Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad ibn Muso al Xorazmiy
- Ma’ruza mashg’ulotlari 10-mavzu Mogullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jalolidd1n Manguberdi
- 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- 1.2. « Mogullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jalolidd1n Manguberdi» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
- Ta’lim oluvchilar
2-masala: IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda fan va madaniyat bobida shu qadar ajoyib fan kashfiyotlari va tadqiqotlari yaratildiki, bu o’tmish ajdodlarimizning jahon madaniyati xazinasiga qo’shgan byebaho hissasigina bo’lib qolmasdan, ularning aql-zakovatining nihoyatda yuksakligidan ham dalolat byeradi.
125
Bu haqda M. Xayrullayevning “O’rta Osiyoda ilk uyg’onish davri madaniyati” (Fan, 1992) va F. Sulaymonovaning “SHarq va G’arb” (O’zbyekiston, 1997) asarlarida, shuningdyek vatandosh, mashhur mutafakkir va donishmandlarga bag’ishlangan “Ma’naviyat yulduzlari” (Myeros,1999) to’plamida va qator boshqa risolalar va maqolalarda boy va syermazmun matyeriallar byeriladi. YUqorida qayd qilingan 3ta asarlarda 200ga yaqin donishmandlar va mutafakkirlar nomlari ko’rsatilgan. Ular ijodini o’rganish biz uchun juda katta byebaho ma’naviy myerosdir. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, o’sha davrdagi donishmandlarning ko’pchiligi qomusiy olim bo’lganlar, ular bir vaqtning o’zida aniq va gumanitar fanlarning turli sohalari bo’yicha yuqori darajadagi bilimdonlar bo’lganlar, bilim sohasida o’zaro aloqalar o’rnatish va munosabatlarni aniqlash na’munalarini ko’rsata bilganlar. IX-XII asrlardagi ilmlarning hajmi, miqyosi va kyengligini ayrim allomalar asarlarida qayd etilgan ilmlar tasnifidan bilish mumkin. Jumladan, X asrda ijod qilgan Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Mafotih al-ulum” asarida ilmlar tasnifini batafsil yoritadi. Undan oldin Farobiyning “Ikso al-ulum” risolasida esa barcha ilmlarni 5 ta katta bo’limga ajratadi. Til haqidagi ilm o’z ichiga 7 qismni oladi, so’ng tabiiy va ilohiy fanlar yoki riyoziyot va shaharni boshqarish haqidagi ilmlar. X asrda yaratilgan “Sof bifodorlar”ning “Ilmiy san’atlar haqida”gi kitobida umumiy ilmlar 4ta katta guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’z navbatida qator sohalarni o’z ichiga oladi, hammasi bo’lib 36ta ilm tarmog’i sanab o’tiladi. Al-Xorazmiyning “Mafotik al-ulum” kitobida barcha ilmlar an’anaviy ilmlar va gumanitar ilmlarga hamda noan’anaviy, noarab ilmlarga bo’linadi. Birinchisi fiqh, kalom, grammatika, ish yuritish, shye’riyat hamda tarix ilmini: ikkinchisi noarab ilmlar - falsafa, mantiq, tibbiyot, arifmyetika, gyeomyetriya, falakkiyot, musiqa, myexanika, kimyo singari fanlarni o’z ichiga oladi. Umuman barcha ilmlar arablarda ilgaridan ma’lum bo’lgan, shariat o’z ichiga olgan ilmlar hamda arablarda ma’lum bo’lmagan, shariatga aloqasiz, boshqa xalqlardan kirib kyelgan ilmlarga ajratish odat bo’lgan. Arablarda bo’lmagan ilmlar asosan qadimgi yunonlarda kyeng o’rganilgan ilmlardan tashkil topgan. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari ilmu-fanning turli sohalarida dunyo madaniyatiga unutilmas hissa qO’shdilar. Ayniqsa Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Byeruniy kabi olimlar xizmati byeqiyosdir. Ular tabiatshunoslik va gumanitar ilmlar sohasida ulkan ishlar bajarganlar. Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (780-850) buyuk matyematik, astronom va tarixchi bo’lgan. Xalifalik markazi Bog’doddagi ilmiy markaz “Baytul xikma” rahnamosi edi. “Algyebra” va “Algoritm” tushunchalarining paydo bo’lishi Xorazmiy faoliyati bilan bog’liq. “Algoritm” Xorazmiy nomining lotincha ifodasi, “Algyebra” so’zi esa uning matyematikaga oid “Aljabr va al- muqodama” asarining birinchi so’zi lotincha talaffuzidan olingan. Xorazmiyning 12dan ortiq risolalari bo’lgan uning “Arifmyetikaga doir risola”sida hind raqamlari asosida hozirgi davrda insoniyat kyeng foydalanayotgan o’nlik pozitsion hisoblash sistyemasini tuzgan. Xorazmiyning eng yirik astranomik asari - uning “Ziji”dir.Olim bu asarini 830 yil atrofida yozgan. Uning bu asari 37 bob, 116 jadvaldan iborat. Uning mashhur asari “Yer yuzining kartasi” musulmon sharqida gyeografiya ilmini boshlab byergan. U o’rta asr SHarqida birinchi bo’lib “Kitob at-tarix” asarini yozgan. Bulardan tashqari u astronimiyaga oid, kalyendar tuzish, vaqtni o’lchash va soat haqida risolalar yozgan. “Tarix kitobi”da Xuroson, Kichik Osiyo va Muvorounnahrning VIII-XV asrlariga oid ma’lumotlar byeriladi. Ahmad al – Farg’oniy (taxminan 798-850 y.y.) Farg’ona vodiysining Quva shahrida tavallud topib, dastlabki bilimini ona yurtida, so’ngilm yo’lida ko’p zahmatlar chyekib Bog’dod, Damashq va Qohirada katta tadqiqotlar olib bordi. Olim umrining ko’p qismini xorijiy ellarda xalifalik markazlarida o’tkazgan. U Muso al–Xorazmiy rahbarligidagi “Baytul hikma”da faoliyat ko’rsatdi, arab atamashunosligining paydo bo’lishi va ilmiy taraqqiyotiga hissa qo’shdi, Bog’dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga rahnamolik qildi. Bog’doddagi rasadxona qoshida falakkiyotshunoslik maktabini tashkillashtirdi va unda boshqa olimlar bilan birgalikda Ptolomyey “YUlduzlar jadvali”dagi ma’lumotlarni tyekshirib chiqdi. Ahmad Farg’oniy 6ta kitobi bilan dunyoga mashhur: “Falakkiyot ilmining usullari xaqida kitob”, “Al-Farg’oniy jadvallari”, “Usturlod bilan amal qilish haqidagi kitob”, “Oy yerning ustida va ostida bo’lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “Yetti iqlim Hibi”, “Astronomiya nyegizlari”. Al-Farg’oniy Yerning shar shaklida ekanligini ochdi, Nil daryosi suvini o’lchaydigan asbob yasadi. Falakkiyotga 126
oid asarlarida Yevropada Kopyernikgacha bo’lgan falakkiyot ilmidan asosiy qO’llanma bo’lib qoldi.
A.Farg’oniy styeryegyeografik proyektsiyalar nazariyasini undan ming yil kyeyin buyuk matyematik Eylyer XVII asrda gyeografik xaritalar tuzishga bag’ishlangan asarida foydalandi. Undan tashqari komplyeks o’zgaruvchi miqdorlar tyekisligi, noyevklid gyeomyetriyalar, kosmik gyeodyeziya va kosmografiyalarning mazmunida ham A.Farg’oniy fikrlari yotadi. Abu Nasr Farobiy (873-950) Toshkyentning shimolidagi Foroba-Utrorda tug’ilib, dastlabki ma’lumotni SHosh (Toshkyent), Buxoro va Samarqand shaharlarida oladi. So’ng Bog’dodda uzoq yashab, zamonasining buyuk qomusiy olimi darajasiga yetadi. U turli ilmlarga doir 160 dan ortiq risolalar yozgan. U Aristotyel’ myerosini chuqur o’rganganadi va sharqda rivojlantirgani uchun SHarq Aristotyeli dyegan nomga sazovor bo’lgan. Uning risolalari riyoziyot, falakkiyot, tibbiyot, axloqshunoslik, musiqashunoslik, davlatni boshqarish, ayniqsa, falsafa va mantiq ilmi masalalarini o’z ichiga oladi. Farobiyning Aristotyelning barcha falsafiy asarlariga yozgan sharhlari “Masalalar bulog’i”, “Ilmlar tavsifi”, “Hikmat xulosasi”, “Falsafaga oid maqola”, “Lug’atlar haqida kitob” dyegan nomlar bilan yozilgan. Farobiy fikricha, olam moddiy, abadiy, yo’q bO’lmaydi va chyeksiz. Inson Mavjudot rivojining yakuni aql idroki orqali dunyoni o’rganadi. U o’zining “Grajdanlik siyosati”, “Fozil shahar aholisining raylari”, “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarlarida inson uchun adolat, o’zaro hamjihatlik, farovonlik, erkin myehnat qiluvchi yetuk-fozil jamoa haqidagi ta’limotni olg’a surdi. Farobiy musulmon sharqida ilg’or falsafiy va ijtimoiy–axloqiy ta’limotlarga, dunyoviy musiqashunoslikka asos soldi, mantiqshunoslik, shaharni boshqarish sohalarida ham rivojlanish yo’llarini byelgilab byerdi. Uning g’oyalari F.Bekon, Spinoza kabi faylasuflar dunyoqarashiga katta ta’sir kO’rsatdi.
topgan. U tinimsiz ilmiy izlanish natijasida falsafa, mantiq, ruhshunoslik, adabiyotshunoslik, shye’riyat, musiqa, biologiya, gyeologiya, minyerologiya, fizika, matyematika, tibbiyot, falakkiyot va fanning boshqa sohalarida 450dan ortiq asarlar yozgan. SHundan 80tasi falsafa, ilohiyat va tasavvufga, 43tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26tasi ruhshunoslikka, 23tasi tibbiyot ilmiga, 7tasi falakkiyotga, 1tasi musiqaga, 2tasi kimyoga, 9tasi odob ilmiga, 4tasi adabiyotga, 8tasi boshqa fanlarga tyegishi bo’lgan. Yevropada “Avitsyenna” nomi bilan mashhur bo’lgan Ibn Sino asarlari arab va fors–tojik tillarida yozilgan. Uning “Tib qonunlari kitobi” to XVIII asrning oxirlarigacha Yevropaning barcha tibbiy o’quv yurtlarida asosiy o’quv qO’llanmasi sifatida foydalanildi. Olimning falsafaga oid “Kitob ash- shifo” (“Ruhni davolash kitobi”)da mantiq, tabiiy fanlar, riyoziyot va ilohiyot bo’yicha falsafiy g’oyalar tahlili byerilgan. “Ishoralar va tanbyehlar” asarida falsafaning asosiy masalalari qisqacha bayon etiladi. Uning “Donishnoma” asarida o’zigacha bo’lgan tabiiy fanlar va falsafa yutuqlaridan foydalanib, SHarqning nazariy bilimlarini umumlashtirdi. Ibn Sino istye’dodli shoir va adib ham bo’lgan. Uning badiiy faoliyati “Qush risolasi”, “Salomon va Ibsol”, “YUsuf qissasi”, “Uyg’oq O’g’li Tirik” asarlarida o’z aksini topgan. Xorazmda tug’ilgan, lyekin fyeodal urushlari tufayli Markaziy Osiyo va Eronning qator shaharlarida qochib yurishga majbur bo’lgan, so’ng Urganchda, Jurjonda yashagan, G’aznada uzoq davr xizmatda bo’lgan, Hindistonda safar qilgan Abu Rayxon Byeruniy (973-1048) fanlarning tibbiyot, riyoziyot, astronomiya, astrologiya, gyeografiya, gyeodyeziya, myetyerologiya, etnografiya, tarix, falsafa va filologiyaga oid 150ga yaqin asarlar yozgan.
qonuni”, “O’tmish avlodlar xotiralari” kabi asarlari gumanitar bilimlar, arab tili, shye’riyati, turli xalqlar etnografiyasi, tarixi, urf-odatlari, kalyendari, axloqshunoslik, falsafa muammolari borasida muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Bu davrda qomusiy olimlar bilan birga ma’lum ilmlar sohasi bo’yicha mashhur bo’lgan kishilar qatoriga Hakim Tyermiziy, Ismoil Jurjoniy, CHayminiy, Zamaxshariy, Narshaxiy, Balxiy, Masixiy, Ibn Iroq, Fahriddin Roziy, Muhammad Buxoriy, Abdurahmon Marvoziy kabilarni kiritish mumkin. Ismoil Jurjoniy Ibn Sinodan so’ng 12 jildlik “Horazmshoxlar xazinasi” asarini, 2 jildlik “Tibbiyot bo’yicha xotiralar” kitobini yozib qoldirgan. CHag’miniy riyoziyot va falakiyotga oid masalalarni “Astronomiyadan qisqacha tanlangan bayonlar” asarida yoritgan. Xivada yashagan Xaraqiy 127
xorazmshoxlar saroyida munajjimlik qilib, falakiyot va gyeografiyaga doir qimmatli asarlar yozgan. Bu davrda tarixshunoslik, filologiya, odob, axloqshunoslik kabi ilmlar ham rivojlandi. Markaziy Osiyoda badiiy adabiyot arab, fors-tojik va turkiy tillarda rivojlandi. Nishopurda tug’ilib, Buxoroda ijod etgan Abu Mansur as-Saolibiy (961-1038) “Asr ahli fozillari haqida zamona durdonasi” nomli asarida Movarounahrda yashab arab tilida ijod etgan 124ta shoir haqida qisqa ma’lumotlar va shye’rlaridan namunalar kyeltiradi. Jumladan, Muhammad al-Murodiy buxorolik yetuk shoir, arab va fors-tojik tillarida qasidalar, davlat idoralarida ishlovchilar to’g’risida satiralar yozgan; Muhummad Musadiy samoniylar davrida arab va fors-tojik tillarida qasidalar, g’azallar va satiralar yozgan; Abulfazl al-Morvoziy Marvlik shoir, maqolalar va xalq adabiyotidan unumli foydalangan; Abu Muhammad al-Matroniy (shoshlik), Abu Ahmad al-Kotib (buxorolik), Ali al—Marvarudiy (marvarudlik), Al-Xarroniy (buxorolik), Abu Bakr al-Xorazmiy, Rashid aa-Ain Vattot, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Haydar al-Xo’jandiy va boshqalar ilm-fan, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, do’stlik haqida badiiy asarlar bitgan o’z davrining eng istye’dodli ijodkorlari bo’lgan. Bu davrda fors-tojik shye’riyatini, badiiy adabiyotini Rudakiy, Firdavsiy, Doqiqiy, Abulhasan Tyermiziy, Nosir Xisrav, Umar Hayyom kabilar dunyoga mashhur qoldilar. XI-XII asrlarga kyelib arab va fors tillaridagi badiiy asrlar bilan birga turkiy tilda ham yirik dostonlar, shye’rlar yaratildi. Bunda mashhur tilshunos olim Maxmud Qoshg’ariyning 1069 yilda yozgan “Dyevonu lug’atit turk” (“Turkiy so’zlar lug’ati”) hamda Bolosog’unlik YUsuf Xos Hojibning 1070 yilda yaratgan “Qutadg’u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) va nihoyat XI asr oxirlarida adib Ahmad YUgnakiy qalamiga mansub “Hibatul-haqoyiq” (“Haqiqatlar sovg’asi”) asarlari tahsinga sazovordir. Mahmud Qoshg’ariy asari bizga qadim zamonlardagi turkiy xalqlarning tili, tarixi, turmush tarzi va badiiy ijodi to’g’risida kyeng ma’lumotlar byeradi. YUsuf Xos Hojib asarining qimmati shundaki, u eski turkiy tilda bitilgan shox asardir. Unda muallif axloqiy, tarbiyaviy fikrlarni jozibali, badiiy shaklda ifoda etadi, ezgulik, adolatparvarlik va xalqparvarlikdan ta’lim byeradi. Ahmad YUgnakiy odob, axloq va ma’rifatga oid didaktik asarlarni bayon yo’li bilan ifodalaydi. Ahmad YAssaviyga ergashgan Sulaymon Boqirg’oniyning “Boqirg’on kitobi”ga kirgan shye’rlari so’fiylikning eng yorqin namunalaridan bo’lib og’izdan-og’izga o’tib kyelgan. Qur’on va hadislar muqaddas manbalar hisoblanib, ularning asosida Kalom va shariat yuzaga kyelgan. Kalom so’zi VIII asrda yuzaga kyelgan bo’lib, u islomning nazariy-falsafiy ta’limotidan iborat. Qur’ondagi axloqiy va huquqiy normalar kyeyinchalik shakllangan shariatga ham asos bo’lgan. SHariatda ular huquqiy tizim sifatida kuchga kiradi. So’ngroq esa shariat qonun- qoidalarini ishlash, tartibga solish, talqin byerish bilan shug’ullanuvchi Islom ilohiyotining muhim sohasi – musulmon huquqshunosligi – fiqh vujudga kyeldi va Markaziy Osiyoda kyeng tarqaldi. Bu bilan birga Islom dinshunosligining muhim tarmoqlari sifatida Qur’on, hadis va boshqa diniy manbalarni talqin Tafsir kyeng avj oldi. Ularning shakllanishida Muvorounnahr va Xurosonning dinshunos olimlari, mutafakkirlari katta hissa qO’shdilar. IX asrda musulmon o’lkalarida hadisshunoslik, hadis to’plash, uni o’rganib tartibga solish muhim sohaga aylandi. Ularning hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida 6 muhandis (hadis to’plovchi) mashhur bo’ldi. SHulardan 3tasi Markaziy Osiyolikdir. Muhandislar ichida eng obro’lisi va mashhuri Imom Buxoriydir (810-870). Uning dinshunoslikka oid 20ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum: “Al-Jomye’ as-Sahih”, “At–tarix al-Kabir”, “At– tarix–as- Sag’ir” va boshqalar. Buxoriy shogirdlaridan biri Imom at-Tyermiziydir (824 - 894). U 10dan ortiq diniy asarlar muallifi. Tyermiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari “Jomye’ at-Tyermiziy”dir. Turkmanistonning qadimgi Niso shahridan bo’lgan Abu Abduraxmon an-Nisoiy (830-915) barcha hadislarning qisqartirilgan “An-Sunan” kitobini yozib qoldirgan. 6ta mashhur hadisshunoslarning qolgan 3tasi Eron va arab mamlakatlaridan. Burxoniddin Marg’inoniy (1197 y. vafot etgan) “Hidoya fi-l-Furuz” (“SHariat sohalar bo’yicha qO’llanma”) ya’ni “Hidoya” asari musulmon huquqshunosligi bo’yicha eng yirik va kyeng tarqalgan tadqiqotdir. U fors, ingliz va rus tillarga O’girilgan. Qur’onga tafsir (sharh) yozish borasida Xorazmlik Zamahshariy, Faxriddin Roziy kabilar katta hissa qO’shganlar. 128
Ko’rinadiki, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy taraqqiyotning barcha sohalarida yuqori darajada rivojlanish yuz byergan. Bu jarayonni esa “uyg’onish” ryenyessans dyeyishga asos bor. Uning muhim xislati insonparvarlik bo’lgan va markazida doimo inson, insoniy aql, his-tuyg’u, inson ma’naviy boyligini egallash, uni yuksaltirish masalalari turgan. Tarixiy sharoitning va davrning bu chaqirig’iga vatandosh donishmandlarimiz va mutafakkirlarimiz talab darajasida javob byera olganlar. Xulosa shuki, uyg’onish madaniyati, birinchi navbatda, fyeodal munosabatlarning tyez rivojlanishi, yerli mustaqil davlatlarning rivoji bilan bog’liq yangi ehtiyojlar asosida shakllandi. Uyg’onish madaniyati shaxar madaniyatinng yuksalishi, shaxarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma’naviy rolining kuchayib kyetishi bilan bog’liq bo’lib, shu jarayonni o’z ichiga oladi. SHahar madaniyatining rivoji, bu–qurilish ishlari, savdo sotiq, hunarmandchilik, ta’lim tarbiya markazlari, kitob yozish, kitobxonlik, ilmxonlik yozuvning rivoji kabilarni o’z ichiga oladi.
129
Ma’ruza mashg’ulotlari 10-mavzu Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jalolidd1n Manguberdi 1.6. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli Kirish-axborotli ma’ruza Ma’ruza rejasi 6 . 1. M o 'g'u l l a r hujumi arafasida Xorazmshohlar davlatidagi vaziyat.E l c h i l i k munosabatlari. 6.2.Mo"g'ullarning O 'r t a Osiyoga harbiy yurishlari. Jaloliddin Manguberdi jasorati. 6.3.Chig'atoy ulusining tashkil topishi. Undagi boshqaruv tartibi,iqtisodiy va madaniy hayot.
shakllantirish va mustahkamlash
M o 'g 'u l l a r hujumi
arafasida Xorazmshohlar davlatidagi vaziyat, e l c h i l i k munosabatlarini yoritib berish
Mo"g'ullarning O 'r t a Osiyoga harbiy yurishlari, Jaloliddin Manguberdining vatanparvarlik jasoratni yoritib berish.
topishi.
Undagi boshqaruv tartibi,iqtisodiy va madaniy hayot to’g’risidagi bilimlarni mustahkamlash
M o 'g 'u l l a r hujumi arafasida Xorazmshohlar davlatidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, ikki davlat o’rtasidagi e l c h i l i k munosabatlarini gapirib berish Mo"g'ullarning O 'r t a Osiyoga harbiy yurishlari, uning borishi hamda mo’g’ullar zulmiga qarshi Jaloliddin Manguberdining vatanparvarlik jasoratni gapirib berish
Chig'atoy ulusining tashkil topishi. Undagi boshqaruv tartibi, iqtisodiy va madaniy hayot to’g’risida gapirib berish
Ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol- javob, suhbat, tushuntirish, klaster Ta’lim berish shakllari Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, kompyuter texnologiyalari, slaydlar
Texnik
vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya Monitoring va baholash Og’zaki nazorat, savol-javob 130
1.2. « Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jalolidd1n Manguberdi» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
1.1.O’quv kursi nomini aytadi. Ekranga o’quv kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, mavzular ro’yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi 1.2.Birinchi mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi. 1.3.Klaster asosida o’tiladigan mavzuning mazmuni va mohiyatini qisqacha yoritadi Tinglaydilar.
Tinglaydilar
2- bosqich Asos
iy bosqich (55
daqiqa) 2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo’llaydi:
Mo’g’ullar hujumi arafasida Xorazmshohlar davlatidagi ichki vaziyat qanday edi?
Nima sababdan Chigizxon Movaraunnahrga yurish qilishidan oldin qo’shinni to’rt qismga bo’ladi?
Mo’g’ullarga qarshi kurashda Jaloliddin Manguberdining jasorati haqida gapiring?
Mustaqillik yillarida Jaloliddin Manguberning necha yillik yubileyi o’tkazildi. Bu haqida nimalarni bilasiz?
Mo’g’ullarning Movaraunnahrga yurishlari qanday oqibatlarga olib keldi?
Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi. 2.3.
Ekranda slaydlar namoyish etish orkali mo’g’ullarning markaziy Osiyoga
harbiy yurishlari to’g’risidagi ma’lumotlar to’liq ko’rsatib beriladi Talabalar diqqatini mavzuning asosiy jihatlariga karatadi, ularning dolzarb va ahamiyatli ekanini asoslaydi. 2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini aytadi. Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo’naltiradi, zarur maslahatlar beradi. 2.5. Bir nechta talabaning ish natijasini tekshiradi, talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi. Zarur bo’lsa, qo’shimchalar kiratadi va ushbu savol bo’yicha to’liq ma’lumot berishini aytadi. 2.6. Rejaning ikkinchi savoliga doir bo’lgan slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq Savolga javob
beradilar. Fikrlarini bildiradilar.
Tinglaydila r, zarur
ma’lumotlarni yozib oladilar.
yakka tartibda bajaradilar.
Ish natijasini taqdim kiladilar.
Tinglaydila r,
zarur ma’lumotlarni yozib oladilar.
131
yoritadi 2.7. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi 3.
Yaku niy bosqich (10 daqiqa)
3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: (1) o’tilgan mavzu asosida B/B/B jadvalini to’ldirib kelish. B/B/B jadvalini to’ldirish qoidasini tushuntiradi (6-ilova); (2) ikkinchi mavzu bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelish. Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling