Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81

Ma’ruza mashg’ulotlari 

11-mavzu  

Sovetlar   hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy 

tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati 

1.10. 

Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi 

Mashg’ulot vaqti-2 soat 

Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha 

Mashg’ulot shakli 

Kirish-axborotli ma’ruza 



 

Ma’ruza rejasi 

1.XX asrning 20-yillarda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat.Er-

suv islohatlari 

2.O’zbekistonda       sanoatlashtirish   siyosati hamda     agrar      

siyosatining mustamlakachilik mohiyati. 

3.II jahon urushidan keyingi yillarda O’zbekistonning iqtisodiy 

hayoti. Agrar siyosat, Orol fojeasi 

4  Sovet  hokimiyati  davrida  o'zbekistonning    ma'naviy 

madaniy qaramlig1 va uning oqibatlari 

O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  O’zbekistonda  XX  asrning  20-yillaridagi 

vaziyat,    yer-suv  islohatlari,  O’zbekistonda  amalga  oshirilgan  sanoatlashtirish  va 

qishloq  xo’jaligini  jamaolashtirish  siyosati,  ma’naviy-madaniy  tadbirlar  to’g’risidagi 

bilimlar shakllantiriladi 



Pedagogik vazifalar

  XX  asrning  20-yillaridagi  iqtisodiy  vaziyat 

«Harbiy  kommunizm»    siyosati  va    uning 

mazmun-mohiyati haqida tushuncha berish; 

 O’zbekistonda sanoatlashtirish, qishloq 

xo’jaligini  jamaolashtirish  siyosatining 

mohiyati haqida ma’lumot berish; 

 Yangi  iqtisodiy  siyosatning  (NEP) 

mohiyati haqida tushuntirish berish 

O’quv faoliyati natijalari: 

  O’zbekistonda  yer-suv  munosabatlarining    mazmun-mohiyati 

ochib beriladi; 

  «Harbiy  kommunizm»  siyosatining  mohiyati  va  uning  salbiy 

oqibatlari ochib beriladi; 

  Yangi  iqtisodiy  siyosatning  (NEP)  mohiyati,  uning  uning  ijobiy  

tamonlari yoritib beriladi; 

  O’zbekistonda sanoatlashtirish, qishloq xo’jaligini jamaolashtirish 

siyosatining mohiyati va uning salbiy oqibatlari yoritib beriladi; 

Ta’lim berish usullari 

Ko’rgazmali  ma’ruza,  namoyish  etish,  savol-

javob, suhbat, tushuntirish, klaster 

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda   



Ta’lim berish vositalari 

O’quv  qo’llanma,  kompyuter  texnologiyalari, 

slaydlar           

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik 


vositalardan 

foydalanishga 

va 

guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya 



Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat, savol-javob  



 

 

209 


1.2. «Sovetlar   hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy tadbirlari 

va ularning mustamlakachilik mohiyati»  mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi 

 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim 

oluvchilar 

  

1. 



Mavzuga 

kirish 


(15 

daqiqa) 


1.1.O’quv  kursi  nomini  aytadi.  Ekranga 

o’quv  kursining  tuzilmaviy  mantiqiy  chizmasini 

chiqaradi,  mavzular  ro’yxati  bilan  tanishtiradi  va 

ularning mazmunini  qisqacha yoritadi  

1.2.Birinchi  mashg’ulot  mavzusi,  uning 

maqsadi  va  o’quv  faoliyati  natijalarini    e’lon 

qiladi.  

1.3.Klaster  asosida  o’tiladigan  mavzuning  mazmuni  va  mohiyatini 

qisqacha yoritadi  

Tinglaydilar. 

 

 

 



Tinglaydilar  

 

 



 

 

2-



bosqich 

Asos


iy bosqich   

(55 


daqiqa) 

2.1.  Talabalar  bilimini  faollashtirish  maqsadida 

savol-javob usulini qo’llaydi:  

 

Yer-suv  islohatlarining  bosqichlari  va  ularning 



natijalari?  

 

O’zbekistonda 



sanoatlashtirish, 

qishloq 


xo’jaligini  jamaolashtirish  siyosatining  mohiyati 

nimalardan iborat? 

 

Turkistonda  qarshilik  harakati  nima  sababdan 



ko’tarildi va ularning nomayondalari kimlar? 

 

II  jahon  urushidan  so’ng  O’zbekistonda  agrar 



sohadagi o’zgarishlar nimalardan iborat 

 

Orolfojeasi  nima  sababdan  kelib  chiqqan  va 



uning  salbiy  oqibatlari  nimalarda  namayon 

bo’lishadi. 

 

2.2  Javoblarni  to’ldiradi,  umumlashtiradi  va 



bugungi  o’quv  mashg’ulotida  ushbu  savollarga 

kengroq javob olishlarini aytadi.  

2.3. 

Ekranda  slaydlar  namoyish  etish    bilan 



O’zbekistondagi  yer-suv  islohatlari,  «harbiy 

kommunizm» 

siyosati, 

NEP 


mohiyati, 

sanoatlashtirish, 

qishloq 

xo’jaligini 

jamaolashtirish  siyosati  haqida  to’liq  ma’lumot 

beriladi 

       Talabalar 

diqqatini 

mavzuning 

asosiy 


jihatlariga 

karatadi, 

ularning 

dolzarb 


va 

ahamiyatli ekanini asoslaydi. 

2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini 

aytadi.  

Talabalar  faoliyatini  kuzatadi,  ularni  yo’naltiradi,  zarur 

maslahatlar beradi. 

2.5.  Bir  nechta  talabaning  ish  natijasini    tekshiradi, 

talabalar  bilan  birgalikda  muhokama  qiladi.  Zarur  bo’lsa, 

qo’shimchalar  kiratadi  va  ushbu  savol  bo’yicha  to’liq 

Savolga 


javob 

beradilar. 

Fikrlarini 

bildiradilar. 

 

 

 



 

 

 



Tinglaydila

r, 


zarur 

ma’lumotlarni 

yozib oladilar.  

 

 



Vazifani 

yakka 


tartibda 

bajaradilar. 

 

 

Ish 



natijasini  taqdim 

kiladilar. 

 

 

Tinglaydila



r, 

zarur 


ma’lumotlarni 

yozib oladilar.  

 


 

210 


ma’lumot berishini aytadi.  

2.6.  Rejaning  ikkinchi  savoliga  doir  bo’lgan 

slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq 

yoritadi  

2.7.  Mavzu  bo’yicha  talabalarda  yuzaga  kelgan 

savollarga javob beradi 

3. 

Yaku


niy bosqich 

(10 


daqiqa) 

3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha 

egallangan  bilimlarning  dolzarbligi  va  ahamiyatli  ekanini  alohida 

qayd  etadi  hamda    kelajakda  ushbu  bilimlardan    qayerlarda 

foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 

3.2.  Mustaqil  ishlash  uchun  vazifa  beradi:  (1) 

o’tilgan  mavzu  asosida  B/B/B  jadvalini  to’ldirib 

kelish.  B/B/B  jadvalini  to’ldirish  qoidasini 

tushuntiradi  (6-ilova);  (2)  ikkinchi  mavzu 

bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib 

kelish.  

Savollar beradilar. 

 

 

 



Vazifani 

yozib 


oladilar. 

 

11- Mavzu Sovetlar   hokimiyatining O'zbekistonda amalgam oshirgan siyosiy. iqtisodiy, 



ma'naviy-madaniy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati 

Ryeja: 

1.  XX asrning 20-yillarda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat.Er-suv islohatlari 

2.  O'zbekistonda       sanoatlashtirish   siyosati hamda     agrar      siyosatining mustamlakachilik 

mohiyati. 

3.  II jahon urushidan keyingi yillarda O’zbekistonning iqtisodiy hayoti. Agrar siyosat, Orol fojeasi 

4.  Sovet hokimiyati davrida o'zbekistonning  ma'naviy madaniy qaramlig1 va uning oqibatlari 

 

 

Asosiy adabiyotlar: 



1.  Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., O’zbyekiston, 1994, 3-86 b. 

2.  Karimov  I.A.  O’zbyekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  taxdid,  barqarorlik  shartlari  va 

taraqqiyot kafolatlari. T., O’zbyekiston, 1997. 

3.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. T., «SHarq», 1998. 

4.  Karimov I. A. O’zbekistonning o’z istiqlol  va taraqqiyot yoli. T: “O’zbekiston” 1992, T.1, 36-86 b. 

5.  Karimov I. A. O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. T: “O’zbekiston” 1993y. 

6.  Karimov  I.A. “Yuksak ma’naviyat  - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 

7.  To’xliyev N. O’zbyekiston iqtisodiyoti (savollar va javoblar), T., «O’zbyekiston», 1991. 

8.  Hidoyatov G. Natsional’nыy vopros v SSSR. T., «O’zbyekiston», 1991. 

9.  Golovanov A.A. Kryest’yanstvo Uzbyekistana: evolyutsiya sotsial’nogo polojyeniya. 1917-1937 

gg. T., «Fan», 1992. 

10. 


O’zbyekiston tarixi (1917-1991). T., «SHarq», 2000. 

11. 


O’zbyekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O’zbyekiston Sovyet mustamlakachiligi davrida. T., 

«SHarq», 2000. 

12. 

O’zbekiston tarixi (1917-1993). – T.,O’qituvchi, 1994y. 



13.  O'zbekistonning    yangi  t a r ix i.     2-kitob.    O'zbekiston    sovet  mustamlakachiligi  davrida.  T„ 

«Sharq». 2000y, 161-428 b. 

14. 

O’zbekiston tarixi (R.Murtozayeva va boshqalar).-T,2003y,427-471,502-528 b. 



15. 

Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 

 

 

 



Qo’shimcha adabiyotlar: 

16.  Usmonov Q., Sodiqov M va boshqalar O’zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. – T. O’qituvchi. 1996 

y. 

17.  Xo’jamberdiyev Yo O’zbeklar ishi. – T., Yozuvchi, 1990 y. 



18.  history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali. 

 

 

 

211 


  Darsning  o`quv  va  tarbiyaviy  maqsadi:  Ushbu  mavzu  orqali  Sovetlar      hokimiyatining 

O'zbekistonda  amalgam  oshirgan  siyosiy,  iqtisodiy,  ma'naviy-madaniy  tadbirlari  va  ularning 

mustamlakachilik mohiyatini tarixiy manbalar asosida  yoritib byerishdan iborat 

 

Dars  o’tish  vositalari:  (Doska,  plakat,  fan  yuzasidan  manba  va  adabiyotlar,  tarixiy 

ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

17. 


Dars  o’tish  usullari:  Takrorlash,  suhbat  va  savol-javob  (mavzuni  o`zlashtirishni 

mustahkamlash),  jonli  muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr 

mulohazalarini  bayon  qildirish,  buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch 

iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va  talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish. 

Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni 

voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash 

va unga tahlil byerish. 

 

Darsning xrono kartasi – 80 minut.  



 

O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning 



davomati – 2 minut 

 

Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 



 

Yo`qlama- 5-minut 

 

Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut 



 

YAngi mavzu bayoni – 50 minut  

 

Sinov savollar namunasi – 5 minut 



 

Uyga vazifa byerish – 3 minut 

 

1-masala: 

 XX  asr  20-yillarining  oxirlarida  O’zbyekistonda  shakllangan  ma’muriy-buyruqbozlik  boshqaruv 

tizimi  jamiyat  hayotining  barcha  jabhalari  qatori  iqtisodiy  sohada  ham  o’z  aksini  topmasdan 

qolmadi.  SHuni  alohida  ta’kidlash  kyerakki  o’sha  davrda  O’zbyekiston  iqtisodiyoti  agrar 

xaraktyerga ega edi. 

O’zbyekiston hududida dastlabki fabrika va zavodlarning qurilishi chor Rossiya davrida boshlangan 

edi.  Bu  korxonalarni  qurushdan  ko’zlangan  maqsad  Turkistonda  chorizm  mustamlakachiligini 

mustahkamlash, o’lka boyligini markazga olib kyetishni osonlashtirish va arzonlashtirish, mamlakat 

aholisi va tabiiy ryesurslarini eksplutatsiya qilishni kuchaytirishdan iborat edi. SHuning uchun ham 

O’zbyekiston  hududida  qurilgan  korxonalar  yengil  va  oziq-ovqat  tarmog’iga  mansub  bo’lib  ular 

faqat  qishloq  xo’jalik  mahsulotlariga  va  qazilma  boyliklariga  dastlabki  ishlov  byerganlar  xolos. 

Yengil  yoki  oziq-ovqat  sanoatining  murakkab  tyexnologiya  bilan  bog’liq  korxonalari  o’lkamizda 

umuman qurilmagan edi. 

1917 yil Oktyabr’ to’ntarishidan kyeyin hokimiyatni qo’lga olgan SHo’rolar hukumati uni saqlash 

va mustahkamlashning yagona yo’li zamonaviy rivojlangan sanoatga va eng birinchi navbatda og’ir 

industriyaga ega  bo’lishiga bog’liqligini  juda  yaxshi tushunar edi. XX asrning 20-yillarida amalga 

oshirilgan  yangi  iqtisodiy siyosat xalq  xo’jaligining turli tarmoqlari qatori sanoatda ham  muayyan 

ijobiy  o’zgarishlarga  olib  kyeldi.  Erishilgan  yutuqlardan  ruhlangan  kommunistik  rahbariyat  kun 

tartibiga sanoat qurilishi ko’lamini jiddiy ravishda kyengaytirish vazifasini qo’ydi. Industrlashtirish 

natijasida SSSR sanoati rivoj topgan ilg’or mamlakatlar qatoriga qo’shilishi kyerak edi.  

Oldiniga,  yangi  iqtisodiy  siyosat  amalda  bo’lgan  davrda  industrlashtirishni  jadallashtirish  haqida 

gapirilmadi.  Lyekin  NEPdan  voz  kyechilgandan  kyeyin  industrlashtirish  sur’atlarini  kyeskin 

ravishda oshirish vazifasi qo’yildi.  

O’zbyekiston sanoatining shu davrdagi ahvoli  qanday  edi? 1927  yilda  sanoatning  xalq  xo’jaligida 

salmog’i  38,4%  ni  tashkil  etib  uning  90%  i  qishloq  xo’jaligi  xom  ashyosini  qayta  ishlashga 

moslagan  edi  va  myetropoliya  ehtiyojlarini  qondirishga  xizmat  qilayotgan  edi.  dunyoning  boshqa 

mamlakatlari  singari  O’zbyekiston  ham  industrlashtirish  o’tkazishdan  juda  ham  katta  manfaatdor 

edi.  


Industrlashtirish,  agar  ryespublika  manfaatlarini  ko’zlab,  uning  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 

o’tkazilganda  edi,  unda  u  O’zbyekistonda  zamonaviy  tyexnika  bilan  qurollangan,  o’lkadagi  xalq 



 

212 


xo’jaligi  xususiyatlarini,  dyemografik  vaziyatni,  milliy  an’analarni  hisobga  oladigan,  ishlab 

chiqarish kuchlarining rivojlanishini ta’minlaydigan, o’lkani ilg’or, sanoati rivojlangan mamlakatga 

aylantiradigan tarzda amalga oshirilishi kyerak edi.  

Biroq, bol’shyeviklar hukumatining niyati tamoman boshqacha edi. ular O’zbyekistonni xom ashyo 

yetkazib  byeruvchi  o’lka  sifatida  saqlab  qolmoqchi  edilar.  Lyekin,  shu  bilan  birgalikda  uning 

iqtisodiy  salohiyatini  oshirib,  ryespublika  boyliklarini  talon-taroj  qilishni  kuchaytirmoqchi  edilar. 

Ryespublikada  amalga  oshirilgan  industrlashtirish  xuddi  ana  shu  vazifani  amalga  oshirishga 

yo’naltirilgan edi.  

To’g’ri,  tan  olish  kyerak  1,2,3  byesh  yilliklar  davomida  ryempublikada  ulkan  ishlar  olib  borildi. 

Sanoatning  ryespublika  uchun  butunlay  yangi  bo’lgan  ip,  gazlama,  ipak  yigiruv,  tikuvchilik, 

mo’ynachilik, poyafzal, mashinasozlik, ximiya, rangli myetall eritish, enyergyetika kabi tarmoqlari 

vujudga  kyeldi.  Ana  shu  davrda  «Tashqishloqmash»,  Toshkyent  to’qimachilik  kombinati, 

Toshkyent, Buxoro, Farg’ona tikuvchilik fabrikalari, Toshkyent kombinati kabi yuzlab yirik sanoat 

korxonalari,  o’nlab  elyektrostantsiyalar  qurilib,  qator  konlar  ishga  tushirildi.  1941  yilga  kyelib 

ryespublika sanoati 1443 ta yirik va o’rtacha sanoat korxonalarini va 19 mingta mayda korxonalarni 

o’z  ichiga  olar  edi.  Sanoatning  xalq  xo’jaligida  salmog’i  1927  yildagi  38,4  dan  70  %  gacha 

ko’tarildi. 

YUzaki qaraganda kyeltirilgan dalillardan O’zbyekistonda sanoat misli ko’rilmagan sur’atlar bilan 

rivojlanganday  tuyuladi.  Lyekin,  agar  ryespublikada  yaratilgan  sanoat  potyentsiali  boshqa 

o’lkalardagi sanoat bilan solishtirilsa, uning tarkibiy tuzilishi tahlil qilinsa, ishlab chiqarish qanday 

tashkil  qilinganligi,  rahbarlik  qanday  amalga  oshirilganligi,  kadrlar  tayyorlash  siyosati  o’rganilsa 

unda  Markaz  bilan  ryespublikamizo’rtasidagi  impyeriyacha  munosabatlar  tizimi,  yuqoridan  tayziq 

qilish  amaliyoti, rahbarlikning  buyruqbozlik, rasmiyatchilik usullari ko’zga  yaqqol tashlanadi. Biz 

ryespublikada amalga oshirilgan industrlashtirish mustamlakachilik xaraktyeriga ega dyeb ataymiz. 

Xo’sh, bu nimalardan ko’rinadi? 

O’zbyekistonda  sanoat  korxonalari  mahalliy  sharoitva  milliy  manfaatlarini  emas,  balki  markaz 

ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  barpo  qilingan  edi.  Qurilgan  korxonalarning  soni  ko’paygan 

bo’lsada,  xuddi  chorizm  davridagidyek  O’zbyekistonga  xom  ashyo  yetkazib  byeruvchilik  vazifasi 

yuklatildi.  Masalan,  O’zbyekiston  SSSRning  eng  asosiy  paxta  bazasi  sifatida  tanlab  olingan  edi. 

lyekin,  paxtadan  kyeladigan  daromadning  asosiy  qismi  myetropoliya  ixtiyorida  qolar  edi.  chunki 

paxtaning  15%  igina  O’zbyekistonda  tayyor  mahsulot  holatiga  yetkazilib,  qolgani  myetropoliyaga 

xom ashyo sifatida jo’natilar edi. Paxta xom ashyosi va tayyor mahsulot narxlari orasidagi farq esa 

30 baravardan ortiq bo’lib, asosiy daromad O’zbyekiston xom ashyosini qayta ishlaydigan markaziy 

korxonalar  hisob  raqamiga  tushar  edi.  O’zbyekistonda  qurilgan  va  mahalliy  xom  ashyo  va 

ryesurslarni tayyor mahsulot holatiga yetkaza oladigan korxonalarning ham aksariyat qismi Markaz 

ehtiyojlarini  qondirar  edi.  masalan  «Sryedazkabyel’»  zavodi  mahsulotining  95%  i  ryespublikadan 

olib chiqib kyetilar edi. Bundan tashqari, o’z davri uchun ilg’or tyexnologiya bilan qurollantirilgan 

zavodlarning katta qismi to’g’ridan-to’g’ri Moskvaga bo’ysuntirilib, uning idorasi bilan ish yuritar 

edilar.  Pryezidyent  I.A.Karimov  asosili  ravishda  ta’kidlaganidyek  «ryespublikaning  ulkan... 

imkoniyatlaridan  ayamay  foydalanilar,  undan  ko’riladigan  daromad  esa  yurtimizdan  ancha 

yiroqlarda qolib kyetar edi».

9

 



2- masala: 

 

20-30yillarda O’zbyekistonda qurilgan korxonalarning aksariyat qismi tyexnologik jihatdan 



eskirgan  asbob  uskunalar  bilan  jihozlanardi.  Atrof-muhitni  himoya  qilish,  ryespublikada  tabiiy 

muvozanatni saqlashga ham e’tibor yo’q darajada edi. Natijada suv va havo havzalariga millionlab 

tonnalar  zaharlangan  chiqindilar  tashlab  yuborilar  edi.  Ayniqsa  ximiya  zavodlarining  ryespublika 

ekologiyasiga zarari katta bo’ldi.  

 

Jadal  industrlashtirish  juda  katta  miqdordagi  kapital  mablag’larni  talab  qilar  edi. 



Industrlashtirishni amalga oshirayotgan har qanday davlat mablag’larini chyet el invyestitsiyalarini 

jalb  qilish,  kryedit  olish,  xalqning  bo’sh  mablag’larini  ishlatish,  davlatga  qarashli  korxonalarning 

                                                        

9

 И.А.Каримов. Ўзбекистон XXI аср бўсађасида:хавфсизликка таҳдид, барљарорлик шартлари ва тараљљиёт 



каолатлари. Т.: Ўзбекистон, 1997, 205-бет. 

 


 

213 


qimmatli qog’ozlarni chiqarish kabi yo’llar bilan to’playdi. Ma’muriy buyruqbozlik, totalitar tuzum 

hukmron  bo’lgan  Sovyet  Ittifoqida  bu 

imkoniyatlarini 

ishlatish 

imkoniyatlaridangina 

foydalanishmumkin  edi  xolos.  Qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  narxini  sun’iy  ravishda  pasaytirilib, 

sanoat  tovarlari  narxi  haddan  ziyod  oshirildi  va  narxlar  tafavuti  natijasida  vujudga  kyelgan  katta 

miqdordagi 

mablag’lar 

industrlashtirishga  ajratildi. 

Ko’rinib  turibdiki, 

industrlashtirish 

myehnatkash kishilar, ayniqsa dyehqonlar yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushgan edi. 

 

Sanoatni kadrlar bilan ta’minlash ham ziddiyatli kyechdi. Agar birinchi byesh yillik boshida 



ishchilar soni 18 mingta bo’lsa, 1937 yilga kyelib ularning soni 181 ming kishiga yetdi. Lyekin, ular 

orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilar edi. Sanoat korxonalari qurulishi natijasida 

vujudga kyelgan ishchi o’rinlari asosan yevropaliklar hisobiga to’ldirilib, mahalliy aholi qishloqda 

qolib  kyetavyerdi.  Natijada  qishloqlarda  yashirin  ishsizlik  vujudga  kyeldi  va  dyemografik  vaziyat 

kyeskinlashib  bordi.  Bularning  barchasi  O’zbyekistonda  industrlashtirish  Markazning  hohish 

irodasi va manfaati asosida amalga oshirilganidan dalolat byeradi.  

XX  asr  20  yillarining  boshidan  e’tiboran  amalga  oshirilgan  yangi  iqtisodiy  siyosat  dyehqonlarga 

ham  erkin  nafas  olishga  imkon  byerdi.  Oziq-ovqat  razvyetkasining  oziq-ovqat  solig’i  bilan 

almashtirilishi  qishloq  xo’jaliki  ishlab  chiqarishi  samaradorligining  oshirishiga,  bozor 

infrato’zilmasi  ayrim  elyemyentlarning  tiklanishiga  olib  kyeldi  va  natijada  aholining  turmush 

sharoiti  anchagina  yaxshilandi.  Lyekin,  shunday  bo’lsada,  O’zbyekiston  qishloq  xo’jaligida 

fyeodal-patriaxal munosabatlarning ustivor ekanligi, qishloqlar mayda va tarqoq yer uchastkalariga 

bo’linganligi, agrotyexnikaning qoloqligi, irrigatsiya tizimining ayanchli holatida ekanligi, aylanma 

mablag’larning yetishmasligi, qishloqdagi iqtisodiy o’sishiga to’sqinlik qilar edi. 1925 yilda yersiz 

dyehqonlar  barcha  dyehqonlarning  10  %  ini,  1-3  dyesyatina  yeri  bor  dyehqonlar  64  %ini,  3-10 

dyesyatina yeri bor o’rta hol dyehqonlar 20 %ini 10 dyesyatinadan ortiq yeri bor boy dyehqonlar 6 

%ini tashkil qilar edi. 1924 yilda dyehqonchilik qilgan yer maydonlari mavjud ekin maydonlarining 

faqat 58,7 %ini,  yalpi qishloq  xo’jaligi  mahsuloti 1913  yildagi darajada agrar  islohotlarini amalga 

oshirish ob’yektiv zarurat edi. Bol’shyeviklar rahbariyati agrar islohotlar zarurligini tan olsada, bu 

islohotlar  o’zbyek  qishloqlarining  sotsialistik  yo’lga  tushib  olishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar 

yaratishi  lozim  dyeb  hisoblar  edi.  Islohotlar  qarshilik  ataylab  avj  oldirildi.  Qishloqda  asosiy  kuch 

bo’lgan  o’rta  hol  dyehqonlarga  nisbatan  esa  ustomonlik  bilan  munosabatda  bo’lindi.  O’rta  hol 

dyehqon    «iqtisodiyotni  rivojlantirishda  va  ishchilar  sinfi  bilan  dyehqonlar  ittifoqini  amalga 

oshirishda  asosiy,  markaziy  figura»

10

*,  dyeb  e’lon  qilishdi.  O’zbyekistonda  Rossiyadagi  kabi 



haddan ziyod yirik yer egalari yo’q edi. Ryespublikadagi yirik yer egalarini Rossiyadagi quloqlarga 

qiyoslash  mumkin.  O’zbyekistonda  1925-1929  yillarda  amalga  oshirilgan,  yer-suv  islohoti 

aholining ana shu boy qatlamlariga qarshi qaratilgan edi. sOvyet hokimiyati yollanma myehnatdan 

foydalangan dyehqonlarni eksplutator dyeb atab, ularni sinf sifatida yo’q qilishni o’z oldiga maqsad 

qilib qo’ydi. Islohotlar jarayonida sovyet hokimiyati boy (quloq) dyehqonlarni chyeklash siyosatini 

tobora  kyeng  qo’llay  boshladi.  10  dyesyatinadan  ortiqcha  yerlar  musodara  qilindi  (Farg’onada  7 

dyesyatinadan). 1928  yilda qabul qilingan qaror bo’yicha 20 gyektar va undan sug’oriladigan  yeri 

(45 gyektar lalmi yer) bo’lgan dyehqon xo’jaliklari butunlay tugatildi. Hammasi bo’lib 1925-1929 

yillarda 475 ming dyesyatina yer tortib olindi. Uning 10 % i kambag’al dyehqonlarga taqsimlandi. 

Qolgan yerlarda 522 ta kolxoz tashkil qilindi. SHunday qilib, O’zbyekistonda yalpi jamoalashtirish 

siyosatini amalga oshirish uchun zamin hozirlangan edi. SHu alohida ta’kidlash kyerakki, zo’rma-

zo’raki  tuzilgan  kolxozlar  qatori  ixtiyoriy  ravishda  tuzilgan  koorporatsiyalar  ham  anchagina  edi. 

Bozor  munosabatlari  qonuniyatlariga  rioya  qilish  asosida  tuzilgan  bu  shirkatlar  dyehqon 

xo’jaliklarining 80%ini qamrab olgan edi. NEP dan voz kyechilishi ularning halokatiga olib kyeldi. 

Mamlakatda  yalpi  jamoalashtirish  boshlandi.  Bu  siyosat  Moskvaning  tayziqi  asosida  o’tkazildi. 

O’zbyekistondagi  ijtimoiy  sharoit  hisobga  olinmasdan  turib  Ryespublika  yalpi  jamoalashtirishga 

tayyor ekanligi targ’ib qilina boshlandi. 1930 yil 17 fyevralda O’z KP (b) MK «Jamoalashtirish va 

quloq  xo’jaliklarni  tugatish  haqida»  qaror  qabul  qildi.  Ryespublika  yalpi  jamoalashtiriladigan  17 

tumanga  bo’linadi.  Mahalliy  rahbarlar  raqamlar  orqasidan  quvib  qonunni  buza  boshladilar. 

Kolxozlarga  kirmaganlarga  suv  byerilmaydi,  sanoat  mahsulotlari  sotilmaydi,  katta  soliq  solinadi, 

surgun  qilinadi  dyeb  qo’rqitadilar.  Natijada  ko’pchilik  tumanlarda  jamoalashtirish  bir  nyecha 

                                                        

10

 Компартия Узбекистана в резолyuщиях… Т. 1, с. 139. 



 

214 


haftada  o’tkazildi.  1930  yil  6  fyevralda  qishloq  xo’jaligi  artyelining  birinchi  namunaviy  nizomi 

qabul  qilindi.  Nizomda  mulkni  umumlashtirish  myezonlari,  kolxozlarning  bo’linmas  fondlari 

to’g’risida  tushuncha  byerilmagan  edi.  Natijada  turar  joy  binolari,  qo’y,  echki,  qoramollar,  hatto 

parrandalar  ham  umumlashtirildi.  Ba’zan  esa  yakka  dyehqon  xo’jaligidan  jamoaning  oliy  firmasi 

kommunaga sakrash holatlari kuzatildi.  

«YUqori»ning ko’rsatmalari zo’rlikning avj olishiga olib kyeldi. Bu yo’l-yo’riqlar kimlarning quloq 

qilinishini  aniq  byelgilab  byermas  edi.  SHuning  uchun  ryespublikada  o’ziga  to’q  boy  dyehqonlar 

umumiy  dyehqonlar  miqdorining  6%ini  tashkil  qilsada  ba’zi  tumanlarda  15%gacha  dyehqonlar 

quloq  qilinib  xo’jaligi  tugatilgan  edi.  Masalan,  Mirzacho’l  tumanida  1930  yilda  137  ta  xo’jalik 

ro’yxatga  olinib  tugatilishi  kyerak  edi.  Tyekshirishdan  kyeyin  ro’yxatda  75  xo’jalik  qoldirildi. 

Quloqlar  ro’yxatiga  asossiz  ravishda  o’rta  hol  ba’zan  esa  kambag’al  dyehqonlar  kiritilganligi 

aniqlangan  edi.  «Quloq»larga  qarshi  kurash  niqobi  ostida  asosan  tadbirkor,  ishbilarmon 

dyehqonlarga  nisbatan  yalpi  urush  e’lon  qilindi.  Dindor  bo’lgani,  ma’muriyat  harakatiga  qarshilik 

ko’rsatgani uchun ham «quloq» qilinishi hollari uchrab turardi. «Quloqlarning dumi» dyegan atama 

paydo bo’lganidan kyeyin zo’ravonlikni  nafaqat qishloq aholisining  boy va o’rta hol qatlamlariga, 

balki  eng  kambag’al  qismiga  ham  qo’llash  imkoniyati  tug’ildi.  «Quloq»  qilinganlarning  bir  qismi 

Ukraina,  Sibir’  va  Qozog’iston  cho’llariga,  o’rmonlariga  surgun  qilindi.  YAna  bir  qismi 

ryespublikaning  boshqa  joylariga  zo’rlik  bilan  ko’chirildi.  Ryespublikaning  o’zida  17  ta  «quloq» 

qishloqlari (lagyerlari) tashkil qilingan edi. 

O’zbyekistonda  jamoalashtirilgan  rasman  1932  yilning  oxirida  poyoniga  yetdi.  81,7%  yakka 

xo’jalik  shu  vaqtga  kyelib  umumlashtirildi.  Qolgan  yakka  xo’jaliklarga  iqtisodiy  tayziq  kuchaydi. 

Soliqlar,  majburiy  topshiriladigan  mahsulotlar  hajmi  kyeskin  oshirildi.  1939  yilga  kyelib  yakka 

xo’jaliklarga butkul barham byerildi. 

Kolxozlarda  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishning  hamma  sohalari  qat’iy  nazorat  ostiga  olindi: 

mahsulot  ishlab  chiqarish  va  myehnat  unumdorligi  ustidan  ryeja  ko’rsatkichlari,  soliq  majburiyati 

joriy qilindi, jamoa xo’jaliklarining daromadlari va sarf-xarajatlari byelgilab qo’yildi. 

Jamoalashtirish yangi iqtisodiy siyosatga o’nglana olmaydigan zarba byerdi. Agrar sohada xo’jalik 

hisobi  munosabatlarining  buzilishi,  sanoat  bilan  qishloq  xo’jaligi  o’zaro  foydali  ayriboshlashdan 

voz kyechilishi, oziq-ovqat razvyetkasi tamoyillariga qaytilishi – bularning barchasi iqtisodiyotning 

chuqur  dyeformatsiyasiga  olib  kyeldi.  Jamoalashtirish  qishloq  xo’jaligi  tabiiy  rivojlanishi 

jarayonlarini  bukib  qo’ydi.  U  dyehqonlarning  kolxoz  «kamyera»lariga  umrbod  qamalishiga  va 

qaram bo’lishiga olib kyeldi. Majburiy ravishda kolxozlarga kiritilgan dyehqonlar barcha fuqarolik 

huquqlaridan, avvalo kasb tanlash va yashash joylarini o’zgartirish huquqlaridan judo bo’ldilar. 

Jamoalashtirish  O’zbyekiston  qishloq  xo’jaligiga  qaqshatqich  zarba  byerdi.  1933  ryespublikada 

ochlik boshlandi. Don yetishtirish kyeskin kamaydi. CHorvachilikka katta zarar yetkazildi. Qishloq 

xo’jaligi  boshqaruv  tizimida  ma’muriy-buyruqbozlik  usullarining  ustivorligi  ta’minlandi.  Bu  esa 

ko’p  jihatdan  paxta  yakka  hokimligi  o’rnatilishini  ta’minladi.  1930  yilning  baxoridayoq 

bol’shyevistik  raxbariyat  yalpi  jamoalashtirish  tumanlarida  yer  maydonlarining  to’rtdan  uch 

qismida paxta ekishni ryespublika hukumatidan talab qilgan edi. Paxta yakka hokimligini o’rnatish 

yo’lini tanlashi oqibatida 1933  yilda  yetishtirilgan umumiy qishloq  xo’jalik  mahsulotlarining 81,5 

%ini paxta tashkil qilar edi. 1937 yilda esa bu ko’rsatkich 93,4 %ni tashkil qildi. 

Kolxozchilar  o’z  myehnatlarining  myevalaridan  mustaqil  ravishda  foydalana  olmas  edilar. 

Majburlovchi  va  eksplutatsiya  qiluvchi  fyeodal  tuzumi  o’rnini  partiya  –  davlat  tuzumi  egalladi. 

Qishloq  aholisi  faqat  o’z  shaxsiy  tomarqalariga  ishonishlari  mumkin  edi  xolos.  Lyekin, 

dyehqonlarning  anchagina  qismi  bu  imkoniyatdan  yo  to’lasincha  foydalana  olmas  yoki  butunlay 

undan  mahrum  edilar.  Masalan,  1937  yilda  ryespublikadagi  66  ming  dyehqon  oilasi  tomorqadan 

umuman  mahrum edi. 140  ming dyehqon oilasining tomorqalari esa kam  normadan  ham kam edi. 

SHunday  qilib,  yalpi  va  jadal  jamoalashtirish  natijasida  dyehqonlarga  xos  bo’lgan  butun  turmush 

tartibi  buzildi,  ma’naviy  axloqiy  qadryatlar  zavol  topdi.  Yer  o’z  egasidan  amalda  ajralib  qoldi. 

Oqibatda  oziq-ovqat  mahsulotlarini  eksport  qiluvchi  mamlakat,  ularni  chyet  eldan  olib  kyeluvchi 

davlatga aylandi.  


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling