Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-masala: O’rta-Osiyo, SHimoliy-SHarqiy Hindiston va SHarqiy Turkistoning bir qismida, shuningdyek Tohariston va SHarqiy Afg’oniston yerlarida V asr o’rtalarida eftalitlar nomi bilan yangi davlat yuzaga kyeldi. Eftalitlar-xionitlar, oq xunnlar aslida Orol dyengizi bo’ylarida yashagan, turkiy etnik guruhlar bilan aralashgan holda O’rta Osiyo qabilalari nyegizida yuzaga kyelgan xalqdir. Kushon podsholigi inqirozi ko’zga tashlanayotgan davrda O’rta Osiyoning mahalliy xalqlari, ayniqsa dyehqonlari Eron sosoniylarining qator janubiy hududlarimizni zo’rlik bilan egallashlari oldini olish maqsadida kuchli davlat birlashmasiga ega bo’lgan eftalitlarga yordam so’rab murojaat qilgan edilar. Bu qulaylikdan foydalangan eftalitlar O’rta Osiyoga osonlik bilan kirib, Badaxshon va Toharistonni qo’lga kiritdi. Bu bilan ular katta hududda o’z hukmronligini kyengaytirish imkoniyatiga ham ega bo’ldilar. Eftalitlarning bir asrdan ko’prok davom etgan hukmronligida qadimgi davr munosabatlari yemirllayotganligi va kushonlar podsholigida yuzaga kyelgan ilk yer egaligi munosabatlarining takomillashayotganligi bilan xaraktyerlanadi. Hududimizda shakllanayotgan yer egaligining alohidalik tomoni shundan iboratki, bu yerda dyehqon ko’proq mulkdor zamindorga emas, balki yerga bog’liqligi oshmoqda edi, ya’ni chorakorlik tartibi yuzaga kyeldi. Masalan, kushonlar davrida dyehqonchilikka yaroqli yerlar asosan qishloq jamoalari ixtiyorida bo’lib, jamoa a’zolari "kashovarzlar" yer egasi bo’lib ulgurgan harbiy zodagonlar esa "dyehqon" dyeb nomlangan. Vaqt o’tishi bilan "dyehqon"lar jamoa yerlari hisobiga kyengayib borishgan, "kashovarzlar"ni o’zlariga bo’ysundirgan, xo’jaligida kadivarlar- "chorikorlar" myehnatidan kyeng foydalangan, katta bog’-rog’larga va chorva mollariga ega bo’lgan. SHaharlarda esa savdo va hunarmandchilik bilan ham shug’ullanganlar. Eftalitlar davrida Kushonlar inqirozga uchray boshlashi sharoitida joylarda yuzaga kyelgan mustaqil mulklar-podsholiklar: Buxoroda-buxorxudotlar, CHog’aniyonda-chog’anxudotlar, Vardanzida vardanxudotlar, Toshkyentda-tudanlar, Samarqand va
Farg’onada-ixshidlar, Ostrushanda-afshinlar, Xorazmda-xorazmshoxlar, Tyermizda-tyermizshoxi, Ilokda-dyehqonlar va boshqalar yirik davlatga birlashtirildi. Juda ko’p xalqlarni siyosiy birlashtirgan bu davlatning tyepasida yagona podsho turgan. Lyekin, bu davrda ko’plab olib borilgan urushlar mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatib, sug’oriladigan yer maydoni qisqardi va shaharlar soni kamaydi. Jamiyatda ilk yer egalari munosabatlari bilan birga antik davrning va urug’chilik qoldiqlari hali saqlanmoqda edi. Ko’p xotinlilik yoki bir nyecha aka-ukalarning bir xotinga ega bo’lishi holatlari, boy kishi vafotidan kyeyin uning yaqin do’stlari ham tiriklayin ko’milishi tartiblari yuqoridagi fikrimiz isboti bo’lishi mumkin. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va joylardagi hukmdorlarining syeparistik harakatlari natijasida VI asr o’rtasidan eftalitlar davlati ham inqiroz tomon yo’l tutdi. Bu zaiflikdan foydalangan Turk hoqonlari harbiy qismlari 563 –567 yillarda eftalitlar davlatini tamomila barbod qildi. Aslida Turk xokonligi VI asrda hozirgi Oltoy o’lkasida turk qabilalarining birlashuvi natijasida yuzaga kyelgandi. Unga Ashin urug’idan bo’lgan Tuuning o’g’li Bumin 551 yilda Markaziy Osiyoda eng kuchli hisoblangan Jujanlar xonini yengib asos soldi. Turkiylar qisqa 96 vaqtda Markaziy Osiyoni, Qora dyengizi bo’yidagi yerlarni, SHimoliy Kavkazni qo’lga kiritdilar, Ovrupa va Osiyoda yashayotgan ko’pgina xalqlarning etnik shakllanishida ma’lum darajada iz qoldirdilar. "Turk" atamasi kuchli, bakuvvat, navqiron dyegan ma’noni anglatadi. Hoqonlik 200 yilga yaqin yashadi (551-744y.) 606 yilda mustaqil 2 qismga -SHarqiy va G’arbiy hoqonliklarga ajraldi. G’arbiy hoqonlik tarkibiga Yettisuv,CHu vodiysi, Irtish va Ishim daryolari bo’ylaridagi yerlar, O’rta Osiyodagi yarim mustaqil davlatlar kiritildi. Lyekin, hoqonlar istilo etgan hududlarga kyelib ham o’tirishmadi, vassallik yerlardan to’lovlar, o’lponlar va sovg’alar olish bilan chyegaralandi. Bu ichki ishlarga aralashmaslik tartibi mahalliy boy zodagonlarning boshqaruvidagi rolini oshirib yubordi. Hoqonlar mahalliy hukmdorlarning o’zaro nizolarini bartaraf etish uchungina aralashganlar xolos. Hoqonlik markazlashmagan davlat bo’lmagan. CHunki, u o’nlab hokimliklardan tashkil topib, ularning har birini alohida xonlar boshqargan. Qashqadaryo va Amudaryo bo’yida mustaqil 9 hokimlik (Samarqand, Maymurg’, Kyesh, Naxshad, Ishtixon, Kushon, Buxoro, Amul va Ondxay) mavjud bo’lgan. Barcha shoxlar Kan sulolasidan chiqqan, ular orasida Samarqand hukmdori alohida mavqyega ega bo’lgan. Kan hokimi mahalliy suloladan, massagyetlardan edi. Sug’diyona, CHoch va Xorazm hududlaridagi hokimlar dyeyarlik mustaqil siyosat yuritganlar. Sug’diyona hokimligi Panjakyentdan Karmanagacha bo’lgan hududda ichki erkinlikda bo’lsada, hokonlarga o’lpon to’lab turgan. Buxoro esa bir nyecha hokimlikka bo’linib, ularning barchasini Buxorxudot boshqargan. Jizzax va Xo’jand oralig’ida Ustrushana ulusi, Sirdaryoning o’rta qismida markazi Binkyent shahri bo’lgan CHoch ulusi joylashgan. Farg’ona Kan ittifoqiga kirmagan va o’zlarining alohida shohlariga ega bo’lishganlar. Hokimliklarning har birida maxsus qo’shinlari ham bo’lgan. Lyekin, Tun-hoqon davrida davlatni markazlashtirish borasida qator tadbirlar amalga oshirildi. Uning 618 yildagi boshqaruvni islohat qilish haqidagi farmoniga ko’ra mahalliy hukmdorlarga "yabg’u" unvoni byerildi, yabg’ular esa hoqonning noiblari dyeb byelgilandi. YAna mahalliy hokimlar faoliyatini nazorat qilib turish uchun hoqonlarning vakillari tayinlandi. Hattoki eng kuchli hisoblangan Samarqand hokimiga hoqonning qizi kyelin bo’lib tushgan. Turk hoqonligida butun saltanat ustidan oliy hukmronlikni hoqon olib borgan. Bu lavozim myerosiy bo’lgan. Buyuk hoqon ba’zan o’z o’g’illariga qoldira olmagan. Lyekin, hoqonning balog’atga yetmagan va layoqatsiz o’g’li bo’lsa, taxtni yoshi kattaroq qarindoshlardan biri qabul qilgan. SHunday hollar bo’lganki, taxt sohibi ulus oqsoqollari tomonidan tayinlangan. Taxtga o’tirish marosimida hoqonning o’zi bir nyecha yil hukmron bo’lishligini aytishi zarur hisoblangan. Oldindan aytilgan muddat tugagach hoqon ixtiyoriy ravishda lavozimidan kyetgan. Xondan kyeyingi shaxs "yabg’u" unvoni bilan vazir vazifasini bajargan. "YAbg’u" taxt myerosxo’ri bo’la olmagan. Taxt myerosxo’ri "tyegin" (SHohzoda") dyeb yuritilgan. Joylardagi (viloyatlar va katta shaharlarda) hukmdorlar hokim dyeb nomlangan. "Tudun" dyegan lavozim hoqonning joylarda boj va soliq borasida nazoratni amalga oshirish uchun byerilgan. Hokonlikning markaziy hokimiyati asosan yirik siyosiy tadbirlar: saltanat osoyishtaligini saqlash, davlat hududini kyengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik munosabatlar, amaldorlarni lavozimlarga tayinlash kabilar bilan mashg’ul bo’lgan. Markaziy hokimiyat mahalliy ishlarga (hokimlar faoliyatiga) ma’lum darajadagi erkinliklarni byergan. SHuning uchun ham Farg’ona, So’g’d, SHosh, Tohariston, Xorazm va boshqa joylardagi boshqaruv ishlari mahalliy sulolalar qo’lida bo’lgan. Hoqonlik davrida O’rta Osiyoda 15 ta mayda davlatlar bo’lgan. Hoqonlik ulkan hududda osoyishtalikni saqlashga harakat qildi, buysundirilgan xalqlarning ichki ishlariga aralashmagan, xo’jalik, savdo-sotiq va madaniyat borasidagi faoliyatiga to’sqinlik qilmagan. G’arbiy turk hoqonligi til jihatidan eftalitlarga yaqin bo’lib, "j" lovchi shyevada so’zlashgan. VI asrdan "y" lovchi shyevaga o’tib, davlat tili bo’lib qoladi. Lyekin, hali VII asrda sug’d va Xorazm yozuvi qo’llanilishi davom etgan. Turkiylar bu davrda otashparast bo’lishgan. Ayni vaqtda budda va xristianlik dinlari ham harakatda bo’lishgan. Umuman G’arbiy Turk hoqonligi munosabatlari shakllanishining navbatdagi qadami bo’lib, davlatchilik ma’lum ma’noda yuqorirok bosqichga ko’tarildi, o’sha davrning hayotiy talablari va xususiyatlarini o’zida aks ettirdi. Bu esa o’zbyek davlatchiligini takomillashtirish tomon qilingan
97 harakat edi. Markaziy Osiyoda arablar istilosi natijasida to’la mustamlakachilik o’rnatildi. Arab zodagonlari, islom ruhoniylari, harbiy lashkarboshilar mahalliy fyeodallarga suyangan holda o’z mustamlakachiligini amalga oshirdi. Markaziy Osiyodagi arab xalifaligining davlatchilik mohiyati byelgilangan soliqlarni undirtirishdan va majburiyatlarni bajarishdan mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishdan iborat bo’lgan. Bu yerda davlat apparatini rasmiylashtirishning 3ta asosiy yo’nalishi mavjud edi: birinchidan, eng an’anaviy hukmdor xalifalik sarkardasi bo’lib, u tashqi xavfdan himoya qilish, ichki tartibni saqlab turish va zodagonlarga qarshi kuchlarni bostirishga va hududdagi mahalliy aholining iqtisodiy, sotsial va siyosiy hayoti ustidan chyeklanmagan hokimiyatga ega bo’lishni ta’minlashi lozim edi; ikkinchidan, joylardagi davlat hokimiyati funktsiyalarini bajaruvchi ko’p sonli podshohlar bo’lib ularning ayrimlari ma’lum vaqt o’tishi bilan davlat birlashmalari asosini tashkil etgan, asta syekinlik bilan katta kuchga aylangan. Masalan, buxorolik buxorxudotlar, sug’dlik ixshidlar, xorazmlik xorazmshoxlar va boshqalar; uchinchidan, urug’chilik qoldiqlari saqlanayotgan joylarda, ko’pincha ko’chmanchi aholi o’rtasida urug’chilik tuzumi organlari davlat organlariga aylantirildi Urug’ va qabilalar birlashib, tyepada davlat hokimiyati turgan kyeng hududiy birlashmalarni hosil qildilar. Ko’p hollarda urug’ va qabilaning harbiy boshlig’i yangi birlashma-davlatning tyepasiga chiqib olardi. Natijada, urug’chilik jamiyati organlari harbiy dyemokratiyaga aylanib kyetardi, chunki urush va u bilan bog’lik barcha narsalar davlatning doimiy funktsiyalari, ayrim urug’ va qabilalarda esa xalq turmushi odati bo’lib qolardi. 3-masala:
IX-XIII asrlarda hududimizda hukmronlik qilgan somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshoxlar davlatchiligi tayangan 3 ta an’anaviy muassasa bo’lgan: soliq yig’ish, qurilish, madaniy siyosat, irrigatsiya inshootlari barpo etish bilan shug’ullanuvchi davlat apparati; xalq ommasi orasidan chiqqan davlatga qarshi harakatlarni bostirilishi amalga oshiruvchi armiya; davlat ma’muriyatini qo’llab quvvatlovchi musulmonlar ruhoniylari. Bu davlatlarda arab xalifalari bilan mahalliy zodagonlar manfaatlari uyg’unlashib borgan. Arab bosqinchilari Movarounnahrdagi mahalliy aholi qarshiligini harbiy kuch bilan bostirib bo’lmasligiga ishongandan kyeyin joylarga mustaqillikni ixtiyoriy byerish orqali soliqlarning muttasil ravishda bojxonaga tushib turishini va mustamlakachilik siyosatining makkorona davom ettirishini ta’minlamoqchi bo’lishdilar. Boshqacha aytganimizda bu davlatlar Movarounnahrda islomni tarqatuvchilik rolini o’ynashi, ya’ni arablarning Markaziy Osiyoni bo’ysundirish uchun qariyb yuz yil harbiy yo’l bilan erisha olmagan vazifani bajarishlari lozim bo’lgan. 750 yilda abbosiylarning hokimiyatga kyelishi munosabati bilan davlat qurilishi harakatlari ham o’zgardi. Ular ulkan impyeriyaning ko’p millatli xaraktyerini hisobga olib, viloyatlarni boshqarishga tyez-tyez almashinib turadigan arab noiblarini emas, balki mahalliy aristokratlardan hudud sharoitini yaxshi biladigan va aholi ishonchini qozongan hukmdorlarni jalb etishga intildilar. Sulola va islomga chyeksiz sodiqlik ham asosiy talablardan edi. YAna ummaviylarni o’rniga abbosiylarning hokimiyatga kyelishini Movaraunnahr va Xuroson harbiy va grajdan amaldorlari xalifalikning tayanchiga aylana bordi. Markaziy Osiyoni boshqarishda mahalliy amaldorlarga topshirish tartibi xalifa Ma’mun davrida (813-8330) boshlanadi. U 821 yilda Bog’dod garnizonining boshlig’i Tohir ibn Husaynni Xuroson noibi etib tayinladi. 830-840 yillarda Xuroson xalifalik vassali hisoblansada, Movaraunnahrda hukmronlik qilgan Toxiriylar sulolasi davrida (840-860 y) ulkaning mustaqil davlatlarga aylanishida dastlabki natijalarga erishildi. 860-870 yillardagi mahalliy fyeodal somoniy sulolasidan bo’lgan aka-uka Nasr va Ismoil ibn Axmadlar harakati natijasida esa Xuroson va Movaraunnahr to’la mustaqillikni qo’lga kiritdi. Endilikda o’lka faqat islom dini tomonidangina xalifalikka bog’liq bo’lib qoldi. Somoniylar Movaraunnahrdagi dastlabki yagona markazlashgan davlatning asoschilari edi. Unda Samarqanddan tanga pulning zarb etila boshlanganligi, davlat boshqaruv tizimining isloh qilinganligi muhim rol’ o’ynaydi. Davlatning ma’muriy boshqaruvi 2 bo’g’inli qism qilib tuzildi: I)YUqori saroy (dargoh) ma’muriyati; 2)10 ta dyevonlardan tashkil topgan quyi harbiy - fuqaro mahkamalari. 98 Saroy ichidagi siyosiy hokimiyat "sohibi xaras" yoki "amiri xaras" dyeb atalgan. Bu lavozimni egallagan kishi katta siyosiy huquqga ega bo’lib, hukmdorning buyruqlarini ijro etgan. Uning ixtiyoridagi 50ta cho’pdorlar esa "amiri xaras"ning topshiriga ko’ra ish tutganlar. Ularning 20 tasi qo’lida oltin suvi yuritilgan cho’plar, 20 tasi-kumush suvi yuritilgan va 10 tasi yog’ochdan ishlangan byejirim cho’plarni qo’llarida saqlaganlar. CHo’plarning turlicha bo’lishligi yumushlarning yuqori, o’rtacha va oddiy darajada bo’lishligi bilan bog’liq bo’lgan. Saroy marosimlari boshlig’i bosh dasturxonchi va otxona boshlig’i dyegan lavozimlar ham bo’lgan. "Vakil" lavozimi saroyning xo’jalik ishlarini boshqargan. Somoniylar davlatining harbiy-fuqaro boshqaruvi bosh dyevon 10 ta dyevonlardan tuzilgan. Bosh dyevonga "xo’jai buzurga", ya’ni bosh vazir, qolgan dyevonlarga vazirlar tayinlangan. "Mustaufi dyevoni" (moliya vaziri) vazifasini xazinador bajargan. "Dyevoni ar-rasoil" yoki dyevoni insho rasmiy hujjatlar tayyorlagan va diplomatiya vazifasini ijro qilgan. "Sohibi shurat" dyevoni hukmdorning shaxsiy gvardiyasini boshqargan. "Dyevoni borid" aloqa yumushlari bilan shug’ullangan. "Dyevoni muxtasib" savdo ishlarini nazorat qilgan. "Mushriflar dyevoni" xazina mablag’lariga javobgar edi. "Dyevoni vaqf" masjid madrasa va xonakohlarga qarashli yerlarni boshqargan. Diniy idora boshligi "SHayxulismom" dyeb nomlangan. Sud ishlari bilan esa "Dyevoni qozi" band qilingan. Viloyatlarda ham xuddi shunday lavozimlarga ega bo’lgan boshqarmalar bo’lib, bu yerda vazirlar hokimlar dyeb atalardi. Lavozimlar ulashilar va sotilardi, ayrim lavozimlar, masalan, vazirlik, hokimlik, raislik (shahar boshlig’i) lavozimlari myeros bo’lib o’tardi. Armiyadagi lavozimlar juda yuqori maoshli bo’lib, tyez ko’tarilish imkonini byergani uchun zo’r hurmat kasb etardi. Ular odatda gvardiya boshliqlariga, mahalliy zodagon urug’lar vakillariga byerilardi. Somoniylar saltanati X asr yarmidan inqiroz tomon yo’l tutdi. Xazina mablag’ining yarmidan ko’prog’i ma’muriyatni boshqarishga sarflanishi, saroydagi ichki o’zaro kurashlar ruhoniylarning siyosiy nufuzni oshirishga intilishi, ko’p sonli harbiy qo’shinlarning zaruriy maosh bilan ta’minlanmaganligi, soliqlar va o’lponlar miqdorining doimiy ravishda olib borishi kabilar inqiroz sabablari edi. Ana shunday sharoitda X asr boshlaridayoq SHarqiy Turkiston va Yettisuvda Qoraxoniylar nomi bilan barpo bo’lgan kuchli davlat o’z ta’sir doirasini dastlab somoniylar tasaruffida bo’lgan yerlarga yoydi, kyeyinroq Xitoyning Amudaryoga tutash bir qator hududlarini egalladilar. 999 yilda qoraxoniylar Buxoroni ham qo’lga kiritdilar. Bu davlatning asoschisi Sotuk Qoraxondir (955 yilda vafot etgan). Davlatning poytaxti dastlab hozirgi To’qmok shahri yaqinidagi Bolasog’un, kyeyinroq Taraz, Samarqand, O’zgan va Qashqar shaharlari bo’lgan. Qoraxoniylar qariyb yuz yil hukmronlik qildilar. Ularning mulklari g’arbda Buxoro va Sirdaryoning quyi oqimidan, sharqda Yettisuv va Qashqargacha cho’zildi. 1016 yildayoq xonlik 2ga bo’lindi: markazi Buxoro bo’lgan Movarounnahr va Xo’jakyentga hamda markazi Farg’ona bo’lgan g’arbiy xonlik tarkibiga Talas, Isfijob, SHosh, Farg’ona sharqi, Yettisuv va Qashqar kiritildi. 1097 yildagi saljuqiy sulton Sanjar bilan bo’lgan mag’lubiyatdan kyeyin ham qoraxoniy hukmdorlar qariyb 20 yil davomida Buxoro va Samarqandda sultoning noibi bo’lib turdilar. Lyekin, sulton Sanjarning o’zi 1141 yilda qoraxitoylardan qaqshatgich zarba olgandan kyeyin qoraxoniylar dastlab saljuqiylar, so’ngra qoraxitoylar hukmronligidan qutuldilar. 1211 yilda xorazmshoxlarning so’nggi zarbasidan kyeyingina qoraxoniylar to’laligicha barham topdi. Qoraxoniylar somoniylar davrida vujudga kyelgan markazlashgan davlatni udyel tizimi (ayrim bo’laklar va viloyatlar) asosida boshqaruvni joriy qildi. Movaraunnahr viloyatining markazi Samarqand, Farg’ona viloyatlarining poytaxti esa O’zgan shaharlari bo’lgan. Qashqarda bosh xon (hoqon) istiqomat qilgan. Butun mamlakatdagi yerlar qoraxoniylar sulolasining mulki hisoblangan. Sulola boshlig’i "xonlar xoni" yoki "sultonlar sultoni"nomi bilan yuritilgan. Rasman bu nom "Tamg’achxon" dyeb atalgan. Barcha udyellar qoraxoniylar avlodlari vakillari tomonidan boshqarilgan va ularga iloqxon unvoni byerilgan. Tamg’achxon bilan iloqxonlar o’rtasidagi aloqalar mustahkam bo’lmagan. Har bir iloqxon o’ziga mustaqil bo’lishga intilgan. Bu hol davlatni zaiflashtirgan. Udyellarda vazirlar, shaharlarda esa raislar faoliyat ko’rsatgan. Ular somoniy boshqaruv tartiblarini kyeng qo’llaganlar.
99 Imomlar, sayyidlar va sadrlarga qoraxoniy hukmdorlar tomonidan katta imtiyozlar byerilgan. Bu davrda ko’chmanchi chorvadorlarning o’troqlashuvi va dyehqonchilik bilan shug’ullanish jarayoni, ijtimoiy tabaqalanishning ortishi yer egaligi munosabatlarining rivojlanayotganligidan darak byeradi. Endi aholi o’rtasida 4 toifa: katta yer egalari, kam yerlilar va yersizlar. ya’ni boylar, o’rta hollar va kambag’allar (qora budunlar) aniqroq ko’zga tashlanardi. Lyekin, qoraxoniylar hukmronligi sharoitida katta mavqyega va imtiyozlarga ega bo’lgan yirik yer egalari, ya’ni dyehqonlar ilgarigi ustunliklarini yo’qotdilar, hatto ularning ko’plari yerlaridan mahrum bo’ldilar. SHu vaqtdan boshlab katta yer egalari uchun qo’llanilgan "dyehqon" atamasi yerda ishlaydigan oddiy tabaqaga tyegishli bo’lib qoldi. Qoraxoniylar davrida yerli aholi bilan turkiylar o’rtasidagi aloqalar kyengaydi va mustahkamlandi. Hududning turklashishi jarayonini tyezlashdi dyeyish mumkin. Aniqrog’i, turkiy qabilalarning va tilning bu zaminda uzoq vaqtlardan byeri yashab kyelayotgan sharqiy eroniy tillarda so’zlovchi xalqlarga ta’siri kuchayib, ularning kundalik hayotidan kyengrok o’rin egallamoqda edi. Maxmud Qoshg’ariy aytganidyek,"Tyemuriylar bamisoli dyen giz,sug’dlar ana shu dyengizdagi orollar" edi. Qoraxoniylar davrida ishlar fors va arab tillarida olib borilgan. Arab tili ilmiy va tyexnologik til bo’lib, fors tili adabiyot tili edi. Bu davrni turkiy adabiy tilning yuzaga kyelishi davri ham dyeyish mumkin. 1074 yilda M.Qoshg’ariyning "Dyevoni lug’atit turk", XI asrda Bolasog’unli YUsuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" ("Baxt kyeltiruvchi bilim"), XP asrda yashagan Ahmad YUgnakiyning "Hibatul haqoyiq" ("Haqiqat tortig’i") turk tilida yaratilgan dastlabki asarlar edi. Islom davlat dini bo’lgan. Qoraxoniylarning butun davlat boshqaruv tizimi mavjud yer fondi hisobga tushadigan daromad orqali faoliyat ko’rsatgan. Bu fond katyegoriyalarga bo’lingan. Avvalo aholi shartli va doimiy mulk etib byerilmagan sulton yerlar, ya’ni davlat yerlari bo’lgan. Bu yerlar asosiy soliq va iqto’ taqsimoti fondi manbai hisoblangan. YAna somoniylar va ular tarafdolarining qoraxoniylar qo’liga o’tgan qo’zg’almas mulki bo’lgan.Ma’lumki, Somoniylar davlatida o’zaro nizolar avjiga chiqqan davrda amalda 3ta davlat faoliyat ko’rsata boshladi - somoniylar Kotvon cho’li g’arbidagi yerlarni, Qoraxoniylar uning g’arbidagi hududni egalladilar. G’azna amiri Sobuk Tyegin G’aznaviyga Amudaryo janubidagi yerlar tyegdi. 998 yilda bu yerlar otasidan Mahmud G’aznaviyga myeros bo’lib qoldi. U 17 marta SHimoliy Hindistonga harbiy yurishlar qilib, katta boylikni qo’lga kiritgan. 1017 yilda Mahmud G’aznaviy Xorazm yerlarini ham qo’shib oladi. U qisqa vaqtda qudratli impyeriya barpo etdi. Harbiy qo’shin va ruhoniylardan iborat ikkita kuch Mahmud G’aznaviyning sotsial tayanchi bo’lgan. U bo’ysundirilgan mamlakatlardan chyegarasiz soliqlarni yig’ish hisobiga o’z jangchilariga saxiyligi bilan haq to’lardi. O’ljaning bir qismini ruxoniylarga byerish va ularni yuqori lavozimlarga ko’tarish orqali bilan xam obro’ va himoya topardi. Bunday sharoitda Mahmud davlatining ichki tomoni mustahkam bo’lishi mumkin emasdi. Dastlabki kuchli raqib uni osonlikcha mag’lubiyatga uchratishi mumkin edi. Saljuqiylar ana shunday raqib bo’ldi. Saljuqiylar asli X asr ikkinchi yarmida Sirdaryoning quyi qismda va Orol dyengizi atrofidagi cho’lda yashaganlar. Ular Saljuk boshchiligida turk qabilalari va uning avlodlari sanalgan saljuqiylar SHohmalik boshliq bo’lgan o’g’iz qabilalari bilan tuzgan ittifoqdan ajralib chiqdilar Saljukiylar XI asr boshlarida dastlab Xorazmga, so’ngra esa Buxoro mulklari orqali Xurosonga hujum qildilar. Natijada, Movaraunnahrga qarashli katta yerlar ularning hukmronligiga o’tib qoldi. 1040 yilda Dandanakanda yaqinida bo’lib o’tgan jangda Saljuqiylar sulton Mahmud G’aznaviyga kuchli zarba byerdilar. Natijada, G’aznaviylar davlati zaiflashib kichik bir kyenaslik holiga tushib qoldi. G’aznaviylar davlati xarobalari o’rnida Tug’rulbyek, CHaqirbyek va Musa Jabg’u singari harbiy sarkardalarning ajdodi hisoblangan Saljuq nomi bilan atalgan saljuqiylar davlati tashkil topdi. 1044 yilda Xorazm ham bu davlat tarkibiga qo’shib olindi. Saljuqiylar hukmdori Tug’rulbyek (1038-1063) davrida bu davlatning dovrug’i yanada kuchaydi. Iroq, Eron, Ozarboyjon, Kurdiston va Kuxiston yerlari Saljuqiylar tomonida istilo qilindi. 1055 yilda Saljuqiylar Bog’dodni ham bosib oldi. Abbosiylar xalifaligi ixtiyorida yolg’iz diniy hukmronlik saqlanib qoldi, xolos. Ryey shahri saljuqiylar markazi bo’lgan. Ular musulmon dunyosining g’arbini qo’lga kiritgach, SHarq tomon intildi. 1089 yilda Malikshoh Buxoro va Samarqandni egallaydi. 1104 yilda sulton Sanjar Movaraunnahrni uzil-kyesil o’z tasarufiga o’tkazadi. Saljuqiylar impyeriyasi ichdan ham mustahkam bo’lmagan. U XII asr boshida ayrim
100
knyazliklar fyedyeratsiyasini eslatardi. Barcha o’lkalar sulton qarindosh-urug’lari qo’lida bo’lib, ulardagi hokimiyat myeros shaklida o’tardi. Dyemak, ular amalda sulola boshlig’iga qaram emasdilar. Ular asta-syekin noiblar (otabyeklar) bilan almashinib turishganlar, goho sulton unvoni ayni vaqtda bir nyecha shaxsga mansub bo’lgan. Masalan, Sulton Sanjar (1118-1157 y.) dastlab Xuroson hokimi bo’lgan va uning qarorgohi Marv bo’lgan. O’sha vaqtda Bog’dodda sulton unvoniga boshqa shahzodalar ham ega bo’lishgan. Dyemak, Sanjarning ular ustida hokimligi nomigagina edi. Saljuqiylar sultonligi oddiy iyerarxiya tashkilotga ega bo’lgan davlatga aylandi. Oliy hokimiyat sulton qo’lida bo’lib, u ulkan amaldorlar apparati va turk qo’llaridan bo’lgan sarkardalar boshqargan turli qabilali armiyaga tayanardi. Armiyaning bu o’zagini turkman boshliqlari (byeklari) boshchiligidagi turli qabilalar vakillari to’ldirgan edi. Sultonlar asosan savodsiz bo’lganligi sababli davlatni boshkarishda katta amaldorlar shtatiga tayanishga majbur bo’lgan. XI asrda Markaziy Osiyo xalqlari hayotida korakidonlar muhim rol’ o’ynay boshladi. Aslida ular tungus yoki mug’ul qabilalari avlodlari hisoblanib, dastlab CHuguchak rayoniga ko’chib kyeladi, kyeyinroq janubiy –g’arbga o’tib, qoraxoniylar poytaxti Bolosog’unni egallaydi va o’z davlati markaziga aylantiradi. Hattoki ular 1138 yilda Xo’jand yaqinida saljuqiy hukmdor Sulton Sanjarni mag’lubiyatga uchratadi. Korakidonlar hattoki Xorazmgacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Lyekin, ular katta o’ljalar olish bilan chyegaralanganligi sababli hokimiyatni uzoq saqlab tura olmadilar. Xuroson va Movarounnahrdan saljuqiylar, qoraxoniylar va korakidonlar o’rtasidagi kurashlardan foydalangan Xorazm XII asrda o’z mustaqilligini tiklab olishga muvaffaq bo’ldi. Qayd etish lozimki, saljuqiylar Xorazmni egalasa ham uni maxsus tayinlagan noiblar orqali idora qilgan. Masalan, Malikshoh huzurida (1072-1092) dyevon mahkamasining boshlig’i Anushtyeginga Xorazmni boshqarish topshirib qo’yilgan edi. Uning o’g’li Muhammad davrida (1112-1127) Xorazm mustaqillik uchun jiddiy intildi. Muhammad o’g’li Otsiz esa (1127-1156) birinchi bo’lib Xorazmni tamomila mustaqil davlatga aylantiradi, Xorazmshoh unvonini qo’lga kiritdi. Otsiz Sirdaryo bo’yidagi turkmanlar va qipchoqlar bilan urush olib bordi, shimoli- sharqdagi Jandin va Mangishloq yarim orolini bosib oldi. Otsizning nyevarasi Takash (1172-1200) Xorazm yerlarini kyengaytirib, Sirdaryo yerlaridan to Iroqacha cho’zdi. Bu davlat chyegarasi sharqda Yettisuv viloyatigacha bordi. Takash olib borgan siyosatning zaifligi shundan iborat edikim, uning xotini Turkon himoyasidagi qipchoq harbiy aslzodalarning homiyligi edi. Turkon xotun davlat ishlarini o’z qo’liga olishga intilar edi. Bu qipchoqlarning Xorazm ichki ishlarga aralashish imkonini byeradi. Bu hol esa Takash o’g’li Muhammad Xorazmshoh davrida (1206-1220) Xorazm parchalanishiga olib kyeldi. Tarixchi Nasafiy ma’lumotlariga ko’ra, Xorazmda vazir, qozi kabi nufuzli a’yonlar bo’lgan. Yirik amaldorlarning aksariyati mahalliy aslzoda yer egalaridan iborat bo’lib, davlat uchun xavfli holatlarda ular vazifalarini bajarmay va hukmdorga bo’ysunmay, o’zlarini mustaqil tutishlari mumkin bo’lgan. Ko’plab amallar avloddan avlodga o’tgan, bu esa davlat hokimiyatini davlat amallariga munosib kishilarni tayinlash huquqidan mahrum etgan. Yerni, qo’zg’almas mulkni iqto’ qilib byerish ham mahalliy hokimlar hamda vazirlarning iqtisodiy mustaqilligini oshirar, ular ham markaziy hukumatga bo’ysunmay qo’yishar edi. Muhammad Xorazmshohning tinimsiz olib borgan urushlari xalqdan olinadigan katta miqdordagi soliqlar hisobiga edi. Fyeodallar ham turli guruhlarga bo’linib, o’zaro adovat qilardi. YOllanma qo’shin o’zboshimchalik qilar, qipchoqlardan tashkil topgan oliy sarkardalar Muhammadning onasi Turkon xotin bilan yaqin bo’lishiga qaramasdan hukumdor ularni dushman dyeb bilardi. Muhammad hattoki onasining qipchoq pirini qatl ettirdi. Muhammadning xalifalik bilan ham munosabati yaxshi bo’lmagan. SHaharlik hunarmandlar ham Muhammadni yaxshi ko’rmagan. Xulosa qilish mumkinki, Amudaryo va Sirdaryo oralig’i hamda ularga tutash yerlar juda qadim zamonlardan o’zbyek davlatchiligining tayanch yerlari bo’lgan. Faqat turli tarixiy davrlarda bu hududning u yoki bu qismida nisbatan kuchli davlat yuzaga kyelib, qolgan qismlarini birlashtirishga o’ringan. Lyekin, ba’zan mayda davlatlarga parchalanish va tarqoqlik hollari ham 101
bo’lgan. Bunday vaziyatdan tashqi dushmanlar foydalanishga uringanlar. VP asrning ikkinchi yarmida arab istilosi arafasida shunday tarqoqlik yuz byergan edi. Bundan arablar foydalandilar. XIX asrda Turkiston uch xonlik va byekliklarga bo’linib, ular o’zaro raqobatda bo’lganligi rus mustamlakachilariga qo’l kyeldi. Bu tarix saboqlaridir. X asrda yashagan Forobiy "Idyeal (fozil) shahar odamlarining qarashlari haqida kitob"ida ijtimoiy xaraktyerga ega bo’lgan qator masalalarga to’xtab o’tadi. Aytishicha, "shahar"dan murod davlatdir. Asarda davlatning kyelib chiqishi, unda paydo bo’lgan tyengsizlik, idyeal shahar aholisining fye’l-atvori, insonlarning durust bir jamiyatga uyushuvi va ularning bir-biriga byerib turadigan o’zaro yordami, o’sha jamiyatning turlari hamda idyeal shahar va mamlakatlarning oddiy shahar va mamlakatlardan farqi, ularni tashkillashtirish yo’l-yo’riqlari va qonun-qoidalari haqida fikr yuritiladi. YAna idyeal o’lkalardagi oliyjanob hokimlar va ularning sifatlari ko’rsatilgan. Forobiy fikricha, yaxshi podshohlar kishilar hayotini yaxshilashga va baxtli turmushga intiladi. Ana shu zaruriyat uchun hukmdor, idora qiladigan hukumat va yagona diniy e’tiqod zarurligi qayd etilgan. Eng mukammal davlat dyeyilganda butun yer yuziga hokim bo’lgan hukumat tushunildi. YAna hokim uddasidan chiqa olmasa unga ikkinchi va uchinchi hukmdor yordamchilari tayinlanishi zarurligi qayd etildi. Hukmdorlar jamiyatning ipidan ninasigacha bilishi va adolat bilan ish yuritishi lozim. Forobiyning o’zi ko’plab urushlarni, adolatsizlik va zolimlikni, ularning insoniyatga kyeltirgan ofat ziyonlarini tasavvur qilib ko’rgan. Unda shoxlarning taxt talashlari, aka bilan ukaning boylik talashib qilgan qonli to’qnashuvlari Forobiyning doimo g’ashiga tyegar edi. SHu sababli u idyeal mamlakat nazariyasini ko’tarib chiqdi, o’z davridagi shohlarni unga undadi. Forobiy shohlarning ilmsizligi tufayli juda ko’p noma’lum ishlar yuz byeradi dyeb tushundi. SHu sababdan, u shohlarning ilm-ma’rifatdan har tomonlama xabardor bo’lishiga tarafdor edi. Ibn Sino ham davlatni idora qilish usullari, harbiy fan va nikoh masalalariga doir asarlar yozgan. Uning "Axloq haqidagi risola", "Ahd risolasi", "Nafsni pokiza tutish haqidagi risola", "Badan siyosati" kitobida insonni yaxshi fazilatlari to’g’risida gapirib, yaxshi va yomon xulqlar odatdyek paydo bo’ladi, xalqning yaxshi yoki yomon xulqli bo’lishiga hukumat ahillari katta ta’sir ko’rsatadi, dyeydi. A.Navoiy ham 1472 yilda vazirlik lavozimiga tayinlanganidan kyeyin ko’plab ibratli ishlarni amalga oshirdi. Tarixchi Xondamir ma’lumotlariga ko’ra, Navoiy mamlakatda madaniy, qurilish va obodonchilik ishlarini rivojlantirishda ajratilgan davlat xazinasi mablag’laridan tashqari byevosita o’zining shaxsiy boyliklarini ham sarf qilgan. A.Navoiyning zamondoshi Binoiy quyidagilarni qayd etadi: "Uning davrida Hirot eng go’zal, obod bo’lib, tikanzorlar ham bog’ga aylandi. Olimu fozillar, shoiru san’atkorlar shahriga aylandi. Adabiy muhit va madaniy hayot yuksaldi. Hirotdagi imoratlar uni jahondagi barcha shaharlardan chiroyli qildi". Navoiy o’z mulkida ishlovchi myehnatkashlarga himmat va marhaman bilan qarardi, soliqlarni ancha yengillashtirardi, yetimlarga, musofirlarga, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga in’om-ehsonlar qilardi. Tarixchi Xondamir ma’lumotiga ko’ra, Navoiy 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik, 8 hammom, ko’pgina to’g’on va masjidlar qurdirgan. Ularning umumiy soni 300 dan ortiqdir. Navoiy o’zining ma’lum bir vaqtini sulton Husayn Boyqaro bilan uning farzandlari o’rtasidagi toju-taxt va davlat talash mojarolarini bartaraf etishga qaratgandi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling