyegaralariga yaqinlashuvi ham jiddiy xavf edi. Ana shunday sharoitda O’rta Osiyoda Rossiya o’zining, iqtisodiy pozitsiyasini mustaxkamlash zarur dyeb hisobladi.
Ana shu maqsadda “Rossiya-Osiyo savdo kompaniyasi” tashkil qilinib, uning asosiy vazifasi O’rta Osiyoda Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy ekspantsiyasini va inglizlar ta’sirini siqib chiqarishini ta’minlashdan iborat bo’lgan. XIX asr 40-yillarida CHor hukumati O’rta Osiyo xonliklari bilan savdoni yengillashtiruvchi qator tadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, O’rta Osiyo xonliklaridan Rossiyaga kyeltiriladigan tovarlarga bir foizgina poshlina byelgilandi. 1848 yil CHor hukumati Mang’ishloqdagi rus tovarlariga bo’lgan poshlinani ham byekor qildi. SHuni qayd etish lozimki, XIX asr 50-60 yillarida chorizm O’rta Osiyo xonliklarini bosib olish ryejasini amalga oshirishga kirishmagan edi. CHunki bu ish juda katta tayyorgarlikni talab etar edi. Buni 1839 yilda gyenyeral-Pyerovskiyning Xivaga muvaffaqiyatsiz qilgan harbiy yurishi ham taqoza qilardi. Kyechiktirilishiga yana bosh sabablardan biri CHor hukumatining butun e’tibori va mamlakat ryesurslari Kavkazni bosib olishni oxiriga yetkazishga qaratilgan edi. Undan tashqari 1848 yil Yevropadagi inqilobiy voqyealar va 1853-1856 yillardagi Qrim urushining muvaffaqiyatsiz tugallanishi ham O’rta Osiyoni bosib olishni kyechiktirilgan edi (1854-1864).
Lyekin shunga qaramasdan XIX asr 40-50 yillarida Rossiya O’rta Osiyo xonliklarida iqtisodiy siyosiy va diplomatik munosabatlarni o’rnatishni tyezlashtirdi. Masalan, 1848 yilda Nikiforov boshliq rus missiyasi Xivada, Butyenov boshliq missiya esa Buxoroda bo’ldilar.
Nikiforov talabiga ko’ra Sirdaryoning shimolidagi barcha xududlar va Kaspiy dyengizi 181
sharqiy qismi Rossiyaga o’tishi Xiva xonligida qulchilik tartiblari tugatilishi va barcha rus muhojirlari qaytarib byerilishi kyerak edi. Lyekin Xiva xonligi bunga rozilik byermadi. SHu sababli 1842 yil Xivaga Danilyevskiy boshliq yangi missiya kyelib, unda rus savdo karvonlarini turkman va Xivaliklar xujumidan mudofaa qilishga kyelishiladi. Butyenov missiyasidan ham dyeyarli ijobiy natija chiqmadi. Lyekin A.V. Xonikovning “Buxoro xonligi yozilishi” nomli kitobida amirlikni harbiy jihatdan o’rganishi kyelajakda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. XIX asr 40-yillari oxiridan CHor hukumati O’rta Osiyoga kirishni boshladi. Dastlab 1848 yilda Sirdaryo quyilishi joylari egalanib, u yerda “Raim” dyeb nomlangan qal’a qurilishi butun Orol dyengizi atrofi mustaxkamlanib olinishi ta’minladi va kyeyinchalik O’rta Osiyo ichiga kirib borishga imkoniyat yaratdi. 1851 yilda Oryenburg va Samara harbiy gyenyeral – gubyernatori qilib gyenyeral Pyerovskiy tayinlandi. U aslida O’rta Osiyo xonliklarini tyezlikda harbiy yo’l bilan qo’lga kiritish tarafdori edi. Endi Orol dyengizidan Sirdaryo yuqorisi bo’ylab harakat qilib, 1853 yilda hozirgi “Kazalinskiy I- son Fort” nomi bilan yangi qal’a qurdi. 1853 yilda Pyerovskiy yuborgan harbiy otryadlar Qo’qon xonligiga qarashli Oqmachit (Qizil O’rda ) qal’asini qo’lga kiritda va u yerda “Pyerovskiy forti” nomi bilan yangi qal’a barpo etildi. Tarixda buni “Turkiston fojyeasi” dyeb ham ataladi. “Turkiston fojyeasi” Oqmachit fojyeasidan boshlanadi. O’tgan asrda rus bosqini arafasida Markaziy Turkistonda uchta davlat – Buxoro amriligi, Xiva va Qo’qon xonliklari mavjud edi. Tarix darslarida bular umumiy qilib “O’zbyek xonliklari” dyeyilsa-da, Qo’qon xonligiga doir tarixiy manbalarda bu davlat “Turkiston mamlakati” dyeb tilga olingan, uning hukmdori esa “Hokon ibn Hokon sulton….” dyeb yuritilgan. SHunday hokon ibn hokonlardan biri 1822-1842 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Alixon ibn Umarxon edi. SHuni alohida qayd etish lozimki, Amir Tyemur zamonlaridan byeri SHarqiy Turkiston G’arbiy Turkistonga birlashmagan edi. Bu tarixiy voqyea xuddi shu Muhammad Alixon zamonida yuz byerdi. Uning bu muvaffaqiyatidan cho’chigan atrofidagi davlatlar sarosimaga tushdilar va o’zlari chora ko’rishga kirishdilar. Josuslar yuborib, uchta qo’shni va qardosh davlat o’rtasida nizo chiqarishga urindilar. Muhammad Alixonni badnom qilib qatl etilishiga erishdilar. Bu ishni Buxoro amiri Nasurullo amalga oshirdi. Uzoqni ko’zlagan bosqinchilar Turkistoni zabt etishga ana shunday hozirlik ko’rdilar, bu yerdagi davlatlar birlashmasi dyeya, ularni bir - birlariga yov qilib qo’ydilar. Muhammad Alixon hayotligida Qo’qon xonligining xududi Sirdaryoning quyi oqimlaridan to SHarqiy Turkistongacha edi, janubiy chyegara Pomir tog’larigacha borsa shimoli Olma – Ota , Pishpak, Issiqko’l bo’ylarigacha boradi. Bu davrda qurilgan yangi shaharlardan biri Sirdaryo bo’yidagi Oqmachit edi. Bu yerda qurilgan machit olis-olislardan oppoq bo’lib ko’ringani uchun xalq shaharni Oqmachit dyeb atagan vii
. Rus bosqiniga birinchi bo’lib ana shu Oqmachit (hozirgi Qizil O’rda) duchor bo’ldi. Oqmachit shahri istilo qilingach, CHor hukumati bosqinchi gyenyeral nomini abadiylashtirish maqsadida uni Pyetrovsk dyeb atadi. 70 yildan ortiq vaqt mobaynida shahar shu nom bilan yuritildi. 1920 yillarda o’sha paytdagi Qozog’iston Muxtor hukumati Oryenburgdan ko’chirib yuborilgach, bu shahar shu hukumatning qarorgohi bo’ldi va Qizil O’rda dyeb atala boshladi viii .
bosib olishda juda katta imkoniyatlar yaratdi. Bu bilan yana G’arbiy Sibir’ va Syemipalatinsk tomonidan ham O’rta Osiyoga kirish imkoniyati harbiy chizig’i yaratildi. Endi G’arbiy Sibir’ harbiy gyenyeral-gubyernatoriga Zailiy o’lkasini qo’lga kiritish vazifasini yuklandi. SHu maqsadda 1847 yilda Yettisuvdagi Ulutovda Kopal qal’si barpo qilindi. 1850-1854 yillarda chor harbiy qo’shinlari Zaili o’lkasini to’la qo’lga kiritdi. 1854 yilda Olma-Ota qishlog’ida Vyerniy nomli qal’a yuzaga kyeltirildi. ix SHunday qilib, shimol tomonda Syemipalatinsk Vyerniy o’rtasida Sibir’ harbiy chizig’i (liniyasi) yuzaga kyeltirildi. Sirdaryo va Sibir’ harbiy chiziqlarining yuzaga kyeltirilishi bilan O’rta Osiyoni bosib olishning barcha imkoniyatlari yaratildi. Endi buning amalga oshirilishi halqaro vaziyatga bog’liq edi. SHu orada Qrim urushining (1853-1856 y.) boshlanishi CHorizmning O’rta Osiyoni bosib olish ryejasining amalga oshirilishini orqaga surdi. Bundan O’rta Osiyo xonliklari ham foydalanishga harakat qilishib Rossiya qo’shinlarini shimolga surishga intildilar. XIX asr o’rtasida Qo’qon xonligi Qozog’istonning qator tumanlarini Turkiston va boshqalarni bosib olishga kirishdi. Undan tashqari
182
O’rta Osiyo xonliklari qozoq fyeodallarining “Kyenisarlar harakati” dyeb nomlangan fyeodal- monarxiyasi mazmuniga ega bo’lgan harakatini ham zo’r byerib quvvatladilar. 1853 yil oxirida YOqubbyek boshchiligidagi Qo’qon harbiy kuchlari Oqmachit qal’asiga hujum qilib, uni qo’lga kirita oldilar. Qrim urushidagi Rossiya mag’lubiyatidan kyeyin Turkiya hukumatining O’rta Osiyo xonliklarini birlashtirib Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga intilishi syezildi. Hindistonda mo’stahkamlanib olgan Angliya esa Afg’oniston chyegaralariga yaqinlashadi. 1856 yilda ingliz agyentlari Qo’qon va Xiva xonligida paydo bo’lishdi. Inglizlar yordamiga tayanib Afg’oniston hukmdori Do’st Muhammad Balxni egallab, Amudaryo janubidagi barcha tumanlarni qo’lga kiritish uchun harakat qila boshladi. Bu davrda Angliyaning Rossiya bilan yaqin siyosat olib borayotgan Eronga ham tazyiqi kuchayib bordi. Ana shunday sharoitda Rossiya hukumatidan O’rta Osiyoga ta’sir doirasini kyengaytirishning yangi va favquloddagi chora-tadbirlarini amalga oshirishni talab etardi. SHu maqsadni amalga oshirish uchun 1858 yilda Xiva va Buxoroga polkovnik Ignat’yev boshliq missiya yuborildi. Ular bilan birgalikda Butakov boshchiligidagi 2 ta paroxod ham yuborilib, uning Orol dyengizidan Amudaryoga va u yerdan oqim yuqorisiga borishi mo’ljallandi. Lyekin ular Qo’ng’iradgacha yetib bordi, uning narisiga borishga Xiva xoni ijozat byermadi. Ignat’yev missiyasining asosiy maqsadi Xiva xonligidan Rossiyaga qarshi barcha intilishlardan voz kyechishini, Amudaryo bo’ylab rus kyemalarining erkin suzishini, Xivada rus savdo agyentligini o’rnatishni va Rossiya tovarlariga 2,5 % gacha poshlinalar byelgilashni taminlashdan iborat bo’lgan. Lyekin Xivada bu xohishlarning birontasi amalga oshmadi. Ignat’yev missiyasi Buxoroda ayrim muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. U rus tovarlariga poshlinani kamaytirishga va Buxoroda vaqtinchalik savdo agyentligini ochishga erishdi. Buxoro amirining bu siyosati uning Xiva va Qo’qon xonliklari bilan yomon bo’lganligi natijasi edi. Muhimi shuki, ana shu missiyalar natijasida CHor Rossiyasi O’rta Osiyoga bo’lgan siyosatini kyeskin o’zgartirdi. Bunda 1858 yilda Pyerovskiyning vafoti munosabati bilan Samara va Oryenburg gyenyeral-gubyernatori qilib tayinlangan Katyenin katta rol’ o’ynadi. Uning fikricha hozir Xivani chyetlab o’tib, Qo’qon xonligiga harbiy yurishni boshlash zarur edi. U Sirdaryo chizig’ini yetarli darajada mustahkam dyeb hisoblab, Turkiston va Toshkyent shaharlarini tyezlikda qo’lga kiritish, butun O’rta Osiyoni bosib olishdagi muhim rolini qayd etgan. Uning fikricha dastlab Julakni (Janubiy Qozog’istonda ) kyeyin Toshkyentni qo’lga kiritib, Buxoro xonligi asosiy shaharlariga harbiy harakatni boshlash mumkin edi. Bu fikrni Julak shahrini bosib olishni podsho Alyeksandr II quvvatladi, lyekin Turkiston va Toshkyentni bosib olishni diplomatik munosabatlarni qiyinlashtirmasligi maqsadida kyeyinga qoldirdi. O’z navbatida G’arbiy Sibir’ gyenyeral gubyernatori Gosford CHu daryosi bo’yida Qo’qonliklarning faolllashganligini syezib, Qo’qon xonligidagi Pishpak qal’asini tyezlikda egallashni taklif etdi. Kavkazdagi chor harbiy qismlari qo’mondoni knyaz’ A. I. Baryatinskiy inglizlarning Eron va Turkmanistonning ayrim tumanlarida faollashganini syezib, Kaspiy dyengizi sharqiy qirg’oqlarida mustahkalashni taklif etdi. CHor hukumati yuqoridagi ryejalardan Katyenin takliflarini amalga oshirishni hali ertaroq dyeb hisoblasa-da, G’arbiy Sibir’ gyenyeral-gubyernatori Gosfordga Pishpakni egallash uchun rozilik byerildi. Kaspiy dyengizi janubiy sharqiy qismiga polkovnik V. D. Dandyevil boshliq missiya yuborildi. CHorizmning bu harakati inglizlarning katta noroziligiga sabab bo’ldi. Bu o’z navbatida Rossiya Eron munosabatlari yomonlashuviga olib kyeldi. SHu sababli CHor hukumati Kaspiy dyengiz sharqida o’z mavqyeini mustahkamlash ryejasini amalga oshirishni kyeyinga surishga majbur bo’ldi. SHunday qilib, chor Rossiyasi XIX asr 90-yillarida O’rta Osiyoda o’zining mavqyeini mustahkamlash siyosatini amalga oshira olmadi. Buning uchun ham ichki ham tashqi qiyinchiliklar mavjud edi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling