Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81

2-masala: 

 YUqoridagi  savolda  aytib  o’tganimizdyek  siyosiy  partiyalar  tuzilishi,  ular  tomonidan  dasturiy 

hujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning kyeng quloch yoyganidan dalolat byerar edi. 

Biroq  Pyetrograddagi  oktyabr  to’ntarishi  oqibatida  1917  yil  oktyabr-noyabr  oylarida  Turkiston 

o’lkasida,  xususan  Toshkyent  va  Qo’qonda    yuz  byergan  voqyealar  milliy  ozodlik  harakatini 

butunlay boshqa yo’nalishdan kyetishga majbur qildi. 

1917  yil  26-28  noyabr  (yangi  xisob  bilan  9-11  dyekabr)  Qo’qon  shaxrida  Turkiston  o’lka 

musulmonlarining  favqulodda  IV  qurultoyi  bo’lib  o’tdi.  Qurultoyda  Dyemokratik  musulmon 

ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisini yevropalik qismi vakilligi ham tyeng xuquqli bo’lib ishtirok 

etdilar.  Turkistonni  boshqarish  tuzumi  to’g’risidagi  masala  uch  kun  davom  etgan  qurultoyning 

diqqat markazida turdi. Qurultoyda o’lkaning barcha mintaqalari va ko’pgina jamoat tashkilotlardan  

200 nafardan ortiq vakillar ishtirok etdi. Unda vakillarning siyosiy faolligi tufayli muxim masalalar 

yuzasidan qizg’in munozaralar bo’lib o’tdi. 

Ma’lumki,  musulmonlarning  ushbu  nufuzli  qurultoyi  va  unda  qabul  qilingan  qarorlar  10  yillar 

davomida  “millatchilar  guruhining  yig’inida  e’lon  qilingan  burjua  muxtoriyati”  dyeb  noto’g’ri 

talqin  qilib  kyelindi.  Xujjatlar  esa  ushbu  xolning  butunlay  aksi  bo’lganligini  isbotlaydi.  Masalan, 



 

204 


Turkiston  jadidlarining  otasi  sanalgan  Mahmudxo’ja  Byehbudiy  o’z  ma’ruzasida  qurultoyning 

Turkiston  xalqlari  tarixida  ulkan  ijobiy,  tarixiy  hodisa  va  burilish  davri  ekanini  ta’kidlab, 

“Qurultoyimiz  qabul  qilayotgan  qarorlar  shuning  uchun  ham  ahamiyatliki,  unda  Turkiston 

aholisining  yevropalik  vakillari  ham  ishtirok  etmoqdalar”,  dyeydi.  Byehbudiy  qurultoy  xay’atida 

musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo’lishini yoqlab chiqdi. 

Qurultoyda  Turkistonni  boshqarish  shakli  to’g’risidagi  masala  yuzasidan  so’zga  chiqqanlarning 

ko’pchiligi Turkistonni muxtor Ryespublika dyeb e’lon qilinishini, bu esa o’lka aholisining ijtimoiy 

maqsadlaridan  kyelib  chiqqani  va  unga  mos  tushishini  uqtiradi.  Muxtoriyat  va  mustaqillik  e’lon 

qilish fikrini hamma qo’llab quvvatlaydi. 

1917 yil 28  noyabr (11 dyekabr)da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston 

muxtoriyati  dyeb  ataladigan  bo’ldi.  Butunrossiya  Ta’sis  majlisi  chaqirilgunga  qadar  hokimiyat 

Turkiston  Muvaqqat  kyengashi  va  Turkiston  xalq  (millat)  majlisi  qo’lida  bo’lishi  kyerak  edi. 

Turkisiton Muvaqqat kyengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat  hukumat hay’ati tarkibiga  8 kishi 

saylandi yana 4 o’rin yevropalik aholi vakillariga ajratildi. Hukumatning Bosh vaziri  hamda ichki 

ishlar  vaziri  etib  qirg’iz  “Aralash  o’rda”  partiyasining  rahbari  Muhammadjon  Tanishboyev 

saylandi.  Kyeyinchalik  Mustafo  CHo’qayev  hukumat  boshlig’i  bo’ldi.  Islom  Sulton  o’g’li 

SHoaxmyedov  -  bosh  vazir  o’rinbosari,  Mustafo  CHo’qayev  -  tashqi  ishlar  vaziri,  Ubaydullo 

Xo’jayev  -  harbiy  vazir,  Xidoyatbyek  YUrg’uli  Agayev  -  yer  va  suv  boyliklari  vaziri,  Obidjon 

Maxmudov-  oziq  -  ovqat  vaziri,  Abduraxmon  O’rozbayev  -  ichki  ishlar  vazirining  o’rinbosari, 

Solomon Abramovich Gyertsfyel’d  moliya vaziri lavozimlarini bajarishga kirishdilar. Vazirlardan 

uch  kishi  oliy  ma’lumotli  xuqushunos,  ikki  kishi  o’rta  malakali  xuquqshunos  ekanligi  Muxtoriyat 

hukumati a’zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanligidan dalolat byeradi. 

Qurultoy  jarayonida  Turkiston  Millat  majlisi  54  kishidan  iborat  qilib  saylandi,  shundan  36  kishi 

mahalliy millat vakillari edi. 

Turkiston o’lkasi mahalliy myehnatkashlar ommasi Muxtor hukumatini qo’llab-quvvatladi. CHunki 

bu  davrda  yangi  hukumatni  quvvatlovchi  yirik  shaharlarda  miting  va  namoyishlar  bo’lib  o’tdi. 

Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq o’rtasida katta e’tibor qozondi. Abdurauf 

Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan kunni “milliy laylatulqadrimiz” dyeb atadi. 

1917  yil  1  dyekabrda  Turkiston  Muxtoriyatining  Muvaqqat  hukumati  a’zolari  maxsus 

Murojaatnoma  e’lon  qildi.  Unda  Turkistondagi  barcha  axoli:  millati,  irqi,  dini,  tili,  jinsi,  yoshi  va 

siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. Turkistonda tashkil 

topgan bu  yangi  hukumat ko’p o’tmay  Millat Majlis tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qildi. 

Konstitutsiya  tayyorlash  uchun  taniqli  xuquqshunoslarni  jalb  etdi.  “El  bayrog’i”,  “Birlik  tug’i”, 

“Svobodniy  Turkyestan”,  “Izvyestiya  vryemyennogo  Pravityel’stva  Avtonomnogo  Turkyestana” 

kabi  hukumat  gazyetalari  o’zbyek,  qozoq  va  rus  tillarida  nashr  etila  boshlandi.  Nashr  ishlarini 

yaxshilash  uchun  O.Mahmudovning  bosmaxonasi  hukumat  ixtiyoriga  o’tdi.  Muxtoriyat  hukumati 

milliy  qo’shinni  tashkil  qilishga  kirishdi.  1918  yil  milliy  qo’shin  tarkibida  1000  dan  ortiq  askar 

bo’lgan  bo’lsa,  harbiy  vazir  Ubaydullo  Xo’jayev  ishtirokida  o’tkazilgan  ko’rik  -  parad  vaqtida 

askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari Qo’qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi. 

Hukumat  iqtisodiy  sohada  30  million  so’m  miqdorida    ichki  zayom  chiqarishni  yo’lga  qo’ydi. 

CHunki  har  xil  muammolarni,  ya’ni  gazyetalar  nashr  etish,  qo’shinlar  ta’minoti  uchun  mablag’ 

kyerak edi. 

Afsuski,  o’lka  bol’shyeviklari  Turkiston  Muxtoriyati  hukumatiga  katta  xavf  dyeb  qaradilar. 

Turkiston Sovyetlarining IV s’yezdi Turkiston Muxtoriyati hukumatini va uning a’zolari qonundan 

tashqari  dyeb  xisobladi  va  hukumat  a’zolarini  qamoqqa  olish  xaqida  qaror  qabul  qildi.  Hatto 

bol’shyeviklar  partiyasining  vakili,  o’lka  myehnat  komisari  P.Poltoratskiy  qurultoyda  bu  yangi 

hukumatni  “boylar  muxtoriyati” dyeb atadi. Turkiston XKS  Muxtoriyat hukumatni tugatish uchun 

harbiy  harakat  boshladi.  Bol’shyeviklar  o’zining  bu  jirkanch  harakatida  armanlarning 

“Dashnoktsutyun” partiyasi a’zolaridan kyeng foydalandi. 

1918  yilning    19  fyevralida    (eski  xisob  bilan  6  fyevral)  Qo’qon  shaxrida  faoliyat  ko’rsatayotgan 

Turkiston  Muxtoriyati  hukumati  bol’shyeviklarning  qonli  xujumlari  natijasida  ag’darib  tashlandi. 

Hukumat ag’darilgach ham Qo’qon va uning atrofidagi tinch axolini talash va o’ldirish battar avjiga 

chiqdi.  Faqat  Qo’qonning  o’zida  uch  kun  davomida  10000  kishi  o’ldirildi.  Sobiq  xonlik  poytaxti 

bo’lgan Qo’qon shaxri butkul vayronaga, “o’liklar shaxriga” aylandi. 



 

205 


Nihoyat,  1918  yil  22  fyevralda  Qo’qon  shaxridagi  Rus-Osiyo  banki  binosida  bol’shyeviklar 

tomonidan  tayyorlangan  “Tinchlik  shartnomasi”  imzolandi.  Uning  ikkinchi  moddasida:  “Aholi 

o’lka XKS hokimiyati va barcha mahalliy  sovyet tashkilotlarini tan oladi”, dyeb yozilgan edi. 

Turkiston Muxtoriyati hukumati atiga 72 kun umr ko’rgan bo’lsada, u erksyevar xalqimizni milliy 

mustaqillikka  va  istiqlol  uchun  da’vat  etdi.  Turkiston  muxtoriyatchilarining  ozodlik  kurashi  izsiz 

yo’qolib  kyetmadi,  balki  bu  harakatning  uchqunlari  1918  yilning  bahorida  Farg’ona  vodiysida 

so’ngra butun Turkistonda alangalana boshladi. Tarixda bu harakat istiqlochilik yoki milliy ozodlik 

harakati  dyeb  nom  oldi.  “Turkiston  Muxtoriyati”  hukumatining  umri  qisqa  bo’lganligini  Mustafo 

CHo’qayev  shunday  ifodalaydi:  “Bu  hukumatning  tyezda  tugallanishiga  asosiy  sabab,  ular 

qo’llariga  qurol  olib  ximoya  qilish  o’rniga,  muzokaralar  olib  borib,  ryejalar  tuzdi,  ular  mutlaqo 

byefoyda ishlar edi”. 

1917  yilga  kyelib  Turkiston  xo’jaligi  batamom  tushkunlikka  uchradi.  Birinchi  Jaxon  urushi 

mamlakat iqtisodiga kyeskin ta’sir ko’rsatdi. Ekin maydonlari kyeskin kamayib, 1917 yilda 2,3 mln. 

dyesatinaga  tushib  qoldi.  Biroq  u  1917  yil  oxiriga  kyelib  yarmiga,  1918  yilda  esa  uchdan  ikki 

qismiga  qisqargan.  O’lkaning  uchta  o’zbyek  viloyatlarida  1917  yilda  8440  ming  bosh  qoramol 

bo’lgan  bo’lsa,  1920  yilda  ular  soni  3440  ming  boshni  tashkil  etgan.  Paxtachilikdagi  inqiroz 

surunkali  tus  oldi.  1915  yili  542  ming  dyesyatina  yerda  paxta  yetishtirilib,  uning  yalpi  xosili  831 

ming  tonnani  tashkil  etgan  bo’lsa,  1921  yili  bu  raqamlar  76  ming  dyesyatina  va  15  ming  tonnani 

tashkil etdi. 

Bunga  sabab,  sovyet  hokimiyatining  agrar  soxadagi  noto’g’ri  tadbirlari  edi.  Oktyabr  davlat 

to’ntarishidan  so’ng  sovyet  hokimiyatining  pomyeshchik  yer  egaligini  yo’q  qilish  to’g’risidagi 

dyekryetiga  binoan  yerlar qashshoq dyexqonlarga taqsimlab  byerila  boshlandi. Ular  bu tadbirlarni 

Turkistonda  ham  o’tkazmoqchi  bo’ldilar.  Lyekin  bu  yerda  sharoit  ya’ni  dyexqonlar  ommasining 

urf-odati, kayfiyati boshqacha edi. 

1917  yil  9  dyekabrida  Turkiston  XKS  yerni  sotish  va  sotib  olishni  man  qiluvchi,  yerni  ijraga 

byerishni chyeklovchi qarorlar qabul qildi. Ammo u qog’ozda qoldi. SHunday qilib yer to’g’risidagi 

dyekryet  bajarilmadi.  Dyehqonlar  agrar  masalani  Turkistonda  inqilobiy  zo’ravonlik  bilan  qayta 

ko’rilishiga yo’l qo’ymadilar. 

Turkiston  axolisining  80  %  dan  ortig’ini  dyehqonlar  tashkil  etib,  ular  uch  guruhga  bo’linar  edi: 

badavlat  dyexqonlar,  o’rta  xol  dyehqonlar  va  kambag’allar.  Sovyet  hokimiyati  davridagi  ba’zi 

o’zgarishlarni hisobga olmaganda, bu holat 20- yillar oxirigacha davom etib kyeldi. O’lkaning uchta 

o’zbyek viloyatlarida ikkinchi guruh dyehqonlar uchdan ikki qismini tashkil etar edi. 

Sovyet  hokimiyatining  xususiy  mulkchilikni  tugatish  borasidagi  olib  borgan  tadbirlari  ko’plab 

salbiy  oqibatlarni  kyeltirib  chiqardi.  Turkistonda  xususiy  mulkchilik  byekor  qilingan  joylarda 

vayronagarchiliklar  kuchaydi,  egasiz  korxonalar,  yer  maydonlari,  bog’lar  qarovsiz  qoldi,  ulardagi 

jihozlar talandi. SHaharlarda  non tanqisligi  syezila boshladi.  Kartochka tizimi  joriy etildi. Bunday 

sharoitda  Sovyet  hokimiyati  dyexqonlarni  hamda  o’lkadagi  xunarmand  kosiblarni  talay  boshladi. 

Ularning oziq -ovqatlarini, donlarini, ot-ulovlarini, mollarini tortib ola boshladi. 

1920  yilda  Turkistonda  oziq-ovqat  razvyorstkasining  joriy  etilishi,  ya’ni  oziq  -  ovqatga  davlat 

monopoliyasi  asosida  xo’jaliklardan  ortiqcha  g’alla  va  boshqa  maxsulotlarni  majburan  tortib 

olinishi  xalq  noroziligiga  sabab  bo’ldi.  “Harbiy  kommunizm”  nomini  olgan  bu  siyosat  asosida 

shahar va qishloqlarda voyaga yetgan va 55 yoshgacha bo’lgan myexnat bilan band bo’lmagan har 

bir  fuqaro  majburiy  ravishda  myexnatga  jalb  qilindi.  Hatto  nomoz  paytida  askarlar  machitlarga 

bostirib kirib odamlarni zo’rlik bilan ishga xaydab borgan. 

Dyehqonlarni  talash  ularning  qaxr  -  g’azabi,  noroziligini  yanada  oshirdi.  Bu  esa  o’z  navbatida 

o’lkada milliy ozodlik harakatining boshlanishiga sabab bo’ldi. 



3-masala: 

 Turkiston Muxtoriyati hukumati bol’shyeviklar tomonidan tor-mor etilgan bo’lsa ham, u Farg’ona 

vodiysida  istiqlolchilik  harakatini  tashkiliy  jihatdan  rasmiylashtirdi,  unga  milliy  tus  byerdi. 

Qo’qondagi  muxtor  hukumatning  tor-mor  qilinishi  istiqlolchilar  harakatini  butun  Farg’ona 

vodiysida  ommaviy  ravishda  boshlanishiga  bir  turtki  bo’ldi.  Hatto  “Turkiston  Muxtoriyati” 

hukumatining  ba’zi  qochib  qutilgan  a’zolari  bu  harakatga  qo’shildi.  Turkistonda  CHor 

Rossiyasining  mustamlakachilik    va  bol’shyeviklarning  zo’rovonlik  siyosatiga  qarshi  bu  milliy 

ozodlik harakati  Turkistonda 1918 yil fyevral oyidan ommaviy  tus oldi. 



 

206 


Dastlabki  istiqlolchi  guruhlarning  tuzilishi    Qo’qon  atrofidagi  Baqchir  qishlog’i  edi.  Horijdagi 

tarixiy manbalarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu harakatga 200 ming kishi ishtirok etib, ulardan 70 

minggi qurollangan va 125 minggi esa qurolsiz kishilar edilar. 

Sovyet  davri  tarixshunosligida  Turkistondagi  bu  harakatga  noto’g’ri  baxo  byerilib,  uni  o’lkadagi 

fuqarolar urushining bir qismi sifatida yoki “bosmachilik” dyeb baxo byerilgan edi. 

Turkistondagi bu harakatni 2 davrga bo’lish mumkin: birinchi davr 1918-1924 yillar, ikkinchi davr 

esa  1925  yildan  to  30  yillarning  o’rtalarigacha.  Bu  harakatning  birinchi  bosqichi  1918  yil 

fyevraldan  1920  yilning  bahorigacha  qurolli  kurashning  boshlanishi  va  uning  ommaviy  harakatga 

aylanishi  bilan  haraktyerlanadi.  Bu  yillardagi  voqyealarning  rivojlanishida  Kichik  Ergash,  Katta 

Ergash va yniqsa Madaminbyek syezilarli ta’sir ko’rsatadi. 

Birinchi davrning ikkinchi bosqichi 1920 yilning martidan 1922 yilning oxirigacha davom etib, bu 

bosqichda harakat tyeppasida SHyermuhammadbyek turadi. 

Uchinchi  bosqich  1923-1924  yillarni  o’z  ichiga  olib,  bu  davrda  istiqlolchilik  harakati  biroz 

susayadi.  Bu  davrda  qo’rboshilarning  o’ndan  ortiq  qurultoylari  bo’lib  o’tadi.  Harakatning  ushbu 

birinchi  davrida    Farg’ona  vodiysida    200  nafar  qo’rboshi  to’dalari  (1921  yil)  faoliyat  ko’rsatgan 

bo’lsa 1923 yilga kyelib ularning soni 230 nafarga yetdi. 

Turkistondagi  bu  harakatning  dastlabki  Bachqir  qishlog’ida  bo’lgan  qurultoyida  bosh  qo’mondon 

etib    Ergash,  1919  yil  Oyim  qishlog’idagi  qurultoyda  Madaminbyek,  1923-24  yillarda  esa  Islom 

Paxlavon, YOrmat Maxsum ismli kishilar bosh qo’mondonlik vazifasiga saylangan. 

Turkistonda boshlangan bu harakatning harakatlantiruvchi kuchlari to’g’risida Turkiston MIK raisi 

Nozir To’raqulov  shunday dyeydi: “Bu  harakatga asosan dyehqonlar va hunarmandlar  jalb  etilgan 

bo’lib,  1920  yil  dyekabrda    Farg’ona  vodiysida    qurollangan  vatanparvarlarning  soni  57860  kishi 

bo’lgan”. 

Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga 1970 yil 10 martida Turkiyaning Adami shaxrida vafot 

etgan  sobiq  Bosh  qo’mondon  SHyermuhammadbyek  aytganidyek:  “Bosmachilik” 

Turkistoniining istiqloli uchun bir oraga kyelgan chinakam millat fidoyilarining harakati edi”. 

Uning  ukasi  Nurmuhammadbyekning  aytishicha  “Bu  harakat  Vatan,  Millat,  Din  mudofaasi 

uchun  hayotlarini  fido  qilgan  kurashchilarning  harakati  edi”.  Turkistondagi  bu  harakatga 

qatnashganlar  o’zlarini  “bosmachi”  dyeb  atashmaganlar.  Masalan,  1975  yil  Turkiyada  vafot 

etgan  Turkman  bosmachilarining  a’zolaridan  biri  Mirza  Pirnafasning  guvoxlik  byerishicha 

“Biz  o’zimizni  qo’rboshi  dyeb  atar  edik,  ammo  Anvar  poshsho  harakatga  raxbarlik  qila 

boshlagach,  u  bunga  chyek  qo’ydi  va  o’zimizni  “mujohid”  dyeb  atashga  buyruq  byerdi”. 

Turkistonda  istiqlolchilik  harakati  vujudga  kyelishi    bosh  sababi  sovyet  hokimiyatining 

o’lkada    yuritayotgan  mustamlakachilik  va  shovinistik  siyosati  bo’ldi.  Bol’shyeviklar 

tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar (Korxonalarning davlat ixtiyoriga 

o’tkazilishi,  xususiy  mulkning  byekor  qilinishi,  oziq-ovqat  razvyortkasi  va  g’alla 

monopoliyasi,  masjid,  xususiy  maktab  va  qozixonalarning  byekitilishi,  vaqf  yerlarining 

tugatilishi,  majburiy  myehnatning  joriy  qilinishi)  hamda  qizil  armiya  jangchilarining 

talonchilik  va  bosqinchiliklari  harakatga  alohida    kyeskinlik  va  ko’lam  bag’ishladi,  uning 

tobora kyengayishiga va rivojlanishiga olib kyeldi. 

Istiqlolchilik  harakatining  o’ziga  xos  milliy  ko’rinishi  va  Turkistonga  xos  xususiyatlari  bo’lgan. 

Harakatning  boshidan  oxirigacha  ustivor  bo’lgan  fikr  bu  butun  Turkiston  mustaqilligi  bo’lib 

qolavyerdi. 

Turkistondagi  istiqlolchilik  harakati  xaqida  yangi  manbalarga  murojaat  etsak,  bu  harakatda 

Farg’onalik SHakarxon va Muhiddinbyekning onasi singari  o’zbyek va qirg’iz ayollaridan chiqqan 

qo’rboshilar  o’z  yurti,  vatan  ozodligi  uchun  kurash  olib  borgan.  CHunki  ushbu  kungacha 

adabiyotlarda  qo’rboshi  ayollar  xaqida  xech  qanday  ma’lumotlar  yo’q  edi.  Ularning  niyatlari 

bosmachilik emas, balki CHor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashi edi. 

Turkistonda  istiqlolchilar  harakatining  asl  moxiyatini  ochib  byeradigan  tarixiy    xujjatlar  sobiq 

sho’rolar davrida saqlanmagan. CHunki bu xujjatlarni  istiqlolchilarning o’zlari bilan birga xorijga 

olib  kyetganlar.  Moskva  va  Sankt  Pyetyerburg  Davlat  arxivlarida  saqlanayotgan  xujjatlardagi 

voqyealar  SHo’ro  davriga  xos  qilib  bitilgan.  shu  sababli  ushbu  harakatning    mohiyati  noto’g’ri 

talqin qilingan. 

Vatanni tark etib, o’zga yurtlarda kun ko’rishga majbur bo’lgan istiqlolchilar va ularning avlodlari 



 

207 


qo’lida ko’pdan ko’p qimmatli xujjatlar va matyeriallar dunyoning turli burchaklarida saqlanmoqda. 

Tarixchi  olim  R.  SHamsiddinov  xizmat  safari  bilan  1995  yil  kuzida  AQSHda  bo’lganida      N’yu-

Yorkda  yashayotgan  Davronbyek  xonadoniga  tashrif  buyuradi.  Bu  kishi  SHo’rolar  davrida  Ko’r 

SHyermat dyeb xaqoratlangan, aslida esa sobiq bosh qo’mondon SHyermuhammadbyekning o’g’li 

edi.  Davronbyekning  aytishicha  u  kishining  otasi  va  amakisi  Nurmuhammadbyeklar  1927  yili 

Qobul  shaxridagi  Bog’i  Alimardonga  to’planishib,  andijonlik  istiqlolchi  Abdulhay  Maxdum 

kotibligida  Farg’ona  vodiysida    1917-24  yillardagi  istiqlol  urushi  xaqida  ba’zi  bir  ma’lumotlarni 

esga  olib  aniqlab,  kyelajak  avlod  uchun  bir  xujjat  tayyorlagan.  U  Abdulhay  Maxdum  tomonidan 

eski (o’zbyek) turkiy tilda arabcha imloda yozilgan. Unda Farg’ona vodiysida istiqlol uchun kurash 

olib borgan ba’zi qo’rboshilar haqida ma’lumotlar byerilgan. 

Bu  xujjatda aytilishicha SHyermuhammadbyek 23  yoshida  istiqlol uchun kurashga  otlanib, avval 

13000,  so’ngra  103  ming  askarga  ega  bo’lgan.  Uning  yetakchiligida  Parpibyek,  Ergashbyek, 

Madaminbyek, Xolxo’ja Eshon, Nurmuhammadbyek, Jonibyek qozilar milliy ozodlik kurashini olib 

borganlar. Qo’qonlik 35 yoshli Ergashbyek 12000 askari bilan 6 yil urush olib borgan. Marg’ilonlik 

Madaminbyek  23  yoshida  10000  askar  bilan  3  yil  urush  olib  borgan  va  1920  yil  mayida  shahid 

bo’lgan.  43  yoshli  O’shlik  Xolxo’ja  10000  askarga  ega  bo’lgan  va  bir  guruh  yigitlari  bilan  Oloy 

vodiysida  qor  ko’chkisi  ostida  qolib  kyetgan.  Bu  xujjatda  Andijonlik  Parpibyek  qo’rboshi, 

ko’kjarlik  Muxiddinbyek,  Namanganlik  Omon  polvon,  YAkkatutlik  Nurmuhammadbyek, 

O’zganlik  Jonibyeklar  kabi  o’nlab  millat  Vatan  mustaqillik  uchun    janglarda  qahramonlik 

ko’rsatgan va shahid kyetgan qo’rboshilarning nomlari tilga olingan. Qobuldagi Bog’i Alimardonda 

shaxid  kyetgan  bu  vatandoshlarimizning  xotirasiga  qo’yilgan  xotira    lavxasida  shunday  so’zlar 

yozilgan: “Qabringda rohat top millat shahidlari, yosh Farg’ona mujohidlari, qahramonlari!” 

Sobiq  SHo’rolar  hukumati  va  Qizil  Armiyaning  Turkistonlik  istiqlolchilarga  qarshi  qizg’in 

janglarida  15000  nayza  va  qilichlar,  61  to’p,  324  pulyemyot,  6  ta  samolyot,  3  ta  aerostat,  4  ta 

bronyepoyezd  ishtirok  etdi.  Bu  urushlar  Turkiston  axolisiga  juda  qimmatga  tushdi.  1917-30  yillar 

o’rtasida Turkistondan 1,9 mln kishi o’z  vatanlarini tashlab horijga chiqib kyetishga majbur bo’ldi. 

1 mln kishi vafot etdi. 1,7 mln kishi Turkistondan badarg’a qilindi. 

Endi, Turkistondagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy rahnomolari kimlar bo’lgan, bu harakatning 

jadidlar bilan aloqasi bormi dyegan savollarga to’xtalsak. 

Turkistondagi  istiqlolchilik  harakatlarining  g’oyaviy  raxnamolari  ham  yetarli  darajada  mavjud 

bo’lib, ular asosan  jadid  munavvarlari  va  islom ulamolari edi. SHuni alohida ta’kidlash  kyerakki, 

istiqlolchilik harakatiga g’oyaviy rahnamolik qilish borasida jadidlar bilan ulamolar o’rtasida o’zaro 

raqobat mavjud edi. Namanganlik Nosirxon To’ra Said Kamolxon To’ra o’g’li, toshkyentlik Muftiy 

Sadriddinxon  Maxsum  SHarifxo’ja  Qozi  o’g’li,  Turkiston  MIKning  sobiq  o’rinbosari  To’raqul 

Jonuzoqov,  asli  boshqirtistonlik  Ahmad  Zakiy  Validiy  Tugon  va  boshqalar  istiqlolchilik 

harakatining  g’oyaviy  mafkurachilari  edi.  Harakatga  raxbarlik  qilgan  islom  ulamolari  orasida 

yassaviylik va naqshbandiylik tariqatlarining pirlari ham ko’p bo’lgan. 

 1920-24  yillarda  istiqlolchilik  harakati  Buxoro  va  Xorazm  ryespublikalarida  ham  avj  oldi. 

Buxoro  Xalq  Ryespublkasidagi  harakatning  Turkistondagi  istiqlolchilik  harakatidan  farq 

qiladigan asosiy tomoni shundan iboratki, vatanparvarlar Buxoroda ikki jabxada turib kurash 

olib borishlariga to’g’ri kyeldi. Bir tomondan amirlik tuzumi tarafdorlari bo’lgan mujoxidlar, 

jadidlardan  iborat.  Buxoro  hukumatiga    va  shuningdyek  Qizil  Armiya  qo’shinlariga  qarshi 

kurash  olib  bordilar  (Ibrohimbyek,  Mulla  Abdulqaxxor  va  boshqalar).  Ikkinchi  tomondan, 

milliy  istiqlol  g’oyalariga  sodiq  bo’lgan  buxorolik  vatanparvarlar  Fayzulla  Xo’jayev  boshliq 

Buxoro Xalq Ryespublikasi Hukumati bilan yashirin aloqalar o’rnatib, Buxoroning  muqaddas 

tuprog’idan qizil askarlarning olib kyetilishi, Buxoro Ryespubliikasining mustaqilligi amalda 

qaror topishi uchun kurashdilar (Anvar Podsho, Davlatmanbyek, Jabborbyek, Doniyorbyek va 

boshqalar). 

Xorazm  Xalq  Ryespublikasida  Qizil  Armiyaga  qarshi  kurashning  tyeppasida  Junaidxon  turdi.  U 

Xorazmda  siyosiy  hokimiyat  uchun  kurash  boshlab,  katta  muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Qisqa 

muddatda  Junaidxon  o’z  qo’shinini  20000  kishiga  yetkazdi.  O’zbyek  xunarmandlari  va 

dyexqonlaridan  tashkil  topgan  dastlabki  guruhlarga    Madraimboy,  Sa’dulla  bola,  SHokir  bola  va 

boshqalar  rahbarlik  qilgan.  Junaidxon  boshchiligidagi  mujohidlar  hujumga  o’tib,  1920  yil  yozida 

qo’xna Urganch, Xo’jayli, Ilonli va Taxtani qayta egallashdi, ko’plab qizil askarlarni asrga olishdi. 



 

208 


Junaidxon  Sovyet qo’mondonligiga maxsus maktub yo’llab, agar qo’shinlar Xorazmdan olib chiqib 

kyetilmasa  asirlarni  otib  tashlashini  bildiradi.  Biroq  Sovyet  qo’mondonligi  Junaidxonning  xaqli 

talabini rad qilgach, u bosqinchilarni otib tashlashga buyuradi. 

1924  yilga  kyelganda  istiqlolchilar  iqtisodiy  tanazzul  va  qashshoqlik,  dahshatli  ochlik,  xalqning 

og’ir  turmushini  ko’rmasliklari  mumkin  emas  edilar.  Tinimsiz  davom  etgan  yetti  yillik  urushdan 

Turkiston  xalqlari  ham,  qo’rboshi  va  ularning  yigitlari  juda  ham  toliqqan  edilar.  SHuning  uchun 

qasoskorlarning ko’pchiligi 1924  yil davomida  qarshilikni to’xtatdilar. Bunga ularning rahbarlari 

orasida jipslik va umumiy dasturning yo’qligi ham sabab bo’ldi. 

Lyekin  oldinda  kurashning  to’liq  o’n  yili  turar  edi.  vatanparvarlar  yana  1935  yilgacha  bosqinchi 

qizil armiya qo’shinlariga qarshi kurashini olib bordilar. 



Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling